cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

Otabek Komil Kundaligi

Dunyoni emas, oxiratni g’ami bilan yashash kerak! Aloqa uchun: @otabekkomiliy

Більше
Рекламні дописи
244
Підписники
Немає даних24 години
-37 днів
-1230 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Bugun kalendar yil bo’yicha yana bir yoshga ulg’aydim. Shu yoshgacha chiqargan xulosalarimdan kelib chiqib, o’zimga ba’zi o’gitlarni bermoqchi va ularni shu yerda yozib qoldirmoqchiman. “Otabek. Ismingi talaffuzini o’zi qanday chiroyli va jarangdor ekanini bilasan-a? Ismingga mos bo’lish uchun harakatlar qilyapsan, bu yaxshi. Shu yo’sinda davom et. Ammo, sen unutmasliging kerak bo’lgan ba’zi narsalarni senga yana eslatib o’tmoqchiman. Birinchidan, hayot qanchalik qisqa ekanligini unutma! Ikkinchidan, o’zligingga sodiq bo’l. Nimalarni qadrlasang, nimalarga qiziqsang va aksincha nimalarga qiziqmasang, ularni kimlar uchundir o’zgartirma yoki boshqacha bo’lib ko’rinishga urunma. Uchinchidan, munosabatlarga puxta bo’l. Ya’ni oilang, qarindoshlaring, do’stlaring va hamkasblaring bilan bo’lgan aloqalarni rivojlantirib boraver. Kuchli munosabatlaring, ko’p holatlarda senga quvonch va qo’llab-quvvatlash olib keladi. To’rtinchidan, o’sishdan to’xtama. O’qish va tajriba orttirishni davomiy qilishing, hayotingni qiziqarliroq va mazmunliroq qiladi. Beshinchidan, bardoshli bo’l. Qiyinchiliklar va muammolar muqarrar, ular hech qachon tugamaydi. Turli sinovlardan va muvaffaqiyatsizliklardan hali yana o’tishing hamda yengishing kerak. Muhimi, ulardan to’g’ri xulosalar chiqarib, o’sish vositasi sifatida ishlatgin. Yiqilishni bildingmi, turishni ham bil! Oltinchidan, ogoh bo’l. Atrofingdagi ba’zi insonlardan va yod g’oyalardan ehtiyotkorlik bilan uzoqlashishni o’rgan. Yettinchidan, oila boshi bo’lishga tayyorlan. Otangni yoshi ham ancha ulg’ayib qoldi, butun oilaga sen bosh bo’lishing kerak. Yaqinda uylanmoqchisan, qiz qidirib ko’p siqilma. Alloh senga eng a’losini yozib qo’ygan, balki hozir vaqtimasdir. Ammo, hali shunaqa vaqti keladi... Xullas, o’sha qizni eng baxtli ayol qilishga harakat qil, zero u senga Alloh tomonidan beriladigan omonat va sinov bo’ladi. Sakkizinchidan, maqsadingdan chalg’ima!” @otabek_komil
Показати все...
❤‍🔥 5👍 3 1
Endi mana bu videoni ko’ring, biz ancha hazm qilishimiz kerak… Xulosa o’zingizdan. @otabek_komil
Показати все...
👍 5
00:07
Відео недоступнеДивитись в Telegram
IMG_7853.MP41.17 MB
3
Фото недоступнеДивитись в Telegram
🔥 6👍 3😢 1
Amerikada paytim, shunaqa videolar bilan instagramim to’lib ketgandi. Bu kabi she’rlarni eshitish boshqa, uni his etish boshqa. Juda va juda qattiq sog’inardim yaqinlarimni. Birgina video barcha emotsiyalarimni jo’shqinlantirib yuborardi, ko’zim yoshlanib ketardi. Ketidan esa, o’sha payt mana bu kabi videolar ham chiqaverardi. Bunisi esa meni sabr qilishga va Toshkentga qaytganimdan keyin qilishim zarur bo’lgan eng birinchi ishimni eslatib turaverardi. Alhamdulillah, shu ishni qilish menga ham nasib etdi. Hozirgi kunda dunyolarga sig’may yuribman shu desangiz… Albatta, har qanday yakunida yaxshilik maqsad qilingan mashaqqatga — sabr qilishlik o’z natijasini bermay qo’ymas ekan! @otabek_komil
Показати все...
👍 9 7
Nostalgiya Bugun boshimni bir joyga qo'yib, kanalimdagi 2021 va 2022chi yilda yozgan postlarimni o'qib chiqdim. Avvalgi o'zimni negadir qumsadim. Nostalgiya bo'ldi. Ayniqsa, 2021-yil tahlilini zo'r yozib qo'ygan ekanman. Keyin sekin 2022-yil tahlilini qidirdim. Uni qisqa va anchayin ma'noli yozib qo'ygan ekanman. 2023-yil tahlilini yozsam, keyingi yil o'qib o'zimdagi transformatsiyani bir tomosha qilar edim. Lekin bu yil tahlili nisbatan uzunroq yoziladi nasib bo'lsa. Chunki, 2023-yil hamma-hammasi rostmanasiga o'zgardi... @otabek_komil
Показати все...
👍 4🔥 3 1
YouTubeda kimlarni kuzataman? Bugun o’zim uchun ayni damda YouTubeda kimlarni kuzatayotganimni shu yerga yozib qo’ymoqchiman. Zero, bir necha yildan keyin kanalimni titib shu postni topib olsam, o’zi shu davrda qiziqishlarim qanday edi va nimalari o’zgardi deya tahlil qila olaman. O’zbek tilida: Aziz Rahimov Subyektiv Osmondagi bolalar Asoschilar 102 TV Edu Podcast Uchadi Uxladi O’zbekistonlik Jahongir Latipov Alisher Isayev Mr Otabek TV Ingliz va rus tilida: Ulugbek Sharipov Ali Abdaal CoolVision Marques Brownlee Anton Ptushkin Margulan Seissembai Jay Shetty P.s.: Albatta bu ro’yhatda ulashib bo’lmaydigan bir nechta kanallar nomi ham bor. Unisini o’zim bilsam bo’ldi hozirgi zamonda)
Показати все...
👍 11 2🔥 2
Qaror qabul qilish kerak bo'lsa, tanga oting! U siz uchun qaror qabul qilib berishi uchun emas, balki havoda turgan payti, nimaga umid qilayotganingizni tushunishingiz uchun... @otabek_komil
Показати все...
👍 4 3🕊 3 2💯 1
00:42
Відео недоступнеДивитись в Telegram
Har birimizning hayot syujetimiz juda qiziq bo’lar edi, to’g’rimi? @otabek_komil
Показати все...
IMG_4353.MP415.31 MB
🐳 4🔥 2👍 1
Kimningdir xabari bo’lmasa, ayni damda O’zbekistondaman. 120 kunlik Amerikadagi hayotimdan so’ng, Vatanga qaytdim. Sog’inibman. Oilamni, taomlarimizni va madaniyatimizni. Ammo, nima uchundir kelganimdan beri ko’zimga minuslar oldingiga nisbatan ko’proq ko’rinyapti. Axloqsiz xaydovchilar, poraxo’r insonlar va asli musulmon, ammo mo’min bo’lmaganlarni deyarli barchasini so’nggi ikki haftada ko’rishga ulgurdim. Afsus! Ammo, jamiyatimizni yanada yaxshilanishiga bo’lgan umidlarimni yo’qotmaslikka harakat qilaman. Zero, atrofimdagi tanish-bilishlarim orasida ulkan xayrli maqsadlarga ega bo’lgan yoshlar bor. Kelajagimizga umid bilan qadam tashlashda davom etaman. @otabek_komil
Показати все...
👍 8👏 4