en
Feedback
Muslim Ismoil C2

Muslim Ismoil C2

Open in Telegram

Arab tili bilan 15 yildan beri hamnafasman. 6 yildirki ushbu tilni oʻrgatib kelaman • CEFR C1+ | TANAL C2 • @itqonbot bilan arab tili darajangizni aniqlang!

Show more
4 553
Subscribers
-524 hours
+327 days
+28230 days
Posts Archive
@itqonbot ilovasida koʻproq nimani rivojlantiryapsiz? (Bir mechtasini tanlash mumkin)
Anonymous voting

Repost from Noon Academy
Siz ham arab tilini shunday tajribali ustozlardan o‘rganmoqchi bo‘lsangiz sizni NOON AKADEMIYA da kutamiz. 📞+998555887700 😎
+4
Siz ham arab tilini shunday tajribali ustozlardan o‘rganmoqchi bo‘lsangiz sizni NOON AKADEMIYA da kutamiz. 📞+998555887700 😎Telegram 😎Instagram

Shunday muhitda bo'laylikki, u yerda o'sishdan, rivojlanishdan boshqa iloj topa olmaylik. Agar muhitimiz bizga qulay bo'lsa, o'sishga ehtiyoj sezmayotgan bo'lsak, ushbu muhitni tark etganimiz ma'qul.

🍀 Itqon ilovasi taqdimoti Taqdimot mundarijasi: 01:20 — TANAL va CEFR mocklari 04:30 — Akademik tanal va 4 mahorat mashqlari 10:10 — Manhaj lugʻat mashqlari 12:21 — Bellashuv 14:33 — Bepul va pullik farqi 19:11 — Reyting va raqobat 21:20 — Tahlil, xatolar tizimi 26:24 — Mahoratlar mocklari 30:10 — Ilovaning asosiy foydasi va xulosa ✅ @muslimismoil

Savollar

Chat ochib qo'yildi, yig'ilib tursak boshlab yuboramiz 5 daqiqalarda

Bugun 21:00 da, jonli suhbat orqali Itqon ilovasi taqdimotini o'tkazamiz. Birgalikda ilovani jonli sinab ko'ramiz, imkoniyatlari bilan tanishamiz va barcha savollarga javob beramiz. Jonli suhbat havolasi: https://t.me/muslimismoil?livestream=5ea44e99e46ad62bc4

Ilovani ishlatayotganlar bormi... Natijalar qanday, ishlatishni oʻrganib oldingizmi, muammolar boʻlmayaptimi? Javobingizni izohda yoki anonim yozishingiz mumkin

#Itqon haqida ustoz Hikmatulloh (سيبويه) dan yoʻriqnoma Videoda @Itqonbot ilovasi nimalardan iborat, nima qanday vazifani bajaradi shular haqida bilib olasiz

Oʻquvchilari natijasida avvalgi ustozlar hissasini unutmagan ustozlar alohida hurmatga sazovor!

Jamomamizga xush keldingiz ustoz!

Avvallari atrofdagilar tushinishmasin deb oʻzaro arab tilida gaplashar edik, hozir esa tushinib qolishyapti...

Tanalga kirib chiqqan edik. 132.7 ball bilan C2 olibmiz. Alhamdulillah.
Tanalga kirib chiqqan edik. 132.7 ball bilan C2 olibmiz. Alhamdulillah.

Tanalga kirib chiqqan edik. 132.7 ball bilan C2 olibmiz. Ahamdulillah.
Tanalga kirib chiqqan edik. 132.7 ball bilan C2 olibmiz. Ahamdulillah.

Susayish, charchoq yoki mas'uliyat ortib ketishi hammamizda bo'lib turadigan holatlar. Inson tabiati kuch-quvvat ko'payib, himmat ko'tarilganda ko'proq harakat qilaveradi, lekin doimiylikni hamma ham saqlab qolavermas ekan. Kamchilik esa bardavomlik formulasiga amal qiladi. Aslida formula oddiy. Oʻzimiz uchun eng kam miqdorni belgilab olib, himmat pasayganida oʻsha eng kichik miqdorni saqlab qolishimiz, uni hech ham tark etmasligimiz. Boshida tez harakatlanib, ma'lum bir masofadan keyin toʻxtab qolganlar emas, hayotning turli sharoitlariga moslashib, sekin boʻlsa ham, harakatdan toʻxtamaganlar koʻproq natijaga erishar ekan. Qayerdadir shunday iqtibos oʻqigan edik "Oddiy boʻlish naqadar qiyin", ya'ni kichik, oddiy odatlarni shakllantirish kuchli matonat talab qilishi aytilgan.

Qaysi til koʻnikmalaringiz ustida koʻproq ishlashingiz kerak deb oʻylaysiz? (Bir nechtasini tanlashingiz mumkin)
Anonymous voting

Bilish boshqa, o'rgatish umuman boshqa boshqa olam Har hafta ustozlik bo'yicha murojaat qilgan nomzodlar bilan ish suhbatlari o'tkazamiz. Suhbatga kelganlarning til darajasi kamida C1 yoki C1+ bo'ladi. Lekin suhbat davomida bitta narsani yana bir bor tushunamiz. Bilimning o'zi yetarli emas. Bugungi kunda o'quvchiga energiya bera oladigan, uni yondiradigan, ilholantiradigan ustozlar ko'proq qadrlanadi. Ba'zi suhbatlarda esa nomzod shu qadar yopiq bo'ladiki, suhbat asnosida o'zimiz cho'kib qolyapmiz, o'ylab qolamiz "Biz cho'kib qolayotgan bo'lsak, o'quvchilar ne ahvolda bo'lar ekan" deb Shu sabab ustoz bo'lamiz desak, faqat bilimimizni emas, xulqimiz, muloqot madaniyatimiz, pedagogik mahoratimiz va kreativligimizni ham muntazam rivojlantirib borishimiz kerak ekan. Zamon juda tez o'zgaryapti. O'quvchilar ham. Har bir darsga tayyorgarlik ko'rish, bir xillikdan qochish va doim yangilik izlash endi qo'shimcha ustunlik emas, zamon talabi bo'lib qolmoqda.

Bir ustozdan o'rgangan odatim bor: Qayerga nimadir mulohaza qayd qilsam yoniga albatta sanasini ham yozib qo'yaman. Boshida keraksizdek ko'rinadi, lekin yillar o'tib o'sha mulohazalaringizga ko'zingiz tushganda, ajoyib hislar keladi. "O'sha vaqtlar shunday oddiy ma'lumotlarga ehtiyoj sezgan ekanman-da" deysiz vaholanki ular odatingizga aylanib ulgurgan bo'ladi, oddiydek ko'rinadi. Buning yana ajib foydalaridan, sana negadir o'zi bilan o'sha vaqtlarda bo'lgan daqiq xotiralarni ham eslatadi.
Mavzuga qiziqqanlar "Time Capsule Effect, Contextual Retrieval Cues, Temporal Self-Appraisal Theory" bo'yicha gpt-mpt qilishingiz mumkin)

At-tanal imtihoni bo'yicha ko'p shikoyatlar eshityapmiz Kirib chiqqanlar, sizlarda taassurotlar qanday? "Hammasi yaxshi lekin cho'kyapmiz" emasmi ta'gin...)