cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TOSHKENT IQTISODIYOT VA SANOAT TEXNIKUMI | INFO | Yangi O'zbeksiton!

Advertising posts
220
Subscribers
+224 hours
No data7 days
+130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Edu.uz
#taqdirlash #musobaqa #shaxmat ⚡️ Shaxmat boʻyicha “Akademik litsey ligasi” va “Professional taʼlim muassasalari ligasi” musobaqalarining respublika final bosqichi gʻolib va sovrindorlari aniqlandi Joriy yilning 6-may kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida sportning shaxmat turi boʻyicha akademik litsey va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Akademik litsey ligasi” hamda “Professional taʼlim muassasalari ligasi” musobaqalarining respublika final bosqichi tashkil etildi. Mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan hududiy bosqich gʻolibligini qoʻlga kiritgan 35 dan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/11152 👉 На русском 👉 In English
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
Repost from Edu.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi ___ На презентации у Президента Шавката Мирзиёева обсуждены предложения по оптимизации направлений обучения в высшем образовании, совершенствованию систем приема и квалификации. #Prezident_yig‘ilishi #oliy_ta’lim
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
Repost from Edu.uz
⚡️Endi davlat granti o‘rinlari eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar tanlovi asosida belgilanadi Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tgan taqdimotda oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. — На презентации у Президента Шавката Мирзиёева обсуждены предложения по оптимизации направлений обучения в высшем образовании, совершенствованию систем приема и квалификации.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
Repost from TSUE-TDIU
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni TDIUda “Xotira - aziz, qadr - muqaddas” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi
Show all...
Repost from OTFIV | Toshkent
Toshkent shahrida joylashgan G‘alaba bog‘i majmuasida ilk bor dron uchirish musobaqasi bo‘lib o‘tdi Ushbu musobaqa 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan mudofaa sanoatiga oid “Texnofest-2024” ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada 1-o‘rinni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyi o‘quvchisi Ovcharov Demyan Andrianovich va uning jamoasi qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari topshirildi. Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter
Show all...
Repost from Edu.uz
#taqdirlash #musobaqa #futbol ⚡️Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan ‘“Coca-Cola Students Cup” futbol musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi 29-apreldan 4-mayga qadar Bunyodkor akademiyasi maydonlarida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, O‘zbekiston professional futbol ligasi hamda “Coca-cola” kompaniyasi hamkorligida Toshkent shahar va Toshkent viloyatida joylashgan 70 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Coca-Cola Students Cup” futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 1000 nafarga yaqin yoshlarni birlashtirgan ushbu musobaqa bir hafta davom etdi. Shiddatli o‘tgan saralash bahslaridan so‘ng, bugun, 4-may kuni yarim final va final bahslari o‘tkazildi. Unga ko‘ra: 1-o‘rinni Toshkent davlat texnika universitetining “Texnika” jamoasi; 2-o‘rinni Ichki ishlar akademiyasining “IIV akademiya” jamoasi; 3-o‘rinni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “San’at” jamoasi egalladi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan I, II va III darajali diplom, medallar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Musobaqa ko‘chma kubogi Toshkent davlat texnika universitetining “Texnika” jamoasiga tantanali topshirildi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
Repost from Edu.uz
🌎 "WikiStipendiya"ning uchinchi mavsumi boshlandi Mukofot jamg'armasi 375 million! 🌎 O'zbekcha vikipediyadagi ma'lumotlar soni va sifatini oshirishga qaratilgan "WikiStipendiya" marafonining ikki mavsumi davomida maqolalar soni 140 mingdan 260 mingtaga yetdi, jahon vikireytingida esa 62-o'rindan 42 o'ringa yuqoriladi. 📈 Yoshlar ishlari agentligi tomonidan O'zbek tilida so'zlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi bilan hamkorlikda boshlangan uchinchi mavsum shu yilning 1-mayidan 1-dekabriga qadar davom etadi. G'oliblar: 🔢- o'rin 150 mln. so'm; 🔢- o'rin 125 mln. so'm; 🔢- o'rin 100 mln. so'm. 🖥 Marafonda ishtirok etish uchun ushbu link orqali so'rovnomani to'ldiring. Batafsil ma'lumotlar: 🔵 Rasmiy kanal 🤖 Rasmiy bot 📞+998330007133
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Show all...
Repost from Edu.uz
🟥🟥🟥 “Toshkent: kecha, bugun, ertaga” mavzusida maqolalar tanlovi ! ✔️Maqolalar tanlovi "Bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida tashkil etilmoqda. 🌐Ushbu tanlov 2 yo‘nalishda tashkil etiladi: Ilmiy va ommabop. 📣Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqich: OTM bosqichi. 10-maydan 15-maygacha. 1-bosqichda har bir yo’nalish bo’yicha 1-o‘rinni egallagan maqolalar 2-bosqichga tavsiya etiladi. OTM bosqichi g’oliblari to’g’risidagi ma’lumotlarni (bayonnoma va maqolalar) [email protected] elektron pochtasiga taqdim etish zarur. 2-bosqich: Toshkent shahar bosqichi. 15-maydan 20-maygacha. 21-may kuni yakuniy anjuman bo‘lib o‘tadi va unda g‘oliblar taqdirlanadi. 🎓Tanlovda Toshkent shahri oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin. Maqolalar quyidagi tillarda qabul qilinadi: 🇺🇿 o‘zbek 🇷🇺 rus 🇬🇧 ingliz  📄Tanlov nizomi 📄Axborot xati 🔗Murojaat uchun tel +998935205255 ⚡️Barcha talabalarni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz !
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Show all...
Repost from Edu.uz
#e’lon Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar qabul qilinadi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi. Hujjatlar joriy yilning 1-iyunga qadar qabul qilinadi. Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli. Ma’lumot uchun, yuborilgan hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi. Eslatma: Mustaqil izlanuvchilik(PhD, DSc)ga til sertifikati talab etilmaydi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...