en
Feedback
Abdulla Xaydarov kanali

Abdulla Xaydarov kanali

Open in Telegram

Head of Operations @ Applied Labs [ex-Amazon] - IT texnologiyalar - IT jamoa boshqaruvi - Dasturchilik - Data Analytics - Product management - Product design - QA testing - System design Linkedin.com/in/abdullakhaydarov

Show more
The country is not specifiedBusiness152 847
233
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Arafa kunlari muborak bo'lsin! 🙌🤝

Mahsulot - bir muammoni xal qilishi kerak [muammoni qiyinlashtirishi emas]. Mahsulotingiz ishlatish uchun qanchalik yengil, t
Mahsulot - bir muammoni xal qilishi kerak [muammoni qiyinlashtirishi emas]. Mahsulotingiz ishlatish uchun qanchalik yengil, tushunarli, va qulay bo'lsa - shuncha yaxshi.

There is just two things that make people rich: education and network. If you are not making enough money, the only reason is that you don't have enough education and network to make that kind of money. Thats why you always hear the most wealthy people at interviews saying they read all the time. Even after they made it, they keep learning everyday. Because that's the only way to make more money. I'm pretty sure I will make more money when I have more education and a stronger network. Thats why I try to learn new things and bring value to my network every day. Just focus on two things everyday: education and network.

Savol: Maoshlik ishga topshirsam "tajribangiz yo'q ekan" deb ishga olishmayapti. Maoshsiz amaliyot loyihalarida qatnashaman desam, tekinga ishlay olmayman. Nima qilay? Qisqa javob: Maoshlik ishga qabul qilishgunigacha, CV-ingizni "amaliyot" loyihalari bilan to'ldiring. Yetarli bilim va tajribaga ega bo'lganingizda, sizga maosh berishni boshlashadi. Uzun javob: Hammamiz bu bosqichdan o'tganmiz. Men ham o'qib yurgan paytlarim ishlarga topshirar edim. Hech kim menga maosh bermagan paytlar bo'lgan. Chunki men ularga ko'p foyda keltira olmas edim. Agar yetarli darajada ularning ishiga foyda keltirganimda, maosh berishgan bo'lar edi. Har xil xalqaro tashkilotlarda "tekinga" amaliyotlar, volontyorlik loyihalarda qatnashganman. Ulardan maosh emas, balki CV uchun bir qator tajriba va sertifikat so'rar edim. CV-im amaliyotlar bilan to'lib ketgandan keyin, birinchi maoshlik ishga qabul qilishgan. Minimal oylik bo'lsa ham, o'zimni chiqimlarimga yetarli bo'lgan. Borib-borib - tajriba va bilimim oshgan sari - oyligim ham oshib bordi [va haligacha oshib boryapti]. Rizqimga yarasha, albatta. Sizda ham shunday bo'ladi. Asosiysi, ishlashdan to'xtab qolmang.

Yangi dasturchi loyihamizni yaxshi davom ettirib ketti. Dokumentatsiya albatta yordam beradi, lekin kuchli [o'z ishini yaxshi biladigan] mutaxassislar ishni oldinga yurg'azishadi. Kuchli jamoadoshlaringizni qadrlang. Ularni ushlab qolishga harakat qiling.

Endi yurishni boshlagan o'g'lim [boshqa payt boshqa xonalarda o'ynab yuradigan bola] namoz boshida "Allohu Akbar" deb Qur'on tilovat qilishni boshlasam, yugurib yonimga kelib oladi. Va termilib qarab turadi. Ba'zida turgan joyida ovoz chiqarib kuladi va chapak chaladi. Ruku'ga borsam man bilan o'ynashadi. Sajdaga borsam emaklab kelib qulog'imga barmog'ini tiqishga harakat qiladi. Sajdadan keyin o'tirsam, yuzim to'g'risida o'tirib pichirlayapgan labimga qarab [xuddi etilyapgan duo va salavotlarni tushunayotgandak] ko'zini uzmasdan termilib turadi. "Yosh bolalar farishtalarni ko'rarmikin..." degan hayol bir qancha vaqt fikrimda aylanib yurdi. Lekin bunga Qur'on va Hadisdan dalil topa olmadim...

Til bilishlik [ayniqsa, ingliz tili] bilim olishga va ish topishga katta yordam beradi [eng katta yordamdir, balki]. Ingliz tili o'rganishga taxminan 3 yil vaqt ketgan. Shundan beri 7 yil Ingliz universitetlarida o'qiganman, 5 yildan beri Amerika kompaniyalarida ishlab kelyapman. Ish kunimda eng ko'p ishlatadigan mohirlik [skill] - bu ingliz tili deb aytgan bo'lar edim. Ishimning 80-90% vaqti - odamlar bilan muloqotdan iborat. Shuning uchun eng muhim instrument [til] ni yaxshi ishlata olishim kerak. Qanchalik yaxshi ishlatsam [to'g'ri so'zlarni to'g'ri joyga qo'yib, tutilmasdan gapirish, fikrimni odamlarga aniq tushuntira bera olishligim], shunchalik loyihalarim sifatli natija berishini sezganman. Sizlarga ham shuni maslahat beraman. Til o'rganing. O'rganib bo'lgan bo'lsangiz, uni rivojlantirishdan to'xtamang.

Elon Musk to'g'amiz odam miyyasiga chip [Neurolink] o'rnatish bo'yicha bir necha yil davomida ishlab kelyaptilar [Neurolink muhandislar jamoasi bilan, albatta]. Agar bu g'oya amalga oshsa, odam bitta tibbiy operatsiya bilan ingliz tili, dasturlash, oliy matematika kabi mohirliklarni [bundan tashqari yana Xudo biladi qancha imkoniyatlar bo'ladi] bir zumda qabul qilib olasiz. Qiziq...

Ko'plar aytishadi: "Project Manager bo'lib ishlamoqchiman. Lekin IT sohasida texnik bilimim yo'q." Mening javobim: Eng kamida nazariy bilim bo'lishi kerak. Bo'lmasa juda qiyin. Quyidagi tushunchalar nima ekanligini bilishingiz kerak: - Frontend. - Backend. - Middleware. - API. - Mobile application. - Web application. - Server/Hosting. - Agile dasturlash tamoyillari. - SDLC. Shularning har bittasi haqida bittadan (yoki ikkitadan) maqola o'qib tushunib olsangiz - boshlanishiga yetarli. Junior PM bo'lib ishga joylashib olishingizga yetarli bo'lishi kerak. Keyin sekin-sekin bu sohalarda bilimingizni ish davomida oshirib boraverasiz.

Loyihamizdan dasturchimiz bugun ketyapti [bo'lib turadi]. O'rniga boshqa dasturchi topib zudlik bilan ishlarni yangi jamoadoshga ko'chirdik. Oxirgi kuni ham iloji boricha hamma bilimlarini qabul qilib oldik. Buni biz "knowledge transfer", deb ataymiz. Knowledge transfer - dasturchi loyiha davomida o'rgangan barcha ma'lumotlarni boshqa jamoadoshlariga o'rgatish. Va iloji boricha qog'ozga tushurish [dokumentatsiya].

Loyihangizda ishlab turgan dasturchingiz ishdan bo'shayapti. Bir xaftadan keyin ketishi kerakligini aytdi. Shu xafta ichida nimalar qilasiz?

Yandex 3.3 millard oylik foydalananuvchilar soni bilan 8-o'rinda. #15 Tiktok #17 ChatGPT

Dunyoning eng katta website'lari. #1 Google [Albatta, boshqa kim ham bo'lardi.] #2 Youtube [bu ham Google mulki.] #3 Facebook
Dunyoning eng katta website'lari. #1 Google [Albatta, boshqa kim ham bo'lardi.] #2 Youtube [bu ham Google mulki.] #3 Facebook [rostan fb 3-o'rinmi?!] #4 Twitter #5 Instagram ...

Agile haqida shunday fikrlar ham yo'q emas. To'g'risini aytganda, qandaydir darajada bu gaplarda haqiqat bor. Lekin... Menimc
Agile haqida shunday fikrlar ham yo'q emas. To'g'risini aytganda, qandaydir darajada bu gaplarda haqiqat bor. Lekin... Menimcha, sizning tashkilotingiz uchun nima ishlashiga bog'liq. Ba'zi jamoalar uchun Agile ajoyib ishlaydi, jamoa samaradorligini oshiradi, ishni o'lchashga yordam beradi va mahsulot ishlab chiqish jarayonini yaratadi. Boshqa jamoalar uchun esa Waterfall yaxshiroq ishlaydi. Bitta reja va bitta ijro. Albatta, Agile'ga har bir tashkilot juda qat'iy rioya qilishi noto'g'ri. Balki tashkilot ehtiyojlariga qarab, Agile tamoyillarini jamoa o'ziga moslashtirib olishi kerak.

Mahsulot dokumentatsiyasi. Ba'zi dasturchilar software (dastur) dokumentatisyasini yozishni zerikarli va unumsiz ish deb bilishadi. Ba'zilar hatto dokumentatsiyani Agile tamoyillariga zid keladi deb hisoblashadi. Bu haqiqatan ham to'g'ri bo'lishi mumkin. Lekin biz mahsulotimiz uzoq vaqt ishlashini qanday ta'minlab beramiz? Mahsulotimizga yangi funktsional qo'shishlik uchun dasturchilar jamoasiga boshqa nima ta'minlab berishimiz mumkin? Mahsulot uchun talablar va foydalanuvchi ehtiyojlari/istaklari vaqt o'tishi bilan doimo o'zgarib turadi. Shu bilan birga, mahsulotimiz talabga javob berishi uchun ham doimo rivojlanishi kerak. Buning uchun biz doim mahsulotimizning texnik dokument ishlarini yuritishimiz lozim.

"Necha yillik tajribangiz bor?" degan savol dasturchilar vakansiya e'lonlaridan ta'qiqlanishi kerakmi? Albatta, ba'zida 5 yillik tajribaga ega dasturchidan ko'ra 2 yillik tajribasi bor dasturchi ishni yaxshiroq bajara oladi. Lekin, ish vakansiyasini e'lon beryapgan rekruterlar 15999 ta rezyume qabul qiladi. Xo'sh, bular orasidan kerakli kandidatni qanday tanlab oladi? Tajriba muddati, albatta, dasturchini baholashning yagona faktori bo'lmasligi kerak. Lekin bu faktorni rezyume'lardan butunlay olib tashlashdan hech qanday foyda ko'rmayapman. Tajriba muddati dasturchi ishda ko'rsatishi mumkin bo'lgan ish sifatini oldindan bashorat qilishga yordam beradi.

Agar Sprint maqsadini (Sprint Goal) bitta jumlada yoza olsangiz, demak jamoangiz aynan nima ustida ishlashi kerakligini bilasiz. Va Sprint oxirida jamoa nimaga erishishi kerakligi haqida aniq tushunchangiz bor ekan. Agar Sprintda jamoangiz nima ustida ishlashi kerakligi haqida aniq tushunchangiz bo'lmasa, jamoangiz qayerdan bilsin? 😁

photo content

Repost from Breaking Trends
Google наконец-то вышел и нормально зашёл в гонку искусственных интеллектов. Гоняться за Microsoft уже не нужно, и конференция I/O 2023 вышла удачной для Сундара Пичаи и его компании. Что показали: ❤️Новый Gmail. Чат-бот в электронной почте будет писать письма за вас; ❤️Новые Maps. Будут показывать подробную 3D-модель всего мира и симулировать погоду за окном в реальном времени; ❤️Google Photo — в стандартный редактор добавят ии-функции вроде вырезания фона и замены объекта; ❤️Google Таблицы — описываете примерно, что вам нужно, и получаете табличку; ❤️Google Презентации — искуственный интеллект сам генерирует слайды, также по примерному описанию; ❤️Google Поиск — станет таким же, какием уже стал Bing AI. Разве что добавят разговорный режим и можно будет болтать с чат-ботом голосом; ❤️Bard — будет внедрён во все сервисы, станет работать на 40 языках и на лету переводить любое видео. Генерация картинок в комплекте. Ничего нового в сервисах не показали, конечно, все эти таблички и презентации уже делают другие ии-сервисы. Но если всё это будет работать по-гугловски удобно и выглядеть хорошо, то игра опять перевернётся. Битва техгигантов продолжается, а нам того и надо. ❤️ Breaking Trends