en
Feedback
Otabek Komil Kundaligi

Otabek Komil Kundaligi

Open in Telegram

Dunyoni emas, oxiratni g’ami bilan yashash kerak! Aloqa uchun: @otabekkomiliy

Show more
244
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
December '24
December '24
+2
in 0 channels
November '24
+5
in 0 channels
Get PRO
October '24
+10
in 0 channels
Get PRO
September '24
+60
in 0 channels
Get PRO
August '240
in 1 channels
Get PRO
July '240
in 2 channels
Get PRO
June '240
in 1 channels
Get PRO
May '240
in 0 channels
Get PRO
April '240
in 0 channels
Get PRO
March '24
+1
in 0 channels
Get PRO
February '24
+1
in 0 channels
Get PRO
January '24
+40
in 1 channels
Get PRO
December '23
+7
in 0 channels
Get PRO
November '23
+5
in 1 channels
Get PRO
October '23
+5
in 0 channels
Get PRO
September '23
+2
in 0 channels
Get PRO
August '23
+10
in 0 channels
Get PRO
July '23
+7
in 0 channels
Get PRO
June '23
+5
in 0 channels
Get PRO
May '23
+2
in 0 channels
Get PRO
April '23
+15
in 0 channels
Get PRO
March '23
+3
in 0 channels
Get PRO
February '23
+7
in 0 channels
Get PRO
January '23
+16
in 0 channels
Get PRO
December '22
+13
in 0 channels
Get PRO
November '22
+8
in 0 channels
Get PRO
October '22
+28
in 0 channels
Get PRO
September '22
+8
in 0 channels
Get PRO
August '22
+263
in 0 channels
Get PRO
July '22
+202
in 0 channels
Get PRO
June '22
+87
in 0 channels
Get PRO
May '22
+25
in 0 channels
Get PRO
April '22
+73
in 0 channels
Get PRO
March '22
+57
in 0 channels
Get PRO
February '22
+1
in 0 channels
Get PRO
January '22
+465
in 0 channels
Get PRO
December '21
+4
in 0 channels
Get PRO
November '21
+7
in 0 channels
Get PRO
October '21
+1
in 0 channels
Get PRO
September '21
+8
in 0 channels
Get PRO
August '21
+7
in 0 channels
Get PRO
July '21
+6
in 0 channels
Get PRO
June '21
+334
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
21 December0
20 December0
19 December0
18 December0
17 December0
16 December0
15 December0
14 December0
13 December0
12 December0
11 December+1
10 December0
09 December0
08 December0
07 December0
06 December0
05 December+1
04 December0
03 December0
02 December0
01 December0
Channel Posts
Bugun kalendar yil bo’yicha yana bir yoshga ulg’aydim. Shu yoshgacha chiqargan xulosalarimdan kelib chiqib, o’zimga ba’zi o’gitlarni bermoqchi va ularni shu yerda yozib qoldirmoqchiman. “Otabek. Ismingi talaffuzini o’zi qanday chiroyli va jarangdor ekanini bilasan-a? Ismingga mos bo’lish uchun harakatlar qilyapsan, bu yaxshi. Shu yo’sinda davom et. Ammo, sen unutmasliging kerak bo’lgan ba’zi narsalarni senga yana eslatib o’tmoqchiman. Birinchidan, hayot qanchalik qisqa ekanligini unutma! Ikkinchidan, o’zligingga sodiq bo’l. Nimalarni qadrlasang, nimalarga qiziqsang va aksincha nimalarga qiziqmasang, ularni kimlar uchundir o’zgartirma yoki boshqacha bo’lib ko’rinishga urunma. Uchinchidan, munosabatlarga puxta bo’l. Ya’ni oilang, qarindoshlaring, do’stlaring va hamkasblaring bilan bo’lgan aloqalarni rivojlantirib boraver. Kuchli munosabatlaring, ko’p holatlarda senga quvonch va qo’llab-quvvatlash olib keladi. To’rtinchidan, o’sishdan to’xtama. O’qish va tajriba orttirishni davomiy qilishing, hayotingni qiziqarliroq va mazmunliroq qiladi. Beshinchidan, bardoshli bo’l. Qiyinchiliklar va muammolar muqarrar, ular hech qachon tugamaydi. Turli sinovlardan va muvaffaqiyatsizliklardan hali yana o’tishing hamda yengishing kerak. Muhimi, ulardan to’g’ri xulosalar chiqarib, o’sish vositasi sifatida ishlatgin. Yiqilishni bildingmi, turishni ham bil! Oltinchidan, ogoh bo’l. Atrofingdagi ba’zi insonlardan va yod g’oyalardan ehtiyotkorlik bilan uzoqlashishni o’rgan. Yettinchidan, oila boshi bo’lishga tayyorlan. Otangni yoshi ham ancha ulg’ayib qoldi, butun oilaga sen bosh bo’lishing kerak. Yaqinda uylanmoqchisan, qiz qidirib ko’p siqilma. Alloh senga eng a’losini yozib qo’ygan, balki hozir vaqtimasdir. Ammo, hali shunaqa vaqti keladi... Xullas, o’sha qizni eng baxtli ayol qilishga harakat qil, zero u senga Alloh tomonidan beriladigan omonat va sinov bo’ladi. Sakkizinchidan, maqsadingdan chalg’ima!” @otabek_komil

2
Endi mana bu videoni ko’ring, biz ancha hazm qilishimiz kerak… Xulosa o’zingizdan. @otabek_komil
139
3
No text...
