𝐈𝐬𝐥𝐨𝐦𝐢𝐲 𝐃𝐢𝐧𝐢𝐲 𝐊𝐢𝐭𝐨𝐛𝐥𝐚𝐫 𝐏𝐝𝐟📚
الذهاب إلى القناة على Telegram
📚"Robbim, ilmimni (yanada) ziyoda qilgin" {To ha surasi 114} ✨Allohim, meni dinda faqih (chuqur ilmga ega) qilgin.🤲 t.me/Muslim_kanallar 🌙
إظهار المزيد567
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
لا توجد بيانات7 أيام
لا توجد بيانات30 أيام
أرشيف المشاركات
Hozirgi kunda, ommaviy madaniyat ta’sirida, ko‘pchilik ayol-qizlarimiz Rasuli akramﷺ ning ayollari va qizlarining xayot yo‘llaridan o‘rnak olishni o‘zlariga or deb bilmoqdalar.
Ochiqchasiga tan olmasalarda, kimlarga taqlid qilishlari orqali buni isbotlab bermoqdalar.
📖 Alloqulov Abdullatif "Rasululloh ﷺ ning qizlari"
📚@Kitoblar_Manfaatli🌱
📚@Hadisiy_Qudsiy🌱
📚@Tavxid_Ahli🌱
– Inson o‘zini tanib, o‘zini yenga olishidan kattaroq ish yo‘q, Shafiqa, – dedi Roziya xonim.
– Bu nafs bilan kurashmoqdir. Аllohga ibodat va itoatda bo‘larkanmiz, nafsimizni sindirishimiz, uni taslim etishimiz eng mashaqqatli kurashga aylanadi. Dunyo va uning ichidagi narsalarga muhabbat bilan qaraganing sayin Аllohdan yiroqlashasan. Аllohdan yiroqlashgan banda hech bir haqiqatni idrok etmas, uning tafakkuri haqni anglashdan ojiz qolajak. Iymon kalimasini aytsang -da, besh mahal namozni ado etsang -da, zakotingni musriflariga tutqazsang -da, Ramazonda ro‘zali yurib, haj niyati ila Kaʼbaning ziyoratida bo‘lsang -da, nafsingdan g‘olib kelmaguningcha bu amallar seni yaxshi tomonga o‘zgartirmagay.🍃
©Akrom Malik (Halqa) qissasidan
📚@Kitoblar_Manfaatli🌱
📚@Hadisiy_Qudsiy🌱
📚@Tavxid_Ahli🌱
#ILM
"Ilm uch qarichdan iborat:
- Kim (ilmda) bir qarich ildamlasa, kibrlanadi.
- Kim ikki qarich ildamlasa, kamtar bo‘ladi.
- Kim uch qarich ildamlasa, (hali hech narsani) bilmasligini tushunib yetadi".
"Ilm talab qiluvchilarning odobi"🍃
📚@Kitoblar_Manfaatli🌱
📚@Hadisiy_Qudsiy🌱
📚@Tavxid_Ahli🌱
Munavvarxonim qattiq hayajonlanar, ovozi ko‘tarilib borar, ko‘tarilgan sayin qiz ezilardi.
— Bizning ham andozalarimiz bor. Bizning ham o‘rnak oladigan ulug‘larimiz bor, qizim. Faqat ularni yaxshi bilmaysizlar. Sizlar amrini bajo keltirganlaringiz, bir kuni kelib sizlarni har kimning ayoliga aylantirajak, zotan vaziyat shuni ko‘rsatmoqda. Biz amrini tutgan buyuklar esa bizga faqat erlarimizga qarashli ekanimizni, ulardan boshqa hech kimning oldida ochilmasligimiz kerakligini bildirmoqda. Ochiq-sochiq yurganlar qimmatli hayosini yo‘qotdilar, biz esa, Xudoga shukr, bugungacha nomus bilan yashadik. Ota-bobolarimiz shu yo‘lda jon berdilar. Bizning birgina "moda"miz bor qizim, lekin u bugungacha o‘zgarmadi, qiyomatga qadar o‘zgarmaydi, inshaalloh. Bu "moda" sohibiga sharafdan boshqa narsa keltirmaydi. Bizning "moda"chilarimiz sha’n va sharafni boshlariga toj qilgan, har kim ularni o‘z onasiday ko‘rgan, o‘z onasiday hurmat etgan, yoshu qari ehtirom bilan tilga oladigan xonimlardir ular. Sizning modachilaringiz tonggacha mayxonalarda, qimorxonalarda begonalar qo‘ynida safolat bilan ovunadilar. Biznikilar esa fazilatli turmushi bilan ko‘ngillarda taxt qurganlar, har bir harakati Allohdan qo‘rquv hissi bilan to‘la, har ishi Alloh rizosi uchun bo‘lgan, sharafli hayot kechirgan ayollardir.
Munavvarxonim so‘zlari farosatli bir inson uchun kifoya ekanligini o‘ylab to‘xtadi. Qiz parishon bo‘lib qoldi, umridagi eng kuchli zarbani oldi. Shu bilan birga ko‘nglida bir maroq, bir qiziqish paydo bo‘ldi. Kim ekan bu Munavvarxonimlarning «moda»chilari? Nega shu paytgacha hech kim eshitmagan ularni. Sekingina so‘radi:
— Kechirasiz, Munavvarxonim, kimlar sizlarning modachilaringiz? Nega hech kim bilmaydi, nega hech kim eshitmagan? Siz aytgan moda qay bichimda?
— Qizim bizning «moda»chilarimiz, Xadicha onamiz, Oysha onamiz va Fotima onamizdir. Biz ularning andozasiga ergashamiz. Bu yuz, qo‘limizdan boshqa joylarimiz yopiq bo‘lishi, nomahramga ko‘rsatmaslik, nomahramlar bilan birga o‘tirmaslik, yolg‘iz holda ham uyatli bir qiyofada qolmaslikdir. Mana, hammasi shu. Bu ulug‘ millatlarni tiklagan, ma’naviyatlarni saqlagandir. Bu ulug‘ zot ayollarni eshitmaganligingiz masalasiga kelsak, ko‘pgina yoshlarning quloqlari ochig‘u, jon qulog‘i, qalb ko‘zi berkilgan. Aksincha bo‘lsa, yaxshi, edi. Ya’ni, inson qulog‘ini turli zararli shamollar, yomon so‘zlar, ma’naviy xastaliklar kirishidan to‘ssa, berkitsa, shundagina ko‘ngil ko‘zi va qulog‘i ochilsa ajab emas...
— Kim bu Xadicha onamiz, Fotima onamiz, xola?
— Xadicha va Oysha onamiz Payg‘ambarimizning sallollahu alayhi vassalam xotinlari. Fotima esa qizlari.
— Xola, unday bo‘lsa onam ikkingiz bir «moda»da ekansiz-da?
— Shunday, qizim. Faqat bitta farqi bor. Sofiya xonim vaqtida bularni qiziga anglatmadi. Qalbiga Allohdan qo‘rqishni joylamadi. Boshiga ro‘mol o‘ratsam bo‘ldi, ish bitadi, deb boshqa tomonlarini esdan chiqardi. Bugun o‘sha unutishning jazosini tortmoqda.
📚@Kitoblar_Manfaatli🌱
📚@Hadisiy_Qudsiy🌱
📚@Tavxid_Ahli🌱
"Har narsaga qudratli bo'lgan Alloh o'likni tiriltirar,tirikni o'lik qilar.Shuningdek ,tikondan ham gul undirar.Gulning urug'ida o'sha tikon saqlanar."
©Ahmad Lutfiy Qozonchi (So'nggi to'fon) asaridan
📚@Kitoblar_Manfaatli🌱
📚@Hadisiy_Qudsiy🌱
📚@Tavxid_Ahli🌱
