en
Feedback
Islom va Hadis

Islom va Hadis

Open in Telegram

“Islom va hadis” ilmiy - ta’limiy kanal.

Show more
259
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-13430 days
Posts Archive
24. Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlarning savollariga javob bermoq uchun Minodagi (qurbonlik qilinadigan joydagi) Hajjat ul-Vido’ oldiga kelib to‘xtadilar. Bir kishi kelib dedi: «Yo Rasulalloh, qurbonlik qilmoqdan oldin bilmay sochimni oldirib qo‘yibman». Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Endi so‘yaver, zarari yo‘q»,— dedilar. Boshqa bir kishi kelib dedi: «Shaytonga tosh otmasdan avval bilmasdan qurbonlik qilib qo‘yibman». «Endi otaver, zarari yo‘q»,— dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlarning «bunday qilib qo‘yibman, unday qilib qo‘yibman» degan savollariga javob berdilar. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

23. Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladi: Rasululloh aytganlar: «Tushimda menga bir idishda sut keltirildi, qongunimcha ichdim, hatto tirnoqlarim ostidan sut chiqqanini ko‘rdim, so‘ng qolganini Umar ibn Xattobga berdim». Sahobalar so‘radilar: «Yo Rasulalloh, sutni nimaga yo‘ydingiz?» «Ilmga»,— dedilar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

22. Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Ilmga e’tiborsizlik, johillik, araqxo‘rlik va zinokorlikning ommaviy tus olmog‘i qiyomat alomatlaridandir». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Men sizlarga bir hadis aytib beray. Mendan keyin buni sizga hech kim aytib bermaydi. Rasululloh quyidagilar qiyomat alomatlaridir, deganlar»,— dedilar: - ilmning susaymog‘i; - jaholatning kuchaymog‘i; - zinoning avj olmog‘i; - xotinlarning ko‘paymog‘i; - erkaklarning ozaymog‘i. Hatto 50 nafar xotinga 1 nafar erkakning boshchilik (erlik) qilmog‘i». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

21. Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Alloh taolo menga yuborgan hidoyat (Alloh taolo bandalariga ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l, yo‘llanma) singari ilm ham ko‘p yoqqan yomg‘irga o‘xshaydi. Ba’zi yer sof, unumdor bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga singdiradi-da, har xil o‘simliklar va ko‘katlarni o‘stiradi. Ba’zi yer qurg‘oq, qattiq bo‘lib, suvni emmasdan o‘zida to‘playdi, undan Alloh taolo bandalarini foydalantiradi: odamlar suvdan ichadilar, hayvonlarini va ekinlarini sug‘oradilar. Ba’zi yer esa tekis bo‘lib, suvni o‘zida tutib qolmaydi, ko‘katni ham ko‘kartirmaydi. Bularni quyidagicha muqoyasa qilish mumkin: Bir kishi Alloh ilmini (islomni) teran o‘rganadi, teran tushunadi va undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni o‘zi o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatadi. Ikkinchi bir kishi ilm o‘rganib, odamlarga o‘rgatadi. Ammo o‘zi amal qilmaydi. Uchinchi bir kishi mutakabbirlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydi, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bulardan birinchisi mo‘‘min, ikkinchisi fosiq, uchinchisi kofirdir». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

20. Ilm olmoq niyatida safar qilish. Bu xususda Muso va Xizr alayhissalomlar qissasi Qur’oni Karimda bayon qilingan. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

19. Abdulloh ibn Abbos aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Minoda (Makkada qurbonlik keltiriladigan joyda) namoz o‘qib turgan edilar, qibla tomon to‘sib qo‘yilmagan edi. Men balog‘atga yetay deb qolgan yigitcha edim. Bir urg‘ochi eshak minib, namoz o‘qiyotganlar oldidan o‘tdim, keyin eshakni o‘tlatgani qo‘yib yubordim-da, namoz o‘qidim. Shu qilmishim uchun hech kim menga tanbeh bermadi». Sahoba Mahmud ibn Rabi’ aytganlar: «5 yoshimda Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning paqirdan bir xo‘plam suv olib, yuzimga purkab yuborganlarini eslayman». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

18. Abdulloh ibn Abbos aytganlar: «Janob Rasululloh sollallohu alayhi va sallam meni quchoqlab turib: «Ilohi, bunga Qur’oni Karimni yod olmoqni va tushunmoqni muyassar aylagaysan!» —deb duo qildilar». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

17. Muso alayhissalomning Xizr bilan uchrashganlari xususida Alloh taoloning oyati karimasida bunday deyilgan: «Alloh bergan ilmdan menga o‘rgatmog‘ingiz uchun sizga ergashsam maylimi?» Ibn Abbos bilan al-Harr ibn Qays Muso alayhissalom bilan uchrashgan kishiga (ya’ni, Xizrga) qiziqib qoldilar. Ibn Abbos: «Xizr bilan uchrashganlar»,— dedi. Shu payt ularning yonidan Ubay Ibn Ka’b o‘tib qoldi. Ibn Abbos uni chaqirib: «Biz Harr bilan ikkimiz Muso alayhissalomga yo‘liqqan kishi to‘g‘risida tortishib qoldik. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan shu to‘g‘rida eshitganmisiz?» — dedi. «Ha, eshitganman,— dedi Ubay,— Muso alayhissalom Baniy Isroil qavmlaridan bir to‘dasining ichida turgan ekanlar, bir kishi kelib: «O’zingizdan olimroq biror kishi borligini bilasizmi?»,— deb so‘rabdi. Muso alayhissalom: «Yo‘q» deb javob berdilar. Alloh taolo Musoga: «Ha, Xizr degan bandam bor»,— deb vahiy qildi. Muso alayhissalom Xizr bilan uchrashmoq yo‘lini so‘radilar. Alloh taolo hut uchrashuv alomati bo‘lajagini bildirdi. «Hut ko‘zingdan g‘oyib bo‘lgach, orqangga qayt, Xizr bilan uchrashgaysan»,—deyildi. Muso alayhissalom dengiz bo‘ylab hut ortidan keta boshladilar. Bir vaqt Muso alayhissalomga g‘ulomlari: «Qoyatosh oldiga borib to‘xtaganimizda, meni shayton adashtirib, hutni yo‘qotdim»,— dedi. Muso alayhissalom: «Bizga xuddi shu kerak edi»,— dedilar. Xizrni izlab orqaga, qoyatosh tomonga qarab yurdilar. U yerda Xizrni topdilar va Qur’oni Karimda Alloh aytib bergan Muso va Xizr voqeasi sodir bo‘ldi». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

16. Hazrat Umar raziyallohu anhu bunday deganlar: «Boshliq bo‘lmasingizdan avval ilmni chuqur o‘rganing! Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sahobalari yoshlari ulg‘ayganda ham ilm o‘rganganlar». Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ikki narsadan o‘zgasiga hasad qilmoq joiz emas, biri — kishiga Alloh taolo halol mol-dunyo bersa-yu, uni Haq yo‘lida sarflayotgan bo‘lsa, ikkinchisi :— kishiga Alloh taolo ilmu hikmat ato etsa-yu, u shu tufayli oliy maqomga erishib, odamlarga bilganini o‘rgatayotgan bo‘lsa»,— deganlar. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

15. Mujohid bunday deganlar: «Ibn Umar bilan Madinaga birga ketdim. Yo‘lda u Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislaridan bittasini aytib berdi. U bunday dedi: «Rasululloh yonlarida edik, xurmo yog‘i keltirib qoldilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Daraxtlar orasinda bir daraxt bordir, u musulmonga o‘xshaydi», — dedilar. Men: «Xurmo»,— deb aytmoqchi bo‘ldim-u, lekin hammadan yosh bo‘lganim uchun indamadim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning o‘zlari: «Bu xurmo daraxtidir»,— deb aytdilar». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

14. Muoviya raziyallohu anhu xutbada turib ushbu so‘zni Rasulullohdan eshitganman, deb aytdilar: «Alloh taolo kimga yaxshilikni ravo ko‘rsa, uni faqih (din olimi) qilgay, qasamyod qilib aytamanki, Alloh buni menga nasib aylaydi. Islom ummati Haq dini yo‘lida sobit bo‘lsa, toki Alloh taoloning o‘zi istamas ekan, ularga dushmanlik qilayotganlarning zarari tegmaydi». (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

13. Abdulloh ibn Mas’ud odamlarga payshanba kuni va’z aytar edilar. Bir kishi ularga dedi: ”Ey Abdulloh, har kuni va’z aytishingizni juda ham istardim”. Abdulloh dedilar: ”Sizlarga malol kelib qolishini istamasligim kunda va’z aytishdan meni qaytaradir. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizlarga vaqti-vaqti bilan va’z aytganlaridek, men ham sizlarga vaqti-vaqti bilan va’z ayturmen”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

12. Ibn Mas’ud raziallohu anhu aytganlar: ”Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bizga malol kelmasin deb, va’z aytmoq uchun ma’lum kunlarni belgilab qo’ygan edilar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: ”Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz! Xushxabar aytingiz, qiziqtiringiz, nafratlantirmangiz (o’zingizdan bezdirmangiz)!” - deganlar” (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

11. Alloh taolo oyati karimasida: ”Bilgil, Alloh yakkayu yagonadir”, - degan so’zini ham “bil” degan so’z bilan boshlagan. Olimlar—payg’ambarlarning merosxo’rlari, ilmni payg’ambarlardan o’rganishadi. ”Kimki ilm olgan bo’lsa, payg’ambar alayhissalomdan to’liq meros olibdir”, - degan hadisda ham ilm olish kerakligi uqtirilgandir. ”Kimki ilm istab qadam qo’ysa, Alloh taolo unga jannat yo’lini oson qilg’aydir”, - deyiladi boshqa hadisda. Alloh taolo oyati karimasida: ”Allohdan uning olim bandalari haqiqatdan ham qo’rqqaydirlar”, - deyilgan. Ikkinchi bir oyatda : ”Bu so’zlarni faqat olimlar tushingaydir”, deyilgan bo’lsa, boshqalarida “Do’zaxiylar: ”Agar tinglab, fikr yuritganimizda erdi, do’zax ahlidan bo’lmagan bo’lur erdik”, - deyishadi”, “Bilganlar bilan bilmaganlar tengmi?” deyilgan. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: ”Kimgaki Alloh taolo yaxshilikni ravo ko’rgaydir, uni din ilmidan bahramand qilg’aydir, ilmga ilm olmoq yo’li birlan erishilg’aydir”, deganlar. Sahoba Abu Zarr: ”Agar qilichni mana bunga(bo’yinga) qo’ysangizu bo’ynimni uzib yubormasingizdan avval men Rasulullohdan eshitgan so’zlarimdan birortasini aytib ulgurmog’imni bilsam, ayitb olar erdim”, - degan ekanlar. Ibn Abbos: ”Kunu rabboniyna!”, ya’ni “Rabboniy bo’lingiz!”, - degan Alloh buyrug’ini “Halim va faqih bo’lingiz!”, - deb tarjima qildilar. Imom Buhoriy: ”Rabboniy degani odamlarni katta ilmlardan avval kichik ilmlar birlan tarbiyalagan kishidir”, - deganlar. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

10. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam jilovini bir kishi ushlab turgan tuya ustida o’tirgan xolda va’z aytdilar: ”Bugun qaysi kundir?” - dedilar. Hammamiz jim qoldik va bugunning boshqa nomini aytsalar kerak, deb o’yladik. “Qurbon hayiti kuni emasmidir?” - dedilar. “Ha, shunday”, - dedik. “Bu oy qaysi oydir?” - deb so’radilar. Hammamiz jim qoldik. Biz bu oyning boshqa ismini aytsalar kerak, deb o’yladik. “Zulhijja oyi emasmidir?” - dedilar. “Ha, shunday” - dedik. Rasululloh dedilar: ”O’zaro qon to’kishingiz, talon-taroj qilishingiz, obro’ingizni to’kishingiz, xuddi shu kun va shu oyda va shu joyda yomonlik qilish qanday harom bo’lsa, shunday haromdir. Eshitganlar, eshitmaganlarga shu xususda yetkazsinlar! Chunki shu yerda bor kishi o’zidan ko’rqa hadisni yodda saqlovchiroq kishiga yetkazsa, ajab ermas”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

9. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam majlisda o’tirgan edilar. Uch kishi kirib keldi. Ulardan ikkitasi Rasulullohga yuzlanib, to’xtab qoldi, bittasi esa, qaytib ketdi. Qolgan ikki kishidan biri davradagi bo’sh o’rinni ko’rib, o’sha yerga borib o’tirdi. Ikkinchisi esa, davraning chekkasiga asta kelib o’tirdi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam so’zlab bo’lgach, dedilar: ”Uch kishi to’g’risida sizlarga xabar aytaymi? Birinchisi Alloh Rasuluning majlisidan joy oldi. Alloh taolo unga oxiratda (Arsh soyasidan) o’rin bergaydir, ikkinchisi esa (qaytib ketishdan uyaldi), Alloh taolo ham (uni azoblashdan) uyalgaydir. Ammo uchinchisi majlisdan yuz o’girdi. Alloh taolo ham undan yuz o’girdi”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

8. Sahoba Anas aytadilar: ”Usmon raziallohu anhu Mushaf (Qur’on)ni ko’paytirib, atrofdagi mamlakatlarga yubordilar”. Abdulloh ibn Umar, Yahyo ibn Sa’id va Imom Molik: ”Shundoq qilmoq joiz”, - dedilar. Bir necha Hijoz ulamolari Rasululloh sallolohu alayhi va sallamning hadislarini maktubga qo’shib, maxfiy ishlar boshlig’iga berdilar va “Falon joyga yetib borganingdan keyin o’qirsen”, - dedilar. Tayinlangan joyga borgach, u maktubni odamlarga o’qib berdi va ularni payg’ambarimizning amrlaridan boxabar qildi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bir xat yozib, uni Bahrayn boshlig’I orqali fors boshlig’iga yetkazmoqni buyurdilar. Fors boshlig’I xatni o’qib yirtib tashladi. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

7. Hasan Basriy, Sufyon as-Savriy va Imom Molik: ”Bu joizdir”, - deganlar. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam huzurlariga Zimom ibn Sa’laba degan sahoba kelib aytdi: ”Alloh sizga besht vaqt namoz o’qimoqni buyurdimi?” “Ha”, - dedilar Rasululloh sallolohu alayhi va sallam. Ushbu so’zni Zimom o’z qavmiga borib, Rasulullohdan deb rivoyat qildi. Odamlar uni Rasulullohdan deb qabul qildilar. Ba’zi kishilar Qur’on muallimiga o’zlari bilgan oyatlarni o’qib berib, tasdiqdan o’tgach, falonchidan Qur’on o’rgandim, deb unga nisbat beradir (quyidagi hadis buning dalilidir). Anas ibn Molik aytadilar: ”Majlisda Rasululloh sallolohu alayhi va sallam bilan o’tirgan edik. Bir kishi tuya minib keldi-da, tuyasini masjidga cho’ktirib, tushovladi. Keyin dedi: ”Qaysi biringiz Muhammad alayhissalomsiz?” Rasululloh sahobalar o’rtasida suyanib o’tirgan edilar. “Mana bu suyanib o’tirgan oq yuzli kishi”, - deb ko’rsatdik. Rasulullohga qarab: ”Mutallibning o’g’limisiz?” - deb so’radi. ”Ha”, - dedilar. Shunda u Rasulullohga qarab: ”Men sizdan ba’zi bir narsalarni jiddiy so’raydirmen, mendan hafa bo’lmangiz”, dedi. ”So’rayvering”, - dedilar Rasululloh. ”Sizning va sizdan avvalgilarning Robbini o’rtaga qo’yib so’raydirmen, sizni Alloh odamlarning barchasiga payg’ambar qilib yubordimi?” deb so’radi. ”Ha”, - dedilar Rasululloh. ”Allohga qasamyod etib sizdan so’raydirmen, 5 vaqt namoz o’qimog’imizni Alloh buyurdimi?” - dedi. ”Ha”, - dedilar Payg’ambarimiz. ”Allohni o’rtaga qo’yib so’raydirmen, boylardan zakot olib, faqirlarga bo’lib bermoqni sizga Alloh buyurdimi?” - dedi. ”Ha ”, - dedilar. ”Allohni o’rtaga qo’yib so’raydirmen, yilda bir oy ro’za tutmoqni Alloh buyurdimi?”, - deb so’radi. ”Ha”, - dedilar. Shundan so’ng u kishi dedi: ”Men siz olib kelgan narsalarga iymon keltirdim. Men o’z qavmim yuborgan vakildirmen, ismim Zimom ibn Sa’laba, Sa’d ibn Bakr qabilasidanmen”. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

6. Alloh taolo oyati karimasida: ”Yo Robbiy, ilmimni ziyoda qilgin, deb so’ra!”, - deydi. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss

5. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar: ”Daraxtlar orasinda bir daraxt bordir, bargini tashlamaydir, u musulmonga o’xshaydir (ya’ni, musulmonlik daraxtning bargi iymondur). Aytingizchi, bu qaysi daraxtdir?” Odamlar o’z qishloqlaridagi barcha daraxtlarning nomlarini ayta ketdilar. Abdulloh ibn Umar atadilar: ”Ko’nglimga, bu xurmo daraxti bo’lsa kerak, degan fikr keldi (uyalib aytmadim, aytishga uyaldim)”. Odamlar: ”O’zingiz aytib bering, yo Rasululloh”, - deyishdi. Rasululloh sallolohu alayhi va sallam: ”U xurmo daraxtidir”, - dedilar. (Sahihi Buxoriy. 1-jild) 2-ILM KITOBI @Islom_hadiss