en
Feedback
Ўз.Фармацевтлари ассоциацияси

Ўз.Фармацевтлари ассоциацияси

Open in Telegram

Целью создания и деятельности Ассоциации являются содействие в обеспечении профессиональной и научной деятельности специалистов фармацевтического профиля, повышение эффективной деятельности аптечных и фармацевтических организаций РУз.

Show more
3 722
Subscribers
No data24 hours
+27 days
-1930 days
Posts Archive
🟦🟦🟦 Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari va ustoz-murabbiylariga Aziz talabalar! Hurmatli professor-o‘qituvchilar! Avva
🟦🟦🟦 Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari va ustoz-murabbiylariga Aziz talabalar! Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Fursatdan foydalanib, yurtimiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining minglab talaba-yoshlari, fidoyi professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilariga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Bugun mamlakatimizdagi 28 ta davlat va nodavlat tibbiyot oliygohida hamda qo‘shma ta’lim yo‘nalishlarida jami 91 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 9 ming nafari xorijiy talabalardir. Qadrli yoshlar! Bilasiz, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashga qaratilgan izchil islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, tibbiyot yo‘nalishida zamonaviy bilimlarga ega, kreativ fikrlaydigan yangi avlod kadrlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotir. Shu maqsadda tibbiyot oliygohlarida zamonaviy klinik bazalar, simulyatsion markazlar, ilg‘or laboratoriyalar va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Albatta erishilayotgan natijalar quvonarli. Oldimizda esa yanada ulkan vazifalar turibdi. Kuni kecha davlatimiz rahbari tibbiyot va farmasevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishar ekan, bu boradagi ustuvor maqsadlarni belgilab berdi.
Xususan, keyingi o'quv yilidan tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 5+1 modeli asosida amalga oshiriladigan 6 yillik “Umumiy tibbiyot” ta’lim dasturiga transformatsiya qilinadi. Bu model 5 yillik nazariy va amaliy ta’lim hamda 1 yillik uzluksiz klinik amaliyotni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamshiralar akademiyasi negizida AQSHning Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda Ilg‘or tibbiy hamrohlik maktabi tashkil etiladi. Bunday islohotlardan ko‘zlangan maqsad bitta! U ham bo‘lsa, tibbiyotimiz uchun fidoyi va o‘z kasbiga sodiq yangi avlod tibbiyot xodimlarini tayyorlashdan iborat. Hurmatli talabalar! Sizlar — mamlakatimiz tibbiyotining kelajagisiz. Tanlagan kasbingiz inson hayoti va salomatligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shu ma’noda, talabalik yillarini ulkan imkoniyatlar davri sifatida qadrlab, zamonaviy tibbiyot ilmlarini, xorijiy tillarni, raqamli texnologiyalar va yangi innovatsion yondashuvlarni puxta egallashingizga tilakdoshman.
Talabalik davringiz katta yutuqlar va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin! Ilm olish va izlanishdan aslo to‘xtamang! Yangi o‘quv yili barchangizga muborak bo‘lsin! Eldor ADILOV, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

❓ Рақамли тиббиёт: Қанча дорихона “Электрон рецепт” тизимида ишлаяпти? 🖥 “Электрон рецепт” DMED тизимидаги асосий модуллардан бири бўлиб, аҳоли ва тиббиёт ходимлари учун кўплаб қулайликлар яратаётганлиги билан эътиборга молик.
🗓 Жорий этиш муддатлари:
📍 2025 йил 10 декабрдан Тошкент шаҳри ҳамда тажриба-синов тариқасида белгиланган 15 та туман (шаҳар)да амалиётга киритилди. 📍 2027 йил 1 январдан юртимизнинг қолган ҳудудларида ҳам тўлиқ жорий этилади.
⚙️ Ишлаш тартиби:
👨‍💻 Шифокор бемор учун “Электрон рецепт” модули орқали QR-кодли электрон рецептни шакллантиради ва у автоматик тарзда дорихоналарнинг ахборот тизимига узатилади. ❌ Электрон рецептни сохталаштириб бўлмайди. Чунки, шифокор, клиника ва дорихона маълумотлари автоматик тарзда қайд этиб борилади. 📍 “Электрон рецепт” модули ҳозирга қадар Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази ахборот тизими ҳамда Солиқ қўмитаси Маҳсулотлар (товарлар ва хизматлар) ягона электрон миллий каталоги билан интеграция қилинди. 💻 Шунингдек, ушбу модул дорихоналардаги 40 га яқин ахборот тизимлари билан интеграциялаштирилди. 💊 Натижада бугун юртимиздаги 11 мингдан зиёд дорихоналар “Электрон рецепт” тизими асосида фаолият олиб бормоқда.
