Khondamir Abdukhoshimov
Open in Telegram
O'z tajriba va qiziqishlarim haqida so'z boradi... About: • Software Engineer at FreightPOP • .NET Community Lead
Show more352
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-330 days
Posts Archive
Assalomu alaykum hammaga! Anchadan beri kanalda aktiv emasman. Sababi o'zim bilan, o'zim ovvora bo'p qoldim. Ish joyini o'zgartirish, adaptatsiya va h.k. Dars berishni ham vaqtinchalik to'xtatdim. Ko'proq o'zimni ustimda ishlamoqchiman. Lekin ilm ulashishdan to'xtash yo'q, o'rgangan narsalarimni sizlar bilan ulashib borishga harakat qilaman.
@khanblogs
PDP Academy dan yangicha rubrika tashkil qilinibdi - dasturchiga axmoqona 10 ta savol. Birinchi galga meni taklif qilishdi. Ushbu link orqali oʻtib koʻrishingiz mumkin.
Repost from N/a
O'zbeklar ham framework ishlab chiqa oladi ...
Tigernet - minimalistik, ochiq kodli, kross-platformali, zamonaviy sistemalarga asoslangan .NET uchun backend framework.
Yaxshi niyat bilan, o'zbek .NET hamjamiyati nomidan bir katta ish boshladik. May oyining o'rtalari yoki iyun oyining boshlarida birinchi release ini chiqarmoqchimiz. Bu esa bir nechta dasturchining qo'lidan kelmaydi. Bu framework jahonda o'z o'rnini topishi uchun bizga o'nlab .NET ekosistemasida ishlovchi dasturchilar kerak.
Biz ham bir odamlarga o'xshab biror narsa ishlab chiqaylik.
React - Facebook tomonidan, Vue - Xitoyning dasturchilar hamjamiyati tomonidan ishlab chiqilgan.
Windows - Microsoft tomonidan, Linux - amerikaning dasturchilar hamjamiyati tomonidan ishlab chiqilgan.
ASP.NET - Microsoft tomonidan, Tigernet - O'zbekistonning dasturchilar hamjamiyati tomonidan ishlab chiqariladi :)
Adminlar tomonidan githubda issuelar ochiladi. Hissa qo'shishni istaganlar uchun bir nechta linklarni taqdim qilmoqchimiz.
Telegram | Github | Discord | Website
Repost from MDC Uzbekistan
Biz kengayganimizni e'lon qilmoqchimiz.
Esingizda bo’lsa, bir hafta oldin post yozgan edik. Ushbu kontekst kengayishimiz haqida edi. Yaxshi reaksiyalar bizning bunga tayyor ekanligimiz bildiradi. Bugundan e’tiboran, biz Microsoft Developers Community bo’lamiz. 3 yildan buyon .NET ecosistemasida faoliyat yuritdik. 30 dan ortiq mentorlarimiz bor. Demak bu bizning qo’limizdan keladi. Endilikda qulochni kengroq olishimiz kerak. Mahorat darslarini ham endilikda barcha yo’nalishlar bo’yicha qilishga harakat qilamiz. Buning uchun sizning yordamingiz kerak albatta. Community bu barchamiz, barchamizniki.
Hozirda bizda mavjud topiclar:
- General
- .NET
- Microsoft Azure
- Internet of Things
- Power Apps
- Data and Artificial Intelligence
- Game Development
- Security
- Microsoft 365
Biz endi birgalikda yangicha qirralarni ochamiz.
@mdcuzbekistan | @mdcuzbekistan_chat
Repost from N/a
Main education - online .NET Backend kursiga qabul davom etmoqda!
📌 .NET - Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan platforma hisoblanadi. Bu kursda siz C# dasturlash tili orqali dasturlashning backend qismini yarata olasiz.
🎯Agarda siz dasturlashning backend qismini o’rganmoqchi bo’lsangiz unda 4-aprel kuni start beriladigan online .NET Backend kursimizga ro’yhatdan o’ting!
⚡️Hozirda ushbu kurs uchun Ramazon oyi munosabati bilan 15% chegirma e’lon qildik. Shoshiling joylar soni cheklangan
Batafsil malumot uchun:
☎️+998959893030
📩@mainedu_admin
Telegram | Instagram | Website
Javohir o'zining blogida, bugundan leetcode'da masalalar ishlash bo'yicha challenge boshladi. Aprel oyi mobaynida, 200 tacha misol ishlash kerak.
Yakshanba kuni, PDP'da futbol bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. Ko'rib turganingizdek 1 - o'rinni oldik.
Repost from 🇺🇿 Learn .NET
Xondamir Abduxoshimov
O'rganganini ulashishdan zavq oluvchi inson. Xalqaro kompaniyalarda dasturchi va PDP Academyda bosh .NET o'qituvchisi bo'lib ishlaydilar. Bugungi suhbatda, dasturlashga kirib kelayotganlar uchun muhim ko'nikmalar, qiyinchiliklar va algoritmik fiklash muhimligi haqida gaplashdik.
Suhbat 26-Fevral, soat kechki 19:00 da YouTube kanalimda efirga uzatiladi. O'tkazib yubormang.
P.S. Xondamir Abduxoshimov bilan Linkedinda bog'lanish esdan chiqmasin.
#daho
Telegram | YouTube | Linkedin
Repost from MDC Uzbekistan
Ertaga barchamiz rasmga tushamiz, hamma sharpistchilar kelsin va ketib qolmasin 🤩🤩
Repost from MDC Uzbekistan
#live #stream #frontend #blazor
Blazor da komponentlar va ularning yashash sikli
Anchadan beri faqatgina server-side ga aloqador bo'lgan mahorat darslarini olib boryapmiz. Bu safargisi esa client-side bo'yicha bo'ladi. Habaringiz bor, .NET platformasi orqali siz loyihaning frontend qismini ham yoza olasiz. Bunday paytlarda sizga Blazor frameworki yordamga keladi. Kelinglar, ushbu mavzuni batafsilroq tushunish uchun, Jasurbekdan yordam so'raymiz.
Barchangizni ushbu mahorat darsida kutib qolamiz. Kirsangiz xursand bo'lamiz, kirmasangiz hafa bo'lish yo'q )
Sana: 11-dekabr, 20:00
Havola: Zoom
Speaker: Jasurbek Xasanboyev
.NET Uzbekistan Community
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
Telegram | Instagram | Youtube
Repost from Vohid Karimov
Hello world 🌏
Mendan yordam/savol so’raganlar ikki kategoriyaga bo’linishadi:
Toshmat:
> Assalomu alaykum.
> Yaxshimisiz?
> Men sizni kompaniyangizga topshirmoqchiman. Menga referral bera olasimi?
Eshmat:
> Assalomu alaykum. Meni ismim Eshmat, hozirda ABC kompaniyasida Backend developer bo’lib ishlayman. XYZ dasturlash tilida 2 yillik tajribam bor. Sizni kompaniyangizda ishlashga qiziqishim bor edi. Agar hozirda ochiq vakansiyalar bo’lsa, iloji bo’lsa menga referral bera olasimi? Men yozgan proyektlarga linklar: example.com, helloworld.com, va eshmat.com. Resumeimni ham shu yerda qoldiraman. Javob uchun oldindan raxmat.
Toshmat kategoriyasi ko’p xolatda javobsiz qoladi, Eshmatlarga har doim javob beraman (ertami kechmi).
Notanish odamdan yordam/savol so’raganda nega Eshmatdey yozish kerak?
— Hamma kerakli malumotlarni oldindan berib, siz ularni vaqtini hurmat qilishingizni va siz oldingizga qo’ygan maqsadda jiddiyligingizni ko’rsatasiz. Shunday yozsangiz sizga uncha-munchaga yo’q deyisholmaydi 🙂
Aziz ustoz va murabbiylar! Bayramingiz muborak boʻlsin. Bizning har bir muvaffaqiyatimizda, sizning oʻrningiz beqiyos. Alloh barchangizdan rozi boʻlsin. Ilm berishda charchamang.
@khanblogs
Repost from Muhammadabdulloh's Blog
Assalomu alaykum do'stlar.
M/FAANG orzusida yurganlar uchun yana bir foydali post yozdim.
Bunda men juda ko'pchilik Big Tech Kompaniyalarda ishlaydigan birodarlarimizga aloqaga chiqib o'z savollarimni berib javoblarimni oldim. Endi esa sizlar bilan shu ma'lumotlarni bo'lishmoqchiman.
Batafsil shu link orqali ma'lumot olishingiz mumkin :)
https://lnkd.in/dCe3iKWG
#Bigtech #google #amazon #facebook #meta #apple #micorsoft #softwareengineer
@muhammadabdulloh_uz
