es
Feedback
Ўз.Фармацевтлари ассоциацияси

Ўз.Фармацевтлари ассоциацияси

Ir al canal en Telegram

Целью создания и деятельности Ассоциации являются содействие в обеспечении профессиональной и научной деятельности специалистов фармацевтического профиля, повышение эффективной деятельности аптечных и фармацевтических организаций РУз.

Mostrar más
3 754
Suscriptores
-224 horas
-17 días
-4330 días
Archivo de publicaciones
Repost from N/a
Рады сообщить об открытии AISHA Fiziomed Clinic ✨ С 20 апреля мы начинаем работу, предлагая профессиональный подход к восстановлению, профилактике и поддержанию здоровья. В клинике представлено всё для комплексной заботы о вашем самочувствии. Приём ведётся по предварительной записи. Будем рады видеть вас с понедельника по субботу с 8:00 до 22:00 🤍 📍 г. Ташкент, ул. Янгизамон, 14 📞 +998 99 850 60 30 — AISHA Fiziomed Clinic ochilganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz ✨ 20-apreldan boshlab biz tiklanish, profilaktika va salomatlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha professional yondashuvni taklif etib, ish boshlaymiz. Klinikada o‘zingizni yaxshi his qilishingiz uchun kompleks g‘amxo‘rlikning barchasi mavjud. Qabul oldindan yozilish asosida amalga oshiriladi. Sizni dushanbadan shanbagacha 8:00 dan 22:00 gacha mamnuniyat bilan kutamiz 🤍 📍Toshkent shahri, Yangizamon ko‘chasi, 14 📞 +998 99 850 60 30

🌍🌍🌍 XALQARO NASHRLARGA YO‘L OCHILDI 🔵Tibbiyot va farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi hamda Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti (MBFITI) va Web of Science xalqaro ma’lumotlar bazasining Oʻzbekistondagi vakili Abdumuminova Diana Temurlanovna bilan hamkorlikda “Web of Science bo‘yicha maxsus seminar bo‘lib o‘tdi. 📌Seminar davomida Web of Science platformasining imkoniyatlari, xalqaro nufuzli jurnallarni tanlash mezonlari, ilmiy maqolalarni xalqaro standartlar asosida tayyorlash, muallif profillarini rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqotlarning xalqaro ko‘rinuvchanligini oshirish masalalari yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. 🟢Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar. Seminar so‘ngida ma’ruzachi Abdumuminova Diana Temurlanovnaga sertifikat tantanali ravishda topshirildi. MBFITI AXBOROT XIZMATI | Websayt | Instagram |Telegram | | Facebook | Youtube | Linkedin |

