Math_Master
Open in Telegram
265
Subscribers
-224 hours
No data7 days
-330 days
Posts Archive
265
Repost from MILLIY SERTIFIKAT
SAVOL. Assalomu alaykum, milliy sertifikat imtihonlarida kalkulyator, mendeleyev jadvali va shunga oʻxshash qoʻllanmalardan foydalanishga ruxsat beriladimi?
JAVOB.Test sinovi o‘tkazilayotgan auditoriyaga har qanday qo‘llanma, adabiyotlar, telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirish qat’iyan man etiladi. Test sinovini o‘tkazish jarayoniga turli xatti-harakatlar bilan salbiy ta’sir qilish: boshqa talabgorlar bilan muloqot qilish, savollar kitobi varaqlarini yirtish, savollar kitobini boshqa talabgorlarga berish, test sinoviga ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng yozishni davom ettirish, boshqa talabgorga birorta buyum uzatish taqiqlanadi.
Kanalga ulanish:
@milliy_sertifikat
265
⚡️8 - noyabr seshanba kuni soat 11.00 da MAJBURIY MATEMATIKAdan yangi guruh ochiladi.
📚Kurslar DTM standartlari asosida o'tiladi.
💥Matematika 0 dan boshlab o'rgatiladi.
👨🏫Matematikani endi o'rganmoqchi bo'lgan 7-8-9-10-sinflar ham kurslarga qatnashishi mumkin.
📱 Murojaat uchun tel: 973057700
Ustoz: Aminov Akobir
265
✅ Kitob olishga puli bo’lmagani uchun, egasidan berkinib o’qib olayotgan bolakay.
🌠 Surat 2016-yil Turkiyada yiliga uch martta o’tkaziladigan "kitap fuarı" kitob saylida olingan
❇️ Aslida buyuklik shu yerdan boshlanadi.
265
#тезкор #хушхабар
⚡️Ўзбекистонда энди иш ҳақи кечиктирилган ҳар бир кун учун компенсация тўланади.
Иш берувчи ойлик кечиктирилишида айби бор-йўқлигидан қатъи назар уни тўлаши лозим.
Ўзбекистоннинг янги таҳрирдаги Меҳнат кодексида иш ҳақини кечиктирган иш берувчи жавобгарликка тортилиши белгиланди.
265
⚡️ Assalomu alaykum. Ertaga 4-noyabr kuni D-guruhga kurs vaqti kechki soat 17.00dan ertalab soat 9.00 ga ko'chiriladi.
265
Болаларингизни тарбия қилишга кўп уринаверманг.
Улар барибир сизга ўхшашга ҳаракат қиладилар.
Сиз ўзингизни тарбия қилинг етади шу...
Ибн Холду
265
#Тезкор #Ҳушхабар
⚡️Энди мазза қилиб дам оламиз!
🗓Бундан буён Ўзбекистонда дам олиш куни календарь дам олиш кунига (шанба ёки якшанба) тўғри келса, кейинги иш куни (душанба) ҳам расман дам олиш куни ҳисобланади.
Айтайлик, агар 8 март якшанба кунига тўғри келган бўлса, 8 ва 9 март расмий дам олиш кунлари бўлади. Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексига шундай ўзгартириш киритилди.
265
Milliy sertifikat test sinovini o‘tkazish sanasi u o‘tkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin e’lon qilinadi.
Talabgor test sinovi o‘tkaziladigan sana va joy to‘g‘risidagi ma’lumotga o‘zining shaxsiy kabineti orqali ega bo‘ladi. (my.dtm.uz)
265
Repost from Bilimni baholash agentligi
Izoh: Tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati 2023-yil iyul-avgust oylarida o‘tkaziladigan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli bo‘lib, umumta’lim maktablari va akademik litseylarning 2022-2023-o‘quv yili bitiruvchilari hamda boshqa abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.
265
⚡️ Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi
📌 2022-2023-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
✅ Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.
👨🏻💻 Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.
Manba:DTM
t.me/mathmasterAAA
265
Repost from Bilimni baholash agentligi
Milliy sertifikat imtihonlarida kimlar qatnashishi mumkin?
❔ Hozirda ko‘pchilik tomonidan milliy sertifikat imtihonida kimlar ishtirok eta oladi, bu imtihon faqat abituriyentlar uchunmi degan mazmunda ko‘plab savollar berilmoqda.
🔰 Qayd etish kerakki, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi.
❕ Mazkur qarorda milliy sertifikat imtihonlarida faqatgina abituriyentlar ishtirok etishi mumkin degan cheklov mavjud emas. Ya’ni ushbu imtihonni barcha topshirishi mumkin.
✅ Boshqacha qilib aytganda chet tili imtihonlarida bo‘lgani kabi o‘z bilimini sinab ko‘rish istagini bildirgan istalgan shaxs umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etishi va tegishli sertifikatni qo‘lga kiritishi mumkin.
👩🏫 Mazkur imtihon bo‘yicha berilayotgan eng ko‘p savollardan biri milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga ustama berilishi bilan bog‘liq.
🏢 O‘qituvchilar turli tizimlarda faoliyat yuritishidan kelib chiqqan holda Davlat test markazi o‘qituvchilarga ustama to‘lanishi bilan bog‘liq holatga o‘zi ishlaydigan tashkilotdan aniqlik kiritishni tavsiya etadi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
265
❓Shu kunga qadar umumtaʼlim fanlaridan necha marotaba milliy sertifikat imtihonlari boʻlib oʻtdi?
Ushbu tizim joriy qilingandan soʻng quyidagi fanlardan milliy sertifikat imtihonlari boʻlib oʻtdi:
🧪Kimyo fanidan 2 marotaba:
🗓 2021-yil 11-may kuni 700 nafardan ziyod oʻquvchi ishtirok etgan.
🗓 2021-yil 9-10-iyun kunlari 3183 nafar ishtirokchi qatnashgan.
🧬Biologiya fanidan 2 marotaba:
🗓 2021-yil 12-may 1000 nafarga yaqin talabgor ishtirok etgan.
🗓 2021-yil 9-10-iyun kunlari 2473 nafar nomzod qatnshagan imtihon natijalari eʼlon qilinmadi. Test tuzishdagi qoʻpol xatolar sabab qilib koʻrsatildi. Toʻlangan pullar qaytarib beriladi deyildi.
📜Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti, Qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanidan 2 marotaba:
🗓 2021-yil 13-14-aprel kunlari 700 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashgan.
🗓 2021-yil 9-10-iyun kunlari 1572 nafar oʻquvchi ishtirok etgan.
🧮 Matematika fanidan 2 marotaba:
🗓 2021-yil 13-14-aprel 700 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashgan.
🗓 2021-yil 9-10-iyun 898 nafar oʻquvchi test topshirgan.
Shuningdek, oʻtgan yili Fizika fanidan bir marotaba roʻyxatdan oʻtish boʻlib oʻtgan, lekin imtihonlar tashkil etilmasdan, toʻlovlar qaytarib berilishi aytilgan.
265
Repost from Xushnudbek.uz
❗️1 сентябрдан халқаро ёки миллий сертификатга эга бўлган МАКТАБ ўқитувчиларига 50 фоизгача устама берилади
2022 йил 11 майдаги ПФ-134-сонли Президент Фармонига кўра, 2022 йил 1 сентябрдан бошлаб умумтаълим фанлари бўйича тегишли даражадаги сертификатга эга бўлган педагог кадрларга қуйидаги тартибда ҳар ойлик қўшимча устама тўланади:
➖ халқаро тан олинган ва унга тенглаштирилган миллий сертификатга эга бўлган педагог кадрларга — уларнинг тариф ставкасига нисбатан 50 фоиз миқдорида;
➖ халқаро талабларга жавоб бермайдиган миллий сертификатга эга бўлган педагог кадрларга — уларнинг тариф ставкасига нисбатан 20 фоиз миқдорида.
Педагог кадрларга ҳар ойлик қўшимча устама сертификат амал қилиш муддати давомида, лекин уч йилдан кўп бўлмаган вақт мобайнида тўланади.
Агар ўқитувчи умумтаълим фанлари бўйича бир нечта сертификатга эга бўлса, юқорироқ фоизли устама берувчи сертификат бўйича устама тўланади.
❓Қайси фанга қайси сертификат ўтади?
Кўпчилик шу саволни бермоқда. Масалан, мен информатикадан дарс бераман ва IELTS сертификатим бор, менга устама бериладими, деб сўрашмоқда.
Юқоридаги устама ўз ихтисослиги бўйича берилади. Қайси фан бўйича қайси сертификат устама олиш ҳуқуқини бериши юқоридаги файлда белгиланган, рўйхатдан кўриб олишингиз мумкин.
Шунингдек, мана бу саҳифада сертификат намуналари кўрсатилган.
👉 @xushnudbek 👈
265
Ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov qanday amalga oshiriladi?
To‘lov talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida amaldagi elektron to‘lov tizimlari orqali ariza berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida amalga oshiriladi. To‘lov to‘g`risidagi ma’lumotni talabgor o‘zining shaxsiy kabineti orqali bilishi mumkin. (rasm)
Ushbu kvitansiyaning invoys raqamlari asosida elektron toʻlov tizimlari (apelsin, Paynet, Payme, Click va hokazo) orqali yoki bankka borgan holda toʻlov qilishingiz mumkin boʻladi.
265
Repost from Bilimni baholash agentligi
⚡️ Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ Bugun, 24-oktabr kuni matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
🖥 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 12-noyabrga qadar davom etadi.
📚 Bunda talabgorlar test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlab, mazkur tilda imtihon topshirish huquqiga ega.
📍 Shuningdek, talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlab, mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.
❕ Hududlardagi test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imi cheklangan bo‘lib, talabgorlar mazkur sig‘imdan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.
📌 Shu sababli har bir fan bo‘yicha birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirgan ma’lum miqdordagi talabgorlar test sinovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
❇️ Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda talabgorlar test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
📆 Test sinovlari matematika va biologiya fanlaridan — 4-dekabr kuni, kimyo va fizika fanlaridan — 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
265
Repost from OLIMPIADALAR
Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi baholanishi va o‘quvchilarga ajratiladigan vaqt.
🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
@olimpiadalar
265
Repost from OLIMPIADALAR
💠 Asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi.
📅 2022-yil 3-8-noyabr kunlari birinchi guruh fanlaridan asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi respublikamizning barcha hududlarida bir vaqtda tashkil etiladi.
🔹Olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan ikkita turda yozma va test shaklida tashkil qilinadi.
🔸Yozma ishda ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 5 ta yozma ish topshiriqlari (7, 7, 10, 10 va 16 balli topshiriqlar, jami 50 ball bilan baholanadi)ni bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi
🔸Testda ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 30 ta test savollari taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
🔹Informatika va axborot texnologiyalari fanidan olimpiada bitta turda tashkil qilinadi. Ishtirokchilarga turli qiyinlik darajasidagi 5 ta masala (7, 7, 10, 10, 16 ballik masalalar)ni onlayn portalda yechishlari uchun 180 daqiqa vaqt beriladi, to‘liq ishlangan va tizimda qabul qilingan masalalarga tegishlicha ball beriladi, jami 50 ball. Ishtirokchilar masala uchun dastur kodlarini faqat C++, Python, Java dasturlash tillarida yozishlari talab etiladi.
@olimpiadalar
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
