cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xushnudbek.uz

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevfb.com/xushnudjohntwitter.com/xushnudbeckinstagram.com/xushnudbektiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

Show more
Uzbekistan36The language is not specifiedReligion & Spirituality15
Advertising posts
512 444Subscribers
-99224 hours
-11 5367 days
+23 51730 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViewsSharesViews dynamics
01
🥉🇺🇿Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi ketma-ket 3-bor Osiyo kubogi bronza medallarini qoʻlga kiritdi 3-o’rin uchun bahsda qo’shnilarimiz 🇹🇯Tojikiston penaltilar seriyasida mag’lub etildi. Eh, Eronni ham yutardik, salgina omadimiz kelmadi-da. Yigitlarga qoyil va rahmat! Xudo xohlasa, Jahon chempionatida ham medallar kutib qolamiz. Biz muxlislar esa zalni to’ldirib, qo’llab-quvvatlab turamiz. 👉 @xushnudbek 👈
93 38494Loading...
02
#18 DOLLAR KESKIN OSHADIMI? — Lolazor podcast Ushbu sonda Toshkentdagi 2 ta katta bog'ning 49 yilga xususiy investorga berib yuborilishi va shu bog'larning allaqachon talon-toroj qilingani, mahalliy kengash deputatlarining nima uchun kerakligi, dollarning keskin oshishi, maktab hududlarining sotilishi, viloyat mashinalarining Toshkentda taksi qilish huquqi, Britaniyadan kelgan martabali mehmon va uning ahamiyati, hokimlarning vakolat doirasi hamda O'zbekiston U23 terma jamoasining g'alabasi haqida gaplashdik. 📹 https://youtu.be/yMAL-P7yxB4 Dam olish kuni yoqimli tomosha tilaymiz. 👉 @xushnudbek 👈
108 71794Loading...
03
Hukumat 7 ta yirik kompaniyadagi davlat ulushlarini xalqaro bozorda sotadi. Dastlab Samarqand avtomobil zavodining 75,2% ulushi 2024-yil 1-iyuliga qadar savdoga chiqarilishi kerak. Bundan tashqari, gigant kompaniyalar — Navoiy KMK AJ, Olmaliq KMK AJ, O‘zbekgidroenergo AJ, O‘zbektelekom AJ aksiyalarining 5 foizgacha qismi birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif vositalari orqali xalqaro fond bozorlariga chiqariladi. 👉 @xushnudbek 👈
139 408426Loading...
04
Toshkentda yashil hududga ega Ellipse Garden Darhan turar-joy majmuasining taqdimoti oʻtkazildi Ushbu turar-joy majmuasi sizga premium toifadagi xonadonlarni taklif etadi. TJM biznes-markaz va mashinalardan holi hovliga ega boʻlib, ko‘kalamzor makondagi to‘rtta ko‘p qavatli turar-joy blokini o‘z ichiga oladi. Loyihaning yana bir ustunligi shundaki, majmua rezidentlari tabiat qurshovidagi ekologik qulay manzilda yashashlari uchun loyihaning jami 30 000 kv.m. maydonidan 20 000 kv.m qismi yashil hudud va landshaft dizayni uchun ajratilgan. Hozirda 4 ta 21 qavatli turar-joy bloklaridagi alohida apartamentlar sotuvga qo‘yilgan. Bir xonalidan besh xonaligacha bo‘lgan, 34 kv.m.dan to 180 kv.m.gacha maydonga ega xonadonlar turli oilalar ehtiyojiga muvofiq keladi. Beshinchi blokda esa biznes-markaz joylashadi. Shuningdek, TJMda 900 ta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh quriladi. Batafsil maʼlumot uchun: (+998) 88-800-77-77. Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Asaka ko‘chasi, 52 Sayt: ellipsegarden.uz Instagram: @ellipsegarden Reklama
3 6130Loading...
05
Ayni paytda Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Yigʻilish doirasida Prezidentning “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi yuzasidan muloqot boʻlib oʻtmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
111 97042Loading...
