ANDIJON SHAHAR 6-SON TEXNIKUMI
Open in Telegram
580
Subscribers
-124 hours
-67 days
-430 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosarlari tayinlandi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
- Sharofaddinov Shihnazar Anvarovich Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U mazkur tayinlovga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
- Abdullaxonov Avzalxon Azamatxon o‘g‘li Kasbiy ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Kasbiy ta’lim agentligining Moliya-iqtisodiyot va moddiy-texnik bazani mustahkamlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Bizni kuzatingFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
📣📣📣📣📣
ANDIJON SHAHAR KASBIY KO‘NIKMALAR MARKAZI VAUCHER ASOSIDAGI O‘QUV KURSLARIGA QABUL E’LON QILADI
🌟 Andijon shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazi aholiga qisqa muddatda talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi. Vaucher asosidagi ushbu o‘quv kurslari orqali siz mutaxassislikni egallab, mehnat bozorida o‘zingizga mustahkam o‘rin yaratishingiz mumkin.
✅ Mavjud yo‘nalishlar:
• Santehnik-chilangar
• Zamonaviy pardalar tikish
• Elektromontyor
• Erkaklar sartaroshi
• Vizajist (Stilist-kosmetolog)
• Payvandlovchi
• Surdotarjimon
• Kran mashinisti
• Massajchi
• Kompyuter grafikasi mutaxassisi
• Buxgalter (o‘rta malakali)
• Kompyuter texnikasi montajchisi
• Ayollar sartaroshi
• Zargar (modelyer)
✍️ Kasb o‘rganish va daromadli yo‘nalishda o‘z faoliyatingizni boshlash uchun ayni qulay imkoniyat.
📌 Manzil: Andijon shahar, Boburshox ko‘chasi 4-uy
Telegram | Instagram | Youtube
Repost from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
+8
Касбий таълим тубдан ислоҳ қилинмоқда
Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис ва Ўзбекистон халқига Мурожаатномасида энди техникум талабаларига ҳам стипендия жорий қилиниши айтиб ўтилди. Таъкидланганидек, 2026 йилдан бошлаб техникумларда “дуал таълим” асосида таълим олаётган 100 минг ўқувчига илк бор стипендия тўланади.
Шунингдек, “аъло” баҳоларга ўқиётган, танлаган касбини пухта эгаллаётган фарзандларимизга эса оширилган миқдордаги стипендиялар берилади. Кўриниб турибдики, мамлакатимизда касбий таълим тизими тубдан ислоҳ қилинмоқда. Президентимизнинг 2025 йил 23 октябрдаги “Касбий таълим тизимида ислоҳотларни амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорида тизимдаги мақсад ва вазифалар яққол акс эттирилган. Вилоятимиз ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов ҳам дуал таълим тизими асосида таҳсил олаётган ўқувчилар билан бўлган қатор учрашувлари давомида ёшларнинг таълим олиш жараёни, амалий кўникмаларни ишлаб чиқариш билан уйғунлаштириш масалалари ҳамда келгусида соҳада малакали кадрлар тайёрлашнинг аҳамияти юзасидан мутахассислар билан фикр алмашади. Шунингдек, йигит-қизлар билан самимий суҳбат қуриб уларнинг мақсадларига қизиқади.Вилоят раҳбарининг техникум директорлари, уларнинг ўринбосарлари ва тегишли масъуллар, манфаатдор корхона ва ташкилотлар вакиллари иштирокидаги йиғилишда корхоналар билан ҳамкорликни кучайтириш, улар ҳузуридаги ўқув хоналаридан самарали фойдаланиш бўйича топшириқлар берилди.
Техникумларда инглиз, немис ва хитой тилларини ўқитиш сифатини ошириш масаласи кўриб чиқилди. Бугунги кунда вилоятда жами 56 та техникумда 94 та касб бўйича 45 мингдан зиёд ўқувчи таҳсил олмоқда. 9 мингга яқин йигит-қиз 471 та йирик ишлаб чиқариш корхоналарига бириктирилиб, дарс машғулотлари ишлаб чиқариш корхоналарининг ўзида ташкил этилган.22 минг 33 нафар ўқувчига эса ўрта ва кичик бизнес субъектларида 4+2 таълим жараёни 4 кун корхонада дуал таълим шаклида амалиёт ҳамда 2 кун техникумда дарс машғулотлари олиб борилмоқда. Дуал таълим жараёнлари асосан иқтисодиётнинг саноат, транспорт, қурилиш, енгил саноат, қишлок хўжалиги, хизмат кўрсатиш соҳаларида кенг қўлланилмоқда. Бугунги кунда маош олиб ишлаб келаётган ўқувчилар сони ҳам олти ярим мингдан ошди. Батафсил Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати
+6
46,5 мингдан зиёд оила камбағалликдан чиқарилди
Андижон вилоятида оилалар даромадини ошириш, камбағалликни қисқартириш борасида кенг кўламли ишлар олиб борилмоқда.
