cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Mahin's World

PhD student (Academy of Sciences) Specialization: International Relations and Politics YouTube blog: https://www.youtube.com/channel/UCLR6VeCivHaoF_RBcfVAwGg Contact @mahins_world

Show more
Advertising posts
5 101
Subscribers
+324 hours
-247 days
+1530 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
Ayn Rendni yaxshi ko’rishimni bilasizlar a?
7961Loading...
02
Yana biri P.S tug’ilgan kunim yaqin🌚
8512Loading...
03
Go’zallik topdim🫠
8720Loading...
04
#nimadir Qandaydir olamni orzu qilasan. Ishonasan. Boringni berasan. Oddiylik, samimiylik va rost gapirish, qadrlanishni istaysan. Istaklaringa javoban esa - yo’qlik, birinchi vaziyatdayoq qo’yningni puch yolg’onga to’ldirish payiga tushishadi. Cheksiz yolg’onlar, doimiy ravishdagi surunkali arzimas bahonalardan charchaysan. Va? O’zingni tanlaysan. Endi o’zing alohida shaxs ekaningni qabul qilasan. Hayotingda bir o’zing davom etishga qaror qilasan. Sababi, seni tushunmasliklari, oddiygina so’ragan qadring erish tuyulganini his qilasan. Qanchalik og’ir bo’lmasin - haqiqat shu. @mahinsworld
1 34924Loading...
05
#new_books Ana menda ham bor🌚💫. GOT Mirzohiddan sovg’a, Rangin qushchani o’zim sotib oldim. @mahinsworld
1 3650Loading...
06
May oyi uchun qaysi kitoblarni reja qilgansiz? @mahinsworld
1 5600Loading...
07
Eshitdingizmi? May eshik tagida. Mahinni tug’ilgan kuni oyi🫠
7790Loading...
08
Ko’ring, tarqating, share qiling va qo’llab-quvvatlang https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ
3 58268Loading...
09
Bugun “Mutolaa”ni taqdimotida Jasurbek @panda_books ni kuzataman, deb kanalizda yozing dedi. Mana yozdim🥷🏻
6072Loading...
10
Tushundilarmi? @mahinsworld
2 8954Loading...
11
Fm 104.0 MHz "Yoshlar" radiokanalida efirga uzatilayotgan "Talabalar vaqti" dasturining - "Kutilmagan intervyu" sahifasida navbatdagi mehmon Fanlar akademiyasi tayanch doktoranti Mohina NURSAIDOVA
2 66313Loading...
12
Yuqoridagi review shu kitobni sotib olishga undadi. P.S kitobni yillardan beri ko’z ostimga olgandim. Lekin undov yo’q edi
2 6585Loading...
13
Mutolaa haqida bilasizmi?
2 3646Loading...
14
#nimadir O’zingizni juda muhim shaxs hisoblamang. Dunyo sizdan boshlanib, siz bilan tugamaydi @mahinsworld
2 51218Loading...
15
Zilola Not just a diaryni taniydiganlar bormi? Userini @mahins_world ga jo’nating iltimos
10Loading...
16
#new_books Nasrda yosh ijodkordan yangi kitob muborak. Yosh ijodkorlarni doim qo’llab-quvvatlashimiz, o’qishimiz, tahlil va fikrlarimizni bildirishimiz kerak. Ularni ijoddan bezdirmaslik, sovib qolishiga sababchi bo’lmasligimiz kerak. Ijod oson yo’l emas. Ayniqsa hozirgi kitoblar kam sotiladigan bir paytda. O’qiylik, sotib olaylik, targ’ib qilaylik. Toki ijodkorlar ko’payib ketsin va Adabiyot bizga qaytsin… @mahinsworld
2 7675Loading...
17
Shu yerga suhbatga bordim. Juma kuni soat kunduzi radiodan hellllooo, deb ovozim chiqarkan🌚 @mahinsworld
2 7771Loading...
18
​​#book_review Xo’sh gapni nimadan boshlasam? Jamiyat uchun mos va xos bo’lmagan, yerlik hisoblanmaydigan Mishkinga tarifdanmi yoki uning atrofidagi siz kabi insonlardanmi? Balki shunchaki shox asar haqida kichik summary bilan cheklanarman. Kim bilsin… asarni bir vaqtda ikki til - o’zbek (qog’oz variantda) hamda rus (elektron variantda) o’qidim. Mahin’s Societyda “Telbalashamiz” deya yangi topic ochdim va uzoq yillardan beri aqlimni olgan-u, lekin qo’limga olmagan asar mutolaasiga kirishdim. Knyaz Mishkinni mutlaq o’zgacha tasavvur qilgandim. Xayolimda u chin ma’noda telba bir yo’qsil edi. Doim ham o’ylaganimiz chin bo’lib chiqmasligini isbotini asar boshi - knyazimiz general oldida suhbatga kirishganida o’z isbotini topdi. Asarda kim Telba o’zi? Jamiyat normalariga to’g’ri kelmaydigan beg’ubor Mishkinmi? Asarning ajralib turadigan jihati nafaqat ideal hisoblanmish knyaz, balki uning kulminatsiyasining uzunligidir. Mishkin o’ta mehribon, yaxshi, samimiy, rahmdil va sodda. Unda boshqalarda bor kabi g’ubor va xasad yo’q. Chirkinlik, xusumat saqlash, alam olish tuyg’ulari mutlaq uni chetlab o’tgan. Knyaz atrofidagilar, yaqinlarini toza qalbi bilan yaxshi ko’radi, ardoqlaydi. Aynan sanab o’tganlarimiz sabab ham uni “Telba” deb ataydilar. U doim yordamga qo’l cho’zadi, boshqalar qalbidagi yarani davolamoqchi bo’ladi. Asar mavzulariga to’xtaladigan bo’lsak, biz asarda Din, sevgi hamda status mavzularini ko’ramiz. Din mavzusida yozuvchi shaxsan Knyaz Mishkin tilidan davrada so’zga chiqadi, hatto Mishkinning o’zi ham qaysidir ma’ni Iso payg’ambarning xususiyati hisoblanmish qutqaruvchilikni o’zida namoyon etadi. Sevgi - ushbu mavzu har qanday davr, makon va zamonda eng mashhur hamda dolzarblardan hisoblangan. Telbada ham aktual. Dostoyevskiy sevgining har qanday turi va obyektini ko’rsatgan: oilaga, do’stga, yorga bo’lgan sevgi. Bundan tashqari tur deganimizda sevgining turli ko’rinishlari: Mishkinning Aglaya, Nastasyaga, Rogojinning Nastasyaga bo’lgan sevgilari misol bo’la oladi. Umuman olganda, juda qisqa review yozdim. Asarni o’qing. Men hanuz ta’siridaman. @mahinsworld
3 05412Loading...
19
​Goʻzallik bu dahshat. Nimani goʻzal deb hisoblasak, uni oldida qaltiraymiz. Donna Tartt - Sirli tarix Izgʻirin va zimiston tun. Adirdan oʻz uylariga qaytayotgan 5 ta oʻsmir. Qor yogʻyapti, sovuq qisti-bastiga oladi. Lekin ular sovuqdan qaltiramayapti. Ular hozirgina oʻzlarining doʻstini oʻldirishdi. Hali hech qancha boʻlgani yoʻq, ular Bannini daf qilishdi, endi esa uylariga qaytishyapti. Har birini chidab boʻlmas dahshat egallab olgan, qilgan ishlarining miqyosini endi-endi his qilishyapti. Endi nima qilishadi ular? Donna Tarttning debyut romani hisoblangan "Sirli tarix" juda ham qorongʻu va dahshatli hikoya. Asar voqealari Hampden kollejida, yunon tili va adabiyotini oʻrganayotgan 6 ta talabaning hayotining asta-sekin va qoʻrqinchli tarzda barbod boʻlishi atrofida kechadi. Butun boshli asar bosh qahramon Richardning tilidan aytib beriladi. Lekin qotillik asarning boshidayoq oshkor qilinadi. Asarda intriga yoʻq, boshidan oxirigacha oʻquvchini bir maromda ushlab turadi, doimiy ravishda goosebumpslar ostida. Ikki kitobga boʻlingan romanning birinchi kitobida beshta oʻsmirni qotillikka undagan sabablar ochib berilgan boʻlsa, keyingi kitobi mana shu qotillik tufayli ularning psixologik va jismoniy jihatdan yemirilishi, azoblari, paranoyalari atrofida kechadi. Undan tashqari, juda ham koʻp esda qoladigan, takrorlanmas personajlar mavjud bu asarda. Har biri juda qudratli qalam bilan chizilgan, oʻziga xos. Genri, Charlz, Banni, Kamilla, Richard, Frensis, Julian kabi ismlar xotirangizda qolib ketadi. Har biri turfa, har biri mukammal tarzda chizilgan. Nafaqat psixologik triller, balki juda kuchli falsafiy asar ham bu. Juda koʻp mavzular olib chiqilgan, qahramonlar tilidan fikrlar bildirilgan. Doʻstlik va uning ahamiyati, doʻstlikning yoʻqolishi, goʻzallik, dahshat, oʻsmirlarning oilaviy kelishmovchiliklari va bular ularning qurishga harakat qilayotgan hayotlariga qanchalik chuqur taʼsir qilishi, muhabbatning ikkinchi, ancha qorongʻu tarafi kitobda koʻtarilgan mavzularning bir qismi, xolos. Asarni oʻqishingiz uchun bir nechta sabablar keltiraman. Agar siz "Jinoyat va Jazo" ni oʻqigan va "Dead Poetʼs Society" filmini koʻrgan boʻlsangiz, bu kitob must-read. Chunki asar bu ikkala durdonalarning kombinatsiyasi. JVJ dan ancha-muncha darkroq va DPSdan ancha jiddiyroq. Agar siz yunon mifologiyasiga qiziqsangiz, unda bu kitob yana bir marta must-read. Chunki unda mifologiyadan juda koʻp elementlar bor va ular sizni oʻziga maftun qilishiga ishonchim komil. Asarni ingliz tilida oʻqish kerak, chunki bu roman degan yorliqda boʻlsa ham, aslida dostondek. Tili nihoyatda goʻzal, shu qadar poetik yozilganki, xuddi sheʼr oʻqigandek oʻqib ketasiz. Va juda koʻp inglizchada chiroyli va serhasham soʻzlarni oʻrganasiz. Agar siz talaba boʻlsangiz va oʻqish+ishingizdagi bir xillikdan zerikkan boʻlsangiz, bu sizga must-read. Chunki asar qahramonlari xuddi sizga oʻxshab talabalar va ularga simpatiya his qilishingiz zarur. Asarni men qoʻlimdan qoʻymadim. Klassik musiqalar bilan uygʻunlashtirdim. Har bir qahramonning dahshatlarini, qoʻrquvlarini, qaygʻularini, depressiyalarini his qildim. Qora tuygʻular shu darajada qora va sovuq boʻyoqlar bilan tasvirlanganki, bahorning issiq kunlarida ham badanimdan sovuq oʻtib ketdi. Ogʻir boʻldi kitob men uchun. Ancha ogʻir. Shu bilan ancha qadrdon ham boʻlib qoldi. Asarni hamma oʻzini kitob oʻqiyman deydigan kitobxonlarga tavsiya qilaman. @lestat_here
3 04929Loading...
20
Yangi va yosh kitob blogerlardan kimni taniysiz?
4640Loading...
21
Bookbloger deganda kimni tushunasiz degani, bookbloger ismini yozing degani emas. Qanaqa blog bo’lishi kerak ularniki degan ma’no edi. Bookbloger nashriyotni har bir tarjima kitobni o’qib, review yozishi shartmi?
4970Loading...
22
Bookbloger deganda kimni tushunasiz? Nashriyotni har bir kitobini o’qib, review yozishi qanchalar zarur?
10Loading...
23
Nashriyotlarning har bir yangi kitob tarjimasini o’qib review yozasizmi? Har birini o’qib, review yozish uchun blog yuritasizmi?
5991Loading...
24
Media files
3 70919Loading...
25
#blogging Bugun ozgina blog haqida gaplashmoqchi edim. Bilasiz 2018-yildan beri blog yuritaman. Birinchi blog ochgan paytimda ichimdagilarni yozishga, kitoblarim bilan bo’lishish va eng asosiysi o’zim kabi yerlik bo’lmaganlar davrasida bo’lishga intilganman. Tan olaman blogimda raqamlar hech qanday reklamasiz (ya’ni pullik reklama berilmasdan) o’sa boshlaganda juda xursand edim. Qandaydir bir tadbirlarga borganimda odamlar tanishi tan olish kerakki yoqardi (public blog yuritadiganlarning bari shunday). To’g’ri introvertman, to’xtab dildan gaplasha olmayman, ammo yoqadi. Blog yuritishning qiziq tomonlari haqida gapirmoqchiman. Blogim tufayli hayotimda cheksiz va o’chmas iz qoldirgan, o’rin olgan insonlar bilan tanishdim: turmush o’rtog’im, yaqin do’stim va sizlar - Online oilam ya’ni dunyoyimdagilar. Qiziq tomonlari haqida gapirsam: - kimdir bilan tanishasiz, kommentlarda yozishi, o’qiyotgan kitobi sizni qiziqtiradi. Biosiga qaraysiz. Blogi bor ekanini ko’rasiz. A’zo bo’lasiz. Qanchadir vaqt o’tadi va sizda burn out bo’lgani tufayli blogidan chiqasiz. Umuman olganda kimnidir blogini butun umr kuzatilmasligi mutlaq normal holat. Didlar o’zgaradi. Siz blogidan chiqqan odam esa siznikidan chiqadi (axir siz uni blogidan chiqdingiz) va sizni shaxsiy yozishmada bloklashgacha borishi mumkin. Nonsense. - har kun yangi insonlar, ularning dunyolarini kashf etasiz. Kimningdir o’sishi kuzatishingiz mumkin. Blogimni yurita boshlagan paytimda maktab o’quvchisi bo’lganlar hozirda magistr yoki chetda o’qishyapti. Buni kuzatish juda ajoyib. - negativ yoki heyt. Negativ va heytlar paydo bo’la boshlaydi. Bundan ajablanmang, YouTubedagi tabiat ovozida ham dislike bosganlar bor. Sizning izohingizga umuman ichidagi alamini to’kadigan, qarg’aydigan, suflaydigan yoki eng baland cho’qqisi - o’z blogiga borib heyt yozadigan ham bor. Bu hol tabiiyki sizni esankiratadi, holsizlantiradi va sizning qabul qilish holatingizga qarab ta’sir qiladi. Shu sabab ba’zi blog egalari izoh joyini ochmagan. - blogingiz o’sa boshlaganida yoqimli bir Eyforiya paydo bo’ladi. Gaplaringizni olqishlaydiganlar, sizni aqlli hisoblaydigan. So’ralmagan maslahatni beray - e’tibor bermang shunday insonlarga. Sababi, o’smay qo’yasiz. Monoton holga kelasiz. O’zingizni nirvanaga erishgan deb hisoblay boshlaysiz. Kerakmas. O’z yo’lingiz, o’zingiz, meningiz bo’laversin. Biling-ki sizdan aqlli, sizdan chiroyli, sizdan bilimli doim bor. Aynan siz esa bittasiz. Eyforiyaga berilish shart emas. O’z dengizingizni tark etmang. - umuman olganda esa hayot blogdan iborat emas. Blogdagilardan ham. Real hayot bor. Achchiq, beshafqat, qiziq, to’lqinlari mavjdan to’xtamaydigan, adrenalinga boy olamingiz. Tilardimki - doimo o’z dengizingizni boshqaring. Egasiga aylaning. Mahin🖤 @mahinsworld
5 08413Loading...
26
Ok, world. O’qiyotgan kitoblaringizni maqtanish uchun post. @mahinsworld
3 0704Loading...
27
#nimadir Odatda yozadiganlarim o’z-o’zidan teriladi. Eng qizig’i harflar terilishi uchun musiqa yoki depressiv kayfiyat kerak. Hozir musiqa sabab bo’ldi. Esingizdami yolg’iz qilgan sayohatim? Esingizdami dengiz oldida soatlab o’tirganim, ming-minglab tashlagan qadamlarim. O’ziga ishongan, menini yuqori qo’yadigan, kibrli, kimningdir tan olishiga zor bo’lmagan Mahin? Ha, men ham eslayman. Oxirgi bir yil qandaydir bir bo’shliq, yo’qlik yilidek. Yo’q bo’ldim. Sinish emas bu. Shunchaki yo’qlik. Nafas olyapsan, biroq mavjud emassan. Yo’q, adashdingiz depressiv/pessimistik narsa yozayotganim yo’q. Shunchaki xayolim va hayotimga kelayotganini yozyapman. Harflar tizilyapti, xayolimda kimdir o’rnimga yozayapti-yu men tomosha qilyapman. Bu hol esa ba’zan hayotim bilan ham sodir bo’ladi. Hayotim oldimdan tasvirlardek o’tyapti. Menga aloqasi yo’q. Men tomoshabinman. Ha, ha tomoshabin. Balki yo’lovchi. O’z hayoti yo’lovchisi haqida eshitganmisiz? Hayotingizda barcha narsa sodir bo’laveradi. Siz yashayverasiz. Ovqatlanasiz. O’qiysiz. Ishlaysiz. Lekin, yana bir siz yo’lovchidek chetdan tomosha qiladi. Tomoshabin yo’lovchi. Siz hayotingizda kimsiz? Yashovchi? Yo’lovchi? Tomoshabin? Yoki hech kim? @mahinsworld
3 67313Loading...
28
#nimadir Odatda yozadiganlarim o’z-o’zidan teriladi. Eng qizig’i harflar terilishi uchun musiqa yoki depressiv kayfiyat kerak. Hozir musiqa sabab bo’ldi. Esingizdami yolg’iz qilgan sayohatim? Esingizdami dengiz oldida soatlab o’tirganim, ming-minglab tashlagan qadamlarim. O’ziga ishongan, menini yuqori qo’yadigan, kibrli, kimningdir tan olishiga zor bo’lmagan Mahin? Ha, men ham eslayman. Oxirgi bir yil qandaydir bir bo’shliq, yo’qlik yilidek. Yo’q bo’ldim. Sinish emas bu. Shunchaki yo’qlik. Nafas olyapsan, biroq mavjud emassan. Yo’q, adashdingiz depressiv/pessimistik narsa yozayotganim yo’q. Shunchaki xayolim va hayotimga kelayotganini yozyapman. Harflar tizilyapti, xayolimda kimdir o’rnimga yozayapti-yu men tomosha qilyapman. Bu hol esa ba’zan hayotim bilan ham sodir bo’ladi. Hayotim oldimdan tasvirlardek o’tyapti. Menga aloqasi yo’q. Men tomoshabinman. Ha, ha tomoshabin. Balki yo’lovchi. O’z hayoti yo’lovchisi haqida eshitganmisiz? Siz hayotingizda kimsiz? Yashovchi? Yo’lovchi? Tomoshabin? Yoki hech kim? @mahinsworld Hayotingizda barcha narsa sodir bo’laveradi. Siz yashayverasiz. Ovqatlanasiz. O’qiysiz. Ishlaysiz. Lekin, yana bir siz yo’lovchidek chetdan tomosha qiladi. Tomoshabin yo’lovchi.
10Loading...
29
https://t.me/+912bCMZshfM2MmFi Society linkini so’raganlar uchun🖤
62311Loading...
30
Azoblanish odati Ba’zi insonlarga qanchalik empatiya koʻrsatmang, yordam bermang — hech narsa oʻzgarmaydi. Har safar vaqt, pul, emotsional yaqinlik singari resurslaringizni havoga uchiradi. Ertaga ham, bir oydan keyin ham, oʻn yildan keyin ham oʻsha-oʻsha mummolari bilan yashayverishadi. Bu odamlar mazoxistlardir. Ulardagi azoblanish odati tashqaridan koʻrsatilayotgan yordamdan unumli foydalanishiga imkon bermaydi. Azoblanish odati qanday namoyon boʻladi? 1. Mazoxist, unga nimadir, kimdir azob berayotganini bilib tursa ham — vaziyatni oʻzgartirishga harakat qilmaydi, faqat shikoyat qiladi. Masalan: hech narsaga ulgurmayotgani haqida koʻp gapiradi, lekin taym-menedjment borasida nimanidir oʻrganishni sinab koʻrmaydi; oila a’zolari bilan munosabatlari yomonligini gapiradi, lekin ular bilan gaplashib olish/aloqani uzish/terapiyaga borish singari tavsiyalarga quloq solmaydi; iqtisodiy vaziyat ogʻirligi haqida koʻp takrorlaydi, lekin iqtisodiy farovonlik yoʻllarini qidirmaydi. 2. Mazoxist qiyinchiliklarini gapirishdan zavqlanadi. Masalan: Ishda qanchalik qiynalgani, kunning qanday ogʻir oʻtgani, boshqalarni deb juda koʻp harakat qilgani haqida hikoyalar eshitasiz undan. Erishgan yutuqlari, oson eplagan ishlari, donolik bilan hal qilgan masalalari haqida gapirmaydi — chunki unda sogʻlom nartsissizm yoʻq (sogʻlom nartsissizm — oʻz yutuqlari bilan faxrlanish imkonini beradi). Mazoxist qiyinchiliklari orqaligina qadrlanishga, qabul qilinishga oʻrgangan — shu sabab ular haqida ogʻiz ochadi koʻpincha. Mazoxist bilan suhbatlashayotganingizda undan e’tibor olishning yagona yoʻli — unikidan ogʻirroq muammongiz haqida gapirishdir. Siz ham mazoxist boʻlmasangiz, bunday kontakt uzoq davom etishiga chidolmaysiz👌🏻
3 66929Loading...
31
#reading Ushbu kitob dovonlar osha Mahinning qo’liga o’qib turish sharti ila yetib keldi. @marufjonblogi dan Mahinga, Sanjar aka Nazardan esa Mar’rufga kelgan. Ko’p o’qilgan kitobda qahrabo kabi nimadir bo’larkan. Kitobni Ma’rufdan ming yil deganda arang uyiga borib, tortib oldik🌚. O’qib bo’lishimni har sekundda kutsa kerak deb turibmiz endi. O’qiganlar bormi? @mahinsworld
4 5689Loading...
32
#nimadir Eng yomon tuyg’u - tanloving/qadrlaganingda adashganingni anglash @mahinsworld
4 78721Loading...
33
Huzur kitoblaridan bir qop kitob sovg’a kelibdi. Qaysi birini o’qigansiz? @mahinsworld
4 6865Loading...
34
Ozgina muhokama qilaylik. Bugun tugatdim. Mishkindan ayrilganimga (kitob tugaganiga) qalbim vayron holdaman. Siz kim uchun qayg’urgansiz?
4 0140Loading...
35
Kim Telbani o’qigan?
4 1490Loading...
36
#reading Chidolmadim. Uxlamadim deyarli. Yarim tun/tong sahar 2 dan beri Telbani o’qiyman. Telbaga aylandim. Mishkinning ko’rinmas soyasidekman go’yo. Qalbim og’riyapti. Xuddiki yurakdagi mayda tomirlarni qattiq ushlab, qon yurishiga yo’l qo’ymay hikoya qilayotgandek Dostoyevskiy. Og’ir, juda og’ir… Insonlarning sitamlari, Telbaliklarini his qilib o’qish - azobli. @mahinsworld
4 4089Loading...
37
#nimadir Hamma bir-biridan norozi, hamma baxtsiz, alamzada. Ijtimoiy tarmoqlarda istalgan video/postlarga qarasangiz (bizning musaffomizdagi) norozilik, alamzadalik to’la komment/izohlarga ko’zingiz tushadi. Eng qizig’i esa o’z hayotini eplay olmay yurganlar kelib qanday yashash to’g’ri ekani, nima to’g’ri-yu, qanday qadam bosish kerakligini yozib aql bichadi. O’qib turib hayron qoladiganingiz - o’zining hayoti yo’qmi? O’ylab qoldim, bu kabi xatti-harakatlar oilada boshlanar ekan. Ota-ona farzandidan norozi. O’z yasholmagan hayotini farzandiga yashashni istaydi. Bolasi bu kabi hayotda yashashni istaydimi yo yo’q, baribir. Yashashga MAJBUR! Yo bo’lmasa farzandini qayerda yashashi-yu, bosishga majbur hayot yo’lini chizishga urinadi. Qiziq a? O’g’li/qizining qachon uylanishi, turmush qurishini yillarini belgilash tugul, kim bilan hayot yo’l belgilashini ham “orzu-havas” qiladi. Hayratdaman, qanday? Nega? Nahot inson zoti 9 oy qalbida ko’targan farzandiga nisbatan shu darajada xudbinlikka qodir bo’lsa? Nahot farzandining sog’-omonligi, baxtli ekani ota-onaga yetarli bo’lmasa? Shu kabi vaziyatlar chigalligi, tug’ilgandan duch kelinadigan noroziliklar chigallashib, avj olib, gazaklab shu holgacha yetib kelar, deb qoldim (e’tibor bering - deb qoldim, aynan men. Demakki, fikrim shunday). Bora-bora kimdir aynan biz aytgandek bo’lishga majburligi odatiy holga aylanadi va biz borib duch kelgan - biz tanigan/tanimagan, bizni tanigan/tanimaganga ham qo’limizni bigiz qilishga olib kelar?! Dahshat emasmi? Nahot odamzotning o’z dunyosi bo’lmasa? O’z hayotiga andarmon bo’lmasa? Shunchalar o’z dunyosida baxtli yashash qiyin? Tinchlik, sokinlikda mehr va muhabbat bilan yashashga urinish mushkul ish emasku? O’qisa, o’rgansa, doimiy izlanishda bo’lsa. Yoki bir ajoyib hobbisi bo’lsa. Farzandlaringizni eshiting, tinglang. Ularning istaklari, olamini qabul qiling, bag’ringizga bosing. Toki ulardagi ming xil travmalar boshqalarga alam to’la izohlarni yozishga majbur qilmasin. Mahin🖤 @mahinsworld
4 81135Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
Ayn Rendni yaxshi ko’rishimni bilasizlar a?
Show all...
❤‍🔥 26 4🤩 2
Photo unavailableShow in Telegram
Yana biri P.S tug’ilgan kunim yaqin🌚
Show all...
❤‍🔥 27 5🍓 3😇 1
Go’zallik topdim🫠
Show all...
❤‍🔥 25🤩 8🍓 4 2
#nimadir Qandaydir olamni orzu qilasan. Ishonasan. Boringni berasan. Oddiylik, samimiylik va rost gapirish, qadrlanishni istaysan. Istaklaringa javoban esa - yo’qlik, birinchi vaziyatdayoq qo’yningni puch yolg’onga to’ldirish payiga tushishadi. Cheksiz yolg’onlar, doimiy ravishdagi surunkali arzimas bahonalardan charchaysan. Va? O’zingni tanlaysan. Endi o’zing alohida shaxs ekaningni qabul qilasan. Hayotingda bir o’zing davom etishga qaror qilasan. Sababi, seni tushunmasliklari, oddiygina so’ragan qadring erish tuyulganini his qilasan. Qanchalik og’ir bo’lmasin - haqiqat shu. @mahinsworld
Show all...
❤‍🔥 58💔 14💯 7 3🍓 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#new_books Ana menda ham bor🌚💫. GOT Mirzohiddan sovg’a, Rangin qushchani o’zim sotib oldim. @mahinsworld
Show all...
🎉 38❤‍🔥 21👏 10🐳 4💯 3
Photo unavailableShow in Telegram
May oyi uchun qaysi kitoblarni reja qilgansiz? @mahinsworld
Show all...
❤‍🔥 47 9🤩 9🔥 7
Eshitdingizmi? May eshik tagida. Mahinni tug’ilgan kuni oyi🫠
Show all...
❤‍🔥 46🤩 7 4🌚 3🤝 1
Ko’ring, tarqating, share qiling va qo’llab-quvvatlang https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ
Show all...
"Qo‘rqma" | Film

"Qo‘rqma" filmi "Mutolaa" loyihasining kitob-kino yo‘nalishida suratga olingan bo‘lib, 2021-yil O‘zbekistonning bestseller kitobi bo‘lgan Javlon Jovliyevning ayni nomli asariga asoslanadi. Rejissor Erkin Bozorov, operator Samijon Sunnatullayev, rollarni Erkin Bozorov, Yusuf Fayziyev, Abbos Yo‘ldoshov, Dilshoda Jo‘rayeva ijro qilgan. "Mutolaa" loyihasi o‘zbek adabiyoti targ‘iboti uchun "Kitob-kino" yo‘nalishida filmlar suratga olishda davom etadi.

❤‍🔥 39 8🔥 5🤗 4🤔 1
Bugun “Mutolaa”ni taqdimotida Jasurbek @panda_books ni kuzataman, deb kanalizda yozing dedi. Mana yozdim🥷🏻
Show all...
🔥 16🤩 4😇 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tushundilarmi? @mahinsworld
Show all...
❤‍🔥 73🥰 18 13🎉 3🤩 3 1