cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

NavDPI_YI

YOSHLAR KELAJAK BUNYODKORI 📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚 -O'zbekiston Yoshlar ittifoqi va NavDPI o'quv- ijtimoiy faoliyati, http://instagram.com/Akmal_Najmiddinovich 📫Yoshlar yetakchisiga murojaat qiling @Akmal_Najmiddinovich ☎️tel:942536868

Show more
Uzbekistan19 733The language is not specifiedEducation44 449
Advertising posts
2 304
Subscribers
-924 hours
-377 days
+1330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#9_may #Xotira_ulug’_qadr_muqaddas Rus va qozoq filologiyasi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Aliyev va tyutorlar Ikkinchi jahon urushi fronti ortida mehnat qilgan 88-yoshli onaxon Umarova Saida hamda 89 yoshli Nina Fyodorovnalar holidan xabar olishdi. Faxriy onaxonlar o‘sha davrning og‘ir sinovlari va urushning ayanchli oqibatlari haqida o‘z hayotiy kechinmalari haqida so‘zlab berar ekanlar, bugungi dorilomon kunlarga shukronalik keltirib, Yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan keng-ko‘lamli islohotlar, shu bilan birga qariyalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va ehtirom uchun tashakkur izhor qilishdi.
👀Bizni kuzatishda davom eting
™️:@NavDPI_Rasmiy
Show all...
Repost from Edu.uz
#Matbuot_anjumani 📢 E’LON! Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimot davomida belgilab berilgan vazifalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida 8-may kuni soat 14:00 da matbuot anjumani o’tkaziladi. Anjuman tafsilotlari vazirlikning feysbukdagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi. Barcha OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz. 📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 7-uy
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
📹#OAV_nigohida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi
🎞Tafsilotlar:“Diyor 24” axborot dasturida
Bizni kuzatishda davom eting:
@NavDPI_Rasmiy
Show all...
👍 2
Hurmatli talabalar, ishchi-xodimlar !!! 🔹Navoiy davlat pedagogika institutida yakuniy va oraliq nazorat imtihonlari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan vazifalarni topshirish, o‘quv va boshqa jarayonlarda korrupsion holatlarga duch kelsangiz, @Navdpi_anticor_bot telegram boti yoki +998934607755, +998919889821 telefon raqamlari orqali anonim xabar qoldirishingiz mumkin. Xabar bergan murojaatchining shaxsi qat’iy sir tutiladi!
👀Bizni kuzatishda davom eting: @NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
Show all...
👍 1 1
👍 1
#ilmiy_faoliyat O'zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta'lim yo'nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi tomonidan faoliyati yo'lga qo'yilgan "Badiiy ta'lim va pedagogika" Respublika jurnalining 1-sonida Navoiy davlat pedagogika instituti dekan o'rinbosari N.Umarovning "Iqtidor va qobiliyat - shaxs kamolotining mezonidir", doktarant M.Qayumovaning "Oliy ta’lim muassasalarida botanika fanini o‘qitishda integrativ ta’limning joriy etilishi va maktab amaliyotiga tadbiq etish (botanika va fizika misolida)", Rus va qozoq filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi N.Qayumovaning "Способы повышения познавательной активности обучающихся на уроках русского языка и литературы при помощи интерактивных методов и приёмов обучения" nomli maqolalari nashr etildi. @NavDPI_YI
Show all...
👍 4
9 nafar maktab bitiruvchisi institutga o‘qishga qabul qilinadigan bo‘ldi
Joriy yilning 25-aprel-3-may kunlari Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Maktab va maktabgacha ta’lim boshqarmasi hamkorligida fizika, kimyo, biologiya fanlaridan oliy ta’lim muassasalarining ko‘p tarmoqli olimpiadasi o‘tkazildi. biologiya fanidan 🥇Navoiy shahar 16-maktab o‘quvchisi Botirova Aziza I-o‘rin, 🥈Navbahor tumani 19-maktab o‘quvchisi Shodiyev Doston II-o‘rin, 🥉Navbahor tumani 1-maktab o‘quvchisi Boypo‘latova Mohlaroyim III-o‘rinni egalladi. kimyo fanidan 🥇Konimex tumani kasb-hunar maktab o‘quvchisi Davletova Guzal I-o‘rin, 🥈Nurota tumani 6-maktab o‘quvchisi Baxronova Durnigor II-o‘rin, 🥉Navbahor tumani 19-maktab o‘quvchisi Amonova Zuhra III-o‘rinni qo‘lga kiritdi. fizika fanidan 🥇Nurota tumani 34-maktab o‘quvchisi Sayfullayev Dilmurod I-o‘rin, 🥈Qiziltepa tumani 28-maktab o‘quvchisi Yo‘ldosheva Zarina II-o‘rin, 🥉Zarafshon shahri 13-maktab o‘quvchisi Tohirova Hamida III-o‘rinni egalladi. ™️:@NavDPI_Rasmiy
Show all...
👍 4
#SPORT_SINOVLARI #Jarayon Sog’ tanda — sog’lom aql Davlatimiz rahbarining “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi qaroriga asosan Navoiy davlat pedagogika instituti talabalar oʻrtasida sport sinovlari belgilangan grafikka muvofiq fakultetlarda davom etmoqda. Jumladan, Rus va qozoq filologiyasi fakulteti talabalari uzunlikka sakrash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, chalqancha yotgan holatda gavdani 90° koʻtarib tushirish kabi sport normativlarini topshirishdi.
Bizni kuzatib boring ™️:@NavDPI_Rasmiy
Show all...
👍 1
#Xushxabar #bizning_shunday_faxrli_o‘quvchilarimiz_bor AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHISI 380 MING DOLLARLIK GRANT SOHIBI BO‘LDI Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyining xorijiy-filologiya yo‘nalishi o‘quvchisi Marjona Usmonova IELTS dan 7 ball olib muddatidan oldin talaba bo‘ldi. Quvonarlisi shundaki, u 10 ta nufuzli xorijiy universitetlardan oʻqishga taklif oldi. Jumladan, Pennsylvania State University, Colorado State University, Arizona State University, University of Cincinnati, University of Arizona, University of Missouri, Drake University, Clemson University, Alfred University va University at Albany — umumiy hisobda 380 ming AQSH dollarlik grantni yutib oldi.
Qo‘lga kiritgan ushbu muvaffaqiyat bilan Marjona Usmonovani va unga ta’lim-tarbiya bergan ustozlarini samimiy tabriklaymiz!
👀Bizni kuzatishda davom eting:
@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
Show all...
7👍 2
#xotira NOMINGIZ DILLARDA MANGU YASHAYDI
Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, ayniqsa ulug' vatan urushi qatnashchilariga bo'lgan e’tibor diqqat markazimizda bo'lib kelmoqda.
Joriy yilning 4-may kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida “9-may xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda ikkinchi jahon urushi qatnashchisi: Stalingrad, Ukraina, Belarus, Polsha, Germaniyadagi janglarda ishtirok etgan Pirnazar bobo Turdiyev ishtirok etdi. Pirnazar bobo talabalarga o‘z xotiralarini ulashdi, bugungi tinchlikni qadriga yetish, uni asrab avaylash lozimligini uqtirdi.
Hozirda Pirnazar bobo 104 yoshda. — “Sog‘lom bo‘lishning “dorisi” – mehnat. Odam mehnat qilsa, chidamli bo‘ladi", – deydi Pirnazar bobo.
Bizni kuzating ™️:@NavDPI_Rasmiy
Show all...
👍 5