Khondamir Abdukhoshimov
Open in Telegram
O'z tajriba va qiziqishlarim haqida so'z boradi... About: • Software Engineer at FreightPOP • .NET Community Lead
Show more352
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-330 days
Posts Archive
Yaqinda Fundamentals of Operating Systems nomli kursni taqdim qildi. Qiziquvchilar bo'lsa, tavsiya qilaman.
Hussein Nasser'ni qilayotgan ishlari taqsinga loyiq.
Akani taniganimdan beri dasturlashga bo'lgan qarashim boshqa tomonga o'zgargan. Ya'ni hozirgi kunda ko'proq fokusimni asosiy ishlatadigan texnoligiyalarim abstraktsiyani ortida, biz uchun qanday fokus-mokuslarni bajarishini o'rganishga qaratganman. Va bu ancha maroqli kechyabdi. Savollar bo'lsa bisyor.
Repost from Bek Olimjon
Muvaffaqiyat nima?
Turli inson uchun turlicha.
Kim uchundir iPhone 15 olish, mashina olish, uy qurish, sayohat qilish, chetda o'qish va hok.
Kim uchundir nimanidir o'rganish, sog'lom bo'lish, baxtli bo'lish va hok.
Biz sog'lom bo'lish, baxtli bo'lish va hotirjamlikka erishishga bo'lgan harakatdan ko'ra pul topishga ko'proq fokus qilamiz.
Bu tabiiy holat. Har bir inson boy, sog'lom va baxtli bo'lishni xohlaydi. Shu tartibda.
Menimcha muvaffaqiyatga erishish dastlabki bosqichi - inson hayotda nimalarni xohlamasligini, qanday hayot kechirishni xohlamasligini anglab yetishi.
Undan keyin o'zi xohlagan hayot tarzi qanday ekanligini aniqlab olishi va keyin o'sha hayot tarzini yaratishga harakat qilishdan iborat.
Inson o'zi xohlagan hayot tarzini aniqlab olishi juda muhim. Bunda "men xohlayotgan narsa bu rostdan ham men ich-ichimdan xohlagan narsami yoki jamiyat xohlagan narsami?" deya savol berish juda muhim.
Agar nima xohlashini bilmasa izlashda davom etish muhim. Buni topishda yordam beradigan savol: "Qanday qilib foydali bo'la olaman?"
Foydali bo'lish orqali inson boy, sog'lom va baxtli bo'la oladi.
Butun umrini ko'chada faqat pul topish uchun sarflab, qavat-qavat uy qurib, yosh o'tganda hovlini bir chetidagi kichkina xonada yolg'iz o'tirgan holda o'tgan umri uchun afsuslanmaslik muhim.
Bek Olimjon
17.04.24
Stockholm, Shvetsiya
Barchangizga Ramazon Hayit bayrami muborak bo'lsin. Tutgan ro’zalaringiz, qilgan ibodatlaringiz, qilgan solih amallaringizni Alloh qabul qilsin.
.NET boʻyicha 2 yilcha oldin, online oʻtilgan darslarimni ochiqlamoqchiman. Endi boshlayotganlar boʻlsa, foydali narsalar olsa boʻladi. ASP.NET gacha oʻtilgan ekan. 60 dan ortiq darslar joylangan. Kimgadur foydasi tegsa xursandman.
https://t.me/+7O8-T2zisKk3NzEy
Kirib kelgan Ramazon oyi muborak boʻlsin!
@khanblogs
Hayot qisqa emas, bizga berilgan vaqt ham kam emas, balki o'zimiz uni isrof qilamiz.
@khanblogs
Repost from Vashington kundaligi
Toronto universiteti professori Jeffri Hintonning sun'iy intellektga oid leksiyasini tingladim.
Uning aytishicha, sun'iy intellekt, masalan, "ChatGPT" dasturi o'zi tayyorlayotgan matn va materiallarni insonlardek tushunadi va his qiladi hamda kelasi besh yil ichida uning mantiqiy fikrlashi insonnikidan o'zib ketadi.
Hinton kelajakdan xavotirda. U sun'iy intellekt kun kelib nazoratdan chiqib ketishi va insonlarga falokat keltirishi ehtimoli yuqori, deb hisoblayapti.
Bu haqda gapirayotganlar ko’p, lekin Hintonning bunday pessimistik qarashi, ayniqsa, menga qattiq ta'sir qildi. Chunki bu odam zamonaviy sun'iy intellekt ilmining otasi hisoblanadi. "OpenAI" tadqiqotlarini yoki "Google"ning sun'iy intellekt loyihalarini boshqarayotgan olimlar shu professorning shogirdlari hisoblanadi.
Uning aytishicha, sun'iy intellekt matnlarni tuzishda, shunchaki, so'zlar ketma-ketligidagi statistik ehtimollarga tayanadi, deb o'ylash xato va bu modelning aslida qanday ishlashini hech kim bilmaydi.
Biz unga o'rganish algoritmini yukladik, lekin bu o'rganish qanday kechishini bilmaymiz, demoqda butun umri va karyerasini shu sohaga bag'ishlagan odam.
@bmamadiev
Repost from MDC Uzbekistan
Big News: "Sharpist 2024 AI Hackathon", where innovation meets excellence using Microsoft Technologies and Artificial Intelligence!
📍 Location: Online – Participate from anywhere in the CIS countries!
🛠 Requirements: Fuel your brilliance by incorporating at least 2 cutting-edge Microsoft technologies into your solutions. Get ready to harness the power of innovation! Learn more on our website: MDC Uzbekistan
How to participate: Form a dynamic team of visionaries – a minimum of 3 people and a maximum of 8. Collaborate, ideate, and bring your collective genius to the forefront.
Hackathon is organized with the support of the main partner - IT Investments Center, as well as INHA University in Tashkent.
🏆 Prizes Await: The stakes are high!
🥇 1st Place: $3000
🥈 2nd Place: $2000
🥉 3rd Place: $1000
Seize this golden opportunity to showcase your talent, make a lasting impact, and be part of the tech revolution!
Want to join us?
Register now
#Sharpist2024 #MDCUZ #SharpistAIHackathon #MicrosoftTech #AIExcellence
@mdcuzbekistan
Bizda podkast eshitish madaniyati rivojlanayotgani quvonarli holat. Men Apple Podcast va Spotify dan foydalanaman. O'zbek tilidagi podkastlar ham ancha yig'ilib qolgan. Lekin hammasi tarqoq joyda edi. Shaxsan o'zim youtube'dan yoqtirgan podkastlarimni audio formatga o'tkazib, tinglab yuraman. Sababi, doim ham video ko'rgani vaqt bo'lmaydi. Audioni yo'lda ketayotib ham eshitib ketsangiz bo'ladi.
Shu muammoga yechim qilib, podkastlarni bir joyga jamlaydigan app ustida ishlayabmiz. Hozircha botni ishga tushirdik. Ishlatib ko'ring, takliflaringiz bo'lsa support'ga yozing.
@khanblogs
Repost from N/a
Tinglang - oson o'rganing!
Sado24 - barcha podkast eshittirishlarni o'z ichiga oladigan loyiha bo'lib, u bilan yo'lda, uyda va metroda ham tinglab o'rganishingiz mumkin. Hozirda loyihaning telegram bot qismi ishlab chiqildi va foydalanishga tayyor.
Xususiyatlari:
- Botdan tashqarida ham episodlar ulashish
- Qiziqqan yo'nalishlar bo'yicha podkast va episodlar filteri
- Universal qidiruv
- Qiziqishingizga qarab topdagi podkastlarni ko'rish
- Episodlarni boblarga bo'lib eshitish (timelapse)
- Yoqtirgan podkastlaringizga obuna bo'lish va yangiliklardan xabardor bo'lish
Qani boshladik: @sado24bot
Takliflar uchun: @sado24supportbot
@sado24
Ertaga Uzgeeks Meetup, esingizdami? Mavzuga oid nimalarni oʻrganish sizga qiziq boʻladi?
Sharpist yana qaytdi! Bu safar kattaroq miqyosni birlashtirishni reja qilganmiz.
