en
Feedback
𝙰𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚟𝚊 𝙜𝚊𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚒𝚕𝚖𝚕𝚊𝚛 𝙰𝚔𝚊𝚍𝚎𝚖𝚒𝚢𝚊𝚜𝚒

𝙰𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚟𝚊 𝙜𝚊𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚒𝚕𝚖𝚕𝚊𝚛 𝙰𝚔𝚊𝚍𝚎𝚖𝚒𝚢𝚊𝚜𝚒

Open in Telegram

❗Manbasiz olmang❗ 🚫izohda REKLAMA🚫 🔹Arab tili va İslomiy ilmlar 🔹Fiqhiy masalalar 🔹Hikmatlar, tarjimalar va qiziqarli xulosalar. avanilmlar.info

Show more
5 124
Subscribers
No data24 hours
-17 days
+15130 days
Posts Archive
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Qadrli yurtdoshlar, ahboblar, va'da qilganimizdek, darslarga kirishdik. Qisqa bo'lsada bugun birinchi videoni tayorlab joylashga muvaffaq bo'ldik. Endi biroz tezlatishga ham harakat qilamiz, videolar qisqa-qisqa zeriktirmaydigan bo'lishiga harakat qilamiz. Darslardan foydalaning layk va ijobiy izohlar bilan qo'llab quvvatlab turing, Alloh sizni ham qo'llasin! Darslar quyidagi platformalarda berib boriladi: 🛒 https://youtu.be/Xq_4-w_mTKM?si=_TxmmaSNnamqu1z4 1⃣ https://www.instagram.com/reel/DeK9GcYsLyE/?stkn=aTFkeGFzeGF4MQ== 1⃣ https://www.facebook.com/share/v/1GiJZqTKjE/?mibextid=wwXIfr 1⃣ https://vt.tiktok.com/ZSbq8HLnn/ 📱 https://www.threads.com/share/BAbE9Oq8mj/ 😎 https://x.com/r_hanafiy/status/2107743031243800737?s=46 Alloh tavfiq egasidir!

Savol-javoblar - Darslar qaysi platformada bo'ladi? - Instagram, youtube, facebok va tik tok platformalarida bo'ladi. - Bu platformaga "eshitdim" yoki biron belgi-nishon yozib yo'qlama qilish kerakmi? - Ha. - Har bir rolikka layklar ham qo'yish kerakmi? - Qo'ysangiz hursand bo'lamiz, o'samiz. Ma'rifatni o'soshiga hissa bo'ladi. - Menda bu pkatformalarni hammasi bo'lmasachi? - O'zingizda bor platformadan (youtube yo insta) izohiga yozasiz. - Eshitdim deb yozganim yo belgi-nishon qo'yganimni maxsus telegram guruhida ham bildirib borishim kerakmi? - Ha, guruh o'zi shu kabi yo'qlamalar, ijoza va shahodatnomalar uchun ismlarni olish uchun ochilgan.

🔊 Yangi silsilaviy darslar: Mashhur "Istivo Ma'lumdur" – kitobi bo'yicha olib boriladi. Kitob e'on rasmida aks etgan. Biznin
🔊 Yangi silsilaviy darslar: Mashhur "Istivo Ma'lumdur" – kitobi bo'yicha olib boriladi. Kitob e'on rasmida aks etgan. Bizning ushbu darslarimizdan maqsad – ummat g‘ami bilan yashash, uning yakdilligini ta’minlash va zimmamizdagi ilmiy omonatni Alloh oldida ado etishdir. So‘nggi davrlarda ayrim masalalarning noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida musulmonlar bir-birlarini bid’at va zalolatda ayblashlari, ixtiloflarni chuqurlashtirish holatlari ko‘payib bormoqda. Bu kursda biz aynan Allohning Ism va Sifatlari mavzusida paydo bo‘lgan tafovutlarni ilmiy yondashuv bilan yoritamiz. Salaflar va keyingi ulamolarning qarashlarini tahqiq qilamiz hamda bu boradagi ixtilof qat'iy emas, zanniy masalalardan ekanini yoritamiz. Xususan, Ibn Taymiyya rahimahulloh tomonidan ilgari surilgan taqrirlarga va jumhur ulamolarning yondashuviga ilmiy mezonlar bilan nazar tashlaymiz. Bu masalada jumhur ulamolar orasida ikki xil qarash bo‘lsa-da, aslida ular Ahli Sunnat val Jamoat doirasida bo‘lib kelganini ko‘rsatamiz. 📖 Darsda siz nimalarni o‘rganasiz? ✅ Ism va sifatlar borasida Salaf va xalaf ulamolarining manhajlari ✅ Ibn Taymiyya rahimahullohning yondashuvi va jumhur ulamolar qarashlari ✅ Bu masalalar qanday qilib ummatni bo‘lish emas, balki birlashtirishga xizmat qiladi ✅ Ixtilofni qanday to‘g‘ri tushunish va unga munosabat 📌 Dars kimlar uchun? 📌 Arab tilini bilgan bilmagan barcha musulmonlar uchun 📌 Islomiy ilmlar bilan shug‘ullanayotgan har bir musulmon 📌 Dinni chuqurroq anglashni istagan talabalar 📌Ummatni birlashtirish yo‘lida ilmiy dalillarga asoslangan tushunchaga ega bo‘lishni istaganlar 📚 Darslar ij. tarmoqlarimizda ommaga taqdim etiladi! Inshaalloh, darslardan barchangiz foydalanishingiz mumkin. 🎓 Ijoza olish shartlari: ▫Maxsus guruhga qo‘shilish — 100 000 so‘m ▫Darslarni tinglab, har bir dars ostida «eshitdim» deb izoh qoldirish ▫Izohlarni Instagram, Facebook, TikTok va YouTube sahifalarimizda qoldirib borish ▫Darslar yakunida elektron shaklda ijoza beriladi ✹ Ilmni tinglang, o‘rganing va ijoza bilan yakunlang! 📩 Faoliyat guruhiga o'tish uchun hoziroq murojaat qiling, telgram: @Amaliymaaliy

Kurslarimizni jonli videoda chiqib , kitobni qolimga olib dars o'tkazishni fikr qilgandim. Lekin buni ishi, mashmashasi ko'p
Kurslarimizni jonli videoda chiqib , kitobni qolimga olib dars o'tkazishni fikr qilgandim. Lekin buni ishi, mashmashasi ko'p ekan. İnternetimizni ham biz turgan joyda kuchaytirib bo'lmas ekan, youtubega ham kompyuter orqali streem qilishni tajriba qilib ko'rdim, ovoz yaxshi bormayabdi, telegramda kechikib kelyabdi. Bularni obs orqali qilgandim. Xullas shunaqa gaplar. Endi bir necha kitoblarni o'z ichiga oladigan muyyan nishonni ko'zga oladigan katta bir kurs ochishni niyyat qilganman. Buni vedeoli qilib yonimda doska ishlatib o'taman darslarni deb fikr qilib turibman. Fikr-mulohzalar, foydalar, taklifu tavsiyalar, yordamu qo'llovlar bo'lsa izohda yozishingiz mumkin. ☺

المعاجم اللغوية مرتؚة ؚحسؚ تاريخ الوفاة Arabcha lug'at kitoblari, yillar tartibi bilan. 1. العين: الفراهيدي (توفي عام ١٧٠هـ /
المعاجم اللغوية مرتؚة ؚحسؚ تاريخ الوفاة Arabcha lug'at kitoblari, yillar tartibi bilan. 1. العين: الفراهيدي (توفي عام ١٧٠هـ / ٧ٚيم). 2. الجمهرة: اؚن دُريد (توفي عام ٣٢١هـ / ٩٣٣م). 3. الؚارع: أؚو علي القالي (توفي عام ٣٥يهـ / ٩ي٧م). 4. تهذيؚ اللغة: الأزهري (توفي عام ٣٧٠هـ / ٩ٚ٠م). 5. الصحاح: الجوهري (توفي عام ٣٩٣هـ / ١٠٠٣م). 6. مقاييس اللغة: اؚن فارس (توفي عام ٣٩٥هـ / ١٠٠ـم). 7. المجمل: اؚن فارس (توفي عام ٣٩٥هـ / ١٠٠ـم). 8. المحكم: اؚن سيده (توفي عام ـ٥ٚهـ / ١٠ييم). 9. أساس الؚلاغة: الزمخ؎ري (توفي عام ٥٣ٚهـ / ١١ــم). 10. مختار الصحاح: الرازي (توفي عام يييهـ / ١٢ي٧م). 11. لسان العرؚ: اؚن من؞ور (توفي عام ٧١١هـ / ١٣١١م). 12. المصؚاح المنير: الفيومي (توفي عام ٧٧٠هـ / ١٣يٚم). 13. القاموس المحيط: الفيروزآؚادي (توفي عام ٚ١٧هـ / ١ـ١٥م). 14. تاج العروس: الزؚيدي (توفي عام ١٢٠٥هـ / ١٧٩١م). 1. Al-‘Ayn: al-Farohidiy (170-hijriy / 786-milodiy yilda vafot etgan). 2. Al-Jumhura: Ibn Durayd (321-hijriy / 933-milodiy yilda vafot etgan). 3. Al-Bori‘: Abu Ali al-Qoliy (356-hijriy / 967-milodiy yilda vafot etgan). 4. Tahzib al-lug‘a: al-Azhariy (370-hijriy / 980-milodiy yilda vafot etgan). 5. As-Sihah: al-Javhariy (393-hijriy / 1003-milodiy yilda vafot etgan). 6. Maqoyis al-lug‘a: Ibn Faris (395-hijriy / 1004-milodiy yilda vafot etgan). 7. Al-Mujmal: Ibn Faris (395-hijriy / 1004-milodiy yilda vafot etgan). 8. Al-Muhkam: Ibn Sida (458-hijriy / 1066-milodiy yilda vafot etgan). 9. Asos al-balog‘a: az-Zamaxshariy (538-hijriy / 1144-milodiy yilda vafot etgan). 10. Muxtor as-Sihah: ar-Roziy (666-hijriy / 1267-milodiy yilda vafot etgan). 11. Lison al-Arab: Ibn Manzur (711-hijriy / 1311-milodiy yilda vafot etgan). 12. Al-Misboh al-munir: al-Fayumiy (770-hijriy / 1368-milodiy yilda vafot etgan). 13. Al-Qomus al-muhit: al-Fayruzobodiy (817-hijriy / 1415-milodiy yilda vafot etgan). 14. Toj al-‘arus: az-Zabidiy (1205-hijriy / 1791-milodiy yilda vafot etgan).

ؚ؎ار ØšÙ† ؚرد (١ي٧ ه) Bashshor ibn Burd (167 h) وكان ؚ؎ارٌ أرقَّ المحدَثين ديؚاجةَ كلام، وسُمِّي أؚا المحدثين؛ لأنه فَتَقَ لهم
ؚ؎ار ØšÙ† ؚرد (١ي٧ ه) Bashshor ibn Burd (167 h) وكان ؚ؎ارٌ أرقَّ المحدَثين ديؚاجةَ كلام، وسُمِّي أؚا المحدثين؛ لأنه فَتَقَ لهم أكمامَ المعاني، ونهجَ لهم سؚيلَ الؚديع، فاتَؚّعوه؛ وكان اؚن الروميِّ يُقَدِّمه، ويزعُم أنه أ؎عرُ من تقدَّم وتأخَّر . زهر الآداؚ. Bashshor so‘nggi davr shoirlari orasida so‘z ifodasini eng nozik va nafis tarzda qo‘llaydiganlardan edi. U «so‘nggi davr shoirlarining otasi» deb atalgan. Chunki u ular uchun ma’nolar kurtaklarini ochib berdi, badiiy uslub yo‘lini ko‘rsatdi va ular unga ergashdilar. Ibn Rumiy esa uni boshqalardan ustun qo‘yar va Bashshorni undan oldin ham, undan keyin ham kelgan shoirlarning eng shoiri, deb da’vo qilardi. Zahrul odob. R. Hanafiy

📱 Yozishish odoblaridan Biror kishiga yozayotganingizda, aytmoqchi bo‘lgan gaplaringizni bitta xabarga jamlang: — Salomlashi
📱 Yozishish odoblaridan Biror kishiga yozayotganingizda, aytmoqchi bo‘lgan gaplaringizni bitta xabarga jamlang: — Salomlashing. — Hol-ahvol so‘rang. — Murojaatingiz yoki so‘rovingizni ayting. — Yakunlang. Har birini alohida xabar qilib, javob kutib turish shart emas: «Assalomu alaykum» — javob kutish
 «Yaxshimisiz?» — yana javob kutish
 «Sizdan bir narsani so‘ramoqchi edim » — yana kutish

Bu holatlarda javob olmasa yana nuqta yuboradi (maqsad esa yo'q)
Odamlar band. Qisqa va lo‘nda yozish ham odobdir. Aytmoqchi bo‘lganlaringizning barchasini bir xabarga jamlang — sizga javob berayotgan odamga ham qulay bo‘lsin.

📚 ILM IZLAYOTGANLAR UCHUN FOYDALI MANBA Bugun ilm olish uchun imkoniyatlar ko‘p. Ammo ishonchli manbalarni topish, darslarni
📚 ILM IZLAYOTGANLAR UCHUN FOYDALI MANBA Bugun ilm olish uchun imkoniyatlar ko‘p. Ammo ishonchli manbalarni topish, darslarni tartibli ravishda o‘rganish va kerakli ilmni bir joydan izlash har doim ham oson emas. Shu ehtiyojdan kelib chiqib, Aqliy va Naqliy Ilmlar Akademiyasi onlayn ilm olishni istaganlar uchun foydali platformalardan birini taqdim etmoqda. Platformada turli ilmiy yo‘nalishlarga oid onlayn kurs va darslardan bepul foydalanish imkoniyati mavjud. 📖Uyda, safarda yoki bo‘sh vaqtingizda — istalgan joydan ilm o‘rganishingiz mumkin. 🎓 Ilm olishni xohlovchilar uchun imkoniyat: — bepul; — onlayn; — tartibli kurslar; — istalgan vaqtda foydalanish imkoniyati. Agar siz ham vaqtingizni foydali ilmga sarflashni istasangiz, platformani ko‘rib chiqing: 🌐 avanilmlar.info Ilmga ajratilgan vaqt — zoye ketmaydigan sarmoyadir.