en
Feedback
O‘zKUFning Navoiy viloyat Kengashi

O‘zKUFning Navoiy viloyat Kengashi

Open in Telegram

O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi. Veb sayt: www.navoi.kasaba.uz Facebook: fb.com/navoiyvkutb Twitter: twitter.com/navoiy_kasaba ☎️ Ishonch telefonlari -1092 +998792260265 📍Manzil: Navoiy shahri, Memorlar 33 uy.

Show more
345
Subscribers
No data24 hours
+177 days
+7130 days
Posts Archive
◾️Бугун дунё тажрибаси шуни кўрсатмоқдаки, хотин-қизларнинг қарор қабул қилиш жараёнларида фаол иштирок этиши фақат гендер те
◾️Бугун дунё тажрибаси шуни кўрсатмоқдаки, хотин-қизларнинг қарор қабул қилиш жараёнларида фаол иштирок этиши фақат гендер тенглиги масаласи эмас. Бу, аввало, иқтисодий тараққиёт, самарали бошқарув ва жамият фаровонлиги билан боғлиқ муҳим омилдир. Жаҳон банки тадқиқотларида ҳам аёлларнинг раҳбарлик ва қарор қабул қилиш жараёнларидаги иштироки иқтисодий ҳамда ижтимоий натижаларга ижобий таъсир кўрсатиши таъкидланади. ▪️Замонавий жамият тараққиётини хотин-қизларнинг ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ва бошқарув жараёнларидаги фаол иштирокисиз тасаввур этиб бўлмайди. Аёлларнинг раҳбарлик лавозимларида муносиб ўрин эгаллаши бир томондан тенг имкониятларни таъминласа, иккинчи томондан мамлакатда мавжуд интеллектуал ва инсон салоҳиятидан самарали фойдаланиш, бошқарув сифатини ошириш ҳамда жамият манфаатларини кенгроқ ифодалаш имконини беради. ▪️Сўнгги йилларда Ўзбекистонда хотин-қизларнинг ҳуқуқ ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш, уларнинг таълим олиши, касбий салоҳиятини рўёбга чиқариши, тадбиркорлик билан шуғулланиши, давлат ва жамоат бошқарувида фаол иштирок этиши учун кенг имкониятлар яратилмоқда. Батафсил ўқиш учун: https://navoiy.kasaba.uz/news/555 ✈️ Telegram | Web | Facebook | YouTube

👍 Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi rahbariyati tomonidan Navoiy shahridagi "Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish ularni ixtisoslashtirish markazi" Navoiy viloyat filiali katta majlislar zalida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabul oʻtkaziladi. ▪️ Sayyor qabul davomida fuqarolar va yuridik shaxslarning: ▪️ mehnat munosabatlari; ▪️ish haqi va mehnat muhofazasi; ▪️ ijtimoiy himoya; ▪️ xotin-qizlar va yoshlar masalalari; ▪️ ish joyidagi muammolar hamda boshqa murojaatlari tinglanadi. ▪️Tadbirning asosiy мақсади — aholini qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda oʻrganish, huquqiy tushuntirish berish va amaliy yordam koʻrsatishdan iborat. ▶️ Barcha fuqarolar, mehnat jamoalari va tashkilot vakillarini faol ishtirok etishga taklif etamiz! 📍 Manzil: "Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish ularni ixtisoslashtirish markazi" Navoiy viloyat filiali katta majlislar zalida 🗓 Sana: 26 may 2026-yil 🕔 Vaqt: 10.00 da 📞 Murojaat uchun: +998792260115

🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi: sport — sog‘lom hayot va jamoaviy birdamlik garovi 🇺🇿 O‘zEraeAlternator” MCHJ Qo‘shma korx
+4
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi: sport — sog‘lom hayot va jamoaviy birdamlik garovi 🇺🇿 O‘zEraeAlternator” MCHJ Qo‘shma korxonasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yosh xodimlar o‘rtasida stol tennisi va shaxmat sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. 🇺🇿 Bayramona ruhda o‘tgan sport tadbirida korxona xodimlari faol ishtirok etib, o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishlari, chaqqonligi, mahorati va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. Ayniqsa, stol tennisi bahslari murosasiz va qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. 🇺🇿 Stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa yakunlariga ko‘ra:       1-o‘rin — Iskandarov Asliddin       2-o‘rin — Ximmatov G‘olibjon       3-o‘rin — Bo‘riyev Shaxboz 🇺🇿 Shaxmat bo‘yicha muspbaqada esa har bir ishtirokchi dona surishdagi aniqlik, strategik fikrlash va sabr-toqatini namoyish etib, munosib natija uchun kurash olib bordi. 🇺🇿 Musobaqa yakunida shaxmat bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:        1-o‘rin — Mamaraximov Yunus        2-o‘rin — Odilov Jahongir         3-o‘rin — Zaynutdinov Faxriddin 🇺🇿 G‘olib va sovrindorlar viloyat Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🇺🇿 Tadbirda “O‘zEraeAlternator” MCHJ Qo‘shma korxonasi direktor o‘rinbosari Aziz Kurbanov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilafro‘z O‘razova, shuningdek, “O‘zmetmashsanoat” kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Navoiy viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Alisher Baxronovlar ishtirok etdi. 🇺🇿 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar barcha ishtirokchilarni yurtimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, sportning inson salomatligini mustahkamlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, jamoada do‘stona muhit va birdamlikni yanada kuchaytirishdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar. 🇺🇿 Darhaqiqat, sport — nafaqat sog‘lom tan, balki kuchli iroda, qat’iyat va yuksak maqsad sari intilish timsolidir. Korxonalarda bunday sport tadbirlarining muntazam tashkil etilishi xodimlarning sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari bilan birga, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. 🇺🇿 Mustaqillik bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu musobaqa xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘lidagi yana bir muhim tadbir bo‘ldi.

🇺🇿Ўзбекистон Республикасининг мустақиллигининг 35 йиллиги муборак бўлсин🤎 🤎Мустақиллик байрамингиз муборак бўлсин азиз ва
🇺🇿Ўзбекистон Республикасининг мустақиллигининг 35 йиллиги муборак бўлсин🤎 🤎Мустақиллик байрамингиз муборак бўлсин азиз ватандошлар! 🤎Яқинларингизни ҳам табрикланг!

⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Ҳурматли навоийликлар ва вилоятимиз меҳмонлари! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Юртимизнинг энг улуғ ва энг азиз айём
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Ҳурматли навоийликлар ва вилоятимиз меҳмонлари! 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Юртимизнинг энг улуғ ва энг азиз айёми — Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги муносабати билан  Навоий шаҳрида вилоятимизнинг асосий байрам тадбири ва катта концерт дастури бўлиб ўтади! 29 АВГУСТ | СОАТ 19:00Байрам саҳнасида эл суйган санъаткорлар: Тоҳир Содиқов — Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган артист, афсонавий «Болалар» гуруҳи солисти Бунёдбек Саидов — Эстрадамиз юлдузи, таниқли хонанда Толибжон Исроилов — таниқли сухандон, бошловчи, хонанда 📍Ўтказилиш жойи: Навоий шаҳри, Ёшлар хиёбони ва Ҳокимлик майдони. 🇺🇿🇺🇿 Барчангизни ушбу унутилмас байрам оқшомига таклиф этамиз! Оилангиз ва яқинларингиз билан келинг, байрам шукуҳини бирга баҳам кўрайлик! 👌Навоий вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати 🧠Veb Sayt |✈️ Telegram| 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

Repost from NAZIRA TOG‘AYEVA
Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллик байрами муносабати билан Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси На
+5
Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллик байрами муносабати билан Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси Навоий вилояти Кенгаши томонидан “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз” бош ғояси асосида маданий-маърифий тадбир ўтказилди. 🎉 Байрам тадбирида Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси Навоий вилояти Кенгаши раиси Назира Тоғаева ҳамда вилоят ҳокими ўринбосари Жамшид Ходжаев сўзга чиқиб, йиғилганларни улуғ айём — Мустақиллик байрами билан самимий муборакбод этдилар. 🤝 Тадбир давомида меҳнат жамоаларида фаоллиги, ташаббускорлиги ва жамоат ишларидаги иштироки билан алоҳида эътироф этилган бир гуруҳ фаолларга Навоий вилояти Кенгаши томонидан байрам совғалари топширилди. 🎶 Байрамона кечага санъаткорларнинг дилтортар куй-қўшиқлари, жозибали чиқишлари алоҳида файз бағишлади. Янграган мусиқа ва дилбар тароналар тадбир иштирокчиларига кўтаринки кайфият улашиб, байрам шукуҳини янада оширди.

✔️ Навоий ёшлари учун 28 йўналиш, минглаб имконият Мустақилликнинг 35 йиллиги арафасида Навоий вилояти касаба уюшмалари тизим
+7
✔️ Навоий ёшлари учун 28 йўналиш, минглаб имконият Мустақилликнинг 35 йиллиги арафасида Навоий вилояти касаба уюшмалари тизими ёшлар билан ишлашда назарга молик натижаларга эришди. Йил давомида: ➡️5700 нафар ёш "Раҳбар ва ёшлар" учрашувларида ўз фикр ва таклифларини баён этди ➡️7250 нафар ёш "Маънавият соатлари"да иштирок этди ➡️3000 нафардан ортиқ ёш тарихий шаҳар ва масканларга саёҳат қилди ➡️1000 нафардан ортиқ ёш спорт мусобақаларида қатнашди 2000 туп дарахт кўчати — ёшлар қўли билан экилди Бундан ташқари, стипендия, соғломлаштириш, ҳуқуқий ёрдам ва касбий ривожланиш бўйича ҳам қатор амалий чоралар кўрилмоқда. Батафсил 📱web-site| 📱facebook | 📱telegram| 📱YouTube |📱Instagram

◾️Asossiz toʻlanmagan ish haqilari, foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun kompensatsiya va maʼnaviy zarar undirib berildi ▪️Yu
◾️Asossiz toʻlanmagan ish haqilari, foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun kompensatsiya va maʼnaviy zarar undirib berildi ▪️Yunusov Suxrobjon Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashiga murojaat qilib. “ERIEL WEL SOLUTION” MCHJ da 2022-yil 5-aprel oyidan boshlab shtatlar jadvaliga asosan kladovshik vazifasiga ishga qabul qilinganligini, 2024-yil mart oyidan 2026-yil mart oyiga qadar markaziy ombor mudiri vazifasida ishlab kelganligini , 2026-yil mart oyida oʻz xoxishiga koʻra ishdan boʻshash toʻgʻrisida ariza yozib berganligini, jamiyatning 2026-yil 5-mart kunidagi 112-K-sonli buyrugʻi bilan oʻz tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilingaligini biroq “ERIEL WEL SOLUTION” MCHJ mehnat shartnomasi bekor qilinganligi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar hamda foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya toʻlovlari assossiz ravishda toʻlanmasdan kelinayotganliginibildiriboʻndirib berishni soʻragan. ▪️Murojaat joyida oʻrganib chiqilishi natijasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi sudga S.Yunusovnining manfaatini koʻzlab javobgar “ERIEL WEL SOLUTION” MCHJ ga nisbatan ish haqi, foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun kompensatsiya toʻlovlari, oʻz vaqtida toʻlanmagan ish haqi va boshqa toʻlovlar uchun foiz toʻlovlari va maʼnaviy zararni oʻndir haqida daʼvo arizasi kiritildi. ▪️2026-yil 25-iyun kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon tumanlararo sudining hal qiliv qaroriga aosan “ERIEL WEL SOLUTION” MCHJ dan Yunusov Suxrobjon Roʻzimurod oʻgʻlining foydasiga ish haqi va foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun jami 60.424.516,90 soʻm, ish haqi va foydalanilmagan taʼtillari toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlanmaganligi sababli 237.086.455,12 soʻm miqdorida foiz toʻlovlari, maʼnaviy zarar uchun 11.313.174,40 soʻm undirildi. Alisher Raxmatov, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat kengashi mehnat huquq inspektori

◾️Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida gender auditi o‘tkazildi ▪️2026 yil 25 avgust kuni Navoiy
+2
◾️Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida gender auditi o‘tkazildi ▪️2026 yil 25 avgust kuni Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlariga oid qonunchilik talablarining ijrosini baholash maqsadida gender auditi o‘tkazildi. ▪️Auditda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashi, O‘zbekiston Agrosanoat majmua xodimlari kasaba uyushmasi hamda bosh boshqarma vakillaridan iborat ishchi guruh ishtirok etdi. ▪️Tadbir davomida gender auditini o‘tkazishning huquqiy asoslari, tasdiqlangan uslubiyat va audit natijalarini rasmiylashtirish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi. ▪️Ishtirokchilar gender tengligini taʼminlash, xodimlar uchun teng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdilar. ✈️ Telegram | Web | Facebook | YouTube

◾️Taʼlim muassasalarida genderga oid audit oʻtkazish tartib-tamoyillariga bagʻishlangan oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi. ▪️Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida mamlakatimizda inson qadri, uning huquq va erkinliklarini taʼminlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bugun Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim tamoyillaridan biri — inson qadrini ulugʻlash, jamiyatda adolat va tenglikni taʼminlashdir. Bu jarayonda xotin-qizlar va erkaklarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va mehnat sohalaridagi teng huquq va imkoniyatlarini taʼminlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. ▪️Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining Navoiy viloyat Kengashida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi podpolkovnigi S.Dushanova, Reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi viloyat boʻlimi rahbari N. Ermamatovalar ishtirokida taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmalarining tuman, shahar boʻlinmalari kengashlari raislari, Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi va uning quyi boʻlinmalarining kadrlar masalalari boʻyicha masʼul xodimlari uchun taʼlim muassasalarida gender tengligini taʼminlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida «Taʼlim muassasalarida genderga oid audit oʻtkazishning tartib-tamoyillari» mavzusida oʻquv-seminari tashkil etildi. ▪️Seminarda taʼlim tizimida gender tengligini taʼminlashning huquqiy asoslari, genderga oid auditning maqsadi va vazifalari, uni oʻtkazish bosqichlari, mehnat munosabatlarida erkaklar va ayollar uchun teng sharoitlar yaratish, rahbarlik lavozimlarida xotin-qizlar ishtirokini kengaytirish hamda mehnat jamoalarida sogʻlom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish hamda tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgunga qadar xotin-qizlarning jamiyat va davlat hayotidagi ishtiroki, mehnat munosabatlaridagi huquqlari hamda qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi ishtiroki bugungi daraja bilan taqqoslab boʻlmaydi. ▪️Mustaqillik yillarida esa inson huquq va erkinliklarini kafolatlash, jamiyatda xotin-qizlarning munosib oʻrnini taʼminlash davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biriga aylandi. ▪️Eng muhimi, bugungi kunda masala faqat “ayollarga yordam berish” bilan cheklanmaydi. Zamonaviy yondashuv erkaklar va ayollar uchun teng huquq, teng imkoniyat va teng sharoit yaratishni nazarda tutadi. ▪️Bu esa taʼlim olishdan tortib kasb tanlash, mehnat qilish, munosib ish haqi olish, lavozim boʻyicha oʻsish, rahbarlik qilish, qarorlar qabul qilish va jamoat hayotida faol ishtirok etishgacha boʻlgan keng jarayonni qamrab oladi. ▪️35 yillik taraqqiyot: huquqdan — real imkoniyatga - Mustaqillikning 35 yillik taraqqiyot yoʻliga nazar tashlasak, Oʻzbekistonda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarini taʼminlash borasida huquqiy va institutsional asoslar izchil shakllanganini koʻrishimiz mumkin. Ayniqsa, keyingi yillarda xotin-qizlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi, davlat boshqaruvi va jamoat hayotida faol ishtirok etishi uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi gender tengligini taʼminlash sohasidagi muhim huquqiy qadamlardan biri boʻldi. Gender tengligi endilikda faqat huquqiy hujjatlardagi meʼyor emas, balki tashkilot va muassasalar faoliyatini baholashda ham muhim mezon sifatida qaralmoqda. ▪️Gender auditi — mavjud holatni xolis baholash vositasi - Oʻquv seminarida taʼkidlanganidek, genderga oid audit — tashkilot yoki muassasada erkaklar va ayollar uchun yaratilgan sharoitlarni kompleks oʻrganish, mavjud nomutanosibliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilashga xizmat qiladi. ▶️ Batafsil veb saytimida tanishishingoz mumkin Maxbuba Kambarova, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi mehnat texnik inspektori

🇺🇿 Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги муносабати билан “Ёшлар – касаба уюшмалари таянчи!” шиори остида “Раҳбар ва ёшлар учрашув
+5
🇺🇿 Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги муносабати билан Ёшлар – касаба уюшмалари таянчи!” шиори остида “Раҳбар ва ёшлар учрашуви” ўтказилди 📖 Бугун Навоий илғор касбий маҳорат техникумида ёш ходимлар иштирокида Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Навоий вилояти Кенгаши ташаббуси билан “Ёшлар – касаба уюшмалари таянчи!” шиори остида “Раҳбар ва ёшлар учрашуви” тадбири ташкил этилди. 🇺🇿 Мазкур учрашув Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг 35 йиллиги ҳамда “Пайшанба – Ёшлар куни” муносабати билан ўтказилиб, унда ёшларни қўллаб-қувватлаш, уларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш, касбий салоҳиятини юксалтириш ҳамда жамият ҳаётидаги фаол иштирокини таъминлаш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. ⚡️Тадбирда Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Навоий вилояти Кенгаши раиси ўринбосари Хуршид Халилов сўзга чиқиб, мамлакатимиз мустақиллигининг 35 йиллик шонли санаси, юртимизда ёшларга қаратилаётган юксак эътибор ва улар учун яратилаётган кенг имкониятлар хусусида фикр билдирди. ⚡️ Таъкидланганидек, бугунги кунда ёш авлоднинг билим олиши, касб-ҳунар эгаллаши, ўз иқтидор ва салоҳиятини намоён этиши учун барча зарур шарт-шароитлар яратилмоқда. ♻️ Айниқса, касаба уюшмалари тизимида меҳнат қилаётган ёшларни қўллаб-қувватлаш, уларнинг ташаббусларини рағбатлантириш ва меҳнат ҳуқуқларини таъминлаш устувор вазифалардан бири сифатида белгиланган. ✅ Учрашув давомида ёш ходимларнинг фикр ва таклифлари ҳам тингланди. Улар ўзларини қизиқтирган масалалар юзасидан саволлар бериб, меҳнат фаолияти, касбий ўсиш, ёшларга яратилаётган имкониятлар ва касаба уюшмалари фаолиятига доир масалалар бўйича мулоқот қилдилар. ✍ Самимий ва очиқ мулоқот руҳида ўтган учрашув ёшларнинг касаба уюшмалари тизимидаги ўрни ва фаоллигини янада ошириш, уларни янги ташаббусларга ундашда муҳим аҳамият касб этди. 🇺🇿 Зеро, ёшлар — юртимизнинг эртанги куни, янги ғоя ва ташаббусларнинг асосий ҳаракатлантирувчи кучидир. Уларни қўллаб-қувватлаш, ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш эса барчамизнинг эзгу ва масъулиятли вазифамиздир. 🇺🇿Ёшлар – касаба уюшмалари таянчи!” шиори остидаги бу каби учрашувлар ёшларнинг касаба уюшмалари билан яқин ҳамкорлигини мустаҳкамлаш, уларнинг фаол фуқаролик позициясини шакллантириш ва келгусидаги янги марраларга ишонч билан интилишига хизмат қилади. 🎁 Тадбир сўнгида фаол иштирок этган ёшларга касаба уюшмаларинг эсдалик совғалари топширилди.  Дилафрўз Ўразова, Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Навоий вилоят Кенгаши раисининг ёшлар масалалари бўйича маслаҳатчиси

🔹Mehnat sohasidagi muhim masalalar jamoatchilik eshituvida muhokama qilindi 🔘Joriy yilning 18-avgust kuni Oʻzbekiston kasab
+2
🔹Mehnat sohasidagi muhim masalalar jamoatchilik eshituvida muhokama qilindi 🔘Joriy yilning 18-avgust kuni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi faollar zalida “Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi. 🔘Unda Navoiy viloyati hokimligi, viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalar, ish beruvchilar, sohalar boʻyicha viloyat tarmoq kasaba uyushmalari hamda kasaba uyushmalari faollari ishtirok etdi. Jamoatchilik eshituvining asosiy maqsadi — mehnatkashlarning ish jarayonida duch kelayotgan muammolarini ochiq muhokama qilish, mavjud masalalarga masʼul tashkilotlar va ish beruvchilar eʼtiborini qaratish, mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha taklif va tashabbuslarni oʻrganish hamda ularning amaliy yechimlarini belgilashdan iborat boʻldi. 🔘Tadbir davomida mehnat sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Xususan, kasaba uyushmalari faollari, ish beruvchilar hamda korxona, tashkilot va muassasalar vakillari oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha masʼul idoralar vakillariga murojaat qilib, aniq savollar berdilar va oʻz takliflarini bildirdilar. 🔘Savol-javoblar jarayonida  viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi viloyat vakillari ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar berdilar. 🔘Ayniqsa, mehnatkashlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi mehnat munosabatlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, bandlik masalalari, ish joylarida mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda sohada mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishga oid fikr-mulohazalar bildirildi. 🔘Ochiq muloqot shaklida oʻtkazilgan tadbir orqali mehnat sohasidagi muammolarni bevosita mehnatkashlar, ish beruvchilar va masʼul tashkilotlar ishtirokida muhokama qilish, ularga yechim topish boʻyicha oʻzaro fikr va takliflar almashish imkoniyati yaratildi. Muloqot davomida bildirilgan har bir taklif va murojaatni oʻrganish, koʻtarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligi qayd etildi. 🔘Tadbir yakunida mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ularning mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni joyida oʻrganish va amaliy yechimlarini topish borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish zarurligi taʼkidlandi. ✈️ Telegram | Web | Facebook | YouTube

📖 Китоб билан юксалаётган маънавият! 🔘Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Навоий вилоят Кенгашида ишчи-ходимлар ўрт
+3
📖 Китоб билан юксалаётган маънавият! 🔘Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Навоий вилоят Кенгашида ишчи-ходимлар ўртасида навбатдаги "Бир ой – бир китоб" акцияси доирасида Тоғай Муроднинг «Отамдан қолган далалар» асари бўйича китобхонлик танлови юқори кайфият ва қизғин баҳс-мунозаралар руҳида ўтказилди. 🔘Тадбирни Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Навоий вилоят Кенгаши раиси Н. Тоғаева очиб бериб, китоб мутолааси инсон маънавиятини юксалтириш, ёшлар ва меҳнат жамоалари ўртасида китобхонлик маданиятини кенг тарғиб этишда муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади. 🔘Танлов жараёнида иштирокчилар асарнинг мазмун-моҳияти, ғоявий аҳамияти ҳамда қаҳрамонлари ҳақидаги билим ва мулоҳазаларини намоён этиб, китобхонликка бўлган меҳр ва қизиқишларини яна бир бор исботладилар. Бундай маънавий-маърифий тадбирлар китоб мутолааси маданиятини юксалтириш, миллий қадриятларга ҳурмат туйғусини мустаҳкамлаш, шунингдек, ходимларнинг интеллектуал салоҳияти ва дунёқарашини бойитишга хизмат қилади. 🔘Танлов якунида фаол иштирок этган ҳамда ғолибликни қўлга киритган иштирокчилар муносиб тақдирландилар. 📚 Китоб ўқиган инсоннинг тафаккури юксалади, маънавияти бойийди. Китобхонлик эса жамият тараққиётининг муҳим пойдеворидир! ✈️ Telegram | Web | Facebook | YouTube

🔵Ba’zan kichik uchrashuvlar katta va xayrli o‘zgarishlarga debocha bo‘ladi. 🔘Bugun Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan
🔵Ba’zan kichik uchrashuvlar katta va xayrli o‘zgarishlarga debocha bo‘ladi. 🔘Bugun Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan "Tanzif Baraka" MChJ hamda "Nur GeO Loyiha" MChJ rahbarlari bilan o‘tkazilgan qisqa, ammo mazmunli muzokara aynan shunday kechdi. 🔘Muzokarada qanday masalalar muhokama qilindi? - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori mazmun-mohiyati, tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish; - Jamoatchilik nazorati: Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar faoliyatini samarali tashkil etish; - Himoya va hamkorlik: Kasaba uyushmalarining xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishdagi o‘rni. 🔘Muzokara yakuniga ko‘ra, "Tanzif Baraka" MChJ kasaba uyushmasi a’zoligiga qabul qilindi! 🔘Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mehnatni muhofaza qilish talablarini amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha kelishib oldilar. ✈️ Telegram | Web | Facebook | YouTube

🔵"Ezgulik karvoni" — nuroniylarga unutilmas taassurotlar ulashdi 🔘Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekist
+2
🔵"Ezgulik karvoni" — nuroniylarga unutilmas taassurotlar ulashdi 🔘Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi tomonidan "Ezgulik karvoni" aktsiyasi doirasida Xatirchi, Karmana va Navbahor tumanlaridan bir guruh nuroniylar uchun Toshkent shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. 🔘Sayohat dasturi doirasida nuroniylar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviy merosi, buyuk allomalarimiz hayoti va ilmiy faoliyati haqida boy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 🔘Zamonaviy muzey texnologiyalari, noyob qo‘lyozmalar va ekspozitsiyalar ularda yuksak faxr va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi. G‘alaba bog‘idagi muzey ekspozitsiyalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, tinchlik va osoyishtalikning qadrini yana bir bor his qilishlariga sabab bo‘ldi. Muz saroyida esa nuroniylar quvonchli lahzalarni boshdan kechirib, yoshlik xotiralarini esladilar. 🔘Sayohat ishtirokchilari o‘z taassurotlarini bildirib, bu kabi e’tibor va g‘amxo‘rlik ular uchun katta quvonch ekanini ta’kidladilar. "Bizga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak hurmat va e’tibordan mamnunmiz. Islom sivilizatsiyasi markazi va G‘alaba bog‘ida olgan taassurotlarimiz qalbimizda alohida iz qoldirdi. 🔘
Muz saroyida esa o‘zimizni yana yoshlik davrimizga qaytgandek his qildik. Bunday ezgu tashabbuslar uchun davlatimiz rahbariga va kasaba uyushmalariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz",
— deya o‘z fikrlarini bildirdilar nuroniylar. 🔘Mazkur sayohat keksa avlod vakillariga yurtimizning boy tarixi va bugungi taraqqiyoti bilan yaqindan tanishish, mazmunli hordiq chiqarish imkonini berdi. 🔘"Ezgulik karvoni" aktsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan bunday xayrli tadbirlar inson qadrini ulug‘lash, nuroniylarni e’zozlash va ularga bo‘lgan hurmat-ehtiromni yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Repost from NAZIRA TOG‘AYEVA
"Ishonch" газетасининг 2026 йил 24 июль куни чоп этилган 90-91 сонлари мутолаа учун ҳавола қилинади. Назира Тоғаеванинг КЎЗЛАРДА АКС ЭТАЁТГАН ИШОНЧ сарлавҳали мақоласини газетанинг 6-бетида ўқишингиз мумкин.

Repost from NAZIRA TOG‘AYEVA
"Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси Навоий вилояти кенгаши раиси Назира Тоғаеванинг "Ишонч" газетасининг 2026 йил 24 июл
"Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси Навоий вилояти кенгаши раиси Назира Тоғаеванинг "Ишонч" газетасининг 2026 йил 24 июль, жума кунги 90-91-сонларида «Аёллар дафтари»ни варақлаганда рукни остида "Кўзларда акс этаётган ишонч" сарлавҳали мақоласи чоп этилди."

🔵Joriy yil 23 iyul kuni Navoiy viloyatida mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnat huquqlari va
🔵Joriy yil 23 iyul kuni Navoiy viloyatida mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish, xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yoʻlida muhim qadam tashlandi. “BILLUR AVTO SAVDO NAVOIY” va “BILLUR MOTORS NAVOIY” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkiloti rasman tuzilib, faoliyat yuritayotgan 150 nafardan ortiq xodimlar Oʻzbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati kasaba uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi. 🔘Mazkur voqea mamlakatimizda inson qadrini ulugʻlash, munosib mehnat sharoitlarini taʼminlash hamda ish beruvchi va xodimlar oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. 🔘Kasaba uyushmasi tashkilotlarining tashkil etilishi mehnat jamoasida oʻzaro ishonch, ochiq muloqot va hamjihatlik muhitini mustahkamlash bilan birga, har bir xodimning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishning samarali institutsional mexanizmini yaratadi. 🔘Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi hamda "Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida"gi Qonun talablariga muvofiq kasaba uyushmalarining asosiy vazifalari, xodimlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar va ijtimoiy sheriklikning ahamiyati atroflicha tushuntirildi. Yigʻilishda ishtirok etgan mehnat jamoasi vakillari kasaba uyushmasi faoliyati korxonada ochiqlik, adolat va oʻzaro masʼuliyat muhitini yanada kuchaytirishini, xodimlar manfaatlarini himoya qilish bilan birga korxona taraqqiyotiga ham xizmat qilishini taʼkidladilar. 🔘Shuningdek, tashkil etilgan boshlangʻich kasaba uyushmalari yaqin vaqt ichida jamoa shartnomalarini ishlab chiqish, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlarni boshlaydi. 🔘Bugungi kunda zamonaviy korxonalarning barqaror rivojlanishi nafaqat iqtisodiy koʻrsatkichlar, balki inson kapitaliga boʻlgan eʼtibor bilan ham baholanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, “BILLUR AVTO SAVDO NAVOIY” va “BILLUR MOTORS NAVOIY” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida kasaba uyushmasi tashkilotlarining tashkil etilgani mehnat munosabatlarini yanada sivilizatsiyalashtirish, ijtimoiy sheriklikni mustahkamlash va xodimlarning munosib mehnat sharoitlarini taʼminlash yoʻlidagi muhim amaliy qadam boʻldi. 🔘Kasaba uyushmalari Navoiy viloyati Kengashi tomonidan xususiy sektorda ham kasaba uyushmalari harakatini kengaytirish, ish beruvchilar bilan konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish hamda munosib mehnat tamoyillarini hayotga tadbiq etish boʻyicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. 👍Kasaba uyushmasi — xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi ishonchli ijtimoiy sherik, barqaror mehnat munosabatlari va korxona taraqqiyotining muhim kafolatidir.   Maxbuba Kambarova – OʻKUFning Navoiy viloyat Kengashi mehnat texnik inspektori

#Сўранг_жавоб_берамиз Тунги вақтдаги ишнинг давомийлиги ва ҳақ тўлаш тартиби қандай? Саволга Ўзбекистон касаба уюшмалари Феде
#Сўранг_жавоб_берамиз Тунги вақтдаги ишнинг давомийлиги ва ҳақ тўлаш тартиби қандай? Саволга Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси Навоий вилояти кенгашининг жисмоний ва юридик шахслар мурожаатлари билан ишлаш бош мутахассиси Тоштемир Тайлоқов қуйидагича жавоб берди:
Соат 22:00 дан 06:00 гача бўлган вақт тунги вақт ҳисобланади. Иш давомийлиги: Агар ҳар кунги белгиланган иш вақтининг камида ярми тунги вақтга тўғри келса, иш ҳафтасининг давомийлиги бир соатга қисқартирилади. Жамоа шартномасида бошқача қоидалар назарда тутилмаган бўлса, иш давомийлиги қисқартирилмайди. Тунги меҳнат учун ҳақ тўлаш: Вақтбай тизимда: ҳар бир соат учун камида 1,5 коэффициент бўйича ҳақ тўланади. Ишбай тизимда: соатлик тариф ставкасининг эллик фоизи ёки ундан ортиқ миқдорда қўшимча ҳақ тўланади.
Қўшимча тўловлар: тунги вақтдаги иш учун қўшимча тўловлар жамоа шартномаси ёки ички ҳужжатларда белгиланади. Расмий саҳифаларимиз 👇 Telegram / Facebook / Twitter / instagram  / You tube