Transport nazorati inspeksiyasi
Open in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Sayt: https://gov.uztn.uz E-mail: devon@uztn.uz Ishonch tel: 712020302(442) Korrupsiya holatlari bo`yicha: 71-202-03-02 (515) Telegram bot: @anticorruption_uztn_bot
Show more1 422
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-2530 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+14
in 0 channels
August '26
+48
in 7 channels
Get PRO
July '26
+53
in 4 channels
Get PRO
June '26
+50
in 2 channels
Get PRO
May '26
+65
in 6 channels
Get PRO
April '26
+87
in 10 channels
Get PRO
March '26
+120
in 4 channels
Get PRO
February '26
+262
in 9 channels
Get PRO
January '26
+64
in 21 channels
Get PRO
December '25
+45
in 6 channels
Get PRO
November '25
+46
in 9 channels
Get PRO
October '25
+58
in 7 channels
Get PRO
September '25
+32
in 5 channels
Get PRO
August '25
+22
in 0 channels
Get PRO
July '25
+23
in 7 channels
Get PRO
June '25
+20
in 3 channels
Get PRO
May '25
+16
in 2 channels
Get PRO
April '25
+65
in 26 channels
Get PRO
March '25
+43
in 3 channels
Get PRO
February '25
+88
in 6 channels
Get PRO
January '25
+47
in 2 channels
Get PRO
December '24
+24
in 3 channels
Get PRO
November '24
+116
in 3 channels
Get PRO
October '24
+49
in 11 channels
Get PRO
September '24
+44
in 1 channels
Get PRO
August '24
+87
in 3 channels
Get PRO
July '24
+207
in 3 channels
Get PRO
June '24
+30
in 2 channels
Get PRO
May '24
+37
in 8 channels
Get PRO
April '24
+47
in 8 channels
Get PRO
March '24
+69
in 5 channels
Get PRO
February '24
+48
in 1 channels
Get PRO
January '24
+105
in 0 channels
Get PRO
December '23
+96
in 1 channels
Get PRO
November '23
+28
in 0 channels
Get PRO
October '23
+19
in 0 channels
Get PRO
September '23
+24
in 0 channels
Get PRO
August '23
+22
in 0 channels
Get PRO
July '23
+13
in 0 channels
Get PRO
June '23
+25
in 0 channels
Get PRO
May '23
+29
in 0 channels
Get PRO
April '23
+56
in 0 channels
Get PRO
March '23
+6
in 0 channels
Get PRO
February '23
+3
in 0 channels
Get PRO
January '23
+19
in 0 channels
Get PRO
December '22
+36
in 0 channels
Get PRO
November '22
+56
in 0 channels
Get PRO
October '22
+69
in 0 channels
Get PRO
September '22
+39
in 0 channels
Get PRO
August '22
+42
in 0 channels
Get PRO
July '22
+18
in 0 channels
Get PRO
June '22
+35
in 0 channels
Get PRO
May '22
+37
in 0 channels
Get PRO
April '22
+41
in 0 channels
Get PRO
March '22
+31
in 0 channels
Get PRO
February '22
+21
in 0 channels
Get PRO
January '22
+18
in 0 channels
Get PRO
December '21
+34
in 0 channels
Get PRO
November '21
+45
in 0 channels
Get PRO
October '21
+42
in 0 channels
Get PRO
September '21
+86
in 0 channels
Get PRO
August '21
+17
in 0 channels
Get PRO
July '21
+7
in 0 channels
Get PRO
June '21
+10
in 0 channels
Get PRO
May '21
+49
in 0 channels
Get PRO
April '21
+25
in 0 channels
Get PRO
March '21
+330
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 09 September | +1 | |||
| 08 September | +2 | |||
| 07 September | 0 | |||
| 06 September | +2 | |||
| 05 September | +1 | |||
| 04 September | +2 | |||
| 03 September | +4 | |||
| 02 September | +1 | |||
| 01 September | +1 |
Channel Posts
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat. Siz boshlang – sizning ortingizdan boshqalar ham ergashadi.
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
📞Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253
Transport nazorati inspeksiyasining korrupsiya holatlari to‘g‘risida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari:
Telegram bot @anticorruption_uztn_bot
📞Ishonch telefoni: 71-202-03-02(515)
Rasmiy veb saytdagi sahifa: https://gov.uz/oz/uztn/anti-corruption
Elektron pochta manzili: antikorrupsiya@uztn.uz
#yangiliklar
🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе
| 2 | ✅ “Gibrid auksion” va 1 million so‘mlik boshlang‘ich narx: davlat aktivlari bozorida katta o‘zgarishlar boshlanmoqda
Auksionga chiqqan mulk nega yillab sotilmay turadi? Chunki narx qat’iy, byurokratiya esa og‘ir edi shu paytgacha. Endi bu sun’iy to‘siqlar olib tashlanadi, davlat aktivlari bozoriga haqiqiy bozor munosabatlari kirib kelmoqda. Bu boradagi asosiy o‘zgarishlar:
🔷Byurokratiya va kutish muddatlari 2 barobar qisqaradi: Auksion savdosi haqidagi e’lon muddati 30 kundan 15 kunga, takroriy savdolarda esa 10 kundan 5 kunga tushirildi.
🔷Sotilmagan mulkning narxi tushiriladi: Agar davlat aktivi ochiq savdoda 3 oy sotilmay tursa, uning boshlang‘ich bahosi bosqichma-bosqich 10 foizgacha pasaytiriladi.
🔷“Gibrid auksion”: Sotilmayotgan mulklar bo‘yicha savdo avval pasayish tartibida ketadi, xaridor taklif bergan zahoti savdo o‘sha narxdan yuqoriga qarab davom etadi.
🔷Boshlang‘ich narxi 1 million so‘m bo‘lgan lotlar: Uzoq vaqt xaridor topilmagan ayrim obyektlar iqtisodiy aylanmaga qaytarilishi uchun ramziy 1 million so‘m boshlang‘ich narxda savdoga chiqariladi.
➡️ 2026 yilgi reja: Umumiy qiymati qariyb 100 trillion so‘mlik 1 242 ta ko‘chmas mulk, 84 ta korxonadagi davlat ulushi hamda 8 ming gektar yer uchastkasi xususiy sektorga taklif etiladi.
Joriy etilayotgan bu o‘zgarishlardan maqsad davlat mulkini shunchaki sotib yuborish emas, balki sun’iy baholangan va foydalanilmay yotgan resurslarni moslashuvchan mexanizmlar orqali real bozor ishtirokchilari ixtiyoriga qaytarishdir.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 223 |
| 3 | 🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda
Davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga moliyaviy erkinliklar berilmoqda. Endi ishlab chiqarish yoki biznesni kengaytirish uchun davlat ob’yektlarini katta yuk va ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish mumkin:
🔵Avans to‘lovi 15%: Bu biznesga katta pullarni birdaniga muzlatib qo‘ymay, ularni yangi loyihalar va ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi.
🔵To‘liq to‘lovga 25% chegirma: Agar aktiv qiymati 6 oy ichida to‘liq to‘lansa, shartnoma summasining chorak qismi kechib yuboriladi.
🔵7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash: Aktiv qiymatining yarmini (50%) 6 oyda to‘lagan xaridorga qolgan qismini 7 yil davomida foizsiz to‘lash imkoniyati beriladi (yoki 35% ini 3 oyda to‘lab, qolganini 5 yilga bo‘lib to‘lash mumkin).
📖 “Tayyor paket” yerlar: Yer uchastkalari loyihasi, ruxsatnomalari va kommunikatsiya texnik shartlari tayyor holda savdoga chiqariladi. Ya’ni auksiondan yer olib, hujjat yig‘ish va tarmoqlarga ulanish uchun 6 oydan 1 yilgacha vaqt yo‘qotishga chek qo‘yiladi.
Islohot maqsadi — iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib, yillar davomida foydalanilmay yotgan aktivlarni real qiymat, daromad va yangi ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga aylantirishdir.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 221 |
| 4 | Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 200 |
| 5 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной наградой Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #mukofot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 225 |
| 6 | #OAV_BIZ_HAQIMIZDA
Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar jamoat transportini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi tomonidan Toshkent shahridagi avtobuslarda yo‘lkira haqini to‘lamasdan harakatlanayotgan yo‘lovchilarga nisbatan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shahar yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablari "Sevimli" telekanalining “Zamon” informatsion dasturida keng yoritildi.
#yangiliklar
🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе | 391 |
| 7 | Milliy qadriyatlar — davlat xizmatining mustahkam poydevori
⚡️“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya asosida Transport nazorati inspeksiyasida “Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy seminar o‘tkazildi.
🗣Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Rahbar kadrlarni baholash markazi hamda Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti vakillari ishtirok etib, mazmunli ma’ruzalar bilan qatnashdilar.
🔹 Seminar davomida Vatanga sadoqat, xalq manfaatlariga xizmat qilish, halollik, mas’uliyat, fidoyilik va yuksak ma’naviyat kabi fazilatlarning davlat xizmati samaradorligidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
💬 Shuningdek, davlat xizmatchilarining kasbiy va ma’naviy salohiyatini oshirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
#yangiliklar
🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе | 383 |
| 8 | 🏛Bir asrlik tarix — yangi mazmun: Toshkentda Zamonaviy san’at markazi ochildi
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maskan Markaziy Osiyoda zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi ilk madaniy muassasa sifatida o‘z faoliyatini boshlamoqda.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi.
Ma’lum qilinganidek, mazkur maskan davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakat madaniy hayotini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy san’atni rivojlantirish va xalqaro madaniy muloqotni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
Zamonaviy san’at markazi bir asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan tarixiy sanoat ob’yekti negizida barpo etildi. 1912 yilda qurilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy me’moriy qiyofasi saqlangan holda yangi madaniy makonga aylantirildi.
Markazda zamonaviy san’at, me’morchilik, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlari uyg‘unlashadi. Bu yerda ko‘rgazma zallari, ta’lim maydonlari, kutubxona, tadqiqot infratuzilmasi hamda jamoatchilik uchun ochiq makonlar faoliyat yuritadi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 421 |
| 9 | AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi.
Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
—
В американском городе Сиэтл официально открылось Генеральное консульство Республики Узбекистан.
Это первое консульское учреждение нашей страны на Тихоокеанском Северо-Западе и важный шаг в дальнейшем развитии отношений между Узбекистаном и Соединёнными Штатами Америки.
Новое генконсульство будет способствовать укреплению торгово-экономических, инвестиционных, технологических, образовательных и социальных связей между нашими странами. | 384 |
| 10 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича 7-8 сентября посетит эту страну с официальным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 321 |
| 11 | Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.
—
Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 404 |
| 12 | Toshkent shahri va viloyatida Transport nazorati inspektorlari bodi-kameralardan foydalanishni boshladi
Transport nazorati inspeksiyasining Avtomobil transportida nazorat boshqarmasi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududiy bo`limlarida faoliyat yuritayotgan inspektorlari nazorat-reyd tadbirlarini bodi-kameralardan foydalangan holda amalga oshirishni boshlashdi.
Mazkur amaliyotni Inspeksiyaning boshqa hududiy bo'limlari faoliyatiga ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan. Xususan, 2027-yilning birinchi yarim yilligida Inspeksiya inspektorlarini bodi-kameralar bilan to‘liq ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Ushbu chora-tadbirlar nazorat tadbirlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni yanada mustahkamlash, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhim eslatma! Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil, temir yo‘l, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yo‘l xo‘jaligi sohalarida davlat nazoratini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi bo‘lib, Inspeksiya xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari hisoblanadi.
Shu munosabat bilan jamoatchilikdan Inspeksiya xodimlarini Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yoki Ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari xodimlari bilan adashtirmasliklarini so‘raymiz. Zero, mazkur tuzilmalar vakolatlari hamda xizmat faoliyati turli normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan.
#yangiliklar
🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе | 555 |
| 13 | #OAV_BIZ_HAQIMIZDA
⚡️Transport sohasidagi yangiliklar, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari, qonunchilikdagi yangiliklar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1118-son Qonunining mazmun-mohiyati, amaliyotda qo‘llanilishi hamda boshqa yangiliklar yuzasidan “O‘zbekiston” telekanalining “Taraqqiyot yo‘li” ko‘rsatuvida so‘z yuritildi.
📺 Ko`rsatuvni tomosha qiling.
#yangiliklar
🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе | 428 |
| 14 | ⚡️Davlat xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati"ning navbatdagi soni taqdim qilindi
Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari mazkur "Siyosiy-ma’rifat soati"ni kuzatib borishdi!
Seminarda inspeksiya xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan qimmatli va muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
#yangiliklar
🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе | 509 |
| 15 | 📍Toshkentda tarix va zamonaviy san’at uyg‘unlashgan yangi madaniy makon ochilmoqda
📢 Joriy yil 6-sentabr kuni poytaxtimizda Toshkent zamonaviy san’at markazi — CCA Tashkent o‘z eshiklarini ochadi. Bu shunchaki yangi muzey yoki ko‘rgazma zali emas, balki bir asrdan ziyod tarixga ega inshootga yangi hayot bag‘ishlangan yirik madaniy loyihadir.
📌 Ma’lumot o‘rnida: 1912-yilda me’mor Vilgelm Geynzelman loyihasi asosida barpo etilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy qiyofasi va industrial ruhini saqlagan holda, zamonaviy san’at, ta’lim, tadqiqot va madaniy muloqot markaziga aylantirildi.
⚡Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha tarixiy merosni asrab-avaylash va unga zamonaviy mazmun berishning yorqin namunasidir.
👍 Fransiyaning mashhur Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan arxitektura konsepsiyasi tarixiy meros va zamonaviy infratuzilmani uyg‘unlashtirgan. Markazda ko‘rgazma zallari, ta’lim va jamoat maydonlari, kutubxona hamda tadqiqot infratuzilmasi faoliyat yuritadi.
❗️Eng muhimi — bu yerda nafaqat tarix saqlab qolindi, balki unga yangi mazmun berildi. Ilgari energiya ishlab chiqarilgan makonda bugun ijod, yangi g‘oyalar, san’at va insonlar muloqotining yangi energiyasi yuzaga keladi.
✅CCA Tashkent nafaqat Toshkentning, balki Markaziy Osiyoning yangi madaniy joziba nuqtalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
✅ Bu yerda zamonaviy san’at bilan bir qatorda ma’ruzalar, kinonamoyishlar, tadqiqotlar, munozaralar, konsertlar, performanslar va turli madaniy-ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official | 448 |
| 16 | Yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbat
Yoshlar kuni munosabati bilan Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Jizzax viloyati hududiy bo‘limi inspektorlari tomonidan Jizzax shahridagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy va transport sohasidagi bilimlarini oshirish, yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushunchalarini mustahkamlash hamda kelajakda transport sohasi mutaxassisliklariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga avtomobil transporti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Transport nazorati inspeksiyasining vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, yo‘llarda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, piyodalar va yoshlar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, transport sohasi, nazorat faoliyati va tegishli kasblar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
#yangiliklar
🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе | 482 |
| 17 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам выведения работы по сокращению бедности и повышению доходов населения на новый уровень.
#Mirziyoyev #videoselektor #kambagallik #yangitizim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X | 357 |
| 18 | Tadbirkorlar uchun muhim seminar-trening
Transport nazorati inspeksiyasining Yo‘l-qurilish ishlarini nazorat qilish hamda Avtomobil transportida nazorat boshqarmasining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirkorlar ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyati davomida rioya etishi lozim bo‘lgan majburiy talablar to‘g‘risidagi huquqiy bilim va xabardorligini oshirish, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlarni tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammoli masalalar muhokama qilinib, ularni qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bunday seminar-treninglarning muntazam tashkil etilishi tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish, majburiy talablarga rioya etish madaniyatini shakllantirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qonuniy va samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
#yangiliklar
🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе | 300 |
| 19 | 🚌 “Yashil shahar” transport yo‘lagining iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’sirini o‘rganish natijalari e’lon qilindi
Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan hamda GEF tomonidan moliyalashtirilayotgan “Toshkent – Kam uglerodli transportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish” grant loyihasi doirasida “Yashil shahar transport yo‘lagi bo‘ylab asosiy ekologik ko‘rsatkichlar monitoring dasturi natijalari” mavzusida seminarlar tashkil etildi.
