en
Feedback
Bilim bor

Bilim bor

Open in Telegram

@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi Bizdan uzoqlashmang! Reklama bo'yicha: @edu_targetbot

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Bilim bor

Channel Bilim bor (@bilimbor) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 16 388 subscribers, ranking 11 829 in the Education category and 5 021 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 16 388 subscribers.

According to the latest data from 02 January, 2025, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -4 233 over the last 30 days and by 0 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 0%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects N/A% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 0 views. Within the first day, a publication typically gains 0 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi Bizdan uzoqlashmang! Reklama bo'yicha: @edu_targetbot

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 03 January, 2025), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

16 388
Subscribers
No data24 hours
-4537 days
-4 23330 days
Posts Archive
Bilim bor
16 388
Sardobadagi maktab monitorida 18+ videolavha namoyish etildi — maktab rahbariyati va mas’ullari ishdan olindi Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab o‘quvchilari dars paytida nimani ko‘rib o‘tirishibdi?" sarlavhasi ostida videolavha tarqalgandi. Mazkur holat bo‘yicha Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida videolavhadagi holat Sardoba tumanidagi 5-umumta’lim maktabida sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. "O‘quvchilarni darsdan bo‘sh vaqtida nazoratsiz qoldirib, ushbu holat yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ygani uchun sinf rahbari, maktab direktori, direktorning o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi", — deyiladi boshqarma matbuot xizmati xabarida. Qo'shimcha qilinishicha viloyatdagi mavjud barcha umumta’lim maktablarida "Maktab, ota-ona, mahalla" hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilangan. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
❗️Talaba boʻlish istagidagi xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabul
❗️Talaba boʻlish istagidagi xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan. Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim. Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak: ➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi (kollej, texnikum diplomiga ega bo‘lishi); ➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi (davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qimayotgan bo‘lishi kerak); ➖oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi. ▪️Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi; ➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma; ➖ oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom. ▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi. ❗️2022-hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2024-yilda ham amal qiladi. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
⚡️Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni sanasi o‘zgardi ✅ Xabaringiz bor, 2024-yil birinchi yarimyillik uchun e'lon qilingan taqvimga muvofiq joriy yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. ✍️Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda, imtihon o‘tkazish sanasiga o‘zgartirish kiritildi. ✅ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 26-may kuni o‘tkaziladi. 📱Imtihon o‘tkazish smenasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
+7
📚 11-sinflar uchun bitiruv imtihonida tushadigan savollar va baholash mezonlari 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
⚡️ Huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi 📆 2024-yil 3-may (juma) kuni Toshkent, Buxoro, Namangan va Urganch shaharlarida huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi. 📱 Aprobatsiya sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali yuklab olishlari mumkin. 📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi. ✅ Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 14:00 dan boshlab (aprobatsiya sinovi 15:00 da) kiritiladi. ❕Aprobatsiya sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha aprobatsiya o‘tkazilmaydi. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
