Muhammad Uralov
Open in Telegram
- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv
Show more684
Subscribers
+124 hours
-17 days
+1930 days
Posts Archive
O'zbekiston shaxmat bo'yicha Olimpiada chempioni bo'ldi. Oxirgi marta bunchalik xursand bo'lganimni eslolmayman. Shunchaki yorvorishdi. Faxr tuyg'usini sezdim.
Tepadagi rasmda esa terma jamoamiz lideri Nodirbek Abdusattorovning onasining gapidan parcha keltirilgan. Biz to'ylarni isrof bilan o'tkazarkanmiz, pulimizni ta'limdan qisib uni uyga, mashinaga, sep-u, latta-puttalarga sarflarkanmiz materialist(molparast) ota-onalarimiz nega mening farzandim bunday beodob, ahmoq bo'ldi deyishga haqqimiz yo'q!
O'rtacha bitta o'zbek bitta to'yga 10,000$ dan 20,000$ gacha sarflar ekan. Bu pulga esa bemalol bolani O'zbekistondagi eng zo'r maktab va universitetlarda o'qitsa bo'ladi. To'y doim oxirgi o'rinda bo'lishi kerak bizda!
Ilmda balans haqida
Bilim olishda ham balans bo'lishi kerak. Inson diniy ilmlarni dunyoviy ilmlardan oldin boshlashi va keyin ortidan ikkalasini teng olib ketishi kerak. Diniy ilm birinchi o'rganilarkan har qanday dunyoviy ilmdan hikmat topa oladi inson.
Agar dunyoviy ilm birinchi qalbga kirsa diniy ilmga joy topilishi qiyin bo'ladi. Qalb qabul qilishni xohlamay qoladi. Men g'ayridin insonlar kitoblarini o'qiganimda menimcha bu inson "Islom" haqida yozgan degan fikr kelaveradi. Va dinga bo'lgan ishonchimni mustahkamlayveradi.
P/S: illat izlaganga illatdir dunyo,
G'urbat izlaganga g'urbatdir dunyo.
Kim neki izlasa topgay begumon,
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo.
@MuhammadUralov
Eng yomon biznes plan
Xayol surib oʻtirganingda oʻz ehtiyojlaringdan kelib chiqib kelib qolgan "original biznes plan" eng yomon planlardan biri. Chunki bunda biz hali hech kim sinab koʻrmagan, bozor oʻrganmagan, jamiyat qabul qilishi nomaʼlum boʻlgan reja haqida oʻylaymiz.
Eng yaxshisi esa tayyor ishlab turgan, foyda keltirayotgan birorta biznesni olish va uni sifatliroq, tezroq yoki arzonroq qilish orqali bozorga qayta kiritishdir. Bunda shu 3 sifatdan birini oʻz biznesimizning asosiy "fishkasi" qilib olishimiz muhimdir.
Facebook dan oldin MySpace ijtimoiy tarmogʻi, Vkontakte dan oldin Odnoklassniki.ru va Moy Krug, Google dan oldin esa Yahoo va Alta Vista qidiruv tizimlari boʻlgan. Ular aynan tayyor bozorga kirishgan. Va shu sifatlar orqali bozorni egallashgan.
Endi Evosning ham muvaffaqiyat yoʻlini tushungandayman. Unda ham 3 sifatdan biriga yaʼni tezlikka katta eʼtibor beriladi. "30 minutda xaridingiz yetib kelmasa buni sizga tekinga berib ketamiz" ajoyib biznes plan) Bu tajribani tarixda ilk bora Dominoʻs Pizza qoʻllagan va katta yutuqqa erishgan. Evosga esa shunchaki qoyil)
@MuhammadUralov
Miyya va oshqozon
Miya va oshqozon deyarli bir xil funksiyani bajaradi. Oshqozon yegan ovqatlarimizni hazm qilsa, miyamiz biz oʻqigan, eshitgan va koʻrgan maʼlumotlarni hazm qiladi.
Qanchalik paradoksal boʻlmasin oshqozonimiz miyamizdan koʻra aqlliroqdir. Siz ayniga ovqat yesangiz oshqozoningiz buni chiqarib tashlaydi.
Lekin aynigan informatsiya, notoʻgʻri maʼlumotlarni miyamiz hech qachon qaytarib chiqarmaydi. Aksincha uni hazm qilib butun fikrlash sistemamizni buzadi!
Xulosa: biz soatlab nima ovqat yeyish, uni tanlashdan koʻra nima informatsiya qabul qilayotganimizga (qanday kitoblar oʻqiyotganimiz, kimlarni eshitayotganimiz va nimalar koʻrayotganimizni) nazorat qilishimiz kerak ekan.
@MuhammadUralov
Eng qiyin ish
Men uchun eng qiyin ishlardan biri (ruhiy jihatdan) bu masjiddan chiqish ayniqsa juma kuni. U yerda men oʻnlab taqdir egalarini, haqiqatda mazlum yoki tilanchilikni kasb qilib olib tirikchilik qilayotganlarni koʻraman.
Bir qizcha baland ovozda oʻtgan ketganlarga salom berib paxlavasini sotishga urinyapti( uyida kasal onasi qizining dori olib kelishini kutayotgandir balki). Undan narida bir kichkina bola roʻmolcha sotmoqda hammadan uni sotib olishini iltimos qilmoqda.
Mening eʼtiborimni tortgan insonlar esa sal uzoqroqda turishibdi. Bir dona qiz juda kichkina qoʻlida paket ushlavogan shunchalik uyalganki bir ogʻiz ham gapirmaydi yerdan koʻzini uzmaydi. Hech kimdan hech narsa soʻramaydi. Gʻururli qizcha deb oʻyladim ichimda. Kimdir majbur qilib chiqarib qoʻyganga oʻxshaydi. Balki hayotdir.
Undan keyin bir ayol qoʻlida bolasi. Hech narsa so'ramaydi, jim turadi. Lekin eʼtiborimni uni koʻkargan koʻzi tortdi. Qaysi nomard qoʻl koʻtargan? Qoʻlini sindirish kerak degan xayol oʻtdi birdan! Ayolga qo'l ko'targanlarni yaxshi inson deb bilmayman. Shu er balki chiqarib yuborgandir bu yerga aslida ular oilada oʻrin almashishgan menimcha.
Undan keyin 1 ona 3 bola turibdi, ona yuzini yopgan bolalar ham yuzi yerda bir ogʻiz gap aytishmaydi. Gʻururi yoʻl qoʻymayotgandir balki soʻrashga. Lekin ta'sirli! Hammasida umumiylik g'urur!
Qolgani shu oddiy yordam soʻrovchilar. Menda shubha uygʻotuvchilar.
@MuhammadUralov
Oʻz qiyinchiligingni tanla!
Ilm olish, fikrlash, tafakkur qilish qiyin; ahmoq boʻlish ham qiyin.
Sogʻlom boʻlish, sport bilan shugʻullanish qiyin; nosogʻlom, semiz boʻlish ham qiyin.
Moliyaviy erkin boʻlish, uni nazorat qila olish qiyin; nazorat qilmasdan qarzdor boʻlib yurish ham qiyin.
Odamlarni bilan gaplashish, ularning muammolarini eshitish va ularni yechish qiyin; hal qilmasdan muammolar bilan yurish ham qiyin.
Uylangandan keyin oilani boshqarish, undagi insonlarni baxtli qilish qiyin; ajrashib ketish ham qiyin.
Ibodat qilish, dinimiz barcha ahkomlariga amal qilish qiyin, amal qilmasdan bu yurishda aniq jahannam tomon ketayotganingni anglab ruhiy qiyinchilikda yashash ham qiyin.
Ikki tanlov ham qiyin farqi shundaki birida birinchi qiyinchilik keyin yengillik keladi. Ikkinchisida esa teskarisi. Tanlov esa o'z qo'lingda!
@MuhammadUralov
Assalamu aleykum, do'stlar!
Bizda to'ylar nechi kishilik bo'lsa yaxshi va nega? O'z fikrlaringizni bildiring. Kechga yaqin bu haqida bir gaplashamiz.
Endi seni xato qilishga haqqing yoʻq!
Juda koʻp gapirishadi: harakat qil, xato qil, keyin toʻgʻrilab ketaverasan. Muhimi - oʻrganasan. Bu fikr toʻgʻri, lekin buning ham muddati bor.
Ota boʻlarkansan, har bir harakating farzanding uchun oʻrnak. Hatto xatolaring ham. Ustoz boʻlarkansan, endi oʻquvchilar sendan andoza olishni boshlashadi. Seni diqqat bilan kuzatishadi. Harakatlaringni albatta takrorlashadi.
Mashhur insonlarni esa insonlar ustoz, aka, namuna sifatida bilishadi. Ularning kichik xatosi ham millionlab odamlarga albatta taʼsir otkazadi.
Umumiy qilib aytganda bu uch toifani kuzatuvchi farzand, shogird va muxlislar ularga qarab " haaa demak bu ishni qilsa boʻlarkanda" degan xayol keladi! Ular qilgan xato ishlarni ham!
Balki, shuning uchun ham paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v) mukammal shaxs boʻlgandirlar.
@MuhammadUralov
Buni oxirgacha o'qiy ko'rma!
Muvaffaqiyatga erishish yo'lida qiyinchiliklaring haqida gapirsang odamlarga yoqmaydi. Lekin erishib bo'lgandan keyingi gaplaring ularni ruhlantiradi.
Odamlar fikrini haqida qayg'urishni to'xtatgan vaqtingdan boshlab ular seni ko'proq yoqtirishni boshlashadi.
To'g'ri qaror qabul qilingandan keyin siqilishing uning noto'g'riligini bildirmaydi. Bu absolute tabiiy jarayon.
Sen bilan sodir bo'lgan voqea sening mas'uliyatingdamasdir. Lekin unga qanday reaksiya berishing sening mas'uliyating.
Sening ruhiy sog'lig'ing bilan to'lanadigan har qanday natija juda qimmat.
Agar sen "ha yoki yo'q" savoliga qaror qabul qilolmayotgan bo'lsang katta ehtimol bilan javob "yo'q".
Bizni og'riqlarimiz bizni kuchliroq, chidamliroq va aqlliroq qiladi.
Odamlarni ajratolmayotgan bo'lsang do'stiga qara u aldamaydi. 99,9%.
@MuhammadUralov
Arosatda qolgan avlod
1990+ va 2000 yillarda tug'ulgan avlod davlat siyosati va davr o'zgarishi sababli bizda arosatda qolgan avlodday tuyuladi.
Ular dinni yoshligidan oilasida emas aqli taniganidan keyin o'zlari izlanib o'rganishdi va ko'pchiligi oilasiga diniy qarashlarni birinchilardan bo'lib olib kirishdi.
Ular dinni o'rganib soqol qo'yishga, namoz o'qishga harakat qilishdi lekin na jamiyat na davlat buni qabul qilishga tayyor emasdi. Ularni bu uchun davlat ishlaridan haydashdi jamiyatda "domla" laqabi berildi.
Ular isrof, halol-haromni o'rganishdi. To'ylarini 30 kishilik ichkiliksiz, ortiqcha dabdabasiz o'tkazmoqchi bo'lishdi. Lekin bu safar ularning yo'liga ularning ota-onasi va qavmi qarindoshlari chiqishdi. Ularga bu ilmlarni o'rganishga imkon berishdi lekin amal qilishchun to'siq bo'lishdi.
Ular universitetlarga eng qiynalib kirgan avlod bo'lishdi. Bedor kechalar va mag'lubiyat bilan tugagan yillar. Ular "rektorskiy gruppa" va o'z ta'lim bergan ustozlari bilan 1 ta o'rinni talashishga majbur bo'lishdi.
Endi talaba bo'lib bitirib yaxshi joyda ishlayman deganda zamonaviy kasblar chiqdi va bu avlodni yana 1-2yil orqagatashladi. Ular buni tushunib olguncha yana bir necha yillar yo'qotishdi. Hali bu avlodni yangi yo'lda nima "syurprizlar" kutmoqda buni hech kim bilmaydi...
@MuhammadUralov
Takrorlanmas va umumiy
Muvaffaqiyatli insonlardan juda koʻpchilik maslahat soʻrayotganda siz nima ish qildingizki shunday darajaga erishdingiz? Menga 1 yoki 2 ta oʻzingiz qilgan eng muhim ishni ayting men ham sizday boy, omadli, baxtli, aqlli boʻlib qolay deyishadi.
Lekin ular bilishmaydiki, har bir odamning muvaffaqiyat yoʻli takrorlanmas(unique) boʻladi. Sen oʻsha inson aytgan ishlarni hammasini qilsang ham u erishgan natijaga erisha olmasliging mumkin.
Bizda muvaffaqiyat yoʻli unikalniy lekin xatolar umumiy boʻladi. Sen havas qilgan insonlardan: siz shu darajaga chiqqungacha nima xato qilgansiz deb soʻrashingiz kerak. Chunki aynan shu xatolar albatta bizga ham keladi.
Xatolarni bilish bizning resurslarimizni(vaqt, asab, pul...) tejaydi!
@MuhammadUralov
Bosniyaning marhum prezidenti Ali Izzatbegovich juma namoziga kechikib keldi. Oldingi safda namoz oʻqishni odat qilgandi. Old safga yetib olsin uchun odamlar unga yoʻl boʻshatishdi. Shunda u dargʻazab oʻgirilib, oʻzining mashhur bu soʻzini aytdi:
"Sizlar diktatorlaringizni shunday paydo qilasiz!"
@MuhammadUralov
Bizning insof darajamiz nafsimizga qanchalik quloq solishimiz bilan bog'liqdir.
Ilm olishda eng katta dushman bu kibr.
Hayot adolatsizliklarga to'la buni qancha tez anglab yetsak shuncha yaxshi. BALKI.
Muhabbat va nafrat chegarasi sen tasavvur qilganingdan ko'ra ancha yaqin.
Tavakkal qilmaslik tavakkal qilishdan ko'ra xavfliroq.
Hissiyotlarni boshqarolmaslik oxir-oqibat yaxshilikka olib kelmaydi. Ba'zan umuman boshqarmaslik kerakdir. BALKI.
Odamlar hamma xato qilishga haqqi borligini ba'zan unutib qo'yishadi.
Oxir-oqibat qilingan xato ishlardan ko'ra qilinmagan ishlar bizni ko'proq qiynaydi.
© Professional Mistake Maker
Bilim olishni nimadan boshlash kerak?
Hozir eng muhim ikki fan bor. Deyarli barcha eshiklarni ular bilan ochsang bo'ladi. Biri matematika, ikkinchi ingliz tili.
Maktab vaqti bitta fanni o'qiyolmaganman - matematika. Hozir o'rganishga ozgina qiynalaman. Shaxsiy rivojlanishda esa uning o'rni juda katta. Senda esa imkon bor.
Yaxshi o'qituvchini topolmayapman deysanmi? Unda mana senga tekin maslahat akamiz Javohir Toshpulatov o'z darslarini boshladilar. Kanallarida esa tekin video darslari ham bor.
Darslarga yozilish va kanalga o'tish uchun pastda linklar qoldiraman. Hozir o'qi keyin rahmat aytasan.
Ustoz:@javokhir_math
Tekin darslar:@gauss_school
@MuhammadUralov
Vatanparvarlik
Eshitilish juda gʻalati soʻz. Men uchun oxirgi vaqtlar qadri oshayotgan lekin his qilishim qiyin boʻlgan tuygʻu balki gʻoyadir. Dunyoda eng rivojlangan xalqlar oʻz vatanlarini sevishadi. Yapon, koreys, nemis, inglizlar oʻzlarini dunyoning eng zoʻr xalqi deb bilishadi(xatya unaqa boʻlmasa ham). Ularda vatanparvarlik ham kuchli.
Koreys xalqi davlati qiynalib turganda oʻzida va uyida bor barcha tillasini davlatga opkeb topshirgan. Men qiynalsam ham farzandim yaxshi davlatda yashasin deb. Sen undan umuman foyda olmasligingni bilsang ham unga bera olsang balki shu vatanparvarlikdir. Yaponlar ikkinchi jahon urushida butun dunyo ularga qarshi tursa ham yengilishi aniq boʻlsa ham taslim boʻlmaganligiga sabab balki 1850-yillarda boshlangan yaponlarning biz eng kuchlisimiz degan gʻoyasidir.
Menga eng yoqimsiz holat shu hisning, gʻoyaning birorta oʻzbekda yoʻqligi. Sen davlat uni oʻqitgan, ilmli qilgan, ish bilan taʼminlagan xohlagan insoning bilan gaplashishing mumkin. 10 tadan 9 tasi imkon boʻlsa Amerikaga Meksika changalzorlari orqali boʻlsa ham ketishga tayyor.
Men bunda odamlarni umuman ayblamayman. Bunda shu tuygʻu uchun davlat bizga nima berdi deb koʻp oʻylayman. Yoʻq, moddiy narsa emas, gʻoyaviy tomondan vatanni sevish uchun vatanimiz bizga nimadir berishi shart edi!
Men biz oʻzbeklar... deb davomidan oʻzimizni kamsitayotganlarni yomon koʻraman! Ha, bizda xato koʻp, bizda kamchilik koʻp. Lekin avvalo biz oʻzimizni, vatanimizni sevishni, qadrlashni, kerak boʻlganda fido boʻlishni oʻrganishimiz kerak! Vatanparvarlik deganda miyigʻida kulib qoʻyadigan xalq boʻlib qolganimiz achinarli holat...
P/S: oʻzim @merit_school da ishlayman. Bu gʻoyani bolalarga berish juda muhim. Lekin qanday qilib degan savolga menda javob yoʻq. Agar sizda taklif boʻlsa komentda qoldirishingiz yoki shunday taklif bera oladigan tanishlaringizga shu postni joʻnatishingizni soʻrayman. Eng zoʻr takliflarni Aziz akaga @azizrakhimov_blog yetkazaman va maʼqul kelsa maktabimizda qoʻllaymiz.
@MuhammadUralov
Mehnatsiz natija va natijasiz mehnat
Insonda ikki xil vaziyatda motivatsiyasi, hayotga bo'lgan qiziqishi tushib ketadi.
Birinchisi: maqsadga erishish jarayoni juda cho'zilib ketsa va natija umuman kelmasa. Masalan: tinmasdan 1-2 yillab ingliz tili o'qiysan lekin sen xohlagan (7+band score) chiqmasa.
Ikkinchisi: hech qanaqa mehnat, natijaga erishish uchun jarayon bo'lmasay-u lekin natija o'zi kelaversa. Maqsadlaring qiyinchiliklarsiz ushalaversa.
Ikkinchisi xavfliroq va bu o'ziga to'q oilada o'sgan farzandlarni takasaltangga aylantiradi. Hech qanday mehnatsiz uy, mashina va pullar.
Shuning uchun ham o'g'il bola qiyin sharoitlarda mehnat qilib o'sishi shart! Hatto boy bo'lsa ham otasi unga qiyinchilik uchun sharoit yaratib berishi kerak!
@MuhammadUralov
Abituriyent ukamga maslahatlar!
1. Avvalo himmatni katta qil. Maqsadni katta qoʻy, qoʻrqma! Shunga yarasha harakat qil maqsad bilan yasha!
2. Atrofingni maqsadi va harakati senga oʻxshaganlar bilan toʻldir.
3. Qaysi universitetga topshirish boʻyicha ota-onang, ustoz va doʻstlaring bilan maslahatlash lekin yakuniy qarorni oʻzing qabul qil. Masʼuliyatni oʻzingga ol.
4. Osilsang baland dorga osil jasadini hamma koʻrsin! ( Oʻz qiziqishing yoʻnalishidagi eng zoʻr universitetga topshir)
5. Sen bilan birga tayyorlanayotgan Gulchehrani unut! Eʼtiboringni oʻqishga qarat. Baribir u sen pul topib sovchi joʻnatguningcha Eshmatga tegib ketadi.( Yoki oʻqishga kira olmasang tashlab ketadi)
6. Har doim eng zoʻrlarga raqobat qil, ular uxlamasa sen ham uxlama, ular ovqat yemasa sen ham yema, ular mehnat qilganda hech qachon dam olma.
7. Yoʻl-yoʻlakay magʻlubiyatlarga eʼtibor berma. Ular seni kuchliroq qiladi. Yiqilgandan keyin turishni oʻrgan.
8. Ijtimoiy tarmoqlarni, toʻy-tomosha va tugʻilgan kunlarni unut ular sen uchun emas.
9. Vaqtdan yutqizishdan qoʻrqib eng oddiysi ham boʻlaveradi talqinida ish koʻrma! Maqsading oliymi undan koʻra yiqilib yana tayyorlan keyingi yil albatta kirasan ishon!
10. Ibodatlarni student boʻlsam soʻng boshlayman dema! Bu dangasa va bahonachilarning gapi! Bu seni robbing bilan yaqinroq qiladi.
11. Imkoning boʻlsa Chet elda oʻqi yoki Oʻzbekistondagi chet el universitetlarida oʻqi. Agar oʻqish va oʻqimaslik yoʻli tursa mahalliy universitetlarda oʻqisang ham boʻladi( kamida hayotni oʻrganasan).
12. Yaxshilab fikr yurit sen tanlagan soha uchun 4 yil universitet kerakmi?! Agar zamonaviy kasblar boʻlsa ( IT, SMM vhk) unga 4yil umr shartmas borib 6 oyda oʻrgan va ishlayver.
13. Ota-onang va ustozlar duosini ol.
@MuhammadUralov
Nega kitob o'qishim kerak?
1. Senda ko'pi bilan 60-70 yil umr bor. Har bir kitob muallifi esa o'z umrini shu kitobga investitsiya qilgan bo'ladi. Bu degani 10ta kitob o'qisang 600 yil umr ko'rgan kabi biliming bo'ladi.
2. Ayollar doim o'zlaridan kuchliroq erkaklarni yoqtiradi. Bizning hech qanday karomatimizsiz ham Alloh bizni ulardan jismonan kuchli yaratgan endi aqlan kuchayishimiz esa o'z mehnatimizga bog'liq.
3. Aqilli emas Dono bo'lish uchun o'qishing kerak. Aqilli odam - o'z xatolaridan xulosa qiladigan inson. Dono odam - boshqalarning xatosini ko'rib o'ziga xulosa oladigan insondir.Umr va resurslar cheklangan demak hamma xatolarni qilib ko'rish bizga qimmatga tushadi.
4. O'zingni anglash uchun o'qi. Nega yashayapsan? Nega bu dunyoga kelding? Nega yig'laysan? Nega dangasasan? O'zingni, o'zligingni, tanangni, harakatlaringni va eng muhimi Yaratuvchingni anglash uchun o'qi.
5. Boshqarilivchi emas boshqaruvchi bo'lish uchun o'qi. Bu dunyoni albatta aqilliroq insonlar boshqaradi. Ular katta tashkilotlarni, korxonalarni, davlatlarni va hatto butun dunyoni boshqaradilar. O'qimasang albatta ularga ishlaysan.
6. Vaqtimiz va energiyamizni qimmatroqqa sota olishimiz uchun o'qimiz. Sen qanchalik ko'p o'qisang, sening qiymating shunga yarasha ortib boradi. 1 soati 1000$ turadigan huquqshunoslar aynan O'zbekistonda ishlashmoqda.
7. Dam olish uchun, sokinlik, yolg'iz qolish, fikrlash, tafakkur va mazza qilish uchun o'qi kitobni.
@MuhammadUralov
Ulg'ayib anglaganlarim!
1. Samolyot meni olib ket deb qichqirganing bilan, pilot seni eshitmaydi.
2. Tushib qolgan kiprigingni sogʻingan odamingni eslab puflab yuborsang u odam kelib qolmaydi.
3. Bogʻcha va lagerda abetda majburlab uxlatishlari sen uchun orzuga aylanadi.
5. Onang senga majburlab yedirgan shoʻrvadagi sholgʻom aslida mazali boʻlarkan.
6. Yulduz uchgan payt tilak qilishni foydasi yoʻq, u yulduz aslida milliard yillar ilgari soʻnib boʻlgan, xuddi seni orzularing kabi.
7. Divaningni tagida maxluq yoʻq, boʻlsa ham undan qoʻrqishmas, gaplashib oʻtirging, uni dardini eshitging keladi.
8. Bolaligingda sen uchun dunyodagi eng baquvvat inson boʻlib tuyulgan dadangni, charchadim deganini koʻrasan ekan...
9. 5 sinfda oʻqib yurganingda, 4 sinfdagi Oyjamolga yozgan xatingdagi samimiylik, haqiqiylik, jiddiylik, hozir ijtimoiy tarmoqlarda qizlarga gapiradigan gaplaringdan koʻra 1000 barobar kuchli boʻlganini anglab yetasan.
10. Oying shapkangni kiyib ket demay qoʻygan boʻlsada, oʻzing qidirib topib kiyib ketasan.
11.Hammamiz qachonlardir soʻngi bor koʻchaga bolalar bilan oʻynagani chiqqanmiz, bu bolaligimiz tugayotgan payt edi. Lekin hechkim oʻsha soʻngi bor oʻynagani chiqqan kunimizni eslay olmaymiz...
@MuhammadUralov
Ulg'ayib anglaganlarim!
1. Samolyot meni olib ket deb qichqirganing bilan, pilot seni eshitmaydi.
2. Tushib qolgan kiprigingni sogʻingan odamingni eslab puflab yuborsang u odam kelib qolmaydi.
3. Bogʻcha va lagerda abetda majburlab uxlatishlari sen uchun orzuga aylanadi.
5. Onang senga majburlab yedirgan shoʻrvadagi sholgʻom aslida mazali boʻlarkan.
6. Yulduz uchgan payt tilak qilishni foydasi yoʻq, u yulduz aslida milliard yillar ilgari soʻnib boʻlgan, xuddi seni orzularing kabi.
7. Divaningni tagida maxluq yoʻq, boʻlsa ham undan qoʻrqishmas, gaplashib oʻtirging, uni dardini eshitging keladi.
8. Bolaligingda sen uchun dunyodagi eng baquvvat inson boʻlib tuyulgan dadangni, charchadim deganini koʻrasan ekan...
9. 5 sinfda oʻqib yurganingda, 4 sinfdagi Oyjamolga yozgan xatingdagi samimiylik, haqiqiylik, jiddiylik, hozir ijtimoiy tarmoqlarda qizlarga gapiradigan gaplaringdan koʻra 1000 barobar kuchli boʻlganini anglab yetasan.
10. Oying shapkangni kiyib ket demay qoʻygan boʻlsada, oʻzing qidirib topib kiyib ketasan.
11.Hammamiz qachonlardir soʻngi bor koʻchaga bolalar bilan oʻynagani chiqqanmiz, bu bolaligimiz tugayotgan payt edi. Lekin hechkim oʻsha soʻngi bor oʻynagani chiqqan kunimizni eslay olmaymiz...
@MuhammadUralov
