Muhammad Uralov
Open in Telegram
- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv
Show more684
Subscribers
+124 hours
-17 days
+1930 days
Posts Archive
Baxtsizlik va kambagʻallik sirlari
Barcha bloglarda baxt va boylikning sirlari, kalitlari haqida yozishadi, biz esa senga noyob maslahatlar beramiz. Albatta amal qil kam boʻlmaysan)
1. Qadriyatlarga ega boʻlma. Hammasi bir tiyin qayerdan pul kelsa oʻsha joydan soqqani bosish kerak. Qimor oʻyna, 1Xbet ga pul tik, kriptavalyuta, kriptatrading, piramida, setevoy marketing bilan shugʻullan.
2. Umuman kitob oʻqima, nima qilasan oʻzingni qiynab?! Bu narsa "botaniklar" uchun. Shundoqam dunyodagi eng aqlli insonsan-ku va albatta buni doim barchaga isbotla.
3. Ishlaringni qoʻl uchida qil, masʼuliyat umuman keraksiz hissiyot, avval oyligingni oshirishsin, seni qadrlashsin keyin ishlarsan.
4. Oʻzingdan kuchli insonlar bilan umuman doʻstlashma, ularni tushunmasdan, zerikib umring oʻtib ketadi. Undan koʻra oʻzing bilan teng va ahmoqroqlar bilan ulfat boʻl, shunda aqlliroq koʻrinasan.
5. Sport bilan shugʻullanma doim fast food va shirinliklar bilan ovqatlan. Umuman oʻzgarish, oʻsish haqida oʻylama kerak boʻlsa boringcha qabul qilishsin. Oʻrniga maza qilib dam olib soatlab TV koʻr.
6. Foydali bloglarni umuman kuzatma, bekorchilikning gʻirt oʻzi bu. Bizning kanalni ham kuzatmaganing maʼqul boʻlmasa rivojlanib ketish xavfi bor.
@MuhammadUralov
Oʻylamangki, oʻranish (tasattur) haqidagi oyat faqatgina ayollarga tushirilgan deb..
Ilk tasattur oyati erkaklarning koʻzlari uchun tushirilgan edi..
(Ey, Muhammad,) moʻminlarga ayting, koʻzlarini (nomahram ayollardan) haromdan va
avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng pok (yoʻldir). Albatta, Alloh ular qilayotgan
(sir) sinoatlaridan xabardordir.
Nur surasi, 30-oyat.
@MuhammadUralov
Maqsad
Insonda ikki xil maqsad bo'ladi. Birinchisi shaxsning o'z maqsadi o'zi uchun muhim va foydali bo'lgan maqsad. Ikkinchisi esa unga jamiyat tomonidan singdirilgan maqsad.
Sening hozir o'ylab yurgan maqsading o'zing uchunmi yoki odamlarni hayron-u lol qoldirish uchunmi? Aniqlash esa juda oson.
Tasavvur qil sen xohlagan maqsadingga hozir erishding. Faqat bitta sharti bor! Bu haqida hech kimga absolute hech qayerda gapira olmaysan. Na do'stlaringga, na dushmanlaringga, ayniqsa ijtimoiy tarmoqlar orqali buni ovoza qilish mumkin emas.(Men 8.5 IELTS oldim, yangi mashina, chet elda sayohatdaman) deb maqtana olmaysan)).
Ana shu joyida qanday maqsad qo'yarding?!
Think about it.
@MuhammadUralov
Uch narsa baxtni baxtsizlikka aylantiradi!
1. O'tmishdan afsuslanish.
2. Kelajakdan xavotir.
3. Bugungi kunga bo'lgan noshukurlik.
Eng qizig'i esa bularning barchasi Allohning taqdiriga norozilikning belgilaridir. Baxtning formulasi esa oddiy - sening ta'sir doirangdan tashqaridagi voqealarga siqilma !
@MuhammadUralov
Ideal odamlar va kamchiliklarga to'la sen
Odam muhabbat qozonish uchun koʻp narsaga, birovning havasini keltirish uchun esa hamma narsaga tayyor boʻladi. © Mark Tven
Instagramga kirasan hamma baxtli, hamma aqilli, hamma muhim ishlar bilan band, ular hayotini faqat samarali o'tkazmoqda. Sen-chi? Bekorchi, dangasa, ishing yurishmayapti, bir so'z bilan aytganda dunyodagi eng baxtsiz odamsan.
Aslida inson tabiati o'zini tashqi tomonga ideal ko'rsatish va iloji boricha kamchiliklarni yashirishga juda moyil. Ijtimoiy tarmoqlar esa bu uchun eng qulay nuqta.
O'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatganki 70% foizdan ko'proq aholi o'zining dam olish kunlari qo'ygan dam olish joylaridagi rasmlarini ancha oldin tushgan yoki aslida umuman bormagan bo'ladi. Hattoki qizlar o'zining yo'q yigitlari bilan soxta uchrashuvlarni ham aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali to'qib chiqarishadi. Maqsad esa aniq - boshqalarning havasini keltirish!
Ijtimoiy tarmoqlar insonlarni stress va depressiyaga tushiradigan katta mashina. Eng qizig'i undagi 90% baht, mukammallik barchasi fake( soxta).
Maslahat esa oddiy: o'zingni boringcha qabul qilishni o'rgan! Solishtirishni to'xtat! O'zingni sev va o'zing bilan vaqt o'tkaz! Depressiya mashinasidan uzoqroq yur!
Omon bo'l✊
@MuhammadUralov
Ishonch - bu hamma narsa
NASA kosmik tadqiqotlar ilmiy markazidagi "Asalari" nomli devoriy suratda shunday deb yozilgan:
— Aerodinamika qoidalariga koʻra, asalarilar tanasi uchishga yaroqsizdir, ammo uning oʻzi bundan bexabar.
Fizika qonunlariga koʻra, asalarining jussasi qanotlariga nisbatan kattaligi sabab, parvoz qilish imkonsiz. Baxtga qarshi asalari bundan ham bexabar.
Asalari esa uchish mumkinligiga ishonadi.
Onkologiyada baʼzi holatlarda minglab tibbiy muolajalar, dori-darmonlar ish bermayotgan bir vaqtda, birgina chin dildan yuzaga kelgan ishonch moʻjizalar yaratishga qodir.
© DC Mo'minov
@MuhammadUralov
Muvaffaqiyat va Paradox
Dunyodagi eng muvaffaqiyatli insonlar aslida eng ko'p muvaffaqiyatsizlikka uchragan insonlardir.( Paradox)
J.K Rowlings dunyoga mashhur "Harry potter" asari muallifi uning shu nomdagi birinchi kitobi bosib chiqarilishidan oldin 12 marta rad javobini olgan. U taslim bo'lganda nima bo'lishini esa sen yaxshi bilasan.
Basketball afsonasi Michael Jordan yoshligida maktabidagi basketball jamoasidan haydalgan, faoliyati davomida esa yuzlab o'yinlarni yutqazgan va minglab marotaba noto'g'ri urinishlarni amalga oshirgan.
Uning eng mashhur iborasi quyidagicha edi: " mening muvaffaqiyatimning siri judayam ko'plab va ketma-ket mag'lubiyatlarimdadir".
Kuchli insonlar ularning mag'lubiyatlari ularning haqiqiy bahosini belgilab berishga yo'l qo'ymaydi. Aksincha ulardan hayot saboqlarini oladilar. Aynan omadsizliklar keyingi xuddi shunday vaziyatlarda omadli bo'lishga, avvalgidan ko'ra o'zgacha harakat qilishga o'rgata oladi.
@MuhammadUralov
Procrastination
Psixologiyada «prokrastinatsiya» atamasi bor. Bu atama, qilinishi zarur boʻlgan muhim ishlarni ortga tashlab, oʻzini maishiy kichik ishlar bilan chalgʻitishni anglatadi. Bu XXI asr odamining asosiy
muammolaridan biridir. Til oʻrganish, kitob oʻqish, biror ishni boshlash, imtihonga tayyorlanish kabi muhim ishlarni ortga tashlab oʻrganganmiz.
Hozirgi avlod xayolida jarayon qanaqa kechadi? Hozir muhim ishimni yoki darsimni qilib boshlayman, lekin oldin Facebook, Telegram, Instagram va Twitter ni tekshirib olay. Shu bilan asosiy ishga qoʻl yetib bormasdan qolib ketadi. Hatto muhim ish bilan band boʻlganimizda ham ijtimoiy tarmoq, Youtube, Allplay yoki Netflix brauzerda ochilgan turadi. Asosiy ishdan chalgʻib, qancha ortga tashlasa, shaxsga nisbatan bosim ham shuncha oshib boradi.
Faraz qil, sportchi musobaqaga bir kun qolganda tayyorlanib boshlasa. Xuddi, sen imtihonga tayyorlanish kerakligini bilasan-u, lekin oxirgi kunlarga qoldiraverganing kabi.
XXI asrda prokrastinatsiyani nazorat qilgan, diqqatni jamlab, chalgʻimasdan oʻz ishi bilan shugʻullangan odamlar boshqalardan ustun boʻlishadi.
@MuhammadaUralov
Yaxshi inson sindromi
Sen tinchliksevarsan. Tinchlikni saqlash uchun har narsaga tayyorsan. Sen bilan istaganini qilishsin faqat ularga ozor yetmasa bas.
Boshqalar g'alabasi sen uchun muhim. Ularning irodasiga osongina bo'ysunasan, hissiyotlarni ochiq aytishga esa jur'ating yetmaydi.
Boshqalarning ishlari, sendan xafa bo'lmasliklari seni maqtashlari juda muhim ahir sen "Yaxshi inson"san-ku!
Ifoda etilmagan hislar hech qayerga ketmaydi, ular inson qalbiga ko'miladi va bir kun kelib yomonroq ko'rinishda chiqib keladi.
Bilasanmi? Psixomatik kasalliklar( nafas olish, asab, qon aylanish tizimidagi muammolar), o'ziga bo'lgan ishonchning pasligi barchasi vaqtida aytilmagan va yig'ilgan hissiyotlar asoratidir.
Yaxshi odam degani bu samarali odam degani emas. Sen barchaga yaxshilik qilasan lekin o'zingga vaqting yo'q-mi?! Bunday yaxshi inson bo'lishni yig'ishtir birodar! Avval o'zingni muammolaringni yech, rivojlan, o'qi, kerakmas insonlardan voz kech, kuchli inson bo'l keyin sen haqiqiy foydali inson bo'la olasan!
@MuhammadUralov
Afsuslanish yoki mag'lubiyat
Hayoting davomida juda ko'plab imkoniyatlar chiqadi. Hayolingga keladigan birinchi fikr agar o'xshamasa-chi? Hamma kulsa nima bo'ladi? Sharmanda bo'laman-ku!
Endi meni diqqat bilan eshit sen shu paydo bo'lgan imkoniyatdan foydalansang yoki o'xshashi yoki o'xshamasligi mumkin. Lekin foydalanmasang eng yomoni hali oldinda bo'lishi mumkin. Bu afsuslanish!
Bir kun kelib agar shu imkoniyatdan foydalanganingda hammasi o'xshashini bilib qolasan va bu senga dunyodagi eng o'g'ir hissiyotlarni "tuhfa" qiladi.
Shunday insonlarni bilaman yaxshi ko'rgan insoniga buni ayta olmagan. Lekin aytganda natija ijobiy bo'lishini yillar o'tib bilgan. Yoningda siz maslahat, yordam yoki katta foyda olishing mumkin bo'lgan inson bor lekin tortinyapsizmi ? Balki yo'q der, balki e'tibor bermas. Lekin sinab ko'rishing shart!
Unutma! Ertaga sen afsuslanadigan yagona narsa bu foydalanilmagan imkoniyatlar bo'ladi. Seni rad qilinganing, mag'lub bo'lganing yoki o'xshamagan ishlaringni hech kim eslamaydi!
@MuhammadUralov
Aslida hammasi sen o'ylaganingdek emas
Senga dars vaqti baqirayotgan o'qituvching aslida seni yomon ko'rmaydi. Shunchaki sen uning barcha alamlari bo'g'ziga qadalgan vaqtiga to'g'ri kelib qolding.( Yoki sendan oldin 10marotaba berilgan savolni 11marta bergansan)
Ota-onang seni yomon ko'rishmaydi. Doimiy baqirish va urshishlarning sababi esa oddiy. Shunchaki ular farzandini to'g'ri yo'nalishga yo'naltirishning eng yaxshi usuli shu deb bilishadi.
Sening qong'iroqlaringga javob bermayotgan inson seni eshitishni xohlamayotganidan ko'tarmayotgani yo'q. Aslida senga qulay bo'lgan vaqt unga noqulay bo'layotgan bo'lishi mumkin.
Senga har kuni kulib salom beradigan ishxonangdagi qiz seni yaxshi ko'rib qolmagan. Aslida u hammaga xuddi shunday xushmomila)
Biz doim har bir voqeadan o'zimiz tomondan qarab, bizga qulay xulosalarni olishga o'rganib qolganmiz. Lekin bu dunyo tasodiflarga to'la.Aslida bu post ham senga atalmagan. Aslida hammasi boshqacha)
@MuhammadUralov
1.Sen o'zgalarni tushunishing, kichik narsalarni esda saqlashing, va'dalaringa vafo qilishing mumkin, lekin birgina ikkiyuzlamachilik bilan senga bo'lgan barcha ishonchni yo'qotishing aniq.
2.Samimiylik - haqiqatni so'zlash ya'ni so'zlarimizning real hayotga to'g'ri kelishi. To'grilik esa real hayotni so'zlarimizga moslashtirishimizdir( va'dalarni bajarishimiz, so'zimiz va amalimizning birligi).
3.O'zi hozir bo'lmagan kishini himoya qilsangiz, hozir bo'lganlarning ishonchini qozonasiz.
4.Sen bilan yaqinroq bo'lish uchun unga ishonib aytilgan gapni senga aytayotgan insondan uzoqroq yur. U sening ham sirlaringni albatta yangi tanishlari bilan baham ko'radi.
5.Doim samimiy va to'g'ri bo'l. Eng muhimi bu jabhalarda qat'iyatli bo'l. Chunki boshida seni tanqid qiluvchilar va senga qarshi chiquvchilar anchagina topiladi. Chunki ko'pchilik qo'shilayotgan xato fikrga qarshi samimiy bo'lish katta jur'at talab qiladi va ularning soni juda kam bo'ladi. Lekin uzoq muddatli munosabatlarda bu jabha senga ommaning ishonchini beradi.
6. Ishonchli bo'lish - sevimli bo'lishdan ko'ra yaxshiroqdir. Menimcha, uzoq muddatli munosabatlarda ishonchli bo'lish bu sevimli bo'lish ham deganidir.
7. 99 kishining yuragiga kalit yuzinchi - eng ko'p sabrimizni sinaydigan kishiga bo'lgan munosabatimizdadir.
@MuhammadUralov
Aslida yo'q bo'lgan bu dunyo bor kabi ko'rinmoqda,
Aslida bor bo'lgan u dunyo, yashirinmoqda.
©Jaloliddin Rumiy
@MuhammadUralov
Umid va Ishonch
Insonlar o'rtasida munosabatlar paydo bo'lar ekan ikki tomonda ham ikki tomondan o'z umid( kutilma)lari bo'ladi. Aksariyat holatda bu umidlar yashirin ya'ni u tomon ham bu tomon ham uni aniq qilib aytmaydi. Muammolar esa aynan shu yerdan boshlanadi.
Bu yangi do'stlar, er-xotin yoki xodim va boshliq o'rtasidagi munosabatlar bo'lishi mumkin. Har bir inson shu yashirin umidlariga tayanadi u amalga oshsa xursand, o'xshamay qolsa xafa bo'ladi. Lekin hech o'ziga savol bermaydi! Men o'z kutuvlarimni partnerimga aniq qilib aytdimmi? Yetkazib bera oldimmi?
Eng qizig'i esa insonning qarama-qarshi tomonga bo'lgan ishonchi aynan shu umidlarga asoslanadi. Yashirin umidlar amalga oshsa ishonch ortadi bo'lmasa aksi.
Demak, har bir inson munosabatlarga kirishar ekan, albatta o'z umidlarini ikkinchi tomonga bildirib qo'yishi shart! Bu keyinchalik yuzaga keladigan katta tushunmovchiliklarni oldini oladi. Buni aytishdan uyalib jur'atsizlik qilish esa xuddi taxini lokatsiyasiz chaqirib balki men turgan joydan o'tib qolar deb umid qilishga o'xshaydi.
@MuhammadUralov
Har bir boshlangan narsa oxiriga yetishi shart emas!
Tasavvur qil, bitta til o'rganishni boshlading. Boshida juda qiziq bo'ldi, kamiga sen uchun foydali deb o'ylading taxminan 1yillar shug'ullanganingdan keyin sening kelajaging uchun keraksizligini bilib qolding kamiga zerikarli tuyula boshladi.
Shu vaqtda senda ikkilanish paydo bo'la boshlaydi davom ettirish yoki to'xtatish! Foydasiz va zerikarli ekanligini bilsang ham hayolingga birinchi hayolingga keladigan fikr shuncha vaqtim va umrim ketti endi to'xtatish xato emasmi ?
Shu yerda to'xta, fikr qil va shu savolni o'zingga berib ko'r "Agar hozir shu tilni endi boshlayotgan vaqtimga qaytib qolsam 0 dan bo'lsa ham yana o'qirmidim?" Agar javob ha bo'lsa gazini bos, o'qi! Agar yo'q bo'lsa o'zing bilasan nima qilishni.
Bu barcha sohaga tushadi, bironta boshlagan va yarmiga kelib qo'ygan kitobing yoqmayaptimi? Shu savolni ber. Javobiga qarab qaroringni qabul qilaverasan. O'tmishdagi vaqting bekor ketgan bo'lsa ketsin lekin hoziring va kelajagingga bu ta'sir o'tkazmasin!
@MuhammadUralov
2021 yildan olingan xulosalarim
1. Niyat bu eng muhimi! Nimanidir orzu yoki niyat qilayotganda ehtiyot bo'lish kerak. U yomon bo'lsa ham amalga oshish xavfi yuqori.
2. O'z ustida ishlamagan odam zerikarli va qiyin hayotga mahkumdir.
3. Bitta yaxshi Ustoz dunyodagi eng zo'r 10ta kitobdan foydali. Balki 100tadan ham.
4. Qiziqarli bo'lish uchun qiziquvchan bo'lish kerak.
5. Tanish-bilish( networking) hayotdagi eng muhim omillardan biri. Agar to'g'ri yo'lda ishlatilsa savobli va foydalidir.
6. Inson o'z qo'li bilan erishiladigan har qanday cho'qqilar ba'zan eng muhimi emas.
7. Bugun bekor o'tgan har bir vaqtimiz biz uchun ertaga zararimizga ishlidi.
8. Boshlash uchun hammasi tayyor bo'lishini kutayotgan inson hech qachon boshlamaydi. Birinchi qadam juda muhim.
9. Yaxshi pul topish uchun chet elga ketish bu eng to'g'ri yo'l emas. Lekin hamma uchun ham emas.
10. Marketing bu hayot darsi.
11. Fikrlamaydigan insonlar kelajak uchun keraksiz insonlardir.
12. Bilish bu Amal qilish degani emas. Ikkinchisi ancha qiyinroq.
Siz ham o'z xulosalaringizni commentlarda yozib qoldiring👇
@MuhammadUralov
Payg'ambarimiz (s.a.v) aytdilar: hech bir yangi yil yo'q-ki, eskisidan ko'ra yaxshiroq bo'lsa!
Bu yillar bizni sirot ko'prigiga yanada yaqinlashtirdi.
Savob ishlar uchun imkoniyat resurslarimiz tiklanmaydigan bo'lib tugab bormoqda.
@MuhammadUralov
Singlimga maslahatlar
Farosatli bo'l, go'zal ko'rinasan.
O'z chiroyingni faqat o'z egasiga ko'rsat, gunohdan tiyilib savobga erishasan.
Albatta ilmli bo'l! Ko'p kitob o'qi, yangi ko'nikmalar orttir, fikrlash va tafakkurni o'rgan. O'z juftingga qiziq va maslahatgo'yi bo'lasan.
Farzandingni chiroyli tarbiya qil. Bunda sabrli bo'l. Esingda saqla sening jamiyat va ummatga 1ta komil farzand yetishtirib berishing 10ta biznes yuritishingdan ko'ra afzalroq.
O'z qadringni bil, hech kimni seni xafa qilishga haqqi yo'q.
Imkoning bo'lsa albatta bitta chet tilini va ITni o'rgan. Chet tili senga cheklanmagan kutubxona va barcha savollarin javobi kalitidir. IT esa xuddi tikuvchilikka o'xshaydi. Uyda o'tirib o'z sevimli ishing bilan ham shug'ullanishing mumkin.
Esingda saqla! Oson erishiladigan narsaning qadri bo'lmaydi. Albatta sen erishilishi qiyin bo'lgan cho'qqi bo'lgin faqat eng kuchli xohishi bor va shunga loyiq odam seni topib keladi. ( Bu joyi o'zimga qarshi ishlashi mumkin).
@MuhammadUralov
Alloh senda va menda dunyodagi milliardlab insonlar ichida nimanidir ko'rdi-ki, aynan bizga "La Ilaha Illallah", "Muhammadur Rasululloh" deyishimizni ravo ko'rdi.
U senda shunday sifatni ko'rdi-ki seni Alloh uchun kurashish va qiyinchiliklarga chidash uchun AYNAN SENI TANLADI. Yaratgan o'z hikmati Ila seni tanladimi demak bu eng to'g'ri tanlov. Lekin hatto men ham bu sifatni o'zimda topa olmayman.
© Nouman Ali khan
@MuhammadUralov
Qorquvning tabiati
Qo'rquvni qanday yengib o'tish kerak?
-Qo'quvni yengib o'tishning yagona yo'li unga qarshi borishdir.
Qo'quv qachon kelib chiqadi?
- Uning tabiatini o'rganishimiz kerak. Qorquv biz muammo ildizini bilmaganimizda va o'z hayotimiz ustidan nazoratni yo'qotgan vaqti kelib chiqadi.
U qayerdan va nima sababdan kelib chiqqanligini o'rganish bizga o'z hayotimiz ustidan nazorat va ishonch hissini bag'ishlaydi.
@MuhammadUralov
