ch
Feedback
Transport nazorati inspeksiyasi

Transport nazorati inspeksiyasi

前往频道在 Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Veb sayt: https://gov.uztn.uz Murojaat uchun: E-mail: devon@uztn.uz Korrupsiya holatlari bo`yicha: 71-202-03-02 (515) Telegram bot: @anticorruption_uztn_bot

显示更多
1 447
订阅者
+224 小时
+77
-830

数据加载中...

吸引订阅者
七月 '26
七月 '26
+13
在1个频道中
六月 '26
+50
在2个频道中
Get PRO
五月 '26
+65
在5个频道中
Get PRO
四月 '26
+87
在10个频道中
Get PRO
三月 '26
+120
在4个频道中
Get PRO
二月 '26
+262
在9个频道中
Get PRO
一月 '26
+64
在21个频道中
Get PRO
十二月 '25
+45
在6个频道中
Get PRO
十一月 '25
+46
在9个频道中
Get PRO
十月 '25
+58
在7个频道中
Get PRO
九月 '25
+32
在5个频道中
Get PRO
八月 '25
+22
在0个频道中
Get PRO
七月 '25
+23
在7个频道中
Get PRO
六月 '25
+20
在3个频道中
Get PRO
五月 '25
+16
在2个频道中
Get PRO
四月 '25
+65
在26个频道中
Get PRO
三月 '25
+43
在3个频道中
Get PRO
二月 '25
+88
在6个频道中
Get PRO
一月 '25
+47
在2个频道中
Get PRO
十二月 '24
+24
在3个频道中
Get PRO
十一月 '24
+116
在3个频道中
Get PRO
十月 '24
+49
在11个频道中
Get PRO
九月 '24
+44
在1个频道中
Get PRO
八月 '24
+87
在3个频道中
Get PRO
七月 '24
+207
在3个频道中
Get PRO
六月 '24
+30
在2个频道中
Get PRO
五月 '24
+37
在8个频道中
Get PRO
四月 '24
+47
在8个频道中
Get PRO
三月 '24
+69
在5个频道中
Get PRO
二月 '24
+48
在1个频道中
Get PRO
一月 '24
+105
在0个频道中
Get PRO
十二月 '23
+96
在1个频道中
Get PRO
十一月 '23
+28
在0个频道中
Get PRO
十月 '23
+19
在0个频道中
Get PRO
九月 '23
+24
在0个频道中
Get PRO
八月 '23
+22
在0个频道中
Get PRO
七月 '23
+13
在0个频道中
Get PRO
六月 '23
+25
在0个频道中
Get PRO
五月 '23
+29
在0个频道中
Get PRO
四月 '23
+56
在0个频道中
Get PRO
三月 '23
+6
在0个频道中
Get PRO
二月 '23
+3
在0个频道中
Get PRO
一月 '23
+19
在0个频道中
Get PRO
十二月 '22
+36
在0个频道中
Get PRO
十一月 '22
+56
在0个频道中
Get PRO
十月 '22
+69
在0个频道中
Get PRO
九月 '22
+39
在0个频道中
Get PRO
八月 '22
+42
在0个频道中
Get PRO
七月 '22
+18
在0个频道中
Get PRO
六月 '22
+35
在0个频道中
Get PRO
五月 '22
+37
在0个频道中
Get PRO
四月 '22
+41
在0个频道中
Get PRO
三月 '22
+31
在0个频道中
Get PRO
二月 '22
+21
在0个频道中
Get PRO
一月 '22
+18
在0个频道中
Get PRO
十二月 '21
+34
在0个频道中
Get PRO
十一月 '21
+45
在0个频道中
Get PRO
十月 '21
+42
在0个频道中
Get PRO
九月 '21
+86
在0个频道中
Get PRO
八月 '21
+17
在0个频道中
Get PRO
七月 '21
+7
在0个频道中
Get PRO
六月 '21
+10
在0个频道中
Get PRO
五月 '21
+49
在0个频道中
Get PRO
四月 '21
+25
在0个频道中
Get PRO
三月 '21
+330
在0个频道中
日期
订阅者增长
提及
频道
11 七月0
10 七月+3
09 七月0
08 七月+2
07 七月+3
06 七月+1
05 七月+1
04 七月+1
03 七月+2
02 七月0
01 七月0
频道帖子
Islom sivilizatsiyasi markazi - uchinchi renessansning mustahkam poydevori Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Transport vazirligi tizim tashkilotlari, shu jumladan, Transport nazorati inspeksiyasi yoshlari poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdi.   Центр исламской цивилизации — прочный фундамент Третьего Ренессанса По инициативе объединённого комитета профсоюза Министерства транспорта в рамках проекта "Четверг — день молодёжи" молодые специалисты системных организаций (в том числе Инспекция «Узтранснадзор») министерства посетили столичный Центр исламской цивилизации и близко ознакомились с богатым историческим и культурным наследием нашей страны.    #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе

2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiya tadbirkorlari xalqaro harakati (MEDE+5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Fransiya tadbirkorlari xalqaro harakati (MEDEF International) huzuridagi Oʻzbekiston–Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi, “Orano” kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari Klod Imoven boshchiligidagi yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Muloqot davomida energetika, taʼlim, suv taʼminoti, transport hamda shahar infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. “Ushbu muzokaralar yaqinda Prezident Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotimizning uzviy va mantiqiy davomidir.” — Saida Mirziyoyeva. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
