en
Feedback
Doctor's Mind 👩‍⚕️

Doctor's Mind 👩‍⚕️

Open in Telegram

👩‍⚕️Vrach Dildora Karimovaning kitob blogi 📖Bu yerda faqat kitob va kitoblar olami haqida gaplashamiz. Murojaat uchun: @Doc_Dildora instagram.com/doctorsmind_books

Show more
949
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-2330 days
Posts Archive
Video message00:57

Bugun @bookuzbekistan’dan juda chiroyli taklifnoma va sovg’alar oldim. “Aks” to’plamining taqdimot marosimiga taklif qilishdi
+1
Bugun @bookuzbekistan’dan juda chiroyli taklifnoma va sovg’alar oldim. “Aks” to’plamining taqdimot marosimiga taklif qilishdi. Agar siz ham qatnashishni xohlasangiz @bookuzbekistan kanalidagi havola orqali kirib ro’yxatdan o’ting! Shunda qatnasha olasiz. Ajoyib sovg’alar va taklifnoma uchun rahmat! Taklifnomadagi ko’zguga gap bo'lishi mumkin emas😍😍 @doctorsmind📖

#mutolaa Anna Dostoyevskayaning “Xotiralar” kitobini o’qishni boshladim. Juda ham samimiy, o’qiganda yaxshi kayfiyat beradiga
+1
#mutolaa Anna Dostoyevskayaning “Xotiralar” kitobini o’qishni boshladim. Juda ham samimiy, o’qiganda yaxshi kayfiyat beradigan asar ekan. Tarjima va tahriri ham yaxshi. Dostoyevskiyning asarlaridan keyin turmush o’rtog’ining kitobini o’qishni joiz deb bildim. Rasm va video muallifi doimgidek o’zim) @doctorsmind📖

📖 Kitob do’konida sotuvchi lavozimiga vakansiya ochildi
Kitoblarga qiziqasizmi?
Biz aynan sizni qidirmoqdamiz! Kitob do’koniga malakali sotuvchi kerak va talablar quyidagicha:
• yosh chegarasi 25-45 yoshgacha; • Kassa amaliyotlarini amalga oshirish; • Ofis dasturlarini va internet tarmog’ini yaxshi tushunish; • Sotuv bo’yicha 1 yildan 3 yilgacha tajribaga ega bo’lish; • Do’konga kelgan xaridorga kitoblarni topishda yordam va maslahatlar berish; • Do’konda savdo hajmini oshirish bo’yicha samarali rejalar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish; • Vitrinalardagi kitoblar va do’kon tartibini saqlash. Biz sizga taklif etamiz: • Ijodkorlik va g'oyalar qadrlanadigan do'stona jamoa; • Ish grafigi – dushanbadan-shanbagacha 10:00dan 18:00gacha; • Doimiy mijozlariga ega va faol rivojlanayotgan do’kon • Munosib ish haqi.
💵Oylik maosh suhbatda kelishiladi.
📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani
Rezyumeni https://t.me/liderpublishing telegram orqali yuboring yoki (+998 88) 000-89-11 raqamiga qo'ng'iroq qiling.

​​✍️Erve Le Tellye 📖”Anomaliya”
“Haqiqatlar – bu illyuziyalar bo‘lib, biz ularning illyuziya ekanligini unutganmiz.”
Tasavvur qiling, o’z dunyoyingizda hech qanday tashvishsiz tinchgina yashab yuribsiz, lekin kutilmaganda anomaliyaga duch keldingiz. Bu anomaliya sababli hayotingiz, qadriyatlaringiz va hatto o’zingizga bo’lgan ishonchga ham shubha bilan qarashni boshladingiz. Agar hayotingizning aniq nusxasi bo’lsa, unda siz asl sizmisiz yoki boshqa versiyamisiz? Asl haqiqatni kim, qanday va nima yordamida ochib bera oladi? Agar hayotingizni boshidan yashash imkoniyati tug‘ilsa, o‘zingizni tanib olarmidingiz? Yoki… siz allaqachon kimdir belgilagan senariy bo‘yicha yashayotgan bo‘lishingiz mumkinmi? Sizning kimligingizni belgilab beruvchi qanday omillar mavjud? Shaxsiy haqiqatlaringizmi? Tanlovlaringizmi? Xotirangizmi? Yozuvchi “Anomaliya”ning birinchi qismida sizni asardagi barcha qahramonlar bilan birma-bir tanishtiradi. Ularning barchasi turli xil jamiyatning odamlari. Biri yozuvchi, biri advokat, biri muhandis, yana biri esa yollanma qotil… Ularning o’rtasidagi umumiylik shundaki, hayotlari kutilmaganda ikkiga bo’linib qoladi. Anomaliyagacha bo’lgan hayot va anomaliyadan keyingi hayot. Ammo ularning qaysi biri haqiqiy hayot? Ikkala hayot ham asl nusxa bo’lsachi? Unda nima qilish kerak? Bu anomaliyaga ushbu odamlar qanday moslashadilar? Yozuvchi asar oxirisida har bir insonning anomaliyaga bo’lgan munosabati va moslashish jarayonini to’liq ochib beradi. Bu ayrimlar uchun azob-uqubatli jarayon bo’lsa, yana kimlardir uchun yengil jarayon sifatida qabul qilinadi. Xullas, “Anomaliya” insonlarning tasavvurlarini, o’ylarini shubha ostiga solib qo’yadi, ikkilantiradi. “Anomaliya” ilmiy-fantastika, falsafiy tushunchalar, inson ruhiyati, detektiv-triller unsurlarini o’zida birlashtira olgan asar. “Anomaliya” men uchun jumboqligicha qolmoqda, balkim bu kelajagimizga oid qo’rqinchli, tasavvur qilish qiyin bo’lgan bashoratdir, lekin nima bo’lgan taqdirda ham u butun asar davomida o’ziga tortadi, kelajak haqida o’ylashga majbur qiladi, bizning ham taqdirimiz anomaliyaga duch kelgan bo’lganida qanday yo’l tutgan bo’lar edik? Savollar turlicha, javoblar esa qo’rqinchli) Yangicha uslubdagi asar o’qimoqchi bo’lsangiz “Anomaliya”ni tavsiya qilaman. U shunchaki o’qib ketiladigan detektiv-triller kitob emas, u shunchaki kelajakda ro’y berishi mumkin bo’lgan kashfiyotlar haqidagi ilmiy-fantastik asar ham emas, u o’zligimiz to’g’risida fikr yuritishga undaydigan haqiqat haqidagi asar!
Agar hayotdan, dunyodan, umuman, nimadan bo'lsa ham, iztirob chekmoqchi bo’lsangiz, buning uchun Parijdagi kafe ayvonidan yaxshi joy yo’q)
@doctorsmind📖

#mutolaa Yangi haftadan boshlab o’qishni reja qilgan kitoblarimni yodimdan chiqmasligi uchun javondan olib tayyorlab qo’ydim.
+1
#mutolaa Yangi haftadan boshlab o’qishni reja qilgan kitoblarimni yodimdan chiqmasligi uchun javondan olib tayyorlab qo’ydim. Endi faqat rejadan chiqmay o’qisam bo’ldi. Yangi nashrdan chiqqan kitoblarni esa sal keyinroq o’qiyman. Siz keyingi haftadagi mutolaa uchun qaysi kitoblarni tanladingiz? @doctorsmind📖

🎉 Результаты розыгрыша: Победители: 1. . 2. Umida Mamatqulova (@Thalassohile) 3. Pardayev Murod (@Pardayev12) 4. Dildora Проверить результаты

Mana bu uzun postni ham kimdir o’qidimi?😄 Yoki faqat rasmni o’zini ko’rib reaksiya bosilyaptimi? Taqrizni yozishga anchagina vaqtim ketgan lekin) O’qinglar!!!

“Telba” haqidagi fikrlarim hali tugamadi. Boshqa fikrlarimni keyingi postlarda yana yozaman. @doctorsmind📖
“Telba” haqidagi fikrlarim hali tugamadi. Boshqa fikrlarimni keyingi postlarda yana yozaman. @doctorsmind📖

✍️Fyodor Dostoyevskiy 📖”Telba”
“Hamma narsani tushunish – bu hayotning chegarasiga yetib borish demakdir. Kim haddan tashqari chuqur fikrlasa, u aqldan ozishi mumkin”.
Bizda jamiyat qo’ygan me’yor chegaralariga mos kelmaydigan, o’z odat, harakter va fikrlashi bilan boshqalardan keskin ajralib turadigan insonlar nima deyiladi? Ularga o’zi sog’lom inson sifatida qarashadimi? Bunday “aqlli” jamiyat odamlari orasida yashaydigan, qalbi pok, odamlarga faqat yaxshilik tilaydigan, beg’ubor, soddadil insonlarga ming afsuski “telba” deb qaraydilar. Asar bosh qahramoni “dunyoni go’zallik qutqaradi” g’oyasi bilan yashovchi knyaz Mishkin. U xristianlik aqidalariga ko’ra yaxshi inson xususiyatlariga mos tushuvchi barcha fazilatlarga ega, sodda, beg’ubor inson obrazi. Boshqacha aytganda, Mishkin xristianlik dinidagi ham ilohiy, ham insoniy xususiyatlarga ega Iso masihning prototipi edi. Mishkin uzoq yillar davomida Shvetsariyada tutqanoq kasalligiga qarshi davolanib o’z yurtiga qaytadi. Jamiyat uning boshqacha qalbli insonligidan xabar topib uni qabul qilmaydi. Knyazning insonlarga chin dildan beg’araz yordam berishi, ochiqdan-ochiq telba desalar ham vazminlik bilan qabul qilishi ularning g’ashini keltiradi. Biroq uning boshqacha inson ekanligini tushunadigan insonlar ham bor edi. Ulardan biri Nastasya Filippovna obrazi - xo’rlangan, haqoratlangan, ayol. U knyazning qabini ko’ra olgan inson. U barcha erkaklardan nafratlanar, qanday bo’lmasin ulardan o’ch olishni o’ylardi, lekin knyaz Mishkinga nisbatan bunday fikrlari yo’qolib qoldi. U Mishkinni sevdi, lekin uning muhabbatiga o’zini munosib ko’rmadi. O’zini ifloslangan, knyazdek butun qalbli insonga noloyiq deb bildi. Asardagi yana bir muhim obrazlardan biri bu - Ragojin. Mishkinga qarama-qarshi xususiyatli obraz bo’lib, Dostoyevsiy asarning ilk boblaridanoq Mishkin bilan Ragojinni baravar tanishtiradi. Qaysidir ma’noda, ularning ikkisi bir insonning ikki qutblaridir. Biri insoniy xususiyatlarni ko’rsatsa, ikkinchisi hayvoniy xususiyatlarni ifodalaydi. Asardagi sevgi uchburchaklaridan birini hosil qiluvchi yana bir obrazlardan biri Aglayadir. U rashkchi, knyazga o’zinigina loyiq ko’ruvchi, uni boshqalar bilan bo’lishishni istamaydigan xudbin ayol obrazi. “Telba”dagi barcha qahramonlar ruhiy xasta, yordamga muhtoj, hech biri butun qalbga ega emas. Knyaz Mishkin esa barcha uchun telba, lekin Nastasya Filippovna ham, Aglaya ham uni sevdilar, uni o’zgalarga o’xshamaydigan inson ekanligini bilsalar ham sevdilar. Knyazning olijanob qalbi, odamiyligi ularni jalb qila oldi. Asar oxirisida Mishkin odamlardan uzilib o’zining kasalxonasiga qaytib ketadi? Nima uchun? Bunday sof qalbli insonlar chirkin qalbli odamlar orasida yashay olmaydilar. Sof qalbli Kichkina shaxzodani bir eslang, u ham asar oxirisida o’z sayyorasiga qaytib ketadi. Nima uchun? Chunki u ham bu olamda yashay olmadi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Jamiyat qo’ygan talablar har doim ham to’g’ri bo’lmaydi, lekin uni yaxshi tarafga o’zgartirishga harakat qilgan, boshqacha aytganda, cheklovlarni buzishga harakat qilgan isonlar buzg’unchi sifatida ko’riladi. Yoki knyaz Mishkinga o’xshab shunchaki telbaga chiqariladi. Asarda yana shunday ramzlar borki, qayta-qayta o’qiganingiz sari tushunib borasiz, mag’zini chaqasiz. Dostoyevskiy asarlarining o’lmasligining sababi ham ana shunda bo’lsa kerak. @doctorsmind📖

Bugun sovg’asiz qolmadim) Meni o’zimdan ham ko’ra yaxshi biladigan yaqin insonimdan sovg’a. Rahmat😍 @doctorsmind📖
+1
Bugun sovg’asiz qolmadim) Meni o’zimdan ham ko’ra yaxshi biladigan yaqin insonimdan sovg’a. Rahmat😍 @doctorsmind📖

O’tkan safar o’tkazgan tanlovimning g’olibiga sovg’a-kitobi bugun yetib boribdi. Aytgandima, beruvchi pozitsiyasida bo’lish q
+2
O’tkan safar o’tkazgan tanlovimning g’olibiga sovg’a-kitobi bugun yetib boribdi.
Aytgandima, beruvchi pozitsiyasida bo’lish qiziqarliroq va zavqliroq)
@doctorsmind📖

#kayfiyat Rasmda bugungi Xalqaro kitob sovg'a qilish kunida hech qanday pochtadan va sovg’adan darak yo’qligi sababli “Sen ol
#kayfiyat Rasmda bugungi Xalqaro kitob sovg'a qilish kunida hech qanday pochtadan va sovg’adan darak yo’qligi sababli “Sen olish emas, berish pozitsiyasidagi odamsan, senga sovg’a berish vaqtidagi emotsiyalar, tasavvurlar ko’proq yoqadiku, nashriyotlar endi sovg’a qilayotgan kitoblarni sen allaqachon sotib olib bo’lgansan” deb o’zimni o’zim tinchlantirayotgan men😄 Xazil qilib yozgan bo’lsam ham shu narsa aniqki, sovg’ani tayyorlash va berish vaqtidagi zavq manda boshqacha o’tadi) Aytgancha, bugun bir inson sovg'a yuboraman degandi, u inson bilan boshqa kuni uchrashay deb rad qildim. Kim bugun kitob sovg'aga oldi yoki olmadi? Rasmlari bilan bo’lishing! Kayfiyatimiz ko’tarilsin. @doctorsmind📖

+3
Kecha mushugim bilan “Telba”ni o’qib tugatdik) Hozir miyamda turli xil o’ylar, savollar, ramzlar aylanib yuribdi. Hamma fikrlarimni bir taqrizda ifodalab berishga qiynalsam kerak. Dostoyevskiy yaratgan eng go’zal axloqli inson obrazi telba emas, aslida uning atrofidagi insonlar haqiqiy telba edi. Qaysidir ma’noda asardagi qahramonlarning barchasi telba! @doctorsmind📖

Mana siz uchun bayramga yana bir kitobli tanlov. Qatnashing va kitoblarning egasiga aylaning!

📚 14-fevral – Kitoblar ulashish kuni! ❤️📖 Hurmatli kitobsevarlar! 14-fevral faqat sevishganlar kuni emas, Kitoblar ulashish
📚 14-fevral – Kitoblar ulashish kuni! ❤️📖 Hurmatli kitobsevarlar! 14-fevral faqat sevishganlar kuni emas, Kitoblar ulashish kuni hamdir! 📚 Shu munosabat bilan sizlar uchun maxsus tanlov tashkil qildik. Yaxshi kitoblar – eng katta sovg‘a! 🎯 Tanlov shartlari: 1️⃣ Quyidagi 3 ta kanalga obuna bo‘ling: • 📌 @booklovercouple • 📌 @rakhmonalievs_blog • 📌 @doctorsmind 2️⃣ Ushbu post ostidagi “Qatnashaman ✅” tugmasini bosing. 🎁 Sovrinlar: 🥇 1-o‘rin: Muqaddima – Ibn Xaldun 🥈 2-o‘rin: Anomaliya – Erve Le Tellye 🥉 3-o‘rin: Yashamoq – Yu Hua📚 ⏳ Tanlov muddati: 📅 Boshlanishi: 13-fevral 🏁 Yakunlanishi: 17-fevral soat 20:00 (Toshkent vaqti) 🎉 G‘oliblarni qanday aniqlaymiz? Tanlov yakunida, @BestRandom_bot yordamida tasodifiy g‘oliblarni aniqlaymiz va 17-fevral kuni soat 21:00 da e’lon qilamiz! 📚 Kitoblar – bizni birlashtiradi! Ushbu 14-fevral kuni sevgini va bilimni tarqating! ❤️📖 Omad tilaymiz! 🍀✨

#tanlov 14-fevral "Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni" munosabati bilan @quyoshtaraflarda va @doctorsmind kanallari tanlov o'tk
#tanlov 14-fevral "Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni" munosabati bilan @quyoshtaraflarda va @doctorsmind kanallari tanlov o'tkazishga qaror qildik. Tanlov shartlari juda oddiy bo'lib: ikkala kanalga a‘zo bo‘lishingiz va pastdagi qatnashaman tugmasini bosishingiz talab qilinadi. G‘oliblarni 16-fevral kuni botning o‘zi avtomatik ravishda aniqlab beradi. Sizda ajoyib bayram va to'rtta kitobdan birini yutib olish imkoniyati mavjud. Qani, shoshilamiz kitobxonlar. Postni boshqalar bilan bo‘lishni unutmang. @quyoshtaraflarda & @doctorsmind

#yangi_kitoblar Ertalabdan ajoyib seriyadan yangi kitoblar. Stefan Sveyg mening sevimli yozuvchilarimdan biri. Bir asarini o’
#yangi_kitoblar Ertalabdan ajoyib seriyadan yangi kitoblar. Stefan Sveyg mening sevimli yozuvchilarimdan biri. Bir asarini o’qisangiz qolganlarini ham beixtiyor o’qigingiz kelaveradi. Kobo Abe nomi esa men uchun yangilik. Sovg’a qilgan insonga katta rahmat! Kerakli vaqtda yetib keldi😊 Aytgancha, bugun kechga yangi tanlov e’lon qilaman. Faol bo’lishni unutmaymiz) @doctorsmind📖

#mutolaa Bugun tonggi quyosh shu’lasida o’zimga chetdan nazar tashlay olaman va o’zgalardan farq qilmasligimni ko’raman. Men
#mutolaa
Bugun tonggi quyosh shu’lasida o’zimga chetdan nazar tashlay olaman va o’zgalardan farq qilmasligimni ko’raman. Men hayotimga nuqta qo’ymayapman, balki mangulikni tiriltirmoqdaman".
Bugun ertalabdan “Anomaliya”ni o’qishni boshladim. Kitob detektiv asarlardek qiziqarli tarzda boshlandi. Bosh qahramonlardan biri yollanma qotil bo’lib Jeyms Patterson & Marshall Kerpning “Qo’lingdan kelsa, mahv et” asari bosh qahramonini eslatib yubordi. Hozircha 50 bet o’qidim, yakuniy xulosalarimni taqrizda yozaman. Siz “Anomaliya”ni o’qigan bo’larmidingiz? @doctorsmind📖

🪶 ULAR BIR YERDA 🪶 Oʻliklarni tiriltirish hech kimning qoʻlidan kelmaydi. Hatto sizning ham. Lekin biz buning uddasidan chi
🪶 ULAR BIR YERDA 🪶 Oʻliklarni tiriltirish hech kimning qoʻlidan kelmaydi. Hatto sizning ham. Lekin biz buning uddasidan chiqdik. Ha, rost. Biz buni uddaladik. 🪶 Quyidagi kanallar dinozavr davrida yashab ijod qilganlarni ham tiriltira oladi. Toʻgʻri topdingiz: gap bookblogerlar haqida ketyapti. 🪶 Gapni koʻpaytirmaymiz, oʻzingiz guvoh boʻling: https://t.me/addlist/ddzC9lqC9OU3ODVi https://t.me/addlist/ddzC9lqC9OU3ODVi https://t.me/addlist/ddzC9lqC9OU3ODVi