en
Feedback
Doctor's Mind 👩‍⚕️

Doctor's Mind 👩‍⚕️

Open in Telegram

👩‍⚕️Vrach Dildora Karimovaning kitob blogi 📖Bu yerda faqat kitob va kitoblar olami haqida gaplashamiz. Murojaat uchun: @Doc_Dildora instagram.com/doctorsmind_books

Show more
949
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-2330 days
Posts Archive
#tadbir Ertaga bizni ajoyib taqdimot kutmoqda. @doctorsmind📖
#tadbir Ertaga bizni ajoyib taqdimot kutmoqda. @doctorsmind📖

​​✍️Teodor Drayzer 📖Jenni Gerxardt
Sevgi — har qanday tuproqda o‘sadigan gul.
Drayzer olamiga kirish, uning asarlari bilan tanishishni anchadan beri reja qilardimu lekin hech boshlay olmasdim. Bugun “Jenni Gerxardt” asari orqali bu olamga kirdim. Asar Amerikada istiqomat qiluvchi bir muhojir nemis oilasining hayoti bilan boshlanadi, aniqroq aytganda voqealar rivoji shu oilaning katta qizi Jennining hayoti atrofida aylanadi. Bir oilaning qiyinchilikdagi hayoti bilan boshlangan asar asta-sekin o’sha davrdagi zodagon jamiyat va o’rta qatlam insonlarining kundalik hayot tarzini ochib beradi. Jenni - g’o’zal, yoqimtoy, itoatgo’y, boriga qanoat qiluvchi, fidokor, qiyinchiliklarga bardoshli, o’zidan ko’ra boshqalar foydasini o’ylovchi va bir so’z bilan aytganda har tomonlama erkaklar uchun qulay ayol. Bir martagina ko’rgan erkakda unga nisbatan iliq fikrlar shakllanadi. Jennining hayotiga ikki erkak kirib keladi. Biri qisqa vaqtga kirib kelgan senator bo’lsa ikkinchi zodagon oiladan bo’lgan Lester ismli yigit. Ikkisi ham bir xil maqsad asosida Jenniga yaqinlashadilar. Kitobni varaqlar ekanman dastlab Jennining hayoti misolida o’sha davr Amerika hayoti faqat g’urbatdan iborat bo’lganmikin deb ham o’ylab qoldim. Bir g’urbat ustiga yana bir g’urbat. Jennidek ayol hozir dunyoda bormikan degan savol ham hayolimda aylandi. Aslida Jenni shu qadar beg’uborki, uning axloq doirasiga to’g’ri kelmaydigan ishlari sababli ham yomon ko’rib qolmaysiz. Keyin yana o’ylab qoldim, bunday qulay, hamma narsaga ko’nuvchan, o’z “men”iga ega bo’lmasdan yashash faqat Jennidek kimlarningdir qo’lida ermak bo’lishga olib keladi. Jenni sodda, samimiy, mehribon qiz edi, ammo jamiyat buni qadriga yetmadi, uning bu jihatlarini ojizlik deb bilishdi. Jenni hayotiy vaziyatlar qurboni edi. U bu vaziyatlarda qaror qilmadi balki shavqatsiz hayot uni majbur qildi. Jennining ruhiyati chuqur hovuzga o’xshardi, go’yoki uning bor go’zalligi yashirin, ichki olamida edi. Asardagi yana bir qahramon bu - Lester. Jennining chuqur hovuzdagi go’zalligini to’laligicha his qilgan, ammo jamiyat ta’qiqlaridan o’ta olmagan, o’z manfaatlarini ustun qo’yadigan, kezi kelsa Jennidan foydalanadigan qahramon. Asar saviyasi jihatdan kimlar uchundir pastroqdek, o’qishga arzimasdek tuyilishi mumkin, lekin chuqur mulohaza yuritilsa ko’p muommolar ko’tarib chiqilgan. Albatta o’qib ko’ring. @doctorsmind📖

