en
Feedback
NAMANGAN KADASTR

NAMANGAN KADASTR

Open in Telegram

KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI 📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy. ☎️ Tel. +99869 233-27-64 🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13 🌎 Web-sayt: namkadastr.uz ✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u

Show more
2 172
Subscribers
-124 hours
+87 days
+2030 days
Posts Archive
Kompleks qurilish hududlarida amalga oshiriladigan renovatsiya loyihalarida doirasida uy-joy egalariga qanday tartibda kompensatsiya to‘lanadi? ❗️Eslatib o‘tamiz. Prezident qaroriga asosan: 📱Toshkent shahri Yashnobod tumani Jarqo‘rg‘on mahallasi; 📱Mirobod tumani Abdurauf Fitrat mahallasi; 📱Sergeli tumani Xonobodtepa mahallasi; 📱Namangan shahri Ravnaq mahallasi; 📱Samarqand shahri Nurli yo‘l mahallasi 📱Qarshi shahri Xontepa mahallasida kompleks qurilish loyihalari amalga oshriladi. Telegram|Facebook| Instagram |Youtube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 HUDUDIY FAOLIYATIMIZ OAV NIGOHIDA ➡️ Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 HUDUDIY FAOLIYATIMIZ OAV NIGOHIDA ➡️ Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy maqsadi — aholiga qulaylik yaratish, davlat xizmatlari sifatini oshirish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlashdan iborat. 🌟 Bu borada Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. 🎙Mazkur jarayonlar keng jamoatchilikka yetkazilishida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik muhim o‘rin tutadi. Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlari hamda sohada joriy etilayotgan yangiliklar OAV vakillari tomonidan tayyorlangan videolavhalarda keng yoritib borilmoqda⏬ 🟣Sirdaryo viloyati 🟣Samarqand viloyati 🟣Toshkent viloyati 🟣Toshkent shahri 🟣Navoiy viloyati 🟣Namangan viloyati, 1 🟣Surxondaryo viloyati #DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Namangan tumanida xatlov jadal davom etmoqda. 🇺🇿 Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan 937-sonli Qonun ijrosini ta
+7
Namangan tumanida xatlov jadal davom etmoqda. 🇺🇿 Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan 937-sonli Qonun ijrosini taʼminlash uchun Namangan viloyati bo‘yicha xatlov ishlari jadal davom etmoqda. Bu jarayonlarda kadastr sohasining 220 nafardan ortiq muhandislari, topograflar bevosita qatnashmoqdalar. ✅ Barcha xatlov ishlarni Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R.Raximov boshchiligida tuzilgan Ishchi guruh tomonidan kunlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, natijalarni filiallar kesimida tanqidiy tahlil qilib borilmoqda. ✅ Masalan, Namangan tumanida shu kunlarda soha xodimlari tomonidan «Beshkapa» MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar. ✅ Hozirgacha tuman filiali xodimlari tomonidan 10500 dan ortiq xonadonlarda o‘lchov va xatlov ishlarini amalga oshirildi. #qonun937 #xatlov2026 Matbuot xizmati.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 YER UCHASTKALARI – OCHIQ AUKSION SAVDOLARIDA 🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonida
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 YER UCHASTKALARI – OCHIQ AUKSION SAVDOLARIDA 🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari ochiq va shaffof tartibda elektron onlayn-auksion savdolari uchun taqdim etildi. 🗓 Hisobot davri: 09.09.2026-yil. #DavKadastrPalata #auksion #DKP_statistikasi Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 MULK HUQUQI TAN OLINDI, ENDI UNI RO‘YXATDAN O‘TKAZING! 🇺🇿 Mamlakatimizda O'RQ-937-sonli qonun ijrosi d
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 MULK HUQUQI TAN OLINDI, ENDI UNI RO‘YXATDAN O‘TKAZING! 🇺🇿 Mamlakatimizda O'RQ-937-sonli qonun ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Respublikamizning barcha hududlarida, bugungi kun holatiga 153 477 ta obyekt bo'yicha fuqaroning ko‘p yillik muammosi hal etilib, ularning mulk huquqi rasman tan olindi. ➡️ Ko'pchilikning mehnati va hukumat tomonidan berilgan imkoniyatga qaramay, huquqlari e'tirof etilgan fuqarolarning hatto 50% ham o‘z mulkini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagan. Fuqarolarimiz bu muhim jarayonni hali ham yakuniga yetkazishmagan. ✔️ Mulk huquqingiz e’tirof etilgani – bu ishning faqat birinchi bosqichi. Qonuniy egalikni yakunlash uchun mulkingizni albatta Davlat ro‘yxatidan o‘tkazing!
Zero ushbu natijalar ortida minglab kadastr mutaxassislarining zahmatli mehnati yotibdi. Ular har bir mahallada, turli ob-havo sharoitlariga qaramasdan — issiqda-yu sovuqda — GPS asboblari yordamida har bir qarich yerni aniqlab, fuqarolarning mulkiy huquqlarini tiklash uchun harakat qilishmoqda.
#DavKadastrPalata #kadastr_xujjati #xatlov2026 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarga qanday cheklovlar belgilanadi? 🥏 Korrupsiy
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslarga qanday cheklovlar belgilanadi? 🥏 Korrupsiyaga oid jinoyatni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning elektron reyestriga kiritiladi. ⚔️ Ichki ishlar vazirligi sudning ayblov hukmi (ajrimi) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida ushbu shaxs haqidagi ma’lumotlarni elektron reyestrga kiritadi. ⏰ Ma’lumotlar Jinoyat kodeksida belgilangan sudlanganlik muddati davomida saqlanadi. 🛑 Reyestrga kiritilgan shaxslarga quyidagi cheklovlar qo‘yiladi: ➡️ davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish; ➡️ saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodini ko‘rsatish; ➡️ davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari va idoralararo kollegial organlar a’zosi bo‘lish; ➡️ o‘zi ta’sis etgan yoki ustav fondi (ustav kapitali)ning 50 foizidan ortiq qismiga o‘zi egalik qiladigan tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlari va davlat-xususiy sheriklik bitimlarida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashish; ➡️ davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar va davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish. Elektron reyestr Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda yuritiladi. #Kadastr_agentligi #Korrupsiyasiz_kadastr 🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qanday ketma-ketlikda amalg
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qanday ketma-ketlikda amalga oshiriladi? Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda belgilangan ketma-ketlikka rioya qilinadi. 📌 1. Avvalo — yer uchastkasi Bino, inshoot yoki qurilishi tugallanmagan obyektga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin, ushbu obyekt joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. 🏢 2. Keyin — bino yoki inshoot Kvartira yoki xona kabi binoning bir qismiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun avvalo ushbu bino bo‘yicha huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim. 🏭3. Butun korxona bo‘yicha Korxonaga mulkiy majmua sifatida bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun uning tarkibidagi yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar avval davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. 🔄 4. Huquqning boshqa shaxsga o‘tishi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi yoki bekor qilinganligini ro‘yxatdan o‘tkazish ham tegishli huquqning o‘zi avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi. #Kadastr_agentligi #foydali_ma_lumot 🇺🇿 Telegram   |  🇺🇿 Instagram    |  🇺🇿 YouTube    | 🇺🇿 Facebook       | 🇺🇿 Web-sayt | 🇺🇿 X

❗️Zangori ekranda – kadastr yangiliklari. 🇺🇿 Namangan teleradiokompaniyasining “Guldasta” informatsion dasturida kadastr xizmati yangiliklari haqida jonli efirda muloqot tashkil etildi.  ✅ Dasturda boshlovchi jurnalistlarning savollariga Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi bino va inshootlar Davlat kadastrini yuritish bo‘lim boshlig‘i o.Oktyabrov va  boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh. Toshtemirovlar javob berdilar.   ✅ Suhbat davomida viloyatda yerlarni muhofaza qilish, O‘RQ–937-sonli Qonunning ijrosi, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlar haqida batafsil ma‘lumot berildi.  ✅ Shuningdek, sohada olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari yuzasidan axborot berdilar. #OAVbizhaqimizda #Yernazorati #qonun937 #korrupsiyagaqarshikurashish Matbuot xizmati.

+3
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🏠 KADASTR MASALALARIDA AMALIY YORDAM — BIR JOYDA! ❓Kadastr xizmatlari bo‘yicha savollaringizga javob izlayapsizmi? ❓Ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yoki boshqa masalalar yuzasidan tushuntirish olishni istaysizmi? 🤝 Bunday holatlarda “Kadastr maslahat burchagi” fuqarolar uchun qulay imkoniyat yaratadi. 💬Bu yerda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, kadastr sohasiga oid masalalar bo‘yicha zarur tushuntirishlar, tavsiyalar va amaliy maslahatlar beriladi. 🔴Toshkent viloyati 🔴Toshkent shahri 🔴Namangan viloyati 🔴Surxondaryo viloyati 🔴Jizzax viloyati 🔴Andijon viloyati 📌 Asosiy maqsad — aholiga kadastr xizmatlari bo‘yicha kerakli ma’lumotlarni tezkor va tushunarli shaklda yetkazish hamda murojaatlarni hal etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish. #DavKadastrPalata #KadastrMaslahatBurchagi #Kadastr Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиеев провел расширенное совещание по вопросам проводимой в регионах работы по обеспечению занятости и повышению доходов населения. #Mirziyoyev #yigilish #kambagallik #bandlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

❗️Uychi tumanida xatlov MFY lari bilan hamkorlikda jadal davom etmoqda. 🇺🇿 Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan 9
+4
❗️Uychi tumanida xatlov MFY lari bilan hamkorlikda jadal davom etmoqda. 🇺🇿 Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan 937-sonli Qonun ijrosini taʼminlash uchun Namangan viloyati bo‘yicha xatlov ishlari jadal davom etmoqda. Bu jarayonlarda kadastr sohasining 220 nafardan ortiq muhandislari, topograflar bevosita qatnashmoqdalar. ✅ Barcha xatlov ishlarni Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i boshchiligida, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R.Raximov ishtirokida tuzilgan Ishchi guruh tomonidan kunlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, natijalarni filiallar kesimida tanqidiy tahlil qilib borilmoqda. ✅ Masalan, Uychi tumanida shu kunlarda soha xodimlari tomonidan «Yangichek» MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar. ✅ Hozirgacha tuman filiali xodimlari tomonidan 12100 tadan ortiq xonadonlarda o‘lchov va xatlov ishlarini amalga oshirildi. #qonun937 #xatlov2026 Matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi. — Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Namanganda istiqbolli kadrlar saralanmoqda Namangan viloyatida “Yangi O‘zbekistonning istiqbolli kadrlari” TOP-100 tanlovinin
+9
Namanganda istiqbolli kadrlar saralanmoqda Namangan viloyatida “Yangi O‘zbekistonning istiqbolli kadrlari” TOP-100 tanlovining test bosqichi o‘tkazilmoqda. Tanlovda viloyatdagi mahalliy ijro hokimliklari, davlat va nodavlat tashkilotlar, xususiy sektor, ta’lim muassasalari, “Mahalla yettiligi” hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 20–40 yoshdagi istiqbolli mutaxassislar ishtirok etmoqda. Test bosqichida jami 1 124 nafar nomzod 100 ballik mezon asosida test.argos.uz platformasi orqali baholanadi. Bilim sinovlari davomida nomzodlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ma’naviyat va tarix, davlat tili, iqtisodiy, siyosiy-huquqiy hamda mantiqiy fikrlash yo‘nalishlaridagi bilim va ko‘nikmalari baholanadi. Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichiga yo‘l oladi.
Tanlovning asosiy maqsadi — yosh va istiqbolli mutaxassislarni aniqlash, ularning salohiyatini baholash hamda kelgusida boshqaruv va davlat xizmatiga munosib kadrlarni shakllantirish.
Ma'lumot uchun test sinovlari joriy yilning 9-10-sentyabr kunlari ham o'tkaziladi. Boshqaruv samaradorligi agentligi Namangan viloyati filiali

Repost from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️ Хусусийлаштириш ва давлат мулкини ижарага олишда имтиёзлар берилади
  Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбиркорлар билан VI очиқ мулоқотида белгиланган вазифаларни амалга ошириш юзасидан “Иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш ва хусусийлаштириш жараёнларини жадаллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ–177-сон, 28.08.2026 й.) қабул қилинди.   ⏳ Фармонга кўра, давлат активлари ва қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини сотиб олишда аванс тўлови 15 фоиз миқдорида ва уни тўлаш муддати 30 календарь кун этиб белгиланади ҳамда қолган суммани қонунчиликда белгиланган муддатларда фоизсиз бўлиб-бўлиб тўлаш имконияти берилади.   🔘 Сотиб олиш тўловлари БҲМининг 23 000 бараваридан юқори электрон онлайн аукцион, танлов ва биржа савдоларида сотилган давлат активлари ҳамда БҲМнинг 8 000 бараваридан юқори қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкалари бўйича:   💬 100 фоиз тўловни 6 ой давомида тўлаган харидорга жами суммага нисбатан 25 фоиз чегирма қўллаш;   💬 50 фоиз тўловни 6 ой давомида тўлаган харидорга қолган суммани фоизсиз 7 йил давомида бўлиб-бўлиб тўлаш;   💬 35 фоиз тўловни 3 ой давомида тўлаган харидорга қолган суммани фоизсиз 5 йил давомида бўлиб-бўлиб тўлаш имконияти берилади.   📚 Давлат активлари учун тўловнинг камида 50 фоизини тўлаган харидорларга уларни реконструкция қилиш (янгидан қуриш учун бузиш) ва таъмирлаш ҳуқуқи берилади.   ⏬ Давлат активлари очиқ электрон онлайн аукцион ва биржа савдоларида 3 ой давомида сотилмаганда уларнинг бошланғич нархи қолдиқ (баланс) қиймати ёки соф активлари миқдоридан қатъи назар 10 фоизигача босқичма-босқич 10 фоиздан пасайтирилади.   ❇️ Давлат активлари 2 ой давомида сотилмаганда, Давлат активларини бошқариш агентлигига уларни лотларга бўлган ёки бирлаштирган ҳолда қайта савдога чиқариш ваколати берилади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot

Repost from Ne'mat Atamuratov
🏢Endi oldi-sotdi shartnomada obyektning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini ko‘rsatish talab etiladimi? Yo‘q talab etilmaydi. Obyektlarning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash aholining huquqlari va manfaatlarini cheklamaydi. 📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi. — Cостоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Сербия Александра Вучича в формате «тет-а-тет» и с участием официальных делегаций. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #muzokaralar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Ne'mat Atamuratov
🏢Ommaviy baholash natijalarini qayerdan ko‘rishim va o‘z fikrimni bildirishim mumkin? Mulkdorlar o‘ziga tegishli ko‘chmas mulkning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymat bilan davreestr.uz yoki my.gov.uz portali orqali tanishishlari va baholash natijalari yuzasidan munosabat bildirishlari mumkin. 📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling

Repost from Ne'mat Atamuratov
🏢 Ommaviy baholash natijasida obyektlarning qiymati 7-15 baravarga oshdi endi soliqlar ham shunchaga oshadimi? Ommaviy baholash natijasida aniqlangan qiymatni soliq stavkasi yoki soliq summasi bilan tenglashtirish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, turar joylarning mulk solig‘i bazasi etib kadastr qiymati belgilangan. Ya’ni, ko‘chmas mulkni ommaviy baholash natijasi bugungi kunda hech qanday huquqiy oqibatni keltirib chiqarmaydi. Toshkent shahar natijalari bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi yakunlanib, “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganidan keyin, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan soliqqa tortish masalasi ko‘rib chiqiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, soliq siyosatidagi har qanday o‘zgarishlar aholi va tadbirkorlar manfaatlari, aholini ijtimoiy himoya qilish va iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda alohida ko‘rib chiqiladi. Ya’ni soliqlar keskin oshib ketadi degan xavotirga o‘rin yo‘q 📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari — OAV nigohida Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yangilik
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari — OAV nigohida Hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yangiliklar va muhim jarayonlar ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilmoqda. 🔵 Quyidagi havolalar orqali amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil bilishingiz mumkin: ➡️ Toshkent viloyati ➡️ Samarqand viloyati ➡️ Andijon viloyati ➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi ➡️ Jizzax viloyati ➡️ Sirdaryo viloyati ➡️ Toshkent shahar ➡️ Navoiy viloyati ➡️ Farg'ona viloyati ➡️ Buxoro viloyati ➡️ Surxondaryo viloyati ➡️ Xorazm viloyati ➡️ Namangan viloyati ➡️ Qashqadaryo viloyati #Kadastr_agentligi #OAV_biz_haqimizda 📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt