cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali. Asosiy kanal — @xushnudbek.

Show more
Advertising posts
50 776
Subscribers
-2524 hours
-1807 days
+38830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
“Lolazor”ning keyingi sonida Behzod Hoshimov bilan suhbat qilamiz. Yakshanba kuni tomosha qilishingiz mumkin, Xudo xohlasa. ❓Sizningcha, yana kimlarni mehmonga chaqiraylik? Variant bering-chi. 🔘@xushnudbekuz
Show all...
👍 110❤‍🔥 20🔥 8👎 6💯 3🤣 2
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? #abituriyent ✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/24239 Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz. 2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/19940 ❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa). Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. 🔘 @xushnudbekuz
Show all...
👍 106❤‍🔥 10🔥 9🤣 5💯 1🤪 1
Photo unavailableShow in Telegram
Do’stlar guruhidagi yozishmadan. Masonlar sho’ttami :)
Show all...
🤣 318👍 37🤪 14🔥 8💯 3❤‍🔥 2
Angliya yana 90-daqiqadan keyin gol urdi :)
Show all...
🤣 150👍 18🔥 11🤪 6❤‍🔥 2👎 2
Salkam 20 daqiqada 2 ta gol urdik. Jamoalarning uyg’ongani rost bo’lsin, degan she’r yozish payti keldi, menimcha.
Show all...
🤣 239👍 31❤‍🔥 16🔥 7🤪 4
00:26
Video unavailableShow in Telegram
Bu video O’zbekistonda olinganiga ishongim kelmayapti (#) Biznikilar ham biror mojaroli vaziyatni so’kmasdan, baqirmasdan, urushmasdan, muomala bilan hal qilsa bo’larkan-da? Men uchun olamshumul yangilik bo’ldi lekin 🙂 Sabrli haydovchiga rahmat. Haq bo’lsa ham, past ketish uchun katta kuch kerak. Qoidalarni buzmanglar! 🔘@xushnudbekuz
Show all...
IMG_7618.MP44.96 MB
👍 588🤣 86🔥 59😢 8💯 6❤‍🔥 2🤪 1
Photo unavailableShow in Telegram
66 foiz obunachimiz Ispaniya finalga chiqishini to‘g‘ri taxmin qilishibdi. Bugun esa ko‘pchilik Angliya yutadi, degan. Men esa bugun Niderlandiya yutishi tarafdoriman. Chunki final qiziq bo‘lishini istayman. Har holda Niderlandiya Angliyaga nisbatan qiziqroq o‘ynay oladi, bu shubhasiz. Ispaniya yutishini xohlayman, desam, ayrimlar "Italiya muxlisi edingizku, kim yutsa shunga sakraysizmi", deyishibdi. Sizlarni bilmadimu, men muxlislikni muqaddaslashtirmaganman. Menga birinchi o‘rinda chiroyli futbol kerak, mazza qilib o‘yin tomosha qilgim keladi. Shu sababli menga Euro2024 da qaysi jamoa yutishini unchalik qizig‘i yo‘q. Nima uchun Ispaniya yutgani yaxshi? Hech qachon Ispaniyaga muxlislik qilmaganman, lekin ushbu turnirda ularning yutishi adolatli bo‘ladi, deb hisoblayman. Nega? Chunki agar Angliyaga o‘xshagan jamoa chempion bo‘lsa, unda boshqa murabbiylar ham taktikalarini mana shunaqa "o‘lik" uslubga o‘tkazadi. Jamoalar muxlislar uchun emas, quruq natija uchun o‘ynashni boshlaydi. Bunda futbol jozibasi yo‘qoladi, muxlislar yutqazadi. Bor gap shu. 🔘@xushnudbekuz
Show all...
👍 412💯 47🔥 33🤪 11👎 8❤‍🔥 4🤣 1
Umidni oqlashdi. Menimcha, bu turnirda chempionlikka loyiq yagona jamoa Ispaniya. Haqiqatdan chiroyli futbol namoyish etishmoqda. Finalda qizil furiyaga omad tilayman. Adolatli yakun bo’lishi kerak. Uyqusirayotgan Angliya yoki zerikarli Niderlandiya chempion bo’lishini xohlamasdim. 🔘@xushnudbekuz
Show all...
👍 348🔥 44🤣 27❤‍🔥 14👎 11💯 9🤪 1
Mana shu gapni yozganimda ayrimlar meni futbolni tushunmaydi, deganmidi :) Ispaniyaning yarim tarkibi o’ynamaydi, Fransiya yorvoradi, deyishganmidi… Assalomu alaykum barchangizga :)
Show all...
👍 180🤣 169🔥 25❤‍🔥 3💯 2👎 1🤪 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun ham mana bunaqa super-fantastik o’yin ko’rsak zo’r bo’lardi.
Show all...
❤‍🔥 172👍 63🤣 41🔥 24🤪 5👎 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.