en
Feedback
Muhammad Uralov

Muhammad Uralov

Open in Telegram

- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv

Show more
684
Subscribers
+124 hours
-17 days
+1930 days
Posts Archive
Hadis: "Barcha chaqaloqlar islom fitratida tug'uladi, ularni yahudiy, xristian va butparast qiladigan ularning ota-onalaridir" Maktabdan xulosa: "Barcha bolalar tug'ulishidan teng tug'uladi. Faqat ota-onalari ularni jasur yoki qo'rqoq, jur'atli yoki tortinchoq, dangasa yoki g'ayratli, sog'lom yoki kasal qilib tarbiyalaydi, xolos"! @MuhammadUralov

Tarbiya Oxirgi bir yilda faoliyatim maktab bilan bogʻlandi. Va bola xarakterini oʻzim uchun qaytadan kashf qildim. Har bir bola xarakteriga qarab uning oilasi haqida bilish mumkin. Oʻziga ishongan, kelajagini aniq tasavvur qila oladigan va fikrini bemalol har joyda bildirib himoya qila oladigan bolalar bor. Soʻrasangiz ota-onasi vaqt ajratgan, ular bilan barcha mavzuda fikrlashgan va eng muhimi urmasdan tarbiyalagan boʻladi! Ular kaltakdan emas ota-onasi xafa boʻlishidan koʻproq qoʻrqadi. Ota-onasi vaqt ajratmaydigan. Ajratsa ham uni tushunmaydigan oila farzandlari sinfda qaysar, hammani eʼtiborini oʻziga qaratishni xohlaydigan oʻquvchilar boʻladi. Oilada olinmagan mehr va eʼtiborni ular oʻqituvchi va sinfdoshlari hisobiga toʻldirishni xohlashadi. Farzandiga yoshligini maza qilib oʻtkazishga bermagan, unga faqat bosim bilan ushlab turganlar boʻladi. Maktabda eng shoʻx, janjalkash va toʻpolonchi bolalar aynan ular boʻladi. Bola bolaligini uyida, ota-onasini yonida qila olmas ekan bor energiyasini u maktabda sarflaydi. @MuhammadUralov

Tabiat va insonlar Sherlar oʻz ovlarining chorak qisminigina muvaffaqiyatli yakunlaydi. 75%ida hech narsa oʻxshamaydi. Koʻplab hayvonlar ularning ov uchun koʻplab harakatlari oʻxshamaydi. Lekin ular keyingi urinishga tayyorlanaveradi. Bunga asosiy sabab hayvonlardagi ochlik emas balki ular tabiatning "hech narsa bittada oʻxshamaydi" qonunini bilishlari bilan bogʻliq. Baliq tuxumlarining yarmi boshqa baliqlarga yem boʻladi. Ayiq bolalarining 50%i balogʻatga yetguncha vafot etadi. Daraxt urugʻlarining yarmidan koʻpi qushlarga yem boʻladi. Dunyo yomgʻirlarining asosiy qismi bilasizmi qayerda yogʻadi? Toʻppa-toʻgʻri, suv eng tanqis boʻlgan okean ustida) Bu omadsiz urinishlarni hayvonlar, oʻsimliklar va tabiat kuchlari normal qabul qilishadi. Va keyingi omadli yurishga harakat qilishadi. Faqat odamlargina birinchi omadsiz urinishdan keyin tushkunlikka tushadi. Muvaffaqiyat bu yiqilish va magʻlubiyatsiz yoʻllar emas. Balki ulardan olingan toʻgʻri xulosalar bilan qilinadigan yangi urinishlardir. Biz urinishlarni toʻxtatganimizdagini haqiqiy muvaffaqiyatsizlikka uchragan boʻlamiz! Muvaffaqiyat davomiylikni talab qiladi! @MuhammadUralov

Bosim Bizdagi ba'zi urf-odatlar odamlarni hayotini qiyinlashtiradi xolos. Uni olib tashlasa odamlar hech narsa yo'qotmaydi. Masalan, sen birovnikiga mehmonga borasan. Qorning uncha ochmas. Lekin u senga "oling, dasturxonga qarang, tam, ovqatim yaxshi chiqmaptimi" deb har 10 daqiqada aytib turadi. Bu odamga, albatta, bosim o'tkazadi. O'zi xohlaganda emas mezbon gapirganda o'zini majburlab nimadir yiyishga undaydi. Bemalol o'tirolmaydi mehmon. Yoki, sen muhim joyga ketishing kerak bo'lsa ham mezbon "yana ozgina o'tiring, ovqat pishganda ketasiz, bugun qoling" kabi gaplar bilan ushlab qolmoqchi bo'ladi. Diqqat maslahat: shunday vaziyatda bu gaplarni 2 marta aytish kerak, tamom. Agar och bo'lsa yoki qolmoqchi bo'lsa bu u insonga yetarli bo'ladi. Och odam o'zi uyalmaydi hech). Masalan men ovqatdan umuman hech qayerda uyalmayman och bo'lsam)). Shunaqa yomon odamman men😁 P/S: mehmon bosimidan charchab baxona bilan ko'chaga chiqvolib yozilgan post) @MuhammadUralov

Qat'iy prinsip Inson hayotda yasharkan o'z qilgan xatolaridan yoki o'zgalar xatosidan kelib chiqib o'ziga prinsiplar belgilaydi. Masalan, aroq ichib har narsani gapirib o'z obro'sini to'kayotgan odamni ko'rib o'ziga hech qachon aroq ichmaslikni prinsip qilib oladi. Yoki, yolg'oni fosh bo'lib sharmanda bo'lgan insonni ko'rib hech qachon yolg'on gapirmayman deydi. Lekin bir narsani bilishimiz kerak. O'z prinsiplarimizga amal qilar ekanmiz yo'qotishlarga, boshidagi zararlarga tayyor turishimiz kerak! Bu prinsipga o'zimizni moslavoguncha kamida xato qilganimizda to'g'risini aytib qo'yib gap eshitishimiz mumkin. Albatta, bu tabiiy va o'tkinchi vaziyatdir. Vaqt o'tishi bilan bu prinsiplarimizga o'zimiz va atrofdagilar moslasha boshlaydi va xurmat va ishonchimiz shunga yarasha bo'ladi. Eng muhimi boshida keladigan zarardan qochib prinsiplardan voz kechib qo'ymaslik. Bu undanda katta zararga olib kelishi aniq! Kamida ikkiyuzlamachi bo'lamiz! @MuhammadUralov

Paygʻambarimiz (s.a.v.) musulmonlar sonining koʻpligi bilan faxrlanishlarini aytganlar, rost. Baʼzilarga musulmonlarning songa eʼtibor qaratishlari gʻalati tuyuladi, son emas, sifat muhim deydi, ammo dinda unday emas. Tasavvur qiling, daryoda choʻkayotgan yoki yongʻinda qolgan odamlarni qutqarishda son muhim. Necha kishi qutqarilganligi. Paygʻambarning asosiy vazifasi ham axir shu - koʻproq insonlarni olovdan qutqarish. Juma muborak! © Aslanov @MuhammadUralov

Erkakka yarashmaydi! 1.Oʻz dardini dasturxon qilish unga yarashmaydi! Agarki eng qiyin vaziyatda turgan boʻlsa ham! 2.Vaʼdani buzish erkakka yarashmaydi. Vaʼda berdingmi? Oʻlayotgan boʻlsang ham avval vaʼdangni bajar keyin oʻl! 3.Yolgʻon erkakka yarashmaydi! Bu qarshisida turgan odamdan uning ojizligini bildiradi! 4.Laganbardorlik senga yarashmaydi erkak! Hur boʻl, ozod va erkin boʻl! Boshligʻingga ham uning ayblarini ayta oladigan boʻl! 5.Moliyaviy qaramlik erkakka yarashmaydi! Albatta, sohangda professional boʻlgan holda moliyaviy erkin boʻl! Bu 4-kriteriyaga yoʻl ochadi. 6.Ayollarni xorlash(hurmatsiz qilish, urish, soʻkish, aldash, kamsitish) erkakka eng yarashmaydigan ish! Bu seni dunyodagi eng pastki nuqtaga olib tushib qoʻyadi. @MuhammadUralov

Rizqqa ishonmaslik Rizqni Alloh biz uchun kafolatlab qoʻygan. Kuniga 3,5 tonna baliq yeydigan koʻk kitni taʼminlab qoʻygan zot sen va meni och qoʻyishiga ishonasanmi? Viloyatga ketadigan avtovokzalni yomon koʻraman. Kelishing bilan bironta odami yoʻq shafyor "keling aka 2ta odamim bor yoʻlda kelyapti", "oldida ketasiz" deydi. Keyinroq kattaroq odamni yoningga olib kelib xijolat qilib tushurvomoqchi boʻladi. Chunki undan oldida ketasiz deb koʻproq pul olganda. Senga esa oʻtkazib olishchun aytgan. Nahotki, shu odamlar yolgʻon bilan baraka topmasligini, katta gunohni olishini bilmasa. Yo rizqiga kafil zotni tanimaydimi? Yoki ishonmaydimi? Tushunmayman! Oʻzimga prinsip qilib oldim. Oʻtirayotganda aka aldamang faqat deyman. Agar mashina toʻliq, yoʻlga chiqayotgan vaqt, yana kutishim kerak boʻlsa ham aldaganini sezib qolsam mashinadan tushib ketaman. Koʻpincha boshida seziladi. Boshqa taksi gaplashishga ketaman. Asabim buziladi! Bu oʻzga olamni tushunmayman. @MuhammadUralov

Ilm olishdan nima to'sadi? Savolni ozgina o'zgartirsang javobi aniq bo'ladi. Ilm olish uchun eng muhim omillar nima? Diqqat va vaqt! Agar shu ikki narsani jamlay olsang, Ilmda, sportda umuman shaxsiy rivojlanishda juda katta yutuqlarga erishasan. Endi yana qaysi foydasiz ish diqqat va vaqtni talab qilsa shu seni ilmdan to'sadi. Chunki sendagi vaqt va diqqat cheklangan! Agar uni ijtimoiy tarmoqlarda, qarama-qarshi jins vakili bilan keraksiz munosabatlarda sarflasang hech qachon o'smaysan! Sendagi cheklangan va qaytmaydigan resurslarni asra. @MuhammadUralov

Qizlaringni aya, oʻgʻlingni ayama. Ishlasin, qiynalsin, xato qilsin, yugurishiga koʻmaklashma, yiqilsin, yiqilish nimaligini bilsin. Keyin, turishni oʻrgansin. Qizlaringni esa yetarlicha moddiy taʼminla. Oʻgʻilni sal katta boʻlsa oʻziga qoʻyib ber. Yoʻqchiliging boʻlmasa xam unga yoʻqchilik nimaligini his qildir. Onamni choy ichib oʻtirganimizdagi nasihatlari. ©N. Alimov

Hammasi odamlar uchun! 1. Ona bolasiga: koʻchada odobli boʻl, bozorda yigʻlama, odamlar oldida erkalik qilma. Meni sharmanda qilma! (Uyda, hech kim koʻrmaganda bilganing qil) 2. Koʻchaga chiqayotganingda normalniy kiyinib ol, axir odamlar sening kiyimingga qarab baho berishadi-ku! 3. Qurilish qilayotganlarga eʼtibor ber. Ular eng avvalo tashqi qismini tezroq bitirishga va chiroyliroq qilishga intilishadi. Ichkarisi, faqat oʻzlari koʻradigan joylar oxirgi oʻrinda. Oddiyroq va arzonroq materiallar ham boʻladi. Odamlar hayron qolishi kerak-ku! 4. Toʻylarga, bazmlarga odamlar eng chiroyli kiyimlarini kiyishadi. Ayollar goʻzallik salonlariga boradi. Oʻzining eng goʻzal koʻrinishini toʻydagi yuzlab odamlarga koʻrsatishi kerak. Jufti uchun esa eng eski kiyimlari va oddiy koʻrinishi ham boʻladi. (Bunday harakat bilan ayollar eridan yana nima kutadi?! Hayronman!) @MuhammadUralov

Muammolar tugagan kun Esimni tanibmanki muammolarim juda koʻp. Bogʻchada abetda uxlash men uchun muammo edi. Yechimi vannaga kirib ichidan qulflab olardim. Tamom. Maktabda fanlardan 5 baho olish, 8-martda oʻzimga yoqqan qizga gul berish uchun pul yigʻish eng katta muammolarim boʻlgan. Litseyda oʻqishga kirish muammosi. Universitetda yana maktabdagi muammolar qaytib keladi faqat kattaroq shaklda. Uni bitirib ish topish va unda koʻtarilish muammodir. Bizda hozir bor muammolarni, hozirgi aql darajamiz bilan yecha ol-may-miz! Agar yecha olganimizda edi, bizda hozir bu muammolar boʻlmasdi. Ularni yechishning yoʻli esa ilm, tajriba va tavakkuldir! Keyin muammolaring tugaydimi? Albatta, yoʻq. Kattarogʻi paydo boʻladi. Va yana ilm olasan. Natijada oʻsib, rivojlanib boraverasan. Oxiri yoʻq! Qachon muammolar tugaydi? Bu dunyoni tark qilgan kuning, barcha muammolaring tugagan kundir. Ungacha yo ularni yechasan, yo yechishga majbur qilishadi! @MuhammadUralov

Ularni qachon tushunaman? Inson uchun eng qiyin narsa nima? Ikkinchi insonni tushunish va unga tushunarli boʻla olishdir. Agar bu oson boʻlganda tarix bunaqa koʻp urushlar koʻrmasdi. Lekin buni bitta oson yoʻli bor. Partnering tomondan munosabatlarga qarab koʻrish kerak. Oʻqituvchimisan? Biror joyda oʻquvchi boʻlib koʻr. Oʻz soʻzlaring va harakatlaring oʻquvchilaringga qanday taʼsir qilayotganini sezasan. Biznes egasimisan? Mijoz boʻlib koʻr. Seni tanimaydigan eng quyi oʻrindagi xodimingdan oʻz mahsulotingni olib koʻr. Ota-onangni sen uchun tushunarsiz munosabatlarini esa oʻzing ota-ona boʻlganingda tushunasan. Ertaroq tushunmoqchimisan? Ukang yoki singling uchun xuddi otadek masʼuliyat ol. Tushunib olasan ularni. Munosabatlarga ikkinchi tomondan qarash oʻrtadagi tushunmovchilikni kamaytiradi. Uning hissiyotlari, vaziyati va senga tushunarsiz reaksiyalarini ochib beradi. @MuhammadUralov

Duo qanday ishlaydi? Agar barcha ishlar faqat duo bilan bitganda edi, islom tarixida gʻazotlar boʻlmas edi! ©Amir Temur Shogird: Domla menga it tishlashidan saqlaydigan duoni oʻrgating. Ustoz: albatta oʻrgataman, faqat qoʻlingga tayoq ham ovolgin. Chunki it arabchani tushunmasligi mumkinda) Mubashshir Ahmad va Ikrom Sharif ustozlar dars oʻtishgandi. Unda Oʻzbekiston boʻyicha eng koʻp sotiladigan kitoblar roʻyxatida duolar toʻplami soʻng tush taʼbiri haqidagi kitoblar ekanligini aytishdi. Albatta, duo bu katta kuch. Lekin sabablar dunyosida duoni qilib unga oʻzimiz harakat qilmasak erisha olarkanmizmi maqsadga? Bu dunyoda biz duo qilib soʻrayotgan omad barchaga keladi. Lekin ungacha qattiq mehnat qilib uni ushlab qolish darajasiga chiqqan boʻlishimiz kerak. Boʻlmasa 20yildan keyin qaniydi yoshligimga qaytib qolsaydim degan fantastik hayollar bizni ich-etimizni yiydi.

Senda hali energiya ko'p Amerika maxsus harbiy xizmatlarida David Goggins tomonidan kashf qilingan 40% qoidasi mavjud. Unga koʻra, sen butunlay holdan toyib charchagan vaqtingda potensial energiyangning atiga 40%ini ishlatgan boʻlasan xolos. Qolgan 60%ini tana ekstrimalniy vaziyatlar uchun asrab qoʻygan boʻladi. Qoʻrquv, umid, rohatlanish hislari uygʻonishi bilan sendan qolgan resurslar ishlashni boshlaydi. Nega odamlar ortidan it quvganda avval oʻzlari oshib oʻtolmagan devorlardan bemalol oʻtib ketishi. Yoki charchamasdan itdan ham tez yugurishini bilasanmi? Futbolda yutqizayotgan va 90 minut yugurib charchagan komanda oxirida 1ta gol urib hisobni tenglashtirsa qoʻshimcha 30minutda yana tinmasdan yugurishi uchun energiyani qayerdan olishinichi? Javoblaring toʻgʻri! Birinchisida qoʻrquv, ikkinchisida umid. Demak, eng charchagan vaqtingda aslida sen charchamagan boʻlasan) @MuhammadUralov

Sabrning muddati qancha? Biz inson tabiatini bilmagan holda insonlarni juda tez muddatda oʻzgartirishga, natijalarga yorugʻlik tezligida erishishga harakat qilamiz. Bugun doʻstingga, oilangdagilarga ular qilayotgan notoʻgʻri ishni aytding, ertadan boshlab ular 180gradusga oʻzgarishini kutma! Yaqinlaringga namoz, islom ahkomlarini qilish kerakligini aytganingdan keyin 1 oydan keyin ulardan mukammallikni talab qilma. Oʻqituvchimisan oʻqimaydigan, toʻpolonchi va seni yoqtirmaydigan oʻquvching boʻladi. Unga 1hafta yaxshi muomalada boʻlganing va xatolarini tushuntirganing uchun ideal oʻquvchiga aylanadi deb oʻylama. Bizning xarakterimizni undan yaxshiroq bilmaydigan zot Qurʼonni 23 yilda nozil qildi. Aroqning toʻliq taqiqlanishi 3bosqichda amalga oshirildi. Nima buni barchasini bir kunda qilish imkoni yoʻqmidi u zotda? Toʻgʻri yoʻlda bardavom boʻl. Imkon boricha jahl va qattiqqoʻllikdan uzoq boʻl, bu xislatlar sen uchun insonning qalb eshiklarini butunlay yopadi. Sabrli boʻl. Niyatingni toʻgʻirlab ol. Amallar niyatlarga bogʻliqdir. @MuhammadUralov

Oʻzing bor Bironta qizni yaxshi koʻrib qolding, sovchi joʻnatmoqchisan. Shu joyda kimni sovchi qilib joʻnatgan yaxshi? Yoningga otang yoki yaqinroq doʻstingdan birortasini olasan, oʻzing boshlab borurasan. Qizning oila aʼzolariga sening onang bilan xolangdan koʻra sen qiziqroqsan. Chunki ularning qizi sen bilan yashaydi. Hammamizning onalarimiz bizni maqtaydi. Oʻzing borsang ularda toʻliq kartina paydo boʻladi. Borganingda dadil bo'l, muzokaralarni oʻzing olib bor. Qiz tomondan mebel, kiyim yana qandaydir sovgʻalar umid qilayotgan boʻlsang hali uylanmaganing maʼqul. Sal kattaroq boʻlsang kelarsan) Urf-odatlarimiz-chi deysanmi? Islomga toʻgʻri kelsa boʻldi, qolgani umuman qiziqmas! Islomdagi eng chiroyli juftlaridan biri Ali ra va Fotima onamizning sovchilari kim boʻlgan? Toʻgʻri topding Alining oʻzi! Erkaklar sovchilikka borsa ish tezroq bitadi. Mol-dunyo boʻyicha kamroq tortishadi. Erkaklar dangalroq boʻlishadi. Toʻyni iloji boricha kamxarajat qil. Toʻydan keyin kelin bola bilanDubai, Antalya yoki Barcelona shaharlaridan birini aylanib 1oyga borib kel) Hayoting chiroyli boshlanadi. @MuhammadUralov

Atiga bir marta Hayotimizda judayam ko'p yomon odatlar aynan shu jumla bilan boshlanadi va butun umrga davom etadi. Sen odatl
Atiga bir marta Hayotimizda judayam ko'p yomon odatlar aynan shu jumla bilan boshlanadi va butun umrga davom etadi. Sen odatlaringni shakillantir, keyin esa ular seni shakllantirishadi. Kunimizning 90 - 95%ini biz o'z odatlarimiz bilan o'tkazamiz. Foydali odatlar uchun ko'proq, zararlilari uchun esa juda kam vaqt ham yetarlidir. Sabab oddiy - zararli odatlardan keladigan rohat juda tez keladi, a foydalilarining mazasini his qilish uchun uzoq vaqt kutishimiz kerak. Atiga bir marta chakib ko'r, ichib ko'r, ta'tib ko'r, borib ko'r, qilib ko'r hech narsa qilmaydi. Qiziquvchan bolalik uchun ideal tuzoq! Muvaffaqiyat odatlardan, odatlar esa bir ishning takror va takror amalga oshirishimizdan paydo bo'ladi. Avvalo, bu gaplarni eshittingmi? Aslo boshlama! Boshlab qo'ydingmi? Endi uni hoziroq "chopish" kerak! Qancha uzoq vaqt shug'ullansang shuncha to'xtatish qiyin bo'ladi! @MuhammadUralov

Ustozdan maslahatlar Shanba kuni ustozim Aziz Rahimov bilan uchrashib masalalar bo'yicha maslahatlar oldim. Ichidan ba'zilarini siz bilan ulashmoqchiman. How you do anything is how you do everything! Sizning kichkina, arzimas ishga bo'lgan munosabatingiz, aslida katta va muhim ishlarga bo'lgan e'tibor va mas'uliyatingizni bildiradi. O'zing shug'ullanmayotgan sohada kitob o'qirkansan sen maksimal foydadan quruq qolaverasan. O'z sohangga doir eng yaxshi 3ta kitobni o'qishing, seni shu sohadagi 97% odamdan oldinga olib o'tib qo'yadi. Biznesda, munosabatlarda va har qanday sohadagi bitimlarda xuddi dushmanlardek muzokara o'tkazish kerak. Eng yomon holatlarni belgilab olish lozim. Boshida qilingan bunday muzokaralar keyingi davomiy muammolar yechimidir. @MuhammadUralov