❓Бу нима берди?
💊 Дори воситаларини тайинлаш тизимли назоратга олинди. ❌ Антибиотикларни кўрсатмасиз сотиш барҳам топяпти. ‼️Умуман, бу модул туфайли қоғоз шаклидаги рецепт, шифокор қабулига узундан узоқ навбат ва ортиқча бюрократик тўсиқлар ҳамда бошқа нохуш ҳолатлар тарихга айланмоқда. Facebook | Instagram |Telegram| You Tube

​​Тиббиёт ва фармацевтика ходимлари учун янги давлат рўйхатидан ўтказиш тизими жорий этилмоқда Барча тиббиёт ва фармацевтика ходимларини қамраб оладиган ягона электрон реестр шакллантирилади. У 16 та ахборот базаси билан интеграция қилиниб, мутахассиснинг таълими, малакаси ва касбий фаолиятига оид маълумотларни бир жойда жамлаш имконини беради. Давлат рўйхатидан ўтишни 2027 йилдан ихтиёрий, 2030 йилдан эса мажбурий тартибда жорий этиш таклиф қилинмоқда. Кейинчалик давлат рўйхатидан ўтмаган мутахассис тиббий ёки фармацевтик фаолият билан шуғуллана олмайди. Баҳолаш босқичма-босқич – фундаментал ва клиник фанлар, кейин эса мутахассислик бўйича амалга оширилади. Бунинг учун ягона тест ва топшириқлар банки, замонавий симуляцион базалар ташкил этилади. Имтиҳондан ўта олмаган мутахассисларга қайта топшириш имконияти берилади. Янги тизимга ихтиёрий равишда эртароқ кирган ходимларни рағбатлантириш ҳам назарда тутилган. Имтиҳондан муваффақиятли ўтиб, давлат рўйхатига киритилган олий маълумотли шифокор ва фармацевтика ходимларига меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорининг 5 бараваригача, ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимларига 2,5 бараваригача устама тўлаш таклиф этилди. Давлат рўйхатидан ўтказиш ва мутахассислар малакасини баҳолаш ишларини ташкил этиш учун алоҳида марказ фаолияти йўлга қўйилади. Facebook | Instagram |Telegram| You Tube

Repost from Uzpharmagency
🔴 АҚШ Фармакопеяси (USP) билан фармацевтика соҳасида ҳамкорлик кенгаймоқда 📌 Тиббиёт ва фармацевтика тармоғини ривожлантири
🔴 АҚШ Фармакопеяси (USP) билан фармацевтика соҳасида ҳамкорлик кенгаймоқда 📌 Тиббиёт ва фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги ҳамда АҚШ Фармакопеяси (United States Pharmacopeia — USP) вакиллари ўртасида онлайн учрашув ўтказилди. Унда фармацевтика тармоғида илмий ва профессионал салоҳиятни оширишга қаратилган истиқболли йўналишлар муҳокама қилинди. ✅ Учрашувда кадрлар салоҳиятини ривожлантириш ва ўзаро тажриба алмашиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Хусусан, ўзбекистонлик олим ва мутахассисларни USP’нинг етакчи лабораториялари ва объектларида амалий тажриба орттириш ҳамда малака ошириш учун юбориш имкониятлари кўриб чиқилди. ✅ Шунингдек, USP мутахассисларини Ўзбекистонда барпо этилаётган лаборатория ва илмий-тадқиқот инфратузилмаларига жалб этиш, улар иштирокида амалий машғулотлар ҳамда тажриба алмашинуви дастурларини ташкил этиш бўйича фикр алмашилди. ✅ Мулоқот давомида мамлакатимизда ташкил этилаётган замонавий лабораториялар ва илмий-тадқиқот марказларини лойиҳалаштириш ҳамда жиҳозлаш жараёнларида USP’нинг илғор халқаро тажрибасидан фойдаланиш масаласи ҳам муҳокама қилинди. На русском | In English Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | linkedin

Repost from Uzpharmcontrol
🟦🟦🟦 Hurmatli dorixona tashkilotlari rahbarlari! Xabaringiz bor, mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
🟦🟦🟦 Hurmatli dorixona tashkilotlari rahbarlari! Xabaringiz bor, mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq, "Elektron retsept" tizimini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, "Elektron retsept" moduliga hali ulanmagan dorixonalarga DMED yagona tibbiyot axborot tizimining eHealth platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va tizimga ulanish tavsiya etiladi. Mazkur platformaga ulanish orqali dorixonalar elektron retseptlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda tizim joriy etilishi jarayoniga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rishi mumkin. 📼 Platformaga ulanish uchun havola 📼 eHealth platformasidan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar (o‘zbek va rus tillarida) Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi dorixona tashkilotlarini mazkur imkoniyatdan foydalanib, eHealth platformasiga o‘z vaqtida ulanish choralarini ko‘rishga chaqiradi. Bu elektron retsept tizimini joriy etish jarayonini samarali tashkil etish va kelgusidagi ish faoliyatini uzluksiz davom ettirishga xizmat qiladi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

#Tibbiyot_novatorlari 🔴 🟦🟦🟦
🌟 SSV Matbuot xizmati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan «Tibbiyot novatorlari» medialoyihasining bu galgi mehmoni — jajji yuraklar xaloskori Bobur To‘rayev.
🔺 Endigina 34 yoshni qarshilagan qahramonimiz Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Yaponiya va Avstraliyaning eng nufuzli klinikalarida tajriba orttirib, bugungacha yurtimizda 1000 dan ziyod bemor bolalarda murakkab jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli bajargan. 📹 Yangicha formatda tayyorlangan ushbu videokontent orqali Toshkent davlat tibbiyot universiteti bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi yosh kardiojarrohining erishgan yutuqlari va operatsiya stoli ortidagi kechinmalari bilan tanishasiz. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Repost from SSV matbuot kotibi
#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴 ✨✨✨✨ ❗️Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yangi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy e
#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴 ✨✨✨✨ ❗️Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yangi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etilmoqda
Yurtimizda 2027-yil 1-iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi.
Mutaxassislarning kasbiy malakasi mustaqil ravishda, shaffoflik prinsiplari asosida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan baholanadi. 2030-yilga qadar ro‘yxatdan o‘tish ixtiyoriy, maxsus imtihon orqali yoki malaka toifasi berilayotganda avtomatik tarzda 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Avval berilgan malaka toifalari esa muddati tugagunga qadar kuchda qolib, ustamalar va lavozim huquqlari saqlanadi. 2030-yildan keyin ham imtihondan o‘ta olmagan xodim ishdan chetlatilmaydi, unga bir yil ichida qayta imtihon topshirish huquqi berilib, ish faoliyati davom ettiriladi. Uch yil va undan ko‘p vaqt davomida ishlamagan xodimlar uchun ham imkoniyat yaratiladi. Ular ixtisoslashuv kurslarini tamomlab, qayta ro‘yxatdan o‘tsa kifoya, muddati tugamagan taqdirda esa imtihon umuman talab etilmaydi. Kamida 20 yillik ish staji va ilmiy darajaga ega shifokorlar uchun esa eng katta imtiyoz belgilangan. Ular hech qanday imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ko‘p yillik tajriba va ilmiy salohiyat shu tariqa rasman tan olinib, ular qo‘shimcha sinovlardan ozod etiladi. Baholash tizimi xalqaro darajada to‘liq modernizatsiya qilinadi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. ——————— 🔴 🔰🔰🔰🔰 ❗️Внедряется новая система государственной регистрации медицинских работников
С 1 июля 2027 года в стране запускается новая система государственной регистрации медицинских и фармацевтических работников, полностью соответствующая международным стандартам.
Профессиональная квалификация специалистов независимо, на принципах прозрачности будет оцениваться Центром оценки квалификации медицинских и фармацевтических работников. До 2030 года регистрация будет осуществляться в добровольном порядке, по результатам специального экзамена, либо автоматически при присвоении квалификационной категории, сроком на 5 лет. При этом ранее присвоенные квалификационные категории сохраняются до истечения срока их действия, а связанные с ними надбавки и должностные права остаются в силе. Медицинский работник, не сдавший экзамен, не отстраняется от работы, ему предоставляется право пересдачи в течение одного года, и всё это время он продолжает трудовую деятельность. Есть возможность и для тех, кто не работал по специальности три года и более, достаточно пройти курсы повышения квалификации и повторно пройти регистрацию. А если срок действующей регистрации ещё не истёк, сдавать экзамен не требуется. Для врачей со стажем работы не менее 20 лет и учёной степенью предусмотрена самая значимая льгота, они проходят государственную регистрацию без экзамена. Таким образом, многолетний опыт и научный потенциал получают официальное признание и освобождаются от дополнительных испытаний. Система оценки будет полностью модернизирована на международном уровне. 🚑  Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Repost from SSV matbuot kotibi
#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴✨✨✨✨ ❗️Oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga ustama to‘lanadi 2027/2028-o‘quv yilidan bos
#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴✨✨✨✨ ❗️Oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga ustama to‘lanadi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamshiralar akademiyasi negizida, dunyoning top (1-o‘rin) hamshiralik maktabiga ega bo‘lgan Pensilvaniya universiteti (AQSH) bilan hamkorlikda Ilg‘or tibbiy hamrohlik maktabi tashkil etiladi.
“Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi “Oliy tibbiy hamrohlik ishi” yo‘nalishiga o‘zgartirilib, bitiruvchi ayollarga “hamshira”, erkaklarga esa “tibbiyot og‘asi” kvalifikatsiyasi beriladi. Bakalavriatga qabul har yili kamida 20 foizga oshirib boriladi, ta’lim esa yetakchi xorijiy OTMlari bilan qo‘shma dasturlar asosida, ularning o‘quv dasturlarining kamida 70 foizini o‘zlashtirgan holda tashkil etiladi. Bakalavriatni tamomlagan hamshira va tibbiyot og‘alariga har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 baravari, magistraturani tamomlaganlarga esa 2 baravari miqdorida ustama to‘lanadi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. ——————— 🔴 🔰🔰🔰🔰 ❗️Медсестры и медбраты с высшим образованием будут получать надбавки
С 2027/2028 учебного года на базе Академии медсестер в Ташкентском государственном медицинском университете создается Школа передового медицинского сопровождения в сотрудничестве с Университетом Пенсильвании (США), чья Школа сестринского дела занимает 1-е место в мире.
Направление бакалавриата «Высшее сестринское дело» будет преобразовано в «Высшее медицинское сопровождение». Выпускникам-женщинам будет присваиваться квалификация «медицинская сестра», мужчинам — «медицинский брат». Прием на бакалавриат будет ежегодно увеличиваться не менее чем на 20%, а обучение организуют по совместным программам с ведущими зарубежными вузами с внедрением не менее 70% их образовательных программ. Выпускникам бакалавриата по направлению будет устанавливаться ежемесячная надбавка в размере 1 МРОТ, а выпускникам магистратуры — 2 МРОТ. 🚑  Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Repost from SSV matbuot kotibi
#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴✨✨✨✨ ❗️Rezidentura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlashning yagona tizimiga aylanadi 2027/20
#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴✨✨✨✨ ❗️Rezidentura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlashning yagona tizimiga aylanadi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab shifokor-mutaxassislar tayyorlash to‘liq rezidentura dasturlari orqali amalga oshiriladi. Klinik ordinaturaga qabul to‘xtatiladi. Shu bilan birga, qisqa muddatli qayta tayyorlash dasturlari orqali yangi tor ixtisoslikka ega bo‘lish amaliyoti bekor qilinadi.
Magistratura tor ixtisoslikdagi shifokorlarni tayyorlash bosqichi sifatidagi maqomini yo‘qotib, faqat ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga yo‘naltiriladi. Bunda magistraturada tahsil olishga turdosh ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilari ham qabul qilinishi mumkin. Rezidenturada ta’lim davlat granti asosida amalga oshiriladi. Qabul kvotalari hududlar, tibbiyot tashkilotlari ehtiyoji hamda alohida yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar yetishmovchiligini inobatga olgan holda tasdiqlanadi. Rezidentlar uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2,15 baravari miqdorida stipendiya joriy etiladi. Rezidenturani muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga Milliy malakalar ramkasining 7-darajasiga muvofiq diplom beriladi. Ushbu diplom doktoranturada ta’limni davom ettirish huquqini beradi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. ——————— 🔴 🔰🔰🔰🔰 ❗️Резидентура станет единственным путем подготовки врачей узкого профиля
С 2027/2028 учебного года подготовка врачей-специалистов будет полностью осуществляться через программы резидентуры. Прием в клиническую ординатуру прекращается.
Также отменяется получение новой узкой специальности посредством краткосрочных программ переподготовки. Магистратура перестает быть этапом подготовки узкопрофильных врачей и будет ориентирована исключительно на подготовку научных и научно-педагогических кадров. При этом к обучению в магистратуре смогут допускаться также выпускники смежных направлений подготовки. Подготовка в резидентуре будет осуществляться на основе государственного гранта. Квоты приема будут утверждаться с учетом текущей потребности регионов, медицинских организаций и дефицита специалистов по отдельным направлениям. Для резидентов вводится повышенная стипендия в размере 2,15 минимального размера оплаты труда. По завершении обучения выпускники резидентуры будут получать диплом, соответствующий 7 уровню Национальной рамки квалификаций, который предоставит право на продолжение обучения в докторантуре. 🚑  Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Repost from Uzpharmcontrol
⭕️⭕️⭕️ Buxoroda “Arzon apteka bot”dagi e’lonlar asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 101 turdagi dori vositasi noqonuniy savdodan olindi Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va farminspeksiya boshqarmasi tomonidan Buxoro viloyatida “Arzon apteka bot” mobil ilovasida joylashtirilgan e’lonlar asosida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida noqonuniy dori vositalarini realizatsiyasi bilan bog‘liq jiddiy qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Shuningdek, mazkur ilovada dorixona sifatida ko‘rsatilgan “Onlayn 5” nomli subyektning manzilida dorixona emas aslida “BTS” tezkor pochta xizmatining Buxoro viloyati ofisi faoliyat yuritayotgani fosh etildi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Repost from SSV matbuot kotibi
#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴✨✨✨✨ ❗️Oliy tibbiy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlar boshlanmoqd
#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴✨✨✨✨ ❗️Oliy tibbiy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan islohotlar boshlanmoqda
“Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 5+1 modeli asosida amalga oshiriladigan 6 yillik “Umumiy tibbiyot” ta’lim dasturiga transformatsiya qilinadi. Ushbu model 5 yillik nazariy va amaliy ta’lim hamda 1 yillik uzluksiz klinik amaliyotni o‘z ichiga oladi.
Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha yagona talablar joriy etiladi. Xususan, shifokorlik mutaxassisliklari uchun minimal o‘tish balli 70 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash yo‘nalishlari uchun esa 60 foizni tashkil etadi. Shuningdek, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun minimal o‘tish ko‘rsatkichi kirish imtihonlaridan eng yuqori ballning kamida 60 foizi etib belgilanadi. Bakalavriat ta’lim dasturlariga qabul parametrlari sog‘liqni saqlash tizimining real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Ayni paytda tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun talabalarning uzluksiz amaliy tayyorgarligini ta’minlaydigan o‘z yoki biriktirilgan klinik bazalarga ega bo‘lish bo‘yicha majburiy talablar belgilanadi. Ta’lim jarayoniga dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari hamda simulyatsiya markazlarida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. ——————— 🔴 🔰🔰🔰🔰 ❗️Начинается масштабная реформа системы высшего медицинского образования с упором на качество
Направление «Лечебное дело» преобразуется в 6-летнюю программу «Общая медицина», реализуемую по модели 5+1: пять лет обучения и один год непрерывной клинической практики.
Для повышения качества подготовки вводятся единые требования к освоению образовательных программ: минимальный проходной балл составит 70% для врачебных специальностей и 60% — для подготовки среднего медицинского персонала. Кроме того, минимальный порог для приема на платно-контрактной основе составит не менее 60% от максимального количества баллов вступительных испытаний. Параметры приема на программы бакалавриата будут формироваться исходя из реальной потребности системы здравоохранения. Также для медицинских вузов устанавливаются обязательные требования по наличию собственных либо закрепленных клинических баз, обеспечивающих непрерывную практическую подготовку студентов. В образовательный процесс в обязательном порядке внедряются принципы доказательной медицины и обучение практическим навыкам в симуляционных центрах. 🚑  Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Repost from SSV matbuot kotibi
#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴 ✨✨✨✨ ❗️Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yangi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy e
#Yangilik #Tibbiy_talim 🔴 ✨✨✨✨ ❗️Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun yangi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etilmoqda
Yurtimizda 2027-yil 1-iyuldan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini xalqaro standartlarga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi.
Mutaxassislarning kasbiy malakasi mustaqil ravishda, shaffoflik prinsiplari asosida Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan baholanadi. 2030-yilga qadar ro‘yxatdan o‘tish ixtiyoriy, maxsus imtihon orqali yoki malaka toifasi berilayotganda avtomatik tarzda 5 yil muddatga amalga oshiriladi. Avval berilgan malaka toifalari esa muddati tugagunga qadar kuchda qolib, ustamalar va lavozim huquqlari saqlanadi. 2030-yildan keyin ham imtihondan o‘ta olmagan xodim ishdan chetlatilmaydi, unga bir yil ichida qayta imtihon topshirish huquqi berilib, ish faoliyati davom ettiriladi. Uch yil va undan ko‘p vaqt davomida ishlamagan xodimlar uchun ham imkoniyat yaratiladi. Ular ixtisoslashuv kurslarini tamomlab, qayta ro‘yxatdan o‘tsa kifoya, muddati tugamagan taqdirda esa imtihon umuman talab etilmaydi. Kamida 20 yillik ish staji va ilmiy darajaga ega shifokorlar uchun esa eng katta imtiyoz belgilangan. Ular hech qanday imtihonsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ko‘p yillik tajriba va ilmiy salohiyat shu tariqa rasman tan olinib, ular qo‘shimcha sinovlardan ozod etiladi. Baholash tizimi xalqaro darajada to‘liq modernizatsiya qilinadi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. ——————— 🔴 🔰🔰🔰🔰 ❗️Внедряется новая система государственной регистрации медицинских работников
С 1 июля 2027 года в стране запускается новая система государственной регистрации медицинских и фармацевтических работников, полностью соответствующая международным стандартам.
Профессиональная квалификация специалистов независимо, на принципах прозрачности будет оцениваться Центром оценки квалификации медицинских и фармацевтических работников. До 2030 года регистрация будет осуществляться в добровольном порядке, по результатам специального экзамена, либо автоматически при присвоении квалификационной категории, сроком на 5 лет. При этом ранее присвоенные квалификационные категории сохраняются до истечения срока их действия, а связанные с ними надбавки и должностные права остаются в силе. Медицинский работник, не сдавший экзамен, не отстраняется от работы, ему предоставляется право пересдачи в течение одного года, и всё это время он продолжает трудовую деятельность. Есть возможность и для тех, кто не работал по специальности три года и более, достаточно пройти курсы повышения квалификации и повторно пройти регистрацию. А если срок действующей регистрации ещё не истёк, сдавать экзамен не требуется. Для врачей со стажем работы не менее 20 лет и учёной степенью предусмотрена самая значимая льгота, они проходят государственную регистрацию без экзамена. Таким образом, многолетний опыт и научный потенциал получают официальное признание и освобождаются от дополнительных испытаний. Система оценки будет полностью модернизирована на международном уровне. 🚑  Пресс-служба Минздрава. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Repost from SSV matbuot kotibi
+2
🔴🟦🟦🟦
📋Xabar berganimizdek, kecha Prezidentimiz tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
🖥🖥🖥 Taqdimotdan so‘ng Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov hamda vazir o‘rinbosari Adham Xudaykulov bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, belgilab berilgan vazifalar hamda istiqboldagi rejalar haqida “O‘zbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки медицинских и фармацевтических кадров, их государственной регистрации и непрерывного профессионального образования. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🟦🟦🟦 Toshkentda USP User Forum – 2026 xalqaro farmatsevtika forumi o‘tkaziladi "Toshkent Pharma Park" klasteri majmuasida f
🟦🟦🟦 Toshkentda USP User Forum – 2026 xalqaro farmatsevtika forumi o‘tkaziladi "Toshkent Pharma Park" klasteri majmuasida farmatsevtika sohasi mutaxassislarini birlashtiruvchi USP User Forum – Toshkent 2026 xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Amerika Farmakopeyasi (USP) tomonidan tashkil etilayotgan tadbirda farmatsevtika mahsulotlari sifati, zamonaviy sifat nazorati va xalqaro standartlarning amaliyotga joriy etilishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilinadi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

🟤 🟦🟦 Mahalliy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari diqqatiga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi
🟤 🟦🟦 Mahalliy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari diqqatiga Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonida ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan o'tkazish bilan bog'liq amaldagi tartiblar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori hamda Sog'liqni saqlash vazirining 2026-yil 14-apreldagi 2-son buyrug'i bilan tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonida ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan o'tkazish tartibi belgilangan.
Mazkur tartibga muvofiq, tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda ishlab chiqarish sharoitlari ISO 13485 xalqaro standarti bilan uyg'unlashtirilgan milliy standart talablariga muvofiqligi yuzasidan inspeksiyadan o'tkaziladi.
Shuningdek, tan olish (prequalification) asosida ro'yxatdan o'tkaziladigan, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan (prequalification), JSST bilan hamkorlikda ro'yxatdan o'tkaziladigan "in vitro" diagnostika tibbiy jihozlari uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan istisnolar saqlanib qoladi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-137-son Farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-iyuldan boshlab tibbiy jihozlar uchun muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda ishlab chiqaruvchining ISO 13485 milliy standartiga muvofiqlik sertifikatiga ega bo'lishi talab etiladi.
Ma'lumot uchun, O‘zMSt ISO 13485:2025 milliy standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini olish masalalari yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi huzuridagi Sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organiga murojaat qilishingiz mumkin.
📼 Tel: 71 203-01-01 (ichki: 2085, 2086, 2087) 📼 Elektorn pochta: farmkomitet@ssv.uz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

4 savolga 4 javob: Muhim maʼlumotlar eslatmasi 👍 Xorijiy dori vositalarini umumiy tartibda va tan olish yo‘li bilan ro‘yxatd
4 savolga 4 javob: Muhim maʼlumotlar eslatmasi
👍 Xorijiy dori vositalarini umumiy tartibda va tan olish yo‘li bilan ro‘yxatdan o‘tkazishda taqdim etiladigan sertifikat va guvohnomalarning haqqoniyligi qanday tartibda tekshiriladi? - Javob 👍 Yangi tartbiga muvofiq guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qanday amalga oshiriladi? - Javob 👍 Qanday hollarda tibbiy jihozlarni ro‘yxatdan o‘tkazmasdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish mumkin? - Javob 👍 Yangi tartib bo‘yicha tibbiy jihozlar ro‘yxatdan o‘tkazilishi qanday amalga oshiriladi? - Javob Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Repost from FTTI.UZ
🔥FAQAT 2026-YIL ABITURIENTLARI UCHUN — SUPER IMKONIYAT! 😱 ⚡️ DTM ballingiz 150 ball va undan yuqorimi? 🎓 ❗️ Unda siz uchun
🔥FAQAT 2026-YIL ABITURIENTLARI UCHUN — SUPER IMKONIYAT! 😱 ⚡️ DTM ballingiz 150 ball va undan yuqorimi? 🎓 ❗️ Unda siz uchun Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida katta imkoniyat! 🎁 40% CHEGIRMA! Agar siz 2026 yilda institutimizga o‘qishga topshirayotgan abiturient bo‘lsangiz va DTM natijangiz 150 ball yoki undan yuqori bo‘lsa 40% chegirmaga ega bo‘lishingiz mumkin! 💰CHEGIRMA BILAN KONTRAKT NARXLARI: 💊 Farmatsiya 29 000 000 so‘m → 17 400 000 so‘m 💊 Sanoat farmatsiyasi 26 000 000 so‘m → 15 600 000 so‘m 🩺Davolash ishi 33 000 000 so‘m → 19 800 000 so‘m 🔬Tibbiy profilaktika ishi 29 000 000 so‘m → 17 400 000 so‘mYuqori ball — katta imkoniyat! Sifatli ta’limni tanlang va kontrakt to‘lovida 40% tejang! 📌 Imkoniyat cheklangan! Shoshiling! 🇺🇿 FTTI — sifatli ta’lim, katta imkoniyatlar! BATAFSIL MAʼLUMOT UCHUN: + 998 71 202 05 50 🎓 TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#Bilishingiz_kerak 🔴 🟦🟦🟦 ❓ Davlat tibbiy sug‘urtasi: Imtiyozli toifadagi shaxslarga davolanish uchun yo‘llanma qanday ras
#Bilishingiz_kerak 🔴 🟦🟦🟦 ❓ Davlat tibbiy sug‘urtasi: Imtiyozli toifadagi shaxslarga davolanish uchun yo‘llanma qanday rasmiylashtiriladi?
📄 Bu boradagi tartib “Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda belgilangan.
🩺 Unga ko‘ra, bemor imtiyozli yo‘llanma asosida tibbiy yordam olish uchun o‘zi biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasiga murojaat qiladi. Oilaviy shifokor bemorni ko‘rikdan o‘tkazib, uning ambulator yoki statsionar davolanishga ehtiyojini belgilaydi. 🔬 Agar statsionar davolanish zarur deb topilsa, bemor DMED tizimi orqali elektron yo‘llanma asosida tuman yoki shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasidagi tor soha mutaxassisiga yo‘naltiriladi. Tor soha mutaxassisi zarur hollarda qo‘shimcha laborator va instrumental tekshiruvlar tayinlaydi. 👨‍💻 Natijalarga ko‘ra, bemor shifoxonada davolanishi zarur deb topilsa, tegishli xulosa va tekshiruv natijalari DMED axborot tizimiga kiritiladi. Bemor imtiyozli toifaga kirishi axborot tizimlari integratsiyasi orqali aniqlanadi va uning hujjatlari hudud darajasidagi tibbiy tanlov komissiyasiga yuboriladi. 🏥 Komissiya bemor uchun qanday muolaja zarurligi va uni qaysi darajadagi tibbiyot muassasasida davolash maqsadga muvofiqligini belgilaydi. Ya’ni bemor tuman-shahar, viloyat yoki respublika darajasidagi muassasada davolanishi bo‘yicha xulosa chiqariladi.
🇷🇺 Agar bemorni respublika darajasida davolash zarur bo‘lsa, uning o‘zi emas, hujjatlari DMED orqali respublika komissiyasiga yuboriladi. Respublika komissiyasi davolanishni ma’qullashi yoki bemorni hudud darajasida davolash mumkinligi haqida xulosa berishi mumkin.
Respublika darajasida davolanish tasdiqlangach, bemorga tibbiyot tashkilotini tanlash huquqi beriladi. Tanlov bemorning o‘zi yoki uning xohishiga ko‘ra oilaviy shifokor orqali DMED tizimida amalga oshiriladi. 🔎 Tizimda bemorning tashxisi va zarur tibbiy amaliyot bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga ruxsat berilgan davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari ro‘yxati shakllanadi. 🗓 Bemor ushbu ro‘yxatdan o‘ziga ma’qul tibbiyot tashkilotini 30 kun ichida tanlab, yo‘llanmani tasdiqlashi kerak. 📱 Shundan so‘ng bemor tegishli yo‘nalish bo‘yicha elektron navbatga qo‘yiladi. Navbat yetib kelgach, yo‘llanma avtomatik tasdiqlanadi va tibbiyot tashkiloti bemorni xabardor qiladi. ‼️ Bemor yo‘llanma tasdiqlangan kundan boshlab 10 kun ichida tibbiyot tashkilotiga kelishi lozim. Aks holda yo‘llanma o‘z kuchini yo‘qotadi va bemor qaytadan navbatga turishi kerak bo‘ladi. 💉 Shu bilan yo‘llanma rasmiylashtirish va elektron navbatga qo‘yish jarayoni yakunlanib, bemorni davolash bosqichi boshlanadi. ➡️ Davolash va tashxislash belgilangan standartlar, klinik protokollar hamda tibbiy ko‘rsatmalar asosida amalga oshiriladi. Yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatishda ham belgilangan tartibga rioya qilinadi. 📌 Muolaja uchun zarur bo‘lgan dori vositalari, qimmatbaho tibbiy buyumlar va boshqa tegishli xarajatlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilgan. Shu sababli mazkur davolanish doirasida bemordan qo‘shimcha to‘lov olinmaydi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram