𝙰𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚟𝚊 𝙽𝚊𝚚𝚕𝚒𝚢 𝚒𝚕𝚖𝚕𝚊𝚛 𝙰𝚔𝚊𝚍𝚎𝚖𝚒𝚢𝚊𝚜𝚒
前往频道在 Telegram
❗️Manbasiz olmang❗️ 🚫izohda REKLAMA🚫 🔹Arab tili va İslomiy ilmlar 🔹Fiqhiy masalalar 🔹Hikmatlar, tarjimalar va qiziqarli xulosalar. avanilmlar.info
显示更多5 106
订阅者
+624 小时
+1267 天
+7830 天
帖子存档
Azizlar, telegram chatda jonli efir uzatilganda ko'p uzilishlar bo'ladi. Bu hamma davlatlarda shunaqami yoki internetni zaifligidan bo'ladimi?
Rostgoʻylik va behuda ishlardan tiyilish
📚 Risolatul mustarshidiyn
Ustoz Rahmatulloh Hanafiy
🕊 @Avan_ilmlar📣XUSHXABAR!
📚AQİDA ILMIDA YANGİ KURS!
🚀YANGİ BOSQİCHNI BOSHLAYMIZ!
❓ Aqidani qayerdan va qanday tartibda o‘rganish kerak?
❓ Bir kitobdan ikkinchisiga tasodifiy o‘tib ketmasdan, bosqichma-bosqich ilm hosil qilish mumkinmi?
Albatta!
📖 Shaksiz, ta’lim barcha ilmlarda manhaj va pog‘ona bilan olib boriladi. Aqida ilmida ham talabani noldan boshlab yuqori saviyagacha olib boradigan tizimli dastur tuzdik.
0⃣ NOL BOSQICH — ASOS DARAJASI
Bu bosqichda arab tilini bilgan ham, bilmagan ham qatnashishi mumkin.
Ahli sunnat val jamoat e’tiqodi Imom Abu Hanifa rahimahullohning asarlari asosida, Imom A’zam Abu Hanifa rahimahullohgacha tutashgan sanad bilan ishonchli va mo‘tabar tarzda o‘rganiladi.
1⃣ BIRINCHI BOSQICH — BOSHLANG‘ICH
Aqidada mubtadiylar (boshlovchilar) bosqichi.
Talaba biroz arab tilini o‘rganib, tarjima qilishga qodir bo‘lgan davrda ushbu bosqichga o‘tiladi.
Bu bosqichda aqida matnlari sharhlari bilan birga o‘rganiladi.
Masalan:
📘Tahoviyya matnining qisqa va o‘rtacha sharhlari
📘Bad’ul amoliyning shu darajadagi sharhlari
2⃣ IKKINCHI BOSQICH — O‘RTA
Hanafiylar metodi asosida bir qator asarlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, Ahli sunnat val jamoatning boshqa mazhab ulamolari metodlari bilan ham tanishib boriladi.
Ikki metod ham Ahli sunnat val jamoat doirasidadir.
Bu uslub talabaga turli metodlarni tushunish va islomiy ilmiy merosimizdan imkon qadar keng foydalanish imkonini beradi.
📚 Bu bosqich:
— Xarida sharhlari
— Javhara sharhlari
— Sanusiyotlar
orqali amalga oshiriladi.
3⃣ UCHINCHI BOSQICH — YUQORI SAVIYA
Bu bosqichda har ikkala metodda yozilgan katta kitoblar va buyuk mualliflarning asarlari o‘rganiladi.
Shu tarzda ilmlarimizni puxtalab, o‘qiladigan asarlar va kitoblarning o‘rinlarini mutolaa bilan to‘ldirgan holda, Allohning xohishi bilan, oldinga ildamlab boraveramiz.
📚 ANA SHU TIZIM ASOSIDA NAVBATDAGI KURSIMIZNI BOSHLAYMIZ!
🌟 Imom Mulla Ali Qoriy rahimahullohning islom dunyosida, ayniqsa, o‘zimizning diyorlarda mo‘tabar sanalgan:
📋 “BAD’UL AMOLIY” SHARHI — “ZAV’UL MAOLIY”
kitobidan darslar boshlanadi.
📍Kursimiz yuqoridagi bosqichlardan 1⃣— BIRINCHI, YA’NI BOSHLANG‘ICH BOSQICHGA KIRADI.
Bu — aqida ilmini tartibli va bosqichma-bosqich o‘rganishni istaganlar uchun muhim qadamlardan biridir.
📚Ushbu asosga binoan Imom Abu Hanifa rahimahulloh asarlaridan ham kurslar tashkil qilib qo‘ydik. Bundan keyingi bosqichlarni ham kurslar tashkil qilib to‘ldirib borishni reja qilganmiz.
🤲 Alloh bunga go‘zal va oson muvaffaq aylasin!
📝 KURS TARTIBI
🎙 Darslar: jonli chat orqali
👨🏫 Ustoz: Rahmatulloh Hanafiy
▫️Boshlanish: 16.09.26
⏳Davomiyligi: taxminan 2 oy
📅 Haftasiga: 3 marta du-chor-jum soat 20:40 (uzb)
📚Vazifalar: berib boriladi
📝Test va imtihonlar: o‘tkaziladi
🎓 Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga muallifgacha yetib boradigan sanad bilan ijоza beriladi.
💰 Kurs to‘lovi: oyiga 385 000 so‘m.
📩 Kursda qatnashish uchun murojaat manzili: @Amaliymaaliy
Ta'lim va tahsil asoslaridan.
Ta'limda bo'lsangiz
Manhajingiz ochiq bo'lsin , nima kitoblar o'qitasiz , mualliflari kim (islom olamida mo'tabar olim bo'lsin), qaysi natijaga qarab yetaklaysiz ilm toliblarini. Mana shu musulmonlarga nasihat(xolislik)dir. Paygam'barimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar: "Din nasihatdir. Biz: kimga ey rasulululloh dedik. U Zot🩷: Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlarga ommatan" dedilar.
Ochiq harakatlanasiz, kimdir qollaydi, kimdir yuz o'giradi, asta-sekinlik bilan tavakkalni lozim tutib boraverasiz, harakatingiz Alloh uchun, Alloh o'zi ishingizga muavffaqiyat berib qo'yadi, bi iznillah!
Odamlar ishonadigan nomlarni berib ichkarida u ishonchni oqlamaydigan uslublar, noma'lum shaxslar (yoki islom olamida e'tirofla qarshi olinmagan mualliflar) tarafidan tuzilgan qo'llanmalar asosida ish olib borish avvalo ishonib kelganlarga xiyonat bo'ladi, qolaversa yaxshi natija ham bermaydi, kelajakda baribir ochiladi.
Tahsilda bo'lsangiz
Ayni tartibda, ilm tahsil qiluvchi ham bu qaltis zamonda ziyrak va hushyor bo'lish kerak, ustoz yoki dargoh tanlashda. İlmga shavqu zavq qilib turganda ko'zdahi pushti ko'zoynakni olib tashlab nazar solish kerak. Ba'zi "plyus"larga mahliyo bo'lib keyinchalik vaqtini, umrini berib barmog'ini tishlab o'tirmasin. U ham ta'lim dasturi bilan tanishsin. Nima kitoblar o'qitiladi va mualliflari kim?!
Buni ro'yxatini ovoladi, o'zi bilmasa biladigan ishonchli deb bilingan ahli ilmlarga ko'rsatadi.
Kitoblar e'tiborli kitoblarmi yoki yo'qmi buni analiz qiladi. Keyin haqqatdan u kitoblardan dars bera oladimi, tajribasidan o'tganmi dars beruchi yoki dars beruvchilarni, mana shu kabi boshqa tafsilotlar bilan tanishaveradi...keyin bir ishga unnaydi.
Yana bir eslatma, inson ilmda boshlang'ich bo'lsa, har bir islomiy fandan bir nechta kitob o'qib chiqmagan bo'lsa menga bu haqdek ko'rinyabdi, bunisi to'g'riroq ekan, falonchi bunday deyabdi bu to'g'riroq degan o'tkinchi xotir-kechinmalarga aldanmasin, xulosa chiqarishga hali erta. Haq, ilmiy xulosa ilmiy asos-hujjatlar bilan sobit bo'ladi. Uni hissiyotni o'ynatib odamlarni nafrat yoki muhabbatga soladigan makkor uslublarga umuman aloqasi yo'q. Shuning uchun bu bosqichda qaysidir tarafni "haq ekan" deb o'zboshimcha ish tutib qo'yishdan ehtiyotda bo'lish kerak. İlm shunaqangi chuqurki bir dona far'iy masalani tagiga yetguncha ikki uch bor yo undan ham ko'p xulosa almashtirishga to'g'ri kelib qolishi mumkin. Xullas gapirsak gap ko'p, o'zinglarni, onginglarni, aql-zehningizni ehtiyot qilinglar, Allohga omonatsizlar!
Vallohu a'lam!
R. Hanafiy
13.09.26
Ayolning iffati va hayosining kamolotidan biri — erining uning hijobi va ibosiga qattiq e’tibor berishidan ranjimasligidir.
Zero, erkaklar erkaklarning ayollarga qanday nazar solishini ayollardan ko‘ra yaxshiroq biladilar.
(Shayx Luay Alxaliliy)
Assalomu alaykum va rahmstullohi va barokatuh!
Bugundan Allohning madadi bilan ikkita darsni boshlaymiz.
Biri: rasmul muftiy (muftiy yo'riqnomasi).
Bu fan fiqhni voqe'ga tatbiq qilishbasoslarini beradi.Ikkinchisi: kifayatul mubtadiyning 2-moduli. Bu modul Nikoh va oila masalalari, muammolari va yechimlari qismidan davom etadi.
