Muhammad Uralov
Open in Telegram
- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv
Show more684
Subscribers
+124 hours
-17 days
+1930 days
Posts Archive
Singlimga maslahatlar
Farosatli bo'l, go'zal ko'rinasan.
O'z chiroyingni faqat o'z egasiga ko'rsat, gunohdan tiyilib savobga erishasan.
Albatta ilmli bo'l! Ko'p kitob o'qi, yangi ko'nikmalar orttir, fikrlash va tafakkurni o'rgan. O'z juftingga qiziq va maslahatgo'yi bo'lasan.
Farzandingni chiroyli tarbiya qil. Bunda sabrli bo'l. Esingda saqla sening jamiyat va ummatga 1ta komil farzand yetishtirib berishing 10ta biznes yuritishingdan ko'ra afzalroq.
O'z qadringni bil, hech kimni seni xafa qilishga haqqi yo'q.
Imkoning bo'lsa albatta bitta chet tilini va ITni o'rgan. Chet tili senga cheklanmagan kutubxona va barcha savollarin javobi kalitidir. IT esa xuddi tikuvchilikka o'xshaydi. Uyda o'tirib o'z sevimli ishing bilan ham shug'ullanishing mumkin.
Esingda saqla! Oson erishiladigan narsaning qadri bo'lmaydi. Albatta sen erishilishi qiyin bo'lgan cho'qqi bo'lgin faqat eng kuchli xohishi bor va shunga loyiq odam seni topib keladi. ( Bu joyi o'zimga qarshi ishlashi mumkin).
@MuhammadUralov
Erkakshoda ayollar xaqida...
Baʼzi ayollar, erkakshoda tiipiga boʻlinishadi... Xmm erkakshoda... Tipa erkakcha gapiradi, gaplashganda tars tars tars. Podxalimlar esa eeee opa qoyil qolamanda erkakcha xarakteringiz bor deb gapirishadi. Ayol esa bundan xursand... Meni qanday boʻlsam shunday sevishsin deydi erkakshoda ayol. Bilasizmi erkakshoda ayol... Sizni xechkim sevmaydi, balki xurmat qilar, balki qoʻrqar lekin sizni seva olmaydi erkak.
Siz xezalaksifat erkakni seva olasizmi? Net. Uy xalatida gerdayib oʻtirgan, telefonda problemalarni yechib tashlayotgan, erni bitta gap bilan oʻtirgʻizib turgʻazadigan ayol... Sizga noziklik yarashadi asli. Boʻgʻilgan ovozda baqirib gapirishingiz emas. Toʻgʻri sizdaka ayollar erkaklar bilan tez til topishib ketishadi. Buni inkor etib boʻlmaydi. Chunki siz pryamolineyno gaplashasiz, xamma maʼsuliyatni oʻz zimmangizga olishga, hamma muammoni sizga yoqqan stilda yechishga oʻrgangansiz. Erkagingizga shans qoldirmasdan muammoni yechishni oʻz boʻyningizga olasiz. Muammo yechilgach esa gʻoliblik nashidasini surasiz.
Erkaklar eplay olmagan ishni epladim men deb. Lekin... Kechalari oʻylanib, yigʻlab chiqishingizni, siz ham ayolshoda ayol boʻlishni xohlashingizni oʻylayiz. Ammo bu obraz sizning ong ostingizga shu qadar singib ketganligidan xechqachon bundan voz kecha olmaysiz. Ammo sizni sevishmaydi. Sizdan foydalanishadi, maqtab koʻklarga koʻtarishadi biroq sizda asrab avaylash kerak boʻlgan nozik xilqatni koʻrmaydi xechkim... Yana... Siz sabrsiz boʻlsangiz kerak.
Eringiz ikki xaftada siz esa bir xaftada yecha oladigan muammo boʻlsa unga shans bermasdan oʻzingiz xarakat qilasiz. U esa bora bora bunga oʻrganib qoladi. Erkakshoda ayol, bora bora mentalno va tashqi koʻrinishidan ham erkakga oʻxshab ketadi. Ayollar ayolliklaricha qolgani yaxshi. Sizni erkakshoda ayolligingiz uchun emas, shunchaki ayol ekanligingiz uchun sevishsin...
© A.Nurbek
@MuhammadUralov
Bilmadim
Ulamolardan ilmning yarmi nima deb soʻrashganda "bilmasligini bilish" deb javob berishdi. Yaʼni biz bilmasligimizni bilganimizdan va tan olganimizdan soʻggina yangi ilm olishga harakatni boshlaymiz.
Baʼzan oʻquvchilarim men bilmagan savolni berib qolishadi. Javobim esa "bilmadim". Koʻpincha ular bundan hayron qolishadi. Nega? Chunki undan oldin ular oʻzlaridan katta kimga boʻlsa ham savol berishgan boʻlsa doim javob berilgan.
Biz "bilmadim" soʻzini ishlatishdan uyalamiz. Chunki odamlar koʻz oʻngida aqlsiz koʻrinib qolishdan qoʻrqamiz. Shuning uchun toʻgʻri yoki notoʻgʻri farqi yoʻq. Doim javoblari boʻladi ularda.
Bilmadim soʻzi bizni nafaqat keraksiz bahslar, munozaralar va gʻiybatlardan asraydi. Balki narigi dunyoda savol javobimizni ham osonlashtiradi!
@MuhammadUralov
Qo'llab-quvvatlash
18-25 yosh oralig'i insonning eng ambitsiyali davri. Lekin juda ko'p yoshlarda bu davrdagi orzu-umidlar orzuligicha qolib ketaveradi. Nega?
Chunki, atrofda tushunadigan va qo'llab-quvvatlaydigan insonlar bo'lmas ekan buni amalga oshirish qiyinligicha qolaveradi.
Ota-ona, oila a'zolari va do'stlar mana shu uch guruh orzularingga ishonmas, seni rag'batlantirmas ekan senda tushkunlik boshlanadi. Ba'zan ota-onalar o'z farzandlaridan faqat pul topib kelishini xohlashadi.
U qanday? Qayerdan topilgan bu ikkinchi darajali savol. Eng muhimi ular shu ishida baxtlimi? Bu umuman qiziqmas! Muhimi u($)ning qanchaligida!
Do'stim, sen aynan hozir topishing muhim bo'lgan insonlar bu senga o'xshab fikrlaydigan, orzu qiladigan va intiluvchan do'stlar va seni tushuna oladigan va ishonadigan umr yo'ldoshidir!
U nafaqat go'zal balki tafakkurli va ilmli bo'lishi shart. Axir biz ijtimoiy jonzotmiz-ku. Biz suhbatlarsiz yashay olmaymiz. Ilmsiz odam suhbati esa bizni tez zeriktiradi. Bundan baxtli oila chiqmaydi.
@MuhammadUralov
Agar kitob oʻqisang...
Atrofingdagilar seni tushunolmay qolishadi. 5-10 yildan beri yaqin boʻlgan insonlaring bilan mavzular zerikarli boʻla boshlaydi. Ularni yoʻqotasan.
Yolgʻizlikni sevib qolasan. Tafakkur qilish, xayol surish, yolgʻiz piyoda yurish hobbyga aylanadi.
Atrofdagi adolatsizliklar, manipulyatsiyalarni tez payqay boshlaysan. Bu baʼzan stressga tushiradi.
Xayoling savollar bilan toʻladi. Baʼzan ularning qurshovida soatlab qolib ketasan. Diniy ilming yetishmasa bu seni notoʻgʻri yoʻlga boshlashi ham hech gap emas.
Odamlar oʻzi bu avvaldan shunaqa degan insonlarni tushuna boshlaysan. Ularni bilan suhbatlashasan va ularning taqdiri ularni shu kuyga solganini anglab yetasan.
Gapirishdan koʻra eshitishni seva boshlaysan.
@MuhammadUralov
Hammasi yaxshi bo'lmaydi!
Hayotda hech qachon hammasi yaxshi bo'lmaydi. Buni ertaroq tushunganlar xotirjamlikka tezroq erishadi.
Chunki sen rivojlanarkansan, ulg'ayarkansan muammolaring ham xuddi sendek kattalashaveradi. O'zi aslida muammolar yiriklashmasa qo'rqish kerak. Chunki bu sen o'smayapsan degani.
E'tibor ber 25 yoshingda ham 20 yoshingdagi muammolar bilan uralashib qolmaganmisan?
@MuhammadUralov
Repost from Merit School
🧠 Ustozlarimiz bilan tanishtirishni davom etamiz.
Tarix o’qituvchimiz - Muhammad Uralov!
Muhammad ustozimiz Meritdan avval Prezident maktabida ishlaganlar. Ularning darslarida hali birorta o’quvchimiz uxlayotganini kuzatmadik😅
Tarix ko’chalaridan mohirona tarzda har bir bolani olib o’tadilar.
Ustozimiz doim rovojlanishga intilishlari, shijoatlari o’quvchilarimizga namuna bo’lib keladilar
💡Doim takrorlaydigan shiorlari:
Tarixdan saboq olmaganlar undagi xatolarni takrorlashga mahkumdir.
📌 Maktab haqida ma'lumot
📥 @merit_aloqa_bot
📲 99 988 99 99
Instagram | Facebook |Telegram
Baxt oʻzi nima?
Baʼzi insonlardan hayotda eng asosiy maqsading nima deb soʻrashsa baxtli boʻlish deb javob berishadi. Lekin bilishmaydiki bu dunyoda abadiy baxtning oʻzi yoʻq!
Oʻylab koʻrdim meni baxtli qiladigan narsalar nima? Insonlarga yaxshilik qilish, oʻzimdan kuchli insonlar bilan suhbatlashish, kitob oʻqish, ilm olish, ota-onamni, yaqinlarimni baxtli koʻrish ayniqsa meni deb va hkz meni maʼlum vaqt baxtli qiladi.
Demak, baxt oʻzi maʼlum lahzalarda berkilgan oʻsha lahzalarni yarata olsak baxtlimiz. Baxtli bo'lish o'zimizga bog'liq ekan. Lekin u 1 hafta 1 oy uzogʻi 1 yildan keyin baribir ketadi. Demak bu dunyoda maqsadni doimiy baxtga erishishga yoʻnaltirish notoʻgʻri ekan.
Axir Qurʼonda yozilmaganmi? Baxtiyorlar jannatdadirlar unda mangu qoluvchidirlar!
Hud surasi, 108-oyat
Bu normal!
Meni anchadan beri taniydigan lekin ish, oʻqish va boshqa sabablar bilan anchadan beri gaplashmay qoʻygan doʻstim birdaniga sms yozib qolsa. Va biror yordam soʻrasa bu menga mutloq normal tuyuladi.
Juda koʻpchilik kabi haa eslamay, eslamay ishing tushganda eslayapsanmi degan fikrdan umuman yiroqman shu joyda.
Quyida esa jamiyat qabul qilishi qiyin boʻlgan lekin bir erkin shaxs sifatida menga normal tuyuladigan haqiqatlar haqida:
1. Toʻyingga hamma tanishlaringni, ota-onang va oʻzingning sinfdosh va doʻstlaringni chaqirmasdan 30 kishilik toʻy qilish men uchun normal!
2. Oʻzingning muhim ishing chiqib qolganda xohlagan odamingga yoʻq deya olish ular notoʻgʻri tushunsa ham men uchun normal.
3. Toʻgʻri qaror qabul qilganingdan keyin siqilishing, oʻylanishing va hatto yigʻlashing ham bu normal.
4. Senga qiziq boʻlmagan, sen ilm olmaydigan davralardan uzoqlashishing. Hatto ular bilan oxirgi 10 yillikda birga yurgan boʻlsang ham.
5. Eng muhimlaridan biri bu hayotda xato qilishing ham mutloq normadir.
@MuhammadUralov
Masjid peshtaxtasidagi yozuv
Farzandlaringizga ibodatdan avval odob va axloqni oʻrgating. Yoʻqsa:
• namoz oʻqiydigan bir oʻgʻri;
• roʻza tutadigan bir buzuq;
• hajga boradigan yolgʻonchi;
• qurbonlik qiladigan bir sudxoʻr;
• shahodat keltiradigan terorchi boʻlib yetishishi mumkin…
© Matn Twitterdan olindi.
@MuhammadUralov
Eng muhim kun!
Tanlanmaydigan in'omlar bor. Ota-ona va Vatan shulardan ikkisi. Biz bulardan voz kecha olmaymiz, vazifamiz esa faqatgina ularni ardoqlash va qadrlashdir.
Vatanimiz uchun eng muhim kun, minglab ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz qoni to'kilishiga sabab bo'lgan kun muborak! Ular o'zlari kurashgan kunni ko'ra olmadi. Lekin bizga shu ne'matni Allohni xohishi bilan in'om etishdi.
Bizdan esa faqat bitta narsa talab etiladi. Shu mustaqillikni asrash va Vatanni rivoji uchun kurashish. Mustaqillik muborak bo'lsin Aziz Vatandosh!
Xayrulla Hamidov bilan uchrashuvda hayotda haqiqiy ustoz qanday topilishi haqida savol bergandim. Javoblari esa ajoyib chiqqan. Sizga ham ilindim.
Oʻziga boʻlgan ishonch
Insonda oʻziga boʻlgan ishonch albatta nimagadir tayangan boʻlishi kerak! Shundagina u har bir muvaffaqiyatsiz holatlardan keyin pastga tushib ketavermaydi!
Oʻzingga savol ber. Nega insonlar meni hurmat qilishi kerak? Samimiy boʻl! Oʻzingning ichki olaming bilan tanish, uni oʻrgan! Ishonchlimisan? Mardmisan? Masʼuliyatlimisan? Buni qidirib top, boʻlmasa shakllantir!
Shundagina har bir odamning senga tanqidi, yo biror qizning senga rad javobini berishi seni oʻzingga boʻlgan ishonchingga taʼsir qilmaydi. Axir, sen ich-ichingdan oʻzingni taniysan, bilasan oʻzingni!
@MuhammadUralov
Befarqlik
Erkak kishi oila boshchisi boʻlarkan ozgina befarqlik(koʻz yumish, koʻrmaslikga olish) ni ham oʻrganishi kerak. Uyda erkak har bir mayda narsaga eʼtiborini qarataverar ekan u maydakash boʻlib qoladi.
Baʼzan ayolining baʼzi kamchilik va xatolariga koʻz yumishi. Farzandlarining erkalik va tajribasizligini jiddiy olmasligi shart.
Barcha ishga aralashavergan erkakning obroʻsi toʻkiladi, hurmati ozayadi. Yigʻishtirilmagan uy, bemaza ovqat, yigʻlagan chaqaloq baʼzan hamma uyda ham boʻladi. Bu jihatlarga koʻz yumgan erkak esa ayoli va farzandlari tomonidan ardoqlanadi. Haybati yana ham oshadi.
@MuhammadUralov
Odamlar 4 xil bo'ladi
1. Biladi, bilishiniyam biladi. Ularga ergashish kerak. Ular olimlardir.
2. Biladi, lekin esidan chiqarib qo'ygan u g'ofil. Unga esltinglar.
3. Bilmaydi. Ilmsizligini biladi. U johil unga o'rgatinglar.
4. Bilmaydi. Bilmasliginiyam bilmaydi. U shayton!
@MuhammadUralov
Assalamu aleykum, do'stlar! Yaqin kunlarda kanal yana aktivlashadi. Postlarni sifatini va sonini oshiramiz insha'Allah. Ungacha Twitter da bo'lsangiz kuzatib turishingiz mumkin! Shu linkda bo'laman. U yerda aktivroqman)
@MuhammadUralov