145
4
No text...
435
5
Amerikada paytim, shunaqa videolar bilan instagramim to’lib ketgandi. Bu kabi she’rlarni eshitish boshqa, uni his etish boshqa. Juda va juda qattiq sog’inardim yaqinlarimni. Birgina video barcha emotsiyalarimni jo’shqinlantirib yuborardi, ko’zim yoshlanib ketardi. Ketidan esa, o’sha payt mana bu kabi videolar ham chiqaverardi. Bunisi esa meni sabr qilishga va Toshkentga qaytganimdan keyin qilishim zarur bo’lgan eng birinchi ishimni eslatib turaverardi. Alhamdulillah, shu ishni qilish menga ham nasib etdi. Hozirgi kunda dunyolarga sig’may yuribman shu desangiz… Albatta, har qanday yakunida yaxshilik maqsad qilingan mashaqqatga — sabr qilishlik o’z natijasini bermay qo’ymas ekan! @otabek_komil
219
6
Nostalgiya Bugun boshimni bir joyga qo'yib, kanalimdagi 2021 va 2022chi yilda yozgan postlarimni o'qib chiqdim. Avvalgi o'zimni negadir qumsadim. Nostalgiya bo'ldi. Ayniqsa, 2021-yil tahlilini zo'r yozib qo'ygan ekanman. Keyin sekin 2022-yil tahlilini qidirdim. Uni qisqa va anchayin ma'noli yozib qo'ygan ekanman. 2023-yil tahlilini yozsam, keyingi yil o'qib o'zimdagi transformatsiyani bir tomosha qilar edim. Lekin bu yil tahlili nisbatan uzunroq yoziladi nasib bo'lsa. Chunki, 2023-yil hamma-hammasi rostmanasiga o'zgardi... @otabek_komil
216
7
YouTubeda kimlarni kuzataman? Bugun o’zim uchun ayni damda YouTubeda kimlarni kuzatayotganimni shu yerga yozib qo’ymoqchiman. Zero, bir necha yildan keyin kanalimni titib shu postni topib olsam, o’zi shu davrda qiziqishlarim qanday edi va nimalari o’zgardi deya tahlil qila olaman. O’zbek tilida: Aziz Rahimov Subyektiv Osmondagi bolalar Asoschilar 102 TV Edu Podcast Uchadi Uxladi O’zbekistonlik Jahongir Latipov Alisher Isayev Mr Otabek TV Ingliz va rus tilida: Ulugbek Sharipov Ali Abdaal CoolVision Marques Brownlee Anton Ptushkin Margulan Seissembai Jay Shetty P.s.: Albatta bu ro’yhatda ulashib bo’lmaydigan bir nechta kanallar nomi ham bor. Unisini o’zim bilsam bo’ldi hozirgi zamonda)
211
8
Qaror qabul qilish kerak bo'lsa, tanga oting! U siz uchun qaror qabul qilib berishi uchun emas, balki havoda turgan payti, nimaga umid qilayotganingizni tushunishingiz uchun... @otabek_komil
177
9
Har birimizning hayot syujetimiz juda qiziq bo’lar edi, to’g’rimi? @otabek_komil
Har birimizning hayot syujetimiz juda qiziq bo’lar edi, to’g’rimi? @otabek_komil
187
10
Kimningdir xabari bo’lmasa, ayni damda O’zbekistondaman. 120 kunlik Amerikadagi hayotimdan so’ng, Vatanga qaytdim. Sog’inibman. Oilamni, taomlarimizni va madaniyatimizni. Ammo, nima uchundir kelganimdan beri ko’zimga minuslar oldingiga nisbatan ko’proq ko’rinyapti. Axloqsiz xaydovchilar, poraxo’r insonlar va asli musulmon, ammo mo’min bo’lmaganlarni deyarli barchasini so’nggi ikki haftada ko’rishga ulgurdim. Afsus! Ammo, jamiyatimizni yanada yaxshilanishiga bo’lgan umidlarimni yo’qotmaslikka harakat qilaman. Zero, atrofimdagi tanish-bilishlarim orasida ulkan xayrli maqsadlarga ega bo’lgan yoshlar bor. Kelajagimizga umid bilan qadam tashlashda davom etaman. @otabek_komil
192
11
Bu besh kunlik dunyoda hammamizning boshimizga tushishi mumkin bo'lgan holat, akamizni boshlariga tushibdi. Insonning iymoni
Bu besh kunlik dunyoda hammamizning boshimizga tushishi mumkin bo'lgan holat, akamizni boshlariga tushibdi. Insonning iymoni shunday paytda qattiq sinaladi aslida. Aka bu xotirjamlik ila qo'ygan "stories"lari bilan ko'pchilikka yaxshi namuna ko'rsata oldilar. Qoyil. Ha, bu dunyodagi hech qaysi material mulk bizniki emas o'zi aslida, kimniki ekanini esa yaxshi bilishimiz kerak. O'zimdan yoshi kichikroq va/yoki maslahatimni oladigan insonlarga aytar gapim bor: 1) Ta'lim oling va qaysi sohada ketsangiz, o'sha sohaning eng zo'ri bo'lishga harkat qiling. 2) Ko'proq sayohat qilishga va dunyoni o'rganishga harakat qiling. Shu ikki maslahatni amalda tatbiq etish natijasida juda ko'p siz qayg'uradigan mavzular, buyumlar va insonlar aslida bunga arzimasligini, juda qisqa bu dunyoga haqiqatdan imtihon uchun kelganingizni, pul uchun joningizni berib yuborishingiz shart emasligini tushunib yetasiz. #Amerikada69kun @otabek_komil
193
12
Subyektivning AQShga kelish haqidagi uzoq kutilgan yangi videosi: https://youtu.be/IP5umfDTiHI Hozircha shu fikrlarni o'qib turing. Men o'z fikrlarimni tez kunlarda chiqaraman. Amerikadan turib Amerikaga ko'chib kelishning plyus va minuslari haqida yozaman... @otabek_komil
194
13
Subyektiv'ning yangi videosi chiqdi. Ushbu son ancha ta’sirli, qayta-qayta o‘ylashga majbur qiladigan darajada. Bu borada o‘zimcha nimadirlar deydigan bo‘lsam: Rosti hech qachon tushunmaganman bor-budini sotib, chet elga ishga ketadigan insonlarni. Yana umuman tushunmayman boradigan davlatining tili u yoqda tursin, ingliz tilini ham bilmasdan xorijga pul ishlagani ketadiganlarni. Borar manzili haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmay turib ham ketaveradiganlarni tushunishni ham xohlamayman. “Latte omili”da aytilganidek, “Qayerga ketayotganingizni bilmasangiz, boradigan manzilingizni yoqtirmasligingiz ehtimoli katta“. Bu o‘ta muhim faktor. Yuqorida yo‘qchilik majbur qilgan kishilar emas, balki yashab turgan uyigacha sotib, “utopia”ga qarab surmoqchi bo‘lganlar haqida gap bordi, tag‘in fitna qo‘zg‘amanglar-a) Subyektiv'ning bundan oldingi qisqa videosida ham “o‘zbek faqat qora ishchi degani emas” g‘oyasi ilgari surilgandi. Darhaqiqat, boshqa davlatga ketishning ma’qulroq yo‘li faqat va faqat — ta’lim. Hayot majbur qilmasa, shunchaki begona yurtga surish yaramaydi. To‘y, 2 qavatli hovli, qimmat mashina... bular majburiyat degani emas. Shundoq ham kundan-kunga botib borayotgan siz-u bizning iqtisodiy ahvolimizning ustidan tuproq tortavermaylik. Bizda hozir gapirilayotgan gaplar, qilinayotgan o‘zgarishlar, bildirilayotgan fikrlar xuddi o‘lchami kichkina keladigan ko‘rpaga o‘xshaydi. Qaysi tarafga qarab tortsang, narigi taraf ochilib qolaveradi. O‘zbekistonda yashab turib, “har qanaqasigayam yutqazmaydigan” pozitsiyaga chiqib olish qiyin. Yarim kechasi shu narsalarni o‘ylab bosh qotadi-da, xuddi zaril kegandek) Nima deyolamiz, kitob-pitob o‘qib, til-pil o‘rganib, dunyoqarash va skillarni ko‘paytirib turaveraylik-chi, bir gap bo‘lar-da) @phaziloff
149
14
#Amerikada42kun 🇺🇸 Bugun Amerika haqida emas, Amerikadagi o'ylarim haqida yozaman. O'ylab qarasam ota-onam bizga eng baxtli bolalikni berishgan ekan! Hozir Amerikada yashaydigan uyimning shundoq yonida park joylashgan, charxpalak va boshqa bir qator attraktsionlarning kirish chiqish joylarigacha ko'rinib turadi... Shu chog'da xotiralar esga tushib ketadi. Charxpalakka umrim davomida necha marotaba chiqqan bo'lsam, barchasida oilaviy chiqqan ekanmiz. Yoshim 16dan oshganidan keyin bir marotaba chiqqanman, ungacha barcha chiqishlarim bolaligimda bo'lgan. Bolalikda parkdagi mashinachalarni adamni tizzalariga o'tirib olib uchardim. Adam bir qo'llari bilan mashinachani ushasalar, biri bilan iloji boricha yuzimni ko'zimdan past joyini qo'llari bilan berkitishga harakat qilardilar. Chunki boshqa mashinachalar kelib urilsa, burnim bilan qattiq bo'lgan rulga kalla qo'yish ehtimolim katta edi. Adam "qo'y, nima qilasan" degan har bir attraktsionlariga oyim ko'ndirib berardilar uchishimizga. Baraka topsinlar, hozirgacha juda ko'pi esimda turadi... Adamni cho'ntaklarida pullari uncha ko'p bo'lmagan paytlar ham deyarli har kuni oyimning "zakaz"lariga binoan muzqaymoq olib kelardilar. Asosan, "Polvon" deb nomlanganini yeb katta bo'lganman. Menga shokoladligi yoqardi, opamga oqi. Bundan tashqari oyim pista chaqishni juda yaxshi ko'rardilar, shu sababli u ham deyarli har kuni kelishi shart edi uyga. Menga ham shu pistaga bo'lgan muhabbat oyimdan yuqqan shekilli, hozirgacha (Toshkentda bo'lgan paytim) har kuni bo'lmasa ham, kunda kunora uyga kechqurun pista bilan kirib boradigan bo'lganman oxirgi payt. Har yili yangi yilga ikkalaligisining ishxonaligisidan bolalarga deb shirinliklar to'la bo'lgan yaltiroq qopchalar berishardi. Ularni keyin hammasini teng 4ga bo'lib yerdik. Esimda bor o'sha vaqtlar, bitta kichkina Snickersni yoki Roshen batonchiklarini aniq va tinniq 4ga bo'lib yerdik. Juda zo'r damlar edi... Kinoga oilaviy tushgan vaqtlarimizni eslasam ham mazza qilaman. Panoramaga olib borishardi, mazza qilib film tomosha qilardik. Juda kamdan kam opam bilan meni alohida alohida olib borishga qayerga bo'lsa ham, maksimum balans saqlashga harakat qilishgan! Inshaalloh ota-onam hayot ekanlar, farzandlarim tarbiyasidan umuman havotir olmayman! @otabek_komil
153
15
Orzular amalga oshishda davom etadi! Qadrli musulmon birodarlar va opa-singillar, sizlarni chin qalbimdan Qurbon Hayitingiz b
Orzular amalga oshishda davom etadi! Qadrli musulmon birodarlar va opa-singillar, sizlarni chin qalbimdan Qurbon Hayitingiz bilan tabriklayman! Bizda hali hamon arafa, sizlarda esa allaqachon Hayit Namozi o'qilib bo'ldi. Oilangiz va atrofingizdagi har bir insonni yoningizda ekanligida qadrlashni unutmang, qolgani topiladi. Baxt aslida mana shu... Siz ham men yuqoridagi rasmda sakragandek bemalol baqirib kulib sakray olasizmi? Javobingiz ha bo'lsa, demak siz baxtlisiz! Butun umr shunday sakrashni orzu qilganman. Lekin aynan AQShning poytaxti bo'lmish Washington DCda, aynan eng markaziy ziyoratgoh Washington Monument oldida bu sodir bo'lishini yetti uhlab ham tushimda ko'rmagan edim... "Amerikaga kelib olsam, o'zimmi baxtli xis qilardim. Hozir esa o'zimni unday xis qila olmayapman" deydigan juda ko'p viza ololmagan do'stlarimga aytar gapim bor: Baxtni kaliti boshqa joyda! @otabek_komil
181
16
Bu qizning hamma gaplari rost! Ya'ni har bir keltirgan ta'rifini o'zim tirik guvohi bo'ldim. Amerika haqiqatdan yashash uchun yaxshi joy. Faqat siz uchun qadrli odamlar yoningizda bo'lmasa, Susambil ham bir tiyinga arzimaydi... @otabek_komil
147
17
ЛЕКИН АМЕРИКА СЕХРЛИ ДИЁР Одамлар ажойиб, кулиб юради, юрган йулизда сизга комплимент килиб юради бир ниманг йокти деп. Кузиз кузизга тушса жилмаяди. Хавоси жуда мазза, тоза, дарахтлар коп. Мошиналар чиройли. Ёзда албатта озлари учун вакт ажратишади, оилавий бошка штатларга саёхат килишади. Океанларга боришади. Сабабсиз пикниклар килиб отиришади яшил жойларда болаларини ойнатиб. Озларини хукукларини жуда яхши билишади копчилиги. Магазинлардаям military discount, local discount, nurse discount деп бирдан сораб койишади. Одамлари бир-бирига озор бермиди, хеч кимни хеч нимаси билан иши йок, хамма озини хаётида яшайди, бурни хам ози билан. Small talk лари бор буларни, магазинлардами кочада кетурасми бир йолда фарки йок гап бошлаб колади хар хил мавзу хакида: боласи, окиши, президенти йоки кучукчаси хакида болиши мумкин. Йоли тугаганда просто хайрлашиб кетворади. Университетлари алохида жойларда. University district деп номланади ва бу тошкендек ёки ундан каттарок шахар бир университет шахри хисобланади. У шахарчада факат университетга тегишлилар яшиди копинча. Хамма нарса болади, шифохона, кафелар, бозор, хамма-хамма нарсани University district дан топса болади катта шахарга чикмастан. Хуллас яшаш учун нормальный жой. @gayratovnablog
137
18
#Amerikada27kun 🇺🇸 Musofirchilikdagi qiyinchilikni eng cho'qqisini aytaymi? Ha... Oila sog'inchi. Normal o'zbekning eng nozik nuqtasi. 3 kun avval Allohning inoyati bilan hayotimda ilk bor tog'a bo'ldim. Yakkayu yagona opam o'g'il farzandlik bo'ldilar. Men esa bu xabarni Amerikada ishxonada adamlarning Telegramlardagi xabarlarini o'qib bildim. Endi tasavvur qiling, uyda ota-onam bilan birgalikda bir vaqtda bu xabarni eshitganimda, ularni ilk nabiralik bo'lganliklarini xis qilgan chog'laridagi betakror emotsiyalarini ko'ra olardim. Nasib qilmadi. Opamga onam pishirgan atalalarini tug'riqxonaga olib borish bahonasida jiyanimni birinchilardan bo'lib, oynadan bo'lsada ko'rib olish, opamni tabriklab qutlash imkoniyatim bo'lar edi. Nasib qilmadi. Beshik to'y uchun juda shoshilinch bo'lgan tayyorgarlikda ota-onamni o'zlariga qiyin bo'lib qolishi aniq edi, ularni yonlarida hamma ishlarimni tashlab yelkadosh bo'lib ko'maklashardim. Nasib qilmadi. Pochchamlarnikidagi Aqiqa oshiga, hammadan avval otlanib, zodagon kiyimlarimni kiyib, mashinamni bir kun avval moykalarda yaltiratib yuvib, otamni oldiga o'tqizib borgan bo'lardim. Nasib qilmadi. Eng qiyini esa, birorta ham gunohi yo'q, pok va beg'ubor chaqaloq jiyanimni ilk kunlarida yakkayu yagona tog'asi sifatida qo'limga ko'tarib bag'rimga bosgan bo'lardim. Nasib qilmadi. Ko'zim namlandi. Ha, nimadirga erishish uchun, nimadandir voz kechish kerak. Shunday ekan, yo'lda davom etamiz... @otabek_komil
152
19
#Amerikada22kun 🇺🇸 Ingliz tilim zo'r, Amerikaga borsam umuman til borasida problema bo'lmaydi deb yurgan edim. Lekin, ispan tilini bilmaganimga ko'pchilikni o'zaro gaplashishini tushunmay yuribman. Ingliz tilini bilmasdan turib, ispan tilini bilsangiz, Amerikada bemalol yashab yuraverar ekansiz. Chunki, ko'p call markazga telefon qilsangiz: "ingliz tilini tanlash uchun 1ni bosing, Ispan tilini tanlash uchun 2ni bosing deb turadi". Bizda rus tili qay darajada bo'lsa, bu yerda ispan tili xuddi shu darajada. Ya'ni 2chi til. Amerikada nechta odam ispan tilida, nechtasi esa ingliz tilida gaplashishini bilmoqchi bo'lsangiz, statistika uchun link. Janubiy Amerika mamlakatlaridagi Braziliyadan boshqa barcha mamlakatlar ispan tilida so'zlashadi. Ha, argentin yoki venesuel tili degan narsalar yo'q, ularni bari ispancha so'zlashadi. Meksikani tili ham ispan tili. O'z o'zidan Meksika va Janubiy Amerikalik mamlakatlar AQShga yaqin bo'lgandan keyin, u yerlardan juda ko'pchilik Amerikaga ishlashga keladi, xuddi biznikilar Rossiyaga borgani kabi. Xulosa shuki, Amerikaga butunlay ko'chib ketmoqchi bo'lsangiz. Ingliz tilingiz yaxshi bo'lsa va yangi yana bitta til o'rganish xohishingiz bo'lsa, albatta ispan tilini o'rganing. @otabek_komil
242
20
#Amerikada20kun 🇺🇸 Ayni damda Amerika Qo'shma Shtatlarining Merilend shtatidan turib ushbu postni yozmoqdaman. Mana bugun oilamdan, vatanimdan, ishimdan, oshdan va chin do'stlarimdan uzoqdaligimga 20 kun bo'ladi. Hammasini sog'inyapman, juda qattiq sog'inyapman! Ayni damda komfort zonamdan ancha tashqariga chiqib ketganman, shu sababli kanalga ham postlar yozmay qo'ydim, uzr. Instagramga esa nimalarnidir qo'ldan kelgancha joylab yuribman, mobodo qiziq bo'lsa: link O'zimga kelsak. Musofirchilik meni haqiqatdan ham katta qilyapti, juda ko'p narsani qadriga yetmas ekanman. O'zimizning kartoshkani, tuxumni, nonni mazasini bu yerdan topa olmasligingiz fakt! Afsuski, men yashayotgan shaharda halol taom topish deyarli ilojsiz. O'zingiz pishirib yeyman desangiz, halol go'shtni o'zi yo'q. Amallab baliq go'shtini yeb yuribmiz. Shunisiga ham shukrlar bo'lsin! Onamni tug'ilgan kunlari kuni kecha bo'lib o'tdi. Ammo men ularni mazza qilib bag'rimga bosib, o'pa olmadim. Shu vaqtdagi xislarni, hayotimda boshqa umuman xis qilmaslikni juda juda istayman... Instagram degan dunyodan juda ko'p tanishlar "Qale Amerika, mazza bo'sa kere?" degan talqindagi xabarlarni yozishayotganda, shunaqa gaplar yozgim kelib ketadi)))))) Ammo, men "Ha, yaxshi" deb qo'ya qolaman. Zero, birovni birov bilan ishi yo'q-ku baribir. Istoriyaga ovqat qo'yish yaxshimas deyishsa, parvo qilmasdim. Endi shu narsa to'g'riligiga amin bo'ldim. Bittasi oshda o'tirganini qo'ysa, yana biri So'qoqda shashlik yeyayotganini qo'yadi. Boshqalari o'lganni ustiga tepgan qilib, Bolalarni konsertidan istoriya qo'yib mazza qilishadi. Men esa buyoqda, YouTubedagi foodbloger opalardan tez va kam masalliqdan pishiriladigan taomlarni o'rganib o'tiraman. Ha, hayot skovordkaga solib qo'vuryapti... Pishgan Otabek kuchliroq bo'lishiga ishonaman! Bu kanal blogdan kundaligimga aylanib bo'lganiga ancha bo'lgan. Yozaveraman shunaqa nimalarnidir, o'qish yoki o'qimaslik sizning xohishingiz. @otabek_komil
187