en
Feedback
Muhammad Uralov

Muhammad Uralov

Open in Telegram

- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv

Show more
684
Subscribers
+124 hours
-17 days
+1930 days
Posts Archive
Senga o'xshamaganlar Sen kimlar bilan gaplashayotganing, nimalar ko'rayotganing(YouTube, Instagram, tiktokda) va nimalar o'qiyotganing sening kelajagingni belgilab beruvchi asosiy kretireyalardir. Odamlar o'zlari bilan hamfikrlar bilan gaplashishga intilishadi. Bir-birlarini maqullash, to'ldirish va o'z fikrlarining to'g'iriligini yana bir bor tasdiqlatish uchun. Sen o'zingni rivojlantirmoqchimisan? Xuddi o'zingdek o'ylamaydiganlar bilan gaplashishni boshla! Chunki ularda senda yo'q g'oyalar, tajribalar va ko'nikmalar bor. Ular dunyoni boshqa tomondan ko'rishadi. Ular bilan gaplasharkansan ozgina tortishasan, o'ylanasan, ozgina jahling chiqadi. Lekin boshqacharoq o'ylashni ham o'rganasan. Bir xillikdan qochasan. Hamma bir tarafdan qarayotganda sen ikki tomondan ko'rishni boshlaysan. Hayot osonlashadi. Boshqa madaniyat, millat, din va davlat vakillari. Aynan shular seni boshqacharoq o'ylashga majbur qilishadi. Eslab qol ikki odam bir masalada tortishayotganda shu ikki odam ham haq bo'lishi mumkin. Javoblar har doim ham bitta bo'lmaydi. Bag'rikenglikni o'rgan do'stim! @MuhammadUralov

Gunohlar musibatga yetaklaydi Ne'matlarni yo'q qiladigan gunoh - haddidan oshishlik. Nadomatni keltiradigan gunoh - qotillik. Nafrat, jazoni keltiradigan gunoh - zulm. Ayblarni ochib qo'yadigan gunoh - aroq ichishlik. Rizqni to'xtatib qo'yadigan gunoh - zino. O'limni tezlashtiradigan gunoh - qarindoshlar bilan aloqani uzishlik. Duoni rad qiladigan gunoh - ota-onaga oq bo'lishlik. @MuhammadUralov

Sen maktabda nimani o'rganishing kerak? Zamonaviy maktabda bola besh narsani oʻrganishi kerak. Birinchisi, oʻrganayotgan fani unga nega kerakligi. Bu fanga boʻlgan qiziqishni oshiradi va osonlashtiradi. Ikkinchisi, insonlar bilan munosabatni. Oʻzini kim bilan qanday tutish sanʼati. Balki, qarama-qarshi jins vakillari bilan toʻgʻri muloqotni ham. Uchinchisi, pul bilan toʻgʻri munosabatni, uni toʻgʻri boshqarishni. Bu juda keng mavzu. Toʻrtinchisi, oʻzida qanday qobiliyatlar borligi va uni qanday rivojlantirish mumkinligini oʻrganishi kerak. Beshinchisi, tanqidiy fikrlashni va qayerdan, qanday, toʻgʻri bilim olishni. Hozirgi internet zamonida bilim hamma joyda bor. Bolalarga uni notoʻgʻrisidan toʻgʻrisini ajratib olish oʻrgatilishi lozim. Qolganini YouTube, Google orqali oʻzlari eplashadi. @MuhammadUralov

Yapon hikoyasi Vaqtida mixlab qoʻyilmagan mix taqani yoʻqolishiga olib keladi. Taqani yoʻqolishi otni yoʻqolishiga sababchi boʻladi. Otni yoʻqolishi sababli xabar manzilga yetib bormaydi. Kerakli xabar yetib bormaslik natijasida urush yutqaziladi. Xulosa: mayda narsalar ham hayotda va biznesda katta ahamiyatga ega. @MuhammadUralov

Millatning samootsenkasi haqida Yuqoridagi soʻzni rus tilida yozganim uchun uzr. Xotya uzrmas, bu soʻzni butun mohiyatini beradigan bitta oʻzbekcha soʻz yoʻq. Ha biz koʻp joylarda oʻzbekligimizdan uyalamiz, biz odam boʻlmaymiz deb koʻp gapiramiz, biz oʻzbeklar... deb boshlanadigan va shu bilan oʻzimizni qamchilaydigan gaplar koʻp. Chet elda oʻzbek koʻrib qolishdan qochamiz, oʻzbeklar yoʻq yerlarda yashashga harakat qilamiz... Bizni millatning bobolari urushga olib ketildi, otalarimiz ayollar qoʻlida tarbiyalandi. Otalar esa Rossiyaga migrant boʻlib ketdilar, bolalar onalar qoʻlida tarbiyalandi. Ersiz yolgʻiz yashaydigan ayollarning butun alamlari bolalarga qaratildi. Millatning kattagina qismi samootsenkasi past, oʻziga ishonchi sust odamlardan tashkil topa boshladi. Davlat esa millatning gʻururini koʻtaradigan gʻoya bermadi. Oiladagi ayollar diktaturasi esa bizni komplekslar botqogʻiga xaydadi. Nima uchun internetda birorta ayolni yoqvorishga targʻib qiladigan va buni qoʻllaydiganlar koʻp? Oʻsha insonlarni ushlab kelib tarixini, bolaligini bir kuzatsang, aniq travma olgan, mehr kam koʻrgan yoki kemtik mehr koʻrgan minglab insonlardan biri boʻlib chiqadi. Millatning samootsenkasi past qatlami hech qachon xalq boʻlmaydi, ular olomonga, maqsadsiz, gʻoyasiz, zaharli va pessimist boʻlgan yolgʻiz olomonga aylanadi. Yolgʻiz olomon esa buyuk maqsadlar qilmaydi. Buyuk millatligini ham tushunmaydi. Uyiga davlat bayrogʻini ilmaydi, millatni birlashtiruvchi, ruhlantiruvchi, dushmanga qarshi bir yoqadan bosh chiqaruvchi muqaddas narsasiga ega boʻlmaydi. Millatni, jamiyatni samootsenkasini tushurib yuborganlarni, ularni abadiy qul psixologiyasida tarbiyalaganlarni, paxta yetishtirish uchun tugʻilgani haqidagi tushunchalarni miyasiga onasining suti bilan birga kiritganlarni, shunchaki tirik yashash uchun oʻzga yurtlarga ishga ketishga majbur qilganlarni, hammasini qargʻayman... Gʻalati balandparvoz gaplar gapirayotganga ham oʻxshayman, ammo qachon bizning jangovor ajdodllarning avlodlari bu darajada mayda, verbal qasoskor va passiv agressiv individlarga aylanib ketdik... Millatni samootsenkasi koʻtarilmas ekan, bizni tanamiz chirib boraveradi, uni qanday goʻzal kiyimlarga burkamaylik, qanday chiroyli pardoz andoz qilmaydik omborda yashirib qoʻyilgan Dorian Greyning portreti chirishda davom etaveradi... © N. Alimov @MuhammadUralov

Muvaffaqiyatning eng muhim omili nima? Harvard universiteti olimlari bog'chada tajriba o'tkazib ko'rishadi. Har bir bolaga bittadan kanfet beriladi va shart qo'yiladi. Xohlaganlar konfetini hozir yesin, lekin hozir yemasdan shu kanfetini qaytarib berganlarga 3kundan keyin 3ta qib qaytariladi. Olimlar aynan 3kun sabr qilgan bolalarni kelajakda kuzatishadi va ularning deyarli barchasi muvaffaqiyatga erishadi Uyda pul yig'ishni odat qilgan bo'lsa. Katta orzulari uchun kichik orzularini qurbon qila olsa. Shu farzandingga e'tiborni kuchaytirish kerak. Uni buyuk kelajak kutmoqda! @MuhammadUralov

