en
Feedback
Qo'qon elektr ta'minoti masofasi "ЭЧ-3" (Rasmiy kanal)

Qo'qon elektr ta'minoti masofasi "ЭЧ-3" (Rasmiy kanal)

Open in Telegram

Admin: 👉 @Ibroxim_Ismoilovich 👉 @ECh_Kokand Bot:👉 @echkokandbot Channel: Ссылка-приглашение_ Invitation link: https://t.me/ech_3Kokand

Show more
303
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
+130 days
Posts Archive
Hurmatli hamkasblar! Ish faoliyatimizda doimiy o‘sish, bilim va malakani yangilab borish har doimgidek muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda sizlar bilan foydali, ishonchli va sinovdan o‘tgan darsliklar, qo‘llanmalar, metodik materiallar jamlangan maxsus Telegram botni bo‘lishmoqchiman. 📚 Bu bot orqali siz: - qiziqishingizga mos kerakli darsliklar va elektron manbalarni topasiz; - zamonaviy ilmiy-texnik materiallardan xabardor bo‘lasiz; - o‘quv jarayonini yengillashtiruvchi vositalardan foydalanasiz. 🧠 Ilm – qudrat! Bilim – kuch! Keling, birgalikda o‘z ustimizda ishlaylik va rivojlanaylik. 👉 Virtual darslar Marhamat, foydalaning va do‘stlaringiz bilan ulashing! Fikr-mulohazalaringizni kutaman! Biz bilan rivojlaning ✊ @ech_3kokand

#Дахшат ⚡Икки эркак ток уриб воқеа жойида вафот этди😱 Кузатув камера ўрнатаётиб металл нарвон электр симига тегиб кетган Бизда кузатиб боринг👇🏻                 TELEGRAM | INSTAGRAM | YOUTUBE

Repost from «UTY» darslari
2025 йил 09 июн куни Кийикли-Хизирбобо станциялар оралиғининг 4172 кмда соат 09:04да Таджибаев Пўлат Сулаймонович билан бўлга
2025 йил 09 июн куни Кийикли-Хизирбобо станциялар оралиғининг 4172 кмда соат 09:04да Таджибаев Пўлат Сулаймонович билан бўлган бахтсиз ҳодиса Telegram | YouTube

👍👍👍👍👍👍👍👍 Bugungi kasb fidoyisi rukni ostidagi sahifa mehmoni – “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qo‘qon elektr ta’minoti ma
👍👍👍👍👍👍👍👍 Bugungi kasb fidoyisi rukni ostidagi sahifa mehmoni – “Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qo‘qon elektr ta’minoti masofasi” filiali Qo‘qon kontakt tarmog‘i bo‘limi katta elektromexanigi Xamidov Baxrom Sodiqovich.
Temir yo‘ldagi mehnat faoliyati davri: 38 yil. Mazkur vazifada 2016-yildan buyon ishlab kelmoqda. 2019-yili “Faxriy temir yo‘lchi” Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
⛓️Batafsil o'qish #Kasb_fidoyisi 🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

⚡️O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun, juma kuni nishonlanadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi qoshidagi Fatvo markazining ma’lum qilishicha, Zulhijja oyining birinchi kuni bugun — 28-may, chorshanbaga to‘g‘ri keldi. Hijriy-qamariy yil hisobi bo‘yicha Zulhijja oyining 10-kuni Iydul Azho – Qurbon hayitining birinchi kuni hisoblanadi. Shunga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda Qurbon hayitining birinchi kuni 6-iyun, juma kuni nishonlanadi. 🔘 @xushnudbekuz

0️⃣0️⃣0️⃣📺📺#jahon_tajribasi Niderlandiya temir yo‘llarida relslarni robot yordamida payvandlovchi tizim joriy qilinadi. Ger
+2
0️⃣0️⃣0️⃣📺📺#jahon_tajribasi Niderlandiya temir yo‘llarida relslarni robot yordamida payvandlovchi tizim joriy qilinadi.
Germaniyaning Myunster shahrida temir yo‘l infratuzilmasini qurish va texnik xizmat ko‘rsatishga bag‘ishlangan 29-Xalqaro IAF ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir har yili Germaniya temir yo‘l muhandislari uyushmasi (VDEI) tomonidan tashkil etiladi. Avtonom robot tizimi – relslarni ta’mirlashda yangi bosqich Ko‘rgazma doirasida Robel Rail Automation, ProRail, VolkerRail va Strukton Rail kompaniyalari o‘rtasida Niderlandiya temir yo‘l operatori ProRail tarmog‘i uchun robotlashtirilgan rels payvandlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha memorandumi imzolandi. Ushbu qarorga kelishdan avval Rotterdam portidagi temir yo‘l yo‘laklarida bir yil davomida tajriba tariqasida 8 marotaba sinovli payvandlash ishlari amalga oshirilgan. Texnologiya haqida Robot tizimi ikkita konteyner ichiga o‘rnatilgan va temir yo‘l platformasiga joylashtiriladi. Qurilma batareyalar orqali ishlaydi va relslar hamda strelkali o‘tkazgichlar joylaridagi nuqsonlarni aniqlash va ularni payvandlash orqali bartaraf etishga mo‘ljallangan. Payvandlashdan so‘ng yuzalar frezerlanadi (silliqlanadi). Ushbu tizim mustaqil ravishda kechasi, yomg‘ir yoki boshqa noqulay ob-havo sharoitida ham ishlay oladi. Ish jarayonida temir yo‘lning ikkinchi yo‘nalishini yopishga hojat yo‘q, bu esa harakat jadvalini buzmaydi. Kelajak rejalari Imzolangan memorandum bilan loyiha tijoriylashtirish va keng joriy etish bosqichiga o‘tdi. Tizimning 2–3 yil ichida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
🌐railwayinfra.uz ❤️‍🔥Telegram  ❤️‍🔥Facebook ❤️‍🔥Instagram

Ҳаракат хавфсизлиги бузилиши ҳодисалари юзасидан МАЪЛУМОТ (2025 йил 1 май ҳолатига https://t.me/+EQLOEyB_DLhiNzFi

🚉Yosh mutaxassislar o'rtasida “Eng faol yosh mutaxassis” tanlovining ⚡️⚡️ Elektr ta’minoti sohasi bo‘yicha yakuniy bosqichi
+6
🚉Yosh mutaxassislar o'rtasida “Eng faol yosh mutaxassis” tanlovining ⚡️⚡️ Elektr ta’minoti sohasi bo‘yicha yakuniy bosqichi yakunlandi! 🗓Joriy yilning 21-22-may kunlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruv raisi Z.Gʻ. Narzullayevning 2025-yil 3-martdagi 91-N-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, sohaga zamonaviy bilimli, intellektual salohiyatli kadrlarni tanlab olish yo‘lida “Eng faol yosh mutaxassis – 2025” tanlovining Elektr ta’minoti sohasi bo‘yicha yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov quyidagi ikki bosqichda o‘tkazildi: 1️⃣Nazariy bosqich – “Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi”da o‘tkazilib, ishtirokchilarning kasbiy bilim darajasi baholandi. 2️⃣Amaliy bosqich – Toshkent elektr ta’minoti distansiyasida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini real amaliy mashg‘ulotlar orqali namoyon qilishdi. Tanlov yakunlari bo‘yicha: 🥇1-o‘rin – Qo‘qon MTU filiali Qo‘qon elektr ta’minoti masofasi filiali ECHK-26 Haqqulobod elektromontyori Mamatov Rashidjon Ravshanjon o‘g‘li 🥈2-o‘rinni Qo‘ng‘irot MTU filiali Miskin elektr ta’minoti masofasi o‘qitish bo‘yicha yo‘riqchisi Urazniyazov Asrbek Aralbay o‘g‘li 🥉3-o‘rinni • Buxoro MTU filiali Buxoro elektr ta’minoti masofasi filiali 42-sonli Kiyikli kontakt elektr tarmoqlari katta elektromexanigi Yo‘ldoshev Ziyodulla Ortiq o‘g‘li qo‘lga kiritdi.
🔝Yosh mutaxassislarimizning bunday yutuqlari – ularning mehnasevarligi, kasbiga sadoqati va yuqori bilim darajasining natijasidir! Gʻoliblar 30-iyun kuni “Temiryo‘lchi yoshlar forumi” doirasida tantanali taqdirlanadi. Shuningdek, ular tegishli boshqarmada 3 oylik amaliyot o‘tash huquqiga ega bo‘ladi. #energetik #EngFaolYoshMutaxassis #Temiryo‘lchiYoshlar Temiryo‘lchi_yoshlar 🚉🚂 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook | 🎞YouTube

Korxonamiz ishchisi Mamatov Abdurashid 1-orinni oldilar. Tabriklaymiz muborak bolsin. Alloh xayrli qilsin. Qolgan ishchi xodimlarga xam ulkan muvaffaqqiyat tilaymiz

🚉 “Eng faol yosh mutaxassis” tanlovining Elektr ta'minoti sohasi bo‘yicha yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda! Joriy yilning 15-m
+6
🚉 “Eng faol yosh mutaxassis” tanlovining Elektr ta'minoti sohasi bo‘yicha yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda! Joriy yilning 15-may kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Boshqaruv raisi Z.G‘. Narzullayevning 2025-yil 3-martdagi 91-N-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, sohaga zamonaviy bilimli, intellektual salohiyatli kadrlarni tanlab olish yo‘lida “Eng faol yosh mutaxassis – 2025” tanlovining Elektr ta'minoti sohasi bo‘yicha yakuniy bosqichi o‘tkazilmoqda. Tanlov quyidagi ikki bosqichda o‘tkaziladi: 1️⃣Nazariy bosqich – “Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi”da o‘tkazilib, ishtirokchilarning kasbiy bilim darajasi baholandi. Ertaga, 2️⃣Amaliy bosqich – Toshkent elektr ma'minoti distansiyasi Raximova nimstansiyasida bo‘lib o‘tadi. Bu yerda ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini real amaliy mashg‘ulotlar orqali namoyon qilishadi. #EngFaolYoshMutaxassis #Temiryo‘lchiYoshlar #Tanlov2025 #Intellekt #ZamonaviyYoshlar Temiryo‘lchi_yoshlar 🚉🚂 📝Telegram | 💻Instagram | 📝Facebook | 🎞YouTube

⚡️Prezident topshirig‘iga ko‘ra, energetika sohasida ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlanadi! Kimlar yordam oladi? - Bolalar
⚡️Prezident topshirig‘iga ko‘ra, energetika sohasida ehtiyojmand oilalar qo‘llab-quvvatlanadi!
Kimlar yordam oladi? - Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olayotganlar - “Kam ta’minlangan” oila sifatida ro‘yxatga olinganlar - Ro‘yxatda bo‘lmasa-da, daromadi past bo‘lgan oilalar (har oila a’zosiga tushadigan oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan kam bo‘lsa)
Yordam qanday bo‘ladi?
⚡️ Elektr energiyasi uchun: Agar oyiga 150 kVt/soatdan ortiq ishlatsangiz, bazaviy narx bilan yangi oshirilgan narx o‘rtasidagi farqni davlat to‘lab beradi.
🔥Tabiiy gaz uchun: – Qishda: 250 m³ gacha – Yozda: 150 m³ gacha ushbu miqdorlardan ortiq iste’mol qilinsagina, narx farqini davlat qoplaydi.
📱 Biz ham sizga yengillik yaratish maqsadida ilovamizda keshbek va bonus tizimlarini joriy qildik. @HGTuz

Дунёни ларзага солган сурат.. Суриялик болакайнинг очликдан вафот қилаётиб айтган сўнги сўзлари; "Ойижон, жаннатда егулик бер
Дунёни ларзага солган сурат.. Суриялик болакайнинг очликдан вафот қилаётиб айтган сўнги сўзлари; "Ойижон, жаннатда егулик беришадими?"

Мана нима учунг каска кийиб юриш керак.

Францияда FloWatt номли жуда катта масштабли лойиҳа бошланди, у 20 минг хонадонга “яшил” электр энергияси етказиб беради. Лойиҳани HydroQuest ва Qair компаниялари иттифоқи ишлаб чиқмоқда, станция Нормандиядаги Раз-Бланшар ҳудудида қурилмоқда, бу ерда кучли денгиз оқимлари энергия ишлаб чиқариш учун идеал шароит яратади. Лойиҳа асосини 7 та HQ 2.5 моделидаги сув ости турбиналари ташкил этади. Улар 30–35 метр чуқурликда ўрнатилган, қирғоқдан деярли кўринмайди ва денгиз экотизими учун мутлақо хавфсиздир. Турбиналар 25 йил давомида шовқинсиз, чиқиндисиз ва кўзни хира қиладиган кўринишларсиз ишлайди. HQ 2.5 турбинасининг асосий афзалликлари: ▪️ Чуқур ўрнатилган — бўронларнинг таъсир зонасидан ташқарида ▪️ Енгил ва чидамли материаллардан тайёрланган ▪️ Флора ва фаунага минимал таъсир кўрсатади ▪️ Ҳатто ўртача оқим тезлигида ҳам самарали ишлайди Оммо қойил👏 👉 @Energetika

​​Биринчи қуёш электр станцияси тақдири қандай бўлган? Тарихга назар Биринчи қуёш электр станцияси 1913 йилда Мисрда қурилган. У Миср пойтахти – Қоҳирадан 25 километр узоқликда, Маади шаҳри яқинида қад ростлаган. Унинг «муаллифи» — америкалик муҳандис Френк Шуман бўлган. Станцияда 60 от кучи қувватини бера оладиган, силлиқланган пўлатдан ясалган кўзгудан фойдаланилган, бу қувват буғ двигателини ҳаракатланиши учун етарли эди. Бироқ Биринчи жаҳон уруши бошланиб, ушбу ҳудуддаги нотинчлик туфайли электр станцияси ташландиқ ҳолга келиб қолди. Кейинчалик энергия манбаи сифатида нефт самаралироқ, деб топилди. Навбатдаги йирик қуёш электр станцияси Мисрда нақд 100 йилдан кейингина пайдо бўлди. Мисрда 2019 йили Шарм-аш-Шайҳ қуёш электр станцияси қурилди ва у Мисрнинг ушбу ҳудудидаги йирик яхлит гелиоқурилмалар тармоғида биринчиси бўлди. Қуёш электр станцияси қуввати 5 МВтни ташкил этади ва у тахминан 2 минг аҳоли уйларини электр энергияси билан таъминлай олади, шу билан бирга карбонад ангидрид гази ажралмасини йилига 3,5 минг тоннагача қисқартиради. Келажакда барча гелиоқурилмалар мажмуаси 40 МВт электр энергияси ишлаб чиқариши режалаштирилган. 👉 @Energetika