337
3
Yoshlar bilan muloqot – kelajak sari muhim qadam Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l qurilishida nazorat boshqarmasi Qashqad+2
Yoshlar bilan muloqot – kelajak sari muhim qadam Transport nazorati inspeksiyasi Yo‘l qurilishida nazorat boshqarmasi Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Erkin Narmanov Yoshlar kuni munosabati bilan Qarshi tumanidagi 65-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish, ularni Vatanga sadoqat, yurt taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘usi ruhida tarbiyalash, shuningdek, yo‘l qurilishi va transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, o‘quvchilarga mas’uliyat, intizom, halollik va mehnatsevarlik kabi fazilatlarning inson hayotidagi o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Yoshlarga o‘z bilim va salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash va mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish borasida tavsiyalar berildi. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе
436
4
Xorazm viloyatida tashkil etilgan press-tur OAV vakillarida iliq taassurot qoldirdi Xorazm viloyatida Transport nazorati insp+5
Xorazm viloyatida tashkil etilgan press-tur OAV vakillarida iliq taassurot qoldirdi Xorazm viloyatida Transport nazorati inspeksiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan press-tadbirlar press-tur bilan davom etdi. Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari Transport nazorati inspeksiyasi faoliyati, sohada amalga oshirilayotgan nazorat ishlari hamda zamonaviy infratuzilma loyihalari bilan yaqindan tanishdilar. Dastlab jurnalistlarga inspeksiya tasarrufidagi zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan maxsus avtotransport vositasi, shuningdek, yuk avtotransport vositalarining vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish bo‘yicha olib borilayotgan reyd tadbirlarini bevosita kuzatib, nazorat jarayonining amaliy jihatlari haqida batafsil ma'lumot oldilar. Press-tur davomida ishtirokchilar "Urganch – Xiva" pullik avtomobil yo‘li qurilishi obyektiga tashrif buyurib, loyiha doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari va nazorat tadbirlari bilan tanishdilar. Shuningdek, suv havzalarida harakat xavfsizligini ta'minlash, kemalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularning texnik holatini nazorat qilish hamda amaldagi xavfsizlik talablari ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. Mazmunli va ochiq muloqot ruhida o‘tgan press-tadbirlar Shovot kanalida kema sayri bilan yakunlandi. Tadbir davomida OAV vakillari sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, nazorat tizimining samaradorligi hamda transport xavfsizligini ta'minlash borasidagi amaliy ishlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе
442
5
Inspeksiya faoliyati yuzasidan matbuot anjumani o`tkazildi Transport nazorati inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘limlari+7
Inspeksiya faoliyati yuzasidan matbuot anjumani o`tkazildi Transport nazorati inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan 2026-yilning 6 oyi yakunlari bo‘yicha press-tadbirlar o‘tkazildi. Dastlab matbuot anjumanida inspeksiya faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish, sohani raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Bu borada ishlab chiqilgan axborot tizimlari va ularning samaradorligi amaliy misollar orqali tushuntirildi. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1118-son Qonunining mazmun-mohiyati va uning amaliyotda qo‘llanilishi yuzasidan ham batafsil ma’lumot berildi. OAV vakillari o`zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе
428
6
#Qonunchilikdagi_yangiliklar 🚛 Respublika yuk avtomobillari parkini yangilash va modernizatsiya qilish maqsadida imtiyozlar
#Qonunchilikdagi_yangiliklar 🚛 Respublika yuk avtomobillari parkini yangilash va modernizatsiya qilish maqsadida imtiyozlar taqdim etiladi “Avtomobil transportida yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab –quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–251, 2026-yil 7-iyul) qabul qilindi. ✅ Qarorga ko‘ra, yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqarilganiga 5-yildan oshmagan quyidagi transport vositalarini (samosvallardan tashqari) 2027-yil 31-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda ularga bojxona bojining va utilizatsiya yig‘imining nol stavkalari qo‘llaniladi: ▫️"Yevro-5" va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari 8701 21, 8701 22, 8701 23, 8701 24); ▫️to‘la vazni 15 tonnadan ortiq yoki yukxonasining ichki hajmi kamida 76 metr kub bo‘lgan yarim tirkamalar (TIF TN kodi 8716 39). ⚠️ Avtotransport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran uch yil mobaynida eksportga realizatsiya qilinganda va/yoki qayta jihozlash TIF TN kodi o‘zgarishiga olib kelganda (yoqilg‘i turini o‘zgartirish bilan bog‘liq qayta jihozlash holatlari bundan mustasno), qarorda nazarda tutilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda tegishli to‘lovlar belgilangan tartibda undiriladi. ❗️Shuningdek, qaror bilan Yevropa standartlariga mos keladigan mazkur yuk avtotransport vositalarini import qilishda ularni majburiy sertifikatlashdan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinishi belgilandi. Предоставляются льготы в целях обновления и модернизации парка грузовых автомобилей республики Принято Постановление Президента "О дополнительных мерах направленных на поддержку деятельности субъектов предпринимательства, осуществляющих грузовые перевозки автомобильным транспортом" (ПП–251 от 7 июля 2026 года). ✅Согласно Постановлению, до 31 декабря 2027 года при импорте в Республику Узбекистан следующих транспортных средств, предназначенных для перевозки грузов, с года выпуска которых прошло не более 5 лет (за исключением самосвалов), применяются нулевые ставки таможенной пошлины и утилизационного сбора: ▫️автотранспортные средства (коды ТН ВЭД 8701 21, 8701 22, 8701 23, 8701 24), соответствующие экологическому классу "Евро-5" и выше . ▫️полуприцепы полной массой более 15 тонн или с внутренним объемом кузова не менее 76 кубических метров (код ТН ВЭД 8716 39). ⚠️В случае реализации автотранспортных средств на экспорт в течение трех лет с даты их таможенного оформления и/или если их переоборудование повлекло изменение кода ТН ВЭД (за исключением случаев переоборудования, связанных с изменением вида топлива), предусмотренные постановлением льготы отменяются, а соответствующие платежи взыскиваются в установленном порядке. ❗️Также постановлением определено принятие соответствующего решения о временном освобождении от обязательной сертификации при импорте данных грузовых автотранспортных средств, соответствующих европейским стандартам.
365
7
#Ochiq_muloqot Yo‘lovchi tashish faoliyati qonuniyligini ta’minlash e’tiborda Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xiz+4
#Ochiq_muloqot Yo‘lovchi tashish faoliyati qonuniyligini ta’minlash e’tiborda Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchi tashuvlarini litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash masalalari yuzasidan tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yo‘lovchi tashishga qo‘yilgan talablar ijrosi hamda sohada qonun ustuvorligini ta’minlash, aholiga yo‘nalishli taksi xizmatlarini ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan tender talab shartlarining bajarilish holatining doimiy nazoratini ta’minlash orqali sohada qonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar manfaati himoya qilib kelinmoqda. Transport vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda Avtomobil va jamoat transporti departamenti, Transport nazorati inspeksiyasi, Toshkent viloyati transport boshqarmasi mutasaddilari hamda "Road Pride Logistik" MCHJ va "SEVEN TRANS" MCHJ rahbarlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda sohada qonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatida uchrayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, korrupsiyaning oldini olish hamda qonunchilikka rioya etish madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi. Yig‘ilish davomida korxona rahbarlariga yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan haydovchilarga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha har kunlik yo‘riqnoma o‘tkazish tartibi hamda yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha elektron ochiq tenderlarni tashkil etishga oid amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Обеспечение законности пассажирских перевозок в центре внимания Состоялась встреча с предпринимателями по вопросам организации безопасных и качественных транспортных услуг для пассажиров, а также обеспечения того, чтобы пассажирские перевозки осуществлялись на основании лицензий и других разрешительных документов. Интересы предпринимателей, осуществляющих законную деятельность в данной сфере, защищаются путем обеспечения соблюдения требований к пассажирским перевозкам, верховенства закона в отрасли, а также посредством постоянного контроля за выполнением тендерных условий предприятиями, оказывающими населению услуги маршрутного такси. На совещании, проведенном Отделом по противодействию коррупции Министерства транспорта, приняли участие должностные лица Департамента автомобильного и общественного транспорта, Инспекции по надзору в сфере транспорта, Ташкентского областного управления транспорта, а также руководители ООО "Road Pride Logistik" и ООО "SEVEN TRANS." На совещании обсуждались вопросы всесторонней поддержки предпринимателей, осуществляющих законную деятельность в этой сфере, своевременного устранения проблем в их деятельности, предотвращения коррупции и повышения культуры соблюдения законодательства. В ходе совещания руководителям предприятий были даны разъяснения о порядке проведения ежедневного инструктажа по безопасности дорожного движения для водителей, работающих на маршрутах, а также о сути и содержании действующих нормативно-правовых актов, касающихся организации электронных открытых тендеров на пассажирские маршруты.
605
8
📣E’LON ❗️ ✍️ Hurmatli OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar! 🗣 Joriy yilning 8-iyul kuni soat 10:00 da Xorazm viloyati A
📣E’LON ❗️ ✍️ Hurmatli OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar! 🗣 Joriy yilning 8-iyul kuni soat 10:00 da Xorazm viloyati  Avtomobil yo'llari boshqarmasida Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan Jurnalistlar uyushmasi Xorazm  viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda OAV vakillari, bloger va keng jamoatchilik uchun matbuot anjumani tashkil etiladi. 👨‍💻Matbuot anjumanida  Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat hamda Yo‘l-qurilishi ishlarini nazorat qilish Xorazm viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, qonunchilikdagi yangiliklar, nazorat tadbirlarini raqamlashtirish holati to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishadi.  Shundan so‘ng press-tur tashkil etiladi. 📹Press-tur davomida OAV vakillari "Urganch - Xiva" pullik avtomobil yo‘li qurilishi obyekti nazorati, yuk avtomobillarining vazn va hajm parametrlariga rioya qilishi qay tartibda nazorat qilinishi hamda suv havzalarida xavfsizlikka talablari, kemalarni royxatga olish va boshqa qiziqarli jarayonlar guvohiga aylanishadi. 🏢Manzil: Urganch shahri, Xiva shoh kochasi, 1-km.      Xorazm viloyati Avtomobil yo'llari boshqarmasi binosida.       📱Murojaat uchun telefon: +998914499343 #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе
468
9
Suv obyektlarida xavfsizlik – doimiy nazoratda Transport nazorati inspeksiyasining Suv transportida nazorat qilish bo`limi ha
Suv obyektlarida xavfsizlik – doimiy nazoratda Transport nazorati inspeksiyasining Suv transportida nazorat qilish bo`limi hamda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida Sirdaryo daryosida nazorat va profilaktik tadbirlar o'tkazildi. Tadbir davomida suv transporti vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, xavfsizlik talablarining bajarilishi hamda fuqarolarning suv havzalarida xavfsiz harakatlanishi yuzasidan nazorat ishlari olib borildi. Shuningdek, dam oluvchilar va qayiq egalari bilan profilaktik suhbatlar o'tkazilib, ularga suvda harakatlanish qoidalari, qutqaruv jiletlaridan foydalanishning ahamiyati hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo'yicha tavsiyalar berildi. Mas'ul xodimlar tomonidan suv transporti vositalarining texnik holati va zarur hujjatlarining mavjudligi ham ko'zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, amaldagi qonunchilik talablari eslatib o'tildi. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе
468
10
Transport nazorati inspeksiyasi xalqaro tashuvlar ustidan nazoratni kuchaytirmoqda Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari
Transport nazorati inspeksiyasi xalqaro tashuvlar ustidan nazoratni kuchaytirmoqda Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari tomonidan xalqaro yuk va yoʻlovchi tashuvlarini amalga oshirayotgan transport vositalari haydovchilarining mehnat va dam olish rejimiga rioya etishi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.   Nazorat davomida haydovchilarning mehnat va dam olish vaqtlarini qayd etuvchi taxograf qurilmasining texnik sozligi va undan toʻgʻri foydalanilishi, kabotaj tashuvlariga yo`l qo`ymaslik, shuningdek, xalqaro tashuvlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ruxsatnoma blankasi (dazvol)ning belgilangan tartibda toʻldirilganligi tekshirilmoqda.         Belgilangan qoidalarga amal qilmagan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko`rilmoqda.   Mazkur nazorat tadbirlari xalqaro tashuvlar sohasida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda tashuvlar sifatini oshirishga xizmat qiladi. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе
491
11
Kabotaj tashuvlarini tartibga solishga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig`i J.Karimov boshchi+3
Kabotaj tashuvlarini tartibga solishga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig`i J.Karimov boshchiligida Transport vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi hamda tashuvchi korxonalar vakillari ishtirokida kabotaj tashuvlariga qarshi birgalikda kurashish, mazkur yo`nalishdagi ishlarni tartibga solishga oid vaqtinchalik kelishuv va qaror loyihasini ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tashuvchilar uchun qulay va shaffof mexanizmlarni yaratish, mahalliy tashuvchilar huquqlarini himoya qilish, manfaatdor idora va tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, hujjatlarni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Muhokama yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli vazifalar belgilab olindi. #yangiliklar 🌐 gov.uztn.uz|✈️Тelegram|📎Facebook| 🎞YouTubе
515
12
Yig‘ilishda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha poytaxt namunasini yaratish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Poytax