Жорий йил аввалида вилоятда камбағаллик даражаси 9,5 фоизни, камбағал оилалар сони эса 72 минг 440 тани ташкил этган. Ўтказилган сўровнома ҳамда “маҳалла еттилик”лари хулосаларига кўра, 63 минг 864 та оила “Камбағал оилалар реестри”га киритилди. Белгиланган чора-тадбирлар асосида йил якунига қадар камбағаллик даражасини 6,6 фоизгача пасайтириш режалаштирилган.
Вилоятда “Камбағалликдан фаровонлик сари” дастури асосида олиб борилган ишлар самараси ўлароқ, бу борада салмоқли натижаларга эришилди.
Жорий йилнинг ўн бир ойи давомида 30 минг 390 та камбағал оиладаги 139 минг 223 нафар аҳолини даромадли иш билан банд қилиш белгиланган. Амалда эса 46 минг 510 та оиладаги 202 минг нафар аҳолини даромадли иш, касб-ҳунар билан банд қилиш бўйича 87 минг 568 та хизматлар кўрсатилди. Жумладан, 35 минг 606 нафар фуқаро доимий иш ўрнига жойлаштирилди, 9 минг 360 нафар фуқарога имтиёзли кредит ажратилди, шунингдек, 36 минг 668 нафар аҳоли тадбиркорликка жалб этилди, 5 минг 904 нафар киши касб-ҳунарга ўқитилди.Батафсил Andijan.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
—
Новогоднее поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi faoliyati tadbirlarga nihoyatda boy bo‘ldi.
Tarixiy tashriflar, muhim uchrashuvlar, qabul qilingan qarorlar, erishilgan kelishuvlar, ishga tushirilgan va boshlangan yirik loyihalar ortida, har bir raqam zamirida – davlatimiz rahbarining xalq manfaati va yurt taraqqiyotiga qaratilgan tinimsiz va mashaqqatli mehnati.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
YANGI 2026-YIL MUNOSABATI BILAN TABRIK
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni kirib kelayotgan 2026-yil bilan Andijon Kasbiy Ko‘nikmalar Markazi nomidan chin dildan muborakbod etamiz.
O‘tib borayotgan yil mamlakatimizda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, aholining mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish, yoshlar va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish borasida muhim natijalarga boy bo‘ldi. Bu yutuqlar Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ifodasidir.
Yangi 2026-yil ham yurtimizda tinchlik va barqarorlik hukm surgan, ilm, mehnat va bunyodkorlik yili bo‘lishiga ishonch bildiramiz. Kelgusi yilda ham kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, inson kapitalini mustahkamlash hamda aholi bandligini ta’minlash yo‘lida bor kuch va salohiyatimizni safarbar etamiz.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayzu baraka, yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, farovon va sermahsul yil tilaymiz. Yangi yil har bir oilaga quvonch, ishonch va yangi zafarlar olib kelsin!
Hurmat bilan,
Andijon Kasbiy Ko‘nikmalar Markazi Axborot xizmati
📣📣📣📣📣
ANDIJON SHAHAR KASBIY KO‘NIKMALAR MARKAZI VAUCHER ASOSIDAGI O‘QUV KURSLARIGA QABUL E’LON QILADI
🌟 Andijon shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazi aholiga qisqa muddatda talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi. Vaucher asosidagi ushbu o‘quv kurslari orqali siz mutaxassislikni egallab, mehnat bozorida o‘zingizga mustahkam o‘rin yaratishingiz mumkin.
✅ Mavjud yo‘nalishlar:
• Santehnik-chilangar
• Zamonaviy pardalar tikish
• Elektromontyor
• Erkaklar sartaroshi
• Vizajist (Stilist-kosmetolog)
• Payvandlovchi
• Surdotarjimon
• Kran mashinisti
• Massajchi
• Kompyuter grafikasi mutaxassisi
• Buxgalter (o‘rta malakali)
• Kompyuter texnikasi montajchisi
• Ayollar sartaroshi
• Zargar (modelyer)
✍️ Kasb o‘rganish va daromadli yo‘nalishda o‘z faoliyatingizni boshlash uchun ayni qulay imkoniyat.
📌 Manzil: Andijon shahar, Boburshox ko‘chasi 4-uy
Telegram | Instagram | Youtube
Repost from Bandlik vazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
2026-yilda dam olish kunlari
2025-yil 24-dekabrdagi PF–257-son Prezident farmoniga muvofiq:🔔 Qo‘shimcha dam olish kunlari ❗️Barcha xodimlar uchun Ish haftasi turidan qat’i nazar: 🔴2-yanvar — juma 🔴28-may — juma 🔴31-avgust — dushanba ❗️Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 🔴3-yanvar — shanba 🔴30-may — shanba 🔴31-dekabr — payshanba 🔔Ishlanmaydigan bayram kunlarining ko‘chirilishi
Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:🔴8-mart — Xotin-qizlar kuni (yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sababli) 👉9-mart, dushanba 🔴21-mart — Navro‘z bayrami (shanbaga to‘g‘ri kelgani sababli) 👉23-mart, dushanba 🔴9-may — Xotira va qadrlash kuni (shanbaga to‘g‘ri kelgani sababli) 👉11-may, dushanba ⚠️Eslatma: uzluksiz ishlab chiqarish, navbatchilik va aholiga doimiy xizmat ko‘rsatish sohalarida dam olish kunlari ko‘chirilmaydi. ❗️Yil yakuni uchun muhim o‘zgarish: besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 12-dekabr (shanba) dam olish kuni 31-dekabr (payshanba) ga ko‘chirildi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |X
FUQAROLAR MARKAZDAGI YO‘NALISHLAR BILAN TANISHDI
✅ Paxtaobod tumanida yashovchi ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar Andijon shahar Kasbiy ko‘nikmalar markaziga kelib, markazda tashkil etilgan o‘quv kurslari va mavjud kasbiy yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar.
⚡️ Tanishuv jarayonida ularga o‘quv mashg‘ulotlarining mazmuni, o‘qish muddati, amaliy darslar, bandlik imkoniyatlari hamda kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga beriladigan sertifikat haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
✅ Mazkur tanishuv fuqarolarni kasbga yo‘naltirish, malaka oshirish va ularning bandligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Andijon shahar Kasbiy koʻnikmalar markazi Axborot xizmati
📣📣📣📣📣
ANDIJON SHAHAR KASBIY KO‘NIKMALAR MARKAZI VAUCHER ASOSIDAGI O‘QUV KURSLARIGA QABUL E’LON QILADI
🌟 Andijon shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazi aholiga qisqa muddatda talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi. Vaucher asosidagi ushbu o‘quv kurslari orqali siz mutaxassislikni egallab, mehnat bozorida o‘zingizga mustahkam o‘rin yaratishingiz mumkin.
✅ Mavjud yo‘nalishlar:
• Zamonaviy pardalar tikish
• Elektromontyor
• Erkaklar sartaroshi
• Vizajist (Stilist-kosmetolog)
• Payvandlovchi
• Surdotarjimon
• Kran mashinisti
• Massajchi
• Kompyuter grafikasi mutaxassisi
• Buxgalter (o‘rta malakali)
• Kompyuter texnikasi montajchisi
• Ayollar sartaroshi
• Zargar (modelyer)
✍️ Kasb o‘rganish va daromadli yo‘nalishda o‘z faoliyatingizni boshlash uchun ayni qulay imkoniyat.
📌 Manzil: Andijon shahar, Boburshox ko‘chasi 4-uy
Telegram | Instagram | Youtube
#murojaatnoma
⚡️O‘zbekistonda 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e’lon qilindi.
Andijon shahar Kasbiy koʻnikmalar markazi Axborot xizmati
Repost from Хорижда иш
🇰🇼 Дубайда ҳайдовчилар учун иш!
🧑✈️Иш тури: Такси ҳайдовчиси 🤩🤩
🛫 Қисқа муддатда жўнаб кетилади. Шошилинг жойлар сони чегараланган.
💵 Ойлик: 800-1000 $ (тушумга қараб ҳисобланади) ⏰ Кунлик 11 соат иш жадвали 🪙 Mижозлардан чой пули - қўшимча даромад
🧑✈️Номзод учун талаблар: ⚪️23-45 ёш оралиғидаги эркаклар; ⚪️Ҳайдовчилик гувоҳномаси (камида В тоифа); ⚪️2 йиллик иш тажриба; ⚪️Судланмаганлик.
✅Иш берувчи томонидан: ⚪️Виза тўлови ⚪️Aвиабилет ⚪️Tурар жой ⚪️Kунига 2 маҳал овқат ⚪️Ишчи кийим + тиббий суғурта ⚪️Тиббий текширув ⚪️30 кунлик пуллик меҳнат таътили📥 Номзодлар 23-24-декабр кунлари соат 9:00 дан 17:00 гача биометрик ва хорижга чиқиш паспорти ҳамда ҳайдовчилик гувоҳномаси билан қуйидаги манзилга келиб рўйҳатдан ўтишлари сўралади.
🏘 Maнзил: Aндижон шаҳар, 3-кичик даҳа, Бобур шоҳ кўчаси, 4-уй (Локация) Мурожаат учун телефон: 🤙 50-008-86-17 🤙 50-002-86-18 🤙 50-004-86-19🚀 Telegram 📷 Instagram - кузатиб боринг !
📣📣📣📣📣
#qisqakurs #qabul #payvandlash #vaucher
CHET ELDA SANTEHNIK BO‘LIB ISHLASHNI XOHLAYSIZMI?
⚙️ Agar siz santehnika sohasida xorijda ishlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ammo qayerda va qanday o‘qishni bilmayotgan bo‘lsangiz — siz uchun ajoyib imkoniyat mavjud!
🌟 Andijon shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazi qisqa muddatli “Santehnika” yo‘nalishi bo‘yicha bepul o‘quv kursiga qabul e’lon qiladi.
🌀 Kurs davomida:
• zamonaviy santexnika ishlarini o‘rganasiz;
• amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz;
• 2 hafta davomida o‘qib, xalqaro darajadagi o‘rta maxsus diplomga teng sertifikatga ega bo‘lasiz.
⏳ Joylar soni cheklangan, shoshiling!
Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
📞 Murojaat uchun: +998-90-253-18-17
👉 Kasbingizni bugundan mustahkamlang — kelajagingizni xorijda qurish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
📌 Manzil: Andijon shahar, Boburshox ko‘chasi 4-uy
Telegram | Instagram | Youtube
📣📣📣📣📣
#qisqakurs #qabul #payvandlash #vaucher
YURTIMIZDA YOKI CHET ELDA PAYVANDCHI BO‘LIB ISHLASHNI XOHLAYSIZMI?
⚡️ Agar siz payvandlash sohasida malakali mutaxassis bo‘lib, xorijda ishlashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ammo qayerda o‘qishni bilmayotgan bo‘lsangiz — ayni payti!
🌟 Andijon shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazi 4 haftalik bepul “Payvandlash” yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursiga qabul e’lon qiladi.
✍️ Kurs davomida siz:
• zamonaviy payvandlash texnologiyalarini,
• xavfsizlik qoidalarini,
• amaliy mashg‘ulotlar orqali real ko‘nikmalarni egallaysiz.
🎓 Kurs yakunida sertifikatga ega bo‘lib, ichki va tashqi mehnat bozorida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
⏳ O‘qish bepul, joylar soni cheklangan — shoshiling!
Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
📞 Murojaat uchun: +998-90-529-02-94
👉 Bugun o‘qing — ertaga malakali payvandchi sifatida daromad toping!
📌 Manzil: Andijon shahar, Boburshox ko‘chasi 4-uy
Telegram | Instagram | Youtube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔌 ELEKTROMONTYOR YO‘NALISHIDA AMALIY VA NAZARIY DARSLAR
🌟 Andijon shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazida “Elektromontyor” yo‘nalishida tinglovchilar uchun dars mashg‘ulotlari muntazam olib borilmoqda.
📎 Mashg‘ulotlarda tinglovchilar:
• elektr tarmoqlarini ulash va ta’mirlash,
• xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish,
• zamonaviy asbob-uskunalar bilan ishlash,
• amaliy ko‘nikmalarni egallash bo‘yicha saboq olishmoqda.
🎓 Nazariy bilim va amaliy tajriba uyg‘unligi — kelajakdagi malakali mutaxassislar tayyorlashning asosiy garovidir.
👉 Markazimizda o‘qish orqali siz ham yuqori malakali elektromontyor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!
📌 Manzil: Andijon shahar, Boburshox ko‘chasi 4-uy
Telegram | Instagram | Youtube
MASSAJCHI YO‘NALISHI TINGLOVCHILARIDAN SAXOVATLI TASHABBUS
🌟 Andijon shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazining “Massajchi” yo‘nalishi tinglovchilari navbatdagi amaliy mashg‘ulotlarini ezgu tashabbus bilan uyg‘unlashtirdi. Amaliyot yakunida ular shahrimizdagi “Sahovat uyi”da istiqomat qiluvchi onalar holidan xabar olib, ularga boshlang‘ich massaj muolajalarini ko‘rsatdi.
😇 Sahovat uyidagi onalar mehr, e’tibor va samimiy muolajalarni mamnuniyat bilan qabul qilib, tinglovchilarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar. Ular bunday tashriflarning yana davom etishini, farzanddek e’tibor ila qilinayotgan xizmatlarni intiqlik bilan kutayotganlarini bildirdilar.
🤝 Markaz tinglovchilarining bunday xayriya ruhidagi amaliyotlari ularning nafaqat kasbiy, balki insoniy fazilatlarini ham mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
📌 Manzil: Andijon shahar, Boburshox ko‘chasi 4-uy
Telegram | Instagram | Youtube