Bu fiqhni eng qisqa yo'l bilan fiqhning narcha mavzulari bilan tanishtiradigan kitob.🌟 Aqliy va Naqli Ilmlar Akademiyasi
Uyqu sababli tahorat buzilish holatlari
📚 Muxtasorul Quduriy kitobi
Ustoz Rahmatulloh Hanafiy
🕊 @Avan_ilmlarKechagi jonli efirimizning zapisi
• Aqida bosqichlari haqida suhbat • Aqida ilmlarini qay tartibda oʻrganish kerak?
Kechagi jonli efirimizning zapisi
• Aqida bosqichlari haqida suhbat • Aqida ilmlarini qay tartibda oʻrganish kerak?
📣XUSHXABAR!
📚AQİDA ILMIDA YANGİ KURS!
🚀YANGİ BOSQİCHNI BOSHLAYMIZ!
❓ Aqidani qayerdan va qanday tartibda o‘rganish kerak?
❓ Bir kitobdan ikkinchisiga tasodifiy o‘tib ketmasdan, bosqichma-bosqich ilm hosil qilish mumkinmi?
Albatta!
📖 Shaksiz, ta’lim barcha ilmlarda manhaj va pog‘ona bilan olib boriladi. Aqida ilmida ham talabani noldan boshlab yuqori saviyagacha olib boradigan tizimli dastur tuzdik.
0⃣ NOL BOSQICH — ASOS DARAJASI
Bu bosqichda arab tilini bilgan ham, bilmagan ham qatnashishi mumkin.
Ahli sunnat val jamoat e’tiqodi Imom Abu Hanifa rahimahullohning asarlari asosida, Imom A’zam Abu Hanifa rahimahullohgacha tutashgan sanad bilan ishonchli va mo‘tabar tarzda o‘rganiladi.
1⃣ BIRINCHI BOSQICH — BOSHLANG‘ICH
Aqidada mubtadiylar (boshlovchilar) bosqichi.
Talaba biroz arab tilini o‘rganib, tarjima qilishga qodir bo‘lgan davrda ushbu bosqichga o‘tiladi.
Bu bosqichda aqida matnlari sharhlari bilan birga o‘rganiladi.
Masalan:
📘Tahoviyya matnining qisqa va o‘rtacha sharhlari
📘Bad’ul amoliyning shu darajadagi sharhlari
2⃣ IKKINCHI BOSQICH — O‘RTA
Hanafiylar metodi asosida bir qator asarlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, Ahli sunnat val jamoatning boshqa mazhab ulamolari metodlari bilan ham tanishib boriladi.
Ikki metod ham Ahli sunnat val jamoat doirasidadir.
Bu uslub talabaga turli metodlarni tushunish va islomiy ilmiy merosimizdan imkon qadar keng foydalanish imkonini beradi.
📚 Bu bosqich:
— Xarida sharhlari
— Javhara sharhlari
— Sanusiyotlar
orqali amalga oshiriladi.
3⃣ UCHINCHI BOSQICH — YUQORI SAVIYA
Bu bosqichda har ikkala metodda yozilgan katta kitoblar va buyuk mualliflarning asarlari o‘rganiladi.
Shu tarzda ilmlarimizni puxtalab, o‘qiladigan asarlar va kitoblarning o‘rinlarini mutolaa bilan to‘ldirgan holda, Allohning xohishi bilan, oldinga ildamlab boraveramiz.
📚 ANA SHU TIZIM ASOSIDA NAVBATDAGI KURSIMIZNI BOSHLAYMIZ!
🌟 Imom Mulla Ali Qoriy rahimahullohning islom dunyosida, ayniqsa, o‘zimizning diyorlarda mo‘tabar sanalgan:
📋 “BAD’UL AMOLIY” SHARHI — “ZAV’UL MAOLIY”
kitobidan darslar boshlanadi.
📍Kursimiz yuqoridagi bosqichlardan 1⃣— BIRINCHI, YA’NI BOSHLANG‘ICH BOSQICHGA KIRADI.
Bu — aqida ilmini tartibli va bosqichma-bosqich o‘rganishni istaganlar uchun muhim qadamlardan biridir.
📚Ushbu asosga binoan Imom Abu Hanifa rahimahulloh asarlaridan ham kurslar tashkil qilib qo‘ydik. Bundan keyingi bosqichlarni ham kurslar tashkil qilib to‘ldirib borishni reja qilganmiz.
🤲 Alloh bunga go‘zal va oson muvaffaq aylasin!
📝 KURS TARTIBI
🎙 Darslar: jonli chat orqali
👨🏫 Ustoz: Rahmatulloh Hanafiy
▫️Boshlanish: 16.09.26
⏳Davomiyligi: taxminan 2 oy
📅 Haftasiga: 3 marta du-chor-jum soat 20:40 (uzb)
📚Vazifalar: berib boriladi
📝Test va imtihonlar: o‘tkaziladi
🎓 Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlarga muallifgacha yetib boradigan sanad bilan ijоza beriladi.
💰 Kurs to‘lovi: oyiga 385 000 so‘m.
📩 Kursda qatnashish uchun murojaat manzili: @Amaliymaaliy
Ushbu fanlardan qaysi niridan 2,3 ta kitobni bosqichma bosqich o'qib chiqaylik.