Nukus va Urganch shaharlarida bo‘lib o‘tgan seminarlarda Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasida 2025-yili joriy etilgan transport yo‘lagining (BRT) iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ta’sirini o‘rganish natijalari taqdimot qilindi.
Ko‘cha infratuzilmasi yaxshilanishi, unda ajratilgan avtobus yo‘lagi va velosiped yo‘laklari joriy etilishi, qo‘shimcha yashil landshaft maydonlari yaratilishi natijasida bir qator ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.
Xususan, 2026-yilda olingan ko‘rsatkichlar 2023-yilgi bazaviy indikatorlar bilan solishtirganda quyidagilar aniqlandi:
yo‘lak bo‘ylab yengil avtomobillarning o‘rtacha tezligi 18 foizga, avtobuslarning o‘rtacha tezligi 45 foizga oshgan;
jamoat transportida kunlik yo‘lovchi oqimi 8 052 taga yoki 9 foizga oshgan;
Atmosfera havosini ifloslanganligini o‘lchash sensorlari bergan ma’lumotlarga ko‘ra yo‘lak bo‘ylab havo sifati yaxshilangan:
Xususan, azot dioksidi (NO₂) konsentratsiyasi 102 foizga, uglerod oksidi (CO) 33 foizga qisqargan.
Mayda dispers zarrachalar (PM 2.5, PM 10) konsentratsiyasi ham belgilangan normativlardan oshmagan.
Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab istiqomat qiluvchi aholi va yo‘lovchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazilib, 610 nafar respondentlarning fikri o‘rganildi.
Aholining mazkur rekonstruksiya ishlari va transport yo‘lagidan qoniqqanlik darajasi 90 foiz ekanligi aniqlandi.
🚌 Обнародованы результаты изучения экономического, экологического и социального воздействия транспортного коридора "Зелёный город"
В рамках грантового проекта "Ташкент – Ускорение привлечения инвестиций в низкоуглеродный транспорт", реализуемого Министерством транспорта совместно с Программой развития ООН и финансируемого ГЭФ, были организованы семинары на тему "Результаты программы мониторинга основных экологических показателей вдоль транспортного коридора "Зелёный город".
На семинарах, прошедших в Нукусе и Ургенче, были представлены результаты изучения экономического, экологического и социального воздействия транспортного коридора (BRT), запущенного в 2025 году на улице Шота Руставели в Ташкенте.
В результате улучшения уличной инфраструктуры, введения выделенной автобусной полосы и велосипедных дорожек, а также создания дополнительных зелёных ландшафтных зон наблюдался ряд положительных изменений.
В частности, при сравнении показателей за 2026 год с базовыми индикаторами 2023 года было выявлено следующее:
средняя скорость легковых автомобилей вдоль коридора выросла на 18%, а автобусов – на 45%;
суточный пассажиропоток общественного транспорта увеличился на 8 052 человека, или на 9%;
По данным датчиков загрязнения атмосферы, качество воздуха вдоль коридора улучшилось:
концентрация диоксида азота (NO2) снизилась на 102%, оксида углерода (CO) – на 33%.
Концентрация мелкодисперсных частиц (PM 2.5, PM 10) также не превысила установленных нормативов.
Кроме того, среди жителей и пассажиров, пользующихся улицей, был проведён опрос, в ходе которого было изучено мнение 610 респондентов.
Выяснилось, что уровень удовлетворённости населения проведёнными работами по реконструкции и транспортным коридором составил 90%. | 328 |
| 20 | Viloyat va tuman hokimlari shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi ta’kidlandi.
Ular sentabr-dekabr oylarida 350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish va yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish majburiyatini oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasi belgilandi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Facebook|Instagram|X | 206 |
