"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali
Open in Telegram
Murojaatlar uchun: https://t.me/+rGlnjfCLlORmZDcy Jizzax viloyati hududida elektr energetika sohasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida ushbu kanal orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin. Call centre:1154
Show more2 067
Subscribers
+624 hours
+97 days
+12630 days
Posts Archive
+4
📌📌📌📌📌📌
⚡️ “YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA”DA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA
Sh. Rashidov tumani, Yangihayot MFY hududida PQ-49-sonli qaror doirasida elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
✅ 171 dona temir-beton tayanch o‘rnatish;
✅ AC-50 rusumli simdan 210 km tortish;
✅ 2,7 km SIP 3×35 kabel o‘rnatish;
✅ 2,5 km SIP 3×50 kabel tortish;
✅ 2,5 km VOOD kabel o‘rnatish;
✅ 3 dona 25 kVA quvvatdagi transformator punkti o‘rnatish;
✅ 18 dona fundamentli blok o‘rnatish rejalashtirilgan.
Mazkur ishlar Kapital qurilish bo‘limi tomonidan shartnoma asosida jalb qilingan ishchilar yordamida amalga oshirilmoqda. Qurilish-montaj ishlariga 4 ta maxsus texnika va 10 nafar xodim jalb etilgan.
⚡️Loyihada belgilangan ishlar bosqichma-bosqich bajarilib, hududdagi elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va iste’molchilar uchun barqaror elektr ta’minotini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️ Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube | 🌐instagram
+4
📌📌📌📌📌📌
⚡️KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Jizzax viloyati bo‘ylab kuz-qish mavsumida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida barcha shahar va tuman elektr ta’minotlarida tarmoqlarning texnik holati o‘rganilmoqda.
Jumladan, elektr tarmoqlaridagi yuklamalarni tekshirish va mavjud muammolarni oldindan aniqlash maqsadida teplovizor ko‘rigi o‘tkazilmoqda.
⚡️Teplovizir tekshiruvlar orqali elektr qurilmalaridagi qizib ketish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️ Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube | 🌐instagram
+2
#foto_fakt
⚡️YANGI ELEKTR TARMOQIDA MONTAJ ISHLARI
Sh. Rashidov tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan “Navoiy” fideridagi 10 kVli elektr tarmog‘ini ikkiga bo‘lish doirasida yangi tarmoqda montaj ishlari olib borilmoqda.
Yangi tarmoqni barpo etish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jarayon davomida elektr tarmog‘ining tegishli qismlarida montaj va o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️ Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube | 🌐instagram
+6
#foto_fakt
⚡️KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Kuz-qish mavsumida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida “Navoiy” fideri havo elektr tarmoqlarida daraxt shoxlarini tozalash ishlari olib borilmoqda.
Umumiy uzunligi 35 kilometr bo‘lgan havo elektr tarmog‘i bo‘ylab daraxt shoxlari elektr uzatish liniyalariga xavf tug‘dirmasligi uchun ishchi kuchi yordamida tartibga keltirilmoqda.
Ishlar davomida elektr tarmoqlarining texnik holati ham ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️ Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube | 🌐instagram
+9
#jarayon
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Xavastlik va Taraqqiyot MFY hududida “Ergashev” fideri havo elektr tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlari olib borilmoqda. Ishlar maxsus texnika yordamida amalga oshirilmoqda.
✅Umumiy uzunligi 29 kilometr bo‘lgan “Ergashev” fiderida daraxt shoxlarini tozalash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️ Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube | 🌐instagram
📌📌📌📌📌📌
KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING!
Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:
Ishonch telefoni: +998781507561,
Telegram-bot: @HETanticor_bot ,
Call-markaz: 1154
Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
#TEZKOR
⚡️ELEKTR ENERGIYASIDA REJALI UZILISHLAR
Hurmatli Sh.Rashidov tumani iste’molchilari!
Elektr tarmoqlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Ergashev” fiderida daraxt shoxlarini tozalash ishlari amalga oshiriladi.
bugun Soat 10:30dan 18:00 gacha quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi:
📌 Xavastlik MFY
📌 Taraqqiyot MFY
⚡️Keltirilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️ Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube | 🌐instagram
#DIQQAT
⚡️ELEKTR ENERGIYASIDA REJALI UZILISHLAR
Hurmatli Sh.Rashidov tumani va Jizzax shahri iste’molchilari!
Elektr ta’minoti barqarorligini oshirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Zilol” va “Sovxoz-8” 35/10 kV podstansiyalarida transformatorlarni almashtirish ishlari amalga oshiriladi.
📅Soat 08:00 dan 19:00 gacha quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi:
Sh.Rashidov tumani:
📌 Samarqandquduq MFY
📌 Qulpisar MFY
📌 Qahramon MFY
📌 Istiqlol MFYning bir qismi
Jizzax shahri:
📌 Zilol MFYning bir qismi
⚡️ Keltirilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️ Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube | 🌐instagram
#TEZKOR
⚡️ELEKTR ENERGIYASIDA REJALI UZILISHLAR
Hurmatli Sh.Rashidov tumani iste’molchilari!
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “O‘rda” 110/10 kV podstansiyasidan chiquvchi “Navoiy” fideri havo tarmog‘ida daraxt shoxlarini kesish va tarmoqni tozalash ishlari amalga oshiriladi.
📅Bugun soat 10:30 dan 19:00 gacha Bo‘ston MFY hududida elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatiladi.
⚡️Keltirilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️ Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube | 🌐instagram
✅Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolardan charchadingizmi?
Endi hammasi oson va shaffof! "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali sizga zamonaviy xizmatlarni taklif etadi:
⚡️"HET Billing" ilovasi: Qaysi soatda qancha elektr energiyasi ishlatganingizni onlayn kuzating, to‘lovlarni amalga oshiring va tejashni o‘rganing.
Foydalanish xususida videoqo‘llanma.
Ilova Android hamda IOS da.
✅"Bir darcha" xizmati: Fermer xo‘jaligi yoki tadbirkorlik ochmoqchimisiz? Ortiqcha hujjatbozliksiz, bitta ariza bilan elektr tarmog‘iga ulaning.
🚜Maxsus texnika va mutaxassislar: Sim tortish, transformator o‘rnatish va texnik sozlash ishlarini malakali mutaxassislarimiz zamonaviy texnikalar yordamida bajaradi.
🛠Servis xizmati: Yillik shartnoma tuzing va yil davomida texnik ko‘rik hamda xavfsizlik nazoratini mutaxassislarimizga topshiring.
Jizzax HET — tadbirkor va aholi uchun ishonchli yelkadosh!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali Matbuot xizmati
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
📱Telegram | 📱Facebook | 📱Youtube | 📱instagram
Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi.
—
Президент нашей страны вместе с супругой прибыл с официальным визитом в Сербию.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича отбыл в эту страну с официальным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿“MUSTAQILLIK TO‘YI” VA “BILIMLAR KUNI” BAYRAM TADBIRI
Jizzax politexnika institutida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Mustaqillik to‘yi” hamda “Bilimlar kuni” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali rahbariyati ham taklif etildi. Tadbir davomida talabalar va professor-o‘qituvchilarni yangi o‘quv yili hamda Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etib, ularga o‘qish va ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaklari bildirildi.
⚡️Shuningdek, soha uchun bilimli va malakali yosh kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib, energetika sohasida faoliyat yuritishni istagan yoshlar uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filialining eshiklari doimo ochiqligi ta’kidlandi.
Bugungi kunda filialda 1 214 nafar xodim faoliyat yuritib, hudud aholisini barqaror va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash yo‘lida mehnat qilmoqda.
Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan oliy ta’lim muassasalari bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim va amaliyotni integratsiya qilish borasidagi vazifalaridan kelib chiqib, Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Bu kabi hamkorlik yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, fidoyi yosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️ Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube | 🌐instagram
+6
Jizzaxda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev rahbarligida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mavsumni munosib o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholiga zarur sharoitlarni yaratish, energetika resurslari ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. — Bugun har bir rahbar o‘z hududida mavsumga qanchalik tayyorgarlik ko‘rilganini aniq raqam va amaliy natijalar bilan ko‘rsatib berishi kerak. Mahallalarga biriktirilgan mas’ullar, elektr va gaz ta’minoti tashkilotlari, favqulodda vaziyatlar tizimi xodimlari bu vazifalarni qay darajada anglab yetgan? Isitish mavsumi qanday o‘tkaziladi? Is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilmoqda? — degan savollar yig‘ilishda ochiq qo‘yildi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida viloyatdagi 169 ta ko‘p qavatli uyning 139 tasida, ya’ni 82 foizida mukammal ta’mirlash ishlari bajarilgan. Biroq Zafarobodda 9 ta, Paxtakorda 8 ta, Jizzax shahrida 5 ta, Do‘stlik va Forish tumanlarida 4 tadan ko‘p qavatli uyda haligacha ishlar boshlanmagan. Issiqlik ta’minotini yaxshilash maqsadida 8,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan Jizzax shahrining “Sayiljoyi” mahallasidagi qozonxonaga 2 ta, “Jizzaxlik”, “Obod” va “Ittifoq” mahallalaridagi qozonxonalarga 1 tadan, Zomin tumani “Qayirma” mahallasidagi qozonxonaga 1 ta qozon o‘rnatish, issiqlik tarmoqlari tortish va individual issiqlik punktlarini o‘rnatish belgilangan. Elektr tarmoqlari obyektlarini qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha hisobotlarda 100 foizlik natijalar ko‘rsatilayotgan bo‘lsa-da, amalda 348 kilometr elektr tarmog‘i va 87 ta transformator punkti hali ko‘rikdan o‘tkazilmagan. Shuningdek, 927 ta transformator ta’mirlanmagan. Joriy yilda elektr tarmoqlari, podstansiyalar va transformatorlar holatini yaxshilash uchun 163 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan. Biroq ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilishi va belgilangan ishlarning bajarilishi qoniqarli emas. Masalan, Baxmal tumani “Mustaqillik” MFYga ajratilgan 3 mlrd so‘mning atigi 24 foizi, ya’ni 712 mln so‘mi o‘zlashtirilgan. Natijada 31 kilometr elektr tarmog‘i tortish va 929 ta ustun o‘rnatish ishlari bajarilmagan. Gaz ta’minoti obyektlarini qish mavsumiga tayyorlash ishlari ham talab darajasida emas. Viloyat bo‘yicha 32,2 kilometr, ya’ni 47 foiz gaz quvurlari rekonstruksiya qilinmagan. Suyultirilgan gaz ta’minotidagi holat ham jiddiy. Rejaga nisbatan 1,1 ming tonna suyultirilgan gaz kam yetkazib berilgan. Qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini ko‘mir bilan ta’minlash ham muhim vazifalardan biri. Viloyat bo‘yicha jami 78,3 ming tonna ko‘mir yetkazib berish belgilangan bo‘lib, shundan 40,5 ming tonnasi ijtimoiy soha obyektlari, 35,4 ming tonnasi aholi uchun mo‘ljallangan. Biroq ijtimoiy soha obyektlariga hali 16,8 ming tonna, ya’ni rejaning 42 foizi miqdorida ko‘mir yetkazib berilmagan. Vaholanki, omborlarda 7,4 ming tonna ko‘mir mavjud. Yig‘ilishda qish mavsumida aholi xavfsizligini ta’minlash, xususan, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish masalasiga ham alohida urg‘u berildi. Bu borada targ‘ibot-tushuntirish ishlarini isitish mavsumi boshlanishini kutmasdan, hozirdan kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Mahallalarga biriktirilgan Favqulodda vaziyatlar va gaz ta’minoti xodimlari xonadonbay ish olib borib, aholiga gaz va isitish qurilmalaridan xavfsiz foydalanish, mo‘ri va ventilyatsiya tizimlarini tekshirish, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berishi lozim.“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati 🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating! ✔️ Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube | 🌐instagram
#DIQQAT
⚡️ELEKTR ENERGIYASIDA REJALI UZILISHLAR
Hurmatli G‘allaorol tumani iste’molchilari!
Elektr tarmoqlarida barqaror va sifatli elektr ta’minotini ta’minlash maqsadida “Yangiqo‘rg‘on” 110/35/6 kV podstansiyasida T-4, VT-4-110, VT-4-6 hamda 6 kV fiderlarda reja asosida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
📅 2026-yil 10-sentabr kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi:
📌 Alamli MFY
📌 G‘.G‘ulom MFY
📌 Samarqand MFY
📌 Do‘stlik MFY
📌 Qashqabuloq QFY qishloqlari
📌 Mirzabuloq QFY
📌 Sarbozor QFY mahallalari
⚡️Keltirilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️ Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube | 🌐instagram
#TEZKOR
⚡️ ELEKTR ENERGIYASIDA QISQA MUDDATLI UZILISH
Hurmatli Mirzacho‘l tumani elektr energiyasi iste’molchilari!
Yangi elektr tarmog‘ini mavjud tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan Gagarin shahrida soat 15:30 dan 16:00 gacha elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatiladi.
⚡️Keltirilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali matbuot xizmati
🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
✔️ Telegram | 📱Facebook | 📹Youtube | 🌐instagram
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: O‘zbekiston va Hindiston munosabatlari yangi darajaga olib chiqiladi. Davlatimiz rahbari ShHTning Bishkek sammiti tadbirlarida ishtirok etdi. Poytaxtimizda Zamonaviy san’at markazi ochildi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Ózbekstan hám Hindstan qatnasıqları jańa basqıshqa kóteriledi. Mámleketimiz basshısı ShBShniń Bishkek sammiti ilájlarında qatnastı. Paytaxtımızda Zamanagóy kórkem óner orayı ashıldı.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Узбекистан и Индия выведут отношения на новый уровень. Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в заседании Совета глав государств Шанхайской организации сотрудничества. В столице открылся Центр современного искусства.
—
Weekly review of the most important events: Uzbekistan and India to elevate relations to a new level. President Shavkat Mirziyoyev took part in the meeting of the Council of Heads of State of the Shanghai Cooperation Organisation. The Center for Contemporary Arts has opened in the capital.
Facebook|Instagram|X
📌📌📌📌📌📌
AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi.
Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
