"KATTAQO’RG’ONSHAHARGAZ" gaz ta'minoti boʻlimi rasmiy kanali.🔥
Open in Telegram
"XAVFSIZ GAZ" "KATTAQO’RG’ONSHAHARGAZ" gaz ta'minoti boʻlimi rasmiy kanali.🔥 Телефон: 104 ёки +998884053090
Show more314
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-830 days
Posts Archive
Repost from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Toshkent shahrida 5,7 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi
“Hududgaztaʼminot” AJ Boshqaruv raisining topshirigʻi bilan barcha hududlarda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Mana shunday tadbirlardan biri “Hududgaz Poytaxt” GTF komplayens nazorat tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida oʻtkazildi.
Tumanning Sputnik-3 mavzesidagi “B. B.” MCHJga qarashli binoda metall eritish sexi tashkil etilib, gaz taʼminoti korxonasi bilan tegishli shartnomani qayta tuzmasdan, oʻchirish moslamasiga oʻrnatilgan bir martalik tamgʻaga qasddan shikast yetkazgan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 5 milliard 775 million soʻmlik zarar hisoblandi. Barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
#Hamma_bilishi_lozim
📣 Hurmatli isteʼmolchi!
Zamonaviy, energotejamkor gaz qozoni haqida eshitganmisiz?
📽 Unda mazkur lavha aynan siz uchun!
Repost from MINENERGY.UZ
Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.Z.” xususiy korxonasi ish boshqaruvchisi M.M. korxonaga qarashli Toshloq tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 286 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi Departamentning Yangiyer shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O.X. “Navro‘zobod” MFY hududidagi novvoyxonada tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 202,1 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Repost from MINENERGY.UZ
DXX: Respublika miqyosida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga chek qo‘yildi
Joriy yilning 1 — 7-aprel kunlari DXX, IIV, Bosh prokuratura va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilgan reyd tadbirlarida jami 2776 ta holat aniqlanib, shundan elektr energiyasidan 1807 ta, tabiiy gazdan 969 ta holatda jami 19,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganlik holatlari bo‘yicha dalolatnomalar tuzildi.
Shuningdek, olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 6,8 mlrd so‘m davlat foydasiga undirildi.
Respublika bo‘yicha aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ushbu davrda 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va 263 ta ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.
Mazkur yo‘nalishda reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Repost from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
😊😊😊😊😊
⚡️Tabiiy gaz zaxiralari abadiy emas
Energiya resusrlaridan tejamkor foydalanaylik!
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
Repost from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Fargʻona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona faoliyati fosh etildi
Fargʻona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Mana shunday tadbirlardan biri viloyatning Beshariq tumanida gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda oʻtkazildi.
Tumanning “Vorux dasht” MFYda joylashgan “N. R. Sh.” MCHJga qarashli davolash maskanida gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, isteʼmolchi loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib, tabiiy resursdan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi.
Aniqlangan holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 686 million 590 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi. Tadbirga doir barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Batafsil: https://hududgaz.uz/ads?id=13595
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
“Gaz nega qimmat?” – deydi Shodvivoy.
Aslida gaz narxi – 1997 so‘m/m³.
Ammo xalq 500 m³ gacha atigi 650 so‘mdan to‘laydi – qolganini davlat qoplaydi.
Bu degani – 66% arzon!
Agar 500 m³dan oshsa – har ortiqcha m³ uchun 1500 so‘m to‘laysiz. Baribir arzon, lekin me’yor kerak.
“Gaz nega qimmat?” – deydi Shodvivoy.
Aslida gaz narxi – 1997 so‘m/m³.
Ammo xalq 500 m³ gacha atigi 650 so‘mdan to‘laydi – qolganini davlat qoplaydi.
Bu degani – 66% arzon!
Agar 500 m³dan oshsa – har ortiqcha m³ uchun 1500 so‘m to‘laysiz. Baribir arzon, lekin me’yor kerak.
“Hududgaz Farg’ona” GTF Matbuot xizmati
#e’lon
#tezkor
Tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlanganligi sababli 2025-yil 7-aprel soat 9:40 dan 18:30 ga qadar Kunjipay Zarafshon Nurafshon mahallalarining aholi va ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishini ma'lum qilamiz.
Aziz fuqarolar, xonadoningizda chiqayotganda barcha gaz jihozlarini o‘chirishni aslo unutmang!
🔥"Kattaqo‘rg‘onshahargaz " gaz ta'minoti bo'limi.
https://t.me/kkgorgaz
Repost from MINENERGY.UZ
Gaz va elektr uchun yil o‘n ikki oy kompensatsiya beriladi
❗️ Muhim!!! Yoqilg‘i-energetika sohasida ehtiyojmand aholiga davlat yordam beradi. Prezident bu bo‘yicha muhim qarorni imzoladi.
💵 Ehtiyojmand, kambag‘al oilalarga gaz va elektr to‘lovi uchun kompensatsiya to‘lanadi.
📅 Kompensatsiya 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha quyidagi oilalarga beriladi:
1️⃣ Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan oilalarga. Ushbu tizimga oilada necha kishi bo‘lsa, ularning birgalikdagi oylik daromadi teng taqsimlanganda 669 ming so‘mdan kam chiqqan oilalar kiritiladi.
2️⃣ Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga. Bunda tizimga oilaning bir oylik daromadi har bir a’zoga taqsimlanganida 1 mln 155 ming so‘mdan kam chiqqan oilalar kiritiladi.
✅Shuningdek, ikkala reyestrga ham kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir oila a’zosiga 1 mln so‘mdan kam bo‘lgan oilalarga gaz va elektr to‘lovi uchun kompensatsiya to‘lanadi.
🖋 Ma’lumot uchun: 2025-yil mart oyi holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi kam ta’minlangan oilalar 746 149 tani tashkil etmoqda.
✅ Qancha kompensatsiya beriladi?
💡elektr uchun – oyiga bazaviy me’yordan (ya’ni, 200kVt soatdan) ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha;
🔥 gaz uchun – noyabr-fevral oylarida bazaviy me’yordan (ya’ni, 500 kub metrdan) ko‘p foydalanilgan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda esa 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun.
↗️ Bunda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi. Masalan, bir oila 1 oyda 350 kVt elektr ishlatsa, uning 200 kVti uchun 600 so‘mdan to‘laydi, 201 kVtdan – 350 kVtgacha bo‘lgan 150 kVt uchun esa davlat kompensatsiya beradi.
Ilgari kompensatsiya faqat qish mavsumida, ya’ni noyabr-fevral oylarida berilgan bo‘sa, endilikda yil bo‘yi har oyda beriladi.✅ Ushbu yangilik aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya qilish yo‘lidagi olqishlarga loyiq katta qadamdir. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#e’lon
#tezkor
Tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Yakkabog' mahallasi Bog'idilkusho ko'chasidan o'tgan gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlanganligi sababli 2025-yil 3-aprel soat 9:00 dan 17:30 ga qadar Kunjipay Zarafshon Nurafshon Qoriravot mahallalarining aholi va ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatilishini ma'lum qilamiz.
Aziz fuqarolar, xonadoningizda chiqayotganda barcha gaz jihozlarini o‘chirishni aslo unutmang!
🔥"Kattaqo‘rg‘onshahargaz " gaz ta'minoti bo'limi.
https://t.me/kkgorgaz
Repost from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Iste’molchilar diqqatiga
1-aprel sanasidan eʼtiboran mamlakatimizda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kub metrlik bazaviy meʼyor 100 kub metrga tushiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi 204-sonli qarori bo‘yicha mazkur shkala mart oyida o‘zgarishi belgilangandi. Biroq mart oyida havo haroratining past boʻlishi va odatdagidan koʻra sovuqroq kelishi munosabati bilan Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy meʼyor 2025-yilning 1-apreligacha uzaytirilgandi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram |✅hududgaz.uz
Repost from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
“Hududgaztaʼminot” AJ jamoasi xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.
Vatandoshlarimizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, oilaviy xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Bayram shukuhidan qalblaringiz yanada nurafshon boʻlsin!
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
😊😊😊😊😊
🇺🇿Hurmatli vatandoshlar!
✅Sizlarni qutlug‘ ayyom ramazon hayiti bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman.
🇺🇿Muborak Ramazon hayiti bayrami barcha mo‘min-musulmonlarga tinchlik, totuvlik va xonadoniga qut-baraka olib kelsin!
✅Jonajon vatanimizni siz azizlar bilan birga yanada ravnaq toptirishda alloh madadkor bo‘lsin.
😴Muborak ayyom barchangizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, "Hududgaz Samarqand" gaz taʼminoti filiali direktori Ansor Olimjonovich Muxammadiyev.
"Hududgaz Samarqand" gaz taʼminoti filiali axborot xizmati
📱Telegram 📱You tube 📱Facebook
Repost from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Iste’molchilar diqqatiga
1-aprel sanasidan eʼtiboran mamlakatimizda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kub metrlik bazaviy meʼyor 100 kub metrga tushiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi 204-sonli qarori bo‘yicha mazkur shkala mart oyida o‘zgarishi belgilangandi. Biroq mart oyida havo haroratining past boʻlishi va odatdagidan koʻra sovuqroq kelishi munosabati bilan Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometr bazaviy meʼyor 2025-yilning 1-apreligacha uzaytirilgandi.
📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram |✅hududgaz.uz
Repost from MINENERGY.UZ
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, shuningdek, aholi hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasiga elektr energiyasi va gaz boʻyicha yangi tariflarning kuchga kirish muddatini kechiktirish topshirigʻini berdi.
Yangi tariflar avval rejalashtirilgani kabi 1-apreldan emas, 1-maydan kuchga kiradi. 2024-yil 16-apreldagi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga buni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritiladi.
___________
Президент Шавкат Мирзиёев поручил Кабинету Министров отложить срок вступления в силу новых тарифов на электроэнергию и газ, чтобы обеспечить надёжное снабжение населения, отраслей экономики и субъектов предпринимательства топливно-энергетическими ресурсами, а также оказать поддержку населению и субъектам предпринимательства.
Новые тарифы вступят в силу не с 1 апреля, как планировалось ранее, а с 1 мая. Соответствующие изменения будут внесены в постановление Кабинета Министров от 16 апреля 2024 года.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Bir_kub_gaz_tejang
O‘zbekiston Respublikasi San’at arbobi Isoq To‘rayev:
“Tabiiy boyliklarni tejashni o‘rganaylik”
💬Facebook | 👉Telegram |▶️ YouTube | 📷Instagram | 🌐 hududgaz.uz
ТАБИИЙ ГАЗ ИСТЕЪМОЛЧИЛАРИ УЧУН ФОЙДАЛИ ВИДЕО.
https://t.me/texnoparkservis
Мазкур видео орқали электрон газ ҳисоблагичларини блок холатидан қандай чиқариш мумкинлиги бўйича зарур маълумотларни билиб олишингиз мумкин.
"Каттақўрғоншахаргаз" газ таъминоти бўлими.
https://t.me/kkgorgaz
