en
Feedback
𝐈𝐬π₯𝐨𝐦𝐒𝐲 𝐃𝐒𝐧𝐒𝐲 πŠπ’π­π¨π›π₯𝐚𝐫 πππŸπŸ“š

𝐈𝐬π₯𝐨𝐦𝐒𝐲 𝐃𝐒𝐧𝐒𝐲 πŠπ’π­π¨π›π₯𝐚𝐫 πππŸπŸ“š

Open in Telegram

πŸ“š"Robbim, ilmimni (yanada) ziyoda qilgin" {To ha surasi 114} ✨Allohim, meni dinda faqih (chuqur ilmga ega) qilgin.🀲 t.me/Muslim_kanallar πŸŒ™

Show more
567
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Hozirgi kunda, ommaviy madaniyat ta’sirida, koβ€˜pchilik ayol-qizlarimiz Rasuli akramο·Ί ning ayollari va qizlarining xayot yoβ€˜ll
Hozirgi kunda, ommaviy madaniyat ta’sirida, koβ€˜pchilik ayol-qizlarimiz Rasuli akramο·Ί ning ayollari va qizlarining xayot yoβ€˜llaridan oβ€˜rnak olishni oβ€˜zlariga or deb bilmoqdalar. Ochiqchasiga tan olmasalarda, kimlarga taqlid qilishlari orqali buni isbotlab bermoqdalar. πŸ“– Alloqulov Abdullatif "Rasululloh ο·Ί ning qizlari" πŸ“š@Kitoblar_Manfaatli🌱 πŸ“š@Hadisiy_Qudsiy🌱 πŸ“š@Tavxid_Ahli🌱

​​​– Inson oβ€˜zini tanib, oβ€˜zini yenga olishidan kattaroq ish yoβ€˜q, Shafiqa, – dedi Roziya xonim. – Bu nafs bilan kurashmoqdir
​​​– Inson oβ€˜zini tanib, oβ€˜zini yenga olishidan kattaroq ish yoβ€˜q, Shafiqa, – dedi Roziya xonim. – Bu nafs bilan kurashmoqdir. Аllohga ibodat va itoatda boβ€˜larkanmiz, nafsimizni sindirishimiz, uni taslim etishimiz eng mashaqqatli kurashga aylanadi. Dunyo va uning ichidagi narsalarga muhabbat bilan qaraganing sayin Аllohdan yiroqlashasan. Аllohdan yiroqlashgan banda hech bir haqiqatni idrok etmas, uning tafakkuri haqni anglashdan ojiz qolajak. Iymon kalimasini aytsang -da, besh mahal namozni ado etsang -da, zakotingni musriflariga tutqazsang -da, Ramazonda roβ€˜zali yurib, haj niyati ila KaΚΌbaning ziyoratida boβ€˜lsang -da, nafsingdan gβ€˜olib kelmaguningcha bu amallar seni yaxshi tomonga oβ€˜zgartirmagay.πŸƒ Β©Akrom Malik (Halqa) qissasidan πŸ“š@Kitoblar_Manfaatli🌱 πŸ“š@Hadisiy_Qudsiy🌱 πŸ“š@Tavxid_Ahli🌱

#ILM "Ilm uch qarichdan iborat: - Kim (ilmda) bir qarich ildamlasa, kibrlanadi. - Kim ikki qarich ildamlasa, kamtar boβ€˜ladi.
#ILM "Ilm uch qarichdan iborat: - Kim (ilmda) bir qarich ildamlasa, kibrlanadi. - Kim ikki qarich ildamlasa, kamtar boβ€˜ladi. - Kim uch qarich ildamlasa, (hali hech narsani) bilmasligini tushunib yetadi". "Ilm talab qiluvchilarning odobi"πŸƒ πŸ“š@Kitoblar_Manfaatli🌱 πŸ“š@Hadisiy_Qudsiy🌱 πŸ“š@Tavxid_Ahli🌱

Munavvarxonim qattiq hayajonlanar, ovozi koβ€˜tarilib borar, koβ€˜tarilgan sayin qiz ezilardi. β€” Bizning ham andozalarimiz bor. Bizning ham oβ€˜rnak oladigan ulugβ€˜larimiz bor, qizim. Faqat ularni yaxshi bilmaysizlar. Sizlar amrini bajo keltirganlaringiz, bir kuni kelib sizlarni har kimning ayoliga aylantirajak, zotan vaziyat shuni koβ€˜rsatmoqda. Biz amrini tutgan buyuklar esa bizga faqat erlarimizga qarashli ekanimizni, ulardan boshqa hech kimning oldida ochilmasligimiz kerakligini bildirmoqda. Ochiq-sochiq yurganlar qimmatli hayosini yoβ€˜qotdilar, biz esa, Xudoga shukr, bugungacha nomus bilan yashadik. Ota-bobolarimiz shu yoβ€˜lda jon berdilar. Bizning birgina "moda"miz bor qizim, lekin u bugungacha oβ€˜zgarmadi, qiyomatga qadar oβ€˜zgarmaydi, inshaalloh. Bu "moda" sohibiga sharafdan boshqa narsa keltirmaydi. Bizning "moda"chilarimiz sha’n va sharafni boshlariga toj qilgan, har kim ularni oβ€˜z onasiday koβ€˜rgan, oβ€˜z onasiday hurmat etgan, yoshu qari ehtirom bilan tilga oladigan xonimlardir ular. Sizning modachilaringiz tonggacha mayxonalarda, qimorxonalarda begonalar qoβ€˜ynida safolat bilan ovunadilar. Biznikilar esa fazilatli turmushi bilan koβ€˜ngillarda taxt qurganlar, har bir harakati Allohdan qoβ€˜rquv hissi bilan toβ€˜la, har ishi Alloh rizosi uchun boβ€˜lgan, sharafli hayot kechirgan ayollardir. Munavvarxonim soβ€˜zlari farosatli bir inson uchun kifoya ekanligini oβ€˜ylab toβ€˜xtadi. Qiz parishon boβ€˜lib qoldi, umridagi eng kuchli zarbani oldi. Shu bilan birga koβ€˜nglida bir maroq, bir qiziqish paydo boβ€˜ldi. Kim ekan bu Munavvarxonimlarning Β«modaΒ»chilari? Nega shu paytgacha hech kim eshitmagan ularni. Sekingina soβ€˜radi: β€” Kechirasiz, Munavvarxonim, kimlar sizlarning modachilaringiz? Nega hech kim bilmaydi, nega hech kim eshitmagan? Siz aytgan moda qay bichimda? β€” Qizim bizning Β«modaΒ»chilarimiz, Xadicha onamiz, Oysha onamiz va Fotima onamizdir. Biz ularning andozasiga ergashamiz. Bu yuz, qoβ€˜limizdan boshqa joylarimiz yopiq boβ€˜lishi, nomahramga koβ€˜rsatmaslik, nomahramlar bilan birga oβ€˜tirmaslik, yolgβ€˜iz holda ham uyatli bir qiyofada qolmaslikdir. Mana, hammasi shu. Bu ulugβ€˜ millatlarni tiklagan, ma’naviyatlarni saqlagandir. Bu ulugβ€˜ zot ayollarni eshitmaganligingiz masalasiga kelsak, koβ€˜pgina yoshlarning quloqlari ochigβ€˜u, jon qulogβ€˜i, qalb koβ€˜zi berkilgan. Aksincha boβ€˜lsa, yaxshi, edi. Ya’ni, inson qulogβ€˜ini turli zararli shamollar, yomon soβ€˜zlar, ma’naviy xastaliklar kirishidan toβ€˜ssa, berkitsa, shundagina koβ€˜ngil koβ€˜zi va qulogβ€˜i ochilsa ajab emas... β€” Kim bu Xadicha onamiz, Fotima onamiz, xola? β€” Xadicha va Oysha onamiz Paygβ€˜ambarimizning sallollahu alayhi vassalam xotinlari. Fotima esa qizlari. β€” Xola, unday boβ€˜lsa onam ikkingiz bir Β«modaΒ»da ekansiz-da? β€” Shunday, qizim. Faqat bitta farqi bor. Sofiya xonim vaqtida bularni qiziga anglatmadi. Qalbiga Allohdan qoβ€˜rqishni joylamadi. Boshiga roβ€˜mol oβ€˜ratsam boβ€˜ldi, ish bitadi, deb boshqa tomonlarini esdan chiqardi. Bugun oβ€˜sha unutishning jazosini tortmoqda. πŸ“š@Kitoblar_Manfaatli🌱 πŸ“š@Hadisiy_Qudsiy🌱 πŸ“š@Tavxid_Ahli🌱

​​"Har narsaga qudratli bo'lgan Alloh o'likni tiriltirar,tirikni o'lik qilar.Shuningdek ,tikondan ham gul undirar.Gulning uru
​​"Har narsaga qudratli bo'lgan Alloh o'likni tiriltirar,tirikni o'lik qilar.Shuningdek ,tikondan ham gul undirar.Gulning urug'ida o'sha tikon saqlanar." Β©Ahmad Lutfiy Qozonchi (So'nggi to'fon) asaridan πŸ“š@Kitoblar_Manfaatli🌱 πŸ“š@Hadisiy_Qudsiy🌱 πŸ“š@Tavxid_Ahli🌱