Abdulhamid Yoqubov || Essays
Open in Telegram
Topilma va asl boyligim bilan boʻlishaman . . @abdulhamidyakubo
Show more2 657
Subscribers
+724 hours
+617 days
+7830 days
Posts Archive
Haqiqiy Performance Marketing qanaqa bo'lishi yoxud fixed payment contractor'lar rostdan performance' qilyaptimi? mazmunda quyida maqolacha yozdim, shaxsiy qarashimga ko'ra
qiziq bo'lsa o'qib ko'ringlar
@abdulhamidyakubo
Insoniyatning bundan 150 yil avval eng katta muammolaridan biri ochlikdan qanday qutilish bo'lgan
Bugun esa dunyoning katta qismida eng katta muammolardan biri — qanday qilib ortiqcha vazndan qutulish.
Avvallari ayrim iqtisodchilar va yer egalari orasida aholi ko‘payib ketsa, resurslar yetmay qolishi va qashshoqlik kuchayishi mumkin degan xavotir bo‘lgan. Thomas Malthus nazariyasiga ko‘ra...
Hozir davlatlar qanday qilib ko'paysak ekan deb bosh qotirishadi
Farzandlarini nechidir %i baribir katta bo'la olmaydi deb, ko'plab farzand ko'rishgan
Hozir xarajat deb kamaytirishmoqda
150 yil oldin kambag‘al odamning boylikka erishishi uchun ta'lim ham, kapital ham, qulay muhit ham ko‘pincha yetishmasdi
Hozir asosiy muammo reels'dan boshni ko'tarib harakat qilish
Bazida bir kompyuter ham yetarli
@abdulhamidyakubov
Nima gap, qiyinmasku toʻgʻrimi? Yaxshi yozibmanmi yoki soddalashtirish kerakmidi?
Fast food yeyish semirtiradimi? Yoki fast foodni yaxshi koʻrgan odam semirishga moyil boʻladimi?
Yoki umuman boshqa nimadir kasallik borligi odamni fast foodni yaxshi koʻrishi va tez semirishiga sababmi?
Bugun tahlildagi eng ommalashgan xatolik haqida gaplashamiz
Odamlar ketma-ket yoki yonma-yon boʻlgan hodisalarni biri ikkinchisini sababi deb baholaydi
Masalan marketing misolida obunachi koʻpayishi savdo oshishiga sababmi?
Bir koʻrishda keng tarqalgan fikr
Lekin tahlil qilishimcha yaxshi brend bir vaqtning oʻzida ham obunachi ham mijozni jalb qiladi
Yani obunachining koʻpayishi savdo oshishiga sababchi emas
Aksincha savdo oshishi uchun qilingan harakatlarning natijasi
Yana bir misol, koʻp oʻqish yaxshi natijaga sababmi?
Balki yaxshi ustoz borligi ham samarali oʻqish, ham yaxshi natijaga sabab boʻlar
Xulosa: Chuqurroq tahlil qilinsa aksar narsalarda korrelyatsiya bor
Lekin ular har doim ham biri-ikkinchisining sababi emas
Balki aynan 3-faktor ikkia parametrga ta’sir koʻrsatayotgan boʻlishi mumkin
@abdulhamidyakubov
Yoz juda aktiv oʻtmoqda
Loyihalar bilan bandmiz, intensive ish muhiti (bu haqida keyinroq)
Orada vatanga ham borib keldim
U yerda hammasi doimgidek sokin
Odamlar deyarli oʻzgarmagan, garchi uyga uzoq interval bilan borsam ham
Ular bir-birlariga mehribonroq, deyarli hamma bir-birini taniydi
Hayot shiddati sekinroq, shoshilish kam
Shahardagi oʻrtacha ovqatlanish puliga u yerda 4 ta oila yaxshi ovqatlanadi
Kapital koʻpaytirish uchun qulay muhit
Lekin uni ishlab topish juda qiyin
Shunday ekan, boyagi xulosamni yana bir takrorlab qoʻyaman
Baribir odam tugʻilib oʻsgan joyidan boshqa joyga koʻchishi kerak
Endi blogda aktivroq boʻlishga harakat qilaman
@abdulhamidyakubov
Qilishingiz mumkin bo'lgan eng yomon ish bu boshqalarni muhokama qilish
Bunda sizga bir qancha zarar bor
1. Siz muhokama qilayotgan odamga hech ta'sir o'tkazmaysiz, o'tkazgan taqdiringizda ham sizga manfaat yo'q
2. Bu ishingiz bilan u odam sizdan ustun ekanini tan olyapsiz
3. Muhokama qilinayotgan odam oldida hurmatingiz tushadi
4. Asosiysi vaqtingizni eng bo'lmag'ur ishga sarflayapsiz
Agarda sizni muhokama qilishayotgan bo'lsa, nimadir ustida ishlayapsiz degani
Yoki nimadirni to'g'ri qilyapsiz
Repost from Shohzod Polatov | ScaleUp
Marketing psixologiyasi: 30 ta ishlaydigan instrument
Bu shunchaki postlar to'plami emas - bu mijozning miyasi qanday qaror qabul qilishining to'liq xaritasi. Mijoz sizni birinchi ko'rganidan qaytib kelgunicha, har bir bosqichda ishlaydigan aniq qurol.
⚪️Yakor effekti
⚪️Decoy (aldov varianti)
⚪️Yo'qotish og'rig'i
⚪️Egalik effekti
⚪️Ijtimoiy dalil
⚪️Taqchillik
⚪️Veblen effekti
⚪️IKEA effekti
⚪️To'lov og'rig'i
⚪️Eksklyuzivlik
⚪️Tanlov falaji
⚪️Ramka effekti
⚪️Von Restorff
⚪️Avtoritet
⚪️Qarz hissi
⚪️Yoqimli kutilmaganlik
⚪️Charm pricing (9 effekti)
⚪️Default effekt
⚪️Zeigarnik effekti
⚪️FOMO
⚪️Pratfall effekti
⚪️Yangilik effekti
⚪️Aniqlik effekti
⚪️Halo effekti
⚪️Kognitiv yengillik
⚪️Kontrast prinsipi
⚪️Maqsad yaqinligi
⚪️Hikoya ustunligi
⚪️Goodhart tuzog'i
⚪️30 ta instrumet bitta promptda
Faqat bitta shart bor. O'qib qo'yish yetmaydi. Ochib, bittasini bugun o'z biznesingizga qo'llash kerak. Bitta instrument, bitta hafta, bitta o'lchov. Keyin ikkinchisi.
Bilim natija bermaydi. Qo'llangan bilim beradi.
Ushbu ro'yxatni o'zingizga saqlang va marketing bilan shug'ullanadigan tanishingizga yuboring - unga aynan shu kerak.
Scaleup | @scaleupuz
Instagram (oʻyinlar nazariyasiga koʻra bazi gipotezalar)
- Instagramga siz platformada imkon qadar koʻp qolishingiz kerak
- Kontent yaratuvchiga, siz uni kontentlarini koʻrib obuna boʻlishingiz kerak (shuning uchun haqiqatni emas, quloqqa va auditoriya uchun yoqimli narsani beradi, odatda)
- Reklama beruvchiga, siz undan narsa sotib olishingiz kerak
Savol, bularning birortasidan sizga foyda bormi?
Oʻzingizni oʻzingiz gipnozlab oʻtiraverasiz
Istalgan siz koʻrayotgan kontent fikrlaringizni shakllantiradi
Odam iste’mol qilayotgan narsalari mahsuli
Shum va trend
Zalga chiqishni boshlaganingizda, hammada 6 pack bordek ko'rinadi, haqiqatda esa 1% odamda bor
Marketing bilan shug'ullansangi hamma marketologdek tuyiladi
Hamma ai bilan shug'ullanayotgandek tuyiladi
Gap shundaki biz kuzatayotgan odamlarimizning fikrlarini hammada shunday degan xulosaga kelamiz
Aslida esa, dunyo katta
Shunday ekan informatsion kiruvchi potokni kamaytirish shumni kamaytiradi deb o'ylaymna
Haqiqiy trendlarni tahlil qilmoqchi bo'lsangiz, o'zingizning fikrlaringizni barchasini hisobga olmasligingiz kerak
Aslo
Bir narsa esimga tushib ketdi, 12 yosh atrofida edim chamasi
Shaxmat bilan shug'ullanardim, kuniga taxminan 4 soat
O'sha yili qattiq tayyorlandim
Viloyat bosqichiga chiqdim, u yerda 2 o'rin bilan respublika bosqichiga yo'llanma oldim
Oson bo'lmadi
Respublika bosqichiga birinchi borishim edi, begona shahar, begona muhit
Bilasizmi nima u yerda O'zbekistonning barcha viloyatlarining TOP 3 ta o'yinchilari kelgan edi
30 mln aholiga, 36 ta o'yinchi, TOP necha foizga to'g'ri keladi?
Birinchi turda g'olib bo'ldim, ikkinchi turda Sindarov, uchinchi turda Abdusattorov turibdida 😂
U vaqt ular mashhur emas edi, yutib qo'yaman deb o'yladim
Turnirni 6 ochko bilan nechanchidir o'rinda yakunladim
Gap shundaki u yerda kuchsiz o'yinchini o'zi yo'q edi
Aholining TOP ~0.0000001% odamlari yig'ilgan edi
Endi futbolni ham tasavvur qilavering
O'yinchilarni o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring
Endi sizga savol, futbolchilarni yomon ko'rayotganlar, qaysi biringi sohangiz bo'yicha dunyoda top 0.01% ga kirasiz?
Oson emas
Muvaffaqiyatsizlik haqida
Bir tanishimiz ish boshladi, undan avval 9-5 ishlar edi
Sekin instagram qildi, oz-moz obunachi to'pladi
Endi o'z ishimni boshlayman dedi, boshladi
Bir ikki oy ishladi, keyingi oylardan aloqda bo'lmaslikni boshladi, qo'ng'iroqlarga javob bermadi
Biznesini yopibdi
Yangi ishini o'xshata olmadim deyishga uyalib, instagramdan ham yo'q bo'lib qoldi
Xarna reklamadan daromadi bor edi, u ham tushmayapti hozir
Hammasi odamlarning oldida qanday qilaman degan fikr sababli, manimcha
Qiziq joyi shuni boshlayotganda ogohlantirgan edim
Siz boshlagan yo'nalish 90% holatda o'xshamaydi, shunga tayyor turing - degan ma'noda
Albatta hamma o'zidan o'tganini o'zi biladi
Lekin eslatma sifatida yozmoqchimanki, muvaffaqiyatsizlik muvaffaqiyatning bir qismi chamamda
Man kuzatgan ko'p yaxshi tadbirkorlarning mindset'i ketma-ket xatolardan entuziazm yo'qotmasdan yutuqqa intilish
Nima ham derdim, to'g'ri jamiyatimiz shunaqa, birovni muhokama qilishga moyil
Lekin bir narsani unutmangki, hech kimga sizning borligingiz uncha qiziq emas
Siz haqingizda esa o'ylashga odamlarning vaqti ham yo'q
Shunday ekan agar rassomchilikda omad kelmagan bo'lsa, siyosatni sinab ko'ring)
Vaqtni isrof qilishning eng yomon yo'li
Oxirgi oylarda ma'lum bir yo'nalishlarga qiziqib ko'rdim
Oz-moz resurslarimni ham sarfladim
Natijalar bor, yomon emas
Lekin bilasizmi nima e'tiborimni tortdi, vaqtni yangi g'oyalarga yoki ma'lum g'oyani ichidagi ma'lum task'larga ketkazayotganda odam buni ish deb qabul qiladi
Kuniga 3-4 soatlab odam o'zini ishlagandek his qiladi va bu o'ylashimcha videoo'yinlar hamda reels'dan ham yomonroq
Chunki reels ko'rgandan keyin odam o'zini yomon his qiladi
Videoo'yin o'ynayotganda noto'g'ri qilayotgani va tezroq tugatishi kerak ekanini his qilib turadi
Yuqoridagi holatda esa, man foydali ish qilyapman deb yilini yo'qotganda biladi
Shunday ekan muhim ishlarni ortga surmaslik darkor
Fokus - muhim
Yillaringizni illuziyaga aldanib yo'qotmang
Me’yor
Iqtisodda “diminishing returns” degan tushuncha mavjud
Qisqa ma’nosi bir ishga resurs kirgizishning koʻpayishi doim ham natijani koʻpaytiravermaydi
Masalan deylik qorningiz och, bitta somsa yesangiz, sal pal qorin toʻyadi
2 ta yesangiz yaxshi
4 tada qorningiz toʻliq toʻyadi va sogʻlikka foydali
Endi shundan keyingi har bir somsa sizga yomon ta’sir qiladi
Masalan 5- yoki 6- si oshqozonni qiynasa
15- 16- lari sizni boʻktirib qoʻyishi mumkin
Ish jarayonlarida ham tasklar input bilan yaxshilashadimi yomonlashadimi ajratib olish kerak
Ba’zilari yaxshilashadi, ba’zilari esa shu kabi effektga ega
Masalan:
- Sotuvchilar soni
- Bir budgetga nisbatan reklamalar soni
Va hokazo
Shunday ekan har qanday jarayonda qaror qabul qilishdan avval bu qaysi turdagi jarayon ekanini aniqlab keyin resurs sarflasa arziydi deb oʻylayman
90% odamdan oʻtib ketishni uchun 2 narsaning ustida qattiq ishlashingiz yetarli
1. Kuchli xohish
2. Mas’uliyat
Boshqalarning qilayotgan ishlari uchun muhokama (hukm) qislangiz, sizn aynan o'sha vaziyatda qachondir bo'lishingiz ehtimoli yuqorid
Odamqiziq mavjudot, boshqalardan o'zini afzal deb topadi va boshqalarning har xil gunohlari yoki uning nazdida noto'g'ribo'lgan ishlari uchun muhokama qiladi
"Xuddi man undan afzalroqman" - degan gapni boshqacha qilib aytadi
Lekin oxirgi yillarda kuzatuvimga ko'ra kim bir odamni bir ishda muhokama qilgan bo'lsa o'sha vaziyatda ko'ryapman
Qo'shxotinlikni yomonlab, man hech qachon deganlar, yana turmush qilganini
Va'dasida turolmaganlarni qattiq qoralaganlarni va'dasida buzganini
va hokazo
Yuqoridagilar yumshoqroq misollar, bundan battarlari qancha
Xulosam shundaki, hech kimni muhokama qilmayman, chunki uni vaziyatini bilmayman
Boshqalani yomonlagan odamlardan uzoq bo'lishga harakat qilaman, chunki uni ham shu holat kutib turgan bo'lishi mumkin
