OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakulteti 2020-2025
Open in Telegram
2020-2026 Fakultetdagi oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va turli tanlovlarga oid yangiliklar, eʼlon va maʼlumotlar berib boriladigan fakultetning KANALI - 👉https://t.me/UzMU_UFF Dekanat: +998 71 246 01 47
Show more1 269
Subscribers
+224 hours
+37 days
+2630 days
Posts Archive
Repost from O'zMU | Rasmiy kanal
#E’LON
To'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar diqqatiga!🅰 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori bilan Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida to'lov kontraktlari mahalliy hokimliklar tomonidan qoplanishi mumkin. 📰 Ushbu masala yuzasidan quyidagi toifalarga tushuvchi xotin-qizlar 14-sentabr kuni, 16.00ga qadar fakultet tyutorlariga murojaat qilishlari lozim! ⏺Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar; ⏺Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar; ⏺Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni boquvchisini yoʻqotgan (turmush oʻrtogʻi vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolgʻiz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Repost from Kun.uz | Расмий канал
Китоб ўқимай қўйган жамият қандай ўзгаради? — Илм, тарбия ва зиёлилик ҳақида суҳбат
Китоб ўқишдан воз кечган жамиятнинг келажаги қандай бўлади? Инсонга яхши яшаш учун фақат касбий билимнинг ўзи етарлими? Гуманитар фанлар, бадиий адабиёт ва фалсафа жамият ҳаётида қандай ўрин тутади?
Илк суҳбатда иқтисодчи Жамшид Муслимов ва шифокор Одилхон Алимхонов ношир ва файласуф Хуршид Йўлдошев билан китобхонлик маданияти, илмга муносабат ва бола тарбияси ҳақида суҳбатлашди.
Суҳбат давомида болалар ва катталарнинг китоб ўқишга қизиқиши нега пасайгани, ота-онанинг фарзанд таълимидаги ўрни, касбий билим билан умумий билим ўртасидаги фарқ, аниқ ва гуманитар фанларнинг аҳамияти, жамиятдаги этик стандартлар ҳамда «яхши ҳаёт кечириш учун яхши ўқишнинг ўзи етарлими?» деган саволлар муҳокама қилинди.
📹ТЎЛИҚ СУҲБАТНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
Repost from Doktorantlar Official || PhD, DSc
⚖️ Xodim mehnat vazifasini bajarmasa, ish beruvchi uni haqorat qilishi mumkinmi?
❤️ Savol: Xodim o‘ziga yuklatilgan mehnat vazifalarini lozim darajada bajarmayapti. Bunday holatda ish beruvchi unga nisbatan haqoratli, kamsituvchi so‘zlarni ishlatishi mumkinmi?❗️Yo‘q, mumkin emas. ❌ Xodimning mehnat vazifalarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi ish beruvchiga uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, haqorat qilish yoki unga ruhiy bosim o‘tkazish huquqini bermaydi. 👍 Xodim mehnat intizomini buzgan bo‘lsa, ish beruvchi qonuniy tartibda:
➡️ holatni rasmiylashtirishi; ➡️ xodimdan yozma tushuntirish talab qilishi; ➡️ qilmishning og‘irligi va holatlarini baholashi; ➡️ qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa, intizomiy jazo choralarini qo‘llashi mumkin.🚫 Haqorat — intizomiy ta’sir chorasi emas. Xodimning xatosi yoki intizomiy qilmishi unga nisbatan qo‘pol, tahqirlovchi va kamsituvchi munosabatda bo‘lishni oqlamaydi. 👍 Agar bunday munosabat muntazam ravishda takrorlansa, baqirish, tahdid, kamsitish yoki ruhiy bosim bilan namoyon bo‘lsa, holat ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik alomatlari nuqtai nazaridan ham baholanishi mumkin. ❤️ Muhim! Bunday vaziyatda ikki holatga alohida huquqiy baho beriladi:
➡️ xodimning mehnat majburiyatlarini bajarmaganligi; ➡️ ish beruvchining xodimga nisbatan haqoratli yoki kamsituvchi munosabati.Xodimning intizomni buzishi ish beruvchining qonunga zid xatti-harakatini oqlamaydi. 📣 Mehnat intizomi — qonuniy choralar bilan, xodimning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda ta’minlanishi kerak. 🔹 Davlat mehnat inspeksiyasi ➡️Foydali botimiz havolasi @doktorantlarofficial @doktorantlarofficial_group
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi. 👨💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ana yangilikning biri! Natija kutayotganlar mandat eʼlon qilindi.
#Muhim
Talabalar qaysi sanadan boshlab o‘qishga chiqadi?🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida bakalavriat va magistraturaning tegishli ta’lim shakllari uchun 2026/2027-o‘quv yili quyidagi sanalardan boshlanadi: ⏺Bakalavriat (kunduzgi): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ➖3- va 4-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi. ⏺Bakalavriat (kechki): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ➖3-, 4- va 5-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi. ⏺Bakalavriat (masofaviy): ➖1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi; ➖Barcha kurslar uchun — 14 sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi. ⏺Bakalavriat (sirtqi): ➖5-kurslar uchun — 3-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ➖4-kurslar uchun — 2-oktyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ➖3-kurslar uchun — 2-noyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi. ____ ⏺Magistratura (kunduzgi): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 10-sentyabr; ⏺Magistratura (kechki): ➖1-kurslar uchun — 7-sentyabr; ➖2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi; ⏺Magistratura (masofaviy): ➖1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi; ➖1, 2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi. 📰Ma’lumot uchun: birinchi kursga qabul qilingan bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli talabalari 3-sentyabrdan boshlab talabalar turar joyiga joylashish bilan bog‘liq masalalarini hal qilish uchun universitetga tashrif buyurishlari mumkin. 🕓 14-sentyabrdan boshlanadigan o‘quv jarayonlarida har bir fakultet va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha shakllantiriladigan dars jadvallari bo‘yicha mashg‘ulotlarning boshlanish vaqtlarini talabalar Hemis axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlaridan One ID orqali bilib olishlari mumkin bo‘ladi. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Magistraturaga ariza topshirib natijasini kutayotganlar qalban birgamiz😉
Repost from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
📚 Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining 2026-yilgi 3-mavsumini e’lon qiladi.
📚 Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, 12-sentabrga qadar (rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5); 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet; 🔵4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet; 🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:🔵1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet; 🔵2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet; 🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32; 🔖 Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi. ➡️Tanlov nizomini o‘qish Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
Repost from Edu.uz
#Mustaqillik_35
Yangi O‘zbekiston: oliy ta’limdagi islohotlar – kelajakka sarmoyaOliy ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar qabul jarayonlarini yanada adolatli, shaffof va qulay qilishga qaratilmoqda. “Avval test, keyin tanlov” tamoyili, qabul jarayonlarining to‘liq raqamlashtirilishi, beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati yoshlarga o‘z kelajagini ongli belgilash uchun keng imkoniyat yaratmoqda. Bugungi kunda 21 mingdan ortiq imkoniyati cheklangan talaba, 50 mingdan ziyod ijtimoiy reyestrga kiritilgan talaba oliy ta’limda tahsil olmoqda. Talabalarning 54,5 foizini xotin-qizlar tashkil etayotgani esa ta’limda gender tengligiga alohida e’tibor qaratilayotganining muhim ko‘rsatkichidir.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Rasmiy kanalga o'tib fakultetga oid yangiliklarni kuzatib borishlaringiz mumkin.
Xohlovchilar ushbu kanalni kuzatishda davom etishlari mumkin.
Nomaʼlum sabablarga koʻra fakultetning rasmiy telegram sahifasi https://t.me/juff_nuu_uz ushbu maznzilga koʻchdi.
Repost from Bilimni baholash agentligi
Umumta'lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari📆 Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🆔 Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi. ⛳ Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin. 🧑💻 Milliy sertifikat imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ❗ Muhim eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from OTFIV RASMIY
#SavolJavob
⚡️Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash tartibi qanday? Bunday bo‘lib to‘lash imkoniyati “super” kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlarga ham tegishlimi?
Ushbu savollarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Qurbonnazar Ortiqov javob berdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Yoshlar ishlari agentligi
🚀100 million so‘mlik bosh sovrin uchun bellashing!
Ustoz AI tomonidan tashkil etilayotgan “Zamonaviy kasblar” tanlovida grafik dizayn, veb-sayt yaratish yoki mobilografiya bilan shug‘ullanuvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovning 3 ta yo‘nalishi:
🔹Grafik dizayn
🔹Veb-sayt yaratish
🔹Mobilografiya
Ishtirokchilar o‘z mahoratini namoyish etib, 100 million so‘mlik bosh sovrin uchun bellashadi.
Ro‘yxatdan o‘tish 30-avgustga qadar davom etadi.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Vebsayt
Repost from Edu.uz
🔴DIQQAT! Soxta akkauntlardan ehtiyot boʻling.
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat organlari rahbarlari nomidan fuqarolarga xabar yuborayotgan soxta akkauntlar aniqlanmoqda.
❗ESLATIB OʻTAMIZ: Hech bir taniqli shaxs yoki rahbar nomidan yuborilgan shubhali xabarlarga ishonmang, shaxsiy axborot, bank karta maʼlumotlari yoki pul mablagʻlaringizni bermang.
🇺🇿Maʼlumotlarni faqat Ichki ishlar vazirligining rasmiy manbalari orqali tekshiring.
Soxta akkauntlarga aldanmang — hushyor boʻling!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
#takror
Talabalikka qabul qilingan abituriyentlar universitetga qanday hujjatlarni topshirishi kerak?
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari safiga qabul qilingan (o‘qishini ko‘chirib kelgan, qayta tiklaganlardan tashqari) 1-kurs (bakalavriat va magistratura) talabalari fakultet dekanatlariga quyidagi shaxsiy yig‘ma jild hujjatlarini topshirishi kerak:
Bakalavriat 👇
⏺Rektor nomiga ariza
⏺Pasport yoki ID-karta nusxasi
⏺Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi
⏺Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning tasdiqlangan (nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma, to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar, yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxslar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni, tegishli vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan tavsiyanomalar va boshqa imtiyozga egaligini tasdiqlovchi hujjatlar) nusxasi
⏺3,5x4,5 foto
⏺Konvert A5 formatida
⏺Akademik mobillik bo‘yicha hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa)
⏺Javoblar varaqasi (DTM)
⏺Talaba shaxsiy varaqasi
Magistratura👇
⏺Rektor nomiga ariza
⏺Pasport yoki ID-karta nusxasi
⏺Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi
⏺Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi
⏺Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli
⏺3,5x4,5 foto
⏺Konvert A5 formatida
⏺Sinov ishlari nusxasi (agar mavjud bo‘lsa)
⏺Javoblar varaqasi (DTM)
⏺Talaba shaxsiy varaqasi
🎓 O‘qishini ko‘chirib kelgan, qayta tiklagan hamda
Akademik mobillik bo‘yicha universitetda tahsil olgan (olayotgan) talabalar uchun hujjatlar nimalardan iborat?
Shu havolaga kirib, batafsil tanishing ➡️ qabul.nuu.uz
☑ O’zbekiston Milliy universiteti
Repost from O’zbekiston Milliy Universitet (O'zMU)
#SavolJavob #soʻragan_edingiz
Ta’lim krediti ololasizmi yoki yo‘q?
Ta’lim krediti olmoqchisiz, lekin shartlarga mos kelamanmi-yo‘qmi deb ikkilanayapsizmi?
Endi buni my.edu.uz platformasi orqali bir necha soniyada aniqlash imkoni bor!
Jarayon juda oddiy:
🔆 my.edu.uz saytiga kirasiz;
🔆 JSHSHIR (PINFL) raqamingizni kiritasiz;
🔆 Tizim ma’lumotlaringizni avtomatik tahlil qilib, ta’lim krediti talablariga qanchalik mosligingizni ko‘rsatib beradi.
🔗Imkoniyatingizni hoziroq my.edu.uz dan tekshiring
☑️ O’zbekiston Milliy universiteti
❗️26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
✅2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari magistraturasiga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.
▪️Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan, tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat, shuningdek, SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan, xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan, hujjatlar sifatsizligi hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan.
❇️Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga 2026-yil 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar my.edu.uz elektron tizimi orqali arizalarini qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati beriladi.
E’tibor bering: 26-avgust kuni soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