06
O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionati qo‘shnilarimiz uchun omadli kelmoqda Futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati 14-senyatbrdan 6-oktyabrgacha O‘zbekistonning 3 ta shahri — Toshkent, Andijon va Buxoroda bo‘lib o‘tadi. FIFAning 2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionati 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar 🇺🇿Oʻzbekistonda bo’lib o’tishidan xabaringiz bo’lsa kerak. Bugun jahon chempionati uchrashuvlari bo’lib o’tadigan 3 ta mezbon shaharlar e’lon qilindi: Toshkent, Buxoro va Andijon. Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 ta terma jamoasi, jumladan, amaldagi gʻolib 🇵🇹Portugaliya, besh karra chempion 🇧🇷Braziliya, dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan hisoblanadigan 🇪🇸Ispaniya va 🇦🇷Argentina kabi jamoalar ishtirok etadi. Eng qizig‘i ushbu musobaqada biz bilan birga yana 3 ta qo‘shnimiz ham qatnashadi. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan! Ya’ni Yevropa nomidan 🇰🇿Qozog‘iston allaqachon yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan. Shuningdek, Osiyo kubogi yarim finaliga chiqqan 🇹🇯Tojikiston ham o‘z tarixida ilk marta Jahon chempionatida qatnashadi. O‘zi umuman Tojikiston terma jamoasi kattalar o‘rtasida ilk marta FIFA musobaqasida ishtirok etar ekan. Ertaga 🇰🇬Qirg‘iziston va 🇦🇫Afg‘oniston o‘rtasidagi saralash o‘yinida kim g‘olib chiqsa, o‘sha jamoa ham o‘z tarixida ilk marta JCHda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi. O‘zbekiston yarim finalga chiqib, ushbu 2 nafar qo‘shnimizga JCHga chiqish imkoniyatini yaratib berdi. Gap shundaki, Osiyo kubogi yarim finaliga chiqqan 4 ta jamoa JCHga chiqar edi. O‘zbekiston esa mezbon sifatida shundoq ham chiqib bo‘lgandi. Chorak finalda 🇻🇳Vyetnamni yutib, yarim finalga chiqqanimizdan keyin, chorak finalda yutqazgan jamoalar uchun yana 1 ta o‘rin berildi. Kecha o‘tgan saralash bahslarida Afg‘oniston Iroqni, Qirg‘iziston esa Vetnamni yutdi. Endi ertaga ikkalasi o‘zaro o‘yinda kim JCHga chiqishini aniqlab beradi. XULOSA: yurtimizda o‘tadigan JCHda 4 ta qo‘shnilar qatnashishi aniq — 🇺🇿O‘zbekiston, 🇰🇿Qozog‘iston, 🇹🇯Tojikiston hamda yoki 🇰🇬Qirg‘iziston yoki 🇦🇫Afg‘oniston. Bu esa bizning mintaqada futzal qay darajada kuchayganidan isbot bo‘la oladi. JCHda eng avvalo o‘zimizga, shuningdek, qo‘shnilarimizga ham omad tilaymiz! ❗️Aytgancha, ertaga O‘zbekiston va Tojikiston Osiyo kubogi 3-o‘rinini aniqlash uchun maydonga tushadi. Kecha tojiklar mezbon Tailandga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Ularda ham asosiy o‘yinda xuddi bizniki kabi hisob 3:3 bo‘lgandi. Yigitlarimizga omad tilaymiz. Navbatdagi bronza medalini qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz. 👉 @xushnudbek 👈
129 472145Loading...
07
Savdo Oʻzbekistonda eng koʻp aholi ishlaydigan sektorlardan biri hisoblanadi. Nafaqat tadbirkorlik, xalqqa xizmat koʻrsatadigan barcha sohalar, shu jumladan, davlat ishxonalarida ham savdo sirlarini bilish asqatadi. “Asaxiy Books” nashriyoti “Xalq banki” bilan hamkorlikda shu muhim soha uchun mashhur kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilibdi. Grand Kardonning “Savdo sanʼati” kitobi aynan sotuvni oʻrgatadi. Tadbirkorlar, ularning xodimlari – xizmat sohasidagi hammaga tavsiya qilinadi. Kitobni xarid qilish: asaxiy.uz/u/savdosanati Reklama
130 341129Loading...
08
Futzalchilarimiz Erondek qudratli jamoani titratdi, qo’rquvga soldi. Asosiy taymlarda 3:3 bo’lgach, penaltilar seriyasida biroz omadimiz kelmadi xolos. Yigitlar, katta rahmat sizlarga! Boshingizni baland ko’taring, bugun biz uchun g’olibsiz. Xudo xohlasa, yurtimizda o’tadigan Jahon chempionatida Eron tushib qolsa, albatta, yutamiz! 👉 @xushnudbek 👈
154 482143Loading...
09
Uraaaa! Yarim finaldamiz! G’alaba muborak barchaga!! Yarim finaldagi raqibimiz Indoneziya! Xudo xohlasa, finalga chiqamiz va tarixda ilk bor Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritamiz. 👉 @xushnudbek 👈
174 474477Loading...
10
Bugun ikkala terma jamoamiz ham bir paytda o’ynaydi U23 Osiyo kubogi chorak finalida 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi 🇸🇦Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi. G’olib jamoa kamida Parij-2024 Olimpiadasi uchun o’tish o’yinida qatnashish huquqini qo’lga kiritadi. Futzal terma jamoamiz esa Osiyo kubogi yarim finalida 🇮🇷Eronga qarshi maydonga tushadi. Ikkala o’yin ham soat 19:00 da boshlanadi. Yigitlarimizga omad tilaymiz! 👉 @xushnudbek 👈
61 5340Loading...
11
Qaynoq taklif! 🏢 Xon Saroy’ning zamonaviy koʻrinishga ega “Zoʻrsan” loyihasidan 3 xonali xonadon xarid qilishga ulgurib qoling ✨ Boshlangʻich toʻlovni amalga oshiring va qolgan qismini 48 oy davomida toʻlab boring! Loyiha hududida 👉Bog‘cha va maktab 👉Xavfsiz bolalar maydonchasi 👉Avtoturargohlar 👉24/7 kuzatuv kameralari mavjud. Bot orqali bogʻlanish ☎️ 712007400 ☎️ 555017400 🌐 xonsaroy.uz Reklama
143 62690Loading...
12
Bugun, 26-aprel kuni, Toshkent shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bojxona xizmatlari rahbarlari Kengashining 78-majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ko‘plab masalalar qatorida bojxona tizimlarida qog‘oz hujjatlar almashinuvidan voz kechib, jarayonni elektronlashtirish va mavjud to‘siqlarni zudlik bilan bartaraf etish masalasi ham muhokama qilindi. Masalan, tomonlar bir-biriga bojxona imtiyozlarini taqdim qilishga asos bo‘luvchi tovar kelib chiqishiga doir sertifikatlarning hamon qog‘oz shaklida taqdim qilinayotgani, MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida ushbu hujjatni raqamli shaklda almashishni yo‘lga qo‘yish lozimligi ta’kidlandi. 👉 @xushnudbek 👈
58 2370Loading...
13
Inklyuziv jamiyatni qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘rgazma tashkil etilyapti Toshkent shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 1-2-mayda “Inson uchun” savdo ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Unda 200 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etadi. Xususan: • nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan; • nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar o‘z mahsulotlari bilan qatnashadi. Shuningdek, 300 ga yaqin tadbirkorlar bulan hududlarda masofadan turib savdolar tashkil etiladi. 👉 @xushnudbek 👈
130 97090Loading...
14
📊 O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 davlatlar 2024-yilning birinchi choragida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida) ma’lum qilindi. Bular: 🇨🇳 Xitoy – 3 mlrd; 🇷🇺 Rossiya – 2,8 mlrd; 🇰🇿 Qozog‘iston – 937,7 mln; 🇹🇷 Turkiya – 656,3 mln; 🇰🇷 Janubiy Koreya – 544,1 mln; 🇫🇷 Fransiya – 337,1 mln; 🇩🇪 Germaniya – 268,1 mln; 🇹🇲 Turkmaniston – 235,2 mln; 🇦🇫 Afg‘oniston – 224,8 mln; 🇮🇳 Hindiston – 213 mln. 👉 @xushnudbek 👈
136 033355Loading...
