en
Feedback
Islom va Hadis

Islom va Hadis

Open in Telegram

“Islom va hadis” ilmiy - ta’limiy kanal.

Show more
259
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-13430 days
Posts Archive
4. Sahobalar va tobeinlar (sahobalarning zamondoshlari) hadislarni rivoyat qilishda “bizga habar qildi, aytdi, falonchidan eshitib gapirib berdi, eshitdim-ki”, degan so’zlar bilan ifodalaganlar. Masalan: Sahoba Ibn Mas’ud hadis aytmoqchi bo’lsalar : ”Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizga so’zlab berdilar” yoki “Rasulullohdan eshitganman”, - deb gap boshlaganlar va hokazo. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

3. Sahoba Abdulloh ibn Amr aytdilar: ”Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir safar vaqtida bizdan orqada qoldilar. Asr namozi o’qiydigan vaqtda bizga yetib oldilar. Biz tahorat olayotgan edik. Oyoqlarimizni suv bilan artayotganimizda (suvni kam ishlatish maqsadida) Rasululloh baland ovoz bilan: ”O’t azobidan oyoq kaftlarning holiga voy!” deb uch marta nido qildilar”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

2. Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: ”Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir majlisda o’z qavmlariga so’z so’zlab turgan edilar. Bir a’robiy (badaviy) kelib: ”Qiyomat qachon?”, - deb so’radi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlarida davom etaverdilar. Ba’zi sahobalar: ”Rasululloh uning so’zini eshitdilar-ku, lekin yoqtirmadilar shekilli”, - deb o’yladilar. Ayrimlari esa: ”So’zini eshitmadilar”, - deb o’yladilar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlarini tugatgach: ”Qiyomat to’g’risida so’ragan odam qani?”, - dedilar. A’robiy: ”Mana men, yo Rasululloh”, - dedi. ”Omonat (halollik) o’rtadan ko’tarilganda qiyomatni kutaverg’il”, - dedilar. ”Buni qanday bilsa bo’lur?” - dedi a’robiy. ”Ishing (kuning) nopok odamlarga qolganda qiyomatni kutavergil!”, - dedilar”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

1. Alloh taolo oyati karimasida: ”Alloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug’ qilg’aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir, Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir ”, - deyilgan. Yana boshqa oyati karimada esa: ”Yo Robbiy, ilmimni ziyoda qilgin, deb ayt! ” - deyilgan. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

43. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam : ”Din Alloh va uning Rasuli, musulmonlarning imomlari va barcha musulmonlar yo’lida qilinadirgan nasihatdur”, - deganlar. ”Agar Alloh va uning Rasulini deb nasihat qilg’aylar, yaxshilik hosil bo’lg’usidir”, - deyilgan oyatda. Jarir ibn Abdulloh aytadilar: ”Besh vaqt namoz o’qurmen, zakot berurmen va har bir musulmonga yaxshilik qilg’aymen, deb Rasulullohga bay’at (qasam) qildim”. Ziyod ibn Abdulloh aytadilar: ”Mug’ira ibn Shu’ba o’lgan kuni Jarir ibn Abdulloh o’rnidan turib hamdu sano aytdi, so’ng dedi: ”Allohning yolg’iz o’zidan qo’rqing, Allohning sherigi yo’qdir. O’lgan amiringiz o’rniga yangi amir kelguncha, og’ir, bosiq bo’ling. Marhum amiringizning ham fuqarolarining xatosini kechirmog’ini yaxshi ko’rar erdi”. Keyin, Jarir so’zda davom etib dedi: ”Men rasululloh huzurlariga kirib, sizga yaxshi musulmon bo’lishga bay’at (qasam) qilmoqchiman”, - dedim. Rasululloh menga: ”Har bir musulmonning foydasiga ish tutg’aysen”, - deb shart qo’ydilar, men shunga bay’at qildim. Shu xonai Ka’ba egasiga qasamyod etib ayturmenkim, men barchangizning foydangizga ish tutg’aymen”. Jarir sozining oxirida istig’for aytib, minbardan tushdi. Alloh taolo nomi zikr qilingan hamma ulug’ zotlarni mag’firat aylasin!”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

42. Har kimning niyatidagi bo’lgaydir. Imom Buhoriy aytadilar: ”Bu so’zga iymon ham, tahorat ham, namoz ham, zakot ham, haj ham, muomalotmi, nikohmi, umuman barcha hukmlar kirur. Alloh taolo oyati karimasida: ”Har bir kishi niyatiga va o’ziga yarasha amal qilg’aydir, degil!”, - degan. Kishining savod umid etib, o’z oila a’zolariga sarflagan nafaqasi ham sadaqadir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: ”Makka fath qilingandan keyin hijrat (ko’chish) yo’q, lekin jihod qilib yoki yaxshi niyatda ko’chish mumkindir”, deganlar”. Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: ”Amallar niyatga qarab qabul qilinur, kim qanday niyat qilg’aydir, shunga erishgusidir. Kimki Alloh va uning Rasuli uchun hijrat qilga ersa, Alloh va Rasul uchun ko’chganlik savobini olur. Kimki mol-dunyoga erishmoq yoki biror xotin olmoq niyatida hijrat qilgan ersa, o’sha niyatigagina erishmog’i mumkin (ammo savob bo’lmaydir)”. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: ”Agar kishi savod umid etib, o’z oila a’zolariga mol sarflag’aydir, unga sadaqa qilgan savobi yozilur”, - deganlar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bunday deganlar : ”Alloh yo’lida sadaqa qilsang, albatta buning uchun Allohdan ajr olursen, hatto xotiningning og’ziga solib qo’ygan bir luqma taoming uchun ham”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

41. Abu Jamra aytadilar: ”Ibn Abbos bilan birga uning so’richasida o’tirar erdim. Menga dedi: ”Mening huzurimda qolgin, qisman molimdan ham bo’lib beray”. Xo’p, deb u kishi huzurida ikki oy yashadim (men forscha bilar erdim, u kishining forslar bilan muomalasida tarjimonlik qilib turdim). Bir xotin kishi kelib so’radi: ”Ko’zada qilingan nabis (shirin musallas)dan ichsak maylimi?”. Ibn Abbos uni ichishdan qaytardilar va dedilar: ”JAnob Rasululloh huzurlariga Abd ul-Qays qabilasidan bir jamoa keldi. Sallolohu alayhi va sallam: ”Bu qaysi jamoa?”,-deb so’radilar. Mehmonlar: ”Biz Rabiya qavmidanmiz”, - deb aytishdi. ”Xush kelibsizlar, marhamat, hijolatsiz kelaveringiz!”, - dedilar Rasululloh. ”Yo Rasululloh, biz sizning oldingizga rajab oyidagina kela olurmiz (arablarda rajab oyida qabilalararo urishmoq man qilingan). Siz bilan bining o’rtamizda kofirlar qabilasi bordir. Shuning uchun bizga ajrim bir narsa buyursangiz. Biz bu to’g’rida kela olmaganlarga ham aytsak va unga amal qilib, jannartga kirsak”, - deyishdi. SHundan so’ng ichimliklar to’g’risida ham so’rashdi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam ularga to’rt narsa buyurib va to’rt narsadan qaytardilar. Yolg’iz Allohga iymon keltirishni buyurib, bunday dedilar: ”Bilurmisiz, Allohning yolg’iz o’ziga qanday iymon keltirilur?”. ”O’zingiz aytib bering”, - dedilar. Rasululloh Kalimai Tayyibani aytdilar, so’ng ularga namoz o’qishni, zakot berishni, Ramazon ro’zasini tutishni, o’ljadan 1/5 qismini berishni buyurdilar hamda hintam, dibo, naqir, muzaffat (o’sha davrda musallas qilinadigan idishlar nomi) dan qaytarib, ”Bu so’zlarni yodlab olingiz, eshitmaganlarga yetkazingiz!”, - dedilar”, - dedi”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

40. Rasululloh bunday deganlar: ”Halol bilan harom bir narsadir. Ammo ikkalasini bir-biridan farqlashda noaniqliklar mavjud. Odamlarning ko’pi ularni bilmaslar (halol yo harom ekanini). Shuning uchun kimki shubhali narsalardan o’zini tiygaydir, dinini kamchiliklardan, obro’yini ta’nadan saqlag’aydir va kimki shubhali narsalardan tiyilmaydir, u birovning ekini chekkasida qo’y boqayotgan cho’ponga o’xhsaydir. Uning qo’ylarni ekinga tushirish ehtimoli bordir. Ogoh bo’lingizkim, har bir podshohning o’z chegarasi bordur. Allohning yerdagi chegarasi harom qilingan narsalardir. Kishi badanida bir parcha go’sht bor, agar u tuzalsa, a’zolarinig barchasi tuzalgaydir, agar u buzilsa, a’zolarining barchasi buzilgaydir. U qalbdir!” (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

39. Vizantiya podshosi Xiraql Abu Sufyonga: “Bu dinga kirguchilar ko’paymoqdami yo ozaymoqdami?” - deb so’rasam , sen: ”Ko’pamoqda, iymon ham shunaqadir, to mukammal bi’lguncha ko’payavergaydir” - deding. “Bu dinga kirganlardan biror kishi yoqtirmay chiqib ketayotirmi?” - desam, sen: ”Yo’q, iymon xususida ham shundaydir. Iymon nuridillarga kirgandan so’ng uni xech kim yomon ko’rmag’ay” - deding”, deb aytgan ekan. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

38. Alloh taolo oyati karimasida: ”Kimki islomdan boshqa dinni ixtiyor etg’ay, toati qabul qilinmag’ay”. Bir kuni Rasululloh sallolohu alayhi va sallam ko’pchilik bilan suhbatlashib turgan edilar. Bir kishi qoshlariga kelib, salom bergach: ”Iymon nadur?”, - deb so’radi. ”Iymon Allohga, uning maloikalariga, payg’ambarlarining haq ekanligiga,Allohni qiyomat kunida ko’rishga, o’lgandan keyin tirilishingga ishonmog’ingdur”, - deidlar. ”Islom nadur?”, dedi. ”Islom Allohga (shirk keltirmasdan ) ibodat qilmog’ing, besh vaqt namoz o’qimog’ing, farz zakotni bermog’ing va Ramazon ro’zasini tutmog’ingdur”, - deb javob qildilar. “Ehson nadur?”, - dedi. ”Allohga uni ko’rib turganingdek ibodat qilmog’ingdir. Agar sen ko’rmayotgan bo’lsang, u seni ko’rib turibdir”, - dedilar. ”Qiyomat qachondur”, deb so’radi. ”So’ralayotgan kishi so’raguchidan ortiq bilmaydir, biroq alomatlarini aytib beray, ular quyidagichadur: xotinlar o’z egalarini tug’adigan bo’lganda (bolalar otaonalariga ho’jayin bo’lib, ularning dilini og’rita boshlaganda), tuyaboqar cho’ponlar baland-baland imorat sola boshlaganda. 5 ta g’oyibiy (sir) narsa bor, uni faqat Alloh bilur, ulardan bittasi-qiyomatning qachon bo’lmog’idur”, - deb osha mazmundagi oyati karimani o’qidilar. Keyin haligi kishi qaytib ketdi. Rasululloh dedilar: ”Qaytaringlar haligi kishini (sahobalar tushunsinlar deb shunday qildilar)!”. Orqasidan chiqib, topmadilar. Rasululloh dedilar: ”Bu Jabroildur, sizlarga diningizni o’rgatgani kelgandir”. Imom Buhoriy aytadilar: ”Rasululloh sallolohu alayhi va sallam yuqoridagi hamma narsani iymondan deb hisobladilar”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

37. Ibrohim at Taymiy aytganlar : ”So’zimni qiladigan amali solihimga nomuvofiq (zid keladigan) qilib gapirmadim, mobodo, o’zim amal qilmagan narsani aytsam, yolg’onchi hisobiga kirib qolmoqdan juda qo’rqdim”. Ibn Ali Mulayka aytganlar :”Rasulullohning 30 dan ortiq sahobalarini bilur erdim. Ularning har biri amali solihiga nifoq aralashmog’idan qo’rqur erdi”. Hasan Basriy aytganlar: ”NIfoq aralashmog’idan faqat mo’min odam qo’rqmishdir, munofiq odam qo’rqmagandir, munofiq odam Allohga tavba qilmasdan, itoatsizlikda, osiylikda, birodarlari bilan urishaverishda davom etmoqning gunohidan qo’rqmagaydir. Alloh taolo oyati karimasida: ”Ular (munofiqlar) bila turib gunoh ishlardan qaytmaslar ”, degan. Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: ”Musulmonning so’kmog’i fosiqlik erur va qotilligi kofir erur”. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam Laylat ul-Qadrning qaysi kuni kelishini aytmoqchi bo’lib chiqqanlarida ikki musulmon janjallashib turgan ekan. Rasululloh debdilar: ”Laylat ul-Qadrning habarini aytmoqchi erdim, falonchi bilan pistonchi urishib turganiga ko’zim tushib, yodimdan ko’tarilib ketibdir. Shoyadki, omadingiz kelsa, Laylat ul-Qadrni 27-29-25 kechalarda Allohdan so’rangiz!”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

36. Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: ”Kimki bir musulmon odamning janozasida Allohga ishonib, uni savob berishidan umid qilib qatnashsa va janoza o’qilib, mayyit dafn qilingunga qadar birga bo’lsa, albatta u odam 2 kiyrot ajr (savob) olib qaytgaydir. Har bir qiyrot Uhud tog’idekdur. Kimki janozani o’qib, mayyit dafn qilinmasdan avval qaytsa, u kishi 1 qiyrot ajr olib qaytgaydir”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

35. Oyati karimada: ”Ahli kitoblarga yolg’iz Allohning o’ziga ixlos birlan ibodat qilmoq va noto’g’ri e’tiqodlarni tark etib, haq e’tiqodni tanlab, namoz o’qimoq va zakot bermoq buyurilgan erdi”, - deyilgan. Talha ibn Ubaydullohdan: ”Rasululloh sallolohu alayhi va sallam xuzurlariga Najd qabilasidan bir kishi keldi. Sochlari to’zg’igan. Uning g’udurlagan ovozini eshitamizu, nima deyayotganini tushunmaymiz. Yaqin kelganda tinglab quloq solsak, islom asoslarini so’rayotgan ekan. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam unga javoban: ”Islom asoslaridan birinchisi - bir kechayu - kunduzda 5 vaqt namoz o’qimoqlikdir”, - dedilar. ”Shu 5 vaqt namozdan tashqari yana zimmaga tushadirgan vojib namoz bormi?”, - deb so’radi. ”Yo’q, illo o’zing xohlab nafl o’qishing mumkin”, - deb javob berdilar. ”Islom asoslaridan ikkinchisi - Ramazon ro’zasini tutmoqlikdir”, - dedilar Rasululloh. “Ramazondan tashqari ham zimmaga tushadigan vojib bormi?” , - deb so’radi. “Yo’q, illo nafl ro’za tutishing mumkin”, - dedilar. U kishi qaytib ketayotib: ”Allohga qasam ichurmenkim, bunga xech narsani qo’shmasman ham, bundan xech narsani kamaytirmasman ham ”, - dedi. Rasululloh aytdilar: ”Agar so’zida sodiq ersa, shu odam najot topg’usidir”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

33. Hishom bunday deganlar: ”Oisha onamizning yonlarida bir ayol o’tirgan edi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: ”Kim bu ayol?”, - deb so’radilar. Oisha onamiz: ”Bu falonchi, ko’p namoz o’qiydirgan ayol”, - deb javob berdilar. Rasululloh: ”Qo’yingizlar, amali solihlardan qurbingiz yetadirganini zimmaga olingizlar, Allohga qasam ichib ayturmenkim, sizlarga amallaringiz malol kelmasa, Allohga savob berish malol kelmagaydir (ya’ni, qilayotgan toat-ibodatingiz malol kelsa, savobi ketur)”, - deb aytdilar. Janob Rasululloh sallolohu alayhi va sallam ham uzoqroq qilinadigan toat-ibodatni hushlar edilar”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

32. Abu Sa’id Xudriy: ”Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: ”Agar banda islomga kirib, uni ixlos bilan yaxshilashni davom etdirsa, Alloh taolo uni qilgan xatolarini kechirgaydir. Bundan keyingi xatolarigina hisob-kitob qilingaydir. Yaxshilik 10 barobardan 700 barobargacha ko’paytirib yozilur. Yomonlik bitta bo’lsa, bittaligicha yozilur, illo yozilmasdan Alloh kechirib yuborishi ham mumkindir”, - deganlar”, - deydi. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

31. Oyati karimada: ”Alloh taolo sizlarning iymonlaringizni, ya’ni Bayt ul Muqaddas (Quddus, Iyerusalim)ga qarab o’qigan namozlaringizni zoye ketkazmag’ay”, deyilgan. Sahoba Barro bunday deydilar: ”Payg’ambarimiz sallolohu alayhi va sallam Madinaga keliboq qarindoshlarinikiga tushdilar va Bayt ul-Muqaddasga qarab 16 yoki17 oy namoz o’qidilar. Aslida Rasululloh sallolohu alayhi va sallam Makkadagi Xonai Ka’bani qibla qilib namoz o’qishni yaxshi ko’rardilar. Xonai Ka’baga qarab birinchi o’qigan namozlari asr namozi edi. Rasululloh bilan birga bir qavm jamoasi ham namoz o’qidi. Birga namoz o’qiganlardan biri boshqa masjidda namoz o’qiyotgan odamlar yonidan o’tayotib, ruku’da turgan vaqtlarida ularga: ”Allohga qasam ichib aytamankim, biz hozir Makkai Mukarramaga qarab namoz o’qidik”, - dedi. Shunda ular namozda turgan hollaricha Makkai Mukarramaga o’girilib, namozni o’qib tugatdilar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning Bayt ul-Muqaddasga qarab namoz o’qiyotganlari yahudiy va nasorolarga yoqardi, (Bayt ul-Muqaddas ularning qiblasi edi). Ammo Makkai Mukarramadagi Baytullohga qarab namoz o’qiganlari esa ularga yoqmasdi”. Sahoba Barro yana shunday daganlar: ”Qibla Xonai Ka’baga qarab o’zgartirilmasdan ilgari ba’zi bir kishilar vafot etib ketganlar va ba’zi birlari shahid bo’lib ketganlar. Biz ular to’g’risida nima deyishni bilmaymiz, deb turganlarida yuqoridagi oyati karima nozil bo’ldi”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

30. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: ”Alloh taologa islom dini eng sevimli dindir”. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: ”Din o’ng’aydir, hech kim uni qiyinlashtirib yubormag’ay, mobodo, qiyinlashtirib yuborsa, din uni yengib qo’yg’usidir (ya’ni, amali solihlarni haddan ziyod zimmasiga olishi natijasida ularni eplay olmay, hammasini tark etishiga sabab bo’lg’usidir). Demak, amali solihlarni o’rtacha bajaringiz, ibodatlarni mukammal ado etishga qodir bo’lmasangiz, shunga yaqinroq qilingiz. Amali solihlardan tegadigan savobdan seviningiz. Bu dunyodan oxiratga qilinadigan umr safarida erta tongdan, kechki paytdan va kechaning ba’zi bir qismidan unumli foydalaningiz!”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

29. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar: ”Kimki Allohga ishonib, undan savob umid qilib, Ramazon ro’zasini tutgaydir, sobiq gunohlari kechirilgaydir”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

28. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam dedilar : ”Kimki Ramazon kechalarini, Allohga iymon keltirib, undan savob umid etib, ibodat bilan o’tkazg’usidir, uning qilgan gunohlari mag’firat qiling’usidir”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss

27. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: ”Alloh taolo o’z yo’lida jihodga chiqqan odamni qadrlab: ”Menga bo’lgan iymoni va payg’ambarlarimga bo’lgan ishonch tufayli jihodga chiqqan bo’lsa, uni ajr yoki o’ljalar bilan qaytarg’umdir, halok bo’lsa, jannatimga kirgizg’umdir”, - deydi”, - deganlar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam yana bunday deganlar: ”Agar ummatimni qiyin ahvolda qoldirishdan qo’rqmasam edim, birorta jangdan qolmagan bo’lur erdim, men Alloh yo’lida jon nisor etib, keyin tirilsam, yana o’lib, yana tirilsam va yana o’lib yana tirilsam va yana o’lsam, der erdim”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 1-IYMON KITOBI @Islom_hadiss