Yig‘ilishda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha poytaxt namunasini yaratish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Poytaxt tumanlariga respublika rahbarlari biriktirilgani o‘z natijasini berayotgani ta’kidlandi. Olti oyda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar kamaydi. 230 ta mahallada jinoyat sodir etilmadi, 332 ta mahallada jinoyat keskin qisqardi. Kriminogen vaziyati tashvishli mahallalar soni 60 tadan 23 taga tushdi. Bu shaharda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yangi yondashuvlar samara berayotganini ko‘rsatmoqda. Sergeli tumanida ham xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha ijobiy natijalar qayd etildi. Kriminogen vaziyati og‘ir deb baholangan 29 ta mahalla “yashil” toifaga o‘tdi. 17 ta mahallada jinoyat sodir etilmadi. Sergeli bu borada Toshkent shahri tumanlari orasida eng yaxshi natijalardan birini ko‘rsatdi. Davlatimiz rahbari O‘zgarish mahallasidagi profilaktika ishlari bo‘yicha tajribani ommalashtirish, tumandagi qolgan 46 ta mahallani “yashil” toifaga o‘tkazish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Yig‘ilishda hokimlar va mas’ullarning axboroti tinglandi. Facebook|Instagram|X
380
13
Sergelidagi ayrim maktablar quvvatidan 1,5-2 karra yuqori yuklamada ishlamoqda. Maktablarda o‘quvchi o‘rnini 2 karra ko‘payti
Sergelidagi ayrim maktablar quvvatidan 1,5-2 karra yuqori yuklamada ishlamoqda. Maktablarda o‘quvchi o‘rnini 2 karra ko‘paytirish imkonini beradigan yangi tipdagi maktablar qurish loyihasi taklif qilinmoqda. Yangi loyihaga ko‘ra, sport zali, oshxona va ustaxona yerto‘lada joylashadi, yuqori qavatlardan esa sinf xonalari sifatida foydalaniladi. Bu yil Toshkent shahrining har bir tumanida bittadan maktab va bog‘chada ushbu yondashuvni joriy etib, “poytaxt tajribasi”ni yaratish topshirildi. Poytaxtda aholi va turistlar uchun salqin mikroiqlim yaratish maqsadida 12 ta sun’iy ko‘l barpo etish ishlari boshlanmoqda. Shundan 3 tasi Sergelida – Qo‘shqo‘rg‘on, Sultonobod va Farog‘atli mahallalarida jami 22 gektar maydonda tashkil etiladi. Ushbu ko‘llarni poytaxt iqlimini mo‘tadil saqlashga, odamlar piyoda sayr qilib, hordiq chiqarishiga xizmat qiladigan maskanlarga aylantirish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, “Jo‘n” kanalining Sergeli va Yangihayot tumanlaridan o‘tgan 5 kilometr qismini betonlashtirish boshlangani qayd etildi. Sergeli va Yangihayot tumanlarining hokimlariga yil yakunigacha kanal bo‘yida sayilgoh va salomatlik yo‘lagini tashkil etish topshirildi. Chirchiq daryosining poytaxt hududidan o‘tgan 16 kilometrida o‘zanni mustahkamlash ishlari boshlanib, qo‘shimcha 300 gektarda “yashil belbog‘”, sayilgohlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari tashkil etiladi. Facebook|Instagram|X
301
14
Yil boshidan buyon Toshkent shahriga qariyb 3 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi. Ularning ko‘pchiligi tarixiy obidalar,
Yil boshidan buyon Toshkent shahriga qariyb 3 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi. Ularning ko‘pchiligi tarixiy obidalar, istirohat bog‘lari, bozorlar, kafe-restoranlar va turistik mahallalarga piyoda borib, xotirjam sayr qilishni istaydi. Buning uchun yo‘l ko‘rsatkichlari, qulay marshrutlar va raqamli xaritalar zarurligi qayd etildi. Mutasaddilarga avtobus bekatlari, vokzal, aeroport va metro stansiyalarida sayyohlar uchun shahar marshrutlarini ko‘rsatuvchi, telefonga bepul va oson yuklab olinadigan xaritalarni joriy etish topshirildi. Davlatimiz rahbari Toshkent azaldan toza, ozoda va “yashil” shahar sifatida e’tirof etib kelinganini ta’kidladi. Shu bilan birga, ko‘chalar, xiyobonlar va parklardagi tozalik muhiti aholi va turistlar talabiga qay darajada mos ekani tanqidiy tahlil qilindi. Bu masala oddiy ko‘rinsa-da, aslida, madaniyat va qadriyat ekani qayd etildi. Mahalla raislari, nuroniylar va faollarga aholi bilan birga obodonchilik, daraxt ekish va ularni sug‘orish ishlariga bosh-qosh bo‘lish, yoshlarga “Tozalik ostonadan boshlanadi” degan qadriyatni singdirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, poytaxt mehmonlari va sayrga chiqqan aholi uchun hojatxonalar yetishmasligi qayd etildi. Bir oy muddatda alohida dastur ishlab chiqib, shu yilning o‘zida har bir tumanda 15-20 ta zamonaviy hojatxona qurish uchun yerlarni auksionga chiqarish vazifasi qo‘yildi. Chiqindi qutilarini keskin ko‘paytirish bo‘yicha ham choralar ko‘riladi. Facebook|Instagram|X
251
15
Sergeli va Yangihayot tumanlarining aholisini qiynab kelayotgan yana bir masala – suv tozalash inshooti atrofidagi badbo‘y hi
Sergeli va Yangihayot tumanlarining aholisini qiynab kelayotgan yana bir masala – suv tozalash inshooti atrofidagi badbo‘y hiddir. Mutasaddilarga 1-sentabrgacha oqova suv qabul qilish inshootiga zamonaviy filtrlash uskunalarini o‘rnatib, bu muammoni bartaraf etish topshirildi. Kelasi yildan Birlashgan Arab Amirliklaridagi hamkorlar bilan Quyi Chirchiq tumanida quvvati 300 ming kub metr bo‘lgan zamonaviy suv tozalash inshooti qurilishi boshlanadi. Buning hisobidan Sergelidagi suv tozalash inshootiga yuklama keskin kamayadi. Joriy yil aholiga qulaylik yaratish maqsadida Sergelining asosiy 23 kilometr yo‘lida harakat xavfsizligi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Chorrahalarga 455 ta “aqlli” svetofor o‘rnatiladi, 150 ta avtobus bekati yangilanadi, 10 ming o‘rinli avtoturargoh tashkil etiladi. Kelasi yil Yangi Sergeli ko‘chasida avtobus uchun 5,5 kilometrlik BRT yo‘lak qurish rejalashtirilgan. Bu yo‘lak Shota Rustaveli ko‘chasi bilan bog‘lanadi. Sergeli, Bektemir va Yangihayot tumanlarini poytaxtning boshqa hududlari bilan bog‘laydigan Toshkent halqa yo‘lidagi yangi ko‘prik qurilishini tezlashtirish zarurligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X
271
16
Toshkent viloyati hududidan olti yil oldin Sergeliga qo‘shilgan 13 ta mahallada 14,5 ming xonadon bor, ularda 50 mingdan orti
Toshkent viloyati hududidan olti yil oldin Sergeliga qo‘shilgan 13 ta mahallada 14,5 ming xonadon bor, ularda 50 mingdan ortiq aholi yashaydi. Lekin bu hududlar aholisi haligacha shahar muhitini to‘liq his qilgani yo‘q. Mazkur mahallalarda yoritish uchun 629 ta temir-beton ustun o‘rnatilib, kabel tortilgan. Ammo tizim hali ishga tushmagani tanqid qilindi. Mutasaddilarga o‘n kun muddatda ushbu masalani hal qilish topshirildi. Shuningdek, yil yakunigacha ushbu mahallalarni kanalizatsiya tarmog‘iga to‘liq ulash vazifasi qo‘yildi. Sergeli tumanida aholi va tadbirkorlarning soni oshgani sababli elektr energiyasiga yillik talab besh yilda 40 foizga ko‘paydi. Ayrim mahallalarda elektr kuchlanishi me’yordan 1,5-2 barobar pastligi qayd etildi. “Shaharoldi”, “O‘zgarish” va “Qumariq” nimstansiyalarini ishga tushirish uchun jami 107 milliard so‘m ajratilgan. Mutasaddilarga ushbu obyektlarni aniq muddatlarda ishga tushirish va aholiga kafolatli elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi. Umuman, poytaxtning Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli, Yashnobod va Yangihayot tumanlariga o‘tgan 46 ta mahallada elektr, suv, kanalizatsiya va yo‘l bo‘yicha birorta hal etilmagan masala qolmasligi kerakligi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X
296
17
Yig‘ilishda yer ustidan o‘tgan metro yo‘nalishi ostida savdo va servis obyektlarini tashkil etish tajribasi ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda yer ustidan o‘tgan metro yo‘nalishi ostida savdo va servis obyektlarini tashkil etish tajribasi ko‘rib chiqildi. Davlat yerdan foydalanish huquqini auksionga chiqarib, loyiha va infratuzilmasini tayyorlab bermoqda, qolganini tadbirkorlar amalga oshirmoqda. Sergelida metro liniyasining yana 8,5 kilometr qismida shunday ishlar yakuniga yetkazilsa, 137 ta savdo-servis obyekti, 1-1,5 mingta ish o‘rni yaratiladi, tuman budjetiga 20-25 milliard so‘m qo‘shimcha tushum tushadi. Umuman, yer usti metro liniyasining Yashnobod, Sergeli va Yangihayot tumanlaridan o‘tgan 23 kilometr hududida bunday loyihalar amalga oshirilsa, yana 400 ta tadbirkor biznes boshlab, 3 mingta ish o‘rni yaratishi mumkin. Yerlarning qurilishga ruxsati, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va loyihasi bilan birga tayyor paket shaklida auksionga chiqarish bo‘yicha Sergelida yangi tajriba boshlandi. Ilk bor Yangi Bunyodobod mahallasida 70 sotix yer uy-joy qurish uchun yangicha yondashuv asosida auksionga qo‘yildi. Boshlang‘ich narxi 14 milliard so‘m bo‘lgan ushbu yer uchastkasi 40 milliard so‘mga sotildi. Eng muhimi, yerni olgan tadbirkor shu kunning o‘zida qurilishni boshladi. Ilgari hujjatlarni kelishishga bir yilgacha vaqt ketar edi. Davlatimiz rahbari mazkur tajribani nafaqat yer uchastkalari, balki sotuvga qo‘yilayotgan davlat obyektlari va sanoat zonalariga ham tatbiq etish zarurligini ta’kidladi. Facebook|Instagram|X
283
18
Aholini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha dastlabki natijalar Sergeli tumanida real vaziyatni aniq ko‘rsatdi. Ilgari tuman aholisi
Aholini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha dastlabki natijalar Sergeli tumanida real vaziyatni aniq ko‘rsatdi. Ilgari tuman aholisi 181 ming nafar deb yuritilgan bo‘lsa, xatlov natijasiga ko‘ra, hududda aslida 236 mingga yaqin aholi yashayotgani ma’lum bo‘ldi. Yaqin yillarda Sergeli aholisi 300 ming nafardan ortishi kutilmoqda. Shu bois, rahbarlarda uy-joy, bog‘cha, maktab, poliklinika va ish o‘rinlarini aholi o‘sishiga mos ravishda ko‘paytirish bo‘yicha hozirdan aniq reja va dastur bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. Bu yil Sergelini rivojlantirish uchun budjetdan 173 milliard so‘m, banklar orqali 2 trillion 200 milliard so‘m resurs ajratilgan. Tuman hokimi va mutasaddilarga ushbu mablag‘larni samarali ishlatib, qo‘shilgan qiymatni 2-3 karra oshirish bo‘yicha rejalarni amalga oshirish vazifasi qo‘yildi. Joriy yil tuman hokimlari jami 9 milliard dollarlik investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishi belgilangan. Sergelining o‘ziga o‘tgan besh oyda 236 million dollar investitsiya kiritildi. Yil yakunigacha 60 ta loyihani boshlash hisobidan yana 750 million dollar investitsiya jalb qilish rejalashtirilgan. Poytaxt sharoitida sanoat loyihalarini joylashtirishda yer masalasi eng katta muammo ekani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, “Yangi avlod” sanoat zonasidan poytaxtning 12 ta tumaniga joy ajratish va investitsiya, sanoat, ish o‘rni, eksport hamda budjet tushumi ko‘rsatkichlarini loyiha qilgan tumanning o‘ziga yoziladigan tizimni joriy etish topshirildi. Facebook|Instagram|X
287
19
📈 Sergelining budjeti 10 yilda 5,5 barobar oshdi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘i
📈 Sergelining budjeti 10 yilda 5,5 barobar oshdi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Sergeli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilinmoqda. Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda Sergeli tumanida katta o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidladi. Yaqin-yaqingacha poytaxtning chekka hududi hisoblangan Sergelida aholi ishlash, daromad topish, dam olish va tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun asosan shahar markaziga borishga majbur edi. Bugun esa tumanda muhit va odamlarning yashash tarzi tubdan o‘zgardi. Sergelida “hayot qaynayapti”. So‘nggi o‘n yilda bu yerda 30 ming xonadonli yangi uy-joylar, umumiy maydoni 2 million kvadrat metr bo‘lgan sanoat, savdo va servis obyektlari barpo etildi. Tadbirkorlar soni 2,5 mingtadan 6 ming 200 taga ko‘paydi. Tumanda shakllangan budjet tushumlari 382 milliard so‘mdan 2 trillion 200 milliard so‘mga, ya’ni 5,5 barobar oshdi. Aholi uchun 5 ta yirik dam olish maskani va istirohat bog‘lari ishga tushirildi. Toshkent viloyatidan o‘tgan 13 ta mahallaning hisobiga Sergeli tumani hududi 1 ming 800 gektarga kengayib, jami 5,6 ming gektarga yetdi. Sergelini boshqa tumanlar va shahar markazi bilan bog‘laydigan 9 kilometrlik yo‘l, 8 ta stansiyadan iborat yangi metro liniyasi bunyod etildi. Maktab o‘rinlari 25 mingdan 38,5 mingga, bog‘cha o‘rinlari 7,5 mingdan 15,5 mingga ko‘paydi. 50 ta davlat va xususiy klinika tashkil etildi. Shu bilan birga, transport, yo‘l, elektr, suv va kanalizatsiya kabi infratuzilma tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha yechimini kutayotgan masalalar hali ko‘pligi qayd etildi. stuvor vazifalar belgilab berildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
393
20
👍 Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanining Ittifoq mahallasidagi Yangi Sergeli koʻchasida amalga oshirilgan ishlar bi
👍 Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanining Ittifoq mahallasidagi Yangi Sergeli koʻchasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi hamda mahalla faollari bilan muloqot qildi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
360