Muhammad Uralov
Open in Telegram
- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv
Show more684
Subscribers
+124 hours
-17 days
+1930 days
Posts Archive
O'lgan odamlar tirik odamlardan ko'ra ko'proq gullar qabul qilishadi, sababi afsuslanish shukronalik(minnatdorchilik)dan ko'ra kuchliroq tuyg'udir!
#tafakkurqilmaysizmi
@MuhammadUralov
Insonlarning ajoyib psixalogiyasi
Statistikaga koʻra sen bajargan ish, tayyorlagan, post, video yoki koʻrsatuv 10ta odamga yoqsa shundan 9tasi senga bu haqida aytmaydi. Lekin sen qilgan ishlar 10kishiga yoqmasa undan 9tasi bu haqida kelib aytadi.
Svetoforda qizilga oʻtib ketsang hamma seni soʻkadi, yomonlaydi, lekin toʻxtab tursang hech kim senga kelib rahmat demaydi.
Bezorilarga, oʻgʻrilarga, masheniklarga jazo bor, lekin tinch yurgan, aqlli, qonunga amal qiladiganlarga mukofot yoʻq.
Tezlikni oshirsang uyga jarima xati boradi. Lekin nega tezlikni oshirmaganlarga konvertda pul bormaydi?!
Maktablarda formasiz va kechikib kelganlarga jarima bor, lekin oʻz vaqtida kelganlarga birov rahmat demaydi.
Ishxona, universitet, maktablarda esa doim kelganlar kelmaganlar uchun gap eshtishadi.
@MuhammadUralov
Oʻrtada boʻlish musulmon uchun emas!
Eʼtibor berganmisan? Sinflarda, davralarda, ishxonalarda eng koʻp eslab qolinadiganlar eng zoʻrlari yoki eng yomon(ikkichi)lari.
Oʻzimizning qoʻshiqchilardan ham eng zoʻrlari(Botir Qodirov) va eng yomoni( Nasafiy) ni bilaman xolos.
Imtihon javobi jadvallarida barcha eng tepadagi va eng pastdagilarni tekshirishadi.
Hozir globalization davrida tez mashhur boʻlishning ikkita yoʻli bor. Biri juda kuchli talant, mehnat, omad. Ikkinchisi eng ahmoqona va inson tabiatiga zid ishlarni qilish. Aynan shu ikki holatni insonlar bir-biri bilan cheksiz ulashishadi.
UFCda ikki yulduz bor Xabib va McGregor. Biri odob, kamtarlik, tavozelik, aql va metin Iroda timsoli. Ikkinchisi maqtanchoqlik, gapiga javob berolmaslik, oʻziga bino qoʻyish bilan tanilgan.
Tarixda ham eng buyuklar va eng ahmoqlar oʻz nomlarini qoldira olganlar. Oʻrta darajadagilarni esa hech kim eslamaydi. Ular unutilishga va eʼtiborsizlikka mahkum.
Shaxsan men hayotda oʻrta darajadagi inson boʻlib oʻtib ketishni xohlamayman! Demak, tarixda iz qoldirishimga ikki yoʻlim bor lekin ikkinchisi qadriyatimga toʻgʻri kelmaydi. Demak, faqat bitta yoʻl qoldi, eng zoʻri boʻlish. Sohamning, davlatimning, zamonimning eng zoʻri. Faqat shu qoniqtiradi!
P/S: Senda esa ikkita yo'l bor)
@MuhammadUralov
Oʻrtada boʻlish men uchun emas!
Eʼtibor berganmisan? Sinflarda, davralarda, ishxonalarda eng koʻp eslab qolinadiganlar eng zoʻrlari yoki eng yomon(ikkichi)lari.
Oʻzimizning qoʻshiqchilardan ham eng zoʻrlari( Botir Qodirov) va eng yomoni( Nasafiy) ni bilaman xolos.
Imtihon javobi jadvallarida barcha eng tepadagi va eng pastdagilarni tekshirishadi.
Hozir globalization davrida tez mashhur boʻlishning ikkita yoʻli bor. Biri juda kuchli talant, mehnat, omad. Ikkinchisi eng ahmoqona va inson tabiatiga zid ishlarni qilish. Aynan shu ikki holatni insonlar bir-biri bilan cheksiz ulashishadi.
UFCda ikki yulduz bor Xabib va McGregor. Biri odob, kamtarlik, tavozelik, aql va metin Iroda timsoli. Ikkinchisi maqtanchoqlik, gapiga javob berolmaslik, oʻziga bino qoʻyish bilan tanilgan.
Tarixda ham eng buyuklar va eng ahmoqlar oʻz nomlarini qoldira olganlar. Oʻrta darajadagilarni esa hech kim eslamaydi. Ular unutilishga va eʼtiborsizlikka mahkum.
Shaxsan men hayotda oʻrta darajadagi inson boʻlib oʻtib ketishni xohlamayman! Demak, tarixda iz qoldirishimga ikki yoʻlim bor lekin ikkinchisi qadriyatimga toʻgʻri kelmaydi. Demak, faqat bitta yoʻl bor eng zoʻri boʻlish. Sohamning, davlatimning, zamonimning eng zoʻri. Faqat shu qoniqtiradi!
Bizning duolarimiz bizni Alloh bilan bog'lovchi vositadir, duolarimiz orqali bu dunyo Jannatga aylanib qolmaydi. Bu dunyo doim sinovlardan iborat bo'lgan. Bizdan minglab marotaba ulug' va solih insonlar ham qiyinchiliklarga duch kelganlar. Bu mutlaqo odatiy hol!
Alloh ham " Biz inson bolasini qiyinchilik, og'ir damlar va sinovlar ustida yaratdik" deydi. Qiyinchilik bu hayotning ajralmas bir qismi. Duo esa bu muammolarni yengishda bizga yordamchidir.
Lekin shuni unutmaginki! Xoh qiyin, xoh oson vaqtlar bo'lsin Yaratgan biz bilan birgadir!
©Nouman Ali Khan
@MuhammadUralov
Biz ovqatlanmasdan yashay olmaymiz, ammo ovqatlanish uchun yashamaymiz ham!
@MuhammadUralov
Meni borim shu!
Odamlarni barcha kamchiliklari bilan qanday bo'lsa shunday qabul qilsangiz, ularni hech qachon yaxshi tomonga o'zgartira olmaysiz. Agar insonlarga komil insondek muomalada bo'lsangiz, ularni o'sha darajaga ko'tarasiz.
©Gyote
"Agar meni sevsang borimcha qabul qilasan, agar do'stim bo'lsang borimcha qabul qil" bu iboralarga "labbay" deb javob beradiganlar sening na do'sting, na haqiqiy oshig'ingdirlar!
Seni o'sishingni, rivojlanishingni xohlamaydiganlar, ertangi kuningni buguningdan yaxshi bo'lishi kerakligini bilmaydiganlar bunga rozi bo'ladilar.
Ota-onangdan, qiyomatli do'stingdan va suyukli insoningdan hech qachon buni kutma! Ular seni sof tanqidlar orqali eng yuqori cho'qqilarda ko'rishni xohlashadi.
Boricha qabul qilish seni eng oxirgi o'rinda yurishingga rozi bo'lish demakdir. Bu gap bilan kim senga do'st bo'lishi mumkinligini ham sinab olsang bo'ladi😉.
@MuhammadUralov
Botan Gʻishmat va iplos Gaston haqida
Eʼtibor berib qaralsa, koʻplab chiroyli va hatto aqlli qizlar aqlli boʻlmasa-da oʻziga ishongan yigitlarni tanlashadi. Oʻziga ishonchi yoʻq, hatto qizga sevishini ayta olmaydigan ammo unga butun institut davrida faqat yaxshiliklar qilgan, darslarini qilib bergan, tugʻilgan kunida esa kitob sovgʻa qiladigan mehribon botan Gʻishmatdan koʻra, qizlar nimagadir iplos Gastonlarni tanlashadi.
Aslida, ayol psixologiyasi va uning instinktlari uni oʻzi yoqtirgan insonlarning ichidan eng kuchlirogʻi va ishonchlirogʻini tanlashga majbur qiladi. Oʻzi sevishib yurgan ammo oʻz nazdida omadsiz va lapashang deb bilgan yigitga bahona qilish uchun ham boyroq odamga yoki kallaliroq, kelajagining koʻrinishi yorqinroq odamga erga tegishga rozi boʻlib, yigitiga meni majburlashdi deydigan pragmatik ayollar ham bor.
Ayol uchun birinchi navbatda uning yonida oʻzini himoyalangan deb his qiladigan ishonchli odam kerak. Shuning uchun ham samouverenniy boʻlmagan botan Gʻishmatdan koʻra, oʻziga ishongan iplos Gastonni koʻproq sevib qolishlari mumkin qizlar.
Gʻishmat, sen bunda qizni ayblama, aybni oʻzingdan qidir. Sen ming mehribon va mimimishka boʻlishing mumkin, ammo qizga qoya kerak latta emas. Lekin kun kelib iplos Gastonlar qizni qadriga yetmasligi mumkin, shuning uchun botan Gʻishmat boʻlma, iplos Gaston ham boʻlma. Botan Gaston boʻl. Udachi.
© N.Alimov
@MuhammadUralov
Botan Gʻishmat va iplos Gaston haqida
Eʼtibor berib qaralsa, koʻplab chiroyli va hatto aqlli qizlar aqlli boʻlmasa-da oʻziga ishongan yigitlarni tanlashadi. Oʻziga ishonchi yoʻq, hatto qizga sevishini ayta olmaydigan ammo unga butun institut davrida faqat yaxshiliklar qilgan, darslarini qilib bergan, tugʻilgan kunida esa kitob sovgʻa qiladigan mehribon botan Gʻishmatdan koʻra, qizlar nimagadir iplos Gastonlarni tanlashadi.
Aslida, ayol psixologiyasi va uning instinktlari uni oʻzi yoqtirgan insonlarning ichidan eng kuchlirogʻi va ishonchlirogʻini tanlashga majbur qiladi. Oʻzi sevishib yurgan ammo oʻz nazdida omadsiz va lapashang deb bilgan yigitga bahona qilish uchun ham boyroq odamga yoki kallaliroq, kelajagining koʻrinishi yorqinroq odamga erga tegishga rozi boʻlib, yigitiga meni majburlashdi deydigan pragmatik ayollar ham bor.
Ayol uchun birinchi navbatda uning yonida oʻzini himoyalangan deb his qiladigan ishonchli odam kerak. Shuning uchun ham samouverenniy boʻlmagan botan Gʻishmatdan koʻra, oʻziga ishongan iplos Gastonni koʻproq sevib qolishlari mumkin qizlar.
Gʻishmat, sen bunda qizni ayblama, aybni oʻzingdan qidir. Sen ming mehribon va mimimishka boʻlishing mumkin, ammo qizga qoya kerak latta emas. Lekin kun kelib iplos Gastonlar qizni qadriga yetmasligi mumkin, shuning uchun botan Gʻishmat boʻlma, iplos Gaston ham boʻlma. Botan Gaston boʻl. Udachi.
https://t.me/nurbekalimov
Depressiyaga faqat sabr qilish kerak(mi)
Ko'plab insonlarda kuzatgan holatim xafa bo'lgan, siqilgan yoki turli qiyinchilikka uchrab depressiyaga tushgan odamlarga kelib gapiradigan birinchi gapi: "Nima taqdiringdan norozimisan? Sabr qilishing kerak! Iymoning zaifmi yoki" kabi jumlalar.
Ular shunchaki Yoqub alayhissalom yig'layverib ko'z nurlarini yo'qotganini va payg'ambarimiz Muhammad sallallahu alayhi wa sallam ham siqilganliklarini, xafa bo'lganliklarini bilishmaydi.( Tasavvur qiling ularga borib nega xafa bo'lasan nima iymoning zaifmi deb ayta olisharmidi?)
Siqilgan va g'amgin bo'lgan holatlardagi eng noto'g'ri tanlov bu yolg'izlikni tanlash. Usha vaqtda shu soha mutaxasislari yoki o'zingiz eng ishongan odamlardan yordam olish xattoki sunnat amaldir.
Hattoki payg'ambarimiz sallallahu alayhi wa sallam Oyisha onamiz bilan o'rtasidagi munosabatlar qiyinlashib qolgan vaqtda yordam olganlar. Ba'zilar esa bolasi vafotidan keyin yig'layotgan onalarga kelib turib "sabr" haqida gapirishadi.
Siqilish, depressiyaga tushish bu mutlaqo tabiiy jarayon. Alloh bizni robotlar qilib emas. Hissiyotlar bilan birga inson qilib yaratdi. Voqealardan ta'sirlanish esa inson uchun xosdir.
Yig'lash bu sabrsizlikning belgisi emas! Xafa bo'lish, siqilish absolute tabiiy jarayon. Faqat bu vaqti psixolog ko'rigiga borish yoki uni tushuna oladigan, o'zi ishongan yaqin insoniga bilan bo'lisha olishi kerak.
@MuhammadUralov
Olayotganing yoqmasa berayotganingni oʻzgartir
Senga ularning muomalasi yoqmayaptimi? Oʻzingning ularga boʻlgan munosabatingni oʻzgartir, xushmuomala boʻl, yordam berishdan qochma, keraksiz va bachkana gaplardan tiyil. Oʻzingni dadilroq tutishni oʻrgan.
Ishxonangda olayotgan oyliging juda kam senga yoqmaydi. Koʻproq olish uchun koʻproq ber. Oʻz ustingda ishla, masʼuliyatni ol, qiyin muammolarni yech. Kutilmadan koʻra koʻprogʻini bera olsang, imkonsizlik chegarasini ham buzib oʻtasan.
Farzandlaring va ayoling bilan munosabatlarda tushunmovchiliklar koʻpmi? Ularga berayotgan pulingdan tashqari eʼtibor va mehringni koʻpaytir. Ular uchun vaqt ajrat, suhbatlash, muammolarini eshit, qarorlaringni birga muhokama qil. Yagona oila bo'l!
Ruhing tushkun, energiya yetishmaydi, tez charchaysan. Oʻz ruhing va tanangga beradiganlaringni oʻzgartir. Foydali ovqatlar bilan ovqatlan, sport bilan shugʻullan, oʻzingga vaqt ber tabiat qoʻyniga yolgʻiz chiqib tafakkur qil, oʻyla, esla, zavq ol. Ibodatni boshla!
@MuhammadUralov
Qanday qiz tanlash kerak?
Yigirma yoshimgacha uylanganimda albatta o'zim bilgan va tanigan qizlar ichida eng chiroylisiga uylangan bo'lardim. Chiroy priority( ustuvorlik) bo'lardi.
Yigirma to'rt yoshimgacha uylanganimda eng aqillisiga, fikrlari eng zamonaviysiga, tinmasdan o'z ustida ishlab ko'p kitob o'qiydiganiga uylangan bo'lardim.
Yigirma to'rtdan o'tib yigirma beshga yaqinlashar ekanman endi dindoriga, taqvodoriga uylanaman deb niyat qildim.( Hijob o'rasin, namoz o'qisin, farosatli va tarbiyali bo'lsin)
Nega endi eng birinchisiga diniga keyin boshqa sifatlariga qarash kerak? Javob oddiy: agar inson o'qisa izlansa, kitob o'qisa Alloh unga bilimni, keng dunyoqarashni beradi.
Agar sen yaxshi pul topib ayolinga mehr bersang, uni seni ko'zingga go'zal bo'lishi uchun mablag' ajratsang u chiroyli ham bo'ladi.Lekin hidoyat faqat Allohdan keladi! Uni sen yoki men bera olmaymiz!
@MuhammadUralov
1. Kompaniya qorovul kerakligi haqida e'lon berildi. Ertasi kuni u yerda o'g'rilik sodir bo'ldi. ( Haqiqiy reklama shunday ishlash kerak))
2.Zaif tovarni "o'ldirishning" eng tez usuli - uni reklama qilishdir.Reklama juda ko'p odamlarni jalb qiladi, ular esa mahsulotni ta'tib ko'rib uning qanchalik sifatsizligini yoki reklamaga mos emasligini o'zlarining do'stlari va tanishlariga yetqazadilar.
3.Yaxshi tovar reklamaga muhtoj emas. Uning yaxshi reklamasi - mamnun haridorlardir.
4. Biznesni reklamasiz yuritish bu - xuddi qorong'u xonada qizga ko'z qisish bilan barobardir. Siz nima qilayotganingizni bilasiz, boshqalar esa - yo'q.
#marketing #biznes #reklama
@MuhammadUralov
Tushun va tushunarli bo'l
Inson ijtimoiy mavjudot uning yakka o'zi uzoqqa bora olmaydi. Demak uning hayotidagi eng muhim jihat bu munosabatlardir.
Bizning hayotimiz ota-ona, do'stlar, qarama-qarshi jins vakillari, ustozlar hattoki haydovchi, sotuvchi va yana shunga o'xshash yuzlab insonlar bilan bo'lgan munosabatlardan iboratdir.
Munosabat ikki tomon uchun ham yutuqli(win-win) bo'lishi uchun ikki muhim jihat bor. Bular: E'tibor(tushunish uchun), Jasorat(tushunarli bo'lish uchun).
Eng avvalo tushunishga harakat qil, e'tiborli bo'l. Ikkinchi tomonni nima xohlayotganini bilsang uning senga bo'lgan ishonchi va hurmatini qozonasan. E'tiborli bo'ldingmi, endi jasoratli bo'lishga ham kuch top. O'z hissiyotlaring va xohishlaringni dadil bildira olishing juda muhim! Agar shunday qilmasang ular seni hech qachon tushunishmaydi va bunda ularning umuman aybi yo'q.
Hammasi oddiy, yoqmasa yoqmayapti, vaqtingni olsa vaqtimni olyapsan, ha meni xafa qilding deb aytishni o'rganishing va sen bilan hisoblashishlari kerakligini eslatib qo'yishing kerak.
@MuhammadUralov
Ehtiyojlar
Insonda 3 turdagi ehtiyojlar boʻladi. Jismoniy, ruhiy va hissiyot ehtiyojlar.
Birinchi turga oziq-ovqat, suv kabilarga boʻlgan ehtiyojlar kiradi. Bu jihatlar qondirilmasa biz jismoniy qiyinchiliklarga duch kelamiz.
Ikkinchi turdagi ehtiyojlarni biz Yaratgan bilan oʻzaro aloqalarimiz orqali toʻldiramiz. U bilan qancha yaqin boʻlsak shuncha ruhiy jihatdan yengil va oʻtkir boʻlamiz.
Uchinchi turdagi ehtiyojlar esa odamlar tomonidan sevilish, tushunilish, hurmat qilish, ishonish, xavfsizlik kabi tuygʻular berilgandagina qondiriladi.
Eng qiziq tomoni esa, bu uchta ehtiyoj oʻzaro bogʻlangandir. Bittasi boʻlmasa qolgan ikkitasiga albatta taʼsir qiladi. Siz ikki kun ovqat yemagan holda xotirjam Alloh bilan ruhiy aloqa qila olmaysiz. Sizga hech kim ishonmaydigan muhitda yashash sizni jismoniy kasal qiladi.
Hayotimizda depressiya bormi demak shu uchta ehtiyojdan qaysidir biri qondirilmayapti. Uni toping va toʻldiring. Barchasini balansda ushlang.
@MuhammadUralov
Qonunlar-qoidalar
Hayotda 3 xil qonunlar boʻladi:
A) Shariat qonunlari.
B) Davlat qonunlari.
C) Odamlar bir-birlari uchun oʻylab topgan qonunlar.
Qonun va qoidalarning maqsadi insonlar hayotini osonlashtirishdir. Lekin koʻp hollarda uchinchi turdagi qonunlar inson hayotini qiyinlashtiradigan elementlar bilan boyitilgan boʻladi.
Agar uchinchi turdagi qoidalar menga naf keltirmasa, hayotimi osonlashtirmasa qaramiman, eʼtibor bermiman. Qoʻpol qilib aytganda tupuraman)
Kastyum-shim bilan krossovka kiymaslik kerak; barcha ayollar faqat va faqat uy bekasi boʻlishi kerak, ishlashi, mashina haydashi kerakmas; omma oldida gapirganda, intervyu berganda oq koʻylakda boʻlish kerak; odamlar seni hurmat qilishi uchun qimmat telefon, qimmat mashina minishing kerak; soat chap qoʻlga taqiladi, uylangandan keyin odam oʻzgarmasligi kerak, choyxona, yigʻinlardan qolmasligi kerak va shunga oʻxshash yuzlab qoidalar.
Bu qoidalarni kim oʻylab topgani nomaʼlum, hayotni qiyinlashtiradi beeeeemaloooll amal qilmasa boʻladigan qoidalar.
Yirik orzularni o'ldirishning eng oson yo'li uni ahmoq odamlar bilan bo'lishishdir.
@MuhammadUralov
Otadan farzandga maslahatlar
1. Har qanday vaziyatda va har doim va'dangni ustidan chiq!
2. Hech qachon va'da berma!
P/S: Chunki rostdan xohlagan odam va'dasiz ham bajara oladi.
@MuhammadUralov
Haddim yo'q Xudodan ortiq suyishga,
Haqqim yo'q ortiqroq suydirishga ham.
Rashid Xo'jamov
Ba'zan ish, moddiy hayotdan uzilib, she'r o'qish, musiqa tinglash, ko'ngil bilan hisoblashish zarar qilmaydi.
Ushbu kanaldan aynan shularni topishingiz mumkin.
👉 T.me/R_Xojamov
