4 331
Подписчики
-324 часа
-627 дней
-37030 день
Архив постов
4 331
Qaysi til koʻnikmalaringiz ustida koʻproq ishlashingiz kerak deb oʻylaysiz?
(Bir nechtasini tanlashingiz mumkin)
4 331
Bilish boshqa, o'rgatish umuman boshqa boshqa olam
Har hafta ustozlik bo'yicha murojaat qilgan nomzodlar bilan ish suhbatlari o'tkazamiz.
Suhbatga kelganlarning til darajasi kamida C1 yoki C1+ bo'ladi. Lekin suhbat davomida bitta narsani yana bir bor tushunamiz.
Bilimning o'zi yetarli emas.
Bugungi kunda o'quvchiga energiya bera oladigan, uni yondiradigan, ilholantiradigan ustozlar ko'proq qadrlanadi.
Ba'zi suhbatlarda esa nomzod shu qadar yopiq bo'ladiki, suhbat asnosida o'zimiz cho'kib qolyapmiz, o'ylab qolamiz "Biz cho'kib qolayotgan bo'lsak, o'quvchilar ne ahvolda bo'lar ekan" deb
Shu sabab ustoz bo'lamiz desak, faqat bilimimizni emas, xulqimiz, muloqot madaniyatimiz, pedagogik mahoratimiz va kreativligimizni ham muntazam rivojlantirib borishimiz kerak ekan.
Zamon juda tez o'zgaryapti. O'quvchilar ham.
Har bir darsga tayyorgarlik ko'rish, bir xillikdan qochish va doim yangilik izlash endi qo'shimcha ustunlik emas, zamon talabi bo'lib qolmoqda.
4 331
Bir ustozdan o'rgangan odatim bor:
Qayerga nimadir mulohaza qayd qilsam yoniga albatta sanasini ham yozib qo'yaman.
Boshida keraksizdek ko'rinadi, lekin yillar o'tib o'sha mulohazalaringizga ko'zingiz tushganda, ajoyib hislar keladi.
"O'sha vaqtlar shunday oddiy ma'lumotlarga ehtiyoj sezgan ekanman-da" deysiz vaholanki ular odatingizga aylanib ulgurgan bo'ladi, oddiydek ko'rinadi.
Buning yana ajib foydalaridan, sana negadir o'zi bilan o'sha vaqtlarda bo'lgan daqiq xotiralarni ham eslatadi.
Mavzuga qiziqqanlar "Time Capsule Effect, Contextual Retrieval Cues, Temporal Self-Appraisal Theory" bo'yicha gpt-mpt qilishingiz mumkin)
4 331
At-tanal imtihoni bo'yicha ko'p shikoyatlar eshityapmiz
Kirib chiqqanlar, sizlarda taassurotlar qanday?
"Hammasi yaxshi lekin cho'kyapmiz" emasmi ta'gin...)
4 331
Arabist maqollaridan bir shingil
- Sertifikating qarisa ham, biliming qarimas.
- CEFR dan qo'rqqan TANALga kirmas.
- B1 avval musht ko'tarar.
- C1 ning ishini xudo o'nglar.
- B2 bilan bitmagan, C1 bilan bitar.
- B2 o'ylab aytar, C2 — o'ynab.
- C1 yarasiz bo'lmas.
- C2 boshga balo tegmas.
4 331
Ustoz boʻlaman desak, husnixat bilan ozroq boʻlsa ham shugʻullanib qoʻysak yaxshi ekan.
Baribir tushunarli va tartibli yozish yaxshi-da...
4 331
O'zlashtirgan qiymatli bilim va ko'nikmalarimizga yaxshilab e'tibor bersak, ko'proq bosim, talab bo'lgan davrlarda o'rganganimizni ko'ramiz.
Muallifda ham arab tilini o'rganish jarayoni ~15 yildan beri davom etayotgan bo'lsa, asosiy bazani dastlabki bosimga to'la ~1 yilda o'rganganini eslaydi.
Kitobxonlik ko'nikmasi ham tarix fanidan tayyorgarlik ko'rib yurgan qiyin davrlarida shakllangan ekan.
Bosimli davrlardan o'tayotgan bo'lsangiz, siz havas qilinadiganlardansiz.
Bunday imkoniyatlar hadeb, hammaga ham nasib qilavermaydi. Shunday ekan, qadrini bilib, foydalanib qoling.
4 331
Biz jamoamiz bilan birgalikda kichik so'rovnoma o'tkazayotgan edik
Sizning ishtirokingiz arab tili ta'lim sifatini yanada yaxshilashga bevositda yordam beradi.
Eng mazmunli va yaxshi javob bergan ishtirokchilarni Hilol Nashr kitoblar do‘konidan vaucherlar bilan taqdirlanadi.
So‘rovnoma:
https://forms.gle/r2kjY3KGAAvGvLPK9
4 331
NOON akademiyamiz ham ishga tushish arafasida, yaqin kunlarda qabulni ochamiz nasib qilsa.
Akademik ishlar bilan bo'lib blogga vaqt ajrata olmay qoldik.
Blogda suhbatimiz to'xtab turgan bo'lsa-da, akademiyamizda o'qituvchi va o'quvchilar uchun eng qulay, zamonaviy shart-sharoit va tizim qurishga harakat qilyapmiz.
Jamoamizdagi o'qituvchilar faqatgina sifatli ta'lim berish va o'z ustilarida ishlashga fokuslanishlari uchun maksimal imkoniyatlar yaratish ustida ishlayapmiz.
Bir nechta C2 ustoza va ustozlar jamoamizga qo'shilishmoqda, vaqti kelsa ular bilan ham tanishtiramiz.
Suhbatimiz to'xtab qolgani yo'q, dam olib turibdi xolos...
4 331
Yolgʻizlikda qilgan ishlarimiz, o'rganganlarimiz bizga chuqurroq ta'sir qiladi, ko'proq yuqadi.
4 331
Har kim o'zini juda yaxshi taniydi, bizni oʻzimizchalik hech kim yaxshi taniy olmaydi.
Inson qachon o'zini hurmat qilsa, boshqalarga aslini (yolg'izlikdagi holatini) ko'rsatishdan uyalmaydi.
Chunki hech kim qiymatli, chiroyli buyumini boshqalar ko'rib qolishidan xavotirlanmaydi.
Ko'ringani kabi bo'lmaganlar, aslida o'zini hurmat qilmaganlardir. Asli kabi ko'rinishdan qo'rqadiganlardir.
Soxtalik baribir seziladi, o'zini hurmat qilmaganlar qanchalik yaxshi ko'rinishga urinishmasin odamlarning oldida hurmati o'z-o'zidan tushib boraveradi.
Ich-ichlarida o'zlariga hurmat topa olmaganlar bu bo'shliqni tashqaridan, tashqi hurmatdan, qimmat yoki bilimli ko'rinish kabi usullar orqali to'ldirishga harakat qiladilar.
Haqiqiy boy boyligini ko'z ko'z qilavermaydi, haqiqatdan ham bilim egasi bilimli ko'rinishga ehtiyoj sezmaydi.
4 331
Kim yo'lni uzun sanasa, yurishi sekinlashadi.
Yo'lni uzun deb sanashimiz, agar yo'lda bo'lsak, himmatimizni, kuchimizni zaiflashtiradi.
Hali yo'lga chiqmagan bo'lsak, chiqmaslikka, boshlamaslikka undaydi.
O'rganish, amal qilish yo'li ham shunday. Uzun, katta sanasak qiyin ko'rinadi. Kichik bo'laklarga bo'lib, qisqa deb qarasak oson bo'laveradi.
Til o'rganish jarayoniga ham bir butun katta, uzun yo'l deb qaramasligimiz kerak.
A1 dan C2 gacha bo'lgan darajalarning har biriga alohida-alohida yo'l deb olsak, yaxshiroq harakat qilamiz, tezroq yetib boramiz.
Shunday qilsak, har bir yo'lning oxiriga yetishimiz bizga alohida muvaffaqiyat bera boshlaydi, ruhiyatimizni oshiradi, keyingi yo'lga otlanishimiz oson bo'ladi.
4 331
An-Naim degan kuchli lugʻat kitobi bor, B1-B2 dan C2 ga chiqishda juda yordami tegadi.
Admin ham til o'rganishda undan boshqasidan foydalanmagan deyarli.
Lekin uni ishlata olish uchun ham o'zak harflarni ajrata olish, sarfni oz-moz bilish kerak.
4 331
Hozirda jamoamiz bilan bir necha oydan beri Toshkentda ochilayotgan NOON arabic academy uchun o'quv bo'limi ustida ishlab kelmoqdamiz.
Loyiha yaqin kunlarda start oladi nasib qilsa, shu sababli hozircha asosiy diqqatimiz shu tomonda bo'lib qolyapti.
Bu orada, ushbu loyihada bizga qadriyatli va himmatli jamoadoshlar kerak. Biz kimlarni qidiryapmiz:
• C2 darajali ustozlar
(13-45 mln so'mgacha oylik);
• C1 darajali yordamchi ustozlar.
(5-8 mln so'mgacha oylik);
• B2-B2+ administratsiya xodimlari (admin, call operator, sotuvchi...).
(3-7 mln so'mgacha oylik).
Jamoamizga qo'shilmoqchi bo'lsangiz, ma'lumotlaringizni @toshqandiyadmin o'quv bo'limimizga jo'natib qo'yishingiz mumkin:
• CV (Rezume);
CV da quyidagilar muhim: • Ismi, yoshi, jinsi, oilaviy holati • CEFR yoki TANAL ball • Ta'lim tajribasi (necha yil, qayerda) • O'quvchilar natijasi (B2-C1 ga yetkazgan o'quvchilar soni asosiy va yordamchi o'qituvchilar uchun).• CEFR yoki TANAL sertifikati.
4 331
Tezroq va yaxshiroq o'rganmoqchi bo'lsak
O'rganayotganlarimizni o'rgatish uchun o'rganishimiz kerak.
Tushuntira olish uchun tushunishimiz kerak.
Shunday qilsak, o'rgangan va tushungan bilimlarimizdagi kamchiliklarni ko'ra boshlaymiz, tartibsizliklarni his qilamiz.
4 331
Repost from Aziz Rahimov
"Amal qilishga ulgurmasam, o’qib nima qilaman?"
Shunday o’ylab, o’qimay qo’yadiganlar bor.
Bu fikrga uchta e’tirozim bor:
1- Amal qilish uchun o’qish yetarli emas. Yodlash ham kerak. Esimizda turgan narsaga amal qilishimiz ehtimoli 50%. Esimizda turmasa 0%. Demak, amal qilishga ko’p o'qish emas, o'qiganimiz esimizda turmasligi xalaqit beradi.
2- Fizika-matematikani maktab paytida o’qiymiz. Ehtiyojdan ancha oldin. Iqtisod va tarix fanlari bilan ham shunday. Chunki ehtiyoj kelganda, o’qishga vaqt topilmay qoladi.
3- Yodlamasak ham, ishlatmasak ham, har bir o’qigan narsamiz tafakkurimizni kengaytiradi. SI tufayli tafakkur torayishi jarayonida, bu bizga cheksiz ustunliklar beradi.
4 331
صَدِيقُك مَنْ صَدَقَك, لَا مَنْ صَدَّقَك!
Tasdiqlagan emas, sizga haqiqatni aytgan, do'stingizdir!
صَديقُ = صِدْقٌ
4 331
"At-takroru ahsan va lov kana yuz saksan" deyishar edi ustozlar.
Ya'ni "Takrorlash yaxshidur, yuz sakson marta bo'lsa ham".
