cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Show more
Advertising posts
368
Subscribers
-124 hours
-17 days
-5030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Ана шундай анъанани давом эттириш мақсадида 9 май Хотира ва қадрлаш куни умумхалқ байрами муносабат билан бошқарма томонидан ижтимоий ҳимоя муҳтож ходимлар хамда шу соҳада кўп йиллар мехнат килиб, ҳозирда кунда нафақадаги фахрий устозлар холидан хабар олиниб, совға саломлар тақдим этилди. Қуйи Зарафшон ИТҲБ матбуот хизмати https://t.me/QuyiZarafshonITHB
Show all...
👍 1
Навоий вилояти ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ МУҲТОЖ ХОДИМЛАР ХОЛИДАН ХАБАР ОЛИНДИ Қуйи Зарафшон ирригация тизимлари ҳавза бошқармаси ҳузуридаги Насос станциялари ва энергетика бошқармаси тасарруфида 37 та насос станциялари ҳамда 473 та ер ости тик қудуқлари мавжуд бўлиб, уларнинг соз ҳолатда ишлаши, сув истеъмолчиларига хизмат кўрсатиш учун 545 нафар ишчи мутахассислар меҳнат қилиб келмоқда. Ишчи ходимлар иноқ, аҳил бир бирига меҳр оқибат билан фаолият юритиб, келмоқда. - дейди Насос станциялари ва энергетика бошқармаси мутахассиси А.Муртозаев - Бошқарма шундай бир анъана бор, хар байрамларда насос станциясида ишлаб, келаётган ижтимоий ҳимоя муҳтож ходимлар холидан хабар олиниб, уларга совҳа саломлар улашилади.
Show all...
#hayot_haqiqati Har bir insonning ko‘nglida mehr bor: gohida yashirin, gohida oshkor! Hammaning ongida yaxshi fikr bor, amalga oshirish uchun uni niyatga aylantirsa bas. Odamzotning ruhiyatida ezgu ishlarga ishtiyoq bor, bu qilgan amallarida ko‘rinadi...
Show all...
🎉 1
ЖАСОРАТ – МИЛЛАТ ҒУРУРИ ВА ИФТИХОРИ Ассалому алайкум, ҳурматли ҳамкасблар! Муҳтарам фахрийлар, азиз сувчилар ва устозлар! Ҳар йили жонажон юртимизда 9 май — Хотира ва қадрлаш куни сифатида кенг нишонланиб келинади. Бу йил ушбу улуғ айём “Жасорат – миллат ғурури ва ифтихори” шиори остида байрам қилинаяпти. Фурсатдан фойдаланиб, барчангизни Хотира ва Қадрлаш куни ҳамда Иккинчи жаҳон урушида қозонилган Ғалабанинг 79 йиллиги билан чин қалбимдан самимий табриклайман. Ўзлигини, ўз юртининг ўтмишини, тарихини билмайдиган, кечаги кунидан сабоқ чиқармайдиган халқнинг ва жамиятнинг эртанги куни ёруғ бўлмайди. Мана шу улуғ айём кунида барчамиз энг аввало, уруш майдонларидан қайтмаган юртдошларимизнинг муқаддас хотираси олдида бош эгамиз, бугун орамизда соғ-омон юрган фахрийларимизга таъзим қиламиз. Бугунги осойишта ҳаётимиз, мусаффо осмонимиз учун уларга чексиз миннатдорчилик билдирамиз. Бахтимизга ҳамиша омон бўлинг! Байрамингиз муборак бўлсин! Абдуқаюм УБАЙДУЛЛАЕВ, Қуйи Зарафшон ИТҲБ бошлиғи
Show all...
😁 2🎉 1
Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimi joriy qilinadi Prezidentning “Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Batafsil — https://daryo.uz/glUA9r5e 👉 Obuna bo‘ling - @daryo
Show all...
Oʻzbekiston yetakchisi “Shimol-Janub” transport yo‘lagini Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlariga chiqadigan qilib rivojlantirish bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidladi. Shu ma’noda, aprel oyi oxirida Termiz shahrida o‘tgan “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha transport idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Kanalga ulanish: @uzauz
Show all...
Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvada kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley majlisida ishtirok etdi. Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan raisligida o‘tgan uchrashuvda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev hamda faxriy mehmon sifatida MDH bosh kotibi Sergey Lebedev qatnashdi. Kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Kanalga ulanish: @uzauz
Show all...
Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley majlisida davlatimiz rahbari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan quyidagi muhim yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi: - Yevroosiyo Agroekspressini rivojlantirish, “yashil” va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, qo‘shma agrosanoat klasterlari va logistika markazlarini tashkil etish; - iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yengib o‘tishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish va yaqindan hamkorlik qilish. Tegishli Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishlaridan birini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif qilindi; - mamlakatlarimizda mehnat migrantlari faoliyati uchun qulay sharoitlarni shakllantirish va ijtimoiy kafolatlar yaratish, shu jumladan raqamli platformalardan foydalanish orqali; - turizm almashinuvini tubdan oshirishga qaratilgan birgalikdagi turizm dasturlari va mahsulotlarini ishlab chiqish. Kanalga ulanish: @uzauz
Show all...
Davlatimiz rahbari sanoat kooperatsiyasi loyihalarini va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratdi. Bu borada alohida “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, unda mamlakatlarimiz hududlarida hamkorlikda tashkil etilayotgan sanoat zonalari va texnoparklarda yangi quvvatlarni joylashtirishni nazarda tutish taklif qilindi.
– Bunday loyihalarga tadbirkorlarni keng jalb qilish masalalari shu yili Samarqandda o‘tadigan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va YEOII Ishbilarmonlar kengashining birinchi uchrashuvida ko‘rib chiqilishi mumkin,
– dedi Prezidentimiz. Kanalga ulanish: @uzauz
Show all...
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi majlisidagi nutqi Nutq matni: https://uza.uz/posts/596808 Kanalga ulanish: @uzauz
Show all...