Repost from Zabarjad Mediа
✅✅✅ 🏆🏆🏆 Zabarjad Media nashriyoti va Santuagara hamkorlikda yil loyihasiga start beradi! ✏️Maqsadimiz: xotin-qizlar ijodin
✅✅✅ 🏆🏆🏆 Zabarjad Media nashriyoti va Santuagara hamkorlikda yil loyihasiga start beradi! ✏️Maqsadimiz: xotin-qizlar ijodini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish. ✏️Vazifamiz: yosh iste'dod egalarini kashf etish va bu loyihaning davomiyligini ta'minlash. ✏️Yo‘nalishlari: nazm, nasr va tarjima. ✏️Rag‘batlantirish: har uchala yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan ijodkorlarning kitoblari loyiha homiylari tomonidan chop etiladi va mukofot pullari bilan taqdirlanishadi. Mazkur postni ulashish orqali siz barcha ayol-qizlarimizni rag‘batlantirgan va nomlarini kashf etilishiga sabab bo‘lgan bo‘lasiz. Bizdan uzoqlashmang, tez kunda loyiha haqida batafsil ma'lumot beramiz. 🔸Zabarjad Media – eng yaxshisini ilinamiz!

+1
#mutolaa O’tkan yili shu kitobni boshqacha taassurotlar bilan o’qib chiqqandim. Hozir yana uni qayta o’qishlik kayfiyat bo’lmoqda. Aynan shu asar, film kitob bera oladigan taassurotning bor yo’g’i 50%ini ham bera olmasligining yana bir isbotidir. @doctorsmind📖

Kanalim ham huvillab qoldi… Yil boshidan beri maza qilib kitob o’qiy olmayapman. Kitob o’qishni boshlashim bilan hayolim ilmi
+1
Kanalim ham huvillab qoldi… Yil boshidan beri maza qilib kitob o’qiy olmayapman. Kitob o’qishni boshlashim bilan hayolim ilmiy ishimga ketaveradi. O’zimga mos bemor topish, qonini yig’ish, tekshirish… Xullas o’zim bilan o’zim bo’lib qolganman. Aslida tibbiyot sohasida ilmiy ish qilish boshqa sohalarga qaraganda ancha qiyin, chunki ishingiz faqat kitob titish va arxivda o’tirishdan iborat bo’lmaydi. Bemorlar bilan birma-bir muloqot, qonini yig’ish, tekshirish, materiallar tahlili… Xullas, ana shunday hayotda yashab yurgan vaqtimda shu yigitning bookclub guruhidagi kitobxonlar keyingi muhokamada qatnashishimni so’rashdi. Yo’q demasdan tanlangan kitob “Jenni Gerxardt”ni o’qishni boshladim. Bilmadim, belgilangan muddatgacha tugata olarmikinaman, lekin harakat qilaman. Axir Drayzer olamiga kirishni o’zim taklif qildim, endi va’damni bajarishim kerak) @bookuzbekistan’dan chiqqan ushbu chiroyli gulli seriyani olganimga yillar bo’lib qolibdi. Navbati bugunga to’g’ri kelgan ekan. @doctorsmind📖

​​✍️Stefan Sveyg 📖”Noma’lum ayol maktubi” novellalar to’plami Stefan Sveyg sevimli yozuvchilarimdan biri. Uning hikoyalarini tez-tez qaytadan o’qib turaman. Uning har bir kichik novellasidan ham anchagina anglashlar olish mumkin. Ushbu to’plamda uning 4 ta novellasi(“Ayol hayotidan yigirma to’rt soat”, “Murabbiya”, “Noma’lum ayol maktubi”, “Vahima”) o’rin olgan bo’lib, ularning har biri haqida ancha fikrlar yozish mumkin. Bugun “Vahima” novellasi haqida yozmoqchiman. “Qo’rquv jazodan yomon. Jazoda harqalay ravshanlik bor. Jazo kattami, kichikmi, har holda noma’lumlikdan, cheksiz kutish dahshatidan yaxshiroq”. Asar syujetiga biroz to’xtalaman. Irena Vagner xonim mehribon er va tinch oilaviy hayotga ega baxtli ayol. Kunlarning birida u bir xillikdagi hayotiga o’zgartirish kiritishni xohlab qoladi va xiyonatga qadam bosadi. Hayotimga yangi sarguzashtlarni olib kiraman deb o’ylagan ayol katta xatoga yo’l qo’yadi. O’ziga halovat o’rniga vahima, vijdon azobi va tahlikani sotib oladi, lekin buni tushunganda esa kech bo’lgan edi. Ko’pincha o’z hayotimizdan norozi bo’lamiz, yangilik kiritishga, nimalardir qilishga harakat qilamiz. Aslida esa o’zimizni jar yoqasiga itarayotganimizni bilmaymiz. Stefan Sveyg ushbu kichkinagina novellasi orqali har qanday ayb ish tufayli yuzaga keladigan qo’rquv va vijdon azobi jazodan ham yomonroq ekanligini, uning inson ongini ham boshqara oladigan kuch ekanligini ko’rsatib beradi. Hech e’tibor qilganmisiz, qachondir kimgadir yolg’on so’zlashga majbur bo’ldingiz yoki biror xato ish qilib qo’ydingiz. Ana shu yolg’on oshkor bo’lmasligi uchun qancha sinovlardan o’tasiz, joningiz azobda bo’ladi, lekin oshkor bo’lgan vaqtda o’zingizda yengillikni his qilasiz. Jazo olishingiz yoki sizdan xafa bo’lishlari aniq bo’lsa ham boshqacha yengillik tuyasiz, qalbingiz taskin topadi. Chunki vijdon azobi, vahima, ichki kurash bu - eng kuchli dushmanlardir. Ular inson ongini o’z izmiga sola oladi. Inson vahimada har qanday ishni qiladi. Bu bilan vaqtinchalik xotirjamlikka erishgandek bo’ladi lekin bu butunlay oshkor bo’lgan vaqtdagi yengilikning o’rnini bosa olmaydi. Shuning ychun ham Stefan Sveygning novellalarini yaxshi ko’raman. Ularning har birida ayollar taqdiri va ruhiyati orqali nozik psihologik tahlil beradi. O’qishni tavsiya qilaman. Yechimi esa undada ajoyib. @doctorsmind📖

#sovga Kutilmaganda sovg'a olish yaxshida) Ayniqsa o’zing kutgan kitob bo’lsa. E’tibor uchun @kitobsevar_xonimcha va @bookuzb
+1
#sovga Kutilmaganda sovg'a olish yaxshida) Ayniqsa o’zing kutgan kitob bo’lsa. E’tibor uchun @kitobsevar_xonimcha va @bookuzbekistan jamoasiga rahmat. @doctorsmind📖

#tavsiya Turk tilini o‘rganishning eng yaxshi tarafi bu o‘sha tildagi sifatli kitoblarni o‘qishdir. Quyosh qizi ham turk tili
#tavsiya Turk tilini o‘rganishning eng yaxshi tarafi bu o‘sha tildagi sifatli kitoblarni o‘qishdir. Quyosh qizi ham turk tili o‘rganishni xohlayotganlar uchun yangi guruh ochyapti ekan. Narxlari ham juda hamyonbop. Batafsil ma‘lumot uchun: @quyoshli_turkcha, yozilish uchun @quyoshning_qizi ga murojaat qilishingiz mumkin. @doctorsmind

#yangi_kitoblar Bugun ishdan biroz chalg'ish maqsadida anchadan beri bormayotgan kitob do’konim @bookuzbekistan’ga tashrif bu
+5
#yangi_kitoblar Bugun ishdan biroz chalg'ish maqsadida anchadan beri bormayotgan kitob do’konim @bookuzbekistan’ga tashrif buyurdim. Do’konda yangiliklar bisyor, ko’rib maza qildim. Ayniqsa Dostoyevskiy burchagi, o'zgacha fotozona, qayta ishga tushgan bookcafe, yangi chiqqan kitoblar… Ertalabdan kechgacha shu yerda vaqt o’tkazsangiz ham zerikmaysiz. Afsus, vaqtim kamligi bois tez-tez kitoblarni tanlab, rasm-videoga olib, bookcafedan yo’lda yeb ketish uchun muzqaymoqni olib qaytishga majbur bo’ldim. Keyingi safar bemalolroq bo’lib yana boraman. Aytgancha, “Mening otim qirmizi”ning sifati ma’qul bo’ldi, shriftlari ham katta-katta chiqibdi. @doctorsmind📖

#yangi_kitoblar @kapitalbook’dan yangi nashrdan chiqqan sovg’a kitoblar. @doctorsmind📖
+1
#yangi_kitoblar @kapitalbook’dan yangi nashrdan chiqqan sovg’a kitoblar. @doctorsmind📖

#yangi_kitoblar Kanalda faol bo’lolmayapman, lekin kitob olami yangiliklari va kitob xaridlaridan uzoqlashganim yo’q, uzoqlas
+1
#yangi_kitoblar Kanalda faol bo’lolmayapman, lekin kitob olami yangiliklari va kitob xaridlaridan uzoqlashganim yo’q, uzoqlasha olmasam ham kerak) Asaxiybooks’ning oxirgi aksiyasidan ham unumli foydalanib qoldim. Bu kitoblarning ko’pchiligini sotib olganman va o’qib ham chiqqanman, lekin baribir yana sotib oldim. Suratda yangi olgan kitoblarim😍 @doctorsmind📖

​​✍️Raxshona Ahmedova 📖”Tongotar”
Ayol qismati onadan qizga meros o'tadigan toshga o’xshaydi. Bo’yningga osilgan, yechib bo’lmaydigan tosh.
Adabiyotda ayollar taqdirini yoritib beruvchi asarlar yetarlicha topiladi. Ularning har biri o’ziga xos jihatlari bilan boshqalaridan ajralib turadi, lekin shu bilan birgalikda qaysi millatning asari bo’lishidan qat’iy nazar ularni birlashtirib turuvchi umumiy jihatlar ham talaygina. Shu qatorda “Tongotar” asari ham o’zbek ayollarining ayanchli taqdiri, qayg’usi, ichki kechinmalariyu isyonlarini ro’y-rost ochib beruvchi asarlardan biridir. Asardagi har bir ayol obrazining bolalik davridan boshlab to ulg’aygan davrigacha bo’lgan hayot yo’li to’liq tasvirlanadi. Ular jamiyat an’analari ta’sirida ulg’ayishadi, voyaga yetganlarida esa shaxsiy qarashlari va orzu-istaklari bilan yuzma-yuz kelishadi, ammo shaxsiy istaklarni yanchib tashlab jamiyat, qo’ni-qo’shnilar to’g’ri deb bilgan yo’lni ko’r-ko’rona tanlashadi. Dastlab, hayot shu ekanda deb chidab yashaydilar, lekin yillar o’tib ichki kurash alanga oladi, bu esa oxir-oqibat isyonga aylanadi. Yillar davomida to’lib kelayotgan paymona oxir-oqibat sinadi. Kelajakka va keyingi hayotga umid ham so’nadi. Bu oddiy o’zbek ayollaridan birining hayot yo’li edi. “Tongotar”dagi ayollar ham umr bo’yi bu cheklovlar-u qiynoqlarga dosh berdilar, lekin qochib qutila olmadilar. Biri bedavo dardga chalinib qiynoqlardan vafot etsa, yana biri esa o’z joniga qasd qilib ham o’la olmaydi. Go’yo butun umrlik g’am-alam ularning taqdirga bitilgan edi. Asardagi har bir qahramon-ayol o’z hayotida yangi tongni, yangi umidni kutib yashaydi, izlaydi. Mana shu umid qilib kutilgan o’zgacha tong ularning bu g’am-g’ussali hayotda yashashlarida kuch beradi, harakatda bo’lishga yordam beradi. Lekin bu kutilgan o’zgacha tong bir kun kelarmikin? Yoki orzular orzuligicha qolib ketarmikin? Ular har qadamda duch kelayotgan ijtimoiy to’siqlar va majburiyatlardan qocha oladilarmi? O’z hayotlarining haqiqiy yaratuvchisi bo’la oladilarmi? Asardagi har bir ayol obrazining taqdiri juda ayanchli tasvirlangan. Har safar mutolaa vaqtida ichimda nimadir uzilgandek bo’laverdi, ruhiyatimga ham og’ir ta’sir qildi. Muallifdan achinarli qismatga ega ayollar, urong’ich va so’kong’ich, tekinxo’r erkaklar obrazlari uchun biroz ranjidim, ayollarga nisbatan juda ham berahmlik qilgan degan fikrga kelgandim, lekin tanganing ikkinchi tarafi bo'lganidek, atrofimda bunday ayollar bo’lmagani sababli bunday qismatli ayollarni yo’q deb ham aytolmayman. Balkim hozirgi kunda bundanda og’ir holatda yashayotgan ayollar ko’plab topilar. Odamzod o’z taqdiri uchun avvalo o’zi javobgar, boshqalar emas. Botqoqlikdan chiqib ketish yoki chiqa olmaslik uning o’ziga bog’liq, lekin buni tushunib yetish va vaqtida isyon qila olish uchun ham vaqt kerak.
Kimlar uchundir bu bir umrlik vaqt bo’lsa, yana kimlardir uchun bir necha yil.
Asarni o’zingiz o’qishingizni, undagi fikrlarning mag’zini o’zingiz his qilib ko’rishingizni xohlagan bo’lardim. Kitob haqida fikrlarim hali tugamadi. Zero, ayollar taqdiri haqidagi fikrlar doimo dolzarb va ahamiyatli. @doctorsmind📖

🌍 "Fikrlar Karvoni" jamiyatiga qo‘shiling! Kitoblar, shaxsiy fikrlar, falsafa, statuslar va koinotga oid qiziqarli mavzular — barchasi bir joyda! Ilm, ilhom va yangi g‘oyalar olamiga sho‘ng‘ing. 📖 A’zo bo‘ling va "Fikrlar Karvoni" jamiyatining bir qismiga aylaning! Barcha kanallar bitta havolada ⬇️ 🔗 LINK

Javob topildi. To’g’ri javob: “Qizil va qora” G’olib @Eliza_2106 bo’ldilar. @Doc_Dildora’ga yozib yuboring.

Tanlovni boshladim. Bor yo’g’i bittagina savol beraman. Kim birinchi bo’lib to’g’ri javob bersa o’sha g’olib bo’ladi.
"Inson zoti shunday cheksiz qayg'uga tushgan paytda uning uchun o'zining matonatidan bo'lak xalos etuvchi kuch bo'lmaydi".
Ushbu iqtibos qaysi asardan olingan? G’olibga shu iqtibos olingan kitob sovg’a qilinadi. Kitob Starex pochtasi orqali uyingizga yaqin joylashgan pochta ofisiga yuboriladi. @doctorsmind📖

Va’damga muvofiq bugun kechki soat 20.00 da qizlar uchun tanlov bo’ladi. Bexabar qolmaslik uchun kanalning ovozini yoqib qo’ying!

Bayramimiz muborak🌷🌹🌸 Anchadan beri faol bo’lmaganim va bugungi bayram sababli 8-mart kechki soatlarda faqat qizlar uchun
+1
Bayramimiz muborak🌷🌹🌸 Anchadan beri faol bo’lmaganim va bugungi bayram sababli 8-mart kechki soatlarda faqat qizlar uchun kichkinagina tanlov o’tkazib yuborishga nima deysizlar? Manda hammasi a’lo darajada. Oxirgi 2 hafta davomida bir nechta kitoblarni tamomladim. Keyingi haftada taqrizlarimni ketma-ket e’lon qilaman. @doctorsmind📖

Sen bahorni sog‘inmadingmi? Kirib kelgan bahor faslida ham faqat kitob o‘qiydigan insonlarni kuzating. Jamoamizni esa ortiqcha ta‘riflashga hojat yo‘q: eng sara bookblogerlar jamiyati.

Xayrli tong! Anchadan beri kanalda ko’rinmadim, lekin yaxshi asarlarni o’qiyapman, yana faol holatga o’taman. Kecha menga ham
+1
Xayrli tong! Anchadan beri kanalda ko’rinmadim, lekin yaxshi asarlarni o’qiyapman, yana faol holatga o’taman. Kecha menga ham @pirnashr’dan sovg’a-kitoblar kelgandi. “Oyimtilla”ni o’qishni juda xohlagandim, nomi va muqovasi bilan o’ziga tortgandi. Menimcha, reja qilgan kitoblarimni tashlab tez kunlarda o’qishni boshlavorsam kerak) Video va rasm orqali yangi kitoblarning sifatiga baho berishingiz mumkin. Sizda qanday yangiliklar? Qanday kitoblarni mutolaa qilyapsiz? @doctorsmind📖

#yangi_kitoblar “Aks” to’plamining obzorini erinmasdan video qilib tayyorladim. Marhamat, ko’rib tanishib chiqishingiz mumkin. @doctorsmind📖