🧠 Matsuyamaning paradoksi Aqllilar uchun qiziqarli jumboq. Do‘stlar bilan muhokama qilib ko‘ringchi? Qanday bo‘lishi mumkin? 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati Ma’lumki, Agentlik xodimlari xalqaro hamkorlar (British Council, Cambridge Assessment English, CITO International) bilan birgalikda ko‘p darajali (multilevel) test sinovini takomillashtirish yuzasidan tegishli ishlarni olib borishmoqda. ✍️ Chet tilini bilish darajasini baholash boshqarmasi tomonidan gapirish ko‘nikmasi uchun yangi format loyihasi ishlab chiqildi. ⌚️ Hozirda ushbu formatni Agentlik huzuridagi Ilmiy o‘quv-amaliy markaz bilan hamkorlikda approbatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan. Ko‘p darajali test sinovi gapirish ko‘nikmasini baholashning yangi formati 2024-yil sentabr oyidan boshlab amaliyotga joriy etiladi. 📱 Talabgorlar va barcha qiziquvchilar yangi format va namunaviy topshiriqlar (pdf) bilan tanishishlari mumkin. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
⚡️Huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat yo'lga qo'yilmoqda. Ilk sinov imtihoni bepul bo'ladi! 🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi orqali abituriyentlar ayni vaqtda quyidagi fanlar bo'yicha sertifikat uchun imtihon topshirib oldindan ballni naqd qilib qo'yish mumkin: 1️⃣ Matematika 2️⃣ Biologiya 3️⃣ Kimyo, 4️⃣ Fizika 5️⃣ Ona tili va adabiyot 6️⃣ Tarix 7️⃣ Geografiya 8️⃣ Rus tili va adabiyoti 9️⃣ Qoraqalpoq tili va adabiyoti Shuningdek, bu ro'yxatga huquqshunoslik fani ham qo'shilmoqda. 3-may kuni ilk marta huquqshunoslik fanidan sertifikat uchun testlar aprobatsiyasi bo'ladi. ✅ Aprobatsiyada qatnashish bepul!Sertifikat berilmaydi.Joylar cheklangan. Ro'yxatdan o'tish:https://my.uzbmb.uz/service/98 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
#faktlar Eiffel minorasi — Fransiya timsoli sifatida dunyoga tanilgan, Parijning eng taniqli meʼmorchilik namunasi boʻlib, oʻ
#faktlar Eiffel minorasiFransiya timsoli sifatida dunyoga tanilgan, Parijning eng taniqli meʼmorchilik namunasi boʻlib, oʻz konstruktori Gustave Eiffel sharafiga nomlangan va yiliga 5,5 million kishi tashrif buyuruvchi turizmning mashxur obyektidir.Minora 1889-yildagi Umumjahon koʻrgazmasi uchun qurilgan. Moris Koshlen va Emiel Nugye tomonidan namoyish etilgan chizmalar koʻrgazmaga tayyorgarliklar eʼlon qilingan musobaqada birinchi sovrinni qoʻlga kiritgan. ✅Qurilish ishlari 300 ishchi bilan 2 yil — 1887-yilning yanvar oyidan 1889-yilning mart oyigacha boʻlgan oraliqda bajarilgan. Bunday rekord natijalarga 12 000 dan ortiq metal detallarning oʻlchamlari aniq koʻrsatilgan yuqori sifatli chizmalar asosida erishilgan. 2,5 mln dan ortiq mixparchinlardan foydalanilgan. Minoraning balandligi (uning yuqorisidagi 22 metr uzunlikdagi televizion antenna kiritilmagan holda) 300 metrni tashkil etadi. Minora oʻsha davrning eng baland binolari Xeops piramidasi 137 m dan deyarli 2 barobar baland edi. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
📌 2024-2025 oʻquv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati tasdiqlandi Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir maʼmuriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi. Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi. P/S: Qisqa qilib aytganda ushbu maktablarga borib ishlasangiz 2 baravar ko'proq oylik olasiz. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
📚 MAJBURIY FAN BLOKIDAGI TESTLAR QAYSI MAVZULAR BOʻYICHA TUZILADI? 1️⃣ Ona tili (oʻzbek): 🧊 Orfografiya va punktuatsiya - 40 %; 🧊 Leksikologiya, uslubiyat — 40 %; 🧊 Grammatika — 20 %. 2️⃣ Ona tili (rus): 🧊  Fonetika — 10 %; 🧊  Leksika — 10%; 🧊  Grammatika — 40 %; 🧊  Orfografiya — 40 %. 3️⃣ Ona tili (qoraqalpoq): 🧊  Fonetika — 10 %; 🧊  Leksika — 20 %; 🧊  Grammatika — 40 %; 🧊  Orfografiya — 30 %. 4️⃣ Matematika: 🧊 Sonlar va ular ustida amallar -40 %; 🧊 Foiz, proporsiya va tenglama-30 %; 🧊  Geometriya — 30 %. 5️⃣ Oʻzbekiston tarixi: 🧊 Qadimgi va oʻrta asrlar tarixi 35-45 %; 🧊  XVI-XX asr boshlaridagi tarixiy davr — 35-45 %; 🧊  Sovetlar davri va mustaqillik davri tarixi — 20-25 % 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
⚡️ Texnikumlarda o‘qiydiganlarning chet tili o‘rganish puli to‘lab beriladi ▪️Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, chet tili o‘r
⚡️ Texnikumlarda o‘qiydiganlarning chet tili o‘rganish puli to‘lab beriladi ▪️Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, chet tili o‘rganishni xohlovchi professional ta’lim muassasa o‘quvchilariga yengilliklar berilyapti. 📄 Unga ko‘ra, professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o‘rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini o‘qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
BHMning 10 baravari 3,4 mln so‘mga teng.
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
Afsuski hozirgi talabalar shunga rioya qilishmaydi... 🎙 Hasanxon Domla Juma ayyomingiz muborak bo’lsin! ☀️ Kuningiz xayrli o’tsin. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
💡 Muhim ishlar — birinchi o‘rinda! Ko‘p insonlar qiyin va murakkab vazifalarni "ertaga" yoki "keyinga" qoldirishadi. Jumlada
💡 Muhim ishlar — birinchi o‘rinda! Ko‘p insonlar qiyin va murakkab vazifalarni "ertaga" yoki "keyinga" qoldirishadi. Jumladan, maqsad sari harakat qilishni ham kechiktirishadi. Ammo bu yerdagi muammo shuki, bu kabi "keyinga" qoldirishlar cheksiz davom etishi mumkin. Chunki "keyin" degan so‘zning o‘zi noaniq, vaqti belgilanmagan. ❌ "Ertaga" so'zini ishlatmang! Hayotingizni o‘zgartirishni istasangiz, vazifalarga aniq vaqtni belgilang va hozir boshlang, "ertaga" emas! Va albatta qiyinidan boshlang, bu sizga keyingi ishlarda kuch va g‘ayrat beradi. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
☝️Hozir yallo qilgan, ertaga "qul"ga aylanadi Bu videoni qimmatli vaqtini uvol qilib, telefoniga bog‘lanib qolgan, PUBG, TikTok kabi ”vaqt kushandalari“ga asir bo‘lgan yoshlarga, farzandlaringizga yuboring. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
#Eslatma ⚡️ Bu yilgi qabulda abituriyentlar 2 marta ro‘yxatdan o‘tadi 2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi. Yangi tartibga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish 2 bosqichdan iborat bo‘ladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar agentlik tizimiga o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bilan birgalikda faqatgina test topshirish fanlari, test topshirish tili va joyini tanlaydi. Lekin OTMlar va yo‘nalishlarni tanlamaydi. Dastlabki ma’lumotlar abituriyentlarning test sinovida ishtirok etishi uchun yetarli bo‘ladi xolos.
So‘ng abituriyentlar imtihonga kirib chiqadi. Mana shundan keyin abituriyentning qo‘lida o‘z to‘plagan balli bo‘ladi va u prognoz qila oladi.
2️⃣ To‘plagan ballari aniq bo‘lgach, shunga qarab 2-bosqichdagi ro‘yxatdan o‘tishda yo‘nalish tanlashadi. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
Garvard universiteti talabalaridan 16 ta g‘ayratlantiruvchi ibora 1. Agar sen hozir uxlab qolsang, senga, albatta orzuing tus
Garvard universiteti talabalaridan 16 ta g‘ayratlantiruvchi ibora 1. Agar sen hozir uxlab qolsang, senga, albatta orzuing tushingga kiradi, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuingni hayotga tatbiq qilasan. 2. Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi. 3. Ta’limning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir. 4. Ta’lim – bu vaqt emas. Ta’lim – bu harakatdir. 5. Hayot – bu faqat ta’lim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qaerdan bilib olasan? 6. Doimiy rivojlanib borish imkoniyatidan rohatlan. 7. Hamma ishni oldindan qilib borishni o‘rgan, tirishishni o‘rgan, o‘z mehnating samarasini ko‘r. 8. Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qat’iyat orqali erishiladi. 9. Vaqt joyida turmaydi, ammo sen hech nima qilmasang – u ulkan tezlikda o‘tib ketaveradi. 10. Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
⚡️Javoblar varaqasi-2024 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlangan. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi ✅ Maktabgacha va maktab taʼlim
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi tasdiqlandi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 20-martdagi tegishli buyrugʻi bilan:umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari; ➖xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi. ❗️Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma; ➖Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan — yozma; ➖Matematika fanidan — yozma; ➖Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki; ➖Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda oʻtkaziladi. ❗️11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho); ➖Matematika fanidan — yozma; ➖Davlat tili (taʼlim oʻzbek tilida olib borilmaydigan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun, taʼlim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va ogʻzaki; ➖Chet tili fanidan — yozma/ogʻzaki; ➖Oʻzbekiston tarixi fanidan — yozma/ogʻzaki; ➖(Oʻquvchining tanlovi boʻyicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda oʻtkaziladi. 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi

Bilim bor
16 388
#ajoyib_javob Siz O'zbekistonda ta'lim tizimi yaxshilanishiga ishonasizmi⁉️ Ishonish degan savolni qo'ymasligimiz kerak. Biz har kuni harakat qilishimiz kerak. Hammamiz qandaydir "kichik" ishlar qilishimiz lozim!! 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi