en
Feedback
Islom va Hadis

Islom va Hadis

Open in Telegram

“Islom va hadis” ilmiy - ta’limiy kanal.

Show more
259
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-13430 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
August '26
August '260
in 0 channels
July '260
in 0 channels
Get PRO
June '260
in 0 channels
Get PRO
May '260
in 0 channels
Get PRO
April '260
in 0 channels
Get PRO
March '260
in 0 channels
Get PRO
February '260
in 0 channels
Get PRO
January '260
in 0 channels
Get PRO
December '250
in 0 channels
Get PRO
November '250
in 0 channels
Get PRO
October '250
in 0 channels
Get PRO
September '250
in 0 channels
Get PRO
August '250
in 0 channels
Get PRO
July '250
in 0 channels
Get PRO
June '250
in 0 channels
Get PRO
May '250
in 0 channels
Get PRO
April '250
in 0 channels
Get PRO
March '250
in 0 channels
Get PRO
February '250
in 0 channels
Get PRO
January '250
in 0 channels
Get PRO
December '240
in 0 channels
Get PRO
November '240
in 0 channels
Get PRO
October '240
in 0 channels
Get PRO
September '240
in 0 channels
Get PRO
August '24
+270
in 0 channels
Channel Posts
44. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Haj-jat ul-Vido’da turganlarida Jarir ibn Abdullohga: «Odamlarni jim qilg‘il, tinglasinlar!»— dedilar. So‘ngra: «Mendan keyin bir biringizni o‘ldiradigan kofirlar bo‘lib ketmangiz!»—deb qo‘shib qo‘ydilar. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

2
43. Al-A’raj bu xususda bunday deydilar: «Abu Hurayra hadisni ko‘p aytadi», deyishadi. «Agar Allohning Kitobi (Qur’on)da ikki oyat bo‘lmaganda edi, bitta ham hadis aytmas edim»,— degan edilar Abu Hurayra, keyin oyatning «Biz nozil qilgan yo‘l-yo‘riqlar va hidoyatni yashirganlar»... degan joyidan to «ar-Rahim» degan so‘zigacha o‘qigandilar (mazkur oyatda ilmni berkitgan odamlarni Alloh taolo mazammat qiladi — qoralaydi). Muhojir birodarlarimiz bozorlarda bor-baraka qilish bilan ovora edi, ansoriy birodarlarimiz esa, o‘z xo‘jaliklaridagi ishlar bilan band edi. Abu Hurayra esa Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ortlaridan qolmas edi. Qornini bir to‘yg‘azib olib, ular (muhojirlar, ansoriylar) hozir bo‘lmagan joylarda Abu Hurayra hozir bo‘lar edi. Ular yodlamagan narsalarni (hadislarni) Abu Hurayra yodlar edi». Abu Hurayra bunday deganlar: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasulalloh, men sizdan ko‘p hadis tinglayman-u, ammo unutib qo‘yaman»,— dedim. Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam muborak qo‘llari bilan (suv hovuchlagandek) Allohning fayzu barakotidan (choponimga) hovuchlab soldilar, keyin: «Bag‘ringga bos!»— dedilar. Men bag‘rimga bosdim, shundan keyin hech narsani (hadisni) esimdan chiqarmaydigan bo‘ldim». Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan «ikki idish» (narsa) yod oldim, bittasini sochdim (odamlarga aytdim), ammo ikkinchisini agar sochadigan bo‘lsam (aytsam), mana bu halqum kesiladi»,— dedilar (birinchisi hadislar edi, ikkinchisi esa, kelajakda bo‘ladigan fitnalar to‘g‘risidagi xabarlar edi). (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
118
3
42. Abdulloh ibn Umardan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hayotlarida so‘nggi marta biz bilan xufton namozini o‘qidilar. Ikki taraflariga salom berganlaridan so‘ng, o‘rinlaridan turib: «Bilasizmi, bu kechani? Shu kechadan boshlab to‘liq 100 yil o‘tgach, yer yuzida (hozir tirik) kishilardan birontasi qolmaydi»,— dedilar». Ibn Abbosdan: «Rasulullohning jufti halollari bo‘lmish xolam Maymunaning uylarida yotib qoldim. Rasululloh sollallohu alayx va sallamning ham xolamnikida bo‘ladigan kechalari ekan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biz bilan xuftonni o‘qib bo‘lgach, uylariga kirib, to‘rt rak’at namoz o‘qidilar, keyin uyquga yotdilar, keyin turib: «Bola uxlab qoldimi?»—dedilar yoki shunga o‘xshash bir so‘z aytdilar. Keyin namoz o‘qishga turdilar, men chap yonlariga kelib turdim. Meni o‘ng tomonlariga o‘tkazib qo‘ydilar. Avval 5 rak’at, keyin 2 rak’at namoz o‘qidilar, keyin mizg‘idilar, hatto men pishillaganlarini eshitdim. Keyin turib namozga chiqib ketdilar». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
96
4
41. Ummu Salamadan: «Kunlardan bir kuni kechasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uyg‘onib dedilar: «Subhonalloh, bu kecha qanchadan-qancha fitnalar nozil qildiykin va qanchadan-qancha rahmat xazinasi eshiklarini ochdiykin. Hujralarda uxlab yotganlarni (ibodatga) uyg‘otingiz, bu dunyoda kiyimlik — oxiratda yalang‘ochdir!»— dedilar». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
86
5
40. Abu Juhayfadan: «Hazrat Ali raziyallohu anhuga aytdilar: «Sizda Allohning Kitobidan boshqa kitob bormi?» Ali: «Yo‘q, faqat Allohning Kitobi, musulmon kishiga beriladigan «Fahm risolasi» va mana bu sahifadagi narsa bordir»,— dedilar. Abu Juhayfa dedi: «Bu varaqdagi nima?» Ali dedilar: «Xun hukmi, asirni ozod qilmoq va kofir uchun musulmondan qasos olmoqning haromligi (to‘g‘risida)». Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Makka fath qilingan yili Xuzo’a qabilasi Bani Lays qabilasidan bir kishini o‘ldirdi (johiliyat davrida qabiladoshlaridan bir kishini o‘ldirishgani uchun qasos olishdi). Bu xabar Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yetkazildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tuyalariga minib va’z aytdilar: «Alloh taolo Makkayu Mukarramadan o‘limni bartaraf qildi (yoki fil askarlarini), Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hamda mo‘‘minlarning qo‘lini baland aylab, ularni mag‘lub etdi. Ogoh bo‘lingiz! Makkada urush qilmoq va o‘ldirmoq mendan avval ham biror kishiga ruxsat etilmagandir (halol bo‘lmagandir) va mendan keyin ham biror kishiga ruxsat qilinmaydi (halol bo‘lmaydi). Kunduzi bir soatgagina (halol bo‘ldi) izn berildi, urush qilmoq va o‘ldirmoq shu soatdan e’tiboran haromdir (man’ etiladi). Makkaning tikani ham yulinmaydi, daraxti ham kesilmaydi, tushib qolgan (yo‘qotilgan) narsasi ham olinmaydi, faqat odamlarga ma’lum qilmoq uchun olinadi. Kim o‘ldirilgan bo‘lsa, uning qarindoshi ikki yo‘ldan birini tanlaydi,"yo xunini oladi, yo qasosini oladi». Yamanliklardan biri kelib: «Yo Rasulalloh, menga yozib bering!»—dedi. Rasululloh: «Falonchiga yozib beringiz!»—dedilar. Quraysh qabilasidan bir kishi dedi: «Yo Rasulalloh, tikanlari yulinmaydi, daraxtlari kesilmaydi dedingiz, biroq izxir (xushbo‘y o‘simlik) o‘rilsa, mayli deng! Yo Rasulalloh, biz izxirni o‘rib, uylarimizga olib boramiz va qabrlarimizga qo‘yamiz». Rasululloh: «Izxir o‘rilsa, mayli»,— dedilar». Abu Hurayra aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari orasida hadislarni mendan ko‘ra ko‘proq biladigan kishi yo‘qdir. Yolg‘iz Abdulloh ibn Amrgina ko‘proq bilar edi, chunki u yozishni bilardi, men esa bilmas edim». Ibn Abbos bunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (og‘riq) kasallari zo‘raygach: «Qog‘oz keltiringiz (daftar-qalam), sizlarga biror narsa yozib beraman, keyin adashmaysizlar»,— dedilar. Hazrat Umar (yonidagi sahobalarga): «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni (og‘riq) dard yengib qo‘ydi, bizda Allohning Kitobi bor-ku, bizga shu kifoya qiladi»,— dedilar. Shunda sahobalar o‘rtasida g‘ovur-g‘uvur boshlanib, gap ko‘payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Meni xoli qo‘yingiz (oldimdan chiqingiz), mening qoshimda janjal qilmangiz!» dedilar. Ibn Abbos tashqariga chiqib: «Bu zo‘r baxtsizlikdir, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yozib beramen, degan narsalariga to‘sqinlik qilmoq — zo‘r baxtsizlikdir!» — deb aytdilar. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
405
6
39. Hazrat Ali raziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mening to‘g‘rimda yolg‘on so‘z aytmangiz, kimki aytsa, do‘zaxga tushsin!» deganlar»,— deb aytganlar. Abdulloh ibn Zubayr otasiga: «Siz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to‘g‘rilarida falonchi va pistonchi kabi so‘zlamayapsiz»,— dedi. Zubayr: «Ammo men haqiqatan Rasulullohdan ajralmaganman, birga bo‘lganman, o‘zlaridan eshitganman»,— dedi. «Kimki mening to‘g‘rimda yolg‘on so‘zlasa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar»,— dedi Abdulloh. Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Men sizlarga ko‘p hadis aytib berardim-ku, lekin Rasululloh aytgan bir so‘zlari meni shashtimdan qaytaradi, u kishi: «Kimki mening to‘g‘rimda yolg‘on so‘z to‘qisa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar»,— deb aytganlar. Salama ibn Akva’ raziyallohu anhu deganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim mening nomimdan aytmaganimni aytsa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar». Abu Hurayra raziyallohu anhu deydilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Farzandlaringizga ismimni qo‘yingizlar, Abulqosim deb kunyamni qo‘ymangizlar! Kimki meni tushida ko‘rsa, o‘zimni ko‘ribdi, chunki shayton mening suratimga kira olmaydi, kimki mening nomimdan yolg‘on so‘zlasa, do‘zax o‘tidan o‘ziga joy tayyorlayversin!» deganlar». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
392
7
38. Sahoba Abu Shurayhdan: «Abu Shurayh Amr ibn Sa’idga, u Makkaga vakillar yuborayotganda, bunday dedi: «Gapirishga izn ber, ey Amr! Makka fath (zabt) qilingan kunning ertasiga Rasululloh aytgan so‘zlarni senga aytib beray, bu so‘zlarni aytayotganlarida ikki ko‘zim ko‘rib, ikki qulog‘im eshitib, qalbim o‘z ongiga jo qilgan. Rasululloh Allohga hamdu sano aytganlaridan so‘ng,» dedilar: «Makkai Mukarramani Alloh taolo muqaddas qilgandir, bu yerda odamlar jinoyat (gunoh) qilgan emaslar, shu boisdan Allohga va oxiratga ishongan kishining bu yerda qon to‘kmog‘i va daraxtlarini sindirmog‘i gunohdir. Agar biror kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Alloh urush qilishga izn bergan-ku?!»—desa, unga: «Alloh taolo o‘zining Rasuliga izn bergan, bizga ruxsat bermagan»,— deb aytingiz! Alloh menga ham bu yerda kunduzi bir soatgina urush qilmoqqa izn berdi, keyin Makkaning kechagi hurmati o‘z o‘rniga qaytdi. Buni eshitganlar eshitmaganlarga yetkazingiz!» Abu Shurayxdan «O’shanda Amr senga ne dedi?»—deb so‘rashdi. «Ey Abu Shurayh, men sendan yaxshi bilaman. Makka gunohkorni qutqarmaydi, qasosdan qochganni qutultirmaydi, o‘g‘rini ham jazodan asramaydi, deb aytdi»,— dedi. Amr, Makkada Abdulloh ibn Zubaydning Yazid xalifaligini tan olmasdan bosh ko‘targanini osiylik deb hisoblab, unga qarshi qo‘shin yubormoqchi bo‘ldi». Abu Bakra raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni eslab, Rasululloh bunday deganlar dedi: «Ushbu kun va oy hurmati, bir-biringizning mol-mulkingizni talamangiz, qoningiz va obro‘yingizni to‘kmangiz. Gapimni eshitganlar eshitmaganlarga yetkazsinlar!» (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
85
8
37. Ibn Abu Mulayka raziyallohu anhudan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning jufti halollari — Oisha onamiz Rasulullohdan bir narsani eshitsalar, yaxshi tushunib olish uchun yana qayta so‘rar edilar. (Bir kuni) Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim oxiratda hisob-kitob qilinsa, azob tortadi»,— dedilar. Shunda Oisha onamiz: «Alloh taolo oyati karimasida «Keyin hisobi yasir (engil hisob) qilgaymiz» degan emasmidi?» — dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Bu bandalarga bir eslatib qo‘yishdir. Ammo kimki hisob-kitobga ro‘baro‘ qilinsa, halokatga uchragay»,— dedilar». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
87
9
36. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: «Ayollar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: «Erkaklar sizdan har kuni ilm o‘rganishadi, bizga ham bir kun ajrating»,— deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kunni tayinlab, o‘sha kun kelgach, ularga va’z nasihat aytdilar, ba’zi diniy ishlarni buyurdilar: «Ey xotinlar, orangizda uchta bolasi o‘lgan birorta ham xotin bo‘lmasa kerak, mobodo bo‘lsa, uni o‘sha bolalari parda bo‘lib do‘zax o‘tidan asraydi»,— dedilar. Shunda bir xotin: «ikkita bo‘lsa-chi?» — dedi. Rasululloh: «ikkita bo‘lsa ham (parda bo‘lgay)»,— dedilar (bu gap otaga ham taalluqlidir)». Shu mazmundagi hadisni Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Balog‘atga yetmagan uchta farzand»,— deb rivoyat qiladilar. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
97
10
35. Umar ibn Abdulaziz Abu Bakr ibn Hazmga bunday deb yozgan edi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgan so‘zlardan nimaiki bo‘lsa, hammasini ko‘rib chiqib, yozib yuborgin, chunki men ulamolarning vafotidan so‘ng ilmning yo‘q bo‘lib ketishidan qo‘rqayapman. Faqat Rasululloh hadislari qabul qilinsin! Ulamolar ilm o‘rgatishga, ilm tarqatishga kirishsinlar, bilmaganlarga o‘rgatsinlar, zero ilm sir tutilmas ekan, halokatga uchramaydi!» Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning «Alloh taolo ilmni bandalardan tortib olmaydi, uni ulamolarni vafot topdirish bilan tortib oladi. Odamlar birorta ham ulamo qolmaganidan so‘ng dinni tushunmaydiganlarni o‘zlariga boshliq qilib oladilar. So‘ng, ulardan so‘raydilar. Ular bilmasdan fatvo aytadilar. O’zlari ham adashadilar, o‘zgalarni ham adashtiradilar» deganlarini eshitganman»,—deb aytgan. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
89
11
34. Abu Hurayra raziyallohu anhudan: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Yo Rasulalloh, qiyomat kunida shafoatingizga loyiqroq odam kim?»—deb so‘radim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Hurayra, hadisga ishtiyoqmandligingni ko‘rib, sendan oldin hech kim bu to‘g‘rida so‘ramasa kerak, deb o‘ylovdim. Chin dildan, ixlos bilan «Lo iloha illallohu Muhammadun rasululloh» degan odam qiyomat kunida shafoatimga muyassar bo‘lguvchidir»,— dedilar». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
426
12
33. Ibn Abbosdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Bilol bilan birga ayollar qoshiga chiqdilar. Bilol: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ayollar gapini eshitmay qoldilar»,—deb o‘ylovdilar. Lekin Rasululloh ayollarga va’z aytdilar, so‘ng ularni sadaqa berishga da’vat qildilar. Ayollar sirg‘a va uzuklarini yechib, Bilolning etagiga tashlay boshladi». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
103
13
32. Abu Burda otasi Abu Musodan eshitib, bunday degan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Alloh taolo uch kishiga ikki barobar ko‘p savob bergay: - kimki ahli kitob (o‘z samoviy kitobiga ega bo‘lgan dinlardan biriga e’tiqod qiluvchilar) bo‘la turib, ham o‘z payg‘ambariga, ham Rasulullohga iymon keltirgan bo‘lsa; - qul bo‘lsa-yu, Alloh va xo‘jayini oldidagi burchini ado etgan bo‘lsa; - kishi o‘z cho‘risiga yaxshi odob-axloq o‘rgatib, odobli va ilmli qilsa, keyin ozod qilib, unga uylansa». Omir ash-Sha’biy Solih nomli kishiga aytdi: «Biz senga bu hadisni sendan hech narsa talab qilmay beryapmiz, arzimagan masalani hal qilish uchun ham Madinaga tuya minib (ya’ni, aziyat chekib) borilar edi». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
116
14
31. Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Gunohi azimlardan bittasi — yolg‘ondan guvohlik bermoqdir»,— deb takror-takror aytaverardilar. Ibn Umar bunday deganlar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh topshiriqlarini sizga yetkazdimmi, deb uch karra qaytarib aytdilar». Anas ibn Molik aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam biror so‘z aytsalar, tushunarli bo‘lsin uchun uch bor qaytarardilar. Salom bersalar, uch marta salom berardilar». Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam safarga chiqqanimizda orqada qoldilar. Namozi asr vaqti edi, biz tahorat olayotgan edik. Shu payt yetib keldilar, oyoqlarimizni suv bilan artayotganimizni ko‘rib, baland ovoz bilan: «O’t azobidan oyoq kaftlarining holiga voy!» —deb uch bor nido qildilar». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
100
15
30. Anas ibn Molikdan: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (jamoat) oldiga chiqdilar (odamlar ezmalanib savol beraverdilar). Abdulloh ibi Huzofa turib: «Mening otam kimdir?» — dedi. «Otang — Huzofa»,— dedilar. Keyin, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «So‘rayveringlar, so‘rayveringlar!»—dedilar. Shunda Umar ibn Xattob raziyallohu anhu tiz cho‘kib o‘tirdilar-da: «Allohni rabbimiz deb bildik, islomni dinimiz deb tan oldik, Muhammad sollallohu alayhi va sallamni payg‘ambarimiz deb tanidik»,— dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam g‘azablaridan tushdilar». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
113
16
29. Abu Mas’ud (Ansoriy) raziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir kishi: Yo Rasulalloh, falonchi namozni cho‘zib yuborganidan namozimni buzib qo‘yishimga oz qoladi»,— dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning va’z aytayotganlaridagi shu kungidan ko‘ra g‘azabliroq holatlarini ko‘rmaganman. O’shanda dedilar: «Ey odamlar, ba’zi biringiz xalqni bezdirmoqdasizlar (qochirib yubormoqdasizlar), endi kimki odamlarga imom bo‘lib (namoz) o‘qiydigan bo‘lsa, yengil qilib o‘qisin, chunki ular ichida kasal, zaif va hojatli kishilar bordir». Zayd ibn Xolid al-Juhaniy raziyallohu anhu aytdilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan bir kishi topib olingan narsa to‘g‘rida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Bir yilgacha pul topib olganingni e’lon qilasan. Egasi kelsa, berasan. Agar kelmasa, o‘zing foydalanaver». U kishi aytdi: «Yo‘qolgan tuyani-chi?» Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunchalik g‘azablandilarki, hatto yuzlari qizarib ketdi: «Tuyaga tegma, u suvsiz ham uzoq yura oladi, oyog‘i bor, suvini topib ichgadi, o‘tini topib yeydi, egasi uni topib olguncha tegma!» Boyagi kishi dedi: «Yo‘qolgan qo‘ynichi?» Rasululloh dedilar: «U seniki yoki birodaringniki va yohud bo‘rinikidir». Abu Muso raziyallohu anhu dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan yomon ko‘rgan narsalari to‘g‘risida ezmalanib so‘radilar. Savol ko‘payib ketgach, g‘azablari keldi va dedilar: «Og‘zingizga kelgan narsani so‘rayveringlar!» Bir kishi dedi: «Mening otam kim, yo Rasulalloh?» «Otang — Huzofadir»,— dedilar. Ikkinchi bir kishi turib so‘radi: «Mening otam-chi?» «Otang — Salim, ozod qul»,— dedilar. Hazrat Umar raziyallohu anhu Rasulullohning yuzlaridagi g‘azabni ko‘rgach: «Biz Alloh azza va jallaga tavba qilamiz (sizni xafa qilib qo‘yganimiz uchun)»,— dedilar». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
115
17
28. Umar ibn Xattob aytadilar: «Men va Baniy Umayya ibn Zayd qabilasidan bir ansoriy qo‘shnim Rasululloh huzurlariga galma-gal qatnar edik. Bir kun men borardim, bir kun u borardi. Men borsam, qaytib kelgach, qo‘shnimga o‘sha kuni payg‘ambarimizga kelgan vahiy va boshqa xabarlarni aytib berar edim. U borsa, qaytib kelgach, menga aytib berar edi. Bir kuni (shu kun qo‘shnimning navbati edi) qo‘shnim eishgimni qattiq taqillatib, «Umar bormi?» — dedi. Men qo‘rqib ketdim, shoshib oldiga chiqdim. «Juda qiziq voqea sodir bo‘ldi— dedi u — Madinaga borib, qizim Hafsani ko‘rgani kirdim. Hafsa yig‘lab o‘tirgan ekan. «Rasululloh sizlarni taloq qildilarmi?»—dedim. «Bilmayman»,— dedi. Rasululloh huzurlariga kirdim, tik turib: «Xotinlaringizni taloq qildingizmi?» — dedim. Rasululloh: «Yo‘q»,— dedilar. «Allohu akbar»—dedim (ansorlar haqida bilmay nomaqbul gap aytib qo‘ygani uchun Rasululloh xotinlariga: «Bir oy aloqa qilmayman»,—degan edilar). (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
104
18
27. Uqba ibn Hars raziyallohu anhu sahoba Abu Ihobning qiziga uylandi. Shunda bir xotin kelib, Uqbaga: «Men seni ham, sen uylanayotgan qizni ham emizganman»,— dedi. «Men sizning meni emizganingizni bilmayman, menga aytgan ham emassiz»,— dedi Uqba. Shundan so‘ng, Uqba Madinaga, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, bu to‘g‘rida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qanday xotin qilasan, razoi emikdosh singling deb senga aytibdi-ku axir!?» — dedilar. Ajratib qo‘ydilar, qiz boshqa erga tegib ketdi. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
93
19
26. Sahoba Molik: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Boringiz endi, uyingizga qaytib, oila a’zolaringizni ham o‘rgatingiz!» — deb bizga aytdilar»,— degan. Abd ul-Qays qabilasidan kelgan mehmonlar: «Biz Rajab oyidagina kela olamiz, jannatga kirgizadigan bir amalga buyuring!» — deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam to‘rt narsaga amal qilmoqni va to‘rt narsani qilmaslikni buyurganlari to‘g‘risidagi hadis shu o‘rinda takroran keltirilgandir. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
107
20
25. Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan Hajjat ul-Vido’da turganlarida so‘radilar: «Shaytonga tosh otmasdan avval qurbonlikka atalgan ko‘yimni so‘yib qo‘yibman!» Rasululloh «zarari yo‘q» ma’nosida qo‘llari bilan ishora qildilar. Birov so‘radi: «Qurbonlik qo‘yni so‘ymasdan avval soch oldiribman?» Rasululloh «zarari yo‘q» deb qo‘llari bilan ishora qildilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh: «Ilm yo‘qoladi, nodonlik kuchayadi, fitnalar sodir bo‘ladi, harj ko‘payadi» dedilar. «Yo Rasulalloh, xarj nima?»— deb so‘radilar. Rasululloh «Qotillik» degan ma’noda qo‘llarini bo‘g‘izlari ustidan yurgizdilar. Asmo (Abu Bakr qizi) bunday deganlar: «Oisha singlimnikiga bordim. Namoz o‘qiyotgan ekan. Odamlarga nima bo‘ldi, desam, osmonga ishora qildi (odamlar kun tutilganda namoz o‘qishayotgan ekan). «Bu (qiyomat) belgisimi?»—dedim. «Ha»,— deb boshini qimirlatib qo‘ydi. Men ham ko‘zim tinib ketguncha namoz o‘qidim, so‘ng (o‘zimga kelishim uchun) boshimga suv quya boshladim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hamdu sano aytib dedilar: «Birorta ko‘rmagan narsam qolmadi, illo mana shu tik turgan joyimda hamma narsani, hatto jannat va do‘zaxni ham ko‘rdim. Menga: «Sizlar qabrlaringizda Dajjol fitnasidek yoki shunga o‘xshash bir sinovdan o‘tasizlar»,— degan vahiy keldi. Sinov vaqtida: «Bu kishini taniysanmi?» — deb so‘raladi. So‘roq qilinayotgan odam chin iymonli bo‘lsa, «Bu kishi Muhammad sollallohu alayhi va sallam, bizga Allohning hidoyatini olib kelgandir, mo‘‘jizalar ko‘rsatgandir, biz qabul qilganmiz»,— deydi va yana uch marta «Muhammad alayhissalomdir»,— deb qaytaradi. «Qilgan yaxshiliklaring rohatini ko‘rib uxlayver, biz chin iymonli ekaningni bildik»,— deyiladi. Ammo so‘roq berguvchi munofiq bo‘lsa, «Bilmayman, odamlardan nimadir eshituvdim, shuni aytdim-da (ya’ni, bu kishi payg‘ambar, deb aniq ayta olmaydi)»,— deydi». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss
106