📚CHDPU Akademik litseyi
Open in Telegram
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti Akademik litseyi rasmiy kanali 📞 Matbuot xizmati: +998 (70) 716-57-41 ✉️ E-mail: chdpial@inbox.uz 📲Facebook: www.fb.com/chdpial 🌎 Rasmiy sayt: www.chdpial.uz Taklif va mulohazalar: @Orifjon86
Show more904
Subscribers
-124 hours
-297 days
-8830 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
#vazir_tabrigi
Aziz yoshlar!
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga yakuniy tanlov natijalari — mandat e’lon qilindi.
Avvalo, talabalikka tavsiya etilgan barcha yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Bugun sizlar hayotingizdagi eng muhim va unutilmas kunlardan birini boshdan kechirmoqdasiz. Sizning bu natijangiz ortida yillar davomidagi izlanish, mehnat, ustozlaringizning sabog‘i va ota-onangizning ishonchi turibdi. Bu yutuq — nafaqat sizning, balki sizni qo‘llab-quvvatlagan oilangiz va ustozlaringizning ham quvonchidir.
Endi oldingizda yangi, yanada mas’uliyatli bosqich — talabalik davri turibdi. Oliy ta’lim dargohida sizlarni yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta maqsadlar kutmoqda. Tanlagan yo‘nalishingizni chuqur egallab, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishingiz, kelajakda mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis bo‘lib yetishishingizga ishonaman.
Shu bilan birga, talabalikka tavsiya etilmagan yoshlarimiz uchun ham imkoniyatlar eshigi ochiq. Yurtimizning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan texnikumlarda ta’lim olish va zamonaviy kasb egallash imkoniyati mavjud.
Barcha yangi talabalarni yana bir bor samimiy muborakbod etaman!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, katta marralar, ilm yo‘lida muvaffaqiyat va yorqin kelajak tilayman!
Talabalik baxti muborak bo‘lsin!
Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Xushnudbek.uz
❓Beshta yo‘nalishdan istalgan birini tanlasa bo‘ladimi?
#abituriyent
❌ JAVOB: Yo‘q, tanlab bo‘lmaydi.
Ko‘pchilik beshta yo‘nalishga ham balim yetgan bo‘lsa, istalgan birini tanlab o‘qiyman, deb o‘ylayapti. Bu xato fikr.
Abituriyentlar testdan keyin yo’nalish tanlayotganda beshta yo‘nalishni ketma-ket tanlashgan. Shuningdek, davlat granti va to‘lov-kontrakti bo‘yicha ham ustuvorlikni allaqachon belgilab bo‘lishgan.
Endi bugun yakuniy javoblar chiqqandan keyin abituriyentlar o‘qishga kirgan yo‘nalishlarini o‘zgartira olishmaydi. Ustuvorlik bo‘yicha qaysi yo‘nalishga kirganini kompyuterning o‘zi belgilab beradi. Ustuvorlikni davlat granti deb tanlaganmi, yo’nalish bo’yicha tanlaganmi, farqi yo’q.
mandat.uzbmb.uz saytida qaysi yo‘nalishning usti yashil (grant) yoki ko’k (imtiyoz), yoki sariq (kontrakt) rangga bo‘yalib turgan bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga kirgan bo‘ladi.
Masalan, yuqorida keltirilgan suratda ko‘rinib turibdiki, 160,7 ball to‘plagan abituriyent o’zi tanlagan beshta yo‘nalishning uchinchisiga talabalikka qabul qilingan. Demak, endi u uchinchi yo‘nalishda o‘qishi kerak bo‘ladi, boshqasiga almashtira olmaydi.
Yo’nalishlar ketma-ketligida tepaga chiqish ham, pastga tushish ham mumkin emas.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija
DIQQAT, E'LON!
YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
⚡️Yakuni mandat natijalari ertaga e'lon qilinadi — oliy ta’lim vaziri
📊 Mandat natijangizni oldindan taxmin qiling: @mandatjavobbot
🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Repost from Digital.uz
+9
38-Xalqaro informatika olimpiadasining musobaqa bahslari yakunlandi
🏆 Toshkentda o‘tkazilayotgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) doirasidagi barcha musobaqa bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.
✅Ayni paytda Xalqaro ilmiy qo‘mita tomonidan ishtirokchilarning natijalari ko‘rib chiqilmoqda va yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilmoqda.
⚡️Yakuniy natijalar tez orada e’lon qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Repost from TIPU | Rasmiy kanal
🎓 DTM natijasi kutilganidek bo‘lmadimi?
❌ Bu hali talabalik orzusidan voz kechish degani emas!
✔️ Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universitetida 16 ta bakalavriat yo‘nalishidan birini tanlab talaba bo‘lish imkoniyati sizni kutmoqda.
__________________________
Rasmiy qabul platformasi
— Bakalavriat yo‘nalishlari
— Magistratura mutaxassisliklari
📃 Litsenziya (№ 1191263, 05.09.2022)
🌐 Qabul sayti: https://qabul.tipu.uz
🌐 Telegram bot: @tipuqabul_bot
🗺 Manzil
📞 Call-markaz: +998559000604
TIPU axborot xizmati
Repost from TDSHU akademik litsey yangiliklari
💻 Siz qayerda bo‘lsangiz — ISFT ham o‘sha yerda!
Chunki ISFTda Masofaviy ta’lim chegara bilmaydi. Ish, joylashuv yoki vaqt oliy ma’lumot olishingizga to‘sqinlik qila olmaydi.
Masofaviy ta’lim shakli yo‘nalishlari: 1. Moliya sohasida boshqaruv 2. Buxgalteriya hisobi va moliya 3. Biznes va menejment 4. Xalqaro munosabatlar 5. Psixologiya 6. Bank ishi va audit 7. Iqtisodiyot 8. Marketing 9. Axborot tizimlari va texnologiyalari 10. Menejment💵 Kontrakt narxi 10,300,000 so‘m UzBMB (DTM) ballingiz bilan imtihonsiz talaba bo‘lish imkoniyati ham bor! Shoshiling! Diplomi dunyoning 70 ta davlatida tan olinadigan ISFTda hujjatlar qabuli davom etmoqda! 📹 ISFT masofaviy taʼlimi haqida batafsil maʼlumot shu yerda: https://youtu.be/D6eQz9Bty9c Hujjat topshirish: admission.isft.uz ❤️ +998555061717, +998555187070 ❤️ Litsenziya ✅ ISFT — orzular ro‘yobi! Telegram | ISFTqabul_bot
Repost from Ustoz AI
Odamlar omadli deyishadi.
– Men bir kunda 16 soat, bir haftada 112 soat, bir oyda 480 soat ishlayman. Ammo shunda ham meni odamlar omadi kelib qoldi deyishadi.
©Elon Musk
✔️Barcha natija harakarlaringizga yarasha bo'ladi. Hech qanday arzigulik harakat qilmasdan, qayerdandir omad kutishni bas qiling!🤩Mobil Ilova | 😎 Telegram |
Repost from UzA | Расмий канал
Муз нега сувда чўкмайди? Беруний ва Ибн Синонинг минг йил олдинги илмий баҳси
Хоразмлик ёш мутафаккир Абу Райҳон Берунийнинг Аристотель физикасига билдирган тажрибавий эътирозлари ва Ибн Сино билан ёзишмалари Х-ХI асрлар бўсағасида Марказий Осиёда шаклланган мустақил танқидий илмий фикрнинг энг ёрқин намунаси ҳисобланади.
Батафсил: https://uza.uz/posts/894568
Телеграм каналларимиз
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
🚫 Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning burchimiz!
💸 Korrupsiya — jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladigan, adolat va qonun ustuvorligiga putur yetkazadigan illatdir.
✔️ Unga qarshi kurashish faqatgina davlat idoralarining emas, balki har bir fuqaroning mas’uliyatidir. Halollik, vijdon, qonunlarga hurmat va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat — sog‘lom jamiyatning muhim asoslaridir.
👨💻 Bugungi raqamli imkoniyatlardan samarali foydalanish, xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazish va jarayonlarning shaffofligini ta’minlash korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🖐 Halollik — taraqqiyot poydevori!
📣 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Edu.uz
🖥 Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi
✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi.
ℹ️Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan.
‼️ Eslatma: Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart.
Bizni kuzating!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Laylo Rustamova
Telegram асосчиси Павел Дуров Ўзбекистон ҳақида
У ўзининг 11 миллиондан ортиқ обуначиси бор каналида Ўзбекистонда ўтаётган Халқаро информатика олимпиадаси — IOI 2026 ҳақида пост жойлади.
У IOI’ни юқори синф ўқувчилари ўртасидаги энг нуфузли дастурлаш мусобақаси сифатида таърифлаб, Telegram’нинг олимпиада ғолибларига умумий қиймати камида 117 минг доллар бўлган эксклюзив рақамли коллекциялар — Algorithm Cups тақдим этишини маълум қилди.
Дуров, шунингдек, олимпиаданинг айнан Ўзбекистонда ўтказилаётганини рамзий деб атади: алгоритм сўзи номи билан боғлиқ бўлган ал-Хоразмий — алгебра асосчиси — юртида IOI мезбонлик қилинмоқда.
Нуфузли олимпиаданинг Ўзбекистонда ўтказилаётгани халқаро IT ҳамжамияти эътиборини ҳам тортаётгани жудаям зўр.
Ўзбекистон💪🇺🇿
Repost from Akademik litsey
Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni akademik litseylarga oʻqishga qabul qilish.
Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari bundan mustasno) akademik litseylarga suhbat natijasiga koʻra qabul parametrlaridan tashqari toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Chet el fuqarolari va xorijda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni oʻqishga akademik litsey tomonidan qabul qilinadi.
@litseyhujjat
Repost from Akademik litsey
Akademik litseylarga oʻqishga qabul qilishni rasmiylashtirish.
Imtihonlarning yakuniy natijalari qaydnomasida oʻqishga qabul qilingan, lekin oʻz xohishiga koʻra oʻqish istagini bildirmagan oʻquvchilar oʻrniga kirish test sinovlaridan yetarli ball toʻplay olmagan, oʻqishga tavsiya etilmagan oʻquvchilar hisobidan oʻqitish tili va toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qabul parametrlarida belgilangan oʻrinlar toʻldirilishi mumkin.
Taʼlim yoʻnalishlari va oʻqitish tillari boʻyicha qabul parametrlarining toʻliq bajarilishi, shakllanmagan guruhlarning qayta taqsimlanishi tizimida akademik litseylar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralarning taklifiga asosan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Oʻqishga qabul qilingan abituriyentlar toʻgʻrisida akademik litsey direktorining tegishli buyrugʻi yakuniy natijalar eʼlon qilingandan soʻng uch kun ichida rasmiylashtiriladi.
Akademik litseyga oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarni umumiy oʻrta taʼlim maktabidagi oʻquvchilar safidan chiqarish uchun akademik litsey tomonidan oʻquvchi tahsil olgan umumiy oʻrta taʼlim maktabiga maʼlumotnoma yuboriladi.
Imtihonlar yakuniy natijalariga koʻra akademik litseylarga oʻqishga qabul qilinmagan abituriyentlar oʻzlari oʻqigan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻqishni davom ettiradi.
@litseyhujjat
Repost from Akademik litsey
🎓 Akademik litseyga qabul qilingan o‘quvchilarga tavsiyalar
Hurmatli o‘quvchilar!
Sizni akademik litseyimizga o‘qishga qabul qilinganingiz bilan samimiy tabriklaymiz! Akademik litseyda tahsil olish katta mas’uliyat va yangi imkoniyatlar eshigidir.Quyidagi tavsiyalarga amal qilishingiz kelgusidagi muvaffaqiyatlaringiz uchun muhim ahamiyatga ega. 📌 1. ID-karta oling 16 yoshga to‘lgan o‘quvchilar imkon qadar tezroq ID-karta rasmiylashtirishlari tavsiya etiladi. Bu: - milliy va xalqaro sertifikat imtihonlarida ro‘yxatdan o‘tish; - oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish; - turli tanlov va grantlarda ishtirok etish uchun zarur hisoblanadi. 📌 2. Milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlaning - o‘qishni birinchi kundan boshlab maqsadli tashkil qiling. Quyidagi sertifikatlarni olishga intiling: - chet tillari bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar (CEFR, IELTS, TOEFL va boshqalar); - kimyo, biologiya, matematika, ona tili va adabiyot va boshqa fanlar bo‘yicha milliy sertifikatlar. Sertifikatlar oliy ta’limga kirishda muhim ustunlik beradi. 📌 3. Dars qoldirmang Akademik litseyda fanlar chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Bir kunlik darsni qoldirish ham mavzularni o‘zlashtirishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Darslarga o‘z vaqtida keling. Sababsiz dars qoldirmang. Uy vazifalarini o‘z vaqtida bajaring. 📌 4. Maktabda o‘tilgan mavzularni takrorlang 9-sinfda o‘rganilgan: matematika; ona tili va adabiyot; tarix; biologiya; kimyo; fizika; geografiya; xorijiy til va boshqa fanlar bo‘yicha asosiy mavzularni takrorlab chiqing. Bu yangi o‘quv yiliga moslashishni ancha osonlashtiradi. 📌 5. Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering Yuqori natijalarga erishish uchun sog‘lom bo‘lish juda muhim. - kuniga kamida 7–8 soat uxlang; - sog‘lom ovqatlaning; - sport bilan muntazam shug‘ullaning; - shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling; - kasallik alomatlari bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling. 📌 6. Akademik litseydagi yuqori yuklamaga tayyor bo‘ling Akademik litseyda o‘quv yuklamasi umumta’lim maktabiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Shuning uchun: - kun tartibini tuzing; - har kuni mustaqil tayyorgarlik ko‘ring; - vaqtni to‘g‘ri rejalashtiring; - qiyinchilik tug‘ilganda ustozlardan maslahat so‘rashdan tortinmang. 📌 7. Ichki tartib-qoidalarga rioya qiling - Akademik litsey Ustaviga amal qiling. - Pedagoglar va tengdoshlaringizga hurmat bilan munosabatda bo‘ling. - Dars jarayonida mobil telefon va boshqa chalg‘ituvchi vositalardan foydalanmang. - Litsey mulkini asrang. 📌 8. Kitob mutolaasini odat qiling Har kuni kamida 20–30 daqiqa kitob o‘qishga odatlaning. Badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar tafakkur, nutq madaniyati va dunyoqarashingizni rivojlantiradi. 📌 9. To‘garak va tanlovlarda faol ishtirok eting fan to‘garaklari; "Zakovat" intellektual o‘yinlari; sport musobaqalari; fan olimpiadalari; turli ko‘rik-tanlovlar sizning bilim va qobiliyatingizni rivojlantirishga xizmat qiladi. 📌 10. Raqamli texnologiyalardan oqilona foydalaning Telefon va ijtimoiy tarmoqlardan faqat zarur maqsadlarda foydalaning. O‘qishga xalaqit beradigan ortiqcha vaqt sarflashdan saqlaning. 📌 11. Yaxshi do‘stlar orttiring Sizni ilmga, kitobxonlikka va ezgu ishlarga undaydigan tengdoshlar bilan do‘st bo‘ling. Yaxshi muhit muvaffaqiyatning muhim omillaridan biridir. 📌 12. Katta maqsadlar qo‘ying Akademik litsey — oliy ta’lim sari muhim bosqich. Bugundan boshlab: qaysi kasbni egallashni istashingizni aniqlang; tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha chuqur tayyorgarlik ko‘ring; har kuni o‘zingizni rivojlantirishga intiling. Aziz o‘quvchilar!
Akademik litseydagi har bir kuningiz bilim, izlanish va yangi yutuqlar sari qo‘yilgan qadam bo‘lsin. Intizom, mehnatsevarlik va qat’iyat sizni ulkan marralarga olib chiqadi.Sizga mustahkam sog‘liq, yuqori natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌟 @litseyhujjat
Repost from 📚CHDPU Akademik litseyi
📌Manzil: Chirchiq shahar, Sh.Rashidov ko’chasi 24-uy. (Mo’ljal: Chirchiq dehqon bozori, Indenim savdo markazi).
Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyi lokatsiyasi ustiga bosing va manzilini bilib oling.
@chdpial
#Qabul2025
📌E’LON
Chirchiq davlat pedagogika universiteti akademik litseyiga tavsiya etilgan o’quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!
CHDPU akademik litseyiga saralash imtihonlaridan o'tib, tavsiya etilgan o'quvchilarga akademik litsey xodimlari qo'ng'iroq qiladi va belgilangan vaqtga hujjatlarni maslahat kengashi a'zolari tomonidan qabul qilish boshlanadi. Hujjatlarlarni tayyorlab qo'ying.
⚡️CHDPU akademik litseyi uchun saralash imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak.
1. 9-sinfni tamomlaganligi to'g'risida shahodatnoma (qog'ozga chiqarilgan varianti)
2. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (tug'ilganlik guvohnoma yoki ID karta) nusxasi 2 dona
3. 3,5x4,5 rasm, 6 dona
4. Ota-onangizni shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (pasport kopiyasi)
5. Milliy sertifikatlar agar mavjud bo'lsa.
❗️Maktab uchun litseydan ma'lumotnoma beriladi.
@chdpial
Repost from Bilimni baholash agentligi
#Qabul2026 #Abituriyent2026
#Tanlov
📣 Hurmatli abituriyentlar!
📆 Amaldagi qabul jadvaliga muvofiq, tanlovning 2-bosqichi 2026-yil 8-avgust kuni yakunlanadi.
📝 Mandat (tanlov natijalari) esa 2-bosqich yakunlanganidan soʻng bir hafta ichida eʼlon qilinadi.
🧑💻 Tanlovni oxirgi kun va oxirgi soatlarga qoldirmang. Ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim tashkilotlari, ta’lim shakllari va ta’lim ustuvorligini tanlashda sizlarga yordam uchun abituriyentlarning to‘liq ro‘yxati va egallagan o‘rnini ko‘rish imkoniyati yaratilgan.
🧑💻 Undan foydalanish uchun mandat.uzbmb.uz saytiga kiring.
➡️ "Kengaytirilgan qidiruv" bo‘limini tanlang.
📚O‘zingizga tegishli fanlar majmuasini belgilang.
📝 Tanlangan fanlar majmuasi bo‘yicha barcha abituriyentlar ro‘yxati hamda ularning reytingdagi o‘rni bilan tanishishing va tanlovni puxta amalga oshiring.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
