Bilim bor
@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi Bizdan uzoqlashmang! Reklama bo'yicha: @edu_targetbot
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Bilim bor
Channel Bilim bor (@bilimbor) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 16 388 subscribers, ranking 11 829 in the Education category and 5 021 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 16 388 subscribers.
According to the latest data from 02 January, 2025, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -4 233 over the last 30 days and by 0 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 0%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects N/A% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 0 views. Within the first day, a publication typically gains 0 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi
Bizdan uzoqlashmang!
Reklama bo'yicha: @edu_targetbot”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 03 January, 2025), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 01 January | 0 |
| 2 | ⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi
23-sentabrdan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 29-sentabr 23:59 ga qadar davom etadi.
❗️30-sentabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.
📆 Test sinovlari 12–13-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 2 749 |
| 3 | 2+2 qo'shma ta'lim dasturi: 2 yil O'zbekistonda, 2 yil Janubiy Koreyada ta'lim oling!
Toshkent shahrida joylashgan Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida 1-2-kursda tahsil oling va 3-4-kurslarni Janubiy Koreyaning Far East University oliygohida davom ettirib, 2 ta diplomli bo’ling.
2024—2025-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda.
Hujjat topshirish uchun: umft.uz
▪️IT muhandislik fakulteti
▪️Iqtisodiyot va biznes boshqaruv fakulteti
▪️Pedagogika va filologiya fakulteti
☎️ Hujjat topshirish va murojaatlar uchun:
@umft_support
+998555208888
Litsenziya (№242954; 09.11.2022) | 2 286 |
| 4 | ⚡️Barcha xususiy oliygohlar qabuli oktyabrda yakunlanadi – Prezident farmoni
🇺🇿 Prezident farmoni bilan, davlat, nodavlat va xorijiy OTMlar hamda ularning filiallari bakalavriati va magistraturasiga qabul bir o‘quv yilida bir marta (iyun — sentyabr oylari oralig‘ida) amalga oshirilishi belgilangan.
Bu degani davlat OTMlaridan yiqilgan talabalarning xususiy OTMlarga hujjat topshirish imkoni cheklanishi mumkin. Sababi davlat OTMlarining mandati sentyabrga yaqin qolganda e’lon qilinadi, tabiiyki, abituriyent juda oz muddatda xususiyda o‘qish qarorini qila olmasa, keyingi yilni kutishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 3 452 |
| 5 | ⚡️Rasman: endi yaxshi o'qigan talabalarga foizsiz ta'lim krediti beriladi
◾️ Hozirgacha faqat qizlarga foizsiz kredit berilar edi.
Prezident raisligidagi videoselktorda quyidagi yangiliklar maʼlum qilindi:
✔️ oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;
✔️ oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.
Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.
Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 3 922 |
| 6 | ⚡️ Bugun 9-sentyabr — OTMlarda yangi o'quv yili boshlanyapti
Barcha talaba va o'quvchilarga yangi o'quv yili oldidan omad tilaymiz.
Katta hayotga xush kelibsiz, aziz 1-kurs talabalari!
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 3 976 |
| 7 | ⚡️“Super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi
Davlat komissiyasi bayoniga koʻra, kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra, ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.
❗️Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, tanlagan barcha yoʻnalishlarga oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.
❗️Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Eslatma: “Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Super kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar toʻliq (100 foiz) toʻlagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 4 151 |
| 8 | ❗️Ta'lim krediti haqida batafsil: kimga qancha kredit beriladi?
◾️ Qonunchilikka ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga ta’lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:
🔹oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;
🔹ta’lim krediti:
▫️oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;
▫️Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.
✔️Bunda ta’lim krediti:
🔸OTM talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;
🔸professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 3 441 |
| 9 | Qabul yakunlanmoqda. Onlayn imtihonda qatnashish uchun so'nggi imkoniyat!
✅ Ro'yxatdan o'tish uchun @apply_umftbot
IT muhandislik fakulteti.
▫️ Dasturiy injiniring
▫️ Infokommunikatsiya injiniringi
▫️ Kompyuter injiniringi
▫️ Axborot xavfsizligi
▫️ Multimedia texnologiyalari
♦️ Sun'iy intellekt (Qo'shma diplom| Jaunbiy Koreya)
▫️ Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (magistratura)
▫️ Telekommunikatsiya injiniringi (magistratura)
Iqtisodiyot va biznes boshqaruv fakulteti
▫️ Raqamli iqtisodiyot
▫️ Moliya va moliyaviy texnologiyalar
▫️ Menejment
▫️ Logistika
▫️ Raqamli iqtisodiyot (magistratura)
Pedagogika va filologiya fakulteti
▫️ Pedagogika
▫️ Psixologiya
▫️ Xorijiy til va adabiyot
✅ Ro'yxatdan o'tish uchun @apply_umftbot
Hujjat topshirish va murojaatlar uchun:
❤️ @umft_support
☎️ +998555208888 | 2 980 |
| 10 | Rasman: Super kontrakt tasdiqlandi!
2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 5 720 |
| 11 | #tarqating
Endi Prezident qaroriga asosan, xususiy institutlardan davlat oliygohlariga o‘qishingizni imtihonlarsiz osongina ko‘chirishingiz mumkin.
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 5 265 |
| 12 | Joriy yilda 60 ball bilan 1500 ga yaqin yo‘nalishga kontraktga kirsa bo‘lar edi
O‘qishga kirish qiyin yoki osonligini ko‘rsatuvchi eng yaxshi ko‘rsatkich, bu o‘tish ballarini tahlil qilishdir. Menga doim qiziq bo‘lgan, masalan, 100 ball olgan abituriyent qayerlarga o‘qishga kira oladi? Nechta joyga bali yetgan bo‘lardi?
Yuqoridagi jadvalda davlat granti uchun 4 ming 256 ta, to‘lov-kontrakt uchun esa kunduzgi ta’limda 3 ming 215 ta, sirtqida 1 ming 458 ta, kechkida 285 ta va masofaviyda 80 ta yo‘nalishlardagi 2024-yilgi o‘tish ballarining tahlili aks etgan.
Davlat granti bo‘yicha
Davlat granti misolida ko‘radigan bo‘lsak, 100 ball olgan abituriyentlar 1 ming 532 ta yo‘nalishga grantga kira olgan. Bu umumiy yo‘nalishlarning 36% ini tashkil qiladi.
Joriy yilda 70 ball bilan 570 ta (13,4%) yo‘nalishga davlat grantiga kirish mumkin bo‘ldi.
150 ball olganlar esa 70 foiz grantga kirdi, degani bo‘lgan. Faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olgan bo‘lsa bo‘ldi.
To‘lov-kontrakt bo‘yicha
Kontraktda esa kirish ballari aaaancha past. Masalan, atigi 80 ball bilan kunduzgi ta’limning 56 foiz yo‘nalishiga, sirtqida 72%, kechkida 60%, masofaviyda esa 96% yo‘nalishga kontraktga o‘qishga kirsa bo‘ladi. Bor-yo‘g‘i 80 ball to‘plasa yetadi.
Yoki 60 ball bilan barcha ta’lim shakllarini qo‘shganda 1 ming 466 ta yo‘nalishga kontraktga kirish mumkin edi.
100 ball to‘plasangiz-ku, kontraktga kirish ehtimolingiz juda yuqori bo‘lgan. Masalan, kunduzgida 2 ming 286 ta (71%), sirtqida 1 ming 274 ta (87%) yo‘nalishga o‘tish ballari 100 dan past bo‘lgan.
Albatta, bu umumlashtirilgan natijalar. Ayrim talabgir yo‘nalishlarda kirish ballari yuqori bo‘lganini bilaman. Lekin unaqalar soni juda kam bo‘lgan.
Umumiy holat shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qishga kirish juda oson, faqat to‘g‘ri yo‘nalish tanlay olishga ham ko‘p narsa bog‘liq. Boshqacha aytganda, yoki orzu qilingan o‘ta nufuzli yo‘nalishga kirish uchun yetarli darajada o‘qish kerak, yoki to‘plangan ballga yarasha yo‘nalish tanlash kerak.
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 4 261 |
| 13 | Ta'lim kreditini onlayn olish
Taʼlim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi o‘rtoqlar! Endilikda kreditga ariza berish uchun Talim-krediti.uz maxsus platformasiga kirib ariza yuborsangiz bo‘ldi. Bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.
Buning uchun:
☑️ Kreditga ariza yuborishda arizachi:
• pasporti yoki ID raqami;
• Tug‘ilgan sanasi(kun, oy va yil);
• FISH kiritiladi.
☑️ Manzil:
— Manzilingiz(viloyat tuman mahalla ko‘cha/xonadon raqami va telefon raqami kiritiladi;
☑️ Kredit maʼlumotlari:
— Yaʼni taʼlim shakli, oliy taʼlim muassasasi maʼlumotlari, moliyalashtiruvchi bank manzili, kontrakt summasi va garov turi kiritiladi.
☑️ Kredit olish jarayoni quyidagicha:
● Onlayn ariza qoldirish;
● Arizani ko‘rib chiqish;
● Hujjatlarni rasmiylashtirish;
● Kredit ajratish.
Ariza yuborish uchun 👉 BU YERNI 👈 bosing
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 3 428 |
| 14 | ⚡️Bir yilni yo‘qotmaysiz! Nordik universiteti talabasi bo‘ling!
Imkoniyatlaringiz🔻
— DTM ball bilan talaba bo‘ling;
— Kontrakt narxi - hamyonbop;
— Kontrakti 4 bo‘lib to‘lang;
— Oflayn imtihonda grant yutib oling;
— HEMIS dasturida ta'lim;
— Davlat OTM bilan bir xil kuchga ega diplom;
— Yangi yo‘nalishlar;
— Litsenziya
BAKALAVRIAT (kunduzgi)🔻
— Iqtisodiyot;
— Moliya va moliyaviy texnologiyalar;
— Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
— Boshlang‘ich ta'lim;
— Maktabgacha ta'lim;
— Maxsus pedagogika;
— Musiqa ta'limi;
— Psixologiya;
— Xorijiy til va adabiyoti;
— Tarix;
— Amaliy matematika;
— Turizm va mehmondo‘stlik;
— Jurnalistika.
QO‘SHMA DASTURLAR🔻
— Kompyuter injiniringi (Finlandiya va Koreya);
— Biznesni boshqarish (Finlandiya);
— Sanoat muhandisligi va menejmenti (Finlandiya);
— Iqtisodiyot (Koreya);
— Moliya va moliyaviy texnologiyalar (Koreya).
🔵Magistratura
⏺PhD
⏺O‘qishni ko‘chirish
➖➖➖➖➖
Qabul uchun ro‘yxatdan o‘ting🔻
https://qabul.nordicuniversity.org/uz
🤖 Nordik haqida ko‘proq ma'lumot oling!
+998555084400 | @nordic_chat_bot
⏺Nordik rasmiy kanali | 3 246 |
| 15 | #Tarqating
⚡️Abituriyentlarga nechanchi o‘rinda turganini ko‘rish imkoniyati ochildi
Bilimni baholash agentligi tomonidan mandat.uzbmb.uz saytida kengaytirilgan qidiruv funksiyasi ochildi va unda OTM, tegishli yo‘nalish, ta’lim shakli va tilini tanlagan holda yakuniy mandatda abituriyentlarning joylashgan joyini ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Biz kutgan kunlar keldi😎
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 5 024 |
| 16 | 📈 Joriy yilda 186 mingdan ortiq abituriyent talaba bo'ldi. Qolganlarni xususiy oliygohlar yoki texnikumlar kutib turibdi!
Talaba bo'lgan 186 871 ming nafar abituriyentdan 41 ming nafari davlat granti, 145 ming nafari esa, to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan.
Imtihonlarda davlat granti asosida o'rtacha o'tish balli 121,7 ball
To'lov-kontrakt asosida o'rtacha o'tish balli 94,7 ballni tashkil qilgan.
Norozilar 18-avgustdan 27-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn apellatsiya arizalari berishi mumkin
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 4 052 |
| 17 | ⚡️100% Grant asosida o'qishni istaysizmi?
✅Bunday imkoniyatga Tashkent Metropolitan Universityda ega bo'lishingiz mumkin
✅ Ro’yxatdan o’tish uchun havola: t.me/tmunibot
Yoʻnalishlar:
• Yurisprudensiya
• Kompyuter injiniringi
• Buxgalteriya hisobi va moliya
• Menejment
• Marketing
• Xalqaro biznes
• Iqtisodiyot
• Xorijiy til va adabiyoti(Ingliz tili)
• Maktabgacha va Boshlangʻich taʼlim yo'nalishlari mavjud.
💰 KONTRAKT 7,5 mln+ / 1 semestrga
Taʼlim shakli:
📕 Kunduzgi (ingliz tilida)
📑 Litsenziya (№ 327586 24.07.2024)
📞 Qabul bo'limi: +998712000123 | 4 345 |
| 18 | Davlat va nodavlat OTMlar diplomi o'rtasida farq bormi?
O'zbekistonda litsenziya asosida faoliyatini olib borayotgan har qanday xususiy oliygoh beradigan diplom, davlat oliygohi beradigan diplom bilan bir xil yuridik kuchga ega.
Bazi davlat universitetlari tomonidan bilib-bilmasdan xususiy universitetlarni raqobatchi sifatida ko'rganligi uchun yoki dushman ko'zi bilan qaraganligi uchun aholi o'rtasida xususiy universitetlar diplomi o'tmaydi degan salbiy fikrni tarqatishga harakat qilyapti. — Rasul Kusherbayev
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 4 777 |
| 19 | 🔴 ALFRAGANUS UNIVERSITETI BITIRUVCHILARGA DAVLAT NAMUNASIDAGI DIPLOMLARNI TOPSHIRDI.
🟤Magistratura bosqichi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimidan video lavha.
🟤Qabul davom etmoqda.
🎓 Magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat yo‘nalishlari haqida batafsil bu yerda.
— Yo’nalishlar bo’yicha kontrakt narxlari: Batafsil
📃 Litsenziya (№ 034974, 12.08.2022)
— Hujjat topshirish: http://qabul.alfraganusuniversity.uz/
— O’qishni ko’chirish: http://transfer.alfraganusuniversity.uz/
— Qabul boti: @AfuQabulBot
☎️ +99878-122-75-57
@Alfraganus_callcenter
📍 Manzil
Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | Web-sayt | 3 908 |
| 20 | ⚡️ Kollej/texnikumlarga qabul davom etyapti
✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional ta’lim muassasasi (kollej yoki texnikum), kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlashlari lozim.
❗️Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.
🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi | 3 816 |
