@biology_uz 🧬👨🔬👩🔬
Open in Telegram
Molekulyar biologiya va biotexnologiya; Ilm-fan, akademik rivojlanish uchun foydali ko'nikmalar. Muallif: PhD Muzaffar Muminov Islomjonovich rDNA tech, vaksinalar, gen muhandisligi va antimikrob oqsillar CAT Biotechnology SS koordinatori
Show more1 046
Subscribers
-324 hours
-37 days
+730 days
Posts Archive
1 046
Repost from Ilg’or texnologiyalar markazi
‼️ITM Biotexnologiya yozgi maktab - 2026 dasturining suhbat natijalari sarhisob qilindi! Bu yilgi suhbat ham oldingi yillardagi kabi qiziqarli va yuqori raqobat ruhida o'tdi!
👏Suhbat natijalariga ko'ra, 15 nafar nomzod Biotexnologiya yozgi maktabiga qabul qilindi! Qabul qilinganlar ro'yxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkun:
https://docs.google.com/spreadsheets/d/1FMoLKQAoTt2hrYUkW_G4NSZMhAiMyFsJMUJLFNGDaJQ/edit?usp=sharing
✅Tanlovdan o'tgan ishtirokchilar bilan telegram orqali bog'lanilinadi!
😊Biz barcha ishtirokchilarni kelajakda ko'plab muvaffaqiyatlarga erishishlariga ishonamiz hamda ularning kelajakdagi faoliyatlariga omad tilaymiz!
📍Yozgi maktabning ochilish marosimi 2026-yil 27-iyul kuni soat 10:00 da Ilg'or Texnologiyalar Markazida bo'lib o'tadi. Barcha ishtirokchilardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so'raladi!
Manzil: Ilg'or Texnologiyalar Markazi Talabalar shaharchasi, 3A, Olmazor tumani, Toshkent. https://maps.app.goo.gl/ra3RMYTUpaXNsPf97
@uzadvanced
1 046
Repost from Ilg’or texnologiyalar markazi
#CAT_Biotechnology_Summer_School
📄ITM Biotexnologiya Yozgi Maktab - 2026 dasturiga topshirilgan arizalar ko’rib chiqildi. Yozgi maktabga Respublikamizning turli viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston avtonom Respublikasidan jami 204 ta talabgor ariza topshirdi. Barcha arizalar ko'rib chiqildi va 35 nafar nomzod suhbat bosqichiga o’tdi.
💬 Suhbatga chaqirilgan nomzodlar ro'yxati hamda vaqti bilan bu yerda tanishishingiz mumkin:
https://docs.google.com/spreadsheets/d/16JJeAdtbm5sTvvbOJjRFZEdvuvnJZrYM94zwG4F21_Y/edit?gid=0#gid=0
Suhbatga taklif etilgan nomzodlarga zoom havolasi elektron pochta orqali yuborildi.
Barcha ariza topshirgan talabgorlarga sarflagan vaqtlari uchun minnatdorchilik bildiramiz! Ular kelgusi yozgi maktablarimizga hujjat topshirishlari mumkin. Biz ularning ilm yo'lidagi rivojlanishlariga omad tilaymiz!❗️Suhbat 2 kun davomida: 23 va 24-iyul sanalarida o’tkaziladi. MUHIM: Suhbatga chaqirilgan nomzodlardan suhbat vaqtlarini tekshirib olishlarini hamda suhbat bo’yicha berilgan tavsiyalar bilan yaqindan tanishib chiqishlarini tavsiya qilamiz. ✅Tanlovning yakuniy natijalari suhbat asosida amalga oshiriladi. Dasturga 15 nafar ishtirokchi qabul qilinadi! @uzadvanced
1 046
+1
##🔬 Ilm-fan yo'lidagi homiylik
Summer School–2026 doirasidagi biotexnologiya amaliy mashg'ulotlarini reagentlar bilan qo'llab-quvvatlagani uchun Hayot Technology kompaniyasiga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Homiylik asosida taqdim etilgan reagentlar ishtirokchilarning zamonaviy biotexnologik usullarni amaliy o'zlashtirishi va ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshirishga xizmat qilishi aniq.
Hayot Technology kompaniyasi orqali zamonaviy uskuna va reagentlarga buyurtma berishingiz mumkin.
Yosh tadqiqotchilarni qo'llab-quvvatlash va ilm-fan rivojiga qo'shayotgan hissasi uchun kompaniyaga hamda professor Rustam Sultanovichga alohida tashakkur bildiramiz.
🔬 Laboratoriyangiz uchun sifatli reagent va zamonaviy laboratoriya uskunalari izlayotgan bo'lsangiz, Hayot Technology bilan hamkorlik qilishni tavsiya etamiz.
🤝 Hamkorlik uchun rahmat, jamoaga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
📌 Telegram: https://t.me/hayot_technology
1 046
Repost from Ilg’or texnologiyalar markazi
#CAT_Biotechnology_Summer_School
Hurmatli talabalar, Ilg'or texnologiyalar Markazi Biotexnologiya bo'yicha Yozgi maktab-2026 qaytdi🎉🎉🎉
Issiq kunlarda salqin qolishni istaysizmi? Unda biz bilan bo'ling!😊 Biotexnologiya bo'yicha bepul yozgi maktab - viloyatdan kelgan talabalar uchun turar joy bilan ta'minlanadi!
‼️Bu yilgi Yozgi maktab yanada ham qiziqarli va foydali bo'lishi aniq! Dastur bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Dasturga biologiya, biotexnologiya, farmatsevtika va shu sohalarga aloqador yoʻnalishda tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari (2026-yilda oʻqishni bitirganlar ham) qatnashishi mumkin.
👩🎓👨🎓Bizning bitiruvchilarning bugungi kundagi faoliyati va erishayotgan yutuqlari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkun.
🕰Boshlanish sanasi: 2026-yil 27-iyul!
ARIZA topshirish
Dastur imtiyozlari:
– qatnashish bepul;
– turar joy bilan ta'minlanadi;
– maxsus sertifikat hamda esdalik sovg'alari;
– Bowling day.
Arizalar oʻzbek, rus yoki ingliz tilida 13-iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
Shoshiling, o‘rinlar soni cheklangan!
‼️MUHIM: Ariza holati bo'yicha alohida, yoki boshqa turdagi natijalar, telefon yoki sms orqali jo'natilmaydi. Faqatgina suhbatga chaqirilganlarga Zoom linki SMS yoki Telegram hamda e-mail manzil orqali jo'natilishi mumkun. Shu sababdan, telefon raqamingiz hamda e-mail manzilingizni to'liq va to'g'ri kiritishingizni tavsiya qilamiz!
@uzadvanced
1 046
Assalomu alaykum. Ushbu yili xalqaro IChO olimpiadasi yurtimizda o'tkazilishi munosabati bilan, ko'ngillilar qidirilmoqda.
1 046
O'tgan yili qatnashgan dasturga arizalar qabuli ochilibdi. Soha vakillari topshirishlari mumkin.
The 2026 Hands-On Training for Upstream Process in Cell-Based Vaccine Manufacturing provides practical, industry-focused training under the Global Training Hub for Biomanufacturing (GTH-B), supported by the Ministry of Health and Welfare (MoHW) of the Republic of Korea and WHO. This 6-week program combines pre-online learning, in-person didactic sessions, and extensive hands-on training at industrial biomanufacturing facilities. Designed for participants from countries officially classified as LMICs on the OECD DAC list and currently involved in bioproduct development or manufacturing, the program offers a unique opportunity to gain real-world upstream processing experience in cell-based vaccine production.
Ariza topshirish va batafsil.
1 046
Repost from Microlife_uz 🧫
2027-yil uchun Biotexnologiya laboratoriyasiga stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar qabul qilinadi
📍 Joylashuv: Toshkent, O‘zbekiston
🏛 Tashkilot: Ilg‘or texnologiyalar markazi
🔬 Yo‘nalish:rekombinant biologik preparatlar va sutemizuvchi hujayralarda oqsillar ekspressiyasi — CHO, HEK293
Ilg‘or texnologiyalar markazining Biotexnologiya laboratoriyasi 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilar va tayanch doktoranturaga nomzodlar qabulini e’lon qiladi.
Laboratoriyaning asosiy yo‘nalishlari:
* rekombinant biologik preparatlarni olish;
* oqsillarning vaqtinchalik va barqaror ekspressiyasi;
* sutemizuvchi hujayra liniyalari bilan ishlash — CHO, HEK293;
* hujayralarni kultivatsiya qilish va transfeksiya o‘tkazish;
* terapevtik oqsillar uchun ekspression tizimlarni ishlab chiqish va optimallashtirish;
* eksperimentlarni rejalashtirish, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va ilmiy hujjatlarni yuritish;
* amaliy va translatsion R&D loyihalarida ishtirok etish;
* ilmiy maqolalar tayyorlash va tadqiqot natijalarini taqdim etish.
Biz taklif qilamiz:
* zamonaviy biotexnologik laboratoriyada ishlash;
* hujayra va molekulyar biotexnologiya usullarini o‘zlashtirish;
* biologik va biofarmatsevtik preparatlarni ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarda ishtirok etish;
* ilmiy rahbarlik va kasbiy rivojlanish;
* milliy ahamiyatga ega biotexnologik tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyati;
* Markaziy Osiyoda tez rivojlanayotgan ilmiy ekotizimda tajriba orttirish.
Talablar:
* magistratura bitiruvchisi yoki yosh tadqiqotchi;
* biotexnologiya, molekulyar biologiya, biokimyo, hujayra biologiyasi yoki mikrobiologiya sohasida boshlang‘ich bilimlar;
* rekombinant oqsillar, monoklonal antitanalar va terapevtik oqsillarni ishlab chiqishga qiziqish;
* hujayra kulturasi va molekulyar-biologik usullar asoslarini tushunish;
* eksperimental tadqiqotlarni rejalashtirish, bajarish va tahlil qilish qobiliyati;
* ingliz tili B2 darajasida.
📍 Toshkent, O‘zbekiston
🏛 Ilg‘or texnologiyalar markazi
📩 Rezyumeni Telegram orqali yuboring: @Sh_I_68
1 046
Repost from "Yosh biokimyogarlar" Klubi🧬🧪🔬
E'LON!
Professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar diqqatiga!
2026-yilning 27-Aprel kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadigan O'zMU Biokimyo kafedrasi qoshidagi "Yosh biokimyogarlar" klubining navbatdagi xalqaro seminariga taklif qilamiz!
👨🏻🎓 Ma'ruzachi: Massachusets texnologiya instituti va Garvard universitetining Broad instituti (Broad institute of MIT and Harvard) ilmiy tadqiqotchisi, Yaponiya va AQSH Nevrologiya, Fiziologiya va Biofizika jamiyati a'zosi, PhD Erkin Shuxratovich Kurganov
Seminar mavzusi: “Shizofreniya: miyadagi sirlar va sun’iy intellekt yordamida yangi dorilarni qanday topamiz?”
Tashkilotchilar:
🇺🇸 Broad institute of MIT and Harvard,
🇺🇿 O'zbekiston Milliy Universiteti Biokimyo kafedrasi.
📅 27-Aprel 2026-yil, 🕙15:00 (GMT+5)
Seminar tili: O'zbek tili
💻📱 ZOOM Link: https://broadinstitute.zoom.us/j/92100846028?pwd=qaNBhA8K3bjz023vdPCckaskheHLWR.1&jst=2
🧪"Yosh biokimyogarlar" klubini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱Telegram 📲 Instagram 🪩 YouTube 👨💻 Murojaat uchun
1 046
#Science_news
B limfotsitlar va jismoniy mashqlarga chidamlilik
Mao Y. va boshqalar, 2026 B hujayralarning kutilmagan - immunitetdan tashqari funksiyasini ochib berdi. Ma’lum bo‘lishicha, B hujayralar organizmning jismoniy chidamliligini boshqarishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Tadqiqotda aniqlanishicha, jismoniy mashqlar davomida B hujayralar tomonidan ishlab chiqariladigan TGF-β1 signali jigar metabolizmini boshqaradi. Aynan shu signal orqali jigarda glutamat sintezi kuchayadi va natijada qonda hamda mushak to‘qimalarida glutamat miqdori ortadi. Bu esa organizmning mashqlarga moslashuvchanligini oshiradi.
Molekulyar darajada TGF-β1 jigarda muhim genlar: GLS2 va SLC7A5 ekspressiyasini oshiradi. Natijada glutaminning parchalanishi kuchayib, glutamat ishlab chiqarilishi ortadi.
Hosil bo‘lgan glutamat mushak hujayralarida kalsiy signallarini faollashtiradi, CaMK yo‘lini ishga tushiradi va mitoxondriyalar biogenezini rag‘batlantiradi. Shu orqali energiya ishlab chiqarish samaradorligi oshadi.
@biology_uz
1 046
Assalomu alaykum. Vaksina va vaksinologiya bilan shug'ullanadiganlar uchun Xalqaro vaksina instituti tomonidan Vaksinologiya kursiga arizalar qabuli ochildi.
Now accepting fellowship applications and general registration for the 25th International Vaccinology Course
The International Vaccine Institute (IVI) proudly presents the 25th edition of its International Vaccinology Course. This flagship training program aims to build knowledge, practical skills, and professional connections in vaccine science and development. Through lectures, quizzes, case studies, networking opportunities, and site visits, the course provides vaccine professionals and students an immersive training experience. Faculty members include world-renowned experts across immunology, vaccine development, epidemiology, communication, and related fields.
The 25th International Vaccinology Course will take place at three locations: IVI headquarters in Seoul, Republic of Korea; Kigali, Rwanda, co-hosted by the University of Rwanda; and Stockholm, Sweden, co-hosted by Karolinska Institutet, from 31 August to 4 September 2026.
We invite researchers from around the world who are working, studying, or conducting research in fields related to vaccinology to apply for a fellowship or register for the course at one of these locations.
Apply for an IVI Vaccinology Fellowship
The IVI Vaccinology Fellowship is open to researchers from low- and middle-income countries who are working, studying, or conducting research in vaccinology. The fellowship provides financial support to attend the course—including the course fee, travel, accommodation, and meals—for selected researchers who demonstrate leadership potential in public health in their home countries and current workplaces.
Only complete fellowship applications submitted through the online form during the application period, 14 April – 24 May 2026, will be considered.
Learn more and apply
General registration for the International Vaccinology Course will remain open 14 April – 31 July 2026
We invite researchers from around the world who are working, studying, or conducting research in vaccinology to register for the course. We recommend that registrants have a background in vaccines, biotechnology, public health, or a related field and professional proficiency in English. Lectures will be broadcast across the Seoul, Kigali, and Stockholm training sites to create a shared learning experience, and participants will also engage in site-specific activities and local field trips. We strongly encourage registrants to select the site closest to them.
Learn more and register
@biology_uz
1 046
Assalomu alaykum. Ancha beri yoza olmayapman. Xalqaro vaksina instituti (Koreya) da yana yangi imkoniyat ochilibdi. IVI da soha vakillari uchun ajoyib imkoniyatlar ko'p. Kuzatib borishingizni tavsiya qilaman.
Applications are now open for the IVI 2026 Internship Program.
Our program offers students and recent graduates a unique opportunity to gain hands-on educational experience in global health, working alongside experts across scientific, programmatic, and operational areas.
What you’ll gain
• Practical experience in global public health projects
• Exposure to multidisciplinary teams within an international organization
• Opportunities for professional growth in a mission-driven environment
📍 Location: Seoul, Republic of Korea (on-site preferred; limited remote opportunities available)
📅 Duration: 4 to 16 weeks
🗓️ Applications are reviewed on a rolling basis through April
If you are passionate about improving global health and want to contribute to impactful work, we encourage you to apply.
Apply now: https://lnkd.in/g_xRE7xR
1 046
+3
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar!
Barchangizni kirib kelayotgan muborak Hayit ayyomi hamda yangilanish - Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Shu fursatdan foydalanib, sizlar bilan yana bir quvonchli yangiligimni bo‘lishmoqchiman. Men Xitoy Fanlar akademiyasining Patogen mikrobiologiyasi va immunologiyasi key laboratoriyasida postdoktorlik ilmiy faoliyatimni boshladim. Tadqiqotlarimni professor G.F. Gao laboratoriyasida olib boraman va asosan vaksina ishlab chiqish yo‘nalishida ishlayman.
Mazkur laboratoriya ZF2001 kabi va yana bir qator muvaffaqiyatli vaksinalarni yaratgan nufuzli ilmiy markazlardan biri hisoblanadiShuningdek, “Xitoy kundaligi” rukni orqali sizlar bilan Xitoydagi ilm-fan, tadqiqot muhiti va innovatsiyalar bilan bog‘liq qiziqarli jihatlarni ham ulashib borishni rejalashtirganman. E’tiboringiz uchun rahmat! Bayramlaringiz yana bir bor muborak bo‘lsin! 🌸 @biology_uz
1 046
+1
#Conventional vs #Hot_start
Hot Start PCR - bu klassik PCRning takomillashtirilgan varianti bo‘lib, unda DNK polimeraza fermenti past haroratda faol bo‘lmaydi. Oddiy PCR jarayonida Taq polimeraza reaksion aralashma tayyorlanayotgan vaqtda ham qisman faol bo‘lishi mumkin. Natijada primerlar andoza DNKga noto‘g‘ri joylardan birikadi va/yoki primer-dimerlar hosil bo‘ladi. Natijada, nospetsifik mahsulotlar ham ko'payadi (1-rasm).
Hot Start PCR’da esa polimeraza fermenti vaqtincha inaktiv holatda saqlanadi (2-rasm). Dastlabki yuqori haroratli bosqichda (94–95°C) ushbu bloklovchi komponent ajralib ketadi yoki parchalanadi va ferment faol holatga o‘tadi. Shundan keyingina amplifikatsiya boshlanadi. Shu sababli amplifikatsiya faqat yuqori haroratdan keyin sodir bo‘ladi.
Bu usulning asosiy afzalligi - yuqori spetsifiklik va toza PCR mahsulotidir. Primer-dimerlar sezilarli darajada kamayadi, past konsentratsiyadagi andoza bilan ham yaxshi natija olinadi va umumiy reaksiya samaradorligi oshadi.
@biology_uz
1 046
Assalomu alaykum, ertangi seminar mavzulari:
Survival kit: Abstract prep (Muzaffar Muminov)
Lab Kit: Gene cloning into vectors (Shahnoza Umarova)
Science Kit: Planning protein purification and strategies (Muzaffar Muminov)
Boshlanish vaqti: 9:30 (har bir seminar taxminan 45-60 minut davom etadi)
Guruhga qo'shilish: Seminar group
@biology_uz - Do'stlaringizga ham ulashishni unitmang!
1 046
🎓 Shanba kunlik seminarlarimiz endi eskperimental tarzda barchaga OCHIQ!
Endilikda siz ham bizning ilmiy seminarlarimizda qatnashishingiz mumkin. Seminarlar davomida 3 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantiramiz:
🔬 1. Lab Kit: Bu qismda laboratoriyada qo‘llaniladigan metod va texnikalarning mohiyatini chuqurroq o'rganamiz hamda turli protokollarni amaliy va nazariy jihatdan o‘zlashtiramiz.
🧬 2. Science Kit: Molekulyar biologiya va biotexnologiyaga oid nazariy konseptlarni tushunamiz. Shuningdek, ushbu nazariyalar qanday tajribalar asosida shakllanganini birgalikda tahlil qilamiz.
🚀 3. Survival Kit: Akademik faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur ko‘nikmalarni o‘rganamiz: CV yozish, motivatsion xat tayyorlash, abstrakt va tezis yozish qoidalari va boshqa muhim jihatlar.
📌 Muhim: Seminarda qatnashish ixtiyoriy pulli (ya’ni, istasangiz to‘lov qilasiz). Har bir seminar uchun to‘lov - 12 000 so‘m (ramziy ~1$).
Yig‘ilgan mablag‘ yozgi maktabni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanadi.👩🔬👨🔬 Seminarlar biotexnologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavr va magistr talabalari uchun mo‘ljallangan. Har bir mavzudan maksimal foyda olish uchun fundamental bilimlarga ega bo‘lish tavsiya etiladi. Sizni ilmiy va professional rivojlanish sari birgalikda qadam tashlashga taklif qilamiz! Seminar formati: Onlayn, Zoom platformasi orqali. Guruhga qo'shilish: Seminar group @biology_uz - Do'stlaringizga ham ulashishni unitmang!
1 046
#gene_library #degenerate_primers
Oldingi postda gegenerate primerlarni dizayn qilishni ko‘rib chiqqan edik. Bugun esa keling, shu primerlar yordamida gen variantlari kutubxonasini qanday yaratish mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
Rasmda ko‘rib turganingizdek, maqsadli gen (masalan, sfGFP) oldiga degenerate primerlar orqali tasodifiy yoki sinonim mutatsiyalar kiritiladi. Primer ichidagi N, R, Y kabi degenerativ pozitsiyalar orqali PZR natijasida minglab yoki millionlab gen variantlari olinadi.
Olingan plazmid kutubxonasi rekombinaza faolligi mavjud E.coli ga transformatsiya qilinadi, so‘ng oqsil ekspressiyasiga mo‘ljallangan shtammlarga o‘tkaziladi. Keyin seleksiya (masalan, antibiotik konsentratsiyasini oshirish) yoki funksional skrining orqali eng yaxshi ishlaydigan variantlar tanlab olinadi.
Bu yondashuv oqsil muhandisligi, yo‘naltirilgan evolyutsiya, ferment faolligini oshirish va tadqiqotdagidek translyatsiya initsiatsiya regionini optimallashtirish kabi tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi.
@biology_uz
1 046
🧬 Degenerate primer designing
Ba’zan bizda faqat oqsil ketma-ketligi bo‘ladi, ammo genning nukleotid ketma-ketligi noma’lum bo‘ladi. Shunday holatda degenerate primerlar asqotadi. Bu turdagi primer bitta aminokislota uchun turli kodonlarni qamrab oladi.
Degenerate primerlar ayniqsa gen oilalarini o‘rganishda yoki turli turlardan o‘xshash genlarni izlashda foydali. Masalan, bir xil funksiyaga ega bo‘lgan ferment yoki oqsillarni turli organizmlardan topish va ajratib olish mumkin.
Dizayn jarayonida oqsil ketma-ketligidan mumkin bo‘lgan kodonlar aniqlanadi, o‘zgaruvchan nukleotidlar IUPAC kodlari (N, R, Y va boshqalar) bilan belgilanadi va sintezlanadi. Natijada primerlar kutubxonasi hosil bo‘ladi. PCR jarayonida shu primerlarning ayrimlari noma’lum gen ketma-ketligiga bog‘lanib, genni amplifikatsiya qilish imkonini beradi.
❓ Ushbu rasmda dizayn qilingan primerlar nechta variantdan iborat?
@biology_uz - Do'stlaringizga ham ulashishni unitmang!
1 046
#YangiDilemma
O‘zini-o‘zi ko‘paytira oladigan ribozim RNK yaratilgani haqidagi yangilik ustida mulohaza qilib, menda qiziqarli bir fikr paydo bo‘ldi.
Tirik organizm deb nomlash uchun organizm mustaqil ko‘paya olish xususiyatini ( kamida hujayra darajasida) namoyon qilishi lozim. Shu sababli viruslar tirik organizm deb qaralmaydi, chunki ular faqat hujayra resurslaridan foydalangan holda ko‘payadi.
QT-45 kabi o‘zini-o‘zi ko‘paytira oladigan ribozim RNKning yaratilishi (katta ehtimol bilan yaqin kelajakda bu turdagi RNKlarning tabiatda ham uchrashi aniqlanishi mumkin) juda murakkab fundamental savolni o‘rtaga tashlaydi:
👉 Endi bunday molekulani tirik organizm deb baholash mumkinmi?
👉 Agar ha bo‘lsa, unda “hayot” tushunchasining eng minimal chegarasi qayerda boshlanadi?
@biology_uz - Do'stlaringizga ham ulashishni unitmang!