Tartib yoki ijodkorlik Xususiy sektorda ishlab bir narsani sezdim, tartib qanchalik qattiq boʻlsa bu xodimlar ijodkorligi(creativity)ni shunchalik boʻgʻadi. Xodimlarning har bir qadami belgilanganligi ularni ortiqcha fikrlashdan "ozod qiladi". Dunyodagi eng katta kompaniyalar Google va Amazon har yili yangi startuplarni sotib olishadi va uni rivojlantirishadi. Savol tugʻiladi, dunyodagi eng zoʻr xodimlar ishlaydigan kompaniyalar nega chetdan startup sotib olishadi? Eng zoʻr xodimlar ularda emasmi? Katta kompaniyalarni boshqarish uchun qattiq tartib va tizim ishlashi kerak bu esa ijodkorlikni sindiradi hatto eng zoʻr xodimlarnikini ham. Lekin bunday tartibsiz yirik kompaniyani boshqarib ham boʻlmaydi. Endi biznes egasi tanlashi kerak! Yoki yaratuvchan(creative) jamoa yoki tartibli jamoa. Ikkisi birdan boʻlmaydi. Natijaga biznes egasi javobgar! @MuhammadUralov

Bolani qachon ursa bo'ladi? Ota-ona tomonidan haddan tashqari qattiqqoʻllik bolani yolgʻonchi qiladi. Unga xato qilishga va uni tushunishga imkon berish kerak. Bola xato qilgan vaqti jahl ustidagi judayam qattiqqoʻllik va qattiq jazo, jahldan tushib uni anglab yetgandan keyingi haddan tashqari yumshoqlik bola tarbiyasini buzadi va sening bola oldidagi obroʻyingni toʻkadi. Avvalo birinchisini qilma, bilmasdan qilib qoʻydingmi ikkinchisiga oʻtma! Bolani "nega?" degan savolini hech qachon javobsiz qoldirma, bilmasang Google xizmatingga doim tayyor. Bu bolani mantiqiy fikrlashini oshiradi. Elon Muskning ota-onasi uning 90% savoliga doim javob berishgan. Bolani faqat namoz oʻqimaganligi uchungina urish mumkin. Demak balogʻatga yetmaguncha uni urib boʻlmaydi! @MuhammadUralov

Hozir Coca-Cola ertadan qaynatilgan suv Hozir dam olish, futbol ko'rish ertaga kitob o'qish.Hozir fast food keyingi safar uy ovqati.Hozir kompyuter o'yinlari indinga sport bilan shug'ullanish.Hozir vine ko'raman, keyin foydali videolarga o'tarman. Miyamizning ishlash asosiy tamoyili - nima boʻlsa ham, hozir lazzatlanish va qiyinchilikdan qochishdir. Miya uchun hozirgi ozgina lazzat ertangi katta lazzatdan afzalroq. Hozirgi yoqimli narsa esa hozirgi yoqimsiz narsadan ancha ustun. Oqibatida kelajakda yaxshi boʻlsin deb bugun harakat qilmaymiz, oʻzimizni qiynamaymiz. Shuning uchun odamlardan so'rasangiz kelajak uchun qiyin lekin foydali ishlarni hozir uchun esa oson lekin zararli(hozir lazzatli, uzoq muddatda zararli)larini tanlashadi. MuhammadUralov

Hozir Coca-Cola ertadan qaynatilgan suv Hozir dam olish, futbol ko'rish ertaga kitob o'qish.Hozir fast food keyingi safar uy ovqati.Hozir kompyuter o'yinlari indinga sport bilan shug'ullanish.Hozir vine ko'raman, keyin foydali videolarga o'tarman. Miyamizning ishlash asosiy tamoyili - nima boʻlsa ham, hozir lazzatlanish va qiyinchilikdan qochishdir. Miya uchun hozirgi ozgina lazzat ertangi katta lazzatdan afzalroq. Hozirgi yoqimli narsa esa hozirgi yoqimsiz narsadan ancha ustun. Oqibatida kelajakda yaxshi boʻlsin deb bugun harakat qilmaymiz, oʻzimizni qiynamimiz. Shuning uchun odamlardan so'rasangiz kelajak uchun qiyin lekin foydali ishlarni hozir uchun esa oson lekin zararli(hozir lazzatli, uzoq muddatda zararli)larini tanlashadi. MuhammadUralov

Baxt formulasi Baxt = fakt - umid (kutilgan narsa) Agar koʻrsatkich ijobiy boʻlsa, unda siz baxtlisiz! Misol uchun, siz oyiga 5 million soʻm ishlab topishingizni kutasiz. Sizga 7 million soʻm berildi. Siz super baxtli odamga aylanasiz. Lekin siz 10 million kutgan boʻlsangiz va sizga 7 million berilgan boʻlsa, u holda siz eng baxtsiz odamga aylanasiz. 7 million oʻzgargani yoʻq, farqi faqat siz kutgan narsada! Xulosa: baxtni boshqarish - bu umidlarni boshqarishdir! ©A. Isaev @MuhammadUralov

Odamlarni qanday qilib ko'proq pul to'lashga majbur qilsa bo'ladi? Har bir mahsulotning ikki xil vazifasi bo'ladi. Birinchisi funksional ya'ni futbolkaniki tanani himoya qilish, ovqatniki qorinni to'ydirish (to'ldirish), mashinaniki A nuqtadan B nuqtaga olib borish. Ikkinchisi vazifasi emotsiya berish. Emotsiya bera olgani uchun ham odamlar Nikeni tanlashadi, shinam restoranlarga borishadi va qimmat mashinalar sotib olishadi. Odamlar aslida birinchisidan ko'ra ikkinchisiga ko'proq pul to'lashadi, u muhimroq. Chunki bu senga ijtimoiy qiymat beradi, sen o'zingni qaysidir bir guruh a'zosidek sezasan, u qulaylik beradi va eng muhimi odamlar sen haqingda hayratlanib gapirishadi. Bularning barchasi yig'ilib emotsiya vazifasini bajaradi. Think about it! @MuhammadUralov

Psixologik va marketing bilimimizni tekshiramiz. Nega insonlar ikkita bir xil futbolka turganda Nike brendi tushirilganini tanlashadi? Nega uyida oʻzi bemalol tayyorlay oladigan ovqatini restoranda besh-olti barobar qimmatiga sotib olishadi? Nega Matiz ham Malibu ham bir xil vazifani(A nuqtadan B nuqtaga borish) bajarsa ham odamlar qimmatrogʻiga Malibu olishadi? Comment ochiq, to'g'ri javob topilishiga ishonaman) @MuhammadUralov

Markazga intil O'qimoqchimisan yoki ishlamoqchimisan farqi yo'q, doim markazga intilish kerak! O'zbekistonning markazi qayer? To'g'ri topding, Toshkent. O'zim ham viloyatda ham Toshkentda o'qigan shaxs sifatida buni farqini yaqqol sezganman. Bu yerda universitetlar viloyatdagidan ko'ra yaxshiroq o'qitadimi? Hammasi ham emas, doim ham emas! Unda nega kelish kerak? Bu yerda rivojlanish tez, texnologiyalar tezroq kirib keladi, odamlar tezroq harakat qilishadi. Atrof-muhit eng muhimi, atrofingga qaraysan hamma zamonaviy kasblar o'rganayotgan, yangi til o'qiyotgan bo'ladi. Bir minut to'xtaysan, o'ylaysan, ulardan qolmaslik uchun ham o'qiysan. Bu yerda imkoniyatlar juda keng, yangi bizneslar, tadbirkorlar, treninglar, forumlar barchasi bor. Bu yerda insonlar o'z huquqi uchun kurashishni biladi, erkinlik, ozodlik, tanlov erkinligi insonning tug'ma huquqlari ekanligini anglashgan. Bu yerda dangasalarga, kuchsizlarga, sabrsiz va mas'uliyatsizsizlarga "non" yo'q! O'zingni tayyorlab kelaverasan, do'stim. @MuhammadUralov

To'g'ri tanqid qil! Ikki xil tanqid bor: shaxsga va fikrga qaratilgan. Masalan: Sen yomonsan emas, sen qilgan ish, fikr, harakat noto'g'ri deb boshlash kerak. Shaxsga qaratilgan tanqid hech qachon to'g'ri qabul qilinmaydi. Bu noto'g'ri tanlov! Fikrlarni tanqid va muhokama qilsa bo'ladi. Lekin avvalo fikrdagi yaxshi tomonlarni aytishdan boshlasang tanqiding qabul qilinishi osonlashadi. Nima gapirganing muhimmas, qanday gapirganing muhim! Ovoz ohangingni va qo'l harakatlaringni boshqarishni o'rgan! Maqtovni omma oldida, tanqidni yolg'iz qolganda qil. Uning senga bo'lgan hurmati oshib, uni omma oldida sharmanda bo'lishdan arsaydi. O'z-o'zini tanqid qilishga qo'yib ber. Meni o'rnimda bo'lganingda o'zingni ishingni qanday baholagan bo'larding? Nima qilgan bo'larding? kabi savollarni berib ko'r. @MuhammadUralov

Beshta narsani esda tuting! 1. Banda faqat o'zini Robbisidangina umid qilsin(otasidanammas, uyidagi pulidanammas, biznesidan ham emas), faqat Allohdan! 2. Faqat gunohlardan qo'rqsin, boshqa hech narsadan qo'rqmasin. 3. Bilmagan kishi ta'lim olishdan uyalmasin. 4. Olim yoki odamdan bilmagan narsasi so'ralganda Vallohu alam yoki bilmayman deyishdan uyalmasin. Bu ilmning yarmini tashkil qiladi! 5. Tana uchun bosh qanchalar muhim bo'lsa, iymon uchun sabr(sababi qilingandan keyin) shunchalar muhim. @MuhammadUralov

Uyalib ham turish kerak) Oxirgi oylarda oʻzimga boʻlgan ishonchim juda mustahkamlandi. Oʻz ustimda koʻproq ishlashni boshladim. Fokusimni bitta joyga qaratdim. Maslahat soʻraydiganlar koʻpaydi, javoblarimdan ham xursand ham hayratlanishni boshlashdi. Kelajagimni tiniqroq koʻrishni boshladim. Lekin yaqin kunlarda oʻzimga ortiqcha baho berish ham boshlanganini seza boshladim va toʻgʻrilab olishim kerak degan his oʻtdi ichimdan. Shu hafta boshida Najot taʼlimdan SMM kursini boshladim. Oxirgi marta qachon bunday noqulay ahvolga tushganimni eslolmayman. Ustozdan dars davomida 20ga yaqin savol soʻradim barcha jim faqat men ketma-ket tushunmaganligim uchun savollar berdim. Yaxshiyam oʻqituvchimiz xotirjam ekanlar ancha). Lekin oʻzimni juda bilimsiz his qildim, hali juda koʻp ishlashim kerakligini bildim.( Texnik bilimlarga uncha oʻquvim yoʻq, mavzu ham shu haqida edi). Keyingi darslarda ancha oʻzimga kelib qoldim, chunki mavzu kanal yurgizish haqida edi, mening oʻtirishim esa taxminan shunday edi😎 Bu voqealardan ikki xulosa olinadi. Birinchisi umring oxirigacha yangi narsa oʻrganishdan toʻxtama oʻzingdan qoniqish kerak emas! Ikkinchisi senga 19ta odam va ustozing yomon qarab turgan boʻlsa ham tushunmagan joyingni albatta qayta soʻra! Ular bu voqeani unutishadi lekin uyalib soʻramasang bunaqa uyalishlardan yana anchasi seni kutib turadi. @MuhammadUralov

O'lgan odamlar tirik odamlardan ko'ra ko'proq gullar qabul qilishadi, chunki afsuslanish bizga shukronalik(minnatdorchilik)da
O'lgan odamlar tirik odamlardan ko'ra ko'proq gullar qabul qilishadi, chunki afsuslanish bizga shukronalik(minnatdorchilik)dan ko'ra kuchliroq ta'sir etadi! #tafakkurqilmaysizmi @MuhammadUralov