15
“Profi”da hayot! “Profi University” oʻz faoliyatini boshlaganda uning jamoasi u qadar katta emasdi, lekin universitetni qoʻllaganlar va unga ishonganlar koʻp boʻldi. Bugun Sizning qoʻllab-quvvatlashingiz orqali shu kunga ham yetib keldik. Hozir Sizga ta'lim sifati, universitetdagi aktual yoʻnalishlar, “Profi” taqdim etadigan imkoniyatlarni emas, barchamizni birlashtirgan samimiyat va “Profi”dagi hayotni koʻrsatmoqchimiz. Bugun “Profi”ning katta oilasi bor. Sizda ham shu oilaning bir a'zosi boʻlish imkoniyati mavjud. ✅ 2024-2025 o'quv yili uchun "Profi University"ga qabul davom etmoqda! 🗒 Roʻyxatdan oʻtish uchun: profiuniversity.uz Batafsil ma'lumot uchun: 📲 78-777-11-11 yoki @profiqabul Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.) Profi University- Think out of the box Reklama
128 82986Loading...
16
Kechki mutolaa (o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi) Ivan Bunin. Yoshlik va keksalik (hikoya) Izoh: Ushbu hikoya inson umrining qanchalik tez o‘tishi, uni qanday o‘tkazish esa o‘ziga havola ekanligi ta’kidlangan. Hikoyadagi keksa kurd inson hayoti turli davrlarga bo‘linishini, o‘sha davrlarda ham inson inson bo‘lib qolishi kerakligini ta’riflab bergan. 📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/ivan-bunin-yoshlik-va-keksalik 🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/LwM1UCAEzDI 🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan. 📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda. #kechki_mutolaa 🔘 @xushnudbekuz
141 259566Loading...
17
Uzbekistan’s club jurnalining AQSh mavsumiga bag‘ishlangan ikkinchi soni taqdim qilinadi Jurnalning bu galgi sonida siyosat arboblari, jamoatchilik faollari bilan ham intervyular berilgan. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik, O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov, Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, o‘zbek sportining afsonasi Oksana Chusovitina, jamoatchilik faollari media rezidentlar Hikmat Abdurahmonov, Otabek Bakirov, Shahnoza Soatova va AQShda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonlik vatandoshlarimizdan iborat jamoa ushbu jurnalning asosiy qiyofalari sifatida gavdalanishgan. 👉 @xushnudbek 👈
133 51161Loading...
18
Bog‘ — xalqniki bo‘lishi kerak, bog‘lardan qo‘lingizni torting, uyatsizlar! "Abdulla Qodiriy" hamda "Do‘stlik" (sobiq "Bobur") bog‘i atrofidagi gap-so‘zlarni eshitgan bo‘lsangiz kerak. Toshkent shahridagi ushbu bog‘larini xususiy investorga berishmoqchi ekan. Investor ham bir dunyo rejalarini to‘lqinlanib, aytib beribdi. Ya’ni bog‘ juda zo‘r bo‘larmish, hozir qarovsiz ekan. Singapurda ochilgani aytilayotgan, lekin tagini yaxshilab surishtirsa, o‘zimizning qorako‘zlar bo‘lib chiqish ehtimoli yuqori bo‘lgan bu investor shunchaki bu xalqni sevgani, shu xalqdan o‘zini qarzdor deb hisoblagani uchungina bu bog‘larni o‘zidan-o‘zi, beminnat rekonstruksiya qilishiga sizlar ishonasizlarmi? Men ishonmayman, bunaqa ertaklarga ishonmay qo‘yganman. Juda ko‘p davlat mulklari, ko‘plab korxonalar atayin qarovsiz tashlab qo‘yilib, ahvoli rasvo bo‘lgandan keyin xususiy qo‘llarga tekinga berib yuborilganini ko‘p ko‘rdik. Mayli, dedik, qo‘l siltadik. Lekin hech bo‘lmasa, bog‘larga tegmanglarey, baraka topgurlar. Shundoq ham ekologiyamiz ahvoli o‘ta rasvo darajaga kelganda, shaharning o‘pkasi bo‘lgan bog‘lar taqdirini xavf ostida qoldirish jinoyat bilan teng. ‼️ Odamlarga tinch va sokin, hech qanday attraksionsiz, hech qanday shovqin-suronsiz, hech qanday do‘konlaru, savdogarlarsiz bog‘lar kerak. Bunday bog‘lar bilan ta’minlash davlatning MAJBURIYATI. Yanada aniqroq aytsak, shaharlarda bu MAJBURIYATNI shahar hokimligi ta’minlab berishi SHART! Toshkent shahar hokimligida insofli va xalq uchun haqiqatda qayg‘uradigan mas’ullar bo‘lsa, unda xususiy investorlarga ushbu bog‘larni topshirish fikridan qaytishi kerak. Agar topshiriq "yuqoridan" berilgan bo‘lsa, unda o‘sha "yuqoridagi" vallomatlar ham insofga kelishsin va bu qarordan qaytishsin, deb duodamiz. Va o‘z navbatida insofli deputatlarimizdan ham iltimos qilamiz (aslida talab qilishimiz kerak), katta-kichikligidan qat’i nazar, mamlakatdagi barcha bog‘larga UMUMMILLIY BOYLIK, umumxalq mulki maqomini berish va ularni har qanday tajovuzdan, har qanday tadbirkor hamlasidan asrovchi qonun tashabbusini bildirishsin. Uyg‘oq deputatlarimiz sanoqli bo‘lsa ham bor-ku, xalq uchun foydali harakatni boshlashsin. Bu qonun nafaqat bugun uchun, balki millat kelajagi uchun ham juda muhim. 👉 @xushnudbek 👈
138 268141Loading...
19
“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko‘plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi talabgorlar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin: ➖xalqaro olimpiada g‘oliblari; ➖ijtimoiy himoya yagona reyestriga kirgan oila a’zolari; ➖Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga. ✅ Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar: –top 10% talabalarga 100% grant; –keyingi 10% talabalarga 70% grant; –keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi. ❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin. Universitetda o‘qishga arizalar qabuli davom etmoqda. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Reklama
137 485240Loading...
20
O‘zbekistondan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish uchun Balxga jo‘nab ketdi. Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan. 👉 @xushnudbek 👈
147 153182Loading...
21
❗️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 👉 @xushnudbek 👈
148 73383Loading...
22
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev "Telefonsiz maktab" loyihasini faol qoʻllab-quvvatlagani uchun Angren shahridagi 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga 300 million soʻm pul mukofotini topshirdi. Ushbu maktab 50 kundan buyon yangi loyihani faol tatbiq qilib kelmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
183 320687Loading...
23
Toshkent viloyatining 19 ming 723 ta ko‘chmas mulk obyektlari Yangi Toshkent hududiga o‘tmoqda. Shundan: ● Turar joylar — 18 ming 773 ta; ● Noturar joylar — 891 ta; ● Ko‘p qavatli uylar — 52 ta. Jumladan, Yuqori Chirchiq tumanidan 6 ming 556 ta, O'rta Chirchiq tumanidan jami 3 ming 167 ta obyekt o‘tkazilmoqda. Ma’lumot uchun, 2023-yilning 18-mart kuni Shavkat Mirziyoyev “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshini qo‘ygan edi. Ushbu shahar 500 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘lib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo etilmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
152 300183Loading...
24
Toshkent amaliy fanlar universitetida “Xotin-qizlar va erkaklarning uzluksiz ta’lim olish imkoniyatlarini rag‘batlantirish: yutuqlar va muammolar” mavzusidagi xalqaro forum o‘tkazildi. Tadbirda dunyo bo‘ylab o‘qish imkoniyatlari, turli tillarni o‘rganish, ayollar va erkaklar uchun ta’limdagi yutuqlar va muammolar kabi mavzular muhokama qilindi. Forumda professorlar, ilmiy tadqiqotchilar va chet ellik olimlar ishtirok etishdi. 📸 Forumdan lavhalar 📄 Litsenziya (№ 029914, 14.06.2022-y.) Telegram | Instagram | Veb-sayt | Reklama
153 52972Loading...
25
Uraaaa! 🇺🇿O'zbekiston futzal terma jamoasi qiyin o‘yinda 🇻🇳Vetnamni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo kubogida yarim finalga chiqdi! Dastlabki taymda 1:0 ga yutqazayotgan edik, ikkinchi taymda tenglashtirdik va oxirgi daqiqada g‘alaba golini urib ketdik. Zo‘r! Barakalla! Endi 26-aprel kuni yarim finalda o‘ta kuchli 🇮🇷Eron bilan o‘ynaymiz. Olg‘a, yigitlar! 👉 @xushnudbek 👈
108 9840Loading...
26
Gaz “zapravkalar” qaysi biri, qayerda ishlayotganini 24 soat davomida ko‘rish mumkin bo‘lgan mobil ilova ishga tushiriladi Bu haqda 22-aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev ma’lum qilgan. “Hududgazta’minot” tomonidan ishlab chiqilayotgan ushbu ilova orqali qayerda, qanaqa tiqilinch borligi haqidagi ma’lumotlar ham onlayn tarzda uzatiladi. “Hududgazta’minot” tasarrufida bugungi kunda butun respublika bo‘yicha 1329 ta AGTKS bo‘lib, kompaniya bilan shartnoma tuzgan barcha shoxobchalar ilovaga kiritiladi. “Ilova joriy yilning kuz-qish mavsumida ishga tushishi reja qilinyapti. Qishda haydovchilarning qo‘lida ilova bo‘ladi”, – degan Hasan Toshxo‘jayev. 👉 @xushnudbek 👈
210 462943Loading...
27
Qalbaki 71 ming 200 dollarning muomalaga kiritilishi oldi olindi ➖ Toshkent shahrida yashovchi 2 shaxs har bir qalbaki AQSh dollarini 7500 so‘mdan hisoblab, xaridorga qalbaki 18 ming 800 dollarni 141 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlangan. Ulardan qo‘shimcha qalbaki 9500 dollar ham olingan; ➖ Oltiariq tumanida yashovchi shaxs qalbaki 20 ming dollarni haqiqiy 14 ming dollarga sotishga kelishib, xaridorga qalbaki 12 ming dollarni bergan vaqtida qo‘lga tushgan. U muqaddam odam savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlanib, hozirda probatsiya nazoratida bo‘lgan; Jinoyatchining yashash xonadonidan ham qalbaki 400 dollar topilgan. Shuningdek, u bilan birga kelgan Oltiariq tumanida yashovchi muqaddam sudlangan sherigining mashinasidan qalbaki 10 ming 500 dollar topilgan. Jami qalbaki 22 ming 900 dollar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan; ➖ Andijon viloyatida yashovchi 2 shaxs har bir qalbaki 100 dollarni haqiqiy 40 dollardan hisoblab, qalbaki 20 ming dollarni haqiqiy 8 ming dollarga sotgan vaqtida ushlangan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. 👉 @xushnudbek 👈
166 537201Loading...
28
❓Chorraha ichida sariq rangli chiziq bilan chizilgan toʻrtburchak nimani anglatadi? Yo‘l harakati qoidalariga yangi kiritilgan ushbu chiziq yo’llarda tirbandlikni oldini olishga xizmat qiladi. Bu haqda videodagi tushuntirishdan batafsil bilib olish mumkin. ✅ Qisqa qilib aytganda: tirbandlik payti sariq kvadrat ichiga kirmaslik kerak, yo’qsa jarima to’laysiz. Haydovchilardan ushbu yangi o’zgarishni yaxshilab tushunib olishlarini so’rab qolamiz. 👉 @xushnudbek 👈
178 4441 900Loading...
29
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qayta tayyorlov kurslari tashkil etilishini ma’lum qiladi Talabgorlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kurslarda tahsil olishlari mumkin: 🔹 Chet tili o‘qituvchilarini qayta tayyorlash bo‘yicha 4 oylik kurs (576 soat); 🔹 Rus tili bo‘yicha qayta tayyorlov kurslari 5 oylik (720 soat); Mazkur kurslar OTMni tamomlaganlar uchun bo‘lib, maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda dars berish imkonini beradi. Kurslarni tugatgandan so‘ng chet tillari o'qituvchisi sifatida dars berish huquqini beruvchi diplom beriladi. 🔹 Gid-tarjimonlarni qayta tayyorlash kursi 5 oylik (630 soat); Kurslarni tugatgandan so‘ng sertifikat beriladi hamda gid-tarjimon davlat reyestriga kiritiladi. 🔹 Aviabort kuzatuvchilari (styuardessa) boshlang’ich kursi - 1 oylik. 🗓 Boshlanish sanasi: 2024-yil 1-may 📌 Qoʻshimcha ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun biz bilan bog’laning: @Jahon_tillari_malaka_oshirish ☎️ Telefon: 90-336-56-01 📍Manzil: Toshkent shahar Uchtepa tumani Kichik halqa yo‘li G9A mavzesi 21-uy, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining tarjimonlik fakulteti 1-qavat 129-xona. Ta’lim reklamasi
167 9091 911Loading...
30
O‘zbekiston U23 terma jamoasi Vetnam ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. 100 foizlik natija, to‘plar nisbati 10-0. 26-aprel kuni soat 19:00 da U23 Osiyo kubogining chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi. Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirda dastlabki 3 ta o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar Parij-2024 Olimpiadasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. 4-o‘rinni olgan jamoa esa, Gvineya terma jamoasi bilan o‘tish o‘yinida qatnashadi. Demak, chorak finaldagi g‘alaba kamida Olimpiadaga o‘tish o‘yinida ishtirok etish huquqini beradi. Yigitlarimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishiga ishonamiz. Tarixning yangi sahifasini ochish payti keldi. 👉 @xushnudbek 👈
87 3854Loading...
31
Bugungi xabar bo‘yicha tushuntirish berildi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning ma’lum qilishicha, 48 soat haqidagi talab foto yoki videokameralar o‘rnatgan subyektlarga taalluqli. Ya’ni kameralar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida jarima haqida qaror chiqaradigan vakolatli organga, ya’ni YPX markaziga yuborilishi kerak. Agar tasvirlar YPXga 48 soatdan kechikib kelsa, o‘sha holat bo‘yicha ish ochilmaydi. ❓Xo‘sh, unda haydovchiga qanchada yetib kelishi kerak? YPX markazi ma’lumot kelib tushgandan keyin 15 kundan kechiktirmay jarima solish haqida qaror chiqarishi kerak. Undan kechiksa, o‘sha qaror qonuniy hisoblanmaydi. Xulosa: 2 kun (48 soat) — foto yoki videokameralardan YPX markaziga kelib tushish muddati; 15 kun — vakolatli organning qaror qabul qilish muddati. Jami 17 kun. ✅ Demak, ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror qoidabuzarlik sodir etilgandan so‘ng 17 kundan kechikib chiqarilsa, haydovchilarga jarima solinmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
199 8521 506Loading...
32
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeronni qabul qildi. Suhbat davomida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, taʼlim va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish haqida so’z bordi. Oliy taʼlimda zamonaviy sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, ingliz tilida o‘qitiladigan taʼlim dasturlarini kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. 👉 @xushnudbek 👈
29 2820Loading...
🥉🇺🇿Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi ketma-ket 3-bor Osiyo kubogi bronza medallarini qoʻlga kiritdi 3-o’rin uchun bahsda qo’shnilarimiz 🇹🇯Tojikiston penaltilar seriyasida mag’lub etildi. Eh, Eronni ham yutardik, salgina omadimiz kelmadi-da. Yigitlarga qoyil va rahmat! Xudo xohlasa, Jahon chempionatida ham medallar kutib qolamiz. Biz muxlislar esa zalni to’ldirib, qo’llab-quvvatlab turamiz. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...