en
Feedback
Ta'lim nazorati

Ta'lim nazorati

Open in Telegram

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Ta'lim nazorati

Channel Ta'lim nazorati (@uztdi) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 156 646 subscribers, ranking 700 in the Education category and 256 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 156 646 subscribers.

According to the latest data from 29 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -21 865 over the last 30 days and by -476 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Verified (Officially confirmed by Telegram)
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 20.59%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 10.82% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 32 292 views. Within the first day, a publication typically gains 16 966 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot”

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 30 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

156 646
Subscribers
-47624 hours
-3 4237 days
-21 86530 days
Posts Archive
❗️Bugun, 30-sentyabr attestatsiyaga murojaat yuborishning oxirgi kuni! 📌Pedagog kadrlar attestatsiyasining navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari turlarida ishtirok etish uchun arizalar qabuli davom etmoqda. Ariza topshirishning so‘nggi kuni — 30-sentabr. ✈️Murojaatlarni quyidagi usullarda yuborish mumkin: 1️⃣ Platforma orqali: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog.uzedu.uz sayti orqali. Bunda ONE ID tizimi yordamida shaxsiy kabinetga kiriladi. 2️⃣ Portal orqali: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali. 3️⃣ Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrif buyurgan holda. 👇 Attestatsiya bosqichlari:
⚫️ Avgust–sentabr — murojaatlar (arizalar) qabul qilinadi; ⚫️ Oktabr–noyabr — malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi; ⚫️ Dekabr — sertifikatlar tarqatiladi.
Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlar bilan tanishishlari mumkin. ✔️ Ushbu xabarni attestatsiyada ishtirok etmoqchi bo‘lgan hamkasblaringizga ham yuborib qo‘ying. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

#magistratura #qabul2026 #imkoniyat ❗️Muddat uzaytirildi! Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berish muddati uzaytirildi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qaroriga muvofiq, magistraturaga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. 2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar tomonidan ariza berish muddati 2026-yil 10-oktabrga qadar uzaytirildi. Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat budjetidan qoplab berish uchun arizani kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuborishlari mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

❗️Pedagoglarga 100 mln so‘mgacha mukofot va yangi imtiyozlar beriladi Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yana bir qator yangiliklarni e’lon qildi. ➖ xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarning imtihon xarajatlari 100 foiz qoplab beriladi; ➖ Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev kabi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa beriladi; ➖ boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi; ➖ kelasi yildan 4-sinflar o‘rtasidagi olimpiadaning tuman bosqichi g‘oliblari kompyuter bilan taqdirlanadi. ✔️ Ularni tayyorlagan ustozlarga esa natijaga qarab tuman bosqichida 10 mln so‘m, viloyat bosqichida 50 mln so‘m, respublika bosqichida 100 mln so‘m mukofot beriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

❗️Yangi o‘quv yilidan 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika va tabiiy fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Loyihaga jalb etilgan o‘qituvchilar hamda maktabga tayyorlov guruhi pedagoglarining maoshiga 100 foiz ustama qo‘shiladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

⚡️Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman b
⚡️Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million so‘m mukofot beriladi. Yangi o‘quv yilidan 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika va tabiiy fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Loyihaga jalb etilgan o‘qituvchilar hamda maktabga tayyorlov guruhi pedagoglarining maoshiga 100 foiz ustama qo‘shiladi.
– Endi o‘rta ta’limda “sifat indeksi” joriy etiladi,
– dedi Prezidentimiz. Maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi. Ilg‘or maktab boshqa maktablarga o‘z tajribasini o‘rgatib, ularni yuqori toifaga olib chiqsa, uning pedagogik jamoasi 30 foiz ustama oladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun bolalar matematika, fizika, kimyo va biologiyani makt
Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish uchun bolalar matematika, fizika, kimyo va biologiyani maktabdanoq chuqur o‘zlashtirishi zarur. Shu maqsadda sinfda 25 nafardan ortiq o‘quvchi bo‘lsa, ushbu fanlar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladi. Fundamental fanlar o‘qituvchilari uchun rag‘batning yangi tizimi joriy etiladi. Milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz ustama to‘lanadi, har yili 208 ta tuman va shaharning lider o‘qituvchilariga 30 million so‘mdan mukofot beriladi. Yana 1 ming o‘qituvchi xorijda stajirovka o‘taydi. Kamida 15 yillik stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi. Xorijiy va milliy sertifikat olgan muallimlarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplanadi. Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev nomidagi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa oladi. Prezidentimiz ushbu tashabbuslar qariyb 100 ming o‘qituvchiga munosib rag‘bat bo‘lishiga ishonch bildirdi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

⚡️Pedagoglar uchun zo’r yangiliklar ☑️ Milliy sertifikatga ega o'qituvchilarning oylik maoshiga 50 foiz ustama to'lanadi; 💰Har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o'qituvchiga 30 million so'mdan mukofot beriladi; ✈️ Yana 1 ming o'qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi; 🎓 Kamida 15 yil stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi. 📋 Xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarga imtihon xarajati qoplanadi. 🆙 Xorazmiy, Farg'oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev kabi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan pedagoglar to'g'ridan-to'g'ri oliy toifaga ega bo'ladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog’chaga bergan ishli onalar uchun badal puli byudjetdan qoplanadi. ✅Ta’l
2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog’chaga bergan ishli onalar uchun badal puli byudjetdan qoplanadi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti taʼsis etiladi Shavkat Mirziyoyev taʼlim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofotini taʼsis etishni taklif qildi.
“Ushbu mukofotni o‘zbek milliy pedagogikasining tamal toshini qo‘ygan jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomi bilan atasak”, — dedi davlatimiz rahbari.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

⚡️Super kontrakt tartibi tasdiqlandi: bir yoʻnalishga oʻqishga kirganlar ham boshqasiga super kontrakt qilishi mumkin 🔰2026-2027-oʻquv yili uchun abituriyentlarni super kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi. Unga koʻra, tanlagan yoʻnalishlaridan ikkinchi va undan keyingilariga oʻqishga qabul qilingan talabgorlarga faqat birinchi yoʻnalishiga super kontrakt qilishga ruxsat beriladi.   ➡️ Yaʼni, masalan abituriyent tanlagan yoʻnalishlaridan beshinchisiga o'qishga kirgan va u tanlovlaridan boshqasida oʻqimoqchi. Shunday holatda faqat birinchi yoʻnalishida super kontrakt asosida oʻqishi mumkin, 2-3-4-yoʻnalishlarga qila olmaydi.   ➡️ Maʼlumotlarga koʻra, 6-yoʻnalishga oʻqishga kirganlarga ham birinchi yoʻnalishga super kontrakt qilishga ruxsat beriladi.   Shuningdek, 5 ta yoʻnalishning hech biriga oʻqishga qabul qilinmaganlar esa, istalgan yoʻnalishidan biriga super kontrakt qilishi mumkin. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

⚡Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026/202
⚡Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun qoraqalpog‘istonlik yoshlar oliy taʼlimga kirishda quyidagi 2 ta qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ldi. 1️⃣ 1-imkoniyat: 2026-yil 2–6-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi. Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi. 2️⃣ 2-imkoniyat: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida viloyatlardagi davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi. Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi. Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining koʻrsatma xatiga asosan, ayni vaqtda kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro ser
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining koʻrsatma xatiga asosan, ayni vaqtda kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan xorijiy til oʻqituvchilari maktablarda ishlashni davom ettirishlari mumkin. Avvalroq jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qaror loyihasida tegishli sertifikatga ega bo‘lmagan pedagog xodimlar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish nazarda tutilgan edi. Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinganidan so'ng mazkur masala yuzasidan qo'shimcha ma'lumot beriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

❗️Attestatsiyaga murojaat yuborish uchun 2 kun qoldi! 📌Pedagog kadrlar attestatsiyasining navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari turlarida ishtirok etish uchun arizalar qabuli davom etmoqda. Ariza topshirishning so‘nggi kuni — 30-sentabr. ✈️Murojaatlarni quyidagi usullarda yuborish mumkin: 1️⃣ Platforma orqali: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog.uzedu.uz sayti orqali. Bunda ONE ID tizimi yordamida shaxsiy kabinetga kiriladi. 2️⃣ Portal orqali: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali. 3️⃣ Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan tashrif buyurgan holda. 👇 Attestatsiya bosqichlari:
⚫️ Avgust–sentabr — murojaatlar (arizalar) qabul qilinadi; ⚫️ Oktabr–noyabr — malaka (test) sinovlari o‘tkaziladi; ⚫️ Dekabr — sertifikatlar tarqatiladi.
Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar 👉 www.sinovtest.uz saytida namunaviy testlar bilan tanishishlari mumkin. ✔️ Ushbu xabarni attestatsiyada ishtirok etmoqchi bo‘lgan hamkasblaringizga ham yuborib qo‘ying. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

⚡️O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida xizmat ko‘rsatgan pedagog, murabbiy va soha xodimlari faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi   Bugun, 29-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.   Farmonga muvofiq, o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida xizmat ko‘rsatgan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari bilan mukofotlandi. Taqdirlanganlar ro‘yxati bu yerda: https://talimxabarlari.uz/80095/ ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

❗️Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan faqat 1 kun dam olinadi, boshqa qo’shimcha dam olish nazarda tutilmagan. 1-oktyabr, payshanba kuni barcha xodimlar uchun dam olish kuni bo’ladi. 2-oktyabr, juma kuni esa barcha uchun ish kuni. Shanba kuni esa odatdagidek, 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Prezident yangi avlod darsliklarini joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi
+7
Prezident yangi avlod darsliklarini joriy etish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi. Yangi Oʻzbekiston maktab bitiruvchisi portretida bilim bilan bir qatorda zamonaviy koʻnikmalar, axborot texnologiyalarini puxta egallash, ijodiy va mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish qobiliyati muhim oʻrin tutadi. Darsliklar va taʼlim mazmunini yangilash ishlari ana shu maqsadga qaratilgan. Yangi oʻquv adabiyotlarini tayyorlashda xalqaro tajribaga murojaat qilindi. Boshlangʻich sinf darsliklari Finlyandiya taʼlim alyansi sertifikatsiyasidan oʻtgan, 5-7-sinflarning matematika, fizika, kimyo va biologiya darsliklari Singapur darsliklari asosida ishlab chiqildi. Yangi yondashuvda oʻquvchining har bir sinf yakunida nimani bilishi va bajara olishi aniq belgilanadi. Taʼlim standarti, oʻquv dasturi, darslik va baholash oʻzaro bogʻliq holda shakllantirilib, mavzularning yoshga mosligi, izchilligi hamda bilimni amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga eʼtibor qaratiladi. 2027-yilga qadar jami 1 ming 342 nomdagi darslik va oʻquv-metodik materialni tayyorlash rejalashtirilgan. Darsliklarda tanqidiy fikrlash, muloqot, hamkorlik va ijodkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan topshiriqlar oʻrin olmoqda. Bola tayyor javobni eslab qolish bilan cheklanmay, savol berishi, maʼlumotni tahlil qilishi, oʻz fikrini asoslashi va birgalikda yechim topishi koʻzda tutilgan. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Men 10–15 yillar avval vazirlikda ishlaganimizda ham “Yil o‘qituvchisi” tanlovida ustozlar qanday taqdirlanganini yaxshi esla
Men 10–15 yillar avval vazirlikda ishlaganimizda ham “Yil o‘qituvchisi” tanlovida ustozlar qanday taqdirlanganini yaxshi eslayman. O‘sha paytlarda respublika bo‘yicha 16 nafar o‘qituvchi g‘olib bo‘lardi. Lekin gap faqat g‘oliblar sonida emas. O‘sha 16 nafar eng yaxshi o‘qituvchiga ham bugungidek katta miqdorda pul mukofoti berilmagan. O‘sha vaqtda kimdir: “Bir kun kelib 208 nafar o‘qituvchining har biriga qariyb 52 ming dollardan mukofot beriladi”, desa, nafaqat o‘qituvchilar, balki biz ham ishonishimiz qiyin edi. 52 ming dollar — kam pul emas. Bu mablag‘ga shahardan kvartira yoki tumanlarda yaxshi hovli-joy olsa bo‘ladi, deb o‘ylayman. Albatta, bir paytlar hatto xayolga ham kelmagan bunday katta mukofotlarni ajratish Prezidentimizning siyosiy irodasi va ta’limga qaratayotgan e’tiborining natijasi. Ko‘z tegmasin. Taqdirlanadigan ustozlar soni ham, ularga beriladigan mukofot miqdori ham oshib boraversin. 👉@shavkat_xojaqulov

Saida Mirziyoyeva: “Bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak” Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasida 5 yoshli tarbiyalanuvchi qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani yuzasidan munosabat bildirdi. “Namanganda yuz bergan fojia haqida menga xabar berishdi. Bo‘lgan voqeani eshitib, g‘azabim ichimga sig‘may ketdi. ​Nazarimda, bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan, shu bois javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz. ​Tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berildi. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yo‘l ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha masʼullar ham jazolanadi.” ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Bayram arafasida quvonchli xabar! Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida 601 ta maktab jamoasi munosib eʼtirofga sazovor bo
Bayram arafasida quvonchli xabar! Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida 601 ta maktab jamoasi munosib eʼtirofga sazovor boʻldi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 263-son qaroriga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 23-sentabrdagi 359-son buyrugʻi bilan ushbu maktablarning rahbar va pedagog kadrlariga 10 foizdan 40 foizgacha ustama belgilandi. Bu natija ustozlarimizning fidoyi mehnati va oʻquvchilarimiz bilimining samarasidir. 📎 Ustama oladigan maktablar roʻyxati bilan tanishing 👏 Ustama oluvchi maktablar jamoalarini ushbu eʼtirof bilan chin yurakdan tabriklaymiz! ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali