NAMSTAT
Open in Telegram
Namangan viloyat statistika boshqarmasi Axborot xizmati Manzil: 160133, Namangan sh, N.Namangoniy ko'chasi, 14-uy. Facebook: https://www.facebook.com/namstat.uz Instagram: https://www.instagram.com/namstat Twitter: https://twitter.com/namstatistika
Show moreUzbekistan36 483The category is not specified
981
Subscribers
-524 hours
-197 days
-8330 days
Posts Archive
981
Repost from STATISTIKA | Rasmiy kanal
🇺🇿 Ўзбекистонда 1 квадрат километр майдонга неча киши тўғри келади?
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 2026 йилнинг 1 июль ҳолатига 1 квадрат километр майдонга ўртача 85,8 киши тўғри келган.
📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 1,5 кишига ортган.📊 Йиллар кесимида Ўзбекистонда 1 квадрат километр майдонга тўғри келадиган аҳоли зичлиги (1 июль ҳолатига): 2022 йил – 79,3 киши; 2023 йил – 81,0 киши; 2024 йил – 82,7 киши; 2025 йил – 84,3 киши; 2026 йил – 85,8 киши.
981
🏅 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan statistika sohasi vakillari e’tirof etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan hududiy statistika bo‘limlarining bir qator rahbarlari taqdirlandi.
🇺🇿 Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan quyidagi hamkasblarimiz ushbu yuksak mukofotga munosib ko‘rildi:
🔹 Rahimjanov Sherzodbek Ravshanbek o‘g‘li — Namangan shahar statistika bo‘limi boshlig‘i;
🔹 Imamov Zaurbek Mahsudovich — Norin tuman statistika bo‘limi boshlig‘i;
🔹 Otabayev Shokirjon Abdumutolipovich — To‘raqo‘rg‘on tuman statistika bo‘limi boshlig‘i;
🔹 Raxmatov Zafarjon Saydullayevich — Uychi tuman statistika bo‘limi boshlig‘i;
🔹 Ziyoviddinov G‘iyosiddin Ahmadxanovich — Chortoq tuman statistika bo‘limi boshlig‘i;
🔹 Jo‘rayev Vahobjon Xoldorovich — Chust tuman statistika bo‘limi boshlig‘i.
Mazkur yuksak e’tirof statistika sohasida ko‘p yillik samarali mehnat, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini haqqoniy va xolis statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash, davlat statistika tizimini takomillashtirish hamda sohaga qo‘shib kelayotgan munosib hissaga berilgan yuksak bahodir.
🎉 Taqdirlangan hamkasblarimizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar va zafarlar tilaymiz!
Rasmiy sahifalar👇
| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
981
📊 Namangan viloyatida faol korxonalar soni qariyb 29 mingtaga yetdi
🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yil 1- avgust holatiga Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) 28 928 tani tashkil etdi.
🔹 Shundan:
▫️ 24 399 tasi — kichik korxona va mikrofirmalar
▫️ Ularning ulushi — 84,3 %
📈 2025- yilning mos davriga nisbatan:
▫️ umumiy o‘sish sur’ati — 110,5 %
▫️ kichik biznes va mikrofirmalarda — 112,7 %
📌 Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar soni (1-avgust holatiga, birlikda):
🔹 2023- yil — 27 517 ta
🔹 2024- yil — 26 576 ta
🔹 2025- yil — 26 170 ta
🔹 2026- yil — 28 928 ta
Rasmiy sahifalar👇
| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
981
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yuksak e’tirof
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan Namangan viloyati statistika boshqarmasining bir qator rahbar va mas’ul xodimlari taqdirlandi.
🏅 Yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mazkur yuksak e’tirofga:
🔹 S. Melixujayev — Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i;
🔹 R. Jiyanov — boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari;
🔹 N. Abdurahmonova — Sanoat va energetika statistikasi bo‘limi boshlig‘i munosib ko‘rildi.
Mazkur mukofot statistika sohasida ko‘p yillik samarali mehnat, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini haqqoniy va xolis statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash, davlat statistika tizimini rivojlantirish hamda sohaga qo‘shayotgan munosib hissaga berilgan yuksak e’tirofdir.
🎉 Taqdirlangan hamkasblarimizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar hamda yangi yutuqlar tilaymiz!
Rasmiy sahifalar👇
| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
981
Repost from STATISTIKA | Rasmiy kanal
💸 Ўзбекистонда ўртача ойлик пенсия миқдори сўнгги 10 йилда қандай ўзгарди?
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда Ўзбекистонда ўртача ойлик пенсия миқдори 1 649,2 минг сўмни ташкил этган.
📊 Бу кўрсаткич 2016 йилга нисбатан 3,3 баробарга ошган.📊 Йиллар кесимида ўртача ойлик пенсия миқдори йиллар кесимида: 2016 йил — 494,2 минг сўм 2017 йил — 556,8 минг сўм 2018 йил — 640,5 минг сўм 2019 йил — 733,2 минг сўм 2020 йил — 848,5 минг сўм 2021 йил — 963,6 минг сўм 2022 йил — 1 080,8 минг сўм 2023 йил — 1 234,5 минг сўм 2024 йил — 1 495,6 минг сўм 2025 йил — 1 649,2 минг сўм
981
+7
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida statistika sohasining fidoyi xodimlari taqdirlandi
Joriy yil 27-avgust kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev so‘zga chiqib, jamoani qutlug‘ sana — Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz farovonligini ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Shuningdek, u statistika sohasida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlarning xizmatlarini e’tirof etib, ularga minnatdorlik bildirdi. Tadbir davomida bir qator xodimlar faxriy yorliqlar hamda Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir so‘ngida Mustaqillik mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida yangi marralarni zabt etishda muhim turtki bo‘lishi ta’kidlandi.
981
🚛 Avtomobil transportida yuk tashish hajmi 10 yilda qariyb 2 barobarga oshgan
📊 Namangan viloyatida avtomobil transportida tashilgan yuklar hajmi so‘nggi 10 yilda sezilarli darajada oshgan.
2016-yilda 19,6 mln tonna yuk tashilgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 37 mln tonnani tashkil etdi.
📈 10 yil ichida: ➡️ yuk tashish hajmi 17,4 mln tonnaga oshgan; ➡️ o‘sish sur’ati 188,3 %ni tashkil etgan;📌 Yillar kesimida: 🔹 2016-yil — 19,6 mln tonna 🔹 2017-yil — 20,2 mln tonna 🔹 2018-yil — 27,3 mln tonna 🔹 2019-yil — 28,5 mln tonna 🔹 2020-yil — 26,7 mln tonna 🔹 2021-yil — 29,6 mln tonna 🔹 2022-yil — 31,6 mln tonna 🔹 2023-yil — 33,2 mln tonna 🔹 2024-yil — 34,1 mln tonna 🔹 2025-yil — 37 mln tonna 📈 Eng yuqori yillik o‘sish 2018-yilda kuzatilgan — 2017-yilga nisbatan yuk tashish hajmi +35,2 %ga oshgan. 📉 2020-yilda esa 2019-yilga nisbatan -6,3 %ga pasayish qayqayd etilgan. 🚀 Shundan so‘ng yuk tashish hajmi yana izchil o‘sib, 2021–2025-yillarda 29,6 mln tonnadan 37 mln tonnagacha yetgan.
981
Repost from STATISTIKA | Rasmiy kanal
🇺🇿 35 ЙИЛЛИК КЎРСАТКИЧЛАР
📊 Мустақиллик йилларида эришилган натижалар рақамлардаДоимий аҳоли сони (1 январь ҳолатига) 1991 йил — 20,6 млн киши 2026 йил — 38,2 млн киши Ялпи ички маҳсулот ҳажми 1994 йил — 6,4 млрд АҚШ доллари 2025 йил — 147,1 млрд АҚШ доллари Ташқи савдо айланмаси 1991 йил — 3,3 млрд АҚШ доллари 2025 йил — 82,8 млрд АҚШ доллари Экспорт ҳажми 1991 йил — 1,8 млрд АҚШ доллари 2025 йил — 34,2 млрд АҚШ доллари Инвестициялар ҳажми 1991 йил — 1,1 млрд АҚШ доллари 2025 йил — 48,5 млрд АҚШ доллари Қурилиш ишлари ҳажми 1995 йил — 611 млн АҚШ доллари 2025 йил — 25 млрд АҚШ доллари Саноат маҳсулотлари ишлаб чиқариш ҳажми 1991 йил — 3 млрд АҚШ доллари 2025 йил — 87,5 млрд АҚШ доллари Олий таълим ташкилотлари сони 1991/1992 ўқув йили — 52 та 2025/2026 ўқув йили — 215 та Умумий ўрта таълим ташкилотлари сони 1991/1992 ўқув йили — 8 557 та 2025/2026 ўқув йили — 11 118 та Шифохоналар сони 1991 йил — 1 388 та 2024 йил — 1 972 та Аҳолининг ўртача умр кўриш давомийлиги 1991 йил — 66,4 ёш 2025 йил — 75,4 ёш 100 та уй хўжалигига тўғри келадиган автомобиллар сони 2010 йил — 21 та 2025 йил — 61 та 100 та уй хўжалигига тўғри келадиган мобил телефонлар сони 2010 йил — 145 дона 2025 йил — 359 дона Туристлар ташрифи 2012 йил — 1,9 млн нафар 2025 йил — 11,7 млн нафар Фаолият кўрсатаётган корхона ва ташкилотлар сони (1 январь) 2010 йил — 201 мингта 2025 йил — 474,9 мингта 🏢 Миллий статистика қўмитаси
981
Poliz mahsulotlari yetishtirish hajmi 9,4 %ga oshgan
🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 80 144,3 tonna poliz mahsulotlari yetishtirilgan.
📊 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 9,4 % ga ko‘paygan.Hududlar kesimida poliz mahsulotlari yetishtirish hajmi; Namangan sh. – 30,2 tonna Mingbuloq – 30 009,8 tonna Kosonsoy – 832,2 tonna Namangan – 3 964,0 tonna Norin – 5 203,6 tonna Pop – 23 007,7 tonna Toʻraqoʻrgʻon – 7 262,5 tonna Uychi – 3 593,3 tonna Uchqoʻrgʻon – 3 128,5 tonna Chortoq – 577,7 tonna Chust – 1 327,3 tonna Yangiqoʻrgʻon – 1 207,5 tonna Rasmiy sahifalar👇 Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
981
Repost from STATISTIKA | Rasmiy kanal
🏛 Ўзбекистонда хорижий ОТМлар сони сўнгги 10 йилда 4,3 баробарга кўпайди
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025/2026 ўқув йили бошида Ўзбекистонда фаолият юритаётган хорижий олий таълим ташкилотлари сони 30 тани ташкил этган.
📊 Бу кўрсаткич 2015/2016 ўқув йилига нисбатан 4,3 баробарга кўпайган.📊 Хорижий олий таълим ташкилотлари сонининг ўқув йиллари бўйича динамикаси: 2005/2006 ўқув йили — 2 та; 2010/2011 ўқув йили — 6 та; 2015/2016 ўқув йили — 7 та; 2020/2021 ўқув йили — 18 та; 2025/2026 ўқув йили — 30 та.
981
Repost from STATISTIKA | Rasmiy kanal
👕 Кийим ишлаб чиқариш бўйича қайси ҳудудлар пешқадам?
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-июнь ойларида Ўзбекистонда йирик корхоналар томонидан 19 трлн сўмлик кийим маҳсулотлари ишлаб чиқарилган.
🇺🇿 Ҳудудлар кесимида кийим ишлаб чиқариш ҳажми:
Андижон вилояти — 7,1 трлн сўм;
Тошкент вилояти — 2,1 трлн сўм;
Наманган вилояти — 1,8 трлн сўм;
Тошкент шаҳри — 1,7 трлн сўм;
Фарғона вилояти — 1,4 трлн сўм;
Самарқанд вилояти — 1 трлн сўм;
Қашқадарё вилояти — 897,9 млрд сўм;
Бухоро вилояти — 659,8 млрд сўм;
Хоразм вилояти — 620,1 млрд сўм;
Навоий вилояти — 578 млрд сўм;
Сирдарё вилояти — 324,7 млрд сўм;
Қорақалпоғистон Республикаси — 307,8 млрд сўм;
Сурхондарё вилояти — 227,1 млрд сўм;
Жиззах вилояти — 203 млрд сўм.
981
Yangi korxonalar ko‘proq savdo sohasida tashkil etilmoqda
🏢 Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Namangan viloyatida jami 2 655 ta yangi korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.
👉 Yangi tashkil etilgan korxonalar soha kesimida quyidagicha taqsimlandi:
🛍 Savdo sohasida – 1 069 ta
🏭 Sanoat sohasida – 368 ta
🌲Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 306 ta
🍽 Yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 240 ta
🏗 Qurilish sohasida – 103 ta
🚛 Tashish va saqlash sohasida – 79 ta
📡 Axborot va aloqa sohasida – 90 ta
🩺 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 70 ta
⚙️ Boshqa sohalarda – 330 ta
Rasmiy sahifalar👇
| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
981
Repost from UZSTAT | Rasmiy kanal
🏫 35 йилда Ўзбекистонда мактаблар сони 1,3 баробарга кўпайди
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 2025/2026 ўқув йили бошида фаолият юритаётган умумий ўрта таълим ташкилотлари сони 11 118 тани ташкил этган.
📊 Бу кўрсаткич 1991/1992 ўқув йилига нисбатан 1,3 баробарга ошган.📊 Умумий ўрта таълим ташкилотлари сонининг ўқув йиллари кесимидаги динамикаси: 1991/1992 ўқув йили — 8 557 та; 1995/1996 ўқув йили — 9 289 та; 2000/2001 ўқув йили — 9 726 та; 2005/2006 ўқув йили — 9 803 та; 2010/2011 ўқув йили — 9 806 та; 2015/2016 ўқув йили — 9 720 та; 2020/2021 ўқув йили — 10 181 та; 2021/2022 ўқув йили — 10 289 та; 2022/2023 ўқув йили — 10 522 та; 2023/2024 ўқув йили — 10 750 та; 2024/2025 ўқув йили — 10 943 та; 2025/2026 ўқув йили — 11 118 та.
981
Namanganda tijorat korxonalarining aksariyati MChJ shaklida faoliyat yuritmoqda
🏢 Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga Namangan viloyatida 24 575 ta faol tijorat korxonasi mavjud bo‘lib, ularning aksariyati mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida tashkil etilgan.
Xususan, 20 453 ta korxona aynan MChJ shaklida faoliyat yuritmoqda. Bu esa umumiy faol tijorat korxonalarining 83,2 foizini tashkil etadi.🔰 Korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan: ▪️Mas’uliyati cheklangan jamiyat – 20 453 ta ▪️Xususiy korxonalar – 2 952 ta ▪️Oilaviy korxonalar – 961 ta ▪️Aksiyadorlik jamiyati – 10 ta ▪️Boshqalar – 199 ta 📌 Shundan kelib chiqib, MChJlar mamlakatimizda biznes yuritishning eng keng tarqalgan shakli degan xulosaga kelishimiz mumkin. Rasmiy sahifalar👇 | Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
981
Repost from UZSTAT | Rasmiy kanal
✈️ Ўзбекистонликлар энг кўп бораётган ТОП-10 давлат
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-июль ойларида 4,4 млн нафар Ўзбекистон фуқаролари туристик мақсадларда чет элга сафар қилган.
📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда 45,6 минг нафарга ошган.🌍 Мазкур даврда Ўзбекистон фуқаролари энг кўп борган ТОП-10 давлат: Қирғиз Республикаси — 1 981 542 нафар; Қозоғистон — 805 437 нафар; Тожикистон — 744 974 нафар; Россия — 222 605 нафар; Саудия Арабистони — 167 337 нафар; Туркия — 166 893 нафар; БАА — 47 020 нафар; Хитой — 43 581 нафар; Миср — 32 470 нафар; Вьетнам — 28 224 нафар.
981
📈 Kichik tadbirkorlik subyektlari eksporti oshmoqda
🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Namangan viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 186,6 mln AQSH dollarlik mahsulot, ish va xizmatlar eksport qilindi.
Bu umumiy eksport hajmining 47,4 foizini tashkil etdi.📊 So‘nggi yillardagi eksport hajmi: ▫️ 2026-yil — 186,6 mln AQSH dollari ▫️ 2025-yil — 154,4 mln AQSH dollari ▫️ 2024-yil — 136,1 mln AQSH dollari ▫️ 2023-yil — 115,5 mln AQSH dollari ▫️ 2022-yil — 113,6 mln AQSH dollari 📌 Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari eksportining jami eksportdagi eng yuqori ulushi: 🔹 Norin tumani — 100,0 % 🔹 Yangiqo‘rg‘on tumani — 100,0 % 🔹 Namangan tumani — 97,8 % 🔹 Pop tumani — 94,2 % 🔹 Mingbuloq tumani — 72,9 % 📈 Kichik tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi faolligi yildan-yilga ortib bormoqda. Rasmiy sahifalar👇 Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
981
Repost from STATISTIKA | Rasmiy kanal
👨🏻🍼70 ёшдан кейин ота бўлганлар сони 29 нафарга етди
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-июнь ойларида Ўзбекистонда 373 389 та тирик туғилиш қайд этилган.
📊 Туғилишлар оталарнинг ёш гуруҳлари кесимида қуйидагича:
– 25 ёшгача — 34 526 нафар
– 25–39 ёш — 309 182 нафар
– 40–59 ёш — 29 403 нафар
– 60-69 ёш — 249 нафар
– 70 ёш ва ундан катталар — 29 нафар
981
💰Asosiy kapitalga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 16,8 %ga oshgan
🏢 Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-iyun oylarida Namangan viloyatida 22,7 trln so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan.
📈 O‘sish sur'ati 2025 yilning mos davriga nisbatan 116,8 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, mlrd so‘m
Namangan sh. – 9 738,7 mlrd so‘m
Mingbuloq tumani – 1 179,0 mlrd so‘m
Kosonsoy tumani – 1 370,1 mlrd so‘m
Namangan tumani – 788,1 mlrd so‘m
Norin tumani – 533,9 mlrd so‘m
Pop tumani – 2 578,3 mlrd so‘m
To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 607,5 mlrd so‘m
Uychi tuman – 918,0 mlrd so‘m
Uchqo‘rg‘on tumani – 1 017,4 mlrd so‘m
Chortoq tumani – 604,5 mlrd so‘m
Chust tumani – 1 686,1 mlrd so‘m
Yangiqo‘rg‘on tumani – 634,2 mlrd so‘m
Rasmiy sahifalar👇
Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
