O'tkirbek Sobirov
Open in Telegram
🔴 TEDx Speaker | YouTuber - Master of International Education 🇺🇿 Jahongashta o'zbek o'g'loni
Show more578
Subscribers
No data24 hours
-17 days
+1130 days
Posts Archive
Bugun 5 yillik barcha faoliyatimni yig'ib, taxlab, kuchli CV tayyorladim.
- CV 3 bet bo'ldi
- CV tayyorlagani 3.5 soat vaqt sarfladim
Nuqta, verguliga ham qarab, hatto obzastlariga ham e'tibor berdim.
Kuchli CV tayyorlang! Ish beruvchi sizni ishga qabul qilishni yoki qaysidir universitet sizni grantlar uchun nomzodlar listiga o'tkazishni xohlab qolsin )
Unutmang! Ish uchun alohida CV, o'qishga kirish uchun alohida CV tayyorlang.
@srsobirov
Singlimga ingliz tili orqali katta imkoniyatlarga ega bo'lasan deb aytgandim. Shu gapim bilan ingliz tilini o'rgandi va hozir yana o'rganishda davom etyapti.
2 kun oldin Harvardga o'qishga kirgan qiz bilan gaplashib qoldim. Keyin o'zimga aytdim: singlim ham shunaqa zo'r joylarda o'qiydi deb. U eng zo'r joylarda o'qishga loyiq.
Xullas, singlim ham dunyodagi eng kuchli universitetlardan birida o'qiydi. Balki u Oxford, Stanford, Cambridge bo'lar bilmayman, lekin o'qiydi Inshaallah.
Biz esa shu yo'lda harakat qilishda davom etaveramiz.
Seni dunyodagi eng zo'r universitetda bitiruv marosimingni oilaviy tomosha qilish - bu akalaringning orzusi )
@srsobirov
Vakansiya
Meditsinaga oid rasmiy mitingda sinxron tarjimonlik qilish kerak.
Ertaga soat 9 dan 11:30 gacha.
Talablar:
Ingliz tili - C1 darajada.
Meditsinaga oid atamalarni yaxshi bilishi kerak. O'zi medik bo'lsa ham bo'ladi.
To'lov: taxmiman $50 yoki undan ham qimmatroq bo'lishi mumkin.
Agar shu talablarga javob bersangiz @srbrands ga yozing.
Repost from N/a
Kim 500-obunachi bo'larkin?
Obuna bo'ling:
https://youtube.com/@TalabaPodcast
@talabapodcast
Agar o'zingizga yoki oilangizga, do'stlaringzga nimadir sovg'a qilmoqchi bo'lsangiz, bu hayotingizdagi eng qadrli sovg'a bo'lishi aniq!
Saudiya Arabistoniga endi oson borish mumkin!
$146 evaziga Saudiya elektron vizasini qo'lga kiriting.
Ham ibodat, ham sayohat!
Shu sayt orqali e-viza olinadi:
https://visa.visitsaudi.com/
7 yildan beri butun dunyo oliy ta'limi haqida izlanishlar olib boraman.
O'zim chet elda o'qimaganman, lekin boshqalar mening tajribamdan foydalanishlari kerak!
Yaqin kunlarda Talaba Podcast loyihamda katta o'zgarishlar bo'ladi.
Bu loyiha orqali dunyoning eng nufuzli oliygohlarida to'liq grant asosida tahsil olishingiz mumkin!
Bu loyiha butun dunyoda yagona talabalar loyihasi bo'ladi. Chunki hali talabalar uchun bunday portal ishlab chiqilmagan.
Ungacha YouTube kanalimizga obuna bo'ling, do'stlaringizni ham taklif qiling.
Grant yutmoqchi bo'lgan yoshlarga bu loyiha eng keraklisi bo'ladi:
https://youtube.com/@TalabaPodcast
Endi hech kim issiq deb nolimay qo'ydi-ya?
Chunki havo pasaydi, ertalab sovuq bo'lishni boshladi, kun qisqardi.
Kuz kelyapti.
Endi navbat "sovuuq" deyishga )
@srsobirov
Bu videoni ko'rib, Amerika haqida aniq haqiqatlarni bilib olasiz!
Yangi podcastimizni tomosha qiling:
https://youtu.be/ik6-jPfb_j0
@srsobirov
Dunyoning 14-raqamli oliygohi - Melbourne university bakalavr bosqichi uchun 1000 ta xalqaro talabaga grant e'lon qiladi:
https://scholarships.unimelb.edu.au/awards/melbourne-international-undergraduate-scholarship
Bu scholarship 3 xil ko'rinishda bo'ladi:
1. 1 yil uchun $10,000
2. 3 yil uchun $50,000
3. 4 yil uchun 4 yillik kontrakt.
@srsobirov
Repost from N/a
Ziyo Forum va Avlod Media talabalar va abituriyentlar uchun mo'ljallangan yangi loyihaga start berdi - Talaba Podcast
Talaba Podcast - bu talabalar hayoti haqida so'zlovchi O'zbekistondagi ilk YouTube loyiha.
Har bir suhbatimiz davomida dunyoning nufuzli oliygohlarida o'qib qaytgan, o'z sohasida professional bo'lgan o'zbek yoshlari bilan intervyular tashkil etiladi.
Loyihadan ko'zlangan maqsad:
Yoshlikning qadriga yetish, talabalik yillaridan unumli foydalanish va ilm olish yoshlar uchun eng kerakli unsur ekanligini eslatish.
Talaba Podcast xorijning eng nufuzli universitetlarida o'qish niyatida bo'lgan yoshlarni ham qo'llab quvvatlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
https://instagram.com/talabapodcast
https://youtube.com/@TalabaPodcast
https://t.me/talabapodcast
Har shanba 20:00 da yangi podcast!
@talabapodcast
Aquifers
Yerning suv osti qatlamlari.
Agar biror joyda daraxtlar yaxshi ko'karmayotgan bo'lsa yoki qurib qolayotgan bo'lsa, demak, katta ehtimol bilan u yerda yerning organik moddalari deyarli yo'q yoki suv u yerdan ancha pastda, balki u yerni suv tark etgan.
Aquifers - bu yerning ostidagi chuchuk suvlardir. Bu yerosti suvlari odatda qumlar, turli mayda toshlar va qattiq qatlamlar orasida suzib yuradi.
Namlik ko'p joyda aquifers ham ko'p bo'ladi va u yerda daraxtlar gullab yashnaydi.
Oxirgi postimdan kegin Toshkentni yana aylandim. Yerlar juda quruq. Yangi ko'chatlar hatto barg chiqarishga ham ulgurmay qurib qolgan. Yomg'ir esa kam yog'adi bizda.
Hozirda aquifers Toshkent viloyati va vodiy tomonlarda. Yerni 1 metr qazisangiz sariq tuproq ostidan qumli sariq suv chiqishni boshlaydi, 5-12 metr ichida toshli va shag'alli yer qatlami boshlanadi, chuchuk suv ana shu shag'alli qatlam orasida boshlanadi.
Daraxtlar masalasiga hali aniq biror narsa deyolmayman. Lekin ilojini qilsa bo'ladi )
@srsobirov
Suvsizlikdagi daraxtlar
Suvsizlikka chidamli daraxtlar ham bor. Lekin yurtimizdagi juda ko'p daraxtlar suv bilan yashaydi, suvsiz qurib qoladi - hatto yosh nihol bo'lsa ham.
Toshkentda yosh daraxt ko'chatlari minglab ekilgan, lekin ularning 85% qurib bo'lgan.
Bunga 2 ta sabab bor: suvsizlik va yerning organik holatining yomonligi.
1. Suvsizlik. Daraxtlar kattalashgan sari ularning ildizlari katta miqdorlari suv iste'moliga muxtoj bo'lib qoladi. O'z ildizlari yotgan tuproqdagi barcha suvlarni "ichib bo'lganidan so'ng" ildizlar yana suv izlab ma'lum masofagacha borishadi. Agar suv topishsa, daraxtga foyda, suv yoki namlik yo'q bo'lsa, daraxt qurishni boshlaydi.
Daraxtlarga yer ustidan sun'iy yoki tabiiy suv (yomg'ir, qor) yetib kelmasa, daraxtlar bor namlikni so'rib oladi. Global issiq harorat esa namlikni tezda yo'qotadi.
Xullas, daraxtlar kesilishiga yana bir sabab, ularning qurib qolishi.
Yechim:
Daraxtlarni sun'iy sug'orish ishlarini amalga oshirish kerak, suvsizlikka bardoshli daraxt turlaridan ekish kerak shaharlarga: ularni ham baribir suv bilan ta'minlab turish kerak.
Daraxt ko'chatlarini ekib qo'yib, ularni sug'ormas ekanmiz, baribir ular ko'karmaydi. Holat o'zgarmaydi.
Mo'ykaga suv chiqara olamiz, ko'chatlarni ham sug'orishga qurbimiz yetadi.
Davomi keyingi postda...
@srsobirov
Yarim tundan beri uyqu kelmadi. Planlarni aniqlashtirish uchun ko'chaga chiqdim.
Shu ko'chada salomatlik yo'lagi bor. Yo'lakka diqqat bilan qaradim: hammayoq chiqindilar bilan to'la. Toza havo topish qiyin: chang aylanib yuribdi hammayoqda.
Bugungi kunimni ekologik muammolarga yechim qidirishga sarflamoqchiman. To'g'riog'i, bu haqida o'zi anchadan beri yozmoqchi edim; vaqt bo'lmagandi.
Tabiatga faqat zarar yetkazayapmiz. Biz-u mayli, ertaga o'zimizning avlod nima qiladi, qanaqa yashaydi?
Demak, bugun suv, daraxtlar, chiqindilar va toza havo haqida gaplashamiz.
@srsobirov
ZAKOVAT MALIKALARI
Bu qizlar bitta savolga javob berib 10 million yutib olish qobiliyatiga ega.
Gap puldamas, gap ilm orqali hayotni o'zgartirish mumkinligini isbotlashda!
Nodira 2019-yilda meni komandamda o'ynagandi. Jamoa nomi - Ekskalibur edi.
Hozir u EKSPROMT jamoasining kapitani.
Madina esa topqirlik bo'yicha ancha-muncha zakovatchilarni ortda qoldiradi.
Ular bilan podcast oldik. Yaxshisi, o'zingiz tomosha qiling.
Kanalga a'zo bo'lishni unutmang!
https://youtu.be/EXTzljwI3V4
@srsobirov
Professional YouTube'ga kirib kelishimga ikki inson katta yordam bergan:
1. Shaha Dolimov
2. Linguamarina
Shaha bilan gaplashganmiz.
Bitta Linguamarina qoldi. U bilan ham ko'rishib qolsam, rahmatimni aytaman.
@srsobirov
Professional YouTube'ga qadam qo'ydim. Endi havaskor emasman bu sohada.
Talaba Podcastni sabrim va kuchim yetganicha olib boraman. Bir necha kun ichida loyihamdagi eng kuchli podcastni YouTube kanalimizga joylayman.
Ungacha boshqa podcastlarni ko'rib turing va kanalga a'zo bo'lishni unutmang:
https://youtube.com/@TalabaPodcast
Aytgancha, chet elda grant asosida o'qimoqchi bo'lsangiz Talaba Podcastni kuzatib boring )
@srsobirov
Amerika elchixonasida amaliyot
Bu amaliyotdan moddiy manfaat ko'rmaysiz, lekin qabul qilinib, muvaffaqqiyatli bitirsangiz, hamma yo'llaringingiz ochilishni boshlaydi.
Menda vaqt bo'lganda va talaba bo'lganimda allaqachon topshirgan bo'lardim.
Faqat 2 kishi qabul qilinadi.
Dedlayn: 17-avg'ust
https://uz.usembassy.gov/embassy/jobs/internship-program/
@srsobirov
