en
Feedback
Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazi

Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazi

Open in Telegram

Официальный канал телеграм Хорезмского областного центра по борьбе со СПИДом. Хоразм вилояти ОИТСга қарши кураш марказининг Телеграммдаги расмий канали Ишонч тел.: +99899 500-10-03 +99862 225-28-91 Мурожаат учун: @Vrach_maslahati Веб-сайт: www.xvoits.uz

Show more
603
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-3130 days
Posts Archive
Соғлиқни сақлаш вазири Элдор Адилов кенг жамоатчиликни коррупцияга қарши курашишда фаол бўлишга чақирди Унинг таъкидлашича, с
Соғлиқни сақлаш вазири Элдор Адилов кенг жамоатчиликни коррупцияга қарши курашишда фаол бўлишга чақирди Унинг таъкидлашича, соҳадаги мансабдор шахслар ва тиббиёт ходимларининг коррупциявий хатти-ҳаракатлари, манфаатлар тўқнашуви, бюрократик тўсиқлар, ноқонуний тўловлар талаб қилиниши ёки бошқа ҳуқуқбузарликлар бўйича вазирликнинг “1203” қисқа рақамли “Ишонч телефони” ёки info@ssv.uz электрон почта манзили орқали хабар бериш мумкин. Вазир барча масалалар қонуний тарзда, тезкор кўриб чиқилиши ва мурожаатчиларнинг шахси махфий сақланишини маълум қилди. @SoglomFargona

🚑 TEZ TIBBIY YORDAM YO‘LI — HAR SEKUND QADRLI! ⚠️ Hurmatli haydovchilar! Tez tibbiy yordam avtomobiliga yo‘l bering! Uning ortida inson hayoti turibdi. ❤️ 🚨 Yo‘l bering — hayotni asrang! ⏱️ Har bir soniya — muhim! 👉 🎬 Videoni Instagram’da tomosha qiling https://www.instagram.com/reel/Dcxu6N-q01X/?igsi=bXdreDMzYzcxeHF5

GO‘ZALLIK SALONLARI VA SARTAROSHXONALARDA GIGIYENIK TALABLAR: MIJOZ NIMALARNI BILISHI KERAK? 🪄Go‘zallik salonlari va sartaro
GO‘ZALLIK SALONLARI VA SARTAROSHXONALARDA GIGIYENIK TALABLAR: MIJOZ NIMALARNI BILISHI KERAK? 🪄Go‘zallik salonlari va sartaroshxonalarga qo‘yiladigan gigiyenik talablar suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarining mavjudligini, asboblarni muntazam ravishda dezinfeksiya va sterilizatsiya qilishni, xodimlarning shaxsiy gigiyena me’yorlariga rioya qilishini, shuningdek, toza maxsus kiyimlar va bir martalik sarflash materiallaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. 🩺Aholiga xizmat ko‘rsatadigan sartaroshxonalar va go‘zallik salonlari, kosmetologiya xizmatlari, jumladan, tatu va boshqa xizmatlar ishchi-xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishlari shart. Bundan tashqari, mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan asboblar, sochiq, salfetka va choyshablar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 💉Sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari (manikyur, pedikyur, qosh terish, tuk tozalash va boshqa kosmetologiya xizmatlari) jihozlari mijozlarga xizmat ko‘rsatishdan oldin zararsizlantirilib, sterilizatsiya qilingan bo‘lishi kerak. Har bir mijozga toza sochiq, salfetka, choyshab ishlatilishi va ishlatilgandan keyin yuvilishi kerak. 🦠Gepatit, OIV-infeksiyasi, sil va boshqa yuqumli hamda parazitar kasalliklarning yuqishini oldini olish maqsadida, har bir mijozdan keyin ishlatilgan asboblar zararsizlantiruvchi eritma solingan idishga solinib, 15 daqiqa davomida zararsizlantirilishi, so‘ngra toza suvda yuvilib, sterilizatsiya qilinishi muhim sanitariya-epidemiologik ahamiyatga ega. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

MUNOSIB MEHNAT — YUKSAK E’TIROF! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan
+3
MUNOSIB MEHNAT — YUKSAK E’TIROF! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan Xorazm viloyati OITSga qarshi kurashish markazining ikki nafar fidoyi xodimi: 🏅 Jabbarova Zulfiya Qurambayevna 🏅 Shamuratova Manzura Sadullayevna munosib taqdirlandilar. Ushbu yuksak e’tirof xodimlarimizning ko‘p yillik samarali mehnati, fidoyiligi va sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga qo‘shayotgan munosib hissalarining yorqin ifodasidir. 🎉 Hurmatli Zulfiya Qurambayevna va Manzura Sadullayevnani ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mobil laboratoriyasi tomonid
+2
🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mobil laboratoriyasi tomonidan Qo'shko'pir TTBga qarashli 17-sonli Oilaviy poliklinika hududidagi mahalla aholisi o‘rtasida aksiya va targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi. Aksiya davomida aholiga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, erta tashxis qo‘yishning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, fuqarolarga ixtiyoriy va maxfiy tarzda OIV infeksiyasi, virusli gepatit B , virusli gepatit C va zaxm kasalliklariga ekspress test tekshiruvlari o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.📱 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 📸 Instagram: https://instagram.com/xvoits⁠� 🔷 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100078274767976⁠� 📲 Telegram: https://t.me/xvoits⁠� 🌐 Rasmiy sayt: https://xv-oits.uz/⁠�

Gepatit Aga qarshi emlash — kasallikning oldini olishda muhim himoya! 🦠 Gepatit A yuqumli kasallik bo‘lib, asosan iflos qo‘l, suv va oziq-ovqat orqali yuqadi. Kasallikning oldini olishda emlash bilan bir qatorda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, toza ichimlik suvidan foydalanish va oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash muhim. 📌Aholi o‘rtasida gepatit Aning yuqish yo‘llari va profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarur. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mobil laboratoriyasi tomonid
+2
🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mobil laboratoriyasi tomonidan Xazorasp TTBga qarashli KTMP hududidagi mahalla aholisi o‘rtasida aksiya va targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi. Aksiya davomida aholiga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, erta tashxis qo‘yishning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, fuqarolarga ixtiyoriy va maxfiy tarzda OIV infeksiyasi, virusli gepatit B , virusli gepatit C va zaxm kasalliklariga ekspress test tekshiruvlari o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.

🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mobil laboratoriyasi tomonid
+2
🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mobil laboratoriyasi tomonidan Xanqa TTBga qarashli 47-sonli Oilaviy poliklinika hududidagi mahalla aholisi o‘rtasida aksiya va targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi. Aksiya davomida aholiga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, erta tashxis qo‘yishning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, fuqarolarga ixtiyoriy va maxfiy tarzda OIV infeksiyasi, virusli gepatit B , virusli gepatit C va zaxm kasalliklariga ekspress test tekshiruvlari o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.

Repost from SSV matbuot kotibi
Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi bilan birga Buxoro shahriga keldi. Aeroportda oliy martabali mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldilar. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Repost from N/a
ХОРАЗМ ВИЛОЯТИДА ЖАМОАТЧИЛИК ЭШИТУВИ ЎТКАЗИЛДИ. ✅ЎзННТМА Хоразм вилояти ҳудудий бўлинмаси ҳамда Хоразм вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси ҳамкорлигида “Хоразм вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармасининг 2026 йил 1-ярим йилликдаги рақамлаштириш ишлари сарҳисоби” мавзусида жамоатчилик эшитуви ўтказилди. 📌Унда Хоразм вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармасининг масъул ходимлари, нодавлат нотижорат ташкилотлари вакиллари ҳамда жамоатчилик фаоллари иштирок этди. 🔸Жамоатчилик эшитувида соғлиқни сақлаш тизимида рақамлаштириш борасида амалга оширилган ишлар, эришилган натижалар, мавжуд муаммолар ва уларни бартараф этиш бўйича таклифлар муҳокама қилинди.
Хусусан: ▫️соғлиқни сақлаш тизимида рақамлаштириш ишларининг 2026 йил 1-ярим йилликдаги натижалари; хусусий клиникалар ва дорихоналарни электрон рецепт тизимига интеграция қилиш ҳолати; ▫️клиника ва дорихона ходимларини электрон рецепт тизими бўйича ўқитиш ишлари; ▫️тиббиёт муассасаларида DMED ахборот тизими, электрон рецепт ва касса модулларининг жорий этилиши; аҳолини DMED ахборот тизимига бириктириш ҳолати; ▫️тиббиёт муассасаларида техник хизмат кўрсатиш тизими ва ягона интегратор билан ҳамкорлик; ▫️тиббиёт ходимларини компьютер ва тиббий ахборот тизимларидан фойдаланиш бўйича ўқитиш натижалари; ▫️лаборатория ускуналарини LIS, МСКТ ва УЗИ ускуналарини PACS тизимларига улаш; ▫️тиббиёт муассасаларидаги журнал ва бланкаларни рақамлаштириш; ▫️тиббиёт муассасаларини компьютер, планшет, инфокиоск ва бошқа замонавий техник жиҳозлар билан таъминлаш; ▫️тиббиёт муассасаларида локал тармоқларни яратиш ва ривожлантириш; ▫️«ЖиҳозМед», Cancer Registry, «Гепатит» ахборот тизимларининг жорий этилиши; фуқароларнинг тиббий ҳужжатларини тиббий-ижтимоий экспертиза комиссияси кўригига электрон шаклда юбориш тизими; ▫️2026 йил якунига қадар рақамлаштириш йўналишида амалга оширилиши режалаштирилган ишлар, жумладан, қўшимча планшетлар хариди, янги IT-тренерлар тайёрлаш ва DMED тизимини такомиллаштириш бўйича таклифлар киритиш.
🔵Бу масалалар юзасидан ННТ вакиллари томонидан таклиф ва мулоҳазалар билдирилиб, аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш сифатини оширишда рақамли технологияларнинг аҳамияти алоҳида таъкидланди. 🌐 ЎзННТМА Хоразм вилояти ҳудудий бўлинмаси. | Telegram | Instagram | Facebook |

Repost from N/a
photo content
+7

+3
#Tibbiy_talim 🔴✅✅ ❗️Toshkent davlat tibbiyot universiteti Kuzatuv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
Ayni daqiqalarda Toshkent davlat tibbiyot universiteti Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
📱 Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov, universitet rahbariyati, kengash a’zolari hamda ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari ishtirok etyapti. 🟢 Tadbirda 2025/2026-o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yangi o‘quv yili uchun belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilinmoqda. 🏥 Ta'kidlanganidek, bugungi kunda universitet tizimida 3 ta klinika, 13 ta fakultet, 3 ta kampus, 2 ta filial hamda qator klinik baza va kafedralar faoliyat yuritmoqda. Oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan 30 ming nafardan ortiq talabalarning 3500 nafari xorijlik yoshlardir. 📚Muloqot davomida ta’lim dasturlarini xalqaro talablar asosida takomillashtirish, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ilmiy tadqiqot va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar muhokama qilindi. 🏢 Shuningdek, universitetning akademik salohiyatini yanada oshirish, o‘quv binolari va auditoriyalarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash, talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 🟡 O‘zaro muhokamalarda ta’lim sifati va klinik tayyorgarlikni yanada kuchaytirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda universitetning xalqaro raqobatdoshligini mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mobil laboratoriyasi tomonid
+2
🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mobil laboratoriyasi tomonidan 20.08.2026 yil kuni Xanqa TTBga qarashli 46-sonli Oilaviy poliklinika hududidagi mahalla aholisi o‘rtasida aksiya va targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi. Aksiya davomida aholiga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, erta tashxis qo‘yishning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, fuqarolarga ixtiyoriy va maxfiy tarzda OIV infeksiyasi, virusli gepatit B , virusli gepatit C va zaxm kasalliklariga ekspress test tekshiruvlari o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.📱 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 📸 Instagram: https://instagram.com/xvoits⁠� 🔷 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100078274767976⁠� 📲 Telegram: https://t.me/xvoits⁠� 🌐 Rasmiy sayt: https://xv-oits.uz/⁠�

🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mobil laboratoriyasi tomonid
+2
🏥 Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi mobil laboratoriyasi tomonidan Xanqa TTBga qarashli KTMP hududidagi mahalla aholisi o‘rtasida aksiya va targ'ibot tadbirlari o‘tkazildi. Aksiya davomida aholiga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, erta tashxis qo‘yishning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, fuqarolarga ixtiyoriy va maxfiy tarzda OIV infeksiyasi, virusli gepatit B , virusli gepatit C va zaxm kasalliklariga ekspress test tekshiruvlari o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar berildi.📱 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 📸 Instagram: https://instagram.com/xvoits⁠� 🔷 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100078274767976⁠� 📲 Telegram: https://t.me/xvoits⁠� 🌐 Rasmiy sayt: https://xv-oits.uz/⁠�

Repost from SSV matbuot kotibi
#Vazir_hududlarda 🔴 ‼️‼️‼️ ❗️SSV: Vazir Xorazmda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rgandi ✅ Tibbiyotda en
+6
#Vazir_hududlarda 🔴 ‼️‼️‼️ ❗️SSV: Vazir Xorazmda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rgandi
Tibbiyotda eng muhim mezonlardan biri – sifat. Ammo uni qog‘ozdagi raqamlar emas, joylardagi haqiqiy holat belgilaydi.
🔃 Buning uchun pastga tushib, chinakam ahvolni ko‘zdan kechirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularga yechim topish zarur. 📍 Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilovning Xorazm viloyatiga safari davomida bu boradagi dolzarb vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. 🟢 Dastlab vazir Shovot tumani markaziy shifoxonasi faoliyati bilan tanishdi. Muassasaning shoshilinch qabul, maslahat-diagnostika, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari hamda markaziy laboratoriya faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, tibbiy xizmat sifatini oshirish va mavjud muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi.
— Bugun joylarda odamlar bizdan yanada sifatli tibbiy xizmatni kutmoqda. Shu bois tizimdagi har bir rahbar mas’uliyatni chuqur anglab, raqamlarga emas, haqiqiy natija uchun ishlashi zarur, — dedi vazir.
➖ Shundan so‘ng hududdagi oilaviy poliklinikalarda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam holati ko‘zdan kechirildi. ⏰ Aytish kerak, Shovot tumani Prezident farmoniga muvofiq, namunaviy 15 ta tuman qatoriga kiritilib, bu yerda sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli yo‘lga qo‘yildi. 📋 Loyiha doirasida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tashkil etilib, birlamchi tibbiyot muassasalari faoliyati yangi yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yildi. ➡️ Safar davomida vazir Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika onkologiya hamda shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazlari viloyat filiallari, Urganch shahar markaziy shifoxonasi kabi qator davolash muassasalarida bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. 🤔 O‘z navbatida, mavjud muammolar va odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. 🚑  SSV Matbuot xizmati. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram

Давлатимиз раҳбари тадбиркорлар билан навбатдаги мулоқотини ўтказди. Телеграм каналларимиз

«MEN STOMATOLOGDA OIV YUQTIRIB OLDIM» — AFSONAMI YOKI HAQIQAT? hivtest.uz saytida biz OIV haqida sodda va tushunarli tilda ga
«MEN STOMATOLOGDA OIV YUQTIRIB OLDIM» — AFSONAMI YOKI HAQIQAT? hivtest.uz saytida biz OIV haqida sodda va tushunarli tilda gapiramiz, muhim savollarga javob beramiz va keng tarqalgan afsonalarni tahlil qilamiz. Bugun stomatologiya haqida gaplashamiz. Tishlarni davolash vaqtida OIV yuqtirib olish mumkinmi? Stomatologik asboblar haqiqatan ham xavf tug‘dirishi mumkinmi? Eng muhimidan boshlaymiz: infeksion nazorat va sterilizatsiya qoidalariga rioya qilinganda stomatologik muolajalar xavfsiz hisoblanadi. 🦷 AFSONA: OIV tibbiy uskunalar va yuzalarda uzoq vaqt saqlanib qoladi OIV tashqi muhitga chidamsiz bo‘lib, organizmdan tashqarida yuqish xususiyatini tezda yo‘qotadi. U stomatologik kreslo, turli yuzalar, teginish yoki havo orqali yuqmaydi. Shu bilan birga, asboblarni to‘g‘ri qayta ishlash juda muhim, chunki infeksion nazorat turli infeksiyalardan, jumladan qon orqali yuqishi mumkin bo‘lgan infeksiyalardan himoya qiladi. ➡️ AFSONA: tibbiy asbob-uskunani shunchaki artib qo‘yishning o‘zi yetarli Yo‘q. Qayta foydalaniladigan stomatologik asboblar belgilangan qayta ishlash bosqichlaridan va sterilizatsiyadan o‘tishi kerak. Bir martalik ignalar va boshqa sarflanadigan materiallar faqat bitta bemor uchun ishlatiladi. ⚡ Bemor nimalarga e’tibor berishi kerak? Xonaning tozaligiga, shifokorning yangi qo‘lqoplardan foydalanishiga va bir martalik materiallarning qo‘llanilishiga e’tibor bering. Steril tibbiy asboblar ko‘pincha foydalanish vaqtigacha maxsus o‘ramlarda saqlanadi. Agar sizda shubha tug‘ilsa, klinikada tibbiy asbob-uskunalarlar qanday sterilizatsiya qilinishini so‘rash mutlaqo tabiiy. Xavfsizlik har ikki tomon uchun muhim Qo‘lqoplar, niqoblar, sterilizatsiya va asboblardan xavfsiz foydalanish bir vaqtning o‘zida bemorni ham, tibbiyot xodimini ham himoya qiladi. Asosiy tamoyil oddiy: har bir bemor bilan ishlashda infeksion xavfsizlik choralariga rioya qilinishi kerak. Stomatologga borishdan qo‘rqish kerak emas. Muhimi — infeksion nazorat va sterilizatsiya qoidalariga rioya qilinadigan tibbiyot muassasasini tanlash. Afsonalar qo‘rquv uyg‘otadi. Bilim esa o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilishga yordam beradi. OIV haqida yanada ko‘proq ishonchli ma’lumot: hivtest.uz

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 2026-yil 18-avgust kuni Xorazm viloyat OITSga qa
+1
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 2026-yil 18-avgust kuni Xorazm viloyat OITSga qarshi kurashish markazi xodimlari oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Markaz maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha masʼul xodimi Sh.Kuchkarova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi PK-120-sonli Qarorini oʻqib eshittirdi.