O'tkirbek Sobirov
Open in Telegram
🔴 TEDx Speaker | YouTuber - Master of International Education 🇺🇿 Jahongashta o'zbek o'g'loni
Show more578
Subscribers
No data24 hours
-17 days
+1130 days
Posts Archive
Talaba Podcast #10
🇺🇸 Amerikaga ketishning eng to'g'ri va xavfsiz yo'llari haqida suhbat qurdik.
Dunyoning eng nufuzli oliygohlarida o'qimoqchi bo'lsangiz, bu podcast aynan siz uchun!
Suhbatni tomosha qiling va kanalimizga obuna bo'lishni unutmang:
https://youtu.be/puzB3crd_50?si=54jCVky5WtaF2ip3
@srsobirov
Aalto University in Finland 🇫🇮
Kontrakt narxlari:
- €12.000 bakalavr bosqichi uchun;
- €15.000 magistratura bosqichi uchun.
Dedlaynlar:
- Bakalavr bosqichi uchun: 3-17-yanvar;
- Magistratura bosqichi uchun: 30-dekabrdan 2-yanvargacha
Grantlar:
- Aalto University scholarships. Kontrakt narxidan 50% yoki 100% chegirma.
- Finland scholarships for master degree students. Kontraktni to'liq qoplaydi va Finlandiyaga borish va joylashish, yashash uchun €5000 bir martalik pul mablag'i.
- Aalto University intcentive-based scholarship. O'qish davomida 60 ECTS kreditni tugatganidan so'ng €1500 beriladi.
Reytinglar:
- QS ranking: #109
- THE Young University ranking: #40
Vebsayt:
www.aalto.fi
@srsobirov
Repost from N/a
Talaba Podcast #9
Bu safargi podcastimizda Yevropada bepul ta'lim olish va Slovakiya milliy stipendiya dasturi, turli grantlar haqida gaplashdik:
https://youtu.be/FLLxllhEuYM
YouTube kanalimizga obuna bo'lishni unutmang:
https://youtube.com/@TalabaPodcast
@talabapodcast
Education USA tomonidan Amerika oliygohlariga kirish uchun bepul tayyorlov kursi
Talablar:
- O'zbekiston fuqarosi bo'lish;
- 15-17 yosh oralig'ida bo'lish;
- IELTS 5.5 (minimum);
- Amerika universitetlariga kirish istagi va kursda qat'iy intizom bilan qatnashish.
Kurs oktabr oyidan may oyigacha davom etadi. Mashg'ulotlar haftada 4-5 soat bo'lib o'tadi.
Dedlayn: 18-sentabr, 18:00
Onlay ariza to'ldirish:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeoTCWJJVIuZO95j9qogzC5j2LLCC5RleZcAuIxZDuFdnWTJg/viewform?usp=send_form
@srsobirov
Bugun 🇦🇪 Birlashgan Arab Amirligidagi neft va gaz sanoatida geologik texnologiyalar va neft qazish bo'yicha eng katta kompaniya prezidenti va vitse-prezidenti bilan mitingda qatnashdim; ularga tarjimonlik qildim.
O'zi oligarx, lekin piyoda yuraman deb turvolishdi. Chap tomonda turgan bro - Kanadadan (ismi o'ta noyob ekan - eslolmadim), o'ng tomondagi Maraf W.Arnous - arab, Dubaidan.
Piyoda miting binosigacha bordik: 2 km.
Tarjimonlikka o'qiganimdan afsuslanmayman. Mobodo neft sohasiga o'tib ketsam, 95 po'lniy bak benzin mendan ))
@srsobirov
Ayam tayyorlagan kompotdan ichmasdan Toshkentga ketish - bu yana qaytib kelgunimcha faqat chanqab yurishdir )
Kampot ichib ish qilish gashtini bilganlar biladi!
Yoppasiga kelorasilar hasharga )
@srsobirov
Hurmatli, birinchi kurs talabalari!
O'qishga kirib, keyin nolishni boshlab yubormaylar. Sizlarni o'rnilarda bo'lishni xohlaydigan minglab yoshlar bor.
Agar men ortga qaytib yana talaba bo'lganimda, maza qilib o'qirdim.
Lekin ortga qaytishni xohlamayman.
Talabalik - yoshlikning eng go'zal paytlari. Maza qilib yashaylar, o'qiylar, nolishni yig'ishtirib hamma havas qiladigan talaba bo'lilar.
https://youtube.com/TalabaPodcast
Shu kanalimdagi oxirgi video aynan sizlar uchun )
@srsobirov
Singlimni birinchi kursga o'qishga olib keldim!
Yana bir missiya amalga oshdi )
@srsobirov
Shotlandiyaning afsonaviy dengiz jonivori tirikmi?
Loch Ness - Shotlandiyada joylashgan kichik ko'l. Bir necha ming yillardan beri Loch Ness ko'lida afsonaviy suv jonzoti bor degan mish-mishlar yuradi.
Hatto bu haqida kitob ham yozilgan: "The water horse" - yozuvchi King Smith tomonidan.
1933-yilning aprel oyida yosh juftlik Loch Ness ko'lida bu noma'lum suv jonzotini ko'rib qoladi. Shundan so'ng bu xabar butun dunyoga yoyiladi. Mashhur gazetalar bu haqida yozishni boshlaydi.
1934-yilda ham yuqoridagi rasmlar tarqalishni boshlaydi.
Bu haqida kino ham olingan. Agar vaqt topsangiz, ko'ring.
Agar bu dengiz mavjudoti mavjud bo'lsa, unga rasa qiyin bo'lishi aniq.
Xullas, dunyoga ko'rinmay yashab yurgani yaxshi )
Bolaligimdagi eng yoqtirgan kino personajim bo'lganligi uchun yozdim )
@srsobirov
Eng yaxshi yo'l - uyga eltadigan yo'ldir!
O'zimni o'zim Andijonda xush ko'rdim )
@srsobirov
Ertaga yakshanba: ko'pchilik dam oladi.
Lekin men ertaga Talaba Podcast uchun ofisga borib ishlayman. Bugun podcast chiqishi kerak edi. Lekin bunga vaqt yetmadi.
Bir muhim mavzuda podcast olgandim. Ertaga nasib qilsa shuni premyera qilamiz.
Chellendj yurmayapti do'stlar. Shu loyiha yursa, yoshlarimiz pul sarflashmaydi chet elda o'qish uchun. Ham sizlarga ham bepul konsultatsiya bo'ladi.
Malol kelmasa, talaba do'stlaringizga va abituriyent tanishlaringizga tavsiya qiling:
https://youtube.com/@TalabaPodcast
@srsobirov
598 juda xunuk turibdi. Shuni 600 ta qilsak, yarashoradi )
Sentabrgacha Talaba Podcast obunachilari 1000 taga yetsa, chet elda tekinga o'qish, grantlar yutish haqidagi yangi rubrikamni boshlayman.
Qancha tez 1000 taga yetsak, yangi rubrika shuncha tez YouTube'ga chiqadi.
Nasib bo'lsa, bu rubrika boshlangandan keyin konsaltinglarga 1 so'm ham bermay, o'ziz o'qishga topshira olasiz, grant yuta olasiz, viza olasiz.
Kanalimizni tezda ko'tarib olsak, moddiy tomondan qiynalayotgan yoshlarimizga katta yordam qilgan bo'lamiz!
Avval, o'zingiz obuna bo'ling va chet elda o'qimoqchi bo'lgan do'stlaringizni ham shu kanalga chaqiring:
https://youtube.com/@TalabaPodcast
Keling, buni chellendj deb boshlaymiz. Hamma grant yutishi uchun chellendj: Talaba Podcastni 1000 taga yetkazamiz!
@srsobirov
Bugun 5 yillik barcha faoliyatimni yig'ib, taxlab, kuchli CV tayyorladim.
- CV 3 bet bo'ldi
- CV tayyorlagani 3.5 soat vaqt sarfladim
Nuqta, verguliga ham qarab, hatto obzastlariga ham e'tibor berdim.
Kuchli CV tayyorlang! Ish beruvchi sizni ishga qabul qilishni yoki qaysidir universitet sizni grantlar uchun nomzodlar listiga o'tkazishni xohlab qolsin )
Unutmang! Ish uchun alohida CV, o'qishga kirish uchun alohida CV tayyorlang.
@srsobirov
Singlimga ingliz tili orqali katta imkoniyatlarga ega bo'lasan deb aytgandim. Shu gapim bilan ingliz tilini o'rgandi va hozir yana o'rganishda davom etyapti.
2 kun oldin Harvardga o'qishga kirgan qiz bilan gaplashib qoldim. Keyin o'zimga aytdim: singlim ham shunaqa zo'r joylarda o'qiydi deb. U eng zo'r joylarda o'qishga loyiq.
Xullas, singlim ham dunyodagi eng kuchli universitetlardan birida o'qiydi. Balki u Oxford, Stanford, Cambridge bo'lar bilmayman, lekin o'qiydi Inshaallah.
Biz esa shu yo'lda harakat qilishda davom etaveramiz.
Seni dunyodagi eng zo'r universitetda bitiruv marosimingni oilaviy tomosha qilish - bu akalaringning orzusi )
@srsobirov