Repost from SSV matbuot kotibi
🔴 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ ❓Tibbiyot xodimlari farzandlarining to‘lov-kontrakti uchun subsidiya qanday ajratiladi? Davlat tibbiyot
🔴 1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ Tibbiyot xodimlari farzandlarining to‘lov-kontrakti uchun subsidiya qanday ajratiladi?   Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismi qoplab beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi tegishli qarori bilan bunga doir nizom tasdiqlangan.
Xo‘sh, bu imtiyoz kimlarga tatbiq etiladi?
  💬 Ushbu subsidiya davlat tibbiyot muassasasida amalda ishlayotgan va kamida 15 yillik mehnat stajiga ega tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga beriladi.  
Subsidiya miqdori qancha?
  💬 Хodimning ta’lim olayotgan yoki talabalikka tavsiya etilgan farzandlariga O‘zbekiston hududidagi davlat va xususiy oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi qoplab beriladi. Mazkur mablag‘ xodim yoki talabaning bank kartasiga o‘tkazilmaydi. Subsidiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri farzand tahsil olayotgan oliy ta’lim tashkilotining tegishli hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
 Ariza qanday shakllantiriladi?
  💬 Kontrakt subsidiyasi uchun ariza topshirish maqsadida brauzer orqali subsidiya.imv.uz rasmiy manziliga kiring. Tizimdagi amaldagi identifikatsiya usuli orqali avtorizatsiyadan o‘ting.   Yo‘nalish menyusini bosing va “Ta’lim sohasini rivojlantirish” bo‘limidan “Davlat tibbiyot muassasalarida kamida o‘n besh yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yillik to‘lov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish” xizmatini tanlang.   Arizada o‘zingizning JShShIR va aloqa ma’lumotlaringizni tekshiring. Keyin farzandingizning JShShIRi va tug‘ilgan sanasini kiriting.   Farzand bilan qarindoshlik, O‘zbekiston hududidagi davlat va xususiy oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat bosqichi, talaba maqomi va kontrakt summasiga oid ma’lumotlar tegishli axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi.   Barcha ma’lumotlarni qayta tekshirgandan so‘ng elektron rozilik va arizani tasdiqlang.  
Natija qanday tekshiriladi?
  💬 Arizaga ID raqami beriladi. Uning qabul qilingani, ko‘rib chiqilayotgani, rad etilgani yoki subsidiya ajratilgani haqidagi ma’lumotni shaxsiy kabinet orqali kuzatish mumkin.  
Bir ariza bilan bir necha farzandga subsidiya beriladimi?
  💬 Bir nechta farzand bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan (yoki talabalikka tavsiya etilgan) bo‘lsa, har bir farzand uchun alohida ariza yuboriladi va subsidiya alohida hisoblanadi.    🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Repost from Uzpharmcontrol
🟦🟦🟦 Markazda chet el farmatsevtika kompaniyalari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Prezidentimiz tashabbusi bilan o
🟦🟦🟦 Markazda chet el farmatsevtika kompaniyalari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oldidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida xorijiy farmatsevtika kompaniyalari vakillari ishtirokida farmatsevtika mahsulotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning amaldagi tartibi, "Darmon" axborot tizimi orqali arizalarni elektron shaklda taqdim etish, hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatlari, Markaz huzuridagi qo‘mitalar tomonidan amalga oshiriladigan ekspertiza bosqichlari, shuningdek, mazkur yo‘nalishda joriy etilgan yangiliklar va amaldagi qonunchilik talablari muhokama qilindi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Repost from Uzpharmcontrol
🟦🟦🟦 Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari diqqatiga! Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan do
🟦🟦🟦 Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari diqqatiga! Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan dori vositalari ishlab chiqaruvchilari uchun Yagona hisobotlar tizimi (YHT) orqali oylik postmarketing hisobotlarini elektron shaklda taqdim etishga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni boshlandi. Mazkur tizim orqali hisobotlarni taqdim etish tartibi Markaz tomonidan yuborilgan rasmiy ko‘rsatma xatida batafsil bayon etilgan. Shuningdek, YHT tizimidan foydalanish tartibini amaliy jihatdan tushuntirish maqsadida 2026-yil 30-iyul kuni soat 15:00 da onlayn o‘quv-seminar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan, korxonangizda postmarketing hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishga mas’ul xodimning seminarda ishtirok etishini ta’minlashingizni so‘raymiz. 📊Zoomga ulanish uchun havola 📊Identifikator: 844 9588 3751 📊Kirish kaliti: 448986 📊Murojaat uchun: (71) 203-01-01 (2346) Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Repost from Uzpharmcontrol
🟦🟦🟦🟦 Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi Prezidentimizning tadbirkorlar bilan joriy yilgi ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi rahbariyati, Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mas’ullari hamda mahalliy farmatsevtika korxonalari vakillari ishtirok etdi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Repost from Uzpharmcontrol
🟦🟦🟦 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi Farmatsevtika mahsul
🟦🟦🟦 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Ilmiy kengash a’zolari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, farmatsevtika sohasini rivojlantirish, ilmiy-ta’lim faoliyatini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirishga qaratilgan qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Repost from FTTI.UZ
🔴 TIBBIYOT TARIXINI O‘ZGARTIRGAN INSONLAR Dunyodagi birinchi professional embriolog ayol — Jan Pyordi 🟣 Jan (Jin) Pyordi (Jean Purdy) 1945 yil 25 aprel kuni Angliyaning Kembrij shahrida tavallud topgan. U mehnat faoliyatini Sautgempton umumiy shifoxonasida hamshira sifatida boshlagan. 1968 yilda Kembrij universitetining mashhur fiziologi, keyinchalik Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan professor Robert Edvards bilan tanishib, uning ilmiy laboratoriyasiga ishga qabul qilinadi. Ko‘p o‘tmay jamoaga iste’dodli akusher-ginekolog va laparoskopik jarrohlik bo‘yicha mutaxassis Patrik Steptou ham qo‘shiladi. Shu tariqa reproduktiv tibbiyot tarixida yangi davrni boshlagan mashhur ilmiy jamoa shakllanadi. Jan Pyordi dastlab laboratoriya ishlarida yordamchi sifatida faoliyat yuritgan bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida embriologiya sohasida chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydi. U Kembrij va Oldham shifoxonalari o‘rtasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, laboratoriya jarayonlarini tashkil etish hamda in vitro urug‘lantirish (IVF/EKO) texnologiyasining muhim bosqichlarini amalga oshirishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu tariqa u dunyodagi birinchi professional klinik embriolog ayol sifatida tan olinadi. 1970-yillarda inson embrionini laboratoriya sharoitida rivojlantirish g‘oyasi jamoatchilik va ilmiy doiralarda keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Biroq Jan Pyordi yuqori darajadagi sterillikni ta’minlash, kultura muhitlarini tayyorlash, ootsitlarni inkubatsiya qilish, urug‘lanish jarayonini monitoring qilish hamda embrionlarning erta rivojlanish bosqichlarini baholash kabi o‘ta nozik laboratoriya jarayonlarini katta mas’uliyat bilan bajardi. 1977 yilda aynan Jan Pyordi tarixda birinchi marta in vitro sharoitida hosil bo‘lgan inson embrionining blastotsista bosqichigacha rivojlanganini mikroskop orqali kuzatib, uni ilmiy jihatdan hujjatlashtirdi. Bu reproduktiv tibbiyot tarixidagi eng muhim yutuqlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Uzoq yillik ilmiy izlanishlar o‘z samarasini berdi. 1978 yil 25 iyul kuni dunyoda birinchi marta in vitro urug‘lantirish (IVF/EKO) texnologiyasi yordamida tug‘ilgan chaqaloq — Luiza Braun (Louise Brown) dunyoga keldi. Mazkur voqea reproduktiv tibbiyot sohasida inqilob yasab, bepushtlikni samarali davolash mumkinligini butun jahonga namoyon etdi. 1980 yilda Robert Edvards, Patrik Steptou va Jan Pyordi hamkorligida dunyodagi birinchi ixtisoslashgan EKO markazi — Bourn Hall Clinic tashkil etildi. Jan Pyordi ushbu klinikada bosh embriolog sifatida faoliyat yuritib, yuzlab embrionlarni laboratoriya sharoitida parvarishlash va ko‘chirish jarayonlarini boshqardi, shuningdek, yangi avlod klinik embriologlarini tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi. Afsuski, insoniyatga ota-ona bo‘lish baxtini hadya etgan bu buyuk olimning umri qisqa kechdi. U teri melanomasi bilan og‘rib, 1985 yil 13 aprel kuni, atigi 39 yoshida vafot etdi. Bugungi kunda Jan Pyordi nomi klinik embriologiya va yordamchi reproduktiv texnologiyalar (ART) rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan olim sifatida butun dunyo tibbiyot tarixida alohida hurmat bilan tilga olinadi. Uning mehnati tufayli millionlab oilalar farzandli bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. 🎓TA’LIM – TADQIQOTGA, TADQIQOT – TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Repost from FTTI.UZ
⁉️NEGA AYNAN BIZNI TANLASHADI? 🌎 Xorijiy hamkorlarimiz bilan xalqaro amaliyotlar sizni kutmoqda. 🧬 Amaliyot birinchi o‘rinda: Darslar laboratoriya va ishlab chiqarish bilan uyg‘unlikda o‘tadi. 🏆 Bilim uchun rag‘bat: 💯 YUQORI BALL TO‘PLAGAN TALABALAR UCHUN DAVLAT GRANTLARI MAVJUD ⚖️ Qonuniy va nufuzli: Davlat namunasidagi diplom — muvaffaqiyatli karera kafolati. 🤔 Ikkilanishga vaqt yo‘q! Kel, ko‘r va talabamizga aylan! 🇺🇿 FTTI — sening kelajaging shu yerdan boshlanadi!" 📞 Hoziroq murojaat qiling va talabalik sari ilk qadamingizni qo‘ying! ☎️ +998 71 202-05-50 📄 Litsenziya 👉 Hujjat topshirish 📍Lokatsiya 🎓 TA’LIM  TADQIQOTGA, TADQIQOT TARAQQIYOTGA  YETAKLAYDI! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTubep

#хат Дори воситалари ва тиббий буюмларнинг улгуржи ва чакана реализацияси билан шуғулланувчи тадбиркорлик субъектларига "Фармацевтика маҳсулотлари хавфсизлиги маркази" Давлат муассасасининг 2026 йил 28-июлдаги №41/30-14071-сонли кўрсатма хати Обуна бўлинг | Подпишитесь https://t.me/+CDGty3OjSrhiZGMy

Repost from Uzpharmcontrol
🟦🟦🟦 Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari bilan navbatdagi onlayn muloqot o‘tkazildi Muloqot davomida “ZUMA PHAR
🟦🟦🟦 Mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari bilan navbatdagi onlayn muloqot o‘tkazildi Muloqot davomida “ZUMA PHARMA” MChJ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan 8 nomdagi dori vositasi, “SAMO” MChJ tomonidan ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun taqdim etilgan 2 nomdagi dori vositasi hamda “UZGERMED PHARM” MChJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan va ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish so‘ralgan 2 nomdagi dori vositasiga oid masalalar ko'rib chiqildi. 👉 Batafsil Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Repost from Uzpharmcontrol
🟦🟦🟦 Mahalliy va xorijiy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari diqqatiga! 📆 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida O‘zbe
🟦🟦🟦 Mahalliy va xorijiy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari diqqatiga! 📆 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida mahalliy va xorijiy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etiladi.
Tadbir davomida tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan yangi tartibini amaliyotga tatbiq etish masalalari, ushbu jarayonda yuzaga kelayotgan muammolar hamda tadbirkorlik subyektlarini qiziqtirayotgan savollar muhokama qilinadi.
Shuningdek, ishtirokchilarning murojaat va takliflari yuzasidan Markaz mutaxassislari tomonidan batafsil tushuntirishlar beriladi. Barcha mahalliy va xorijiy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilarini ochiq muloqotda faol ishtirok etishga taklif etamiz. 📊 Vaqti: 30-iyul kuni soat 10:00 📊 Manzil: Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi majlislar zali (location) Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi sogʻliqni saqlash vaziri Fahad bin Abdu
+3
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi sogʻliqni saqlash vaziri Fahad bin Abdulrahmon al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Королевства Саудовская Аравия во главе с министром здравоохранения Фахадом бин Абдулрахманом аль-Джаладжелем. #Mirziyoyev #qabul #SaudiyaArabistoni #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Uzpharmagency
🔴 Айни дақиқаларда жонли эфир! 📌 «Ўзбекистон 24» телеканалининг «Студия 24» ток-шоусида «Миллий фармацевтика: кеча, бугун,
🔴 Айни дақиқаларда жонли эфир! 📌 «Ўзбекистон 24» телеканалининг «Студия 24» ток-шоусида «Миллий фармацевтика: кеча, бугун, эртага» мавзусидаги жонли муҳокамани томоша қилинг. Эфир давомида мамлакатимиз фармацевтика соҳасининг ривожланиш босқичлари, бугунги ислоҳотлар ва истиқболли режалар хусусида мутахассислар фикрлари билан танишишингиз мумкин. Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | linkedin

Repost from N/a
💎💎💎💎 Инвентаризация на фармскладе: пересчитать остатки недостаточно Для фармацевтического склада инвентаризация - процесс
💎💎💎💎 Инвентаризация на фармскладе: пересчитать остатки недостаточно Для фармацевтического склада инвентаризация - процесс на стыке бухгалтерского учета, GDP, управления качеством и складских технологий. 💎Фактическое наличие запасов определяется путем подсчета, взвешивания и осмотра. 💎Результаты необходимо сопоставить с учетными данными и оформить документально. 💎Организация должна обеспечить полное и точное выявление фактического наличия товаров и необходимые ресурсы для проведения инвентаризации. ТребованияGDP: анализ складских запасов должен проводиться регулярно, выявленные отклонения должны документироваться и расследоваться. Поэтому порядок инвентаризации должен быть формализован в СОП либо в согласованном комплекте взаимосвязанных процедур. В процедуре стоит определить: 💎виды и периодичность инвентаризаций;· 💎основания для внепланового пересчета; 💎состав и ответственность участников; 💎правила прекращения или ограничения складских операций; 💎момент фиксации учетных остатков (cut-off); 💎порядок первого и контрольного пересчетов; 💎работу с карантинной, возвращенной, заблокированной, отозванной и продукцией с истекшим сроком годности; 💎расследование расхождений и выполнение CAPA; 💎согласование и внесение корректировок в учетные системы. 💎Полная, циклическая или выборочная? Полная инвентаризация охватывает весь установленный объем запасов на конкретном складе или площадке. Циклическая инвентаризация проводится в течение года по утвержденному графику: по отдельным зонам, группам продукции или категориям риска. Например, чаще можно проверять дорогостоящие препараты, продукцию с высокой оборачиваемостью или позиции, по которым регулярно возникают ошибки. Выборочная инвентаризация проводится по конкретной серии, номенклатуре, ячейке, складскому статусу или после определенного сигнала: отклонения, претензии, сбоя системы, нарушения целостности упаковки либо выявленной ошибки комплектования. 💎Собственный склад и склад провайдера - не одно и то же. На собственном складе организация непосредственно управляет персоналом, зонами хранения, движением продукции и настройками WMS. Здесь проще установить единое время остановки операций, заблокировать ячейки, провести повторный пересчет и проконтролировать внесение корректировок. При хранении на складе логистического провайдера основным риском становится размывание ответственности. Недостаточно получить от провайдера файл с итоговыми остатками. В договоре и соглашении по качеству необходимо определить: 💎 кто инициирует и организует инвентаризацию; 💎кто и в какой момент останавливает приемку, перемещения и отгрузку; 💎кто проводит пересчет и кто его независимо проверяет; 💎как обеспечивается идентификация продукции по владельцу, наименованию, серии, сроку годности и складскому статусу; 💎имеет ли заказчик доступ к площадке, первичным данным и результатам повторного пересчета; 💎кто расследует расхождения и утверждает корректировки; 💎как оформляются результаты и сколько хранятся записи; 💎 допускается ли привлечение провайдером субподрядчиков. 💎Технология может ускорить пересчет, но не заменить контроль Сегодня для инвентаризации используют ручной пересчет, терминалы сбора данных, передвижные станции, весовое оборудование, машинное зрение и складские БПЛА для паллетного хранения. Выбор инструмента зависит от характера запасов и складской технологии. 💎Отдельный вопрос — валидация Если результаты сканирования, взвешивания или автоматического распознавания передаются в WMS или ERP и используются для корректировки учетных остатков, такая цепочка не должна оставаться «черным ящиком». GDPтребует до начала использования компьютеризированной системы подтвердить посредством валидации или верификации, что она получает заданные результаты точно, единообразно и воспроизводимо. Ключевые процессы и оборудование определяются для квалификации и валидации на основании документированной оценки рисков.

Repost from FTTI.UZ
Kelajak sari muhim qadam! 🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida abiturientlar uchun navbatdagi kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonida ishtirokchilar o‘z bilim va tayyorgarliklarini sinovdan o‘tkazib, tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha talaba bo‘lish yo‘lidagi muhim qadamni qo‘ydilar. Kirish imtihonlari belgilangan tartib va talablar asosida, shaffof hamda adolatli muhitda tashkil etildi. Abiturientlarning hayajoni, ishonchi va kelajakka bo‘lgan intilishi ushbu jarayonga alohida ruh bag‘ishladi. Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida har bir abiturientning bilim olish, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish va kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi imtihon — ertangi muvaffaqiyatlar sari tashlangan muhim qadam! Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti — sifatli va kafolatli ta’lim sari ishonchli tanlov! 🆕 DTM balli asosida qabul davom etadi. 🎓TA’LIM – TADQIQOTGA, TADQIQOT – TARAQQIYOTGA YETAKLAYDI! Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

💊 Dori vositalari inson uchun xavfsiz ekanligi qanday aniqlanadi? Buning ortida uzoq davom etadigan ilmiy tadqiqotlar va sinov jarayonlari turadi. Institutimizning Vivarium binosida talabalar dori vositalarini sinash jarayonlari bilan yaqindan tanishib, tajribali mutaxassislar nazorati ostida amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar. 🎓 Nazariy bilimni amaliyot bilan uyg‘unlashtiradigan zamonaviy ta’lim — kelajakdagi malakali farmatsevtlarning mustahkam poydevori. 📩 Siz ham farmatsevtika sohasida zamonaviy sharoitlarda ta’lim olishni istasangiz, biz bilan bog‘laning!

Repost from SSV matbuot kotibi
🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿🇸🇦SSV: Saudiya Arabistoni delegatsiyasi O‘zbekistonning tibbiyotni raqamlashtirish tajribasi bilan t
+7
🔴 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿🇸🇦SSV: Saudiya Arabistoni delegatsiyasi O‘zbekistonning tibbiyotni raqamlashtirish tajribasi bilan tanishdi Mamlakatimizda bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vaziri Fahd bin Abdurahmon Al-Jalajil boshchiligidagi delegatsiya Yagona integrator – “Uzinfocom”da bo‘lib, yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yechimlarini amaliyotga keng joriy etish borasidagi ishlar bilan tanishdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, SEHA Virtual Hospital, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, “Uzinfocom” hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida Xalqaro ko‘p tarmoqli virtual kardiologiya komissiyasi faoliyatiga start berildi. Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasida tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, murakkab klinik holatlarni yetakchi mahalliy va xalqaro mutaxassislar ishtirokida masofadan muhokama qilish hamda bemorlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Tadbir doirasida ushbu komissiyasining ilk yig‘ilishi ham o‘tkazilib, raqamli texnologiyalar orqali kardiologik kasalliklarni tashxislash va davolashga oid murakkab klinik holatlar yetakchi ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar raqamli sog‘liqni saqlash sohasidagi tashabbuslarni izchil amalga oshirish va hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 🚑 SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Repost from Uzpharmagency
#Nocomment 🔴 Ўзбекистон ва Саудия Арабистони фармацевтика соҳасида стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 📌 Саудия Арабистони Cоғлиқни сақлаш вазири Фаҳд бин Абдурраҳмон ал-Жаложил бошчилигидаги делегациянинг мамлакатимизга ташрифи доирасида давлат идоралари, етакчи тиббиёт муассасалари ва хусусий сектор вакиллари иштирокида Ўзбекистон–Саудия Арабистони бизнес мулоқоти ҳамда давра суҳбати бўлиб ўтди. Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | linkedin

Repost from Uzpharmagency
🔴 Ўзбекистон ва Саудия Арабистони фармацевтика соҳасида стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 📌 Саудия Арабистони Cоғлиқни с
+9
🔴 Ўзбекистон ва Саудия Арабистони фармацевтика соҳасида стратегик ҳамкорликни кенгайтирмоқда 📌 Саудия Арабистони Cоғлиқни сақлаш вазири Фаҳд бин Абдурраҳмон ал-Жаложил бошчилигидаги делегациянинг мамлакатимизга ташрифи доирасида давлат идоралари, етакчи тиббиёт муассасалари ва хусусий сектор вакиллари иштирокида Ўзбекистон–Саудия Арабистони бизнес мулоқоти ҳамда давра суҳбати бўлиб ўтди. ✅ Тадбирда Тиббиёт ва фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги директори Абдулла Азизов мамлакатимизда фармацевтика тармоғини модернизация қилиш, юқори қўшилган қийматга эга ишлаб чиқаришларни ривожлантириш, халқаро инвестицияларни жалб этиш, экспорт салоҳиятини ошириш ҳамда Ўзбекистонни минтақанинг замонавий фармацевтика марказига айлантириш бўйича амалга оширилаётган ислоҳотлар ҳақида маълумот берди. ✅ Шунингдек, хорижлик ҳамкорларга мамлакатимизда барпо этилаётган «BioPharmа City» фармацевтика инновацион кластери тақдим этилди. Лойиҳа доирасида биотехнология, илмий-тадқиқот, инновацион ишлаб чиқариш ва халқаро кооперация учун замонавий инфратузилмани шакллантириш режалаштирилган. ✅ Учрашувнинг муҳим натижаларидан бири сифатида тиббиётнинг бошқа йўналишлари билан бир қаторда фармацевтика соҳасида ҳам ҳамкорлик меморандуми имзоланди. Мазкур келишув инвестициялар, қўшма лойиҳаларни амалга ошириш, технологиялар трансфери ва замонавий дори воситалари ишлаб чиқариш бўйича икки мамлакат ўртасидаги амалий ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқишга хизмат қилади. ✅ Саудия Арабистони делегациясининг Ўзбекистонга расмий ташрифи доирасида икки томонлама учрашувлар ва музокаралар давом этмоқда. Